BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIGA INSHONI OʻRGATISH VA OʻQUVCHILAR TARBIYASIDA INSHONING AHAMIYATI

Annotasiya

Bu maqola boshlangʻich sinf oʻquvchilariga inshoni oʻrgatish va ularning erkin fikrlarini yozma bayon qilish haqida. Oʻquvchilar tarbiyasini yaxshilash mustaqil fikrlashni va qiziqishlarini yozma  bayon qilish, orqali toʻliq tushunchalarini yuzaga chiqarishlari haqida.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
63-64
36

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Bu maqola boshlangʻich sinf oʻquvchilariga inshoni oʻrgatish va ularning erkin fikrlarini yozma bayon qilish haqida. Oʻquvchilar tarbiyasini yaxshilash mustaqil fikrlashni va qiziqishlarini yozma  bayon qilish, orqali toʻliq tushunchalarini yuzaga chiqarishlari haqida.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

63

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIGA INSHONI OʻRGATISH VA

OʻQUVCHILAR TARBIYASIDA INSHONING AHAMIYATI

Kakabayeva Gurbanjemal

NDPI Boshlangʻich taʼlim fakulteti 1- kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14842639

Annotatsiya:

Bu maqola boshlangʻich sinf oʻquvchilariga inshoni oʻrgatish va ularning

erkin fikrlarini yozma bayon qilish haqida. Oʻquvchilar tarbiyasini yaxshilash mustaqil
fikrlashni va qiziqishlarini yozma bayon qilish, orqali toʻliq tushunchalarini yuzaga
chiqarishlari haqida.

Kalit soʻzlar:

mavzuni tanlash, insho ustida ishlash, reja, tahlil qilish, tarbiyaviy

ahamiyati.


Insho o'quvchilarning maʼlum bir mavzuni mustaqil ravishda ochib bera olish, va o'z

fikrlarini yozma shaklda bayon qilish , ko'nikma va malakalarini namoyish etuvchi ijodiy matn
kichik bir asar hisoblanadi. Oʻquvchilarga insho yozdirish orqali ularning fikrlashini qanday
xulosa chiqarishlarni, mustaqil tarzda fikr yurita olishlarini, bilib olishlari lozim . Shu joiz ham
insho yozdirish ularning aqliy tomondan rivojlantiradi, dunyoqarashini ham kengaytiradi,
erkin, mustaqil fikr yuritishga undaydi. Insho yozdirish asosan boshlangʻich sinflarda 1-2-
sinflarda og'zaki mustaqil tarzda gapirib berish orqali oʻz fikirlarini yuzaga chiqaradilar.
Keyingi 3-4- sinflarda bo'lsa, insho yozma tarzda bayon qiladilar. Bir mavzuni tanlab olinadi,
va oʻsha mavzu doirasida insho yoziladi.Reja tuzish ustozlari tomonidan toʻliq tarzda
tushuntiriladi. Mavzu ham ustozi tomonidan beriladi, va shu mavzuga doir ular insho
yozadilar va inshoda oʻzlarining erkin yozma fikrlarni yuzaga chiqaradilar. Insho yozishning
bir muhim tomoni u har bir o'quvchining o'zining mustaqil fikrini yuzaga chiqarishda katta
ahamiyat kashf etadi.

Prezidentimiz taʼkidlab oʻtganlaridek, yoshlarni nafaqat ona tili balki boshqa fanlar

doirasida ham mustaqil erkin fikrlashga o'rgatib borish hozirgi davr talabi hisoblanadi.

Har bir oʻquv mashg'uloti, jumladan insho yozish ham jiddiy mehnat kishidan juda katta

aqliy va hissiy kuch-quvvat talab etadi. Insho yozish adabiy mehnat hisoblanadi. Insho
o'quvchilar nutqini o'stirishda eng samarali vosita hisoblanadi. Insho bolalarning voqea -
hodisalarni chuqur his etishga yordam beradi, izchil fikrlashga o'rgatadi, tilga va ijodga
qiziqishlarini oshiradi. Inshoning to'g'ri va to'liq bo'lishi o'qituvchi mavzuni qanday
shakllantirishi o'quvchilar uni qanday tushunishlariga bog'liq boʻladi.Insho ustida ishlashda
mavzu tanlash uning rejalashtirishda esa og'zaki va yozma insho mavzusini belgilab olish
muhim roʻl o'ynaydi .

Reja har qanday ogʻzaki yoki yozma hikoya qilishning zarur pogʻonasi , uning "

loyihasi"dir. Kishi o'z nutqi haqida o'ylab, asosiy gaplarni belgilab oladi. Insho uchun reja
tuzish shuning uchun ham zarur.

Reja tuzishga o'rgatishda oldin nima haqida to`xtalish, keyin uni qanday davom ettirish,

undan so'ng nima haqida aytish, nihoyat ,hikoyani qanday tugatish kerakligini o'quvchilarga
tushuntirish foydali usul hisoblanadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

64

Og'zaki yoki yozma inshoning turi va vazifasiga qarab unga tayyorgarlik ko'riladi .

Tayyorlash bosqichida qancha ko'p ishlansa insho darsida matn ustida shuncha chuqur
ishlash imkoni yaratiladi. Insho yozish uchun 2 - sinf odatda bir dars zarur bo'lib qolsa,
ikkinchi darsdan 15-20 daqiqa, 3- 4-sinflarda bir yoki , bir yarim dars ayrim vaqtlarda ikki
darsgacha ajratiladi. Bulardan tashqari insho tahlili va xatolar ustida ishlash uchun 20-25
daqiqa vaqt ajratiladi . Boshlang'ich sinflarda yozma inshoga nisbatan ogʻzaki insho koʻp
o'tkaziladi.Oʻgzaki hikoya tuzish bola maktabga kelgan birinchi kunlardanoq boshlanadi.
Yozma insho esa 1- sinf oxiri va 2 - sinfdan boshlab o'tkaziladi.

Inshoning tarbiyaviy ahamiyati tanlanadigan mavzuga, shuningdek, insho ustida

o'quvchilar qanchalik mustaqil ishlashi va qiziqishiga va insho g'oyasiga ham bog'liq.

Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam boʻlmasligi, uchun farzandlarimizning

bizdan koʻra kuchli, bilimli, dono boʻlishi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar
etayotgan ekanmiz bu borada maʼnaviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat
kasb etadi.

Insho bolalarning voqea hodisalarini chuqur his etishiga yordam beradi , izchil

fikrlashga o'rgatadi, tilga va adabiyotga boʻlgan qiziqishlarini oshiradi. Bolalar eng qiziqarli va
o'zlariga yaqin voqea hodisalar haqida hikoya qiladilar va yozadilar. Insho o'quvchilarni erkin
fikrlashga o'ylashga mustaqil ishlashga o'rgatadi , va o'z fikrlarini yozma tarzida to'liq bayon
qilishga undaydi. Tanlangan mavzuning gʻoyaviy yoʻnalishini ochish tarbiyaviy vazifani hal
qilishga imkon beradi. Bu jihatdan mehnat , va mehnat qahramonlari haqidagi , bolalarning
hayoti maktab tugʻilib o'sgan qishlogʻi yoki shahri haqida, urush qahramonlari haqidagi
,mavzular ayniqsa qulay. Bu mavzulardagi insholar mehnat kishilarga , qahramonlarga chuqur
hurmatni tarbiyalaydi.

Insho jamiyat hayotini tushunishga oʻrgatadi. Tabiatga, kishilarga , ularning yaxshilikka

intilishlari va harakatlariga, mehnatga va mehnat muhsuliga muhabbatni tarbiyalaydi, kishilar
xatti-harakatidagi chiroyli jihatlarni egallashga , hozirgi zamon axloqiy tarbiyalarini anglashda
o'quvchilarga yordam beradi .

Xulosa oʻrnida shuni aytishim joizki,

asosan boshlang'ich sinflarga insho yozdirish juda

muhim ahamiyatga egadir . Ular insho yozish orqali o'z fikrlarini yozma tarzda bayon
qiladilar. Bundan maqsad ularni mustaqil ishlashga o'rgatish va o'zlarining mustaqil fikrlarini
o'rganishdir. Inshoning tarbiyaviy ahamiyati asosan, mavzuga bog'liq bo'ladi.Agar mavzu
didaktik mazmunga ega bo'lsa, unda ularga tarbiyaviy jihatdan ta'sir koʻrsatadi. Insho yozish
orqali, o'quvchilarning fikrlashi ham yuqori darajada shakllanadi.

References:

1.

Islom Karimov " Yuksak maʼnaviyat yengilmas kuch".T.2009 y.

2.

K.Qosimova, S.Matchonov, X.Gʻulomova, Sh.Yoʻldosheva, Sh.Sariyov. "Ona tili oʻqitish

metodikasi". T.2009.
3.

Xaitov Xamza . Ona tili oʻqitish Buxoro-2022

4.

Arxiv.uz

Bibliografik manbalar

Islom Karimov " Yuksak maʼnaviyat yengilmas kuch".T.2009 y.

K.Qosimova, S.Matchonov, X.Gʻulomova, Sh.Yoʻldosheva, Sh.Sariyov. "Ona tili oʻqitish metodikasi". T.2009.

Xaitov Xamza . Ona tili oʻqitish Buxoro-2022

Arxiv.uz