ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
891
NEVROLOGIK SOHASIDAGI KASALLIKLAR. MIGEN BELGILARI, ULARNI
OLDINI OLISH VA UNI DAVOLASH USULLARI.
Ibragimova Ziyodaxon Jalolidinovna
FJSTI, Gistologiya va biologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi.
To’xtamurodova Ma’sumaxon Nurmurodjon qizi
FJSTI, Pediatriya yo’nalishi 5324-guruh talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14914489
Annotatsiya.
Ushbu maqolada nevrologik kasalliklarning turlari, sabablari va ularning
inson salomatligiga ta’siri yoritilgan. Xususan, migren kasalligi, uning asosiy belgilari, kelib
chiqish omillari va xavf guruhlari haqida ma’lumot beriladi. Migrenning oldini olish choralari
sifatida sog‘lom turmush tarzi, stressdan qochish va to‘g‘ri ovqatlanish tavsiya etiladi.
Shuningdek, kasallikni davolash usullari – dorivor terapiya, fizioterapiya va muqobil
tibbiyot yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi. Ushbu maqola migren bilan bog‘liq muammolarni
tushunish va ularni samarali boshqarishga yordam beradi.
Kalit so’zlar:
Migren, Gemikraniya, Asinergiya, Diplotiya, Ptoz, Epizodik,
Metoklopramid, Magnit-rezonans tekshiruv (MRT), Kompyuter tomografiya (KT), papaverin,
baralgin, sitromon, torekan, assotsiyalashgan, triptan, beta-blokerlar, anticonvulsant.
NEUROLOGICAL DISEASES. MIGRAINE SYMPTOMS, METHODS OF
PREVENTION AND TREATMENT.
Abstract.
This article discusses the types, causes and effects of neurological diseases on
human health. In particular, information is provided about migraine, its main symptoms,
etiological factors and risk groups. A healthy lifestyle, stress avoidance and proper nutrition are
recommended as preventive measures for migraine. Treatment methods for the disease - drug
therapy, physiotherapy and alternative medicine - are also considered. This article will help to
understand the problems associated with migraine and effectively manage them.
Keywords:
Migraine, Hemicrania, Asynergia, Diplotia, Ptosis, Episodic, Metoclopramide,
Magnetic resonance imaging (MRI), Computed tomography (CT), papaverine, baralgin,
citromone, torecan, associated, triptan, beta-blockers, anticonvulsant.
НЕВРОЛОГИЧЕСКИЕ ЗАБОЛЕВАНИЯ. СИМПТОМЫ МИГРЕНИ, СПОСОБЫ ИХ
ПРОФИЛАКТИКИ И ЛЕЧЕНИЯ.
Аннотация.
В данной статье описаны виды и причины неврологических
заболеваний и их влияние на здоровье человека. В частности, представлена информация о
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
892
мигрени, ее основных симптомах, факторах возникновения и группах риска. В качестве мер
профилактики мигрени рекомендуется вести здоровый образ жизни, избегать стрессов и
правильное питание. Также рассмотрены методы лечения заболевания –
медикаментозная терапия, физиотерапия и направления нетрадиционной медицины. Эта
статья поможет вам понять и эффективно лечить мигрень.
Ключевые слова:
мигрень, гемикрания, асинергия, диплотия, птоз, эпизодическая,
метоклопрамид, магнитно-резонансная томография (МРТ), компьютерная томография
(КТ), папаверин, баралгин, цитромон, торекан, ассоциированный, триптан, бета-
адреноблокаторы, противосудорожные средства.
Kirish:
Migren - (fransuzcha: migraine) bu surunkali nevrologik kasallik bo‘lib, asosan
boshning bir tomonida pulsatsiyalovchi og‘riq, miya og’rig’i yoki gemikraniya - ya’ni oʻqtin-
oʻqtin tutadigan bosh ogʻrigʻi bilan tavsiflanadi. Boshdagi o’qtin- o’qtin og’riq pulsni yodga
soladi. Migren autosoma-dominant holda naslga o’tadigan irsiy kasallik hisoblanadi. Ko’p
xollarda 30-50 yoshli ayollarda va 5 yoshdan oshgan bolalarda uchraydi. Migren 6% aholida
uchraydi Kasallikka, ko’pincha, qon tomir tonusini boshqarib turadigan nerv ishining buzilishi,
asosan, oilada va naslda qon tomir kasalligiga beriluvchanlik sabab boʻladi. Migren balogʻatga
yetish davrida kuzatiladi.
Kasallik belgilari:
Ko’ngil aynishi, boshning ko’proq chakka qismida hamda peshona
ensa qismida kuchli og’riq, yuz ko’zlarning qizarishi, kayfiyatning yomon bo’lishi, sekin nutq,
shovqinga ta’sirchanlik, yorqin yorug’likka sezgirlik, umumiy zaiflik va qo’l-oyoqlar uvushishi.
Kasallk xuruji esa, asosan, asabiylashish natijasida yoki oʻta charchash oqibatida roʻy
beradi. Xurujning tutish muddati va uning ogʻir yengilligi yosh ulgʻayishi bilan ham o’zgarib
boradi. Shu bilan birga turmush tarziga, mehnat va dam olish rejimiga rioya etmaslik, muntazam
ovqatlanmaslik, chekish, shovqin, ravshan yorugʻlikka, xotin-qizlarda esa hayz sikliga ham
bogʻliq bo’ladi. Xuruj oldidan bemorda tashnalik, ochiqish sezadi, kayfiyati oʻzgaradi, mudroq
bosadi va hokazo kabi holatlarni kuzatishimiz mumkin. Xuruj tutganda koʻz oldi jivirlab, har xil
narsalar koʻrinadi. Asosan, boshning oʻng yoki chap yarmi (koʻpincha, chakka qismi) ogʻriydi,
bosh aylanadi, yoruqqa qaray olmaydi, bemorning koʻngli aynib, qayt qiladi, shundan keyin ogʻriq
bir oz bosiladi. Migren xuruji eng kami 2–3 soatdan eng ko’pi bilan bir necha sutkagacha
choʻzilishi mumkin.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
893
Xurujlar oʻrtasidagi davrda bemor butunlay sogʻlom boʻladi. Migrenni oldini olish uchun
tartibli ovqatlanish(shirinliklar, achchiqlar yoki yog’li taomlar mumkin emas), stressni
kamaytirish(ruhiy zo’riqish, tashvish va dipressiya migrenni kuchaytirishi aniqlangan), jismoniy
faollik, ko’p suyuqlik ichish, atmosfera bosimining pasayishiga e’tibor qaratish, alkogol
maxsulotlarini istemol qilmaslik va har kungi normadagi uyquga (7-8 soat) e’tibor qaratish lozim
agarda meyoridan ko’p yoki kam uyqu ham migrenga sabab bo’ladi. Agar migren oyiga 4
martadan ko’p uchrasa, dori ichganda ham yaxshilanmasa, to’satdan o’ta kuchli og’riq paydo
bo’lsa va xurujlar 48 soatdan ko’p davom etsa albatta nevrologga murojat etish lozim. Migrenni
tashxislash uchun esa nevrologik tekshiruvlar, anamnez yeg’ish, MRT hamda KT tekshiruvlaridan
o’tkaziladi.
Davolash
: Nerv sistemasi faoliyatini normallashtirish, buyrak usti bezi, qalqonsimon bez
ishini barqarorlashtirish vayerak-tomir tizimini mustahkamlash, qon tomirini kengaytiruvchi,
og’riq qoldiruvchi preparatlar, fizioterapiya hamda sanchib davolash buyuriladi. Migren xuruji
tutganda bemorni qorong’i xonaga tinch yotqizib qo’yish, oyoqlariga issiq isitgichlar, ensa
sohasiga hantal qo’yish hamda issiq shirinchoy ichkizish lozim. Qon tomirlarni kengaytiruvchi
dorilar: papaverin, noshpa, tinchlantiruvchi dorilar: aspirin, baralgin, sitramon tavsiya etiladi.
Xuruj holati kuzatilaytgan vaqtda 40%li 20ml glukoza komir ichiga yuboriladi, qusishga
qarshi torekan 1,0 ml teriga yuboriladi. Bundan tashqari, nikotin kislotasi, kavinton, sermion 1 ta
tabletkadan 3 maxal buyuriladi. Dam olish, tog’ri ovqatlanishni yo’lga qo’yish, toza havoda sayr
qilish hamda ertalabki badantarbiyaga e’tibor qaratish lozim. Kechasi yotishdan oldin oyoqlarni
iliq suvga vanna qilish ham kerak. Ichish va chekishni tashlash ham migrenni davolashda yordam
beradi.
Migrenni turlari quyidagilar:
Ko’z xilida bo’lib, ko’zning oldida har xil narsalar paydo bo’ladi. Bunda ko’z oldi tuman
kabi qoplanadi, bosh og’rig’I xuruji bilan o’tadi. Bu xuruj 6 soat davom etishi mumkin.
Bu tur oddiy hisoblanadi. Asosan 85% gacha uchraydi. Xuruj 1 soatdan 1-2 kungacha
davom etadi. Bunda bemorning kayfiyati yomonlashadi, o’zida bezovtalik his qiladi, ish
qobilyatining pasayishi hamda uyqusizlik bilan birga ertalablari ko’proq bosh og’rig’i kuzatiladi
Assotsiyalashgan migren bosh og’rig’I hamda ko’proq miyadagi og’riq belglari bilan
kuzatiladi. Bunda gemiplegiya, ataksiya hamda nutqning buzilishi kuzatiladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
894
Qorin shakli aksaryat bolalarda uchraydi. Ularda kindik atrofidagi og’riq, qo’l-oyoq
sovqotishi, bezovtalik hissi va bosh og’rig’I bilan birga qorin og’rig’I birga kechadi. Bemorda ich
ketish xolatlarini ham kuzatishimiz mumkin.
Vestibular xilidagi bosh og’rig’i. Bunda vestibular ataksiya, bosh aylanishi hamda yurish
harakatlarining aniq bo’lmasligi kabi alomatlar kuzatiladi.
Epizodik migren
Bosh og’rig’i xurujlari bilan namoyon bo’ladigan migren shakli hisoblanadi. Epizodik
migrenda xurujlar soni oyiga 1-14 kun davomida kechadi. Xuruj tutish vaqti esa o’rtacha 4-72 soat
davomini tashkil etadi.
Belgilari:
Boshning bir tomonida pulsatsiyalanuvchi og’riq va qo’shimcha simtomlar
ko’ngil aynishi, qusish, yorug’lik va shovqinga sezgirlik holati kuchayadi. Epizodik migrenni
qo’zg’atuvchilari sifatida stress, ruhiy charchoq, ovqatlanish tartibining buzilishi, havo bosimining
o’zgarishi, gormonal o’zgarishlar, asosan, ayollarda hayz vaqtida va alkogolli maxsulotlar.
Davolash choralari:
Xuruj vaqtida simtomlarni yengillashtirish uchun analgetiklar,
triptanlar va ko’ngil aynishiga qarshi dorilar (Metoklopramid) tavsiya etiladi. Epizodik migren
profilaktikasi uchun esa, stressni kamaytirish, jismoniy faollikni oshirish, uyqu rejimini tartibga
solish va migrenga sabab bo’luvchi omillardan qochish, bo’yin hamda yelka massajidan
foydalanish tavsiya etiladi.
Surunkali migren
Surunkali migrenda asosan, bir tomonlama, pulsatsiyalanuvchi yoki bosuvchi turdagi bosh
og’rig’I kuzatiladi. Unda oyiga 15 kun va undan ortiq kun davom etadi. Kamida 8 kuni esa migren
simtomlari bilan kechadi.
Belgilari:
Bosh aylanishi, ko’ngil aynishi, qusish, yorug’lik va shovqinga sezgirlik,
nutqning buzilishi hamda muvozanatdagi muammolar kuzatiladi. Surunkali migrenni
rivojlanishiga neyrotransmitterlar (serotonin) disbalansi, gipotalamus va trigeminal tizimning
faoliyati buzilishi, miyada qon aylanish buzilishi, spirtli ichimliklar, kam harakatlilik, havo
bosimining o’zgarishi va epizodik migren shaklidan o’tish simtomlari kuzatiladi.
Davolash choralari:
Xuruj vaqtida triptanlar, yallig’lanishga qarshi dorilar, ko’ngil
aynishiga qarshi dorilar istemol qilinishi tavsiya etiladi. Agarda xuruj tez-tez takrorlanib tursa,
Beta-blokerlar, Antikonvulsantlar, Antidepressantlar hamda Botulinum toksini inyeksiyalarni
shifokor tavsiyasi bilan qabul qilish maslahat beriladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
895
Surunkali migren profilaktikasi uchun uyqu tartibini saqlash ya’ni har kuni bir vaqtda
uxlash va uyg’onish, o’rtacha 7-8 soat uxlash, uyqu oldidantelefon va yorug’liklarni kamaytirish
Xulosa
Nevrologik kasalliklar inson asab tizimiga ta’sir qiluvchi jiddiy muammolar bo‘lib,
ularning orasida migren ham keng tarqalgan. Migren bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, yorug‘lik va
shovqinga sezgirlik kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Uning oldini olish uchun sog‘lom
turmush tarziga rioya qilish, stressdan qochish, to‘g‘ri ovqatlanish va uyqu rejimini tartibga solish
muhimdir. Davolash esa dori vositalari, fizioterapiya hamda muqobil usullar yordamida olib
boriladi. Migrenni erta aniqlash va to‘g‘ri davolash inson hayot sifatini yaxshilashga yordam
beradi.
REFERENCES
1.
Asab va ruhiy kasalliklar. X.Q.Shodmonov, X.SH.Eshmurodov, O.T.Tursunova
“O’qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent -2013
2.
Bolalar fiziologiyasi U.Z.Qodirov, A.A.Abdumadjidov, V.P.Askaryans
3.
Nevrologiya – Muallif: Z.Ibodullayev. Nashriyot:akadem nashr, 2017 yil
4.
Н.МАЖИДОВ Umumiy nevrologiya (asab kasalliklari propedevtikasi): Tibbiyot institutlari
uchun darslik. To’ldirilgan nashri-T. Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti – 1995
yil
5.
Umumiy nevrologiya. Muallif: Z.Ibodullayev. Nashriyot: Zamin nashr
6.
В.В.КОЛЯГИН иркутск – 2010
7.
T.A.DAMINOV, B.T.XOLMATOVA, U.R.BOBOYEVA Toshkent “Tafakkur-bo’stoni”
2012
8.
G.Q.Sodiqova, A.G’.Ahmedov, G.M.Tursunxo’jayeva Toshkent “iqtisod moliya” 2010
