“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
216
SURXON DAVLAT QO
ʻ
RIQXONASIDA TARQALGAN CONVOLVULUS L.
TURKUMI TURLARNING BIOEKOLOGIYASI VA TARQALISHI
Ibragimov Akram Javliyevich
1
, Rajapova Nilufar Po‘lat qizi
2
,
Choriyeva Zarnigor G’ayrat qizi
2
1
Termiz davlat universiteti Botanika kafedrasi dotsenti
2
Termiz davlat universiteti talabasi
ibragimovakram1416@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15596948
Annotatsiya
.
Convolvulus
L. turkumi
Convolvulaceae
Juss. oilasiga mansub bo‘lib, keng
geografik arealga ega — u asosan tropik va subtropik mintaqalarda uchraydigan kosmopolit
o‘simliklar turkumidir. Surxon davlat qo‘riqxonasi hududida mazkur turkumga kiruvchi turlar
morfologik xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Ayni turlarning aksariyati dorivorlik, ozuqaviy va
manzarali xususiyatlari bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Convolvulus
L. turkumining Surxon davlat
qo‘riqxonasida uchrashi biogeografik nuqtai nazardan muhim bo‘lib, ular asosan tog’ etaklari, adirlar
va daryo vodiylariga xos hududlarda tarqalgan. Ushbu turlar mahalliy flora sharoitlariga moslashgan
bo‘lib, boshqa o‘simliklar bilan raqobatdagi o‘zaro munosabatlari ham tadqiq etilgan. Hozirgi paytda
ushbu oila tarkibida 59 ta turkumga mansub 1962 ta tur mavjudligi qayd etilgan [12]. Convolvulus
L. turkumining o‘zi esa 208 ta turga ega [12]; shundan O‘rta Osiyoda 23 dan ortiq turi [1],
O‘zbekiston hududida esa 14 dan ortiq turi [2] aniqlangan. Surxondaryo viloyatida esa 10 ta turining
gerbariy namunalari yig‘ilgan bo‘lsa, so‘nggi izlanishlar Surxon davlat qo‘riqxonasida
Convolvulus
L. turkumiga oid 4 ta turning tarqalganini ko‘rsatdi [6].
Kalit so
ʻ
zlar: Colvonvulus
L., turkum, tog
ʻ
, adir, flora, tur, Surxon, pechak, qo
ʻ
riqxona, oila.
Аннотация
.
Род
Convolvulus
L.
относится
к
семейству
Convolvulaceae
Juss.
и
имеет
широкий
географический
ареал
-
это
род
космополитических
растений
,
произрастающих
преимущественно
в
тропических
и
субтропических
регионах
.
На
территории
Сурханского
государственного
заповедника
виды
данного
отряда
отличаются
морфологическим
разнообразием
.
Большинство
этих
видов
имеют
особое
значение
благодаря
своим
лечебным
,
питательным
и
декоративным
свойствам
.
Встречаемость
рода
Convolvulus
L.
в
Сурханском
государственном
заповеднике
важна
с
биогеографической
точки
зрения
,
они
распространены
в
основном
в
предгорьях
,
предгорьях
и
речных
долинах
.
Эти
виды
адаптированы
к
условиям
местной
флоры
,
а
также
исследованы
их
конкурентные
взаимоотношения
с
другими
растениями
.
В
настоящее
время
в
составе
этого
семейства
насчитывается
1962
вида
,
относящихся
к
59
родам
[12].
Сам
род
Convolvulus
L.
насчитывает
208
видов
[12];
из
них
в
Средней
Азии
выявлено
более
23
видов
[1],
а
на
территории
Узбекистана
-
более
14
видов
[2].
В
Сурхандарьинской
области
были
собраны
гербарные
образцы
10
видов
,
а
последние
исследования
показали
,
что
в
Сурханском
государственном
заповеднике
распространены
4
вида
рода
Convolvulus
L. [6].
Ключевые
слова
: Colvonvulus
L.,
род
,
гора
,
холм
,
флора
,
вид
,
Сурхандарья
,
повилика
,
заповедник
,
семейство
.
Abstract.
The genus
Convolvulus
L. belongs to the family
Convolvulaceae
Juss. and has a wide
geographical range - it is a genus of cosmopolitan plants, mainly found in tropical and subtropical
regions. In the territory of the Surkhan State Reserve, species belonging to this genus are
distinguished by their morphological diversity. Most of these species are of particular importance due
to their medicinal, nutritional, and ornamental properties. The occurrence of the genus
Convolvulus
L. in the Surkhan State Reserve is important from a biogeographical point of view, and they are
mainly distributed in areas characteristic of foothills, foothills, and river valleys.These species have
adapted to the conditions of the local flora, and their competitive relationships with other plants have
also been studied. Currently, 1962 species belonging to 59 genera are recorded in this family [12].
The genus
Convolvulus
L. itself has 208 species [12], of which more than 23 species have been
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
217
identified in Central Asia[1], and more than 14 species[2] in the territory of Uzbekistan. In the
Surkhandarya region, herbarium specimens of 10 species were collected, while recent studies have
shown that 4 species of the genus
Convolvulus
L. are distributed in the Surkhan State Reserve [6].
Keywords: Colvonvulus
L., genus, mountain, foothill, flora, species, Surkhan, fescue, reserve,
family.
Kirish.
Surxon davlat qo‘riqxonasi Pomir-Oloy tog’ tizimining Janubi-G’arbiy qismi
hisoblangan Ko‘hitang tizmasining sharqiy yonbag’rida joylashgan. Ma’muriy jihatdan Surxondaryo
viloyatining Sherobod tumani hududiga qarashli. Qo‘riqxona hududi shimoldan Tangidara soyi bilan
chegaralanadi. Sharqiy chegarasi Xatak, Xo‘janqon, Qizilolma, Shalqon, Kampirtepa, Sherjon va
Vandob qishloqlari bilan, janubiy hududi Xo‘jaikon tuz koni bilan tutashib ketgan. Ko‘hitang
tizmasining g’arbiy yonbag’ri Turkmaniston Respublikasining hududi bo‘lib, Koytendag (umumiy
maydoni 27139 ga.) qo‘riqxonasi joylashgan [138]. Surxon qo‘riqxonaning umumiy yer maydoni
24554 ga bo‘lib, murakkab geomorfologik tuzilishga ega. O‘rtacha suv ayirg’ich balandligi markaziy
qismida 3137 m (Kampirtepa bo‘limining Ayri bobo cho‘qqisi) hamda janubiy qismida 2361 m ni
(Vandob bo‘limi) tashkil etadi [6].
Surxon davlat qo
ʻ
riqxonasi florasi bo‘yicha turli yillarda bir qator botanik olimlar, jumladan,
S.A. Nevskiy [3], K.Sh. Tojibaev [4], F.O. Xasanov [5], A.J. Ibragimovlar [6] tomonidan tadqiqot
ishlari olib borilgan. Qo
ʻ
riqxona hududida tarqalgan Convolvulus L. turkumiga mansub bo
ʻ
lgan 4 ta
tur:
Convolvulus arvensis
L.,
Convolvulus lineatus
L.,
Convolvulus olgae
Regel.,
С
onvolvulus
subhirsutus
Regel.
Convolvulus arvensis L. – Dala pechagi
Biologik tavsif:
O‘tsimon, chirmashuvchi, mayda jingalak tukli o‘simlik bo
ʻ
lib, balandligi 40–
100 sm. Barglari nayzasimon bandli, o‘qsimon, uchki qismi o‘tkir yoki to‘mtoq, yon barglari ham
o‘tkir va to‘mtoq. Rangi och yashil. Gullari 1–2 tadan iborat bo‘lib, uzunligi 5 sm gacha bo‘lgan
gulbandlarda joylashgan. Har bir gulband ikkita chiziqli yoki nashtarsimon bargchalar bilan
ta’minlangan. Kosachabarg teskari tuxumsimon, uchki qismi pardasimon, to‘mtoq, qo
ʻ
ng
ʻ
ir tusda,
tukli, uzunligi 4–5 mm. Gultoji oq yoki qo
ʻ
ng
ʻ
ir rangda, uzunligi 15–20 mm, tashqi tomoni zo‘rg’a
seziladigan mayda momiq tuklar bilan qoplangan. Mevasi keng tuxumsimon shaklda, uzunligi 6–7
mm.
Fenologiyasi
: May–avgust oylarida gullaydi, iyun–sentabrda meva beradi.
Ekologiyasi:
Tekisliklarda, tog’ etaklarida, tog’larning quyi va o‘rta mintaqalarida o‘sadigan
eng keng tarqalgan begona o‘tlardan biri.
Tarqalishi:
Umumiy tarqalish areali deyarli butun Yer yuzini qamrab oladi.
Convolvulus lineatus L. – Ingichkabargli pachak
Biologik tasnif
: O‘simlik ipaksimon, ingichka tuklar bilan zich qoplangan. Poyalari odatda bir
nechta bo‘lib, yotib qoladi yoki ko‘tarilib o‘sadi, juda kam hollarda to‘g’ri bo‘ladi, qisqa shoxlangan,
balandligi 5–15 sm. Barglari ingichka, tekis qirrali, asosiga tomon asta-sekin torayib, qo
ʻ
shbargli
bandga aylanadi. Yuqori barglari kichikroq, uchi o‘tkir. Gullari barg qo‘ltig’idagi uchki shoxchalarda
joylashgan bo‘lib, qisqargan to‘pgullarda bo‘ladi. Kosachabarglari nashtarsimon, uchi cho‘ziq va
o‘tkir, ipsimon tuklar bilan qoplangan, uzunligi 7–8 mm. Gultoj barglari och pushti rangda, uzunligi
15–20 mm, tashqi tomoni qalin tukli chiziqlar bilan qoplangan. Mevasi teskari tuxumsimon shaklda,
tukli, uzunligi 5–6 mm.
Fenologiyasi:
May-avgust oylarida gullaydi, iyun-sentabr oylarida meva beradi.
Ekologiyasi:
Toshli, mayda tuproqli joylarda, daryolar atrofida, bo‘m-bo‘sh yerlarda, yo‘llar
yaqinida, ko‘pincha tog’ etaklarida, tog’larning yuqori qismidagi ekinzorlarda.
Tarqalishi:
O
ʻ
rta Osiyo hududi bo
ʻ
ylab keng tarqalgan.
Convolvulus olgae Regel. – Olga pechagi
Biologik tasnif:
Shox-shabbasi yoyiq, past bo‘yli, tikanli buta. Yosh novdalari juda qalin, mayin
tuklar bilan qoplangan. Barglari bandli, bir o‘simlikda turli shaklli: lansetsimon-nayzasimon,
tuxumsimon-nayzasimon, teskari cho‘zinchoq nashtarsimon, o‘tkir yoki to‘mtoq. Pastki tomoni tor,
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
218
uchi keng, ponasimon, ba’zilari yuraksimon. Markaz qismi yon tomonda, barglari qalin, mayda, zich,
ba’zilari paxmoq, ba’zilari siyrak tuklar bilan qoplangan. Gullari barg qo‘ltig’ida bittadan joylashgan,
juda uzun gulbandli 5 sm gacha. Odatda pastki yoki o‘rta qismida ikkita nashtarsimon-chiziqli
yonbargchalar mavjud. Mevaning yuqori qismi va uchi yoysimon egilgan. Kosachabarglar yupqa,
cho‘zinchoq, tuxumsimon, keng ellipssimon shaklda. Uchi to‘mtoq yoki o‘tkir, ayrimlari g’adir-
budir, ayrimlari paxmoq, ba’zilari esa siyrak tuklar bilan qoplangan. Uzunligi 6–7 mm. Gultoji
barglari oq rangda, taxminan 20 mm uzunlikda, tashqi tomonida 5 ta tukli chiziqlar mavjud.
Fenologiyasi:
May-iyun oylarida gullaydi, Iyun-iyul oylarida meva beradi.
Ekologiyasi:
Shag’alli va toshlar yonbag’irlarda, tog’larning quyi mintaqasida.
Tarqalishi:
Zarafshon daryosi vodiysi, Pomir-Oloy, Hisor tizmasi, Janubiy Tojikiston.
С
onvolvulus subhirsutus Regel. - Tukli pechak
Biologik tasnif:
Poyasi bir nechta, dag’al, shoxlangan. Pastga qarab qalin, kalta, hurpaygan,
tukli va baxmalsimon bo
ʻ
lib o
ʻ
sadi. Yuqori qismi ingichkalashgan, qisqa momiq, ipakdek mayin
tuklar bilan qoplangan. O‘simlik balandligi 60–80 sm gacha yetadi. Barglari ustki tomoni tuksiz,
pastki qismi g
ʻ
adir-budur va tukli. Shakli nashtarsimon, butun qirrali bo
ʻ
ladi. Bargning pastki qismi
asta-sekin yuqoriga qarab kichrayib boradi. To‘pguldagi barglar kam sonli va zaifroq rivojlangan
bo‘ladi. Gullari siyraklashgan, novdalar uchida joylashgan. Kosachabarglari teskari tuxumsimon,
o‘tkirlashgan, tuklari mavjud, uzunligi 3–5 mm. Mevasi gorizontal holatda joylashgan. Gultojlari
pushti rangda, uzunligi 12–17 mm, tashqi tomondan 5 ta tukli chiziq bilan siqilgan. Ko‘sakchasi
tuxumsimon, tuksiz, uzunligi 6–7 mm.
Fenologiyasi:
Iyun–iyul oylarida gullaydi, Iyul–avgust oylarida meva beradi.
Ekologiyasi:
Mayda tuproqli, toshli yoki mayda shag’alli tog’oldi va tog’larning quyi
mintaqasida uchraydi.
Tarqalishi:
O
ʻ
rta Osiyo hududi bo
ʻ
ylab keng tarqalgan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Surxon davlat qo
ʻ
riqxonasida olib borilgan floristik
tadqiqotlar natijasida
Convolvulus
L. turkumiga mansub turlarning mavjudligi aniqlanib, ularning
ekologik areali, tarqalish qonuniyatlari hamda biomorfologik xususiyatlari o‘rganildi. Surxon davlat
qo
ʻ
riqxonasi hududida olib borilgan tadqiqotlar natijasida
Convolvulus
L. turkumiga mansub 4 ta tur
aniqlandi. Bu turkum Surxondaryo viloyatida jami 10 ta turi bilan uchraydi va Tog
ʻ
li O
ʻ
rta Osiyo
provinsiyasi, shu jumladan Janubi-G
ʻ
arbiy Hisor florasida muhim o
ʻ
rin tutadi. Bu ish Surxon davlat
qo
ʻ
riqxonasining floristik tarkibini yanada chuqurroq o
ʻ
rganish, shuningdek, biologik xilma-xillikni
muhofaza qilish dasturlarini ishlab chiqish uchun asos bo
ʻ
lishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Определитель
растений
Средней
Азии
. T.8.
Ташкент
Фан
, 1974.
2.
Флора
Узбекистана
том
5.
Издательство
"
Маънавият
"
Ташкент
1955.
3.
Невский
.
К
.
Ш
.,
Бешко
Н
.
Ю
.,
Попов
В
.A.
Бот
a
ник
геогр
a
фиче
c
кое
невский
С
.
А
.
Материалы
к
флоре
Кугитангтау
и
его
предгорий
.
В
кн
.
Флора
и
систематика
высших
растений
–
М
.,
Л
.:
Изд
.
АН
СССР
, 1937–
С
.
4.
Тожиб
a
ев
К
.
Ш
.,
Бешко
Н
.
Ю
.,
Попов
В
.A.
Бот
a
нико
-
геогр
a
фиче
c
кое
р
a
йониров
a
ние
Узбеки
c
т
a
н
a //
Бот
a
ниче
c
кий
журн
a
л
,
т
. 101,
вып
. 10, 2016. – C. 1105-1132.
5.
Хасанов
Ф
.
О
.
Краткий
очерк
растительности
Кугитанга
//
Тез
.
докл
.
юбил
.
науч
.
конф
.
молодых
ученых
и
спец
-
тов
посев
60-
летию
ЛКСМ
Узб
-
на
, 1985. –
С
. 167-168.
6.
Ибрагимов
Акрам
Жавлиевич
.
Сурхон
Давлат
Қўриқхонасининг
Флораси
(
Кўҳитанг
Тизмаси
),
Дис
канд
.
биол
.
наук
.,
Тошкент
-2010.
7.
Флора
СССР
том
19.
В
6-
е
годы
. –
М
.,
Л
.:
Изд
.
Академия
наук
СССР
, 1934-1964.
8.
Ачилова
Наргиза
Тухтаназаровна
.
Сурхон
-
Шеробод
ботаник
-
географик
раиони
флораси
.
Дис
канд
.
биол
.
Наук
. 03.00.05-
Ботаника
,
Карши
-2021.
9.
Juramurodov, I., Uralov, R., Makhmudjanov, D., et all. (2025). Assessment of plant diversity
in the Surkhan-Sherabad Region, Uzbekistan by grid mapping. Journal of Arid Land, 17(3), 394–410.
