CHAQALOQLIK DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA BOSHLANGʻICH SINF BOLALAR PSIXOLOGIYASI

Abstract

Chaqaloqlik davrining psixologik xususiyatlari har tomonlama oʻrganish masalan nutqning, tafakkurning paydo boʻlishi, bilish jarayonlarining rivojlanishi haqida. Boshlangʻich sinf bolalarning psixologik jarayonlarini oʻrganish haqida.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Abstract

Chaqaloqlik davrining psixologik xususiyatlari har tomonlama oʻrganish masalan nutqning, tafakkurning paydo boʻlishi, bilish jarayonlarining rivojlanishi haqida. Boshlangʻich sinf bolalarning psixologik jarayonlarini oʻrganish haqida.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

106

CHAQALOQLIK DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA

BOSHLANGʻICH SINF BOLALAR PSIXOLOGIYASI

Kakabayeva Gurbanjemal

NDPI Boshlangʻich taʼlim fakulteti 1- kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14678446

Annotatsiya

. Chaqaloqlik davrining psixologik xususiyatlari har tomonlama oʻrganish

masalan nutqning, tafakkurning paydo boʻlishi, bilish jarayonlarining rivojlanishi haqida.
Boshlangʻich sinf bolalarning psixologik jarayonlarini oʻrganish haqida.

Kalit soʻzlar:

aqliy rivojlanish, nutqning paydo boʻlishi, psixik rivojlanish, bilish

jarayonlari, oʻquv faoliyatining xususiyatlari bolaning maktabga psixologik tayyorgarligi.


Bola hayotining birinchi kunlardanoq ixtiyorsiz holda oʻz dunyoga kelgan muhitdagi turli

- tuman taʼsirlar va taassurotlar ostida shakllana boshlaydi.

Chaqaloqlik davrida juda koʻp oʻzgarishlar sodir boʻladi. Oilada bola tugʻilishi bilan oila

aʼzolari u bilan muloqotga kirishishga harakat qiladilar. Lekin chaqaloq muloqotga darhol
tayyor boʻlmaydi: uxlaydi, yigʻlaydi va emadi. Chaqaloq oʻzining hayotini shartsiz refleks, yaʼni
qichqiriq bilan boshlaydi. Birinchi qichqiriq nutqning birinchi belgisidir. Ayrim olimlar birinchi
qichqiriqni salbiy emotsiya deb xislatlari, qobiliyat turlari, temperament tiplari rivojlanadi.
Bolalarning nutqini, muloqotini rivojlantirishda kattalar muhim rol oʻynaydilar. Bolalarning
ongini oʻstirish uchun oʻyinchoqlar va oʻyin turlaridan koʻproq foydalanish yaxshi natija beradi.

Ilk bolalik davrida ham oʻyinning ahamiyati katta. Bu davrda bolalar predmetli

oʻyinchoqlarlarni koʻproq oʻynaydilar. Ilk bolalik davrida bolalar kattalarga qaram boʻladilar,
chunki ularning mustaqil harakat qilishlari qiyin. Hatti-harakat xulq meʼyorlarini bolalar
kattalardan oʻrganadilar. Bolalarning ichki dunyosi shakllanishi kattalarga bogʻliq. Bola
predmetlarga boʻlgan qiziqishini avvalo kattalarga murojaati orqali bildiradi.

Ilk bolalik davrida nutqning rivojlanishi ikki xil yoʻl orqali amalga oshiriladi. Bola bilan

onaning muloqoti faqatgina soʻzlar bilan emas, balki mimika, imo-ishora, pantomimika, ohang
va vaziyat orqali amalga oshiriladi.

Bolalar maktab yoshiga yetganda ularning bir - birlariga nisbatan munosabatlari yangicha

mazmun kasb etadi. Bola ilgari ota - onasi guruhdagi tengdoshlari tarbiyachi bilan muloqotda
bo'lgan bo'lsa endi maktab o'qituvchisi sinf rahbari bilan muloqotda bo'ladi. Bolalarda bu
davrda mas'uliyat hissi shakllanadi. Bolalar nutqning o'sishda ularning maktab o'quvchisi katta
rol oʻynaydi, bola maktabgacha yoshda oʻylamasdan gapiradi. Maktabda esa u gaplashyotgan til
oʻqitiladigan va oʻrganiladigan ilm boʻlib qoladi. Grammatikani o'qib o'rganish jarayonida
baland nutqining foyda jihati to'g'ri bo'lib boradi. Nutqning sintaksis tuzilishi takomillashadi,
maktabda o'qitilayotgan hamma fanlarni o'rganish jarayonida o'quvchi nutqning lugʻati boyiydi
va gapiradigan soʻzlarning mazmuni uning uchin chuqurlashadi va kengayadi. Bolalarning
yozma nutqini egallashlari ular nutqning o'sishida muhim bosqich boʻladi. Bola o'z fikrlarni
yozma nutqdan bayon qilishga harakat qiladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar shug'ullanadigan ijodiy faoliyatlar orasida tasviriy

sanʼatning ham ahamiyati juda kattadir. Bolalarning tasavvur qilish xarakteriga ko'ra uning
atrof hayotini qanday idrok etishi xotira tasavvur va xususiyatlarga baho berish mumkin.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

107

Kichik maktab davri 6- 7 yoshdan 9-10 yoshgacha davom etadi. Bu davrda bola maktab

o'quvchilarga kuylaydigan turli talablar bilan tanishadi. Fan asoslarini o'rganish uchun biologik
va psixologik jihatdan tayyorlanadi.

Maktabga kelish arafasida bolalarning so'z boyligi oʻz fikrini bayon eta oladigan darajada

ortadi. Agar bu yoshdagi normal rivojlanayotgan bola o'z nutqida 500 - 600 so'zni ishlatsa, 6
yoshda bala 3000- 7000 soʻzni ishlatadi.

Birinchi sinfga kelgan bola predmetlarning rangi shakli va kattaligini ularni makonda

joylashtirish bilish bilan birga ularni taqqoslay oladi. Maktabda muvaffaqiyatli o'qish uchun
bola sensor rivojlanganlik darajasini yuqori boʻlishi juda muhim.

Maktab yoshiga kelib normal rivojlanayotgan bola rasm va suratlar real hayotni aks

ettirayotganligini yaxshi tushunadilar. Shuning uchun ham rasmda nimalar aks etganini real
hayotga taqqoslagan holda harakat qiladilar. Kichik maktab yoshidagi bola oʻqituvchi bilan
yaxshi emotsional munosabatda bo'ladi. Shu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu
axborotlarni o'zlashtirib kelgan bo'lsa, endi o'z xohish irodasi bilan ham zarur ma'lumotlar
toʻplashga, o'zi alohida aniq maqsad va vazifa qo'yishga harakat qiladi. Bolaning ana shu faolligi
xotirasining muayyan darajada rivojlanganligini bildiradi.

Xulosa oʻrnida shuni aytishim joizki, bola dunyoga kelgandan keyin atrof-muhitdagi

oʻzgarishlarni bila boshlaydi. U yon atrofidagi odamlarning imo- ishoralarini anglay boshlaydi.
Vaqt oʻtgan sari bola psixologik tomonlama shakllana boshlaydi. Yosh oʻtgan sari bolaning ongi
nutq faoliyati ham toʻliq rivojlana boshlaydi. Bogʻcha yoshga yetgach bolalar bogʻchada turli
oʻyinlar, rasmlar chizib, sheʼrlar yodlay boshlaydilar. Keyinchalik ular ilk maktab davriga
tayyorgarlik koʻrib boshlaydi. Maktabga borgach bolalar psixologik tomonlama tayyorlanadilar.
Ularning xulq-atvori nutqi, tafakkuri, oʻqishi, yodlashi , anglashi, ranglarni bilishi yuqori
darajaga oʻsa boshlaydi.

References:

1.

Moʻtabar Abdusalomovna Maxsudova. Muloqot psixologiyasi.

2.

М.Г .Давлетшин. Ш. Дустмухамедова, М.Мавланов, С. Туйчиев. Эш даврлари ва

педагогик ва психология.
3.

Эргаш Гозиев. Онтогенез психологияси.

4.

Isaqova Muazzam Toʻlqinovna. Etnopsixologiya.

References

Moʻtabar Abdusalomovna Maxsudova. Muloqot psixologiyasi.

М.Г .Давлетшин. Ш. Дустмухамедова, М.Мавланов, С. Туйчиев. Эш даврлари ва педагогик ва психология.

Эргаш Гозиев. Онтогенез психологияси.

Isaqova Muazzam Toʻlqinovna. Etnopsixologiya.