INTERNETGA QARAMLIK OQIBATIDA NEVROLOGIK TIZIMDA ANOMALIYALARNING PAYDO BO’LISHI

Abstract

Bu maqolada hozirgi kunda hamma foydalanayotgan internet tarmog’idagi foydali hamda zarali bo’lgan ma’lumotlar, ularning hayotimizga ayniqsa, sog’lig’imizga qanchalik zarar yetkazishi haqida yoritib beriladi.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Ataxanov, S., & To’xtamurodova, M. (2025). INTERNETGA QARAMLIK OQIBATIDA NEVROLOGIK TIZIMDA ANOMALIYALARNING PAYDO BO’LISHI. Modern Science and Research, 4(6), 255–259. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/104289
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Bu maqolada hozirgi kunda hamma foydalanayotgan internet tarmog’idagi foydali hamda zarali bo’lgan ma’lumotlar, ularning hayotimizga ayniqsa, sog’lig’imizga qanchalik zarar yetkazishi haqida yoritib beriladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

255

INTERNETGA QARAMLIK OQIBATIDA NEVROLOGIK TIZIMDA

ANOMALIYALARNING PAYDO BO’LISHI

Ataxanov Sanjarbek Anvarovich

Farg’ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Instituti Biotibbiyot muhandisligi, biofizika va axborot

texnologiyalari kafedrasi assistenti.

To’xtamurodova Ma’sumaxon Nurmurodjon qizi

Farg’ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Instituti Pediatriya fakulteti 1-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15625859

Annotatsiya

. Bu maqolada hozirgi kunda hamma foydalanayotgan internet tarmog’idagi

foydali hamda zarali bo’lgan ma’lumotlar, ularning hayotimizga ayniqsa, sog’lig’imizga
qanchalik zarar yetkazishi haqida yoritib beriladi.

Kalit

so’zlar

: Budilnik, Accelerating dynamics of collective attention, Stanford, cognitive

control in media multitaskers, Microstructure Abnormalities in Adolescents with Internet
Addiction Disorder, What The Internet Is Doing To Our Brains The Shallows, Nikols Card,
epidemya.

Kirish

Bilib turbmizki hozirgi hayotimizn internet tarmog’isiz tasavvur etib bo’lmaydi. Internet

tarmog’I hayotimizga shunaqangi darajada kirib kelganki, bunu tushuntirib berishni o’zi bir
muammo hisoblanadi. Masalan: ertalabki uygonishimiz albatta telefon qurilmamizdagi
“budilnik” orqali amalga oshadi. Bazilarni hayoliga keladi -“Nimaga endi faqat telefon. Axir
telefon orqali hamma ham turmaydi, masalan “budilnikli soatlar” ham borku?”.

–Ha, albatta budilnikli soatlar ham vavjud ammo, hozirda biz rivojlangan kompyuter

texnologiyalari davrida yashamoqdamiz, budilnikli soatdan hozirda foydalanayotgan aholisoni
kamgina foizni tashkil etadi xolos. Demak, uyg’onishimiz bilan texnologiyalar qaramog’ida
qolyapmiz. Lekin telefondagi budilnik bizga manfatli xizmat qiladigan qurilmalar qatoriga
kiritsak bo’ladi. Telefon qurilmamizda bizga manfat keltiradigan qurilmalar yetarlicha mavjud.

Lekin bizga zararli bo’lganlari esa foydali bo’lganlaridan ko’p desak mubolag’a

bo’lmaydi. Foydali qurilmadeganini tushundik ammo zararlisichi. Zararlisiga turli xildagi
o’yinlar, ilovalar, internet tarmoqlarini kirgizishimiz mumkin. Bularni zarali bo’lishiga sabab
nimada. O’zi bu ilovalar insonga manfat keltirish uchun ishlab chiqilmaganmi?

– Ha, albatta har bir qurilma insonga manfat keltirish uchun ishlab chiqilgan. Ammo

undan hozirgi kunda noto’g’ri maqsadlarda foydalanib kelmoqdamiz. Bu esa bizni unga
qaramlikka olib kelmoqda.

Internetga qaramlik deganda nimani tushunishimiz kerak, bu odamning internetdan

ortiqcha foydalanishi natijasida uning kundalik hayoti, ijtimoiy munosabatlari hamda sog’lig’iga
salbiy ta’sir ko’rsatadigan psixologik xolatlardan biri hisoblanadi. Bizga telefon qurilmamizdagi
foydali ilovalardan ko’ra zararli ilovalar ko’proq yoqadi va ulardan ko’proq foydalanamiz. O’zi
kompyuter texnolgiyalaridan yoki telefondan umuman olganda internet tarmog’idan kerakli
paytda va zarur bo’lganda foydalanishimik kerak lekin, biz, hozirgi kunda ko’p vaqtimizni
internet tarmog’ida o’tkazamiz.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

256

Tadqiqot natijalariga ko’ra, insonlarning k’pchiligida hozirgi kunda instagram tarmog’ida

3-4 soat vaqt o’tkazishi, tik tok tarmog’ida esa, 1-2 soat vaqt o’tkazishi kuzatildi. Quyidagi
tarmoqlar insnning faqat vaqtini olibgina qolmay balki, sog’lig’iga ham katta ta’sir o’tkazib
kelmoqda. Ya’ni insonning nevrologik, psixologik xolatlariga, ko’z nurining hamda jismoniy
harakatlarining pasayishiga olib kelmoqda. Biz hozirgi aytib o’tilgan tarmoqlarda deyarli foydali
videolarni kuzatmaymiz. Bu esa, bizning miyamizning chirishiga olib keladi. Korayotgan
videolarimiz bizga qanchalik ta’sir qilishini prafessorlar o’zining tajribalarida aniq tasvirlab
ketgan. Bularga misollar ham keltiradigan bo’lsak:

Germaniyada 2019-yilda “Accelerating dynamics of collective attention” da izlanish

o’tkazilgan. Bu izlanishda aniqlanganki, siz hilma xil konteksga to’la kontentni istemol
qilishingiz, sizni e’tibor doirangizni toraytirib yuboradi. Oddiy qilib aytganda qisqa videolardagi
bir kulguli, bir g’amgin, bir xafa, bir quvnoq kabi qisqa videolar sizni e’tiborizni shunga
o’xshagan aqliy yokida intellectual mexnatni ta’lab qilmedigan content ko’rishga moslashib
oladi. Va endi siz uzun manfatli va ozgina miyani ishlatishga majburladigan kontentga esa
e’tiborsizroq va toqatsizroq bo’lib qoladi. Masalan: kitob o’qiyotganizda yokida manfatli video
korayotganizda hayollariz qayerlargadir ketib qoladigan bo’lib qoladi. Endilikda esa siz kitob
o’qsangiz zerikish va besabirlik paydo bo’ladi hamda kallamga kirmayati degan narsa asosan
besabirlik, e’tiborsizlikdan kelib chiqadi.

Besabirlikni yana bir oqibatlardan biri ingiliz tilida instant gratification deyiladi. Bu

degani keyin keladigan yomon oqibatlardan hozirgi zavqni ustun qo’yish, yani hozir mazza
qigim kevyapti, keyin nima bo’lsa bolar, keyin keladigan ishni keyin hal qilaman deb hozirgi
zavqni keyin keladigan yomon oqibatlardan ustun qoyib fikrlovchi kishilar. Har bitta insonni
kelajakka qo’ygan maqsadlari bo’ladi va u maqsadlar uchun bilamizki dars qilishimiz,
mutahasisligim bo’yicha ishlashimiz kerak. Lekin biz hozirgi kunda nimalar qilyapmiz.
Ilovalarda biz uchun foydali bo’lmagan, bizni miyamizni chiritayotgan o’sha relslarni ko’rish
bilan band bo’lib qolganmiz. Natijada esa, biz hoxlagan o’sh kelajak bizdan borgan sari
uzoqlashib boraveradi.

2009-yil Stanford unversitetida o’tkazilgan “cognitive control in media multitaskers”

nomli izlanishda aniqlanganki, bir vaqtning o’zida xilma-xil konteksga ega bo’lgan tontentlarni
tomosha qiluvchilarda aqliy pasayish hamdaoldida turgan vazifadan tezroq chalg’ishmoyilligi
kuzatilgan.

Bu ko’rilayotgan relslar bizning miyamizning faoliyatini susayishiga olib kelmoqda.
Bunda biz til o’rganishda qiyinchiliklar, o’qishimizning susayib ketayotgani va

o’zbekistonda nimaga 2022-2023yilda kirish imtihonlari topshirgan o’quvchilar yarim foizi eng
past ballni ham to’play olmadi. Ya’ni eng past 56 bal kirish bali hisoblansa, bu maksimal 189
ballning 30 foizi xolos. Abiturient 30 foizga bilimga ega bo’lsa, shu ballni to’plagan bo’lar edi.

Bu 30 foiz maktab bahosidagi eng past baxodan ham past hisoblanadi ya’ni 1 bahoga

to’g’ri keladi desak adashmaymiz. Bu hali o’qishga topshirganlarning natijalari o’qishga
topshirmagan o’quvchilar soni ham anchaginani tashkil etadi. Ba’zi insonlar bu relslarni xotirani
susaytirishi haqidagi fikrga qoshilmasligi mumkin, ammo vaqtimizni o’girlayotgani bu ayni
haqiqat.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

257

2011-yil Xitoyda Microstructure Abnormalities in Adolescents with Internet Addiction

Disorder nomli izlanishda esa, internetga o’tirib qolgan o’smirlarni miyasini tuzilishida
o’zgarishlar borligi va ularni psixologik holati, o’quv ko’rsatkichi hamda samaradorlik
ko’rsatkichi o’ta pastligi aniqlangan. Bu tadqiqot 2011-yilda o’tkazilgan 14 yil bo’ldi, hozirgi
kontentlar necha barabar saviyasizlashib ketdi.

What The Internet Is Doing To Our Brains The Shallows kitobida ham Nikols Card qattiq

argument bildiradiki, qisqa- qisqa shallow content ya’nisayoz bizni miyamizni ishlashga
majburlamaydigan content, bizni yangi narsa o’rganish qobilyatimizni o’ta susaytirib yuboradi.

Bu kontentlar epidemya kabi millionlab insonlarning miyasini chiritib, saviyasini

pasaytirib, intellectual qobilyatini yemirib kemoqda. Va buning eng achinarli joyi esa, kamdan-
kam insonlar bu relslardan tiyilishga ixlosi yetadi, ammo ixlosi yetsa ham bu bilan kurashishga
irodasi yetmaydi.

Yoshlarimizga telefonni berib qo’yib, ular tomosh qilayotgan kontentlarni miyasiga

qanday ta’sir qilayotganini, zararlari o’zini ko’rsatgandan keyin tan olishni boshlemiz. Bolalarni
nazorat qilish tura tursin hatto o’zimizni ham boshqarishga qiynaladigan bo’lib qolmadikmi. Biz
bu xildagi kontentlarni korishimizdan oldin ma’lumot qabul qilishiz, e’tibor hamda sabr
doiramiz qanaqa edi. Oldin ham soatlab foydali video ko’rolmasmidik, oldin ham kitob o’qishga
sabr toqatiz yetmasmidi, yo’q albatta biz qanchalik tub tomon ko’kib ketayotganimizni his qilib
turibman.

Nevrologiya sohasi vakillaridan, o’zlarining bu kontentlar to’g’risida fikrlarini bilsak:
Hozirda Germaniyada yashab kelayotgan neyrojarroh Bekzod Ulliyev fikrlari.
“Bu yaqinda boshlangan kasallik, nimaga endi buni yaqinda boshlangan deyapman

chunki hozir aniq kasallik sifatida qabul qilinmagan lekin, men buni 5 yildan keyin kasallik
sifatida tan olinadi va undabalkim kech bo’lar. Shuning uchun tibbiyotning o’zi bu mavzu bilan
shug’illanishi muhim. Bu kasallikni alkogollardan yuqori darajaga qo’yardim. Alkogollar bilan
tasir doirasi o’xshash bosh miyaning bir xil sistemasiga ta’sir qiladi, ya’ni bosh miyada
qaramlilik rivojlanadi. Alkogollar boshqa organlar qon tomirlarga, jigarga, o’pkaga ta’sir qiladi,
videolar esa boshqa organlarga ta’sir qilmaydi. Lekin bosh miyani o’zgarishlari alkogolni
ta’siridan kuchayib ketadi. Shuning uchun men bu kabi relslarga judayam yuqori hamda juda
og’ir darajani bergan bo’lardim” deya o’zining internet tarmog’idagi xar-xil kontentlarga fikrini
bildirdi.

Neyrojarroh Ismoil Avazov esa o’z fikrlarida
“Biz qisqa video ko’radigan bo’lganimizda, faqat qisqa bog’lanishlar paydo bo’ladi va

bu ko’nikish hissi bo’ladi ya’ni bu kontentlarni ko’p koradigan odamlarda uzoq vaqt bitta
narsani bir fokusda ushlab turish, uzoq vaqt mashq bajarish, uzoq vaqtli biror maqsadga yetish
bo’lganda nerv sistemasi ancha pasayib ketadi va bu bosh miyada ma’lum bir qism ishlagani
uchun odamlarda eslash qobilyati juda pasayib ketadi. Bu narkomaniyaga o’xshgan, agar bu
ketishda bo’lsa, narkamaniyadan ham o’tib ketadi. Odamda o’rganish paydo bo’lgan ya’ni ular
qisqa videoda qisqa vaqt ichida juda kotta dozada dofamin oladi. 2020- yilda tekshiruvlar
o’tkazilgan, u tekshiruvda qisqa ya’ni sayoz videolar koradigan insonlar miyasi tekshirilib
ko’rilganda miyaning ko’p qismida o’zgarishga uchraganini kuzatishgan. Manashu tekshiruv
na’tijasida kim ko’p qisqa realslar ko’rgan bo’lsa, peshona sohasida qisqarish paydo bo’lganini


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

258

kuzatishgan. Qisqa videolarni uzoq vaqt koradigan bo’lsayiz miyayizda charchash bo’ladi chunki
ularni stimuli juda yuqori, bu ham miyani charchashiga erta qarishiga olib keladi.

Miyani dam olishi uchun uyqu kerak, bu ham tajribada aniqlangan qisqa video ko’p

koradigan insonlarda chuqur uyqu rejimi kam bo’ladi, ular faqat yuzaki uxlaydi, ya’ni miya
bunda ham ishlab turadi.

Shuni natijasida bola kelajakda e’tiborni jamlash qobilyatini pasaytiradi, biror narsaga

e’tibor qilolmaydi. Mana shu funksiya ham agar ko’p kontentko’radigan bo’lsa, funsiya kamayib
ketadi va bolalarda keljakda biror- bir ish qilishiga, biror-bir narsaga erishishiga, biror qobilyatga
ega bo’lishiga juda kotta ta’sir qiladi deya o’ylayman”.

Asab va ruhiyat ilmiy-tibbiy markaz direktori, Professor Ibodullayev Zarifboy “Insonlar

o’ylashadiki, bugun ko’raman ertaga ko’raman, shu bilan o’tib ketadi deb. Har bir insonning
miyasida gippokan, amiktalyan hamda unkus degan tuzilmalar bor ya’ni bu tuzilmalar siz nimani
ko’rsangiz, nimani eshitsangiz, nimani o’qisangiz, nimani qilsangiz hotirasiga yozib, yozib,
yozib boraveradi, ya bu tuzilmalarga bemani narsalar to’lgan sari sizdagi hissiyotni so’ndiradi,
hissiy to’mtoqlikni yuzga keltiradi. Siz odatiy inson fazilarlaridan, biologic muhabbatdan,
psixologik o’zaro munosabatlardan bebahra bo’lasiz. Ya’ni miyaning o’sha tuzilmalari
atrofiyafiyaga uchrab, kichrayib boradi.

Bu haqida neurobiologlar, neuropsixologlar, psixofziologlar juda kuchli tekshiruvlar

otkazgan. Bunday tekshiruvlar Texasda, Germaniyada, Kanada hamda Janubiy Koreada
o’tkazilgan” fikrini bildirib ketgan.

Xulosa

Internetga qaramlik deganda, nafaqat psixologik muammolarni keltirib chiqaradigan,

balki insonning nevrologik tizimida ham jiddiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Haddan
tashqari onlayn faoliyat va virtual dunyoga bog‘lanish miya tuzilishi hamda funksiyalariga ta’sir
qilib, turli anomaliyalarning shakllanishiga sabab bo‘ladi.

Birinchidan, ayniqsa, internetga qaramlik tufayli miyaning prefrontal korteksi (ongli

qaror qabul qilish va o‘zini nazorat qilish uchun javobgar bo‘lgan soha) sustlashishi mumkin. Bu
esa insonda impulsiv xatti-harakatlarning kuchayishiga, diqqatni jamlay olmaslik va xotira
buzilishlariga olib keladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, internetdan haddan tashqari
foydalanish dopamin gormoni ishlab chiqarilishining buzilishiga sabab bo‘lib, zavq va
motivatsiyaga javobgar bo‘lgan neyronlarning faoliyatini izdan chiqaradi.

Ikkinchidan, bizning internetga qaramlik miya hajmining qisqarishi va neyronlararo

aloqalarning zaiflashishiga olib kelishi mumkin. Xususan, uzoq vaqt internetda o‘yin o‘ynash
yoki ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish miya kulrang moddasining kamayishiga sabab bo‘lishi
mumkin, bu esa kognitiv (tafakkurga oid) funksiyalar pasayishiga olib keladi. Natijada, insonda
o‘rganish qobiliyati susayadi, axborotni qayta ishlash qiyinlashadi va eslab qolish jarayonlari
zaiflashadi.

Uchinchidan, esa, haddan tashqari internetdan foydalanish avtonom asab tizimi

faoliyatining buzilishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, uzoq vaqt ekran oldida o‘tirish
natijasida uyqu ritmining buzilishi kuzatiladi. Ko‘k ekran nurlari melatonin gormonining ishlab
chiqarilishini pasaytirib, uyqu sifati va davomiyligini buzadi. Bu esa vegetativ nerv tizimining
izdan chiqishiga, stress gormonlarining ortishiga va natijada depressiya, bezovtalik kabi


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

259

holatlarning kuchayishiga olib keladi. Bundan tashqari, internetga qaramlik stress va tashvish
darajasining ortishiga sabab bo‘ladi.

Ko‘p vaqt onlayn bo‘lish natijasida miya doimiy ravishda katta miqdordagi ma’lumotni

qayta ishlashga majbur bo‘ladi, bu esa neyronlarning ortiqcha yuklanishiga va oxir-oqibat
ularning toliqishiga olib keladi. Bu jarayon insonda charchoq, asabiylashish, kayfiyatning keskin
o‘zgarishi va depressiyaga moyillikni keltirib chiqaradi. Shu sababli, internetga qaramlik nafaqat
insonning psixologik holatiga, balki miya tuzilishi va funksiyalariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bu holatni oldini olish uchun internetdan foydalanish vaqtini tartibga solish, jismoniy

faollikni oshirish va real hayotdagi ijtimoiy munosabatlarga e’tibor qaratish muhimdir. Aks
holda, nevrologik tizimdagi buzilishlar davom etib, insonning umumiy salomatligiga jiddiy zarar
yetkazishi mumkin.


REFERENCES

1.

Emirtekin (2019) - Yoshlar orasida internet va smartfonlardan ortiqcha foydalanish
hamda ruhiy salomatlik va nevrologik o‘zgarishlarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadi
Springer.

2.

Falck (2017) - Ko‘p vaqtni ekran oldida o‘tkazish kognitiv funksiyalar va xotira
buzilishlariga sabab bo‘lishi ham mumkin British Journal of Sports Medicine.

3.

Fredriksen (2004) - O‘smirlik davrida uyqusizlik hamda texnologiya foydalanishining
salbiy ta’sirlarini o‘rganish Child Development.

4.

Glass & Kang (2018) - Ekran vaqtining ko‘payishi sinfda diqqatning pasayishiga olib
kelishi ham mumkin Educational Psychology.

5.

Cerniglia va boshq. (2017) - Internetga qaramlikning nevrobiologik, psixososial hamda
klinik jihatlari Neuroscience & Biobehavioral Reviews.

6.

Cheng & Li (2014) - Internetga qaramlikning tarqalishi va haqiqiy hayot sifati bilan
bog‘liqligi bo‘yicha ham meta-tahlil Cyberpsychology, Behavior, and Social Networking.

7.

Cheng & Liu (2020) - Internetga qaramlikning bog‘lanishning o‘zgarishlariga ta’siri
Scientific Reports

8.

Current Research and Viewpoints on Internet Addiction in Adolescents -O‘smirlarda
orasida internet qaramligining kognitiv va hissiy salomatlikka ta’siri Springer.

9.

Internet addiction-induced brain structure and function alterations: a systematic review
and meta-analysis of voxel-based morphometry and resting-state functional connectivity
studies

10.

Manba: Brain Imaging and Behavior.

11.

Internet Addiction: Neuroscientific Approaches and Therapeutical Implications Including
Smartphone Addiction.





References

Emirtekin (2019) - Yoshlar orasida internet va smartfonlardan ortiqcha foydalanish hamda ruhiy salomatlik va nevrologik o‘zgarishlarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadi Springer.

Falck (2017) - Ko‘p vaqtni ekran oldida o‘tkazish kognitiv funksiyalar va xotira buzilishlariga sabab bo‘lishi ham mumkin British Journal of Sports Medicine.

Fredriksen (2004) - O‘smirlik davrida uyqusizlik hamda texnologiya foydalanishining salbiy ta’sirlarini o‘rganish Child Development.

Glass & Kang (2018) - Ekran vaqtining ko‘payishi sinfda diqqatning pasayishiga olib kelishi ham mumkin Educational Psychology.

Cerniglia va boshq. (2017) - Internetga qaramlikning nevrobiologik, psixososial hamda klinik jihatlari Neuroscience & Biobehavioral Reviews.

Cheng & Li (2014) - Internetga qaramlikning tarqalishi va haqiqiy hayot sifati bilan bog‘liqligi bo‘yicha ham meta-tahlil Cyberpsychology, Behavior, and Social Networking.

Cheng & Liu (2020) - Internetga qaramlikning bog‘lanishning o‘zgarishlariga ta’siri Scientific Reports

Current Research and Viewpoints on Internet Addiction in Adolescents -O‘smirlarda orasida internet qaramligining kognitiv va hissiy salomatlikka ta’siri Springer.

Internet addiction-induced brain structure and function alterations: a systematic review and meta-analysis of voxel-based morphometry and resting-state functional connectivity studies

Manba: Brain Imaging and Behavior.

Internet Addiction: Neuroscientific Approaches and Therapeutical Implications Including Smartphone Addiction.