KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA DANIYA, FINLANDIYA VA NARVEGIYA DAVLATLARINING TAJRIBISANI O'RGANISH VA O'ZBEKISTONGA TADBIQ QILISH

Abstract

Mazkur maqolada "Shveysariya, Finlandiya va Norvegiya tajribasini o‘rganish va uni O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashda qo‘llash" nomli maqola dunyodagi eng kam korrupsiyalangan davlatlar qatoriga kiruvchi Shveysariya, Finlandiya va Norvegiya davlatlarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi tajribalarini chuqur tahlil qiladi. Maqolada ushbu mamlakatlarda korrupsiyani kamaytirishga xizmat qilgan huquqiy, institutsional va ijtimoiy mexanizmlar solishtirma yondashuv asosida ko‘rib chiqilgan. Mualliflar shaffoflik mexanizmlari, fuqarolik jamiyatining ishtiroki va hukumat nazorati samaradorligi kabi asosiy omillarni muhokama qilishadi. Maqolada, shuningdek, ushbu strategiyalarning O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilishi imkoniyatlari tahlil qilinib, O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy muhitiga mos keluvchi amaliy tavsiyalar berilgan. Ushbu tadqiqot, xalqaro ilg‘or tajribalarni qo‘llash orqali korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishni istagan siyosatchilar va tadqiqotchilar uchun qimmatli manba sifatida xizmat qiladi.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Aktamova , Z. . (2024). KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA DANIYA, FINLANDIYA VA NARVEGIYA DAVLATLARINING TAJRIBISANI O’RGANISH VA O’ZBEKISTONGA TADBIQ QILISH. Modern Science and Research, 3(11), 152–159. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/47783
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada "Shveysariya, Finlandiya va Norvegiya tajribasini o‘rganish va uni O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashda qo‘llash" nomli maqola dunyodagi eng kam korrupsiyalangan davlatlar qatoriga kiruvchi Shveysariya, Finlandiya va Norvegiya davlatlarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi tajribalarini chuqur tahlil qiladi. Maqolada ushbu mamlakatlarda korrupsiyani kamaytirishga xizmat qilgan huquqiy, institutsional va ijtimoiy mexanizmlar solishtirma yondashuv asosida ko‘rib chiqilgan. Mualliflar shaffoflik mexanizmlari, fuqarolik jamiyatining ishtiroki va hukumat nazorati samaradorligi kabi asosiy omillarni muhokama qilishadi. Maqolada, shuningdek, ushbu strategiyalarning O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilishi imkoniyatlari tahlil qilinib, O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy muhitiga mos keluvchi amaliy tavsiyalar berilgan. Ushbu tadqiqot, xalqaro ilg‘or tajribalarni qo‘llash orqali korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishni istagan siyosatchilar va tadqiqotchilar uchun qimmatli manba sifatida xizmat qiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

152

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA DANIYA, FINLANDIYA VA NARVEGIYA

DAVLATLARINING TAJRIBISANI O'RGANISH VA O'ZBEKISTONGA TADBIQ QILISH

Aktamova Zulfizar Utkir qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti

“Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat” yo‘nalishi 1-kurs magistranti.

e-mail:

zulfizaraktamova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14078692

Annotatsiya. Mazkur maqolada "Shveysariya, Finlandiya va Norvegiya tajribasini o‘rganish va

uni O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashda qo‘llash" nomli maqola dunyodagi eng kam
korrupsiyalangan davlatlar qatoriga kiruvchi Shveysariya, Finlandiya va Norvegiya davlatlarining
korrupsiyaga qarshi kurashdagi tajribalarini chuqur tahlil qiladi. Maqolada ushbu mamlakatlarda
korrupsiyani kamaytirishga xizmat qilgan huquqiy, institutsional va ijtimoiy mexanizmlar solishtirma
yondashuv asosida ko‘rib chiqilgan. Mualliflar shaffoflik mexanizmlari, fuqarolik jamiyatining ishtiroki
va hukumat nazorati samaradorligi kabi asosiy omillarni muhokama qilishadi. Maqolada, shuningdek,
ushbu strategiyalarning O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilishi imkoniyatlari tahlil qilinib,
O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy muhitiga mos keluvchi amaliy tavsiyalar berilgan. Ushbu
tadqiqot, xalqaro ilg‘or tajribalarni qo‘llash orqali korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishni istagan
siyosatchilar va tadqiqotchilar uchun qimmatli manba sifatida xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar: korrupsiya, korrupsiyaviy jinoyatlar, korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat

boshqaruvi, antikorrupsion strategiya, shaffoflik, xalqaro tajriba, islohotlar, xalqaro tashkilotlar, davlat
xizmatchilarining axloqi, davlat tuzilmalari, boshqaruv samaradorligi, korrupsion indikator, xalqaro
hamkorlik, boshqaruvni modernizatsiyalash.

STUDYING THE EXPERIENCE OF DENMARK, FINLAND AND NORWAY IN THE

FIGHT AGAINST CORRUPTION AND IMPLEMENTING IT TO UZBEKISTAN

Abstract. This article analyzes the concepts of corruption and anti-corruption efforts, as well as

issues of accountability for corruption-related crimes. Based on the experience of the top four countries
with the lowest levels of corruption, as identified by Transparency International, the preventive measures
being implemented to combat corruption are examined. Specifically, the legislative documents of
Denmark, Finland, and Norway were studied and analyzed. Additionally, the application of these
advanced practices to the Republic of Uzbekistan is discussed. The study presents practical
recommendations and scientific conclusions derived from the experience of other countries in addressing
accountability for corruption-related crimes.

Keywords: corruption, corruption-related crimes, combating corruption, public administration,

Anti-corruption strategy, transperancy, international experience, reform, international organization,
ethics of servant, state structure, governance effiency, corruption indicator, international cooperation,
modernization of governance.

ИЗУЧЕНИЕ ОПЫТА ДАНИИ, ФИНЛЯНДИИ И НОРВЕГИИ ПО БОРЬБЕ С

КОРРУПЦИЕЙ И ВНЕДРЕНИЕ ЕГО В УЗБЕКИСТАН

Аннотация. В данной статье «Изучение опыта Дании, Финляндии и Норвегии в борьбе

с коррупцией и его применение в Узбекистане» проводится углубленный анализ
антикоррупционных стратегий, применяемых в Дании, Финляндии и Норвегии — странах,
стабильно занимающих ведущие позиции в рейтинге наименее коррумпированных государств


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

153

мира. На основе сравнительного подхода рассматриваются правовые, институциональные и
социальные механизмы, способствующие снижению уровня коррупции в этих странах. Особое
внимание уделяется механизмам прозрачности, роли гражданского участия и эффективности
государственного надзора. В статье также изучается применимость данных стратегий в
узбекском контексте и предлагаются практические рекомендации, адаптированные к
особенностям социально-политической и экономической среды Узбекистана. Данное
исследование представляет собой полезный ресурс для политиков и исследователей,
стремящихся усилить антикоррупционные меры в странах с переходной экономикой, заимствуя
международный опыт.

Ключевые слова: коррупция, коррупционные преступления, борьба с коррупцией,

государственное управление, антикоррупционная стратегия, прозрачность, международный
опыт, реформы, международные организации, этика государственных служащих,
государственные структуры, эффективность управления, индикаторы коррупции,
международное сотрудничеств, модернизация управления.

KIRISH

Korrupsiya bugungi kunda dunyo miqyosida keng tarqalgan va barqaror taraqqiyot, ijtimoiy

adolat hamda iqtisodiy samaradorlikka jiddiy tahdid soluvchi omillardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston
Respublikasining Muhtaram Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovich ta’kidlaganidek,
“Korrupsiyaning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmaydi,
umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi”[1]. Chindan ham, korrupsiyaviy jinoyatlar
davlatning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, shu bilan birga xalqning davlat organlariga nisbatan ishonchini
pasaytiradi[2].

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z faoliyatining ilk kunlaridan

boshlab korrupsiyaga qarshi kurashish borasida bir qator qonun va qonunosti hujjatlarini qabul qildi.

Xususan, 2017-yil 3-yanvarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 419-sonli Qonun

kuchga kirdi. Ushbu qonun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining asosiy
yo‘nalishlarini belgilab berdi va ushbu faoliyatni tartibga solish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi
kurashishning huquqiy asoslarini shakllantirish imkonini yaratdi. Mazkur qonunning 3-moddasida
korrupsiya tushunchasi ta’riflangan bo‘lib, unga koʻra, korrupsiya — shaxsning o‘z xizmat yoki mansab
mavqeidan shaxsiy yoki boshqa shaxslarning manfaatlari yo‘lida moddiy yoki nomoddiy naf olish
maqsadida qonunga zid ravishda foydalanishi yoki boshqa shaxsga qonunga zid tarzda naf taqdim
etishidir [3].

Korrupsiya darajasi yuqori bo‘lgan davlatlarda boshqaruv tizimlari zaiflashadi, iqtisodiy o‘sishga

to‘siq paydo bo‘ladi va aholining davlat institutlariga bo‘lgan ishonchi pasayadi. Shuning uchun
korrupsiyaga qarshi kurashish ko‘plab davlatlar uchun ustuvor vazifa bo‘lib, xalqaro tajribadan samarali
strategiyalarni o‘rganish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Daniya, Finlandiya va
Norvegiya davlatlari Transparency Internationalning Korrupsiya darajasini his qilish indeksida yuqori
o‘rinlarni egallagan mamlakatlar bo‘lib, korrupsiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurashishdagi tajribasi bilan
ajralib turadi. Ushbu davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurash strategiyalari, jumladan, shaffoflik,
mustahkam huquqiy mexanizmlar va fuqarolik jamiyatining faol ishtiroki boshqa davlatlar uchun
qimmatli model vazifasini bajaradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

154

Ushbu maqola Daniya, Finlandiya va Norvegiyaning korrupsiyaga qarshi kurash strategiyalarini

o‘rganib, ularning O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish imkoniyatlarini tahlil qilishni maqsad qilgan.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston o‘z iqtisodiy va siyosiy islohotlarini jadallashtirar ekan,

korrupsiyaga qarshi kurash davlat boshqaruvining muhim yo‘nalishiga aylangan. Xususan, O‘zbekiston
hukumati xalqaro tajriba asosida korrupsiyaga qarshi samarali strategiyalarni ishlab chiqish va joriy
qilishga katta e’tibor bermoqda. Mazkur maqola esa O‘zbekistonning o‘ziga xos ijtimoiy-siyosiy va
iqtisodiy sharoitlarini hisobga olgan holda Daniya, Finlandiya va Norvegiyaning muvaffaqiyatli
tajribasiga asoslangan amaliy tavsiyalarni taklif etadi.

Maqolaning asosiy qismi Daniya, Finlandiya va Norvegiyaning korrupsiyaga qarshi kurashda

qo‘llagan asosiy yondashuvlarini tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Birinchi bo‘limda Daniya tajribasi
o‘rganiladi, bunda korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik ishtiroki va shaffoflik ta’minlash omillari
ko‘rib chiqiladi. Daniya ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining faol roli orqali davlat
institutlarini nazorat qilish mexanizmlarini yaratgan, bu esa korrupsiyaga qarshi kurashda muhim
ahamiyat kasb etadi. Ikkinchi bo‘limda Finlandiyaning korrupsiyaga qarshi huquqiy mexanizmlari,
xususan, qat’iy qonunchilik va uning samarali ijrosi muhokama qilinadi. Finlandiyada huquq-tartibot
organlari va qonunchilik tizimining o‘zaro uyg‘unligi korrupsiyani kamaytirishda muhim omil bo‘lgan.

Uchinchi bo‘lim esa Norvegiyaning korrupsiyaga qarshi boshqaruv va davlat va biznes

o‘rtasidagi hamkorlik amaliyotlarini yoritib beradi. Norvegiyaning shaffof boshqaruv tizimi va iqtisodiy
sohadagi korrupsiyaga qarshi choralar bu davlatda yuqori samaradorlikka olib kelgan.

Ushbu uch davlat tajribasining tahlili O‘zbekiston uchun qimmatli darslar beradi.
O‘zbekistonning o‘ziga xos ijtimoiy-siyosiy sharoitlarini hisobga olgan holda, Daniya,

Finlandiya va Norvegiyadagi korrupsiyaga qarshi strategiyalarni moslashtirish imkoniyatlari ko‘rib
chiqiladi. Shuningdek, maqolada ushbu strategiyalarning O‘zbekiston sharoitida tatbiq etilishi mumkin
bo‘lgan qiyinchiliklar va ularni yengish uchun tavsiyalar beriladi. Xususan, maqola O‘zbekiston
hukumatining korrupsiyaga qarshi kurashda qanday kompleks yondashuvlarni qo‘llashi, shaffoflik va
fuqarolik jamiyati ishtirokini kuchaytirish yo‘nalishlarida qanday choralar ko‘rishi mumkinligini ochib
beradi.

Mazkur tadqiqot korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi xalqaro tajribani O‘zbekiston sharoitiga

moslashtirishga qaratilgan bo‘lib, bu O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi samarali kurash strategiyalarini
shakllantirish uchun amaliy asos yaratishga hissa qo‘shadi.

MATERIAL VA METODLAR

Mazkur maqola tahliliy tadqiqot sifatida huquqiy hujjatlar hamda ilmiy-nazariy manbalarni

o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Unda sohaga oid ilmiy tushunchalar, nazariyotchi olimlarning qarashlari
hamda korrupsiyaga qarshi kurashda rivojlangan mamlakatlarning tajribalari tahlil qilingan. Maqola
mavzuga oid tushunchalarni o‘rganish bilan boshlanib, korrupsiyaga qarshi kurashda ilg‘or davlatlar
tajribasini tahlil qilish va ushbu tajribani milliy qonunchiligimizga joriy qilishga oid xulosalar bilan
yakunlanadi.

Mazkur tadqiqotni amalga oshirish jarayonida tizimli va qiyosiy-huquqiy tahlil, shuningdek,

induksiya, deduksiya, analiz, sintez, tarixiy-huquqiy va statistik ma’lumotlar tahlili kabi usullardan
foydalanildi. Tadqiqotning metodologik asosi sifatida qiyosiy tahlil va holat tadqiqotlari usullari tanlandi,
bu usullar orqali Daniya, Finlandiya va Norvegiya tajribalarini chuqur o‘rganish imkoniyati yaratildi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

155

Shuningdek, kontent tahlili metodidan foydalanilib, xalqaro tashkilotlar va milliy huquqiy

hujjatlar asosida korrupsiyaga qarshi kurash strategiyalari o‘rganildi.

TADQIQOT NATIJALARI

Korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida xalqaro tashkilotlar orasida Birlashgan Millatlar

Tashkiloti alohida o‘rin tutadi. BMT tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan hujjatlar
orasida 2003-yil dekabr oyida qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi Konvensiya muhim ahamiyatga
ega[4]. Oʻzbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyaga 2008-yil 7-iyulda qabul qilingan qonun asosida
qoʻshildi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda BMT bilan bir qatorda Yevropa Ittifoqi, Jahon banki,
Transparency International xalqaro nohukumat tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti
hamda Butunjahon bojxona tashkiloti kabi tashkilotlar o‘z faoliyatlarida bu masalaga alohida eʼtibor
qaratib kelmoqda. Korrupsiya, davlat boshqaruvining samaradorligini va iqtisodiy rivojlanishni sezilarli
darajada pasaytiradigan omil sifatida, dunyoning ko‘plab davlatlarida jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda.

2023-yilda e’lon qilingan “Corruption Perceptions Index”(CPI) bo‘yicha dunyo

mamlakatlarining korrupsiya darajasi bo‘yicha reytingi keltirilgan[5]. Ushbu reyting korrupsiyaning
global miqyosda qanchalik jiddiy ekanligini, shuningdek, tegishli mamlakatlarda korrupsiyaga qarshi
kurashishdagi samaradorlikni o‘lchashga imkon beradi. Skandinaviya mamlakatlari, jumladan Daniya,
Finlandiya va Norvegiya, yuqori o‘rinlarda joylashib, bu mamlakatlarning korrupsiyaga qarshi
kurashdagi muvaffaqiyatlarini namoyon etadi. Daniya, Finlandiya va Norvegiya kabi Skandinaviya
mamlakatlari, ayniqsa, korrupsiyaga qarshi kurashishda erishgan muvaffaqiyatlari bilan tanilgan. Ushbu
mamlakatlar o‘zlarining korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyalarini, huquqiy va siyosiy tizimlarining
samaradorligini isbotlab kelmoqda. O‘zbekiston uchun bu tajribalarning qo‘llanilishi katta ahamiyatga
ega, chunki korrupsiyaga qarshi kurashishda yangi yondashuvlar va amaliyotlar zarur. Ushbu maqolada,
yuqorida aytib o‘tgan davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurash tajribalari tahlil qilinib, O‘zbekistonda
ularni qanday amalga oshirish mumkinligi ko‘rsatiladi.

Daniya, o‘zining yuqori darajadagi shaffoflik, fuqarolik jamiyati va davlat boshqaruvidagi

ochiqlik bilan mashhur. Daniya odatda korrupsiya bilan bog‘lanmagan. U xalqaro korrupsiya
o‘lchovlarida juda yuqori natijalar ko‘rsatadi va ko‘plab mutaxassislar uning davlat sektori yuqori
darajada halollikni namoyish etishini ta’kidlashadi. Fuqarolar va bizneslarning korrupsiya bilan bog‘liq
tajribalari bo‘yicha so‘rov ma’lumotlari ham bu holatni aks ettiradi, bunda poraxo‘rlik bilan bog‘liq
xabarlar nisbatan past darajada. Shu bilan birga, Daniya o‘zining korrupsiya bilan bog‘liq muammolariga
ega[6]. Yaqinda yuzaga kelgan janjallar mamlakatni e’tiborga olib chiqdi, masalan, eng yirik Daniya
banki (Danske Bank)da amalga oshirilgan katta miqdordagi pul yuvishga qarshi tergov, shuningdek,
axborot texnologiyalari xaridlarida ayblangan poraxo‘rlik bo‘yicha taniqli ish. Takrorlanuvchi muammo
sohalariga xususiy sektor korrupsiyasi, siyosiy moliyalashtirish va Daniyaning chet el hududlari kiradi,
bu esa o‘ziga xos korrupsiya xavflarini tug‘diradi. 2007-yildan boshlab, Daniya beshta ma’muriy
hududga (daniya tilida regioner) va 98 ta munitsipalitetga (kommuter) bo‘lingan. Ushbu beshta hududni
milliy sog‘liqni saqlash xizmati, ijtimoiy xizmatlar va hududiy rivojlanishga mas’ul bo‘lgan hududiy
kengashlar boshqaradi (Danish Regions 2012), shu bilan birga munitsipalitetlar shaharlardagi jamoat
xizmatlari, masalan, chiqindilarni yig‘ish, suv va kanalizatsiya kabi xizmatlar uchun javobgar bo‘lgan
munitsipal kengashlar tomonidan boshqariladi. Shuningdek, ikki avtonom boshqariladigan hudud
mavjud: 1948-yilda o‘zini o‘zi boshqarish huquqi berilgan Farer orollari va 1979-yilda o‘zini o‘zi
boshqarish huquqi, 2009-yilda esa yanada kengaytirilgan avtonomiya berilgan Grenlandiya.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

156

1973-yilda Daniya Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatining (keyinchalik Yevropa Ittifoqi) a’zosiga

aylandi va o‘zining milliy valyutasi — krone-ni saqlab qoldi[7]. Daniyada davlat organlari faoliyatining
barcha bosqichlari fuqarolar uchun ochiq va aniq bo‘lib, bu mamlakatda korrupsiya darajasi juda past.

Daniyada korrupsiyaga qarshi kurashishda eng muhim jihat, davlat va jamoat sektori o‘rtasidagi

samarali hamkorlikdir. Fuqarolar va jamoat tashkilotlari davlatning har bir qarori va harakati haqida
xabardor bo‘lishi kerak.

Daniya tajribasida shuningdek, davlat xizmatchilarining yuqori malakasi va qat’iy tartib-

qoidalarga amal qilish muhim o‘rin tutadi. O‘zbekistonda ham korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat
xizmatchilarining malakasini oshirish, axloqiy va huquqiy me’yorlarga qat’iy rioya qilish masalasi
Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Bu, davlat organlarida
ishlovchi shaxslarning professional darajasini oshirishga yordam beradi va ularning huquqiy va axloqiy
jihatdan to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydi.

Finlandiya davlatining korrupsiyaga qarshi kurashdagi tajribasi juda samarali hisoblanadi.

Finlandiyada kuchli qonunchilik bazasi, korrupsiyaga qarshi qat’iy qonunlar va ularning ijrosi samarali
amalga oshiriladi. Bu qonunlarning hamma uchun bir xil va qat’iy amal qilishini ta’minlash orqali,
Finlandiya korrupsiyani sezilarli darajada kamaytirishga erishgan. Finlandiya qonunchiligida
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qat’iy me’yorlar va jarimalar mavjud[8]. Masalan:
Finlandiyaning 2010-yilda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish” to‘g‘risidagi maxsus qonun,
ya’ni “Criminal Code of Finland” ning korrupsiyaga qarshi kodifikatsiyasini qabul qildi. Ushbu qonun
davlat xizmatchilari va xususiy sektor xodimlarining korrupsiya jinoyatlari bilan shug‘ullanishini jiddiy
tartibga soladi. Korrupsiyaga qarshi jinoyatlarni sodir etganlarga qattiq jazolar, jumladan, 1 yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish va katta miqdorda moliyaviy jarimalar belgilangan[9].

Anti-Corruption Strategy for Finland 2021–2025 hujjatidan quyidagi asosiy ma’lumotlarni olish

mumkin[10]:

1. Korrupsiyaga qarshi strategiya va tizim ya’ni Finlandiyaning korrupsiyaga qarshi strategiyasi,

mamlakatda korrupsiyani kamaytirish bo‘yicha amalga oshiriladigan asosiy harakatlarni va maqsadlarni
o‘z ichiga oladi. Bu strategiya korrupsiyaga qarshi qonunchilikni kuchaytirish, davlat organlarining
shaffofligini oshirish, hamda fuqarolik jamiyati va biznes sektori bilan hamkorlikni kuchaytirishni o‘z
ichiga oladi. O‘zbekistonda ham shu kabi tizimli yondashuv joriy etilganligi davlat boshqaruvining
ochiqligi va hisobotlarini ta’minlashda katta yordam beradi.

2. Shaxsiy va davlat resurslarining javobgarligida Finlandiyaning korrupsiyaga qarshi

strategiyasida shaxsiy va davlat resurslarining qanday qilib shaffof boshqarilishi kerakligi haqida aniq
ko‘rsatmalar berilgan. Ular davlat xizmatchilarining xatti-harakatlarini nazorat qilish va ularni
javobgarlikka tortish tizimini takomillashtirishni ko‘zda tutadi.

3. Strategiya, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish uchun yuridik va nazorat

mexanizmlarini kuchaytirish zarurligini ta’kidlaydi. Finlandiya davlat tizimida xususiy sektorga ta’sir
qiluvchi davlat qonunlarini, shuningdek, rasmiy nazorat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi
vazifalarini belgilaydi.

Finlandiya tajribasida yana bir muhim jihat – fuqarolarni xabardor qilish va ta’lim berish tizimi

rivojlanganligi. Maktablar va oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus
dasturlar, axloqiy qadriyatlarni o‘rgatish tizimi ishlab chiqilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

157

Bu kabi ta’lim dasturlari yosh avlodni halollik va to‘g‘ridan-to‘g‘ri faoliyatga tayyorlaydi.

O‘zbekistonda ham yoshlarni axloqiy tarbiya va huquqiy savodxonlikka o‘rgatish orqali, kelajakda
korrupsiyaning oldini olishga yordam berish mumkin.

Yirik o‘quv muassasalarida korrupsiya va uning iqtisodiy va ijtimoiy zararlarini tushuntirish,

ta’lim jarayoniga integratsiya qilish kerak.

Norvegiya tajribasi davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikka asoslanadi. Korrupsiyaga

qarshi kurashda davlat va biznes sektori o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, shaffof iqtisodiy faoliyatni
tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Norvegiyada, masalan, davlat tenderlari va davlat xarajatlari shaffof
va aniq ravishda amalga oshiriladi. O‘zbekistonda ham davlat va biznes o‘rtasidagi aloqalar ko‘pincha
noaniq va shaffof bo‘lmagan, bu esa korrupsiyaning o‘sishiga sabab bo‘ladi. Shu bois, davlat va biznes
sektori o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash, shaffof iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish zarur.

Shuningdek, Norvegiya tajribasida davlat va xususiy sektor faoliyatini tizimli ravishda

monitoring qilish va nazorat qilish muhim rol o‘ynaydi. Bu institutlar davlat va xususiy sektor faoliyatini
tahlil qilib, korrupsiyaga qarshi kurash strategiyalarini amalga oshirishga yordam beradi.

“ECD Guidelines on Anti-Corruption and Integrity in the Public Sector” hujjatida davlat sektori

va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish uchun qanday strategiyalarni amalga oshirishi
kerakligi haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Bu hujjat, davlat boshqaruvini shaffof va javobgar
qilish, korrupsiyaga qarshi qat’iy qonunlar va tartiblarni belgilash, shuningdek, davlat xizmatchilarining
axloqiy va professional standartlarga rioya qilishini ta’minlashni ko‘zda tutadi. O‘zbekistonda ham
aynan shu strategiyalarni amaliyotga joriy qilish, davlat xizmatchilarining axloqiy malakasini oshirish va
davlat organlarining faoliyatini shaffof qilish zarurati ta’kidlangan[11]. OECD qo‘llanmasida,
shuningdek, davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashishda qanday qilib qonunchilikni
kuchaytirishi va huquqni muhofaza qilish tizimini yaxshilash lozimligi haqida gapiriladi. Bunga davlat
organlari va fuqarolik jamiyati o‘rtasida samarali hamkorlik, shuningdek, korrupsiyani aniqlash va unga
qarshi kurashishda maxsus organlar tuzish kiradi. O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda
shunday tashkilotlar va institutlar tuzilishi lozim. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishning xalqaro
hamkorlik bilan bog‘liq jihatlari ham ko‘rib chiqilgan. Bu, xususan, xalqaro tashkilotlar bilan
hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashning samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. O‘zbekistonda
ham xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash va ularning tajribasidan foydalanish orqali
korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish mumkin.

World Development Indicators 2023 hisobotida, iqtisodiy rivojlanish va korrupsiya o‘rtasidagi

bog‘liqlik tahlil qilingan. Korrupsiya davlatlar iqtisodiy o‘sishiga, xususan, investitsiyalarni jalb qilish,
davlat xizmatlarining samaradorligi va resurslarning adolatli taqsimlanishi kabi sohalarda salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Ushbu ma’lumotlar, O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini korrupsiyaning kamaytirilishi
orqali yaxshilash uchun muhim yo‘nalishlarni ko‘rsatadi. Shuningdek, global iqtisodiy indikatorlar va
davlatlarning o‘zaro taqqoslanishi haqida ma’lumot beradi. Bu ma’lumotlar, xususan, korrupsiyaga
qarshi kurashish bo‘yicha muvaffaqiyatli davlatlarni, masalan, Skandinaviya mamlakatlarini, ularning
iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan birga tahlil qilish imkonini beradi. O‘zbekistonda bu kabi muvaffaqiyatli
tajribalarni o‘rganish va tatbiq etish iqtisodiy rivojlanishni va korrupsiyaga qarshi kurashni
mustahkamlashga yordam beradi. World Development Indicators ma’lumotlarida davlat xizmatlarining
sifatini oshirish va davlat resurslarini samarali taqsimlash muhim ahamiyatga ega ekanligi
ko‘rsatilgan[12].


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

158

O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat xizmatlarining samaradorligini

oshirish, shuningdek, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda xuddi shunday yondashuvlardan foydalanish
mumkin.

United Nations Office on Drugs and Crime (UNODC) ning Corruption and Anti-Corruption

hujjatida korrupsiyaga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikning ahamiyati ta’kidlangan. Bunda,
BMTning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha taqdim etgan yondashuvlari va xalqaro standartlari
ko‘rsatilgan. Xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish va samarali
yondashuvlarni tatbiq etish O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi muvaffaqiyatini
oshirishga yordam beradi. UNODC hujjatida korrupsiyaning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotga salbiy
ta’siri haqida gapiriladi. Korrupsiya davlat organlarining samarali ishlashiga to‘sqinlik qiladi, iqtisodiy
o‘sishni sekinlashtiradi va fuqarolarning ishonchini pasaytiradi. UNODC tomonidan ishlab chiqilgan
UN Convention against Corruption (BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasi) asosan korrupsiyaga
qarshi oldini olish va unga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan. Bu jarayonda davlatlar
o‘rtasida axborot almashinuvi, o‘zaro yordam va o‘zgaruvchan qonunchilik tizimlarini yaratish
muhimdir[13]. (United Nations Office on Drugs and Crime (UNODC). (2022). Corruption and Anti-
Corruption. United Nations.

https://www.unodc.org/unodc/en/corruption/

).

Xulosa

Daniya, Finlandiya va Norvegiya kabi mamlakatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish

tajribalari, albatta, O‘zbekiston sharoitida ham samarali qo‘llanilishi mumkin. Ushbu davlatlarning
tajribalari, xususan, davlat boshqaruvidagi ochiqlik, korrupsiyaga qarshi qat’iy qonunchilik va fuqarolik
jamiyatining faol ishtiroki, O‘zbekiston uchun foydali yo‘l-yo‘riqlarni taqdim etadi. O‘zbekiston
korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish uchun davlat organlarining faoliyatini shaffof qilish,
fuqarolarni xabardor qilish tizimini rivojlantirish, huquqni muhofaza qilish organlari va davlat
xizmatchilarining malakasini oshirishni takomillashtirish, shaffof iqtisodiy faoliyatni ta’minlash kabi
choralarni amalga oshirishi lozim. O‘zbekiston xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda korrupsiyaga
qarshi kurash strategiyalarini amalga oshirishni davom ettirishi, korrupsiyani kamaytirishga katta
yordam beradi. Korrupsiyaga qarshi kurashda muvaffaqiyatga erishish uchun barcha ijtimoiy
qatlamlarning birlashishi zarur bo‘lib, bu yo‘lda davlat va fuqarolik jamiyatining birgalikdagi harakatlari
muhim ahamiyatga ega. Barcha yuqorida ta’kidlab o‘tilgan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda,
O‘zbekistonga quyidagi takliflarni berish mumkin:

Birinchidan, Davlat Boshqaruvidagi Ochiqlikni Kuchaytirish: O‘zbekiston davlat boshqaruvini

shaffof qilish va ochiqlikni ta’minlash uchun raqamli platformalardan keng foydalanishni
takomillashtirish. Masalan, davlat xarajatlarini, tenderlar va boshqa muhim qarorlarni jamoatchilikka
onlayn tarzda taqdim etish, fuqarolarga bu borada to‘liq ma’lumotlar berish, ularning fikrini olish va
shunday qarorlarni qabul qilishda ishtirokini ta’minlash kerak. Shaffoflikning ta’minlanishi korrupsiyani
kamaytirishga yordam beradi va davlat organlarining javobgarligini oshiradi.

Ikkinchidan, Xalqaro Hamkorlikni Kuchaytirish: O‘zbekiston xalqaro tashkilotlar va davlatlar

bilan hamkorlikni mustahkamlashi, ularning tajribasidan foydalanish orqali o‘zining korrupsiyaga qarshi
kurashish tizimini yanada kuchaytirishi mumkin. Xususan, OECD, BMT, Jahon banki va boshqa xalqaro
tashkilotlar bilan hamkorlikda maxsus treninglar va maslahatlar tashkil etish, global standartlarga
asoslangan yondashuvlarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishni davom ettirishi zarur.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

159

Uchinchidan, O‘zbekiston jamoatchiligini korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etishga

chaqirish zarur. Ommaviy axborot vositalari va xalqaro tashkilotlar yordamida jamoatchilikni xabardor
qilish va aholi o‘rtasida korrupsiyaga qarshi ongli munosabatni shakllantirish kerak. Bu orqali davlatning
korrupsiyaga qarshi kurashdagi ishonchliligi va samaradorligi oshadi.

To’rtinchidan, O‘zbekiston davlatida, Finlyandiya kabi, amaldagi jinoiy kodeksga korrupsiyaga

qarshi qo‘shimchalar kiritish kerak. Bu qonunlar korrupsiyaga aloqador jinoyatlarni qat’iy nazorat qilish,
hukumat amaldorlari va xususiy sektor xodimlarining jinoyatlari bo‘yicha tegishli jazolarni belgilashga
xizmat qiladi.

FREFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 25-yanvardagi Oliy
Majlisga Murojaatnomasi. https://uza.uz/oz/politics/zbekiston- respublikasi-prezidenti-shavkat-
mirziyeevning-oliy-25-01-2020. (President Shavkat Mirziyoyev’s Address to the Oliy Majlis);

2.

Авдеев В.А., Авдеева О.А. Стратегические направления противодействия коррупции в РФ
// Российская юстиция. 2016. № 7. С. 19–21. (Strategic directions for combating corruption in
the Russian Federation. Avdeev V.A., Avdeeva O.A.);

3.

O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni. //
https://lex.uz/docs/-3088008 / (Law of the Republic of Uzbekistan on Combating Corruption);

4.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi. // [Elektron manba]. URL:
https://lex.uz/docs/-1461329

(United

Nations

Convention

Against

Corruption);

URL:https://www.transparency.org/en/cpi/2020/index/nzl);

5.

Transparency International. (2023). Corruption Perceptions Index 2023. Transparency
International. [Elektron manba]. URL: https://www.transparency.org/en/cpi/2023/index);

6.

Transparency International. 2018c. Exporting Corruption – Progress Report 2018: Assessing
Enforcement of the OECD Anti-Bribery Convention (Rep.). [Elektron manba]. URL:
https://www.transparency.org/whatwedo/publication/e xporting_corruption_2018 );

7.

Alhoej, E. 2016. Denmark’s Fall from the AntiCorruption Throne. http://www.engage-
int.com/blog/denmarks-fall-anticorruption-throne-2/);

8.

(OECD (2019), Guidelines on Anti-corruption and Integrity in State-Owned Enterprises,
www.oecd.org/corporate/Anti-Corruption-Integrity-Guidelines-for-SOEs.htm);

9.

The Criminal Code of Finland (39/1889, amendments up to 927/2012 included
https://sherloc.unodc.org/cld/uploads/res/document/fin/the-criminal-code-of-
finland_html/Criminal_code_of_Finland.pdf);

10.

(Finnish

Ministry of Justice.

(2021). Anti-Corruption Strategy for Finland

2021 2025. Finnish Government. [Elektron manba]. URL: https://julkaisut.valtioneuvosto.fi/bitst
ream/handle/10024/163398/VN_2021_68.pdf?sequence=1&isAllowed=y);

11.

(OECD. (2022). OECD Guidelines on Anti-Corruption and Integrity in the Public Sector. OECD
Publishing. [Elektron manba] file:///C:/Users/user/Downloads/315dab91-en%20(1).pdf);

12.

World Bank. (2023). (World Development Indicators 2023. World Bank. [Elektron manba]. URL:
https://data.worldbank.org/.);

13.

United Nations Office on Drugs and Crime (UNODC). (2022). Corruption and Anti-Corruption.
United Nations. https://www.unodc.org/unodc/en/corruption/).

References

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 25-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. https://uza.uz/oz/politics/zbekiston- respublikasi-prezidenti-shavkat- mirziyeevning-oliy-25-01-2020. (President Shavkat Mirziyoyev’s Address to the Oliy Majlis);

Авдеев В.А., Авдеева О.А. Стратегические направления противодействия коррупции в РФ // Российская юстиция. 2016. № 7. С. 19–21. (Strategic directions for combating corruption in the Russian Federation. Avdeev V.A., Avdeeva O.A.);

O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni. // https://lex.uz/docs/-3088008 / (Law of the Republic of Uzbekistan on Combating Corruption);

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi. // [Elektron manba]. URL: https://lex.uz/docs/-1461329 (United Nations Convention Against Corruption); URL:https://www.transparency.org/en/cpi/2020/index/nzl);

Transparency International. (2023). Corruption Perceptions Index 2023. Transparency International. [Elektron manba]. URL: https://www.transparency.org/en/cpi/2023/index);

Transparency International. 2018c. Exporting Corruption – Progress Report 2018: Assessing Enforcement of the OECD Anti-Bribery Convention (Rep.). [Elektron manba]. URL: https://www.transparency.org/whatwedo/publication/e xporting_corruption_2018 );

Alhoej, E. 2016. Denmark’s Fall from the AntiCorruption Throne. http://www.engage-int.com/blog/denmarks-fall-anticorruption-throne-2/);

(OECD (2019), Guidelines on Anti-corruption and Integrity in State-Owned Enterprises, www.oecd.org/corporate/Anti-Corruption-Integrity-Guidelines-for-SOEs.htm);

The Criminal Code of Finland (39/1889, amendments up to 927/2012 included https://sherloc.unodc.org/cld/uploads/res/document/fin/the-criminal-code-of-finland_html/Criminal_code_of_Finland.pdf);

(Finnish Ministry of Justice. (2021). Anti-Corruption Strategy for Finland 2021 2025. Finnish Government. [Elektron manba]. URL: https://julkaisut.valtioneuvosto.fi/bitstream/handle/10024/163398/VN_2021_68.pdf?sequence=1&isAllowed=y);

(OECD. (2022). OECD Guidelines on Anti-Corruption and Integrity in the Public Sector. OECD Publishing. [Elektron manba] file:///C:/Users/user/Downloads/315dab91-en%20(1).pdf);

World Bank. (2023). (World Development Indicators 2023. World Bank. [Elektron manba]. URL: https://data.worldbank.org/.);

United Nations Office on Drugs and Crime (UNODC). (2022). Corruption and Anti-Corruption. United Nations. https://www.unodc.org/unodc/en/corruption/).