ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
63
BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINI GEOMETRIK SHAKLLAR BILAN
TANISHTIRISH
Kakabayeva Gurbanjemal
NDPI. Boshlangʻich ta’lim fakultetining 1-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15576379
Annotatsiya:
Ushbu maqolada “Boshlang’ich sinflarda geometriya o’qitishga ijodiy
yondashuv” to’g’risida so’z boradi. Boshlang’ich matematika dasturida geometrik material
katta o’rinni oladi. Geometrik materialni o’rganishning asosiy maqsadi geometrik figuralar
(nuqta, to’g’ri va egri chiziq, to’g’ri chiziq kesmasi, siniq chiziq, ko’pburchak, aylana va doira)
haqida ularning
elementlari haqida, figuralar va ularning elementlari orasidagi munosabatlari haqida,
ularning ba’zi xossalari haqidagi tasavvurlarning to’la tizimini tarkib toptirishdan iborat.
Kalit so’zlar:
Geometrik elementlar, ijodiy yondashuv, figura, axborot-kommunikatsiya,
geometrik mazmundagi masalalar.
Boshlangʻich sinflar matematika kursida geometrik materiallar alohida oʻrin egallaydi.
Geometrik materiallar koʻpchilik hollarda arifmetik va algebraik materiallar bilan uzviy
bogʻlilikda oʻrganiladi. Umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standartlarida geometrik
materialni oʻrganishga yetarlicha e’tibor qaratilgan. Boshlang’ich sinflarda geometriya
elementlerini oʻrganishning asosiy maqsadi geometrik shakllar, ularning elementlari orasidagi
munosabatlarini xossalari haqidagi tasavvurlar tizimini tarkib toptirish hamda shakllarini
chizmachilik, o’lchash asboblari yordamida yoki ularsiz yasash, chizish va oʻlchash amaliy
malakalarini shakllantirilishiga e’tibor qaratishdan iboratdir.
Matematika mashgʻulotlarida bolalar eng sodda geometrik shakllar bilan, ularning baʻzi
xossalari bilan tanishadilar, buyumlarni geometrik etalonlar bilan taqqoslash asosida ularning
(buyumlarning) shaklini tahlil qilish va baholashni oʻrganadilar.
Bolalarda asta-sekin shakl haqidagi umumiy tasavvur shakllanadi, bunday tasavvur
maktabda geometriya, chizmachilik kabi fanlarni oʻzlashtirish uchun asos boʻladi.
Geometriya elementleri bilan tanishtirishda kuzatish, taqqoslash, induktiv va deduktiv
xulosa chiqarish, seminar va amaliy metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bu maqsad va vazifalarni hisobga olgan holda oʻqitishning turli vositalaridan keng
foydalaniladi. Masalan, geometrik shakllar modellari, plakatlar, kartochkalar, predmetlar,
choʻplar bilan birga chizmalarni bajarish uchun chizmachilik - oʻlchash asoboblari toʻplami:
Chizgʻich, sirkul, paletka va boshqalar albatta sinfda mavjud boʻlishi muhimdir.
Matematikani oʻrganish jarayonida eng avvalo oʻquvchilar nazariy bilimlar sistemasini,
shuningdek, programma belgilab bergan bir qator oʻquv va malakalarni egallashlari kerak.
Oʻqitish oʻquvchilar bilimlarini ongli ravishda egallashlari va yetarlicha yuqori darajada
umumlashtirishlarini ta’minlash zarur.
Bu yutuqlarga oʻqishning rivojlantiruvchi boʻlganda yoki oʻquvchilarning aqliy
rivojlanishlarini uning bilim qobiliyatlari va qiziqishlarini yuqori saviyada ta’minlagan
holdagina erishish lozim.
Maktabda son, arifmetik amallar, sanoq sistemasi, geometrik figura va boshqa matematik
tushunchalar tilga olingan maktab oʻquvchilari quydagilarga ishonch hosil qilishlari kerak.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
64
Xoh son tushinchasi boʻlsin, xoh figura tushinchasi boʻlsin miyada sof tafakkurdan hosil
boʻlgan emas, balki tashqi olamdan olingandir.
Sof matematikaning obekti, boqiy dunyoning fazo formalari va miqdoriy
munosabatlaridir. Demak, tamomila real materialdir. Shuning uchun barcha oʻquvchilarni
barcha hodisalarni matematik tushinchalarni tushinib olishlarida ularni mantiqiy fikrlashga
o`rgatib borish kerak. Mantiqiy fikrlash haqida gapirishdan oldin mantiq tushinchasi haqida
fikr yuritish kerak.
Mantiq
- Filasofiyaning bir boʻlimi boʻlib, buyumlarni, shakllarni intelektual koʻrinishlari
haqida mantiqiy sozlash, fikrlash orqali anglatadi. Koʻpgina olimlar (Y.K.Babanskiy,
V.V.Davidova, V.A.Kulko, A.V.Usova va boshqa) Boshlangʻich sinflarda geometrik materiallarni
oʻqitish jarayonida, oʻquvchilarni mantiqiy fikrlashga koʻpgina ilmiy izlanish va natijalarni
bayon etishgan.
Bolalarni mantiqiy fikrlashga oʻrgatish jarayonida oʻquvchilarni atrof muhitni,
buyumlarni ular haqida fikrlarni umumlashtira olishni, borliqni tasavvur eta olishga doir
koʻnikma va malakalarni shakllantirib berish kerak.
Buning uchun yaxshi natijalarga erishish maqsadida oʻquvchilarga ularning psixologik
hususiyatlarini chuqur oʻrganib pedagogik nuqtai narzardan toʻgʻri yondashish lozim. Chunki
yuqori sinflarda psixologik, jismoniy, fizik va matematik va boshqa fanlardan yaxshi natijalarga
erisha olishi uchun boshlangʻich ta’lim tarbiya, dunyoviy, ilmiy bilimlarni toʻgʻri yoʻnaltirgan
holda oʻquvchilarga yetkazib berishda muvoffaqiyatli usullardan foydalana olish mahoratiga
ega bolish shart va zarur.
Oʻquvchi oʻzining sferadagi borliqda oʻz oʻrnini toʻgʻri anglay olishi, borliqdagi hodisa va
voqealarga toʻgʻri yondasha olishi, predmetlar haqida bilimlar berib borilayotganda ularni
toʻgʻri mulohaza yuritishga, toʻgʻri tasavvur hosil qila olishga va toʻgʻri mantiqiy fikrlashga
oʻrgatib borishni amalga oshirishni uddalay olish uchun oʻqituvchi pedagog oʻqitishning yangi
usullaridan foydalanib, mantiq tushinchasiga tayangan holda olib borilishi kerak. Bu esa
matematika darslarida mashqlar bajarish jarayonida, mantiqiy fikrlashga yoʻnaltiruvchi
quydagi shartlarni taqqoslaydi:
1.Birinchidan berilgan matematik mashqlarning mazmunining asl mohiyatini toʻgʻri
anglash.
2.Berilgan (grafik, tablitsa, jadval, sxema va boshqalarni toʻgʻri formadagi ma’lumotlarni
analiz qila olish).
3.Har qanday berilgan topshiriq yuzasidan toʻgʻri mulohaza yuritib., muhokama qila olish.
4.Mashqlar bajarish jarayonida taqqoslash, umumlashtirish va analogiya, metodlardan
unumli foydalanishni bilish.
5.Ijodiy mashqlarni bajarishda mustaqil fikrlay olish malakalarini shakllantirish.
Geometrik materialning mazmunini va uni o‘rganishning o‘ziga xos tomonlarini qarab
chiqamiz. Jadvallar va ko‘paytirishning ayrim xossalarini o‘rganishda geometrik shakllardan
foydalanish.
Agar birinchi sinfda geometrik shakllardan son tushunchasini, birinchi bosqich arifmetik
amallar tushunchasi va ularning ba’zi xossalarini shakllantirishda didaktik material sifatida
foydalanilgan bo‘lsa, ikkinchi sinfda ham geometrik tasviridan ham individual, ham namoyish
ko‘rsatma-qo‘llanma sifatida foydalaniladi. Masalan, o ‘qituvchi ko‘paytirish amalining
mohiyatini ochib berar ekan, doirachalardan, kvadratlardan, uchburchaklardan guruhlab
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
65
foydalanadi.
1-misol: Shakllarning sonini toping (shakllar doskaga joylashtirilib, mahkamlangan
bo‘lishi ham mumkin). O’quvchi, masalan, shakllarning har birida 6 tadan shakl bo'lgan 3 ta
qatorga (yoki har birida 3 tadan shakl bo‘lgan 6 ta ustun shaklda) joylashganligini ko‘radi,
bundan quyidagi yozuv kelib chiqadi:
6 + 6 + 6-18 (3 + 3 + 3 + 3 + 3 + 3 - 18);
ko‘paytirish bilan: 6 -3 = 18 va 3 • 6 -18.
Ko‘paytirishning o‘rin almashtirish qonunining bajarilishini hosil qilamiz. Geometrik
shakllar yordamida sonni yig‘indiga ko‘paytirishni ko‘rsatish mumkin. 2- misol: Nechta shakl
joylashganligini hisoblang:
a) bolalar shakllar uchta qatorga joylashgan bo‘lib, ularning har birida 5 tadan
uchburchak va 4 tadan kvadrat borligini aniqlaydilar. Bunda yozuv kelib chiqadi:
5 + 5 + 5 + 4 + 4 + 4 -27;
b) uchburchaklarni alohida va kvadratlarni alohida hisoblab chiqish ham mumkin. U
holda:
3 • 5 + 3 • 4 = 15 + 12-27.
Taqqoslash yo‘li bilan natijalar bir xil ekanligini ko‘ramiz. Demak, sonni yig‘indiga ikki xil
usul bilan ko‘paytirish mumkin ekan:
3 (5+ 4) - 3 • 5 + 3 • 4 - 15 + 12-27.
1) yig‘indini topish va sonni bu yig‘indiga ko‘paytirish;
2) sonni har bir qo‘shiluvchiga ko‘paytirib, natijalarni qo‘shish;
3) ko‘paytirish jadvalini o‘rganishda teng kvadratlarga bo‘lingan geometrik shakllardan
foydalanish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich sinf o’quvchilarining geometrik tayyorgarligi
masalalasida bizning oldimizga qo’ygan vazifalarni hal etish uchun bizning naqtai nazarimizda
o’tgan va hozirga davrda olib borilgan geometrik materialni boshlang’ich sinflarda o’rganishga
bag’ishlangan eng qiziqarli izlanishlarga kichik yoshdagi o’quvchilarga nimani o’rgatamiz
degan savolga javob berishga diqqatni qaratishimiz lozim. Geometrik elementlarni o’rganishda
quyidagi metodlardan masalan; geometrik modellashtirishdan foydalanish, qog’oz, cho’plar,
plastilin va simlardan figuralarning modellarini yasash, qog’ozda geometrik figuralarni chizish
- bolalar ongida geometrik tasovvurni rivojlantirishga omil bo’ladi. Bunday sharoitda
materialning turi, rangi, o’lchamlari, tekislikdagi holatini nazarda tutmagan holda figuralarni
shunday tanlash kerakki, bolalar ularning asosiy belgilarini (shakli, geometrik sifatlarini)
aniqlay olsinlar. Shunga diqqat qaratish kerakki, o’quvchilar geometrik figuralarning barcha
sifatlarini ajrata bilsinlar. Bu figuralar tasavvurning to’g’ri bo’lishiga yordam beradi. Masalan,
to’g’riburchakli to’rtburakni o’rganish jarayonida bolalar uning ikki asosiy sifati-to’rtburchak
ekanligi va burchaklari to’g’ri ekanligini tushunib yetishlari kerak.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Bikbayeva N. U. Sidelnikova R.I. Adambekova G. A . Boshlang‘ich sinflarda matematika
o‘qitish metodikasi. O‘rta maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma. T.
“O‘qituvchi”, 1996.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
66
2.
M. E. Jumayev. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. “Fan va
texnologiya”. Toshkent. 2004.
3.
B. Toshmurodov. Boshlang‘ich sinflarda matematika oqitishni takomillashtirish.
“O‘qituvchi” 2000.
4.
4.M.E. Jumayev “Matematika o’qitish metodikasidan praktikum”. Toshkent. O’qituvchi.
2004 yil.
5.
M.Axmedov va boshqalar. “Matematika 1 sinf uchun darslik”. Toshkent 2003 yil.
6.
M. Axmedov va boshqalar “Matematika o’qituvchi uchun darslik”. O’qituvchi. Toshkent
2003.
7.
L.Levenberg. “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi”. Toshkent.
O’qituvchi 1989 yil.
8.
N.U.Bikbayeva, L.Sh.Levenberg “3 sinflarda matematika: Metodik qo’llanma”. Toshkent.
O’qituvchi 1989 yil.
