30-AVGUST, 2024-YIL
93
DIALEKTLARDA ERKAK VA AYOL NOMLARINING BERILISHI
Yulduz Nazarova
Guliston davlat universiteti
“O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi
mustaqil tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13496397
Annotatsiya.
Mazkur maqolada erkak va ayol nomlari leksemalarining genderologik
tahlili masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqotning maqsadi dialektlarda erkak va ayol
nomlarining berilishini tadqiq etishdan iborat.
Kalit so‘zlar:
jins, erkak, er, ayol, ona, aya, buvi, aba.
GRANTING OF MASCULINE AND FEMALE NAMES IN DIALECTS
Abstract.
This article pays special attention to issues of gender analysis of lexemes of male
and female names. The purpose of the study is to study the giving of male and female names in
dialects.
Key words:
gender, man, husband, woman, mother, aya, grandmother, aba.
ПРИДАЧА МУЖСКИХ И ЖЕНСКИХ ИМЕН В ДИАЛЕКТАХ
Аннотация.
В данной статье особое внимание уделяется вопросам гендерного
анализа лексем мужских и женских имен. Цель исследования - изучить наделение мужских
и женских имен в диалектах.
Ключевые слова:
пол, мужчина, муж, женщина, мать, ая, бабушка, аба.
Oʻgʻil va qiz farzandlar oʻzlarini tugʻib oʻstirgan ayol shaxsga nisbatan
ona
leksemasidan
tashqari dialektlarda –
oyi, aya, acha, buvi, aba
atamalarni ham ishlatadilar. Bu atamalarning
maʼno doiralari ona atamasining maʼno doirasiga nisbatan ancha chegaralangandir. Ularning
genezisi toʻgʻrisida quyidagi fikrni aytish mumkin:
Apa, aba
variantlarining genezisi esa bir-biri bilan bogʻliqdir. Chunki turkiy tillarning
koʻpchiligida, shu jumladan, oʻzbek tilida
p
tovushining
b
ga va
p
ning
b
tovushiga almashinish
hodisasi mavjuddir. Shuning uchun ham, shevalarda
aba (ona)
so‘zi bilan birga uning fonetik
variantlari u yoki bu shevada tor maʼnoda mustahkamlanib qolgan.
Shunday qilib, bu yuqoridagi fonetik variantlar, ayniqsa, oʻzbek tilida ona leksemasini
aya,
oyi
atamalari bilan baravar teng maʼnoda ishlatila beradi. Masalan, oʻzbek tilida:
Uyga kelsam
ayam kutib oʻltirgan ekanlar.
30-AVGUST, 2024-YIL
94
Ona
qon-qarindoshlik termini sifatida turkiy tillarda umum maʼnoga ega boʻlib, oʻzbek
tilida umum dialektal termin hamdir. Uning maʼnosi, fonetik variantlaridan qatʼiy nazar, adabiy
tildagi
ona
maʼnosini ifodalaydi.
Ona
termini biror begona oʻrta yoshlardagi ayol kishiga (shaxsga) nisbatan murojaat qilish
uchun qoʻllaniladi. Masalan,
– Qayerdan keldingiz,
ona
? – dedi Yoʻlchi.
Elmurod kampirning samimiy muomalasini koʻrib:
– Salomat boʻling, onajon! – dedi.
Bizning onamiz boʻladilar, – dedi Abdurasul (P.Tursun, Oʻqituvchi).
Oʻzbek tilidagi bu
aya
termini ona maʼnosidan tashqari (aya terminini ishlatuvchi
shevalarda) tarbiya muassasalarida – maktablarda, bogʻcha va yaslilarda, bolalarning oʻz
tarbiyachisiga, oʻqituvchisiga nisbatan murojaat qilishi uchun ham qoʻllaniladi. Bulardan tashqari,
oʻz qarindoshlariga nisbatan oʻzidan kichik shaxslarning murojaatida ishlatiladi.
Ona, aya
terminlari ayol shaxs otlaridan keyin kelib, murojaat va u shaxsni hurmatlash
ottenkasini kuchaytirib keladi.
Jamila Hoji onaga: Onajon! Boy ota bir oydan beri, seni olaman,
deb hol-jonimga qoʻymaydi.
Hozirgi zamon oʻzbek adabiy tilida ham yuqorida aytganimizdek,
ona
terminining
sinonimi sifatida ishlatilib, onani ulugʻlash, uni yuqori darajaga koʻtarish, ulugʻ inson, siymo
sifatida tasvirlash jarayonida
volida
atamasi
ona
atamasi termini bilan barobar ishlatiladi:
Mehrigiyo volidam meni ardoqlab oʻstirdi.
Shunday qilib, ona termini umum turkiy va umum dialektal soʻz boʻlib, uning maʼno
doirasi sinonimlariga, dialektlardagi yoki adabiy tilidagi “ona” maʼnosini ifodalovchi variantlariga
nisbatan juda ham kengdir. Bu ona termini yordamida turkiy tillarda toʻgʻridan-toʻgʻri qoni
qoʻshilmagan baʼzi qarindoshlik va yaqinlik nomlarini, yangi maʼnodagi boshqa soʻz turkumlarini
yasash mumkin:
qayin ona, oʻgay ona, ona-bola
kabi. Yoki:
ona tili, Ona-Vatan, ona qalbi
boshqalar. Bu kabi xususiyatlar
oyi, apa, acha, buvi, aya
atamalarida koʻrinmaydi.
Turkiy tillarda
katta, kichik
sifatlari bilan kelgan
oyi, aya, buvi
terminlari turkiy tillarning
baʼzilarida
ona
maʼnosida boʻlsa, baʼzilarida oʻzbek adabiy tilidagi
buvi
yangi qarindoshlik
terminini ifodalaydi.
Oʻzbek tilida
katta oyi, kichik oyi
yoki shevalardagi
katta ena, katta buvi, kichik buvi
anaformalari asosan
ona
maʼnosida ishlatilish xususiyatiga ham egadir. Boshqa turkiy tillarda esa
oʻzbek tilidan butunlay farq qilgan holda. oʻzbek tilidagi buvi (otasining, onasining onasi)
maʼnosida ishlatiladi.
30-AVGUST, 2024-YIL
95
Oʻzbek tilidagi ota soʻzi va shu maʼnodagi terminni ifodalovchi soʻzlar boshqa turkiy
tillarda ham mavjud boʻlib, ular deyarli bir-birlaridan unchalik katta farq qilmaydilar. Oʻzbek
tilidagi
ota
formasi uygʻur, turkman, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq adabiy tillarida
ata
formasida
shakllangan. Oʻzbek klassik adabiyotida hamda “Boburnomada”da
ata
“Shayboniynoma”da
ato
formalari mavjud.
Ota, ata, dada, ake, kaka
soʻzlari qon-qarindoshlik termini sifatida turkiy tillarda asosan
bolasi bor yoki biror shaxsning bolasini asrab olgan shaxs (erkak)ga nisbatan aytiladigan
termindir.
Jins maʼnosini ifodalovchi soʻzlarda quyidagi maʼno taraqqiyoti kuzatiladi: Maʼno
kengayishi.
Qalliq
soʻzi maʼno kengayishi hodisasiga uchragan. “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da
qayd etilishicha, mazkur soʻz hozirda “biror yigitga unashtirilgan qiz (shu yigitga nisbatan)” va
“kuyov boʻlmish yigit (unashtirilgan qiz yoki xotiniga nisbatan)”
[7, 228] maʼnolarini bildiradi.
Ammo qadimda u faqat “unashtirilgan qiz” maʼnosini bildirgan. Buni soʻzning etimologik
maʼnosi ham tasdiqlaydi.
“Bu soʻz aslida
qalinliq
tarzida talaffuz qilingan boʻlib, “qalin berib unashtirib qoʻyilgan
qiz” maʼnosini anglatgan”
[1, 517]. Keyinchalik soʻzning etimologik maʼnosi unutilib, u har ikkala
jins vakilini ham ifodalaydigan boʻldi. Maʼno torayishida avval umumiy jins, yaʼni ham erkak,
ham ayol maʼnosini ifodalagan soʻz semantik taraqqiyot natijasida aniq bir jins tushunchasini –
“ayol” yoki “erkak” maʼnosini ifodalashga xoslanadi. Masalan, “Devonu lugʻotit turk”da
er
soʻzi
ishtirokidagi koʻplab soʻz birikmalari va gaplar keltirilgan boʻlib, ularda shu soʻz umuman “odam”
maʼnosini ifodalaydi. Masalan:
er tavarin qisgʻandi
gapi “odam molini xarj qilishdan qizgʻandi”
deb sharhlangan [4, 165]. Shuningdek,
erinan
soʻzi boʻydoq odam deb izohlangan [3, 96].
Erinan
– odami yoʻq, kishisi yoʻq demakdir. Hozirda bu soʻzning faqat erkak kishiga nisbatan ishlatilishi
uning maʼno torayishi hodisasiga uchraganligini koʻrsatadi.
Qutbiy maʼno oʻzgarishi ham kuzatladi. Jinsni ifodalovchi soʻzlarda ham shunday maʼno
taraqqiyotiga duch kelishimiz
mumkin. Jins maʼnosi qarama-qarshi tomonga oʻzgargan soʻzlarga
misol qilib hozirda “urgʻochi qoʻy” maʼnosini ifodalaydigan
toʻqli
soʻzini keltirish mumkin.
“Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da bu soʻz “bir yarim yoshga yetmagan, qochirilmagan urgʻochi
qoʻzi” deb izohlangan [6, 253]. “Devonu lugʻotit turk”da
toʻqli
soʻzi “olti oyli qoʻchqor” deb
sharhlangan [3, 405]. Shunga koʻra xulosa qilish mumkinki,
toʻqli
qadimda “qoʻchqor” maʼnosida
qoʻllangan, hozirda bu soʻzning maʼnosi qarama-qarshi tomonga oʻzgarib, endilikda
toʻqli
“urgʻochi qoʻy” maʼnosini ifodalaydigan boʻlgan.
Shuningdek, “chiqan” soʻzining maʼno taraqqiyoti diqqatga sazovor. “Devonu lugʻotit
30-AVGUST, 2024-YIL
96
turk”da mazkur soʻz “xolaning oʻgʻli, jiyan” deb izohlangan [3, 382]. Hozirda faqat Xorazm
shevasida saqlanib qolgan ushbu soʻzning maʼnosi teskari - ayol jinsi tomon oʻzgargan.
Tilshunoslikda mazkur hodisa, yaʼni muayyan bir soʻzning qarama-qarshi maʼnolarni
ifodalashi
enantiosemiya
deb yuritiladi [2, 205].
Xulosa qilib aytganda, dialektlarda erkak va ayol nomlari leksemalarining genderologik
berilishi har xil ekanligini kuzatishimiz mumkin. Hatto adabiy tilda ham bir atamaning (biz buni
ona
leksemasida kuzatdik) turli vazifalarda qo‘llanishini kuzatdik. Davrlar o‘tishi bilan erkak va
ayol nomlari leksemalarda ma’no torayishi va kengayishi hatto teskari ma’no kasb etishi
kuzatiladi.
REFERENCES
1.
Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. – Тошкент: Университет, 2000.
– Б. 517.
2.
Одилов Ё. Ўзбек тилида лексик ва фразеологик энантиосемия. – Тошкент: Тафаккур,
2015;
3.
Кошғарий М. Девону луғотит турк. I том. – Тошкент, 1960. – Б. 405.
4.
Кошғарий М. Девону луғоти-т-турк. 3 жилдли.II жилд. – Тошкент, 2016. – Б. 165.
5.
Кошғарий М. Девону луғоти-т-турк. 3 жилдли. I жилд. – Тошкент, 2016. – Б. 96.
6.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. 4-жилд. – Тошкент: Ўзбекистон миллий
энциклопедияси, 2008. – Б. 253.
7.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. 5-жилд. – Тошкент: Ўзбекистон миллий
энциклопедияси, 2008. – Б. 228–229.
