854
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
TUG`RUQDAN SO`NG CHILLA DAVRI FIZIOLOGIYASI
Rajabova Dildora
Osiyo xalqaro universiteti o`qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15059569
Annotatsiya.
Ayol organizmi homiladorlikning to`qqiz oy muddatida o`ziga xos ancha
struktur va fiziologik o`zgarishlarni boshdan kechiradi. Homiladorlik jarayonining tugashi
bilanoq chilla davri boshlanadi. Bu davr ayol uchun ham chaqaloq uchun ham juda ahamiyatli va
e`tibor talab qilinadigan davrdir. 40 kunlik chilla davri mobaynida ikki organizm o`zgarishlarga
moslashish.
Kalit so`zlar:
tug`ruq, bachadon, chilla, qon ketish, chaqaloq, homiladorlik.
ФИЗИОЛОГИЯ ПОСЛЕРОДОВОГО ПЕРИОДА
Аннотация.
В течение девяти месяцев беременности женский организм
претерпевает значительные структурные и физиологические изменения. Период
охлаждения начинается сразу после окончания беременности. Этот период очень важен
и требует внимания как со стороны женщины, так и со стороны ребенка. В течение 40-
дневного периода охлаждения два организма адаптируются к изменениям.
Ключевые слова:
роды, матка, шейка матки, кровотечение, ребенок,
беременность.
POSTPARTUM POSTPARTUM PERIOD PHYSIOLOGY
Abstract.
The female div undergoes many structural and physiological changes during
the nine months of pregnancy. As soon as the pregnancy process ends, the postpartum period
begins. This period is very important for both the woman and the baby and requires attention.
During the 40-day postpartum period, both organisms adapt to the changes.
Keywords
: childbirth, uterus, postpartum, bleeding, baby, pregnancy.
Tug`ruqdan keyingi davr - bu bola tug‘ilgandan keyingi, tana a’zolarining boshlang‘ich
holatiga qaytishi va sut ajralishining boshlanishi davridir. Chilla davri 6-8 hafta davom etadi.
Tuqqan ayol chilla davrining dastlabki kunlarida parvarishga muxtoj bo‘ladi, shu sababli
u tug`ruqxonada shifokor va akusherka nazoratida bo‘lishi lozim.Chilla davrining dastlabki
soatlarida ayolni sinchiklab kuzatib turish kerak. Chunki bu davrda bachadon muskullari
bo‘shashib, uning qisqarish xususiyati susayadi (gipotoniya) va qon ketib qolishi mumkin.
Shunga ko‘ra, ayolni kuzatayotgan shifokor bachadonning qisqarishi va jinsiy a’zolaridan
kelayotgan qon miqdorini, ayolning tomir urishi va qon bosiminitekshirib turishi lozim.
Chilla davrida jinsiy a’zolarining asliga kelishi (involyutsiyasi) qanday o‘tishi haqida
to‘xtalib o‘tamiz.
855
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Bachadon muskullari chilla davrida normal qisqarsa, muskullar qisqa muddatda
qattiqlashib, bachadon devorining qalinligi 1,5-2,5 sm bo‘lib qoladi. Bachadondagi qon tomirlar
muskullar qisqarishi natijasida siqilib, deformatsiyaga uchraydi. Chilla davrining dastlabki uch
kunida bachadondan bir oz qon kelib turadi (lochia rubra). Keladigan qonda tug`ruq ajralmalari
bo‘ladi. Ajraladigan loxiyalarda bachadondagi yarali yuza (platsenta o‘rni), detsidual qavat
parchalari ham uchraydi. Platsenta joylashgan yuzadagi qon tomirlarda mayda tromblar
ko‘rinadi. Bachadon bo‘yni oldi va bachadon bo‘yni muskullari bo‘shashganidan, servikal
kanaliga osonlikcha barmoqni kiritish mumkin. Qin devorlari ham kengaygan, burmalari
tekislangan bo‘ladi. Tashqi jinsiy yoriq ochilib turadi. Bachadon muskullaridagi ortikcha
to‘kimalari tez orada yo‘qoladi.Agar chilla davrining boshida bachadon og‘irligi 1000-1200
gramm bo‘lsa, birinchi hafta oxirida - 500-600 gr, ikkinchi haftada - 350 r, uchinchi haftada -
200 g, 6-7 haftadan keyin 50-70 gramm bo‘lib qoladi. Muskul hujayralari, qon tomirlardagi nerv
tuzilmasi va qo‘shimcha to‘qimalar asta-sekin yo‘qoladi yoki biriktiruvchi to‘qimaga aylanadi.
Bachadonning asli xoliga qaytishi neyro-gumoral sistemaning ta’siriga bog‘lik. Tuqqan
ayol har kuni muntazam kuzatib boriladi, bachadon uzunligi santimetr tasmasi bilan qov
suyagining yuqori chetidan bachadon tubigicha o‘lchanadi, u odatda bir kunda 1-1,5 sm ra
qisqarishi kerak.
Chilla davrida bachadon bo‘ynining qisqarish xususiyatini yo‘qotmaydi, natijada u asta-
sekin kichiklasha boradi. Bachadonning qisqarishi chaqaloqni emizayotgan vaqtda ayniqsa
kuchli bo‘ladi. Qiskarishning susayishi bachadon subinvolyutsiyasi deb ataladi.
Chilla davrining dastlabki kunlarida detsidual parda parchalari, qon laxtalari proteolizga
uchraydi. Bachadondagi yarali yuzalardan yara suyuqligi ajraladi va loxiya deb ataladi, u 2-3-
kunlari qon ko‘rinishida (lochia rubra), 4-6 kunlari qon-serozli(lochia rubra-serosa) va 7-9-
kunlari serozli (lochia seroza). Loxiyaning ko‘rinishiga qarab bachadondagi yara yuzasining
kamayayotgani va silindrsimon epiteliy bilan qoplanayotganini aniqlash mumkin. Bachadon
devorining yo‘ldosh yopishmagan qismlari chilla davrining 11-14-kuni, yo‘ldosh yopishgan
qismi 3 xaftaning oxirida epiteliy bilan qoplanadi. Chilla davrining 7-9-kunlarida qin, bachadon
bo‘yni va chotdagi yaralar bitadi.
Tug‘ruqdan 1 sutka o‘tgach, bachadon bo‘yniga 3-4 barmoqni kiritsa bo‘ladi, bachadon
bo‘yni bo‘shashadi, 3-4-kunlar oxiriga kelib o‘z shakliga kiradi,ammo vaqtincha yetarlicha ochiq
bo‘ladi. Uning ichki teshigi faqat chilla davrining 10-12-kunida, tashki teshigi esa ancha kechroq
bekiladi. Agar bachadon bo‘yni yirtilgan bo‘lsa, bo‘ynining tashqi teshigi ochiq qolib, butun
umrga surunkali yallig‘lanish uchun qulay sharoitga aylangan joy bo‘lib qoladi. 12-14
kunlarning oxirida bachadon tubi kichik chanoqning terminal chizig‘idan yuqorida bo‘lmaydi.
Bu paytga kelib, chanoq tubining muskullari o‘zining qisqarish xususiyatini tiklab oladi.
856
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Chilla davrida ayolning qon bosimi, tomir urishi, haroratini kuzatish katta ahamiyatga
ega. Ba’zi ayollarda tug‘ruqning birinchi soatlarida harorat bir oz ko‘tarilishi mumkin. Bu
tug`ruq vaqtida muskullarning zo‘riqishiga bog‘liq bo‘ladi. Haroratning ko‘tarilishi loxiyaning
ajralmayotgani yoki kam ajralishi natijasida bachadonda yig‘ilib qolishdan bo‘lishi mumkin.
Bunday hollarda bachadonni qisqartiruvchi dorilarni yuborish, qin orqali ko‘rilganda
bachadon bo‘yni kanali berk bo‘lsa yoki siqilib qolgan bo‘lsa, uni asboblar bilan kengaytirish
zarur bo‘ladi. Shunda bachadon ichi ajralma qoldiqlari oqib tushadi. Chilla davrida ko‘pchilik
ayollar vagotonik bo‘ladilar, ya’ni ularda tomir urishi sekinlashgan, uning tezligi bir minutda 60
marta urib, to‘laligi qonikarli bo‘ladi. Agar tomir urishi minutiga 85-90 dan oshsa, bu ayolda
dastlabki patologik qon ketish, infeksiya jarayoni boshlangani yoki tireotoksikoz borligidan
dalolat berishi mumkin. Bradikardiya bo‘lsa, bu chilla davrining normal kechayotganini
ko‘rsatadi. Ko‘pchilik ayollarda qon bosimi bir oz pasayganligini kuzatish mumkin. Chilla
davrida boshqa a’zo va sistemalarda ham o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Ko‘pchilik hollarda
siydik ajralishi ancha izdan chiqqan bo‘ladi. Ayollarda siyish istagi bo‘lmaydi yoki bo‘lsa-da,
ular yotgan holda siya olmaydilar. Siydikka to‘lib ketgan qovuq bachadon holatini o‘zgartirib,
uni yuqoriga ko‘taradi, natijada uning asliga qaytishi susayadi yoki to‘xtaydi. Chilla davrining
dastlabki kunlarida siydik tutilib qolishiga siydik chiqarish kanali yoki uning ba’zi sohalarining
shishishi yoki jarohatlanishi sabab bo‘lishi mumkin. Bu holat odatda 2-3 kunda o‘tib ketadi.
Ammo siydik tutilib qolsa, ayolni mustaqil siydirish choralarini ko‘rish lozim. Agar bu
ham yordam bermasa, kateter yordamida aseptika, antiseptika qoidalariga rioya qilgan holda
siydik chiqariladi. Chilla davrining 2-3 haftalariga kelib siydik yo‘li faoliyati asliga qaytadi.
Chilla davrida ichaklar faoliyati ham sustlashgan bo‘ladi. Shu sababli ko‘pincha ayollarda
qabziyat kuzatiladi. Bunda ayolga huqna qilib ichagi bo‘shatiladi. Chilla davrida qorin
bo‘shlig‘ining oldingi devori asta-sekin tonusini tiklay oladi.
Chilla davrida sut bezlari faoliyati boshlanadi. Homiladorlikning birinchi haftalaridayoq
gipofiz va jinsiy bez gormonlari ta’sirida sut bezlarida bez epiteliylari ko‘paya boradi. Bez
bo‘laklari ancha qattiqlashadi va buni aniqlash oson bo‘ladi. Bezlarni siqqanda loyqaroq oq
suyuqlik ajraladi. Ammo sut bezining xaqiqiy sekreti-sut, yo‘ldosh jinsiy gormonlarining va
gipofizning prolaktin ajratish tugaganidan keyingini ajrala boshlaydi.
Chilla davrining dastlabki kunlarida sut bezidan ajraladigan suyuqlik og‘iz suti deyiladi.
Og‘iz suti immunoglobulinlarga, oqsilga, A vitaminiga boy va o‘sish omillariga ega.
Chilla davrining 4-5-kunidan 15-18-kunigacha~sut bezi~oralik su ginigundan keyin
haqiqiy, tarkibi turg‘un sutni ajrata boshlaydi. Sut bezlaridagi sekret chiqaradigan hujayralar
sutni sut yo‘llariga chiqaradi. Sut yo‘llari go‘yo daraxt shoxiga o‘xshab ketadi, ulardan chiqqan
sutning xammasi bir yo‘lga quyiladi.
857
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Har bir bez bo‘lagining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, ulardan ajralgan sut ko‘krak bezi
tugmachasidagi teshiklar orqali chiqariladi. Ko‘krak bezi tugmachasi muskul va qo‘shimcha
to‘qimadan tashkil topgan xalqacha bilan o‘ralgan, bu qisish xususiyatiga ega, shunga ko‘ra sut
o‘z-o‘zidan oqib ketmaydi. Ba’zi ayollarda sut yig‘ilish vaqtida bir oz harorat ko‘tarilishi
mumkin. Isitma chiqishi qisqa muddat davom etib, 37-37,8 gradusdan kjori ko‘tarilmaydi. Agar
harorat bundan yuqori bo‘lsa, unda infeksion jarayon boshlanganidan dalolat beradi. Sut bezlari
faoliyatining normal bo‘lishi, ya’ni ko‘krak bezi tugmachalarining emishga tayyorligi
chakalokning rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Agar ko‘krak bezi tugmachasi kalta yoki yassi
bo‘lsa, bola ko‘krakni yaxshi so‘ra olmaydi, natijada ko‘krak uchi yoriladi. Buning oldini olish
uchun ko‘krak uchini homiladorlik davridanoq emishga tayyorlash lozim. Buning uchun har kuni
qo‘lni yaxshilab yuvib, barmoq uchlari bilan bez tugmachalari bir necha marta tortib turiladi. Biz
yuqorida chilla davrida ayolning jinsiy a’zolarini aseptika qoidalariga rioya qilib parvarish qilish
lozimligini aytib o‘tgan edik. Agar ayolning choti, qini, tashqi jinsiy a’zolari jarohatlangan
bo‘lsa,bachadondan ajralgan loxiya ularni ifloslantiradi, natijada u yerda mikroblarning
rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Agar infeksiya qinga, undan bachadon va boshqa
ichki jinsiy a’zolarga o‘tsa, patologik holat vujudga kelishi mumkin.
Buning oldini olish uchun tashqi jinsiy a’zolar kuniga 2-3 marta yuvib turilishi lozim.
Arap chot oralari tikilgan bo‘lsa, uning atrofini tozalab yuvib, chokni spirt bilan artish
zarur, bu muolajani ayol xar gal siyganidan so‘ng bajarishi lozim. Tashki jinsiy a’zolarni
oldindan orqaga qarab yuvish kerak, aks holda infeksiya to‘g‘ri ichakdan jinsiy a’zolarga o‘tishi
mumkin. Ayolga shifoxonadan uyiga javob berishdan oldin chaqaloq va emizikli ayol uchun
xavfsiz bo‘lgan homiladorlikdan saqlovchi vositalardan birini tavsiya etish lozim. Shunday
vositalardan biri bo‘lib, maxalliy ko‘llaniladigan Farmateks (Fransiyadagi) hisoblanadi va tezkor
qontratseptivlardan eskapel 1 tabletkani jinsiy alokadan keyin 72 soat ichida ichish lozim.Chilla
davrining dastlabki kunlari ona uchun to‘g‘ri kun tartibi o‘rnatish, sanitariya-gigiyena
qoidalariga rioya qilish, unga chaqaloqni parvarish qilish usullarini o‘rgatish zarur bo‘ladi.
Tug`ruqxonalarda onalar maktabi tashkil qilinib, pediatrlar va akusher-ginekologlar ular
bilan 3-4 marotaba mashg‘ulot o‘tkazishlari zarur. Chaqaloq va ayolni uchastka shifokori kuzatib
turadi.
REFERENCES
1.
Namozov,
E.
(2024).
KЛИНИКО-МОРФОЛОГИЧЕСКИЕ
ФОРМЫ
РАКА
МОЧЕВОГО ПУЗЫРЯ.
Modern Science and Research
,
3
(12), 911-914.
2.
Namozov, E. (2024). OПУХОЛИ ПОЧЕК.
Modern Science and Research
,
3
(11), 884-886.
858
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
3.
Namozov, E. (2024). PRECANCEROUS DISEASES OF THE STOMACH.
Modern
Science and Research
,
3
(10), 506-508.
4.
Namozov, E. (2025). CLINICAL COURSE AND METHODS OF TREATMENT OF
MALIGNANT TUMOR OF THE SIGMOID COLON.
Modern Science and
Research
,
4
(1), 651-655.
5.
Jo’rayeva, G. (2024). COMBINATION OF DIABETES AND METABOLIC
SYNDROME.
Modern Science and Research
,
3
(12), 691-696.
6.
Jo’rayeva, G. (2025). RISK FACTORS FOR THE DEVELOPMENT OF CLIMACTERIC
DISORDERS IN WOMEN WITH THE METABOLIC SYNDROME.
Modern Science and
Research
,
4
(1), 1090-1092.
7.
Нарзулаева, У. Р., Самиева, Г. У., & Насирова, Ш. Ш. (2021).
ИССИҚ ИҚЛИМДА
КЕЧУВЧИ ГИПЕРТОНИЯ КАСАЛЛИГИНИНГ БОШЛАНҒИЧ БОСҚИЧЛАРИДА
ГЕМОРЕОЛОГИК БУЗИЛИШЛАР. ЖУРНАЛ БИОМЕДИЦИНЫ И ПРАКТИКИ, 6(1).
8.
Нарзулаева, У., Самиева, Г., Лапасова, З., & Таирова, С. (2023). Значение диеты в
лечении артериальной гипертензии . Журнал биомедицины и практики, 1(3/2), 111–
116.
https://doi.org/10.26739/2181-9300-2021-3-98
9.
Narzulaeva Umida Rakhmatulloevna, Samieva Gulnoza Utkurovna, & Ismatova Marguba
Shaukatovna (2020). SPECIFICITY OF THE CLINICAL COURSE OF THE INITIAL
STAGES OF HYPERTENSION IN ARID ZONES OF UZBEKISTAN AND NON-DRUG
APPROACHES TO TREATMENT. Кронос, (4 (43)), 15-17.
10.
Umida Raxmatulloevna Narzulaeva, & Mohigul Abdurasulovna Bekkulova (2023).
Arterial gipertenziya etiologiyasida dislipidemiyaning xavf omili sifatidagi roli. Science
and Education, 4 (2), 415-419.
11.
Narzulaeva, U. R., & Samieva, G. U. (2021). Nasirova ShSh. Hemoreological Disorders in
The Early Stages Of Hypertension In Hot Climates. Journal of Biomedicine and Practice,
6(1), 221-225.
12.
Dilsora Nuriddinovna Juraeva, Umida Rakhmatulloevna Narzulaeva, & Kurbonova
Gulbahor Aslamovna. (2022). GENDER DIFFERENCES IN THE PARACLINICAL
FEATURES OF THE COURSE OF TRIGEMINAL NEURALGIA. World Bulletin of
Public
Health,
8,
186-190.
Retrieved
from
https://www.scholarexpress.net/index.php/wbph/article/view/751
13.
Нарзуллаева, У. Р., Самиева, Г. У., & Пардаева, З. С. (2020). Pathogenetic aspects of
verified risk factors such as arterial hypertension and dyslipidemia in the development of
chronic heart failure. American Journal of Medicine and Medical Sciences, 10(10), 776-
779.
859
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
14.
Жураева, Д. Н., & Нарзулаева, У. Р. (2020). Эркак ва аёлларда уч шохли нерв
невралгияси кечишининг параклиник хусусиятлари. ЖУРНАЛ НЕВРОЛОГИИ И
НЕЙРОХИРУРГИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙ, 1(1).
15.
Narzulyeva, U., & Ismoilova, N. (2023). DETECTION OF EATING BEHAVIOR
DISORDERS IN STUDENTS BEFORE THE EXAM USING THE DEBQ
QUESTIONNAIRE. Наука и инновация, 1(15), 112-114.
16.
Narzulaeva, U. (2023). PATHOGENETIC MECHANISMS OF MICROCIRCULATION
DISORDERS. International Bulletin of Medical Sciences and Clinical Research, 3(10),
60–65. Retrieved from
https://researchcitations.com/index.php/ibmscr/article/view/2811
17.
Narzulaeva
Umida
Rakhmatulloevna
and
Rakhmatova
Fotima
Ulugbekovna,
“PATHOGENETIC MECHANISMS OF DISORDERS IN THE HEMOSTASIS SYSTEM
OBSERVED IN PATIENTS INFECTED WITH COVID-19”, IEJRD - International
Multidisciplinary Journal, vol. 7, no. ICMEI, p. 3, Feb. 2023.
18.
Narzulaeva, U. (2023). PATHOGENETIC SIGNIFICANCE OF HYPERLIPIDEMIA IN
THE CLINICAL COURSE OF ARTERIAL HYPERTENSION. International Bulletin of
Medical Sciences and Clinical Research, 3(11), 86-91.
19.
Narzulaeva, U. (2023). PATHOGENETIC SIGNIFICANCE OF HYPERLIPIDEMIA IN
THE CLINICAL COURSE OF ARTERIAL HYPERTENSION. International Bulletin of
Medical Sciences and Clinical Research, 3(11), 86-91.
20.
Нарзуллаева, У., Самиева, Г., & Пардаева, З. (2022). ПАТОФИЗИОЛОГИЯ
РЕПЕРФУЗИОННОГО ПОВРЕЖДЕНИЯ МИОКАРДА. Журнал вестник врача, 1(2),
155–158.
https://doi.org/10.38095/2181-466X-2020942-154-157
21.
Самиева, Г., Нарзулаева, У., & Самиев, У. (2023). Течение артериальной гипертензии
у жителей засушливого региона. Каталог монографий, 1(1), 1–108. извлечено от
https://inlibrary.uz/index.php/monographs/article/view/27456
22.
Oripova, O. O., Samieva, G. U., Xamidova, F. M., & Narzulaeva, U. R. (2020). Sostoyanie
plotnosti raspredeleniya limfoidnyx kletok slisistoy obolochki gortani va proyavleniya
mestno immuna pri xroncheskom laringite (tahlil seksionnogo material). Akademiya,(4
(55)), 83-86.
23.
Rakhmatulloevna, N. U., & Abdurasulovna, B. M. (2022). GEMOREOLOGIK
BUZILISHLАR
VА
ERITROTSITLАR
АGREGАTSION
XOSSАLАRI
OʼZGАRISHINING
PАTOGENETIK
MEXАNIZMLАRI.
JOURNAL
OF
BIOMEDICINE AND PRACTICE, 7(6).
860
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
24.
Narzulaeva, U. (2023). PATHOGENETIC SIGNIFICANCE OF HYPERLIPIDEMIA IN
THE CLINICAL COURSE OF ARTERIAL HYPERTENSION. International Bulletin of
Medical Sciences and Clinical Research, 3(11), 86-91.
25.
Нарзуллаева, У., Самиева, Г., & Пардаева, З. (2022). ПАТОФИЗИОЛОГИЯ
РЕПЕРФУЗИОННОГО ПОВРЕЖДЕНИЯ МИОКАРДА. Журнал вестник врача, 1(2),
155–158.
https://doi.org/10.38095/2181-466X-2020942-154-157
26.
Самиева, Г., Нарзулаева, У., & Самиев, У. (2023). Течение артериальной гипертензии
у жителей засушливого региона. Каталог монографий, 1(1), 1–108. извлечено от
https://inlibrary.uz/index.php/monographs/article/view/27456
27.
Oripova, O. O., Samieva, G. U., Xamidova, F. M., & Narzulaeva, U. R. (2020). Sostoyanie
plotnosti raspredeleniya limfoidnyx kletok slisistoy obolochki gortani va proyavleniya
mestno immuna pri xroncheskom laringite (tahlil seksionnogo material). Akademiya,(4
(55)), 83-86.
28.
Rakhmatulloevna, N. U., & Abdurasulovna, B. M. (2022). GEMOREOLOGIK
BUZILISHLАR
VА
ERITROTSITLАR
АGREGАTSION
XOSSАLАRI
OʼZGАRISHINING
PАTOGENETIK
MEXАNIZMLАRI.
JOURNAL
OF
BIOMEDICINE AND PRACTICE, 7(6).
29.
Khayitova, M. Z. (2024). Modern views on the Causes and Treatment of Caries of
Temporary Teeth in Young Children.
International Journal of Alternative and
Contemporary Therapy
,
2
(9), 123-127.
30.
Khayitova, M. D. (2024). Morphological Features of Bottle (Circular) Caries.
American
Journal of Bioscience and Clinical Integrity
,
1
(10), 117-124.
31.
Dzhuraevna, K. M. (2024). Features of Caries Morbidity in Preschool Children.
Research
Journal of Trauma and Disability Studies
,
3
(3), 300-305.
32.
Hayitova, M., & Taylakova, D. (2023). DENTAL CARIES IS A DISEASE OF
CIVILIZATION.
Центральноазиатский журнал образования и инноваций
,
2
(8), 61-
66.
33.
Джураевна, К. М. (2024). Клинико-морфологические аспекты трещин на задних
зубах у взрослых.
Научный журнал травматологии и инвалидности
,
3
(5), 429-432.
34.
Dzhuraevna, K. M. (2024). Prevalence and Course of Dental Diseases Among Younger
Patients.
Research Journal of Trauma and Disability Studies
,
3
(5), 433-436.
35.
Хайитова, М. Д. (2023). Особенности Возникновение И Течение Кариеса
Зубов.
Research Journal of Trauma and Disability Studies
,
2
(12), 356-363.
861
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
36.
Хайитова, М., & Тайлакова, Д. (2023). ВЗГЛЯД СТОМОТОЛОГА НА ГИГЕНУ
ПОЛОСТИ РТА У ДЕТЕЙ.
Инновационные исследования в современном мире:
теория и практика
,
2
(23), 58-59.
37.
Хайитова, М. Д. (2023). РАСПРОСТРАНЕННОСТЬ И РАСПРЕДЕЛЕНИЕ ТРЕЩИН
НА
ЗАДНИХ
ЗУБАХ
СРЕДИ
ВЗРОСЛЫХ
ПАЦИЕНТОВ
(ОБЗОР
ЛИТЕРАТУРЫ).
Лучшие интеллектуальные исследования
,
12
(1), 186-195.
38.
Dzhuraevna, K. M. (2024). Clinical and Morphological Aspects of Cracks on The Back
Teeth in Adults.
Research Journal of Trauma and Disability Studies
,
3
(5), 429-432.
39.
Dzhuraevna, K. M. (2023). THE FREQUENCY OF DENTAL DISEASES IN CHILDREN
(LITERATURE REVIEW).
Лучшие интеллектуальные исследования
,
12
(1), 159-168.
40.
Dzhuraevna, K. M. (2023). FEATURES OF THE OCCURRENCE OF DENTAL
DISEASES IN CHILDREN.
Лучшие интеллектуальные исследования
,
12
(1), 178-185.
41.
Khayitova, M. (2025). GUIDELINES FOR DENTAL EMERGENCIES DURING A
PANDEMIC.
Modern Science and Research
,
4
(1), 827-835.
42.
Хаитова, М. (2025). СТОМАТОЛОГИК КАСАЛЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИДА
ФТОР САКЛОВЧИ БИРИКМАЛАРНИНГ АХАМИЯТИ.
Современная наука и
исследования
,
4
(2), 1055–1065.
43.
Тошбеков Б. и Хаитова М. (2025). ТИШ КАРИЕСИ ПРОФИЛАКТИКАСИНИНГ
ИНСОН
ОРГАНИЗМИДАГИ
АХАМИЯТИ.
Современная
наука
и
исследования
,
4
(2), 591–594.
