ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1090
MUSIQA SAN`ATINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION AXBOROT
TEXNALOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Axrorova Munojat Mashraf qizi
Jizzax Davlat Pedagogika universiteti
Musiqa ta`limi kafedrasi o`qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.10064143
Annotatsiya.
Мazkur maqolada musiqa san`atini rivojlantirishda innovatsion axborot
texnalogiyalaridan foydalanish, hamda ularni o`quv amaliyotida qo`llash haqida so`z yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
Ta`lim, musiqa, musiqiy-nazariy fanlar, san`at, innovatsiya, axborot,
texnologiya.
THE USE OF INNOVATIVE INFORMATION TECHNOLOGIES IN THE
DEVELOPMENT OF MUSICAL ART
Abstract.
This article talks about the use of innovative information technologies in
improving the effectiveness of education in the art of music and their application in educational
practice.
Key words:
Education, music, musical-theoretical sciences, art, innovation, information,
technology.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ ИНФОРМАЦИОННЫХ
ТЕХНОЛОГИЙ В РАЗВИТИИ МУЗЫКАЛЬНОГО ИСКУССТВА
Аннотация.
В данной статье говорится об использовании инновационных
информационных технологий в повышении эффективности обучения музыкальному
искусству и их применении в образовательной практике.
Ключевые слова:
Образование, музыка, музыкально-теоретические науки,
искусство, инновации, информация, технологии.
XXI asrda yangi texnologiyalar paydo bo`lishi munosabati bilan o`qitish uslubiyotiga
yondashuv o`zgardi, o`qishni rivojlantirish masalalari eng muhim mavzulardan biri bo`ldi.
Talabalarni ommaviy estetik tarbiyalash o`quv dasturlariga, o`qitish usullariga boshqacha,
yangicha yondashuvni talab qiladi. Musiqiy nazariy fanlar o`qituvchilarning vazifasi bu jarayonni
talabalar uchun ijodiy va qiziqarli qilishdir.
Ilmiy texnika revolyutsiya davrida talaba o`zlashtirishi lozim bo`lgan ilmiy axborot
hajmining keskin oshib ketishi bilan an`anaviy ta`lim kam samarali bo`lib qoldi. Ana shuning
uchun kelish davri interaktiv metodlar, innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini o`quv
jarayoniga kiritishga qiziqish tobora kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar o`quvchilarni
egallayotgan bilimlarini o`zlari qidirib topishga, mustaqil o`rganish, tahlil qilish va olingan
bilimlardan o`zlari yakuniy natija chiqara olishga o`rgatadi.
Musiqa madaniyati darslarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish
musiqani faol qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga, talabalarning musiqiy tajribasini
boyitishga, bilimlarni singdirishga yordam beradi. Bu umuman talabalarning musiqiy
madaniyatini boyitishning muhim shartidir. Shuning uchun ham musiqiy ta’limda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishda quyidagi vazifalar muhim hisoblanadi:
- musiqa darslarida ko‘proq talabalarni loyiha faoliyatiga qiziqtirish.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1091
- musiqiy kabinet kutubxonasini kengaytirish.
- yangi kompyuter dasturlarini o‘zlashtirish.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini talabalar muvaffaqiyatli o‘rganish uchun zarur
bo‘lgan ko‘plab tarkibiy qismlar mavjud: Bu televizion tasvir, multimedia, animatsiya, grafika va
ovoz. Kompyuter texnologiyalaridan unumli foydalanish ko‘rgazmali qurollar yetishmovchiligini
hal qilishga, an’anaviy o‘quv predmetlarini o‘zgartirishga, o‘quv materiallarini tushunish va
o‘zlashtirishga yordam beradi.
Bundan tashqari, multimedia vositalaridan foydalanish ham darslarning zamonaviy tipda
tashkillashtirishga asos bo‘ladi. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan musiqa darslarida
foydalanish har qanday yoshdagi o`rganuvchi uchun o‘qitish jarayonini yorqin, unutilmas,
qiziqarli bo`lishiga yordam berdi va mavzuga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantiradi.
Ma`lumki, har bir dars mavzusini o`rganishda o`ziga xos texnologiya, usul va vositalarni
tanlashga to`g`ri keladi. O`qitish jarayonida yuqori natijaga erishish uchun dars jarayonini
oldindan ketma-ketligini mo`ljallash kerak. Bunda o`qituvchi fanning o`ziga xos tomonlarini,
o`quv jarayonini va sharoitini, talabalarning ehtiyoji va imkoniyatlarini, bilim saviyasini, sharoitga
qarab ishlata oladigan texnologiyalarni tanlash lozim. An`anaviy ta`lim talabalarga tayyor
bilimlarni o`zlashtirishga o`rgatadi, unda o`qituvchi shaxsi asosiy o`rinni egallagan bo`lib, talaba
esa bu jarayonning passiv ishtirokchisi bo`lib kelgan.
Innovatsion ta`lim uslublari, multimediya va texnologiya vositalarining paydo bo`lishi,
rivojlanishi, takomillashishi rivojlanayotgan jamiyat, yangi avlodning talab va ehtiyojlari bilan
bog`liq. Ta`limning an`anaviy shakllari bilan bir qatorda, talabalarga qisqa vaqt ichida minimal
harakat bilan moslashishga imkon beradigan innovatsion usullar mavjud.
Ta`lim tashkil etishning noan`anaviy shakllarning hilma-xilligi turli xil faoliyat turlari
uchun keng sharoitlarni yaratadi, bu nafaqat o`quvchining aqliy jarayonlarining butun majmuasini
o`z ichiga olishga imkon beradi, asosiy ta`lim doirasini kengaytirishni, balki maxsus kasbiy bilim
va ko`nikmalarni olishga imkon beradi. Musiqiy ta'limga yangicha yondashuvlar, shuningdek,
o`quvchilar musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishda mutlaqo boshqacha, eng samarali pedagogik
texnologiyalardan foydalanishni talab qiladi.
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, musiqa inson tafakkurining o'ziga xos turi bo'lib,
asosiy vazifani - inson bilan aloqa qilish funksiyasini bajaradi. Bunday darslarda ma'naviy, amaliy,
ijodiy, individual dunyoqarash ustunlik qiladi, ya'ni avtoritar yondashuv va tegishli o'qitish
usullaridan voz kechadi. Musiqiy-nazariy fanlar ya`ni musiqa nazariyasi, solfedjio va garmoniya
musiqa asarlari tahlili fanlarida innovatsion axborot texnologiyalarni qo'llash muhim va zarurdir.
Yangi texnologiyalardan foydalanish musiqiy nazariy darslarini boyitadi va yangilaydi.
REFERENCES
1.
Axrorova M.M. Ta`lim tarbiya jarayonida musiqa san`atining ma`naviy-madaniy
komolotimizdagi o`rni va ahamiyati. Xalqaro Fransiya ilmiy onlayn konferensiyasi. 3-qism.
121-124-betlar. 5.04.2022.
2.
Axrorova M.M. Madaniyat va san`at sohasining jamiyat hayotidagi o`rni va ta`siri. “Osiyo
san`at” jurnali. Tom 3 № 1, 2022
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1092
3.
Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar (ta’lim
muassasalari pedagog–o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). – T.: Iste’dod, 2008.
4.
Khasanova Navbakhor (2020) “The role of music lessons in the formation of national and
intercultural competence in students.”Mental Enlightemment Scientific-Methodological
Journal.Vol.2020 :Iss.2. Article 15. :https://uzjournals.edu.uz/tziuj/vol2020/iss2/15
