EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLARNING KRIMINALISTIK TAVSIFI

Annotasiya

Sodir etiladigan barcha jinoyatlar maʼlum bir ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiladi. Ekologiya sohasidagi jinoyatlarning ham sodir etilishiga qarshi kurash masalasi yangi asrning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Har bir jinoyat ishlari bo‘yicha tergov jarayonini samarali olib borish uchun tergovchi va surishtiruvchilarga, avvalo, tergov qilinayotgan turdagi jinoyatlarning batafsil kriminalistik tavsifini bilish talab qilinadi. Shundan kelib chiqib, ushbu maqolada ham ekologiya sohasidagi jinoyatlarning kriminalistik tavsifi xususida so‘z yuritiladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
f
785-793
78

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Ubaydullayev, I., & Pirxonov, S. . (2023). EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLARNING KRIMINALISTIK TAVSIFI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 2(10), 785–793. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25870
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Kalit so‘zlar:

Annotasiya

Sodir etiladigan barcha jinoyatlar maʼlum bir ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiladi. Ekologiya sohasidagi jinoyatlarning ham sodir etilishiga qarshi kurash masalasi yangi asrning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Har bir jinoyat ishlari bo‘yicha tergov jarayonini samarali olib borish uchun tergovchi va surishtiruvchilarga, avvalo, tergov qilinayotgan turdagi jinoyatlarning batafsil kriminalistik tavsifini bilish talab qilinadi. Shundan kelib chiqib, ushbu maqolada ham ekologiya sohasidagi jinoyatlarning kriminalistik tavsifi xususida so‘z yuritiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

785

EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLARNING KRIMINALISTIK TAVSIFI

Ubaydullayev Ilxomjon Raxmatovich

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi

“Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi 2-darajali yurist.

Telefon: +998911515452

ubayilxom@gmail.com

Pirxonov Samandar Yo‘lchiboy o‘g‘li

“Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 1-bosqich 32-23-guruh o‘quvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10182352

Annotatsiya.

Sodir etiladigan barcha jinoyatlar maʼlum bir ijtimoiy munosabatlarga

tajovuz qiladi. Ekologiya sohasidagi jinoyatlarning ham sodir etilishiga qarshi kurash masalasi
yangi asrning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Har bir jinoyat ishlari bo‘yicha tergov
jarayonini samarali olib borish uchun tergovchi va surishtiruvchilarga, avvalo, tergov
qilinayotgan turdagi jinoyatlarning batafsil kriminalistik tavsifini bilish talab qilinadi. Shundan
kelib chiqib, ushbu maqolada ham

ekologiya sohasidagi jinoyatlarning kriminalistik tavsifi

xususida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

tergovni tashkil etish, tezkor – qidiruv, tergov harakatlarining taktik usullari,

nosog‘lom ekologik sharoit, jinoiy tajovuz obyekti, jinoiy tajovuz obyektiv tomoni, jinoiy tajovuz
subyekti, jinoiy tajovuz subyektiv tomoni belgilari.

CRIMINALISTIC DESCRIPTION OF CRIMES IN THE FIELD OF ECOLOGY

Abstract.

All crimes committed encroach on a certain social relationship. The issue of

combating the occurrence of crimes in the field of ecology, too, is one of the pressing problems of
the new century. In order to effectively conduct the investigative process in each criminal case,
investigators and interrogators are required, first of all, to know the detailed criminalistic
description of the crimes of the type being investigated. It follows that this article will also talk
about the criminalistic description of crimes in the field of Ecology.

Key words:

Organization of Investigation, operational – search, tactical methods of

investigative actions, unhealthy environmental conditions, the object of criminal aggression, the
objective side of criminal aggression, the subject of criminal aggression, the subjective side of
criminal aggression.

КРИМИНАЛИСТИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ПРЕСТУПЛЕНИЙ В

ОБЛАСТИ ЭКОЛОГИИ

Аннотация.

Все совершаемые преступления посягают на определенные

общественные отношения. Вопрос противодействия совершению преступлений в сфере
экологии также является одной из актуальных проблем нового века. Для эффективного
проведения следственного процесса по каждому уголовному делу следователи и
дознаватели обязаны, прежде всего, знать подробную криминалистическую
характеристику расследуемого вида преступлений. Исходя из этого, в данной статье
также будет рассмотрена криминалистическая характеристика преступлений в сфере
экологии.

Ключевые слова:

организация расследования, оперативно – розыскные, тактические

методы следственных действий, неблагоприятные экологические условия, признаки
объекта

преступного

посягательства,

объективной

стороны

преступного


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

786

посягательства, субъекта преступного посягательства, субъективной стороны
преступного посягательства.

Sodir etiladigan barcha jinoyatlar maʼlum bir ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiladi.

Bugungi fan - texnika kundan kunga jadal surʼatda taraqqiy etib, jinoyatlarning ham yangicha
ko‘rinishlari paydo bo‘layotgan davrda jinoyatlarni tez va to‘liq ochish, ularning oldini olish uchun
jinoiy ish yuzasidan tergovni tashkil etish, rejalashtirish, tezkor - qidiruv xodimlari bilan
hamkorlik, o‘tkaziladigan tergov harakatlarining taktik usullarini, umuman, jinoyatlarning tergov
qilish uslubiyotlarini ham ilmiy - amaliy jihatdan takomillashtirib borish talab qilinadi.

Maʼlumki, ijtimoiy xavfli qilmishlar davlatning ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotiga,

barqarorligiga zarar yetkazadi, rahna soladi.

Bu borada O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimov istiqlolning dastlabki

yillaridayoq, “Har bir davlat tarixida yangi ijtimoiy sifat holatiga o‘tish, afsuski korrupsiya va
jinoyatchilik kabi jirkanch hodisa bilan birga yuz bergan. Shu bilan birga, jinoyatchilikning o‘sishi
nafaqat islohotlar yo‘liga jiddiy to‘siq, balki o‘tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga
ham qarshi bevosita tahdid tug‘diradi"

1

, - degan fikrlarni aytgan edi.

Shu sabab ekologiya sohasidagi jinoyatlarning ham sodir etilishiga qarshi kurash masalasi

yangi asrning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Yakin vaqtlargacha ham sayyoramizning
tabiiy boyliklari behisob, tabiiy muhitning zahiralaridan har qancha foydalanish mumkin degan
fikr mavjud edi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, fan - texnikamining jadal surʼatlarda rivoj topib borishi
makon va zamonda tobora kuchayib borayotgan ifloslanish jarayoni va tabiatga bo‘lgan
antropogen salbiy taʼsirlar ushbu fikrning noto‘g‘riligini ko‘rsatdi. Bugungi kunga kelib insoniyat
barcha mavjud tabiiy boyliklarning uchdan bir qismini sarflab bo‘ldi. Qisqa vaqt ichida atrof -
muhitni himoya qilish muammosi bugungi va kelajak avlodning hayoti va sog‘lig‘iga aloqador
bo‘lgan umuminsoniy global muammolardan biriga aylandi.

Zero O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida aynan shu masalaga alohida modda

ajratilib (50-modda), undafuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga
majbur ekanliklari burch sifatida belgilab qo‘yildi

2

. Bundan tashqari, O‘zbekiston

Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuning 12-moddasi insonning
yashash uchun qulay atrof tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqi va bu muhitni saqlab qolish
borasidagi burchi deb nomlanib, unda O‘zbekiston Respublikasi aholisi o‘z salomatligi va kelajak
avlodning salomatligi uchun qulay tabiiy muhitda yashash, o‘z salomatligini atrof muhitning
zararli taʼsiridan muhofaza qilish huquqiga ega ekanligi, ana shu maqsadda O‘zbekiston
Respublikasi aholisi tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha jamoat tashkilotlariga birlashish, atrof
tabiiy muhitning ahvoli hamda uni muhofaza qilish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga doir
axborotlarni talab qilish va olish huquqiga ega ekanligi, shu sababli ham O‘zbekiston Respublikasi
aholisi tabiiy resurslardan oqilona foydalanishi, tabiat boyliklariga ehtiyotlik bilan munosabatda
bo‘lishi, ekologiya talablariga rioya etishi shart ekanligi qatʼiy ko‘rsatib qo‘yilgan.

3

1

I.A.Karimov "O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot

kafolatlari", T.: “O‘zbekiston”.1997.85-bet.

2

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

3

O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 754-XII-con Qonuni 09.12.1992- yil.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

787

Ekologiya sohasidagi jinoyatlar ijtimoiy xavfli, fuqarolarning keng tarqalgan huquqqa

xilof harakatlaridan biri bo‘lib, ularni sodir etish yoki sodir etilishiga yo‘l qo‘yish insoniyat yashab
to‘rgan muhitning yomonlashuviga, kelajak hayot tarzining pasayishiga, o‘limning,
kasalliklarning ko‘payishiga, aholi genofondining buzilishi, nosog‘lom va nochor ekologik
hududlarning paydo bo‘lishi, tabiiy resurslarning tiklanmaydigan darajada tanazzulga uchrashi,
yer usti va osti suvlari sifatining yomonlashuvi, radioaktiv ifloslanishning tarqalishi, atmosfera
havosining ifloslanishi va iqlim o‘zgarishi xavfini, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibining buzilishini,
umuman, nosog‘lom ekologik sharoit - ijtimoiy tanglikning o‘sishini keltirib chiqaradi.

Xorij olimlari tomonidan ham bu turdagi jinoyatlarning latentlik darajasi yuqori ekanligi

taʼkidlanadi.

4

Ekologiya sohasidagi jinoyatlarga qarshi ko‘rashning hozirgi ahvoli haqida so‘z

yuritganda, bu fikrlariga qo‘shilish o‘rinlidir.

Bundan tashqari, “...ekologik jinoyatlarni sodir ettan aybdorlarga nisbatan aksariyat

hollarda mahmuriy jazo qo‘llash bilan kifoyalanib qolinadi. Albatta masalaga bunday yondashish
ekologik muammolarning yana-da keskinlashuviga, uning tirik mavjudotlar uchun xavfi yana-da
oshishiga, ekologik jinoyatlarni sodir etishning yana-da ko‘payishiga olib keladi”

5

.

Har bir jinoyat ishlari bo‘yicha tergov jarayonini samarali olib borish uchun tergovchi va

surishtiruvchilarga, avvalo, tergov qilinayotgan turdagi jinoyatlarning batafsil kriminalistik
tavsifini bilish talab qilinadi. Bu haqda prof. G.Abdumajidovning fikrlariga ehtibor qaratish
o‘rinlidir: “Jinoyatlarning kriminalistik tavsifi jinoyat va jazo to‘g‘risidagi qonunda belgilab
qo‘yilgan ijtimoiy jihatdan xavfli g‘ayrihuquqiy qilmishlarning ko‘rib chiqilayotgan turlari eng
muhim tomonlari to‘g‘risidagi umumlashtirilgan daliliy maʼlumotlardan hamda ularga asoslangan
ilmiy xulosalar va tavsiyalar tizimidan iborat bo‘ladi. Kriminalistik tavsiflarni bilish jinoyat
ishlarini tez, har tomonlama va holisona tergov qilishni tashkil etish uchun zarurdir”.

6

Ayni vaqtda jinoyatlarning kriminalistik tavsifi mazmuni tavsiflanayotgan jinoiy

qilmishning mohiyatiga, tergov qilish xususiy uslubiyotining turi va ishlanganlik darajasiga, ilmiy
tadqiqotning vazifa va usullariga hamda boshqa bir qator omillarga ham bog‘liq bo‘ladi.

Jinoyatlarning kriminalistik tavsifi xususida bir qator olimlar o‘z fikrlarini bayon etishgan.

Jumladan, L.L.Kanevskiy kriminalistik tavsifni quyidagicha izohlaydi: “jinoyatlarni aniqlash,
tergov qilish va ochish uchun ahamiyatli bo‘lgan jinoyatlarni sodir etish va uni yashirish sharoiti,
usul va mexanizmi, jinoyatchi va jabrlanuvchi shaxsni tavsiflovchi alohida turdagi jinoyatlarning
individual xususiyatlarining o‘zaro bog‘liq majmuidir”

7

.

I.F.Panteleyevning taʼkidlashicha esa, “jinoyatlarning kriminalistik tavsifida kriminalistik

ahamiyatga ega bo‘lgan elementlar qancha ko‘p va aniq bo‘lsa, tergov amaliyoti uchun u
shunchalik ahamiyatli va mazmunli bo‘ladi"

8

.

O‘z navbatida Kriminalistik tavsifning asosiy elementlariga aniqlik va qo‘shimcha kiritnsh

jinoyat haqidagi kriminalistik bilimlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Alohida turdagi

4

Internet: www.law.isv.ru

5

M.B.Usmonov Ekologik jinoyatlarni baholash. “Hayot va qonun“, 2001.№2-3.36-bет.

6

Kriminalistika darslik 2-jild “Adolat”, T.: 2003. 13-bet.

7

Л.Л.Каневский Криминалистические проблемы расследования и профилактики преступлений

несовершеннолетных. Краснояск, 1991. Стр.74.

8

И.Ф.Панталеев Методика расследования преступлений. М.: 1975.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

788

jinoyatlar kriminalistik tavsifning har qanday elementining ahamiyati ularning ushbu jinoyatlarni
tergov qilishdagi roli bilan belgilanadi.

R.S.Belkinning fikricha, “jinoyat kriminalistik tavsifi muhimligini aniqlash tergov qilish

xususiy uslubiyoti elementlaridan isbot qilish lozim bo‘lgan holatlarni istisno qiladi. Kriminalistik
tavsif mazmuni isbot qilish predmetining barcha elementlarini maʼlum kategoriya jinoyatlarni
tergov qilishga xos xususiyatlari bilan birga o‘z ichiga olishi lozim. Mazmunan, isbot qilish lozim
bo‘lgan holatlar kriminalistik tavsifning bir qismi hisoblanadi”.

9

Bundan tashqari prof. G‘.Abdumajidov: “Azaldan, har qanday jinoyatni tergov qilishda

haqiqatni aniqlash yetti hadli formula bilan, yaʼni nima, qayerda, qachon, qay tarzda, kim, kimning
yordamida, nima uchun degan yettita savolga javob olish bilan bog‘langan. Lekin bu formulani
universal deb bo‘lmaydi, chunki u juda qisqa bo‘lib, u har xil turdagi jinoyatlarni tergov qilish
xususiyatlarini hisobga olish imkonini bermaydi. Jinoyat ishlarini tergov qilishda aniqlanishi
lozim bo‘lgan savollar doirasini o‘n ikkitagacha ko‘paytirish to‘g‘risidagi taklif ham bu
kamchiliklarni bartaraf etgani yo‘q”

10

, - degan fikrni ilgari suradi.

Bugungi kunda jinoyatlarga kriminalistik tavsif berishda, dastlabki tergov jarayonida

aniqlanishi lozim bo‘lgan, jinoyat tarkibining asosiy elementlari bo‘yicha muayyan tizimga
solingan holatlar keltirilishini to‘g‘ri deb hisoblash mumkin. Yaʼni:

- jinoiy tajovuz obyekti - tajovuz nimaga qaratilgan, nimaga zarar yetkazilgan, zararning

miqdori qancha va boshqalar;

- jinoiy tajovuzning obyektiv tomoni - qachon, qayerda, qay holatda, qanday usulda, bir

yoki bir necha kishining harakati bilan sodir etilganmi, ularning har biri qanday harakatni bajargan,
qilmish va yetkazilgan oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish, jinoyatga ko‘maklashgan holatlar,
sabab va sharoitlar, vaziyat kabilar;

- jinoiy tajovuz subyekti - kim tomonidan sodir etilgan, uning shaxsini tavsiflovchi

maʼlumotlar;

- jinoiy tajovuzning subyektiv tomoni - ayb shakllari, maqsad va motivlar.
Jinoyatlarning kriminalistik tavsifi elementlari sifatida jinoyatlarni sodir etish hamda

yashirish usullari bilan bog‘liq maʼlumotlar tizimi, ehtimol tutilgan jinoyatchining va
jabrlanuvchining shaxsi to‘g‘risidagi maʼlumotlar, jinoyat ishini tergov qilishda aniqlanishi lozim
bo‘lgan holatlar doirasini aytib o‘tish joizdir.

Kriminalistik tavsif tergov, ekspert, tezkor - qidiruv, sud amaliyoti tahliliga asoslanadi va

tegishli turdagi jinoyatlarni tergov qilish uslubiyoti orqali ushbu amaliyotda qo‘llaniladi, tergov
uslubiyoti uchun u asos hisoblanadi. Ushbu tavsifning tarkibiy qismlari “mazkur jinoyat turiga xos
bo‘lgan qonuniy, sababiy-tergov bog‘liqlari majmui, jinoyat tarkibi aniqlangan elementlari
o‘rtasida, shu jumladan, ushbu elementlarning turli kombinatsiyalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liq
aloqalarini o‘rnatish”

11

hisoblanadi.

Ekologiya sohasidagi jinoyatlarni tavsiflovchi kriminalistik ahamiyatga ega axborot

quyidagi maʼlumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:

9

Р.С.Белкин Курс криминалистики: в 3 т. М.: 1997.

10

Kriminalistika. Prof.G‘.Abdumajidovning um.tahriri ostida. “Adolat” T.: 2003. 15-bet.

11

В.К.Гавло К вопросу о криминалистической характеристике преступлений// Вопросы повышения

эффективности борьбы с преступностью. Томск.: 1980. Стр-43.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

789

1. jinoiy qilmish joyi va predmeti haqidagi;
2. jinoyat sodir etish va yashirish usullari haqidagi;
3. jinoyat sodir etish vaqti va vaziyati haqidagi, jinoyat sodir etish natijasida kelib

chiqadigan izlar haqidagi;

4. sodir etilgan jinoyat oqibatlari haqidagi;
5. ushbu jinoyatlarni sodir etayotgan shaxslar tavsifi haqidagi;
6. jinoyat sodir etishga ko‘maklashgan holatlar haqidagi.
Jinoiy qilmish predmeti, usuli, holati va vaqti, oqibatlari kabi elementlar alohida

ahamiyatga ega. Eng ko‘p maʼlumot manbai sifatida ular tabiiy obyekt qanchalik zararlanganligini
yoki ifloslanish darajasini belgilab beradi. Ular, shuningdek, ifloslanish manbaini aniqlashga
imkon beradi va jinoyatchilar shaxsi, ularning harakat obrazini tavsiflaydi. Jinoiy qilmish
predmetini o‘rganish ushbu predmet va jinoyat kriminalistik tavsifining boshqa elementlariga
taalluqli belgilar o‘rtasida aloqani belgilashga samarali imkon beradi, shuningdek vujudga kelgan
vaziyatdan kelib chiqib sodir etilgan jinoyat, uni sodir etish usullari va izlarni yashirish hamda
jinoyatchi shaxsi haqida versiyalar ilgari surishga imkon beruvchi isbotlash predmeti sifatida
muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Jinoiy qilmish tabiiy atrof muhitga yoki uning alohida komponentlariga qaratilishi

mumkin. Shunga muvofiq, jinoyat obyektlarini integratsiyalashgan (tabiiy ekologik tizimlar,
tabiiy komplekslar, tabiiy landshaftlar), differensiyalashgan (yer, tuproq, o‘rmon, yer osti
boyliklar, hayvonlar va o‘simliklar), alohida muhofaza qilinadigan (qo‘riqxonalar, milliy parklar,
qizil kitobga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklar) kabi turlarga ajratish mumkin.

Jinoiy qilmish predmeti sifatida tabiiy atrof muhit va uning komponentlariga jinoyat sodir

etilishi natijasida har doim zarar yetkaziladi yoki zarar yetkazish real xavfi paydo bo‘ladi. Zarar
alohida tabiiy obyektlarning ifloslanishi yoki ularning zararlanishi yoxud yo‘q qilinishida
namoyon bo‘lishi mumkin. Alohida hollarda jinoiy qilmish predmeti bo‘lgan tabiiy obyekt joyi
ahamiyatga ega bo‘ladi (Masalan: qo‘riqxona hududida ov qilish, alohida muhofaza qilinadigan
hududlar rejimini buzish). Mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha tabiiy resurslarning ifloslanishi, ajratib
olinishi, yo‘q qilinishi yoki zarar yetkazilish joyini aniq belgilash talab qilinadi.

Jinoyatni sodir etish va yashirish usullari haqidagi maʼlumotlar - kriminalistik tavsifning

markaziy qismidir. chunki aynan ushbu maʼlumotlar jinoiy faoliyatning funksional tomonnni aks
ettiradi. Ularni hamda ularning qo‘llanilishini ko‘rsatuvchi belgilarni bilmasdan jinoyatni tergov
qilish imkonsizdir. Kriminalistikada prinsip mavjud: “Jinoyat sodir etish usulidan - uni aniqlash
va ochish usuliga”

12

.

Kriminalistik adabiyotlarda belgilanganidek, kriminalistik tavsif elementi sifatida sodir

etish usuli - qasd va maqsad birligini o‘z ichiga oluvchi subyektning harakatlari tuzilishidir.
Jinoyat maqsadi va motivini to‘g‘ri anglash jinoiy tajovuz predmeti va obyekti haqida, konkret
shaxslar va qilmishga ularning ichki ruhiy munosabati haqida, jinoiy harakatlar va jinoyat izlarini
yashirish usuli, ekologiya sohasidagi jinoyat sodir etishda qo‘llanilgan usullar, qurollar va boshqa
predmetlar haqida taxmin qurishga imkon beradi.

12

Криминалистика /Под ред. Р.С.Белкина. стр-686.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

790

Ekologiya sohasidagi jinoyatlarni sodir etishda, qilmish, odatda, ekologiya qonunchiligida

belgilangan, yaʼni atrof muhit muhofazasi va ekologik xavfsizlikni tahminlashga qaratilgan
maxsus normalar hamda qoidalarni buzish yoki ularda belgilangan talablarga rioya etmaslik bilan
ifodalanadi.

Ekologiya sohasidagi jinoyatlar tozalash qurilmalarini ekspluatatsiya qilish, ekologik

xavfli moddalar bilan muomala qilish qoida va yo‘riqlarini bajarmaslik va boshqalarda namoyon
bo‘luvchi harakatsizlik yo‘li bilan ham sodir etilishi mumkin.

Jinoyat sodir etish usulini bilish tergovchi va tezkor qidiruv xodimiga tergov yo‘nalishini

belgilash, vujudga kelgan vaziyatda tergov versiyalarini tuzish, samarali harakatlar va tezkor -
qidiruv choralarini amalga oshirish imkonini beradi.

Ekologiya sohasidagi jinoyatlarga sodir etishning quyidagi usullari xosdir:
- Konkret qoidalarni buzish: turli obyektlarni loyihalash va qurish bo‘yicha; ekologik

xavfli moddalar va chiknndilar bilan muomala qilish qoidalari; veterinar qoidalar; yer osti
boyliklarini muhofaza qilish va foydalanish qoidalari; ov, baliq ovlash va boshqa qoidalar.

- Alohida tabiiy obyektlar va tabiiy atrof-muhit komponentlarining ifloslanishi. Bunday

ifloslanish deganda atrof-muhitga joylashuvi yoki miqdori salbiy taʼsir ko‘rsatadigan moddalar
yoki energiyaning kirib kelishi tushuniladi. Ifloslantiruvchi modda jumlasiga kimyoviy radioaktiv,
boshqa moddalar va mikroorganizmlar uchun belgilangan normativlardan ko‘p bo‘lgan miqdor
yoki konsentratsiyada bo‘lgan hamda atrof - muhitga salbiy taʼsir ko‘rsatadigan moddalar yoki
moddalarning aralashmasidir.

- Tabiiy, tabiiy-antropogen obyekt yoki tabiiy atrof- muhitning alohida komponentini

noqonuniy ajratib olish, istehmol qilish, zarar yetkazish yoki yo‘q qilish.

Noqonuniy ov qilish, suv hayvonlarini tutish va o‘simliklarini olish, daraxt va butazorlarni

chopish bilan bog‘liq jinoyat sodir etish usulining shakllanishiga jinoyatchilarning amaliy
tajribalari, bilimlari, kobiliyatlari, odatlari kabi omillar sezilarlitaʼsir ko‘rsatadi. “Bilim va odatlar,
inson faoliyatining ajralmas komponenti bo‘lib, jinoyat sodir etishda namoyon bo‘ladi. Boshqa
dalillar bilan mujassamlikda ular jinoyat hodisasining ko‘pgina muhim detallarini aniqlashga
imkon beradi. Tergov jarayonida aniqlangan shaxsning bilim va odat harakatlari xususiyatlari
mazkur jinoyat ishi bo‘yicha aybdor shaxsni aniqlash bilan birga aybdor tomonidan sodir etilgan
boshqa jinoyatlarni aniqlashda foydali bo‘ladi va uning aybining muhim dalillaridan biri bo‘lishi
mumkin"

13

.

Ekologiya sohasidagi jinoyatlarni sodir etish vaziyati o‘z ichiga ikki guruhdagi holatni

oladi:

Birinchidan, tabiiy muhitning alohida komponenti yoki umuman tabiatning ifloslanishiga

aloqasi bo‘lgan yoki bevosita sabab bo‘lgan ishlab chiqarish - texnologik va boshqa jarayonlardir.
Tegishli maʼlumotlarni tergovchi guvohlarning ko‘rsatmalari va turli xildagi texnik hujjatlardan
oladi.

Ikkinchidan, jinoyatni sodir etish vaqti va uning oqibatlari aniqlangan vaqtdagi atrof-

muhitning moddiy holati - ifloslanish manbai, kollektorlar tizimi va boshqa holati. Ushbu holatlar

13

В.И.Чулахов Навыки и привычки человека как источник криминалистически значимой информации:

Дис…канд.юрид.наук. М.: 1999. стр.78.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

791

guruhi, eng avvalo, voqea joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasida aks etadi va jinoiy hodisa
rivojlanishi mexanizmi haqida maʼlumotga ega bo‘ladi.

Ekologiya sohasidagi jinoyatlarni sodir etish vaziyati va vaqti tegishli ekologik mehyor va

qoidalari qayerda va qachon buzilganligini hamda bunda kim aybdorligini belgilashga imkon
beradi. Jumladan, masalan, zaharli ximikatlar bilan yerni zararlantirish agronom va zaharli
ximikatlarni bevosita tuproqqa solgan shaxslar tomonidan agrotexnik qoidalarning buzilnshini
ko‘rsatadi; atmosferaga nfloslantiruvchi moddalarning chiqarilishi korxona tozalash filtrlarining
yo‘qligi, nosozligi yoki noto‘g‘ri ekspluatatsiya qilinishi va natijada ularning sozligi va ishlatilishi
uchun javobgar shaxslarning jinoyatga aloqadorligini ko‘rsatadi.

Atrof-muhitning ifloslanishi xarakteri, zaharli moddalarning tarqalishi vaqti va yo‘nalishi

ifloslantiruvchi - obyekt joylashgan yerni, hatto agar u jinoyat oqibatlari topilgan joydan ancha
uzoq masofada joylashgan bo‘lsa ham, aniqlash imkonini beradi.

Ekologiya sohasidagi jinoyatlar izlarini ikki guruhga ajratish mumkin:
- alohida tabiiy obyektlar va atrof-muhit komponentlarining ifloslanish izlari;
- tabiiy, tabiiy-antropogen obyekt yoki tabiiy atrof - muhitning alohida komponentini

noqonuniy egallash, istehmol qilish, zarar yetkazish, yo‘q qilish izlari.

Ko‘pgina ekologiya sohasidagi jinoyatlar tarkibi o‘z tuzilishi bo‘yicha moddiy tarkibli

hisoblanadi va oqibatlarini belgilash uchun yetkazilgan zararning xarakteri va o‘lchamlarini
belgilash. konkret shaxslar tomonidan tabiatni muhofaza qilish qoidalarining buzilish va kelib
chikkan zarar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni aniqlash ko‘pgina qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi.

Bunda shuni inobatga olish kerakki, ekologiya sohasidagi jinoyatlar bo‘yicha ishlarda

oqibatlarning kelib chiqishn ularga shamolning kuchi va yo‘nalishi. yomg‘ir yog‘ishi,
daryolarning to‘lishi kabi tabiiy jarayonlarning sezilarli taʼsiri bilan shartlanadi. Ularning
mavjudligi, kuchi, davomiyligi ko‘pgina hollarda ko‘rilayotgan jinoyatlar oqibatlarini aniqlash
imkonini belgilaydi.

Ekologiya sohasidagi jinoyatlar kriminalistik tavsifining tarkibiy elementi bo‘lib,

jinoyatchi shaxsi xususiyatlari haqidagi maʼlumotlar hisoblanadi.

Jinoyatchi shaxsi, eng avvalo, boshqa shaxslar bilan ko‘p tomonlama va tizimli

munosabatlar jarayonida shakllangan integratsiyalashgan ijtimoiy ahamiyatli xususiyatlar
majmuidir.

Ekologiya sohasidagi jinoyatlarni sodir etuvchi shaxslardanN.A.Duxno

14

uchta shartli

guruhni ajratadi:

1) Turli korxona, muassasa va tashkilotlarning masʼhul xodimlari, ular o‘z faoliyati

bo‘yicha tabiatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etishlari yoki ularning boshqa shaxslar
tomonidan bajarilnshini nazorat qilib turishlari lozim bo‘ladi;

2) O‘z tashabbusi bilan yoki rahbarlari buyrugi bilan jinoyat sodir etishi mumkin bo‘lgan

oddiy ishchilar;

3) xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ekologik jinoyatlarni sodir etuvchi shaxslar

(masalan, noqonuniy ravishda ov qilish, baliq ovlash, o‘rmon kesish va b.).

14

Н.А.Духно, Ю.Г.Корухов Расследование экологических преступлений. Учеб. Пособие. М.:(МИИТа) 2002.

Стр.4.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

792

Ekologiya sohasidagi jinoyatlar sodir etilishiga sabab bo‘ladigan holatlar tavsifi maxsus

kriminalistik ahamiyatga ega bo‘ladi.

Bularga jinoyat-huquqny normalarning yetarli darajada jiddiy sanksiyaga ega emasligi,

xo‘jalik manfaatlarining ekologik manfaatlardan ustunligi, aholi ekologik madaniyatining past
darajasi, u yoki bu modda va texnologiyalarning atrof-tabiiy muhitga taʼsirining yetarli darajada
o‘rganilmaganligi kabilarni kiritish mumkin.

Ekologiya sohasidagi jinoyatlarning kriminalistik tavsifi haqidagi maʼlumotlar tergov

harakatlari, tezkor qidiruv choralari natijalari hamda sud-biologik va sud-ekologik ekspertizasi,
jinoyat sodir etish holati, uning tergov prognozi va modellashtirilishi, jinoyat sodir etish usuli va
vositalari, izlar, jinoiy tajovuz predmetiga xos xususiyatlar, jinoyatchi shaxsi hamda aybdor
shaxsning javobgarligini og‘irlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi holatlar haqidagi
maʼlumotlarning kriminalistik taxlili yo‘li bilan olinishi mumkin.

Kriminalistik tavsifni tadqiq qilish maʼlum amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi, bu uning

“taxminiylik modeli sifatidagina qaralishi va tergovchi tomonndan faqat yo‘naltiruvchi maʼlumot
sifatida foydalanilishi mumkinlngi”

15

da namoyon bo‘ladi.

Ammo aniqlashtirilgan va detallashtirilgan kriminalistik tavsif uning elementlari o‘zaro

qaramlikda bir-biriga bog‘langan taqdirdagina samarali foydalanilishi mumkin.

Ekologiya sohasidagi jinoyatlariing kriminalistik tavsifini tergov jarayonida qo‘llashdan

tashqari tezkor qidiruv faoliyatida ham samarali qo‘llash mumkii, chunki u mazkur kategoriya
jinoyatlarni sodir etish va aniqlashning tipik usullarini tavsiflaydi, tipik jinoyatchi shaxsi tavsifi
haqidagi maʼlumotni o‘z ichiga oladi va shu orqali tezkor qidiruv faoliyatini amalga oshirish uchun
barcha zaruriy rejalarni o‘z ichiga oladi.


REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. https://lex.uz/docs/111453.

3.

O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 754-XII-con
Qonuni 09.12.1992- yil.

4.

I.A.Karimov "O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari
va taraqqiyot kafolatlari", - T.: “O‘zbekiston”.1997. 85-bet.

5.

Kriminalistika. Prof.G‘. Abdumajidovning um.tahriri ostida. “Adolat” T.: 2003. 15-bet.

6.

Kriminalistika darslik 2-jild “Adolat”, T.: 2003. 13-bet.

7.

M.B.Usmonov Ekologik jinoyatlarni baholash "Hayot va qonun", 2001.№2-3.36-bet.

8.

Л.Л.Каневский Криминалистические проблемы расследования и профилактики
преступлений несовершеннолетных. Краснояск, 1991. Стр.74.

9.

И.Ф.Панталеев Методика расследования преступлений. М.: 1975.

10.

Р.С.Белкин Курс криминалистики: в 3 т. М.: 1997.

15

В.И.Шиканов Теоретические основы тактических операций в расследовании преступлений. Иркутск,

1983. Стр.24.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

793

11.

В.К.Гавло К вопросу о криминалистической характеристике преступлений//
Вопросы повышения эффективности борьбы с преступностью. Томск.: 1980. Стр-
43.

12.

В.И.Чулахов Навыки и привычки человека как источник криминалистически
значимой информации: Дис…канд.юрид.наук. М.: 1999. стр.78.

13.

Криминалистика /Под ред. Р.С.Белкина. стр-686.

14.

Н.А.Духно, Ю.Г.Корухов Расследование экологических преступлений. Учеб.
Пособие. М.:(МИИТа) 2002. Стр.4.

15.

В.И.Шиканов Теоретические основы тактических операций в расследовании
преступлений. Иркутск, 1983. Стр.24.

16.

Internet: www.law.isv.ru

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. https://lex.uz/docs/111453.

O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 754-XII-con Qonuni 09.12.1992- yil.

I.A.Karimov "O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari", - T.: “O‘zbekiston”.1997. 85-bet.

Kriminalistika. Prof.G‘. Abdumajidovning um.tahriri ostida. “Adolat” T.: 2003. 15-bet.

Kriminalistika darslik 2-jild “Adolat”, T.: 2003. 13-bet.

M.B.Usmonov Ekologik jinoyatlarni baholash "Hayot va qonun", 2001.№2-3.36-bet.

Л.Л.Каневский Криминалистические проблемы расследования и профилактики преступлений несовершеннолетных. Краснояск, 1991. Стр.74.

И.Ф.Панталеев Методика расследования преступлений. М.: 1975.

Р.С.Белкин Курс криминалистики: в 3 т. М.: 1997.

В.К.Гавло К вопросу о криминалистической характеристике преступлений// Вопросы повышения эффективности борьбы с преступностью. Томск.: 1980. Стр-43.

В.И.Чулахов Навыки и привычки человека как источник криминалистически значимой информации: Дис…канд.юрид.наук. М.: 1999. стр.78.

Криминалистика /Под ред. Р.С.Белкина. стр-686.

Н.А.Духно, Ю.Г.Корухов Расследование экологических преступлений. Учеб. Пособие. М.:(МИИТа) 2002. Стр.4.

В.И.Шиканов Теоретические основы тактических операций в расследовании преступлений. Иркутск, 1983. Стр.24.

Internet: www.law.isv.ru