273
Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
O‘ZBEKISTONDA SOVET HOKIMYATINING QATAG'ON SIYOSATI
Jahongir Usmanov Xujaqulovich
O‘zbekiston Respublikasi Termiz shahri Termiz davlat universiteti akademik
litseyi tarix fani o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekistonda dastlabki qatag‘onlarning
boshlanishi, huquq va maorif tizimida qatag‘onning avj oldirilishi, 1937–1938
yillarda davlat arboblari, ziyolilar, ulamolar va harbiylarning qatag‘on qilinishi,
«Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasi hamda «Qatag‘on qurbonlari xotirasi»
muzeyining tashkil etilishi haqida ma’lumotlar beriladi.
Kalit so‘zlar:
Sovet rejimi, O‘zSSR, Sa’dulla Qosimov, qosimovchilik,
qatag‘on.
Sovet rejimi o‘z hokimiyatini mustahkamlab olgach, uning xususiyatlari tobora
oshkora namoyon bo‘la boshladi. Bu holat xususan milliy respublikalardagi rahbar
xodimlarga munosabatda yaqqol ko‘zga tashlandi.
XX asr 20-yillarining ikkinchi yarmi va 30-yillar boshida O‘zbekiston SSRda
o‘n sakkizlar guruhi (Abdurahim Hojiboyev, Inomjon Xidiraliyev, Muxtorjon
Saidjonov va b.), inog‘omovchilik (O‘zSSR Maorif xalq komissari Rahim Inog‘omov
va b.), qosimovchilik (O‘zSSR Oliy sudi raisi Sa’dulla Qosimov va b.),
badriddinovchilik (O‘zSSR Oliy sudining prokurori Shamsutdin Badriddinov va b.),
«milliy ittihodchilar» va «milliy istiqlolchilar» (Munavvarqori Abdurashidxonov
boshchiligidagi 87 nafar kishi), «narkompros» ishi (O‘zSSR Maorif xalq komissari
Mannon Ramziy, uning o‘rinbosari Botu va b.), «botir gapchilar» (Qo‘qonda Ashu
rali Zohiriy boshchiligidagi 19 nafar kishi) va boshqa siyosiy ishlar o‘ylab topildi.
Natijada o‘zbek xalqining ko‘plab yetuk farzandlari qatag‘on qilindi.
Bu davrda kommunistik partiya saflarini «tozalash» kampaniyasi natijasida
O‘zbekiston kompartiyasi a’zolarining 25,6 foizi firqadan chiqarildi.
Milliy rahbar xodimlar lavozimlaridan chetlatildi. XX asr 20-yillarining oxiriga
kelib, sovetlar millat yetakchilarini jismoniy jihatdan yo‘qotishga kirishdi
O‘zbekiston SSR Oliy sudining raisi Sa’dulla Qosimov 1929-yil mart oyida
lavozimidan bo‘shatilib, qamoqqa olindi. S. Qosimov va uning 6 nafar safdoshi
«bosmachilar»ni qo‘llab-quvvatlashda, «aksilinqilobchi millatchi tashkilotlar»
a’zolari bilan aloqa bog‘laganlikda, islom dinini himoya qilishda ayblanib, ularga
274
Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
«qosimovchilik» yorlig‘i bosildi. Sud ularni 10 yil muddatga qamoq jazosiga hukm
qildi. Ularning butun mol-mulki davlat hisobiga musodara qilindi
Oradan ko‘p o‘tmay navbatdagi ish – badriddinovchilik o‘ylab topildi. 1932-yil
5-may– 15-iyunda O‘zbekiston Oliy sudining sobiq prokurori Shamsutdin
Badriddinov va uning 5 nafar safdoshi ustidan sud jarayoni o‘tkazildi. Ular ham uzoq
muddatli qamoq jazosiga hukm qilindilar.
Sovet rejimi milliy rahbar xodimlarni qatag‘on qilish bilan birga maorif
sohasidagi ziyolilarga ham tazyiq o‘tkaza boshladi. 1929yil 5noyabrda Toshkentda
ma’rifatparvar Munavvarqori Abdurashidxonov boshchiligidagi 38 nafar kishi
qamoqqa olindi. Oradan ko‘p o‘tmay qamoqqa olinganlar soni 87 kishiga yetdi.
Ularga «Milliy Ittihod» va «Milliy Istiqlol» tashkilotlarining a’zolari degan ayb
qo‘yildi. Tergov jarayoni keyinchalik Moskvaga ko‘chirildi. Bu holat sovetlarning
milliyma’naviy hayotga zug‘umidan dalolat edi. 1931yil 25aprelda Moskvada bo‘lib
o‘tgan sud majlisida Munavvarqori bosh chiligidagi millatning 15 nafar fidoyisi
bo‘lgan «Milliy Istiqlol» a’zolari otib o‘ldirishga, qolgan 72 nafar kishi esa uzoq
muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi. O‘zbek xalqining 15 nafar farzandi Moskva
atrofida otib tashlandi. Qamoqdan ham deyarli hech kim Toshkentga qaytib kelmadi.
Qamoqqa olingan ko‘plab yurtdoshlarimiz ommaviy ravishda 1938- yil 4-
oktyabrda qatl qilingan. XXSR harbiy ishlar noziri, alohida O‘zbek otliq askarlar
polkining komandiri va komissari, 19-tog‘li otliq O‘zbek diviziyasi komandiri
lavozimlarida ishlagan Mirkomil Mirsharopov sovet rejimi tomonidan Maykopda
1937-yil 28-oktyabrda qamoqqa olindi. U O‘zbek diviziyasini milliylashtirish va bu
diviziya yordamida O‘zbekistonni SSSR tarkibidan ajratib olish va mustaqil davlatni
barpo etishga urinishda ayblandi. Dastlabki O‘zbek diviziyasi tarqatib yuborildi
hamda M. Mirsharopov boshchiligida 18 nafar o‘zbek harbiy komandirlari va
askarlari 1938-yil 10-oktyabrda otib tashlandi.
XX asr o‘zbek madaniyatining 3 nafar yorqin yulduzlari – Fitrat, Cho‘lpon va
Abdulla Qodiriy bir kunda – 1938 yil 4 oktyabrda Toshkent shahri atrofida otib
tashlandi.
1937–1938 yillarda to‘qib chiqarilgan soxta ayblar bo‘yicha O‘zbekistonda 41
000 nafardan ortiq kishi hibsga olinib, ulardan 37 000 nafardan ko‘prog‘i jazolandi, 6
920 nafar kishi esa otishga hukm qilindi. Faqat davlat va jamoat arboblari, yozuvchi,
shoir va olimlardan 5 758 nafar kishi qamoqqa olinib, ulardan 4 811 nafari otib
tashlangan edi. Bu ma’lumotlar respublikamiz miqyosida qizil terror qanchalik keng
miqyosda shafqatsiz ravishda amalga oshirilganligining yaqqol isboti hisoblanadi.
275
Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin qatag‘on
qilinganlarning ko‘pchiligi huquqiy jihatdan oqlandi. Ularning pok nomlari tiklandi.
Mustabid sovet rejimi davrida Bo‘zsuv kanali bo‘yida – millat fidoyilarining aksari
yati otib tashlangan joyda – ularning xotirasiga bag‘ishlab yodgorlik o‘rnatildi.
O‘zbekiston SSRda bu davrda ko‘plab madrasalar, masjidlar va xonaqohlar
buzib tashlandi. Buzilmay qolgan madrasalar va masjidlar xo‘jalik omborlariga
aylantirildi, qizil askarlar garnizonlari uchun manzilgohlar qilib qayta jihozlandi,
chetdan kelganlar uchun turarjoy sifatida berildi va boshqa turli maq sadlarda
foydalanildi. Madaniy-ma’rifiy merosimiz bo‘lgan qo‘lyozma asarlar va boshqa
kitoblarning katta qismi yo‘q qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov(1938-2016)
tashabbusi bilan 2000 yil 12 may kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi
Bo‘zsuv kanali bo‘yida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi ochildi. 2001 yildan
boshlab har yili 31-avgust – mustaqillik e’lon qilingan kun qatag‘on qurbonlarini yod
etish kuni sifatida o‘tkaziladigan bo‘ldi. “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida
2002 yil 31-avgustda “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi ochildi. Muzeyning
ilmiy ekspozitsiyasini shakllantirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Jumladan, 150 dan ziyod arxiv hujjatlari, 100 dan ortiq tarixiy fotosurat, 100 ga yaqin
ashyoviy buyumlar, 175 ta kitob, ko‘plab vaqtli matbuot nashrlarining namunalari
izlab topildi va ular muzey ekspozitsiyasidan o‘rin egallagan.
Mustaqillik yillarida Prezidentimizning 2020 yildagi “Qatag‘on qurbonlarining
merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir
qo‘shimcha
chora-tadbirlar
to‘g‘risida"gi farmoyishining ijrosini
ta’minlash
maqsadida Reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan 115 nafar qatag‘on qurbonlari jami 6
ta jinoyat ishi bo‘yicha oqlandi.
Bu minnatdor avlodlarning o‘z ajdodlari xotirasiga ehtiromidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. S. Tilabayev, D. Kenjayev va boshqalar “O‘zbekiston tarixi” 10-sinf 139-142
betlar Respublika ta’lim markazi, Toshkent - 2022 yil
2. Q.Rajabov va Akbar Zamonov “O‘zbekiston tarixi” “O‘zbekiston tarixi” 10-
sinf 80-86-betlar G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot Toshkent – 2017 yil
3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy ensiklopediyasi kerakli tomlari
“Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyotI” Toshkent 2001-2…
yillar.
