30-AVGUST, 2024-YIL
109
TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKILLASHTIRISH VA O‘TKAZISH METODIKASI
Mirzaliyeva Dilobar Sherali qizi
Guliston shahar 10-umumta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13629939
Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun tarbiya darslarini
tashkil etish metodikasi, tarbiya darslarining mohiyati, maqsad va vazifalari mazmuni ochib
berilgan. Shuningdek, tarbiya darslarida hadislardan unumli foydalanish yuzasidan ham kerakli
ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar: tarbiya, ta’lim, o’quvchi, hadis, ilm, ong, sharq allomalari, islom dini, kasb.
METHODOLOGY OF ORGANIZING AND CONDUCTING EDUCATIONAL WORK
Abstract. This article describes the methodology of organizing education classes for
primary school students, the essence, goals and tasks of education classes. In addition, necessary
information on the effective use of hadiths in educational classes is provided.
Key words: education, education, student, hadith, knowledge, consciousness, scholars of
the East, Islamic religion, profession.
МЕТОДИКА ОРГАНИЗАЦИИ И ПРОВЕДЕНИЯ ВОСПИТАТЕЛЬНОЙ РАБОТЫ
Аннотация. В данной статье описана методика организации учебных занятий для
учащихся начальных классов, сущность, цели и задачи учебных занятий. Кроме того,
представлена необходимая информация по эффективному использованию хадисов на
учебных занятиях.
Ключевые слова: образование, воспитание, ученик, хадисы, знания, сознание, учёные
Востока, исламская религия, профессия.
Tabiiyki, hozirgi ta’lim islohatlari sharoitida ham barkamol shaxs tarbiyasi muhim
ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020 yil 29-
dekabrdagi murojaatnomasida “Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans
poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar,
Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va
sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush
tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy
ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim”, - deydi. “Ushbu maqsad yo‘lida yoshlarimiz o‘z oldiga katta
marralarni qo‘yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko‘mak
berish – barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo‘lishi zarur.
30-AVGUST, 2024-YIL
110
Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro‘yobga chiqaradigan
buyuk va qudratli kuchga aylanadi. Shu bois ham kelgusi yillarda boshlang‘ich ta’lim sohasini
rivojlantirish borasidagi strategik maqsadimiz – boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ushbu ta’lim
yo‘nalishi bilan to‘liq qamrab olish uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat”.[35]
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ham barkamol avlod tarbiyasi haqida gapirar ekanlar
“Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi
obro‘-e’tibori avvalambor farzandlarimizning unib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga
kirib borishiga bog‘liqdir” - deb alohida ta’kidlagan. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
o‘quvchilarining yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ularda umuminsoniy qadriyatlar va
yuksak ma’naviyatni yanada chuqur singdirish, ularni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida
tarbiyalash, umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda
tashkil etish maqsadida 2020 yil 6 iyulda Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 422-sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror asosida maktablarda o‘qitilayotgan “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy
istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirgan holda
yagona “Tarbiya” fani amaliyotga joriy qilindi. “Tarbiya” fanini amaliyotga joriy etish bugungi
kunning ijtimoiy zaruratiga aylanib ulgurgan edi. Zero, bugungi globallashgan axborot asrida
farzandlarimizning ta’limi bilan birgalikda tarbiyasi ham g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. 2020
yil Vazirlar Mahkamasinng qarori asosida Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun
“Tarbiya” fani konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga qaratilgan bo‘lib, shaxs va jamiyatning mavjudligini
ta’minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi.
Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanining asosiy maqsadi, bugungi kun talabiga javob
beradigan barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ekan, ayni paytda bu o‘qituvchilarga katta
mas’uliyatni yuklaydi. Shu jihatdan ham o‘qituvchining pedagogik faoliyat yuritishi davr talabiga
javob bermog‘i lozim. Shu jihatdan ham yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazish uchun
Respublikamizda ijtimoiy – tashkiliy, tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmoqda. Barkamol avlodni
tarbiyalash, ma’naviy, ma’rifiy, tashkiliy uslubiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan murakkab
tarbiyaviy ishlar tizimi kundan-kunga takomillashib bormoqda.
Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanining asosiy vazifasi yosh avlodni ma’naviy-axloqiy
jihatdan tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy merosimizga, umumbashariy
30-AVGUST, 2024-YIL
111
qadriyatlarga, urf-odatlar va an’analarga tayanib,ongli shaxslarni intelektual salohiyatli qilib
tarbiyalashdir.
Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
✓
o‘quvchilar jamoasining tarbiyalanganlik darajasini o‘rganib, unga tarbiyaviy ta’sir
ko‘rsatish mahoratiga ega bo‘lish ;
✓
tarbiyaviy ish va tadbirlar uchun zarur bo‘lgan metodlarni tanlab, ko‘zlangan maqsadga
erishish chora-tadbirlarini ko‘ra bilish ;
✓
ilg‘or tajribalarni tahlil qilish va uni o‘z faoliyatida ijodiy foydalanish;
✓
tarbiyaviy ishlarning o‘quvchilar ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta’sir etganini kuzatib, uni
yanada rivojlantirish va takomillashtirish ;
✓
tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‘z bilimini doimiy rivojlantirib borishi
lozim.
Umuman, har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini ta’minlaydigan yosh
avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishi hal qiluvchi o‘rin tutadi. Shu sababli biz
islohotlarimiz ko‘lami va samarasini yanada oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va
hunarlarni puxta egallagan, azm-u shijoatli, tashabbuskor yoshlarimizga tayanamiz.
Hadislarda tarbiya masalalarini yoritib berilishi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun juda
muhimdir. Kichik maktab yoshidagi bolalarni hadislar orqali axloqiy tarbiyalashda “Tarbiya”
darslaridan foydalanish maqsadga mufoviq bo‘ladi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarni hadislar orqali axloqiy tarbiyalashda, ularning
natijliligini oshirishda, innovatsiyon texnologiyalardan foydalanib, natijalilik oshirildi. Va bu
jarayon bir nechta bosqichlarda amalga oshirildi.
Eng dastlab o‘quvchilarga an’anaviy darslar orqali bilim berish natijaliligi ko‘rib chiqildi
va bunda samaradorlikni oshirishni solishtirish uchun, qo‘shimcha metodlardan foydalanildi.
Natijada an’anaviy darslar orqali bilim berish samaradorlikni oshirishda yetarli emas
ekanligi ko‘rindi.
Shuning uchun ham o‘quvchilarning mavjud darslarida ya’ni qayerdadir hadislardan
foydalanilgani, qayerdadir kamroq foydalanilgani, dars rejasi bo‘yicha o‘tkazilishi lozim bo‘lgan
tadbirlar hamda ularni tashkillashtirish uchun qaratilgan munosabat o‘rganib chiqildi.
Hadislar orqali dars o‘tish jarayonini samaradorligini oshirish maqsadida metod va
jarayonlar o‘rganib chiqildi. So‘ng kichik yoshdagi o‘quvchilar qiziqishini oshirish uchun didaktik
30-AVGUST, 2024-YIL
112
materiallar, tarqatma matnlar, innovatsion texnologiyalar, interaktiv o‘yinlar tajriba sinovidan
o‘tkazildi.
Shuning uchun ham dissertatsiyada keltirilgan materiallarni tajribada sinab ko‘rish tadqiqot
ishimizning asosiy maqsadi hisoblanadi. Tanlab olingan maktabda pedagogik tajriba-sinov
o‘tkazish asosan quyidagilarni sinab ko‘rish nazarda tutildi:
❖
Hadislardan foydalanishda axloqiy tarbiyaning samaradorligini oshirishda innovatsiyon
texnologiyalarning ahamiyati va tutgan o‘rni.
❖
Hadislardan foydalanishda axloqiy tarbiyaning samaradorligini oshirishda ilmiy-uslubiy
jihatlar.
❖
Hadislardan foydalanishda o‘quvchilar qiziqishini oshirish va didaktik materiyallarning
o‘zlashtirish darajasi,
❖
Tarbiya darslari samaradorligini oshirishda innovatsiyon texnologiyalarni ta’lim-tarbiya
jarayoniga kiritilishi bilan fanlarni o‘rganishlariga o‘quvchilarning qiziqishlarini ortib borishi,
❖
Tarbiya darslari samaradorligini oshirishda hadislarning ahamiyatini ko‘rsatish va bu
orqali axloqiy tarbiya darajasini oshirish,
❖
Tarbiya darslari samaradorligini oshirishda hadislardan mantiqiy tafakkur va fikrlashni
oshirishdagi ahamiyatini ko‘rsatish,
❖
Tarbiya darslari samaradorligini oshirishda hadislarning o‘rni va darsdan tashqari
mashg‘ulotlarda tashkil etiladigan ishlarning samaradorligi.
❖
Tarbiya darslarini tashkillashtirish va o‘tkazish metodikasi fanini o‘rganib
chiqayotganimizda eng avval, tarbiya so‘zini tushunishimiz kerak bo‘ladi. Tarbiya jarayonlarida
tarbiyaviy, axloqiy sifatlarni shakllantirishimizni tushunamiz. Ta’lim va tarbiya bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq va ular doimo birga yuradilar. Lekin, ikkalasi ikki xil tushuncha. Ularni bir-
biri bilan bog‘laydigan narsa bu yaxlit maqsadga ega ekanligidir. Shuning uchun ham Abdullo
Avloniy “Dаrs ilа tаrbiya оrаsidа bir оz fаrq bo‘lsа hаm bir biridаn аyrilmаydigаn, birining birigа
bоg‘lаngаn kаbidur” deganlar. Demak bundan ko‘rinib turibdiki, hozirgi kunda pedagogikada ham
bilim berib, ham tarbiya berib, kelajakning ma’naviy barkamol shaxslarini kamolga keltirishga
sababchi bolamiz.
❖
Tarbiya fanining maqsadi va vazifasi, salbiy oqibatlarga olib keluvchi jarayonlarning oldini
olish va ishlab chiqishdan iborat. Bu fan sifatida alohida o‘z o‘rniga ega va shu qatorda boshqa
fanlar bilan ham chambarchas bog‘liq. Hayot davomida tarbiya jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan
30-AVGUST, 2024-YIL
113
Abdulla Avloniyning iborasining naqadar haq ekanligini ko‘ryapmiz: “Tаrbiya biz uchun yo
hаyot, yo mаmоt, yo hаlоkаt, yo sаоdаt mаsаlаsidir”
1
.
❖
Ta’lim va tarbiya bo‘yicha qonun va qarorlarning qabul qilinishi ham bizga ta’lim-
tarbiyaning naqadar ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi. Tarbiya biz uchun muhim va ahamiyatli
mavzu bo‘lib qolaveradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, jamiyatning rivojlanganlik darajasini
insonlarning ma’naviy saviyasiga qarab o‘lchanadi. Tarbiya jarayonlarida insonlarning fikrlash
doirasi kengayadi, rivojlanadi, dunyo qarashi o‘zgaradi.
❖
Hadislardan foydalanishda tarbiya darsi orqali ham natijalilik va samaradorlik solishtirilib
qaralishi mumkin. Natijada Hadislar orqali tarbiya darslarini o‘tish va hadislarsiz tarbiya darslarini
o‘tish g‘oyasi paydo bo‘ladi.
❖
Hadislar bolalarni, ayniqsa kichik yoshdagi maktab bolalarini tarbiyalashda katta ahamiyat
kasb etadi, chunki hadislar Qur’ondan keyin turadigan ikkinchi manbaa hisoblanadi.
Ilmiy ish jarayonlarida kuzatilgan ma’lumotlarga qaraganda kichik yoshdagi bolalarni
axloqiy tarbiyalashda hadislardan foydalanish ham samarali, ham bola ko‘plab nega degan
savollarida nasixat shaklida javoblar olgan bo‘ladi. Ta’lim va tarbiya jarayonlarida Imom Ismoil
al-Buxoriyning hadislarida ma’naviy-axloqiy tarbiya mazmunini ko‘rishimiz mumkin. Bu
hadislarda odob-axloq, tarbiya, do‘stlik, qarindoshlik munosabatlari, ota-onani hurmat qilish
singari ijobiy va hasad, xiyonat, yolg‘onchilik, zulm, kibr kabi salbiy fazilatlar ham aks etgan.
❖
Tarbiya darslarini tashkillashtirish va o‘tkazishda hozirgi rivojlanayotgan sohalarni, barcha
jabhalarni hisobga olish kerak. Bu tashkillashtirish ishlarning hammasi shaxsning kamoloti va
rivojlanishi uchun muhim bir bosqich sanaladi.
❖
Tashkillashtirish jarayonlarida quyidagilarni hisobga olish kerak;
❖
o‘qituvchi va maktab yoshdagi bolalar orasida bir-biriga hurmatni hadislar orqali
tashkillashtirish,
❖
har bir bolaning o‘ziga xosligini hurmatlash, ularning shaxsligini qadriyatlarga asoslanib
rivojlantirish.
❖
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini axloqiy tarbiyalishda hadislardan foydalanishda ta’lim
tamoyillarini ham hisobga olish lozim. Hadislarni o‘rgatishda oddiydan murakkabga tomon,
izchillikda, ketma-ketlikda, nazariya va amaliyotning birligi tamoyillariga roiya qilgan holda
1
Djurayeva S.N. Turdiyeva N.S. Baxronova A.I. TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI Buxoro –
2021
30-AVGUST, 2024-YIL
114
tarbiya darslari tashkil etilishi lozim. O‘rgangan bilimlarni amaliyotda ya’ni qo‘llay olishi
ahamiyatlidir.
❖
Demak, bolaga kichkina maktab yoshidan boshlab ilm fanning, bilim olishning ahamiyati
haqida aytib tushuncha berish va o‘z misollaridan ota-ona bolaga namuna bo‘lishi kerak. Chunki
bola aytilgan narsani emas balki ko‘rgan narsasini qiladi.
❖
Bola aziz odobi undan aziz deganlaridek, bolaga bolalikdan to‘g‘ri tarbiya berish kerak.
Bolalar fikricha bilim ilm olishdan ko‘ra ko‘proq pul topishni hayol qilishi, orzu qilishi
mumkin. Bu borada ota-ona to‘g‘ri tushuncha bera bilishi kerak. Agar inson o‘z sohasida yetuk
bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lsa unga pul o‘zi qidirib kelishni boshlaydi. Shular bo‘yicha ham
birinchi o‘rinda ota-ona o‘z tarbiyalarida ko‘rsatib berishlari kerak. Bunda esa hadislar juda as
qotadi. Haqiqatda baxtli bo‘lish uchun dastlab iymon, ilm, yaxshi amal va odob suv va havodek
zarur. Buni ko‘pchilik bolalar yaxshi bilmaydi, bilsa ham bu to‘g‘rida chuqur o‘ylab ko‘rmaydi.
Qanday bo‘lmasin, boy bo‘lish kerak, deb katta xatoga yo‘l qo‘yadi.
❖
Baxtli bo‘lish uchun odob bo‘lishi kerak, deb aytdik. Bu bizning gapimiz emas, balki asrlar
davomida tajribada sinalib, donishmand bobolarimiz tomonidan aytilgan. Odobning katta foydasi
shuki, qayerda odob bo‘lsa, o‘sha joyda tartib va intizom bo‘lishi aniq. Tartib va intizom har bir
ishni o‘z vaqtida va puxta bajarishni talab etadi. Bunga amal qilgan bola doimo maqtovga loyiq.
Nega biz boshqa yurt odamlaridan orqada qolganmiz, nega turli kompyuter va boshqa
asbob-uskunalar hamda o‘yinchoq turlarini ulardan sotib olamiz, deb o‘ylasak, bunga ular
yoshligidan ilm va odobni yuksak darajada egallagani sababdir. Ilmli va odobli bo‘lishning foydasi
juda katta.
Insonlar ham odobli bolani yoqtirib, uning ota-onasiga rahmat aytishadi va iloyo, baxtli
bo‘lgin, aslo kam bo‘lmagin, deya haqiga xayrli duolar qilishadi. Alloh intizomli bola uchun nomai
a’moliga alohida savoblar yozdiradi, rizqini ko‘paytirib, umriga umr qo‘shadi.
Odob ana shunday ajoyib fazilatdir.
❖
Shuning uchun dono xalqimiz “odob oltindan qimmat”, deb bejiz aytmagan. Buni to‘g‘ri
tushunib olgan bola aslo adashmaydi, hayotda qoqilmaydi va ota-onasiga ko‘pdan ko‘p rahmat
keltiradi.
❖
Hadislarda boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalashda ko‘p narsalarga
ahamiyat berish kerak ekanligi aytib o‘tilgan. Hadislarda bolalarga o‘z yumushlarini bajarishda
odamlar bilan muomala qilishni, to‘g‘ri gapira bilishni aytadi. Buning uchun esa insonga til
berilgan. Inson tili bilan boshqa jonzotlardan afzal ekanligi shunda ko‘rinadi. Shuning uchun
chiroyli did-farosatga rioya qilgan holda va to‘la odob bilan tilni, so‘z va gaplarni faqatgina
30-AVGUST, 2024-YIL
115
chiroyli va foydali narsalarga ishlatish kerakligi aytib o‘tiladi. Buning uchun quyidagilarga rioya
qilish lozim: Agar bir odamga gapirsang, o‘rtacha ovoz bilan gapir, ya’ni sen bilan gaplashayotgan
odam ranjib qolmasligi uchun ovozingni juda baland ham, past ham qilmaslik kerakligi qanchallik
katta ahamiyatga ega ekanligi ko‘rinadi.
❖
Hadislar o‘quvchiga, bolaga tushunarli tilda oddiy qilib tushuntirilgan va hech qanday
qo‘shimcha ta’rif shart emas. Tarbiyaviy ishlarni tashkillashtirish jarayonlarida metodika oddiy va
sodda, bolaga tushunarli tilda va muhimi bolaning medasiga tegmaydigan chiroyli gaplardan
foydalanish kerak bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida pedagog va ustozlardan katta bilim va tajribani
talab etadi. Shuning uchun ham, dastavval, pedgog o‘z ustida ishlashi va bu ko‘nikmalar
shakllangan bo‘lishi kerak.
Chunki, ota-ona maktabga, ustozga bolasini ishonib tashlab ketayotganligi va bolaning
yarim vaqti maktabda ustozi bilan o‘tishini ham hisobga olishimiz kerak bo‘ladi.
REFERENCES
1.
Musurmonova O. Yuqori sinf o‘quvchilari ma’naviy madaniyatini shakllantirishning
pedagogik asoslari: Ped.fan.dokt. dis. – T., 1993. - 36 b. Yana: O‘quvchilarning ma’naviy
madaniyatini shakllantirish. –T.: Fan, 1993. –112 b.
2.
Norboeva Sarvinoz Mengalievna. “Talabalarda ma’naviy kompetentlikni rivojlantirishning
nazariy-pedagogik asoslarini takomillashtirish” (PhD) diss. Aftoref:. T. 2021. 15-bet.
3.
Olimov Sh.Sh. Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalash nazariyasi
va amaliyoti. Ped. fan. dokt. …dis. – Buxoro, 2012. – 286 b.
4.
Otamurodov S, S.Husanov, J.Ramatov. “Ma’naviyat asoslari”. T.: Abdulla Qodiriy
nomidagi nashriyot. 2002 y. 87 b.
5.
Omonova M. “Oila ma’naviy –axloqiy tarbiya o‘chog‘i’’ Toshkent. 2010. “Nashr –XA”
nashriyoti. –75 b.
