URUSHDAN KEYINGI YILLARDA O‘ZBEKISTON XALQ XO‘JALIGINING RIVOJLANISHI

Annotasiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq xo‘jaligining tinch rivojlanish yo‘liga o‘tishi, Urushdan keyingi qatag‘onlik siyosati, iqtisodiy sohadagi amalga oshirilgan besh yillik rejalar haqida ma’lumotlar beriladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
doi
Bilim sohasi
CC BY f
16

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Usmanov , J. . (2025). URUSHDAN KEYINGI YILLARDA O‘ZBEKISTON XALQ XO‘JALIGINING RIVOJLANISHI. Ilm Nuri, (10(45). Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-shine/article/view/99032
Jahongir Usmanov , O‘zbekiston Respublikasi Termiz shahri Termiz davlat universiteti akademik litseyi
tarix fani o‘qituvchisi
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq xo‘jaligining tinch rivojlanish yo‘liga o‘tishi, Urushdan keyingi qatag‘onlik siyosati, iqtisodiy sohadagi amalga oshirilgan besh yillik rejalar haqida ma’lumotlar beriladi.


background image

71

Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

URUSHDAN KEYINGI YILLARDA O‘ZBEKISTON XALQ

XO‘JALIGINING RIVOJLANISHI

Jahongir Usmanov Xujaqulovich

O‘zbekiston Respublikasi Termiz shahri Termiz davlat universiteti akademik litseyi

tarix fani o‘qituvchisi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq xo‘jaligining tinch rivojlanish

yo‘liga o‘tishi, Urushdan keyingi qatag‘onlik siyosati, iqtisodiy sohadagi amalga
oshirilgan besh yillik rejalar haqida ma’lumotlar beriladi.


Ikkinchi jahon urushi yillarida aholisining 10 foiziga yaqinini yo‘qotgan (halok

bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan), iqtisodining 60 foizini urush xarajatlariga
yo‘naltirgan O‘zbekiston Respublikasi o‘ziga kelishga ulgurmay turib, endi paxta
«fronti»da jonbozlik ko‘rsatishiga to‘g‘ri kelgan. Moskvaning paxtachilikni
rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston oldiga juda baland reja qo‘yishi natijasida 1949-
va 1950-yillarda reja topshiriqlari bajarilmadi.

To‘rtinchi besh yillikda (1948–1952-yy.) paxtachilikka ajratilgan maydon 148

ming gektarga ko‘paydi, respublikaning tabiiy va insoniy imkonlarini shafqatsiz
ishlatish hisobiga paxtaning yalpi hosili shu davrda keskin oshdi. Paxta ekiladigan
maydonlar kolxozchilarning shaxsiy yer mulklari va uy xo‘jaliklari hisobidan keskin
kengaytirildi.

1950-yilda sovet siyosiy rahbariyati tomonidan kolxozlarni yiriklashtirish va

ularni mutaxassislar bilan ta’minlash siyosati boshlandi. Mazkur siyosat nafaqat
iqtisodiy, balki siyosiy-mafkuraviy maqsadlarni ham ko‘zlagan edi. Mavjud mayda
kolxozlar o‘rniga yanada yirikroq kolxozlar tuzildi. Sovet hukumati joylardagi
partiya idoralari orqali kolxozlar faoliyati ustidan qat’iy nazorat o‘rnatdi. Bu
O‘zbekistonda ham kolxoz qurilishi jarayonining siyosiylashtirilganidan dalolat
beradi.

Urushdan keyingi yillarda O‘zbekistonda xomashyo yetishtirish sohasi jadal

sur’atlar bilan rivojlantirildi. Neft, ko‘mir qazib olish, elektr energiyasi, mineral
o‘g‘itlar, po‘lat ishlab chiqarishni jadal sur’atlarda oshirib borish iqtisodiyotning
xomashyoga yo‘naltirilganli gini yanada mustahkamladi.

Mazkur davrda sovet tuzumining qatag‘on siyosati davom etib, bu jarayon fan

va madaniyat namoyandalariga qarshi o‘tkazilgan kampaniyalarda o‘z aksini topdi.
Markazning ko‘rsatmasi bo‘yicha, respublika siyosiy rahbariyati ilm-fan, adabiyot va


background image

72

Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

san’atning ba’zi vakillarini «feodal o‘tmishni ideallashtirishda va undagi ayrim
arboblarning o‘zbek halqi tarixidagi roliga «nomarksistik» yondashish orqali baho
berganliklari uchun ayblagan edi.

O‘zbekiston SSR kommunistik partiyasi markaziy komitetining 1952-yil

fevraldagi X plenum qarorlarida bir qator o‘zbek olimlari va madaniyat arboblarining
ijodlari qattiq tanqid qilindi, xalq og‘zaki ijodi asarlariga o‘ta salbiy baho berildi.
«Alpomish» xalq dostonini esa mutlaqo jaholatparastlikda ayblashdi. Biroz keyinroq
«feodal o‘tmishni ideallashtirganliklari» uchun Oybek, Maqsud Shayxzoda,
Shukrullo, Hamid Sulaymonov va boshqalar qatag‘on qilindi.

1960 yillar boshida shaharlarda, hatto non ham yetishmasdi. 1962 yil 1 iyundan

hukumat vaqtincha go‘sht va yog‘ning narxini oshirishga majbur bo‘ldi. Bu odamlar,
avvalo, ishchilar orasida norozilikni keltirib chiqardi. 1963 yildan boshlab hukumat
chetdan g‘alla sotib ola boshladi.

Bu davrda O‘zbekistonda turli sanoat korxonalari qurilgan. Mirzacho‘l, Surxon-

Sherobod va Qarshi cho‘lining o‘zlashtirilishi natijasida ekin maydonlari
kengaytirilgan. Sovet Ittifoqi boshqaruviga kim kelishidan qat’i nazar, undagi
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayot asoslari keyingi yillarda o‘zgargan emas. 1970-
yillarda «SSSRda rivojlangan sotsialistik jamiyat» qurilgani e’lon qilingan bo‘lsa-da,
amalda sovet hokimiyati qo‘l ostida yashayotgan xalqlarning turmush darajasi
dunyoning ilg‘or mamlakatlarinikidan ancha orqada qoldi.

1970–1980-yillarning o‘rtalaridagi davr O‘zbekiston dehqonchiligi uchun juda

og‘ir kechdi. Paxta maydonlarining kengayib borishi O‘zbekiston ekologiyasining
buzilishiga sabab bo‘ldi.

XX asrning 60-yillaridan sug‘oriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi

natijasida Orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryodan quyiladigan suv miqdori yildan-
yilga kamaya bordi. Oqibatda Orol dengizida suv sathi jadal sur’atlarda pasayib, u
quriy boshladi. Dengiz suvining sho‘rlanishi kuchayib, baliq va boshqa suv
jonivorlari keskin kamayib ketdi. Orol dengizining qurib borishi Markaziy Osiyo
mintaqasi hamda qo‘shni davlatlar ekologiyasiga misli ko‘rilmagan darajada salbiy
ta’sir ko‘rsatdi.

1959 yil 15 martda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi

sekretari lavozimiga Sharof Rashidov (1917– 1983) saylandi. U bu lavozimda
umrining oxirigacha samarali faoliyat ko‘rsatdi. Sharof Rashidov atoqli davlat,
siyosat va jamoat arbobi hamda mashhur yozuvchi bo‘lgan. 1917-yil 8-noyabrda
Jizzaxda tug‘ilgan. U 1950–1959-yillarda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti
Prezidiumining raisi lavozimida iste’dodli tashkilotchi va mohir rahbar sifatida


background image

73

Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

yaxshi taassurot qoldirdi. Sh. Rashidov rahbarligida O‘zbekiston iqtisodiyoti va
madaniyatini rivojlantirishda muayyan muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritildi. Paxtachilikni
rivojlantirish, yangi yerlarni o‘zlashtirish, 1966 yildagi zilziladan so‘ng Toshkentni
qayta tiklash ishiga u ko‘p kuchquvvat va g‘ayratini sarfladi. Toshkent metropoliteni
qurilishi uning tashabbusi bilan boshlangan. Metropolitenning birinchi navbati (9 ta
bekat) 1977 yil noyabrda ishga tushirildi.

1977-yil 7-oktyabrda qabul qilingan SSSRning yangi Konstitutsiyasi milliy

respublikalar huquqini rasmiy chekladi va Markazga keng vakolatlar berdi. 1978-
yilda O‘zSSR ham o‘z konstitutsiyasini qabul qildi. Konstitusiyada belgilangan
qoidalar faqat qog‘ozda bo‘lib, amalda o‘sha davrdagi hukmron partiyaning g‘oyalari
quvvatlanar, barcha tashkilotalarda asosiy rahbarlik lavozimlari kommunistlar
partiyasi qo‘lida edi. O‘zbekistonda ham xuddi butun Ittifoqda bo‘lgani singari
respublika Oliy Soveti hech qaysi masalani partiya komitetlaridan ruxsat olmasdan
hal qila olmagan.

Komsomol va boshqa tashkilotlar partiya idoralarining ko‘rsatmalarini

bajarishga majbur bo‘lganlar. Buyruqlarni bajarmagan rahbarlar o‘z lavozimlaridan
ozod etilgan. Sovet hokimiyati davrida partiya nomenklaturasi (partiya organlari
bilan kelishib tayinlanadigan lavozimlar) deb atalgan tartib-qoida mavjud bo‘lgan. Bu
qoidaga ko‘ra, mas’ul lavozimlarga faqat partiya a’zolari, ya’ni kommunistlar
tayinlangan. Shu bilan birga, turli darajadagi Sovetlar, komsomol hamda jamoat
tashkilotlari rahbarlari kommunistik partiya rahbariyati (Markaziy Komitet, viloyat,
shahar va tuman partiya komitetlari) tarkibiga kiritilgan. Shu tariqa, partiya organlari
bu tashkilotlar bilan qo‘shilib, ularni o‘ziga bo‘ysundirib olgan.

XX asrning 60–80-yillarida O‘zbekistonda mahalliy aholidan tashqari turli

mintaqalardan ko‘chib kelgan ruslar, tatarlar, ukrainlar, koreyslar va boshqa xalqlar
— umumiy hisobda 127 ta millat va elatlar yashagan. 1970–1980-yillari respublikada
ruslashtirish siyosati yanada kuchaydi. Bu siyosat o‘zbek adabiy tilining rivojlanish
jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ammo o‘sha davrda bu «yagona sovet xalqi
shakllanishidagi qonuniy jarayon» sifatida qabul qilindi.

O‘zbekistonda zamonaviy kon-metallurgiya sanoatiga asos solinishi uning

industrial qiyofasini o‘zgartirib yubordi. Ko‘plab yangi shaharlar va posyolkalar
(shaharchalar) qurildi. Ayniqsa, ittifoqqa bo‘ysunuvchi va «yopiq shaharlar» deb
ataluvchi Navoiy, Zarafshon va Uchquduq kabi shaharlarga boshqa mintaqalardan
ishchi kuchi jadallik bilan olib kelindi. Yopiq shaharlar mahalliy hokimiyatga
bo‘ysunmagan. Bu joylarda maxfiy korxonalar joylashgan bo‘lib, ular faqat
Markazga hisob berardi.


background image

74

Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025

SCIENCE SHINE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

1956 yili Buxoro viloyatida Gazli neft-gaz koni topildi. Jahondagi eng yirik gaz

konlaridan biri hisoblangan bu konning umumiy zaxirasi 500 mlrd kubometr gaz
bo‘lgan. XX asr 50-60 yillarida Qizilqum sahrosi markaziy tumanlarining sanoat
jihatidan o‘zlashtirilishi oltin va uran qazib olish sanoatining paydo bo‘lishiga olib
keldi.

1958 yil 3 sentyabrda Navoiy konmetallurgiya kombinatiga poydevor qo‘yilishi

bilan Navoiy shahriga asos solindi. Dunyoda eng yirik Muruntov oltin koni 1961 yili
ishga tushirilib, dastlabki sof quyma oltin (999,9 probali) 1963 yil tayyorlangan.
Dunyoda eng yirik Muruntov oltin koni 1961yili ishga tushirilib, dastlabki sof quyma
oltin (999,9 probali) 1963yil tayyorlangan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. S. Tilabayev, D. Kenjayev va boshqalar “O‘zbekiston tarixi” 10-sinf 170-176

betlar Respublika ta’lim markazi, Toshkent - 2022 yil

2. Q.Rajabov va Akbar Zamonov “O‘zbekiston tarixi” “O‘zbekiston tarixi” 10-

sinf 120-127-betlar G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot Toshkent – 2017 yil

3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy ensiklopediyasi kerakli tomlari

“Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyot

I” Toshkent 2001-2…

yillar

Bibliografik manbalar

S. Tilabayev, D. Kenjayev va boshqalar “O‘zbekiston tarixi” 10-sinf 170-176 betlar Respublika ta’lim markazi, Toshkent - 2022 yil

Q.Rajabov va Akbar Zamonov “O‘zbekiston tarixi” “O‘zbekiston tarixi” 10-sinf 120-127-betlar G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot Toshkent – 2017 yil

O‘zbekiston Respublikasi Milliy ensiklopediyasi kerakli tomlari

“Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyotI” Toshkent 2001-2… yillar