ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
35
BOSHLANGʻICH SINFLANI BADIIY ASARNI OʻQITISHGA TAYYORLASH VA
TAHLIL QILISH SHARTLARI
Kakabayeva Gurbanjemal
NDPI Boshlangʻich taʼlim fakultetning 1- kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14286688
ANNOTASIYA
Boshlangʻich sinflarga badiiy asarni oʻqitish va mazmunini tushuntirish, asarni tahlil
qilish, qaharmanlarning ijobiy va sarbiy tamonlarini oʻrganish haqida bayon qilinadi.
Kalit soʻzlar:
badiiy asar ustida ishlash, oʻqishga tayyorlash, grafik tasvirlash, tahlil qilish.
Boshlangʻich sinflarga badiiy asarni oʻqitishga oʻrgatishdan oldin avvola ulargʻa ifodali
oʻqish faoliyatini oʻrgʻatish lozimdir. Chunki oʻquvchilar asar mazmunini togʻri idrok etishlari
uchun hayot haqida maʼlum tasavvurga ega boʻlishlari zarur. Buning uchun tayyorgarlik ishlari
oʻtkaziladi.
Tayyorgarlik bosqich
i yazuvchilar haqida maʼlumot berish, oʻquvchilarni asarda
tasvirlangan voqea- hodisalarni idrok qilish, asar pafosini his etish, notanish va koʻp maʼnoli
soʻzlar, murakkabroq tarzidagi obrazli ifodalarni izohlash kabi xususiyatlarni oʻz ichiga oladi.
Tayyorgarlik davridan keyin 1- bosqich amalga oshiriladi. Bu bosqichda asosiy vazifasi asar
bilan tanishtirish.
Asar matni bilan tanishtirishning bir necha usullari mavjud. Ular quyidagilar:
1.
Matn oʻqituvchi tomonidan ifodali oʻqib beriladi. Oʻquvchilar matn bilan tanishtirilgach,
oʻqituvchi ularga boshlangʻich qiziqishlarini sinab koʻrish uchun savollar beradi. Masalan,"
Hikoyaning qaysi oʻrni sizga yoqdi?", "Qahramonlardan qaysi biri sizga ayniqsa yoqdi", kabi va
hokazo. Kirish suhbati, birinchidan, asarning oʻquvchilarga qanday taʼsir qilganini bilish,
ikkinchidan, bolalarni asar matnini tahlil qilishga qiziqtirish, darsda oʻquvchilar faolligini
oshirish maqsadini koʻzda tutadi.
2.
Yaxshi oʻqiydigan oʻquvchiga oʻqitish, oʻquvchini oldindan oʻqituvchi oʻqish yoʻllari bilan
tanishtirish va uning oʻqishini oʻzi kuzatadi, xato va kamchiliklarini bartaraf etadi.
3.
Ogʻzaki qayta hikoyalab, soʻzlab berish. Bu oʻqituvchidan alohida tayyorgarlikni talab
etadi.
4.
Yoddan ifodali aytib berish sheʼriy asarlar yoddan aytib berish orqali tanishtirilsa,
oʻquvchi oʻqituvchining mahoratini yuqori boholaydi. Oʻzida ham yod olishga qiziqish paydo
boʻladi.
5.
Asarning muhim dialogli oʻrinlarini yoki butun asarni sahnalashtirish orqali tanishtirish.
6.
Asarning bir qismini oʻqtivchining oʻqib berishi, qolgan qismini oʻquvchilarning ichda
mustaqil oʻqishi.
7.
Asar bilan tanishtirishda texnik vositalar ham unumli foydalanish.
8.
Asarni musiqa sadolari ostida oʻqib berish. Bu asarning taʼsirini kuchaytiradi,
oʻquvchilarning estetik didini tarbiyalaydi.
Boshlangʻich sinflarda togʻri tez, ongli va ifodali oʻqishga oʻrgatish vazifasi oʻquvchilarda
asarni tahlil qilish koʻnikmasi shakllantirish bilan birga amalga oshiriladi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
36
Badiiy asar ustida ishlashning 2- bosqichi asar tahlilidir. Asarni tahlil qilishning asosiy
yoʻnalishi matnning aniq mazmunini, ishtirok etuvchi shaxslarning axloqiy va xarakterli
xususiyatlarini, asarning gʻoyasini aniqlash hisoblanadi.
Kattalar adabiyoti kabi bolalar adabiyoti ham oʻz oldiga bolalarning yoshi, saviyasiga
qarab muhim taʼlim va tarbiyaviy masalalarni qoʻyadi. Bolalar uchun yoziladigan har qanday
badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga toʻgʻri kelishidan tashqari bolalarga tushunarli va
qiziqarli boʻlishi zarur.
Grafik tasvirlash
koʻproq uyda bajariladi. Buning uchun oʻquvchilar tasvirlanayotgan
matn qismini ajratadilar, uni diqqat bilan oʻqib chiqadilar, mazmunini oʻzlashtiradilar va unga
mos rasm chizadilar. Bular asar matnini toʻliq qayta hikoyalash, shuningdek, oʻqilgan hikoya,
maqolaning rejasini tuzish, matn mazmunini, uning tasvirini vositalarni bilib olishga yordam
beradi.
Oʻqituvchi badiiy asarni oʻqiyatganda oʻquvchilar uni darslikdan kuzatib borishlarini talab
qilish kerak. Shunda ular oʻqituvchi bilan birgalikada asarni oʻqib boradilar, va tez ifodali
oʻqishga oʻrganadilar. Badiiy asarni yosh bolalarga oʻqib yoki eshitirilganda ular oxirigʻa juda
ham qizikib boradilar. Badiiy asardagi qahramonlar orqali boʻlgan voqealarni aniq esda
saqlaydilar. Qahramonlarning salbiy va ijobiy tomonlarini xarekterlab beradilar.
Xulosa oʻrnida shuni aytishim kerakki badiiy asarlar bolalarning dunyoqarashini,
fikirlanishini kengaytirishga yordam beradi va nutq madaniyatini ham rivojlantiradi.
Oʻquvchilar badiiy asarni tushunib oʻqishlari lozimdir. Shundagina asarning maʼnosini
tushunadilar va tahlil qilishda ham qiynalmaydilar. Badiiy asarlar yosh avlodlarga chinakam
aqliy, axloqiy estetik tarbiya berish, munosib farzand boʻlib yetishishiga yordam beradi.
References:
1.
Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida Gʻulomova, Sharofat Yoʻldosheva, Sharafjon
Sariyov. Ona tili oʻqitish metodikasi -.: " NOSHIR", - 2009.
2.
Adabiyot oʻqitish metodikasi " Innovatsiya - Ziyo" 2022. Qunduzxon. Husanbayeva, Roza
Niyozmetova.
3.
cyberlenika.ru.
4.
Arxiv.uz.
5.
Bolalar adabiyoti. Mamasoli Jumaboyev.Toshkent - 2008.
