MAKTABDA XALQ DOSTONLARINI О‘QITISHNING ESTETIK-PEDAGOGIK ASOSLARI
Mohiyatida odob-axloq, ta’lim-tarbiya jamlangan o‘zbek xalq og‘zaki ijodining har bitta janrida tarbiyaning umumiy jihatlarini aks etadi. Masalan, xalq qo‘shiqlarida odamlarning orzu-armonlari, umidlari, samimiy tuyg’ulari aks etsa, ertaklarda odamlardagi yaxshi fazilatlari bilan bir qatorda yomon qusurlari ham ko‘rsatiladi. Zohiran ixcham, ma’nan purma’no maqol, hikmatlarda xalq donishmandligi zuhur topganligini ko‘rishimiz mumkin. Topshmoqlar, latifalarda uddaburonlik, topqirlik, fikr-mulohazakorlik namoyon bo‘lganligini ko‘rsak, afsona va rivoyatlarda ibrat, namuna, o‘rnak kabilarni ko‘ramiz. Qisqasi, xalq og‘zaki namunalarida inson kamoloti uchun zarur xislatlar tarannum etilgani, tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.