EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLAR YUZASIDAN HODISA JOYINI KO‘ZDAN KECHIRISH

Annotasiya

Ushbu tezisda muallif tomonidan ekologiya sohasidagi jinoyatlarni tergov qilishda muhim va kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlaridan biri hisoblangan hodisa joyini ko‘zdan kechirishning ahamiyati hamda kriminalistik jihatlari xususida fikr yuritilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Ubaydullayev, I. (2025). EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLAR YUZASIDAN HODISA JOYINI KO‘ZDAN KECHIRISH. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(1), 199–203. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/62621
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu tezisda muallif tomonidan ekologiya sohasidagi jinoyatlarni tergov qilishda muhim va kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlaridan biri hisoblangan hodisa joyini ko‘zdan kechirishning ahamiyati hamda kriminalistik jihatlari xususida fikr yuritilgan.


background image


Yanvar, 2025-Yil

199

EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLAR YUZASIDAN HODISA JOYINI KO‘ZDAN

KECHIRISH

Ubaydullayev Ilxomjon Raxmatovich

Farg‘ona viloyat yuridik texnikumi

“Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi, 2-darajali yurist.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14684628

Annotatsiya. Ushbu tezisda muallif tomonidan ekologiya sohasidagi jinoyatlarni tergov

qilishda muhim va kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlaridan biri hisoblangan hodisa joyini

ko‘zdan kechirishning ahamiyati hamda kriminalistik jihatlari xususida fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar: hodisa joyi, ko‘zdan kechirish, dalil, versiya yuritish, ko‘zdan kechirishning

taktik usullari, ifloslangan obyektlar, yetkazilgan zarar.

ОСМОТР МЕСТА ЭКОЛОГИЧЕСКОГО ПРЕСТУПЛЕНИЯ

Аннотация.

В данном тезисе автор раскрывает значение криминалистических

аспектов осмотра места преступления, который является важным и неотложным

следственным действием при расследовании преступлений в сфере экологии.

Ключевые слова:

Место происшествия, осмотр, доказательства, версия,

тактические методы осмотра, загрязненные объекты, ущерб.

INSPECTION OF THE SCENE OF AN ENVIRONMENTAL CRIME

Abstract.

In this thesis, the author reflects on the importance and criminalistic aspects of

inspecting the crime scene, which is considered one of the important and urgent investigative

actions in the investigation of crimes in the field of ecology.

Key concepts:

scene, inspection, evidence, versioning, tactical methods of inspection,

contaminated objects, damage.

Maʼlumki, jinoyatlarni tergov qilishda eng muhim va dastlabki, kechiktirib bo‘lmaydigan

tergov harakati bu hodisa joyini ko‘zdan kechirishdir. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish ish bo‘yicha

dalillarni qo‘lga kiritish, sodir etilgan voqea yuzasidan muayyan tasavvur hosil qilish - versiya

yuritish, tergovni rejalashtirish, yaʼni tergov - taktik harakatlarini to‘g‘ri, tezkor, samarali tashkil

etish imkoniyatini yaratadi. Shu sababdan ushbu tergov harakati kechiktirilmasdan o‘tkaziladigan

tergov yoki surishtiruv jarayonidagi dastlabki bosqich harakat hisoblanadi.

Hodisa joyini va boshqa ifloslangan obyektlarni ko‘zdan kechirishni ekologik jinoyatlarni

fosh etishdagi majburiy tavsifga ega bo‘lgan tergov harakati sifatida baholash o‘rinlidir.


background image


Yanvar, 2025-Yil

200

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish har bir tergov qilinayotgan jinoyat ishi bo‘yicha o‘ziga xos

xususiyatga ega bo‘ladi. Tergovchi ushbu xususiyatlardan kelib chiqib, o‘tkazilayotgan tergov

harakatini sodir etilgan muayyan holatga qarab hal qiladi. Ayni chog‘da ko‘zdan kechirishning o‘z

vaqtida va to‘liq o‘tkazilishi hodisa joyi holatini to‘liq tekshirish hamda biror bir ashyoviy

dalilning nazardan chetda qoldirmaslikni taʼminlaydi.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirishni shunday tashkil qilish kerakki, har bir predmet - obyekt

takroran tekshirilmasligi uchun avval statik, so‘ng dinamik usul bilan tekshirilishi va ishga

ahamiyatli bo‘lgan boshqa predmetlar esa nazardan chetda qolmasligi lozim.

1

Ekologiyaga oid jinoyatlarning ko‘p turlari ashyoviy dalillarni to‘plash nuqtai nazardan

qiyinchilik tug‘dirmaydi: masalan, neft mahsulotlarining yerga (tuproqqa) to‘qilishi. Biroq

shunday holatlar ham bo‘ladiki, ular xatto maxsus ilmiy - texnik vositalar bilan qurollangan

tergovchi uchun ham qiyinchilik tug‘diradi. Bunga misol qilib, muayyan yer uchastkasida dov -

daraxt, o‘simliklarining nobud bo‘lishi sabablarini aniqlash ancha mushkul: daraxtlarning nobud

bo‘lishiga jismonan taʼsir ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin, shuningdek, ularning nobud bo‘lishiga

atmosferaning ifloslanishi ham sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ushbu holatlarda muhim

kriminalistik ahamiyatga ega bo‘lgan maʼlumotlarni olishning amaliy chorasi sifatida tergov va

sud harakatlariga mutaxassislarni jalb etish talab qilinadi.

Taʼkidlash lozimkn, ko‘zdan kechirish paytida ko‘zdan kechirilayotgan obyektning turi va

ish uchun ahamiyatli barcha holatlarni aniqlash hamda batafsil qayd etish kerak.

Mutaxassisning voqea joyini ko‘zdan kechirishni amalga oshirishdagi asosiy vazifalari

jumlasiga: tergovchiga voqea joyini professional to‘g‘ri tasvirlab yozish, shu bilan birga jinoyat

oqibatida yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini belgilashda yordam ko‘rsatish; turli

namuna va nusxalarni (suv, havo, tuproq, nobud bo‘lgan flora va fauna) izlash, olish va ularning

saqlanishini taʼminlashda ko‘maklashish; zararli moddalarning tezkor tahlilini o‘tkazishda

ko‘maklashish (bu asosan ifloslanish manbai haqidagi versiyalarning oldinga surilishiga

imkoniyat beradi) singari vazifalarni kiritish mumkin.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish tergov harakatini o‘tkazish chog‘ida ko‘zlangan maqsadga

erishishning samarali taktik usullari ishlab chiqilgan bo‘lib, bular: markazdan atrofga; atrofdan

markazga; muayyan hududlarga bo‘lib ko‘zdan kechirish usullaridir. Mazkur usullarning qay

birini tanlashni tergovchi hodisa sodir etilgan joyning xususiyati, sharoiti va boshqa holatlardan

kelib chiqib hal qiladi.

1

A.Norboyev. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish. Uslubiy qo‘llanma. “Kamolot-Qatortol”, T.: 1999. 11-bet.


background image


Yanvar, 2025-Yil

201

Ifloslangan qishloq xo‘jalik ekinlarini ko‘zdan kechirishda ularning turi hamda navlari

aniqlanishi lozim. Bunda ekin maydoni, ekinlarga qay darajada zarar yetkazilgani, ifloslantiruvchi

moddalar, ularning qanchalik yoyilganligi kabilar qayd etilishi kerak.

Atrof muhitning ifloslanishi natijasida nobud bo‘lgan hayvonlarning jasadlari topilganda,

avvalo, ularning turi, tur bo‘yicha miqdori, ularning ifloslanish manbaiga nisbatan qayerda

joylashganligi kabilarga eʼtibor qaratiladi.

Ifloslanish manbaini ko‘zdan kechirish jarayonida, yuqorida aytilganidek, tegishli

mutaxassis hamda ko‘zdan kechirilayotgan obyektda ishlovchi, yaʼni faoliyati ifloslanish hodisasi

bilan bog‘liq bo‘lgan xodimning ishtirok etishi zarur. Jumladan, tozalash inshootini ko‘zdan

kechirishda inshootning turi, faoliyat sohasi, suv tozalash inshootining eng yaqin aholi joyiga

nisbatan joylashgan o‘rni, tozalash uslubi, inshootning konstruksiya, asbob - uskunalarning ishga

yaroqlilik holati, obyektning loyihaga, texnologik reglamentga qanchalik muvofiq kelishi,

tozalanayotgan suvning inshoot va uning qismlarida qanday tezlikda harakat qilishi, inshootning

taʼmirlanganligi yoki qo‘shimcha tarzda asbob - uskunalar bilan taʼminlanganligini kuzatish

lozim.

Ifloslangan oqova suvlarni ko‘zdan kechirish chog‘ida suvning rangi, uning suv tozalash

inshootiga kelib tushgunga qadar hamda chiqish davridagi tiniqlik holati ham o‘rganilishi zarur.

Suv namunasini tozalash inshootiga qadar va undan keyingi joylardan, shuningdek,

kanalizatsiya tizimi hamda oqova suvlar tushayotgan suv havzasidan ( 500 metr atrofida ) olish

tavsiya etiladi.

2

Gazni tozalash yoki changni tutish qurilmasini ko‘zdan kechirish ham katta ahamiyagga

ega. Ko‘zdan kechirishga kirishishdan oldin, albatta, xavfsizlik choralari ko‘rilishi lozim.

Ko‘zdan kechirish paytida qurilmaning ishga sozligi yoki nuqsonlari mavjudligi, turi, ish

jarayoni ko‘rsatkichlar reglamentida belgilanganiga qanchalik muvofiq ekanligi o‘rganiladi.

Qurilmaga kirayotgan va undan chiqayotgan havoning tarkibini mutaxassis gazoanalizator

yordamida aniqlaydi.

Atmosfera havosi ifloslangan taqdirda gaz - chang chiqindilarining o‘rnashgan joyi,

sanitariya himoya hududining hamda, imkoniyatga qarab, ifloslantiruvchi moddalar o‘tirib qolgan

hududning chegaralari, begona hidlarning bor - yo‘qligi, agar bor bo‘lsa, ularning xarakteri,

2

T.Mirzayev. Ekologiyaga oid jinoyatlarni tergov qilish. “Yangi asr avlodi”, -T.: 2001. 33-bet.


background image


Yanvar, 2025-Yil

202

ifloslantiruvchi manba atrofida yangi qurilishlarning bor - yo‘qligi, ko‘zdan kechirish chog‘idagi

meteorologik sharoitlar aniqlanib, tegishli tartibda qayd qilinadi.

Jinoyat haqida xabar berish va ekspertiza tekshiruvlarini o‘tkazish uchun obyektlarni olish

jarayoni o‘rtasidagi muddat minimal bo‘lishi lozim. Olinayotgan namunalarning hajmi tegishli

tekshirishlarni o‘tkazish uchun yetarli bo‘lishi lozim. masalan, baliqlarning nobud bo‘lishi holatida

har bir turdan bir qancha nusxalar olinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-Protsessual kodeksning 91-92 - moddalari talablariga

muvofiq foto va kinosuratlar, audio va videoyozuvlar hamda boshqa maʼlumot tashuvchilar

doimiy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar sifatida qaraladi. Shuning uchun audio va videoyozuvlar

protsessual qonunchilik bilan belgilangan tartibda amalga oshirilmog‘i lozim.

Ekologiya sohasidagi jinoyatlarni muvaffaqiyatli tergov qilish tergovdagi taktik usullar,

maxsus bilimlar, kuchli mutaxassislarning ishga jalb qilinishi bilan birga zamonaviy kriminalistik

texnik vositalar bilan taʼminlanganlikni ham taqozo etadi. Bu borada gap, tergovchining o‘zi bilan

birga olib yurishi lozim bo‘lgan tergov chemodani xususida bormoqda.

Bu turdagi jinoyatlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, tergovning hal qilishi

lozim bo‘lgan savollariga javob beradigan tergov chemodanini qayta ishlab chiqish taklif qilinadi.

Ushbu tergov chemodani negizida ekologiya sohasidagi jinoyatlar bo‘yicha hodisa joyini

ko‘zdan kechirish va namunalar olishda zarur bo‘ladigan bir qator takomillashtirilgan texnik

vositalar majmui bo‘lgan universal tergov chemodanini ishlab chiqilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar

edi.

Ushbu turdagi jinoyatlar bo‘yicha ish yuritishda bevosita hujjatlar bilan ishlashga to‘g‘ri

keladi. Hujjatlar bilan ishlash deyilganda xo‘jalik faoliyatini yurituvchi obyektlarda atrof muhitni

muhofaza qilish faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlar bilan tanishib chiqish tushiniladi.

Hujjatlar bilan tanishuv orqali baʼzi mansabdor shaxslar vakolati, hujjatlarning bajarilish

talablariga rioya etish darajasi to‘g‘risida xulosa qilish mumkin. Bu ijtimoiy xavfli xatti -

harakatlarni ifodalaydigan hamda jinoyat ishiga kerakli bo‘lgan asosiy hujjatlar darajasini aniqlash

imkoniyatini yaratadi.

Zarur hujjatlarni o‘z vaqtida olish va ularni o‘rganib chiqish guvohlar, gumonlanuvchi va

ayblanuvchi shaxslarni ancha samarali so‘roq qilishga imkoniyat beradi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.


background image


Yanvar, 2025-Yil

203

2.

O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrdagi “Tabiatni muhofaza qilish

to‘g‘risida”gi qonuni. https://lex.uz/docs/107115.

3.

A.Norboyev. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish. Uslubiy qo‘llanma. “Kamolot-Qatortol”, T.:

1999. 11-bet.

4.

T.Mirzayev. Ekologiyaga oid jinoyatlarni tergov qilish. “Yangi asr avlodi”, -T.: 2001. 33-

bet.

5.

Kriminalistika. Darslik. 2-jild. “Adolat”. -T.: 2003. 13-bet.

6.

Kriminalistika. Darslik. Mualliflar jamoasi - Toshkent:TDYU, 2018.-515 b.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrdagi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni. https://lex.uz/docs/107115.

A.Norboyev. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish. Uslubiy qo‘llanma. “Kamolot-Qatortol”, T.: 1999. 11-bet.

T.Mirzayev. Ekologiyaga oid jinoyatlarni tergov qilish. “Yangi asr avlodi”, -T.: 2001. 33-bet.

Kriminalistika. Darslik. 2-jild. “Adolat”. -T.: 2003. 13-bet.

Kriminalistika. Darslik. Mualliflar jamoasi - Toshkent:TDYU, 2018.-515 b.