81
MAKTABGACHA TA’LIMDA INNOVATSION G‘OYALAR VA BOSHQARUV
HAQIDA
Ernazarova Muhabbat Anvarovna
Yakkasaroy tumani 250-DMTT medodist, mutaxasisligi pegagogika va psixologiya.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10001941
Annotatsiya.
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’limiy
faoliyatini innovatsion loyihalash asosida olib borish usulining ahamiyati yoritilgan.
Tarbiyalanuvchilarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlashda ushbu usul mohiyati haqida muhim
tavsiyalar berilgan.
Kalit so’zlar:
Maktabgacha ta’lim, boshqaruv, innovatsiya, strategiya, muassasa,
jamoatchilik, kadr.
ON INNOVATIVE IDEAS AND MANAGEMENT IN PRESCHOOL
EDUCATION
Abstract.
This article highlights the importance of the method of conducting children's
educational activities based on innovative design in preschool educational organizations.
Important recommendations are given about the essence of this method in quality preparation of
pupils for school education.
Key words:
Pre-school education, management, innovation, strategy, institution,
community, personnel.
ОБ ИННОВАЦИОННЫХ ИДЕЯХ И УПРАВЛЕНИИ В ДОШКОЛЬНОМ
ОБРАЗОВАНИИ
Аннотация.
В данной статье подчеркивается важность метода проведения
детской образовательной деятельности на основе инновационного проектирования в
дошкольных образовательных организациях. Даны важные рекомендации о сущности
этого метода в качественной подготовке учащихся к школьному обучению.
Ключевые слова:
Дошкольное образование, менеджмент, инновации, стратегия,
учреждение, сообщество, персонал.
Maktabgacha ta’lim tizimini innovatsion boshqarishdagi majmuaviylik ta’lim xizmatlarini
ko‘rsatish jarayonida ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik, tashkiliy, pedagogik, psixologik hamda
ekologik xususiyatlarni, ularning o‘zaro aloqalarini hisobga olish zarurligini anglatadi.
Maktabgacha ta'lim bolani yangi hayot pog'onasiga tayyorlashdek muhim vazifani
bajaradi. Bolaning ijtimoiy hayotga kirib borishining dastlabki bosqichi tabiiyki, oson kechmaydi.
82
Chunki bola faqatgina ota-onadan iborat bo‘lgan tor doiradan tashqariga chiqadi va jamoa hayotiga
kirib boradi. Bu jarayon turlicha individual xususiyatli bolalarga turli xil ta'sir ko‘rsatadi.
Tarbiyachi bolaning jismoniy va ruhiy xususiyatlaridan kelib chiqib, uni ijtimoiy hayot tarziga
ko‘niktirish va jamoada erkin yashash malakasini shakllantirishdir. Jamoaviy muhit bolada ijobiy
xislatlarni vujudga kelishiga turtki bo‘ladi.
Ta'lim tizimida maktabgacha ta'lim sohasini takomillashtirishdan maqsad bu – Bolani
maktab ta'limiga har tomonlama tayyorlash bilan birga hayotiy ko‘nikmalarni tarkib toptirishdan
iborat. Bolalarning intelektual-madaniyatli shaxs bo‘lib shakllanishida maktabgacha yosh davri
muhim o‘rinni egallaydi. Bolani maktabga tayyorlik darajasi deganda, uning aqliy, axloqiy hamda
psixologik rivojlanish ko‘rsatkichlari nazarda tutiladi. Boladagi intelekt ma'lum bilim doirasini
hosil qilgan, nutqi o‘sgan holatda va fikrlab javob qaytarish, maktab o‘quv dasturiga qo‘yilgan
talablarni ortiqcha qiyinchiliklarsiz o‘zlashtirish darajasida bo‘lishi lozim. Axloqiy sifatlarida o‘z
xulq-atvorini idora qilish, nojo‘ya hatti-harakatlardan o‘zini tiya bilish, xulq-atvor qoidalariga
bo‘ysinish kabi xususiyatlar mujassamligi zarur. Psixologik ko‘rsatkichlarda ixtiyoriy idrok,
barqaror diqqat, obrazli, so‘z-mantiqiy, mexanik turlardagi xotira shakli, analiz-sintez,
taqqoslovchi va umumlashtira oluvchi xususiyatli tafakkur, tiklovchi xayol va ravon nutqning
rivojlangan bo‘lishi talab qilinadi. Bu ko‘rsatkichlarning barchasi maktabga tayyorlov guruhi
bolalarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ayrim sabablar natijasida bu xususiyatlar barcha bolalarda
bir maromda rivojlanmasligi mumkin. Shuning uchun ta'lim samaradorligini oshirishda va bolalar
savodxonligini yuksaltirishda ta'limga noan'anaviy metodlarni joriy etish takomillashib bormoqda.
Demak, maktabgacha ta’lim tizimini innovatsion boshqarishda demografik, etnografik,
malakaviy va boshqa jihatlarni aniqlash maqsadga muvofiqdir. Tadqiqotni olib borish jarayonida
innovatsion faoliyatni samarali tashkil etishda pedagogik jamoani turli yoshdagi mutaxassislar
ishtirokida shakllantirish zarurligi aniqlandi. Zero, yosh o‘qituvchilar ta’lim jarayoniga turli
innovatsion texnologiyalarni faol tadbiq etishga moyil bo‘ladilar, biroq ularning ko‘p hollarda
pedagogik mahorat va yetarlicha hayotiy tajribaga ega emasliklari sababli ta’lim maqsadlariga
doim ham muvaffaqiyatli erisha olmaydilar.
Innovatsion boshqarishda maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan ijtimoiy
tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro integratsiya quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
а) muassasa rahbarlari, rahbar xodimlar, pedagogik jamoa, boshqaruv organlari,
o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari, fan o‘qituvchilari, o‘quvchilar hamda ularning
ota-onalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirish;
83
b) turli boshqaruv darajalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni kuchaytirish, ya’ni umumiy
ta’lim maktablari faoliyatini o‘zaro hamkorlikda boshqarish – bunga ko‘ra umumiy ta’lim
maktablarijamoasining barcha a’zolariqarorlarni ishlab chiqarish va qabulqilishjarayonida faol
ishtirok etadi. O‘zaro hamkorlikda boshqarish, eng avvalo, faoliyatni rejalashtirishni nazarda
tutadi. Boshqaruv darajalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni kuchaytirishda tabaqalashtirish,
individuallashtirish, o‘z-o‘zini boshqarish organlarining huquq va vakolatlarini kengaytirish,
talabchanlik, faoliyatning jamoaviy hamda ijodiy xususiyatini inobatga olish zarur;
v) jamoatchilik tomonidan ko‘rsatiluvchi o‘zaro yordam asosida vaqtinchalik ijodiy
guruhlar (masalan, ilmiy-metodik kengash, ekspert hay’ati va boshqalar)ni tashkil qilish orqali
boshqaruv organlari faoliyatida yuqori samaradorlikka erishish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini innovatsion boshqarishda pedagogik qo‘llab-
quvvatlashning ustuvorligi ta’lim muassasasi jamoasi har bir a’zosining o‘z ichki
imkoniyatlarinianglashlariga yordamberadi. Rag‘batlantirish muassasa jamoasiningbarcha
a’zolari o‘rtasida insonparvarlik g‘oyalariga asoslangan munosabatni qaror toptirish orqali amalga
oshirilishi lozim.
Iqtidori hamda samarali faoliyati uchun rag‘batlantirilgan pedagoglarda yanada yaxshiroq
ishlash, o‘z kasbiga nisbatan fidoiy bo‘lish, o‘quvchilarga mehr ko‘rsatish hissi yuzaga kelishi
tabiiy, albatta. Iqtidorli o‘quvchilarning doimiy ravishda rag‘batlantirilib borilishiesa ularda
ta’limiy faollikni yuzaga keltiradi. Ta’limiy yokio‘quv faolligi esa ilmiy bilimlarni puxta
o‘zlashtirilishining bosh omili hisoblanadi.
Jamiyat tomonidan ta’lim muassasasiga ko’rsatilayotgan ta’sirni bartaraf etib
bo’lmaydi.Aksincha bu ta’sirning mavjudligini qo’llab quvvatlash ,ta’lim muassasasining ijtimoiy
tashkilot bilan mustahkam aloqalarni yo’lga qo’yish ta’lim va tarbiya jarayoning samaradorligini
oshirishga xizmat qiladi.Bu yo’ldagi eng muhim vazifa-ijtimoiy o’zgarishlar va ta’lim bilan ta’lim
muassasasi rivojini o’zaro muofiqlashtirishga erishish , ular o’rtasidagi nomuofiqliklarnitezkor
bartarafetishsanaladi.Buesa boshqaruvtaoyillarini innovatsion yondashuv asosida shakllantirish
lozimligini ko’rsatadi.
Ta’lim tizimida innovatsion faoliyatini rejalashtirishning o‘zi ham bir qator tamoyillarga
muvofiq amalga oshiriladi. Jumladan:
1) strategik (yuqori maqsad) va taktik (bir yillik joriy maqsadlar, oylik vazifalar)
rejalarning ustivorligi va ustunligi.
2) strategik va taktik rejalarning ijtimoiy yo‘naltirilganligi.
84
3) rejalashtirish obektlari va ularning zahiralarini oqilona taqsimlash maqsadida ularning
muhimligi bo‘yicha ajratish.
4) rejalarning mavjud moddiy shart-sharoitlarga mosligi.
5) muayyan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi muqobil rejalarni ishlab chiqish va ularni
amaliyotga tadbiq etishda kam xarajatlikka erishish.
6) rejaning iqtisodiy jihatdan asoslanishi.
7) rejalashtirish tizimining teskari aloqasini ta’minlash.
8) rejani amalga oshirishning eng qulay shaklini tanlash.
9) faoliyat davrini tartibga solish va uning izchilligi, ustivorligi ta’minlash.
10) tadbirlarning puxtaligini tahlil qilishga imkon beruvchi faoliyat va grafikli (yozuvli)
reja tahlilini amalga oshirish.
Pedagogik faoliyat jarayonini tashkillashtirishda ishlab chiqilgan rejalarni amalga oshirish,
qatnashchilar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, ularning huquqlari va majburiyatlarini aniqlashdan
iborat o‘zaro bog‘liq harakat mexanizmlarini belgilash maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, ta’lim
maqsadlarini amalga oshirish uchun sarflangan vaqt va sarflarni qayd qilish, zahiralarni sarflash
puxta hisob-kitob olib borilishini talab qiladi.
Bugungi kunda maktabgacha ta'lim sohasida ommalashib borayotgan ta’limiy faoliyatlar
innovatsion xarakter kasb etmoqda. Chunki maktabgacha yoshdagi bolalarga ma'naviy-axloqiy,
aqliy va jismoniy tarbiya berishda innovatsion yangi texnologiya loyihalarini yaratish ta'lim-
tarbiya samaradorligini oshirmoqda. Ana shunday innovatsion ta’limiy texnologiyalar qatoriga
integral loyihalashgan faoliyat turini kiritish zarur. Chunki bunday yondashuvga tayanib ko‘p
tomonlama yaxlit tasavvurlarni shakllantirish mumkin.
Ja’miyat rivojlanib borgani sayin yangi axborot-texnologiyalari takomillashib boraveradi.
Shu bilan birgalikda ta’lim berish yo‘llari ham o‘zgarib, yangi usullarni topish majburiyati
tug’iladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda dunyoqarashni shakllantirish murakkabligi bois
hamisha ushbu soha vakillaridan doimiy izlanuvchanlikni talab qiladi. Integral loyihalash
asosidagi ta’limiy faoliyat yo‘nalishi esa bolalar bilish salohiyati va ijodiy sifatlarni yuksaltirishda
muhim o‘rin tutishiga ishonamiz.
REFERENCES
1.
Инновационный менеджмент: Учебник / Под. ред. Горфинкеля В. Я – М.: Вузовский
учебник, 2006.
85
2.
R.JEshmuhammedov, A.A.Abduqodirov, A.X.Pardayev ”Direktorning ish kitobi”(amaliy
tavsiyalar)-T :2007.
3.
"Yosh direktor maktabi". A.Frolov. Toshkent, 1992.
4.
R.Ahliddinov “Uzluksiz ta’limda pedagogic boshqaruv masalalari”T:2002
5.
J.Hasanboyev, X.To‘raqulov, I.Alqarov, N.Usmonov “Pedagogika” Toshkent. 2011.
6.
R.A.Mavlonova, N.H.Rahmonqulova “Boshlang’ich ta’limni integratsiyalashgan
pedagogikasi” Toshkent – “ILM ZIYO” 2009-yil
