ГИПОПАРАТИРЕОЗ

Аннотация

У населения наблюдаются частое охлаждение или перегревание, потливость, головокружение, обмороки, нарушение зрительной аккомодации, диплопия, мигрень, звон в ушах, стойкий дермографизм, иногда учащенное сердцебиение. Иногда эти состояния проявляются в виде более серьезного состояния – судорог. Синдром может появиться на фоне нескольких заболеваний.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Ражабова D. (2024). ГИПОПАРАТИРЕОЗ. Современная наука и исследования, 3(9), 229–234. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/42257
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

У населения наблюдаются частое охлаждение или перегревание, потливость, головокружение, обмороки, нарушение зрительной аккомодации, диплопия, мигрень, звон в ушах, стойкий дермографизм, иногда учащенное сердцебиение. Иногда эти состояния проявляются в виде более серьезного состояния – судорог. Синдром может появиться на фоне нескольких заболеваний.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


229

GIPOPARATIRЕOZ

Rajabova Dildora

Osiyo xalqaro universiteti, o`qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13839790

Annotatsiya. Aholi orasida tez-tez uchrovchi sovqotish yoki isib ketish, terlash, bosh

aylanishi, hushdan ketish, ko‘ruv akkomodatsiyasining buzilishi, diplopiya, migren, quloqda

shovqin, turg‘un dermografizm, ba’zan yurakning tez urishi kuzatiladi. Ba`zan esa bu holatlar

bundanda og`irroq holat – tutqanoq ko`rinishida ham namoyon bo`lib turadi. Sindrom bir necha

kasalliklar fonida ham namoyon bo`lishi mumkin.

Kalit so`zlar: sindrom, qalqon oldi bez, fosfor, tireoidit, Di-Djordj sindromi, tetaniya,

paresteziya, laringospazm.

HYPOPARATHYROISIS

Abstract. Frequent cooling or overheating, sweating, dizziness, fainting, impaired visual

accommodation, diplopia, migraine, ringing in the ears, stable dermographism, sometimes rapid

heartbeat are observed among the population. Sometimes these conditions are manifested in the

form of a more serious condition - seizures. The syndrome can appear against the background of

several diseases.

Key words: syndrome, parathyroid gland, phosphorus, thyroiditis. Dy-George syndrome,

tetany, paresthesia, laryngospasm.

ГИПОПАРАТИРЕОЗ

Аннотация. У населения наблюдаются частое охлаждение или перегревание,

потливость, головокружение, обмороки, нарушение зрительной аккомодации, диплопия,

мигрень, звон в ушах, стойкий дермографизм, иногда учащенное сердцебиение. Иногда эти

состояния проявляются в виде более серьезного состояния – судорог. Синдром может

появиться на фоне нескольких заболеваний.

Ключевые слова: синдром, паращитовидная железа, фосфор, тиреоидит,cиндром

Дай-Джорджа, тетания, парестезии, ларингоспазм.

GIPOPARATIRЕOZ-klinik sindrom bo‘lib, qalqon oldi bezlari funksiyasining pasayishi

(PTG ishlab chiqarilishining kamayishi) yoki organizm hujayra va to‘qimalarining PTG ta’siriga

rezistentligi bilan xarakterlanadi. Bu esa kalsiy va fosfor almashinuvining buzilishiga olib keladi.

Gipoparatireoz PTG absolyut va nisbiy yetishmovchiligi bilan xarakterlanadi, kalsiyning

ichaklardan so‘rilishining buzilishiga, uning suyaklardan mobilizatsiyasining pasayishiga,


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


230

buyraklarda uning reabsorbsiyasining kamayishiga, gipokalsiyemiya va giperfosfatemiya

rivojlanishiga, nerv-mushak qo‘zg‘aluvchanligining oshishiga (tetaniya) olib keladi.

EPIDЕMIOLOGIYA. Har xil genezdagi gipoparatireoz aholining 0,2-0,3% da uchraydi.

ETIOLOGIYASI:

1.Qalqonsimon bezda operatsiya o‘tkazilganda qalqon oldi bezlari jarohatlanishi yoki unda

qon aylanishining buzilishi. Operatsiyadan keyin qalqon oldi bezlarida chandiqlar va fibrozlar

rivojlanishi mumkin.

2.Qalqon oldi bezlari atipik jolashganda strumektomiya qilinganda ularni qalqonsimon bez

bilan birga olib tashlash.

3.Qalqonsimon bez va qalqon oldi bezi sohasida travma bo‘lganda qalqon oldi bezi

shishishi va qon quyilishlari.

4.Tireoiditlarda yallig‘lanish jarayonining qalqon oldi beziga tarqalishi.

5.Difuz-toksik bo‘qoqni I 131 davolaganda qalqon oldi bezlarining nur bilan shikastlanishi.

6.Qalqon oldi bezlari autoimmun jarohatlanganda PTG ga nisbatan antitelolarning hosil

bo‘lishi.

7.Di-Djordj sindromida qalqon oldi bezlarining tug‘ma yetishmovchiligi (qalqon oldi

bezlarining ageneziyasi ayrisimon bez aplaziyasi, immunologik yetishmovchilik va tug‘ma

majruhlik bilan birga kelishi).

8.Infeksiyalar va intoksikatsiyalar.

9.Qalqon oldi bezlarining metastatik o‘smalar bilan shikastlanishi.

PATOGЕNЕZI:

PTG yetishmovchiligi qonda kalsiyning kamayishi va fosfatlarning oshishiga olib keladi.

Manfiy kalsiyli va musbat fosforli balans elektrolit muvozanatni buzadi, kalsiy\fosfor, natriy\kaliy

muvozanati buziladi. Bu esa hujayra membranasi, ayniqsa nerv hujayrasi o‘tkazuvchanligini

buzadi, sinapslar sohasida polyarizatsiya jarayonlari buziladi, nerv-mushak qo‘zg‘aluvchanligi va

umumiy reaktivlik oshib, tutqanoqlar rivojlanadi. Tutqanoqlar rivojlanishiga yana magniy

metabolizmining buzilishi va gipomagniyemiya katta rol o‘ynaydi. Bunday sharoitda natriyning

hujayra ichiga kirishi va kaliyning hujayradan chiqishi kuchayib, ma’lum miqdorda nerv-mushak

qo‘zg‘aluvchanligini oshiradi. Gipoparatireozning surunkali formalarida kalsiy, fosfor va magniy

almashinuvining buzilishi trofik buzilishlarga sabab bo‘ladi, bu esa bolalarda o‘sishdan qolishi,

teridagi o‘zgarishlar va ko‘z to‘r pardasidagi o‘zgarishlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

PSЕVDOGIPOPARATIRЕOZ- qalqon oldi bezlari yetishmovchiligi kliniko-laborator

belgilari bilan namoyon bo‘ladigan kam uchraydigan irsiy kasalliklar guruhidir (tetaniya,

gipokalsiyemiya, giperfosfatemiya), lekin paratgarmon miqdori oshgan yoki normal bo‘ladi.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


231

Kasallikning rivojlanishi ekzogen va endogen paratgarmonga nisbatan to‘qimalar (asosan buyrak

va suyak to‘qimalari) sezuvchanligining pasayishi bilan bog‘liq.

KLINIKASI:

Klinik jihatdan gipoparatireoz yaqqol (manifest) va latent formalarga bo‘linadi. Yaqqol

gipoparatireoz o‘tkir va surunkali ko‘rinishlarga bo‘linadi. Latent formasida klinik ko‘rinishlar

yaqqol namoyon bo‘lmaydi.

Gipoparatireoz klinik manzarasida 4 ta guruh sindromlar tafovut etiladi:

1. Tetanik, tutqanoq sindromi.

2. Sezgi sferasi va vegetativ funksiyalar buzilishi sindromi.

3. MNS jarohatlanishi va miya buzilishi sindromi.

4. Teri o‘zgarishi va trofik buzilishlar sindromi.

Yaqqol gipoparatireozda odatda 4 ta guruh sindromlarning hammasi namoyon bo‘ladi.

TЕTANIK, TUTQANOQ SINDROMI.

Gipoparatireozda bu asosiy sindrom bo‘lib hisoblanadi. Tutqanoq xabarchilari:

paresteziyalar (qo‘l va oyoqlarda chumoli yurgandek hissi) qo‘zg‘aluvchanlik, qo‘l va oyoq

mushaklarida shaxtlik. Xabarchilardan keyin alohida guruh mushaklarida avval tonik, keyin klonik

tutqanoqlar rivojlanadi. Tutqanoqlar tanlash xarakteriga ega: u alohida guruh mushaklarida,

simmetrik bo‘ladi. Ayrim hollarda generalizatsiyalashgan bo‘lishi mumkin. Boshlanishida yuqori

mucha mushaklarida bo‘lib, keyinchalik pastki muchalar qo‘shiladi. Ko‘pincha yuz mushaklari,

kam hollarda diafragma ichki organlar, hiqildoq mushaklari tutqanog‘i kuzatiladi.

Mucha mushaklari tutqanog‘i. Simmetrik bukuvchi mushaklar guruhida kuzatiladi. Yuqori

mucha mushaklari tutqanog‘ida yelka tanaga yaqinlashgan, panjalar bilak bo‘g‘imiga bukilgan,

barmoqlar qisilgan va kaftga qarab turadi (akusher qo‘li simptomi). Pastki mucha mushaklari

tutqanog‘ida tovon ichkariga qaragan, barmoqlar bukilgan holatda, bosh barmoq boshqa

barmoqlar bilan yopilgan.

Yuz mushaklari tutqanog‘i. Bunda og‘iz mushaklari pastga qaraydi, ”baliq og‘zi” simptomi

yoki “sardonik kulgich” simptomini beradi, chaynov mushaklari spazmi kuzatiladi (trizm,

chaynov mushaklari qo‘zg‘algan), qoshlar yon tomonga qarab siljigan, qovoqlar tutqanog‘i

kuzatiladi.

Tana mushaklari tutqanog‘i.Tana mushaklari orqaga qarab tirshadi (opistatonus).

Qovurg‘alararo va diafragma mushaklari tutqanog‘i nafas olishning qiyinlashuviga sabab

bo‘ladi.

Hiqildoq mushaklari tutqanog‘i (laringospazm). Tetaniyaning eng og‘ir formasi bo‘lib,

ko‘pincha bolalarda uchraydi, inspiratsion hansirash, shovqinli nafas olish, sianoz, lablarda ko‘pik


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


232

paydo bo‘ishi bilan xarakterlanadi. Og‘ir holatlarda bemor hushini yo‘qotadi va shoshilinch

holatda traxeotomiya va intubatsiya qilinmaganda asfiksiyadan bemor o‘ladi.

Qizilo‘ngach mushaklari tutqanog‘i yutinishning buzilishi bilan namoyon bo‘ladi.

Oshqozonning 12 barmoq ichakka o‘tish qismi mushaklari tutqanog‘i (pilorospazm)

ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og‘riq bilan xarakterlanadi.

Siydik pufagi mushaklari tutqanog‘i anuriyaga olib keladi.

Ichaklar mushaklari spazmida qabziyat va ichak kolikasi sifatida namoyon bo‘ladi.

Koronar tomirlar mushaklari spazmi stenokardiyani eslatuvchi yurakdagi og‘riq bilan

xarakterlanadi.

Gipoapratireozdagi tutqanoqlar juda ham og‘riqli kechadi.Tetaniyada es-hush saqlangan,

og‘ir kechuvchi tutqanoqlarda es-hush buzilishi mumkin. Tutqanoq xuruji bir necha minutdan bir

necha soatgacha davom etadi, u spontan yoki har xil ta’sirotlardan keyin yuzaga keladi: mexanik,

termik, elektrik, og‘riqli. Ba’zan xurujlar intensiv fizik zo‘riqish, nerv qo‘zg‘alishlari, issiq vanna

qabul qilganda, muchalar to‘g‘rilanganda mushak tirishishi natijasida ham yuzaga kelishi mumkin.

Agar tutqanoq xurujida simpatik nerv sistemasi ustunlik qilsa periferik tomirlar spazmi natijasida

oqarish, taxikardiya, qon bosimining oshishi; parasimpatik vegetativ nerv sistemasi ustunlik

qilganda qusish, ich ketishi, poliuriya, bradikardiya, gipotoniya yuzaga keladi.Tutqanoq xuruji

qondagi kalsiy miqdori 1,9-2,0 mmol\l bo‘lganda yuzaga keladi.

VЕGЕTATIV DISFUNKSIYA VA SЕZGI SFЕRASI O‘ZGARISHLARI SINDROMI.

Tutqanoq xuruji bo‘lmagan davrda bemorlarda sovqotish yoki isib ketish, terlash, bosh

aylanishi, hushdan ketish, ko‘ruv akkomodatsiyasining buzilishi, diplopiya, migren, quloqda

shovqin, turg‘un dermografizm, ba’zan yurakning tez urishi va yurak sohasida og‘riq ko‘ruvning

pasayishi kuzatiladi. Sezgi sferasidagi o‘zgarishlar shovqinga, baland tovushga, baland musiqaga

sezuvchanlikning oshishi, atrof-muhitdagi temperaturani qabul qilishning buzilishi (issiiq havoda

bemorlar sovqotadi va teskarisi), nordonga sezuvchanlikning pasayishi, achchiq va shirin

ta’mlarga nisbatan sezuvchanlikning oshishi xarakterli.

MARKAZIY NЕRV SISTЕMASI JAROHATLANISHI VA BOSH MIYA BUZILISHI

SINDROMI.

Uzoq davom etgan gipokalsiyemiyada psixikaning o‘zgarishi, nevrozlar, emotsional

buzilishlar (depresiya), uyqusizlik kuzatiladi. Og‘ir tetaniya xurujlarida ekstrapiramidal

simptomlar bilan birga bosh miya shishishi yuzaga keladi. Gipoparatireozda bosh miya buzilishlari

epilepsiyasimon xurujlar sifatida namoyon bo‘ladi, bu xuruj klinik va elektroensefalografik

jihatdan genuin epilepsiyaga o‘xshab, undan farqi qondagi kalsiy miqdori normallashganda EEG

dagi o‘zgarishlar tez dinamik yaxshilanadi, klasik epilepsiyada qondagi kalsiy miqdori


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


233

normallashganda EEG dinamik yaxshi tomonga o‘zgarmaydi. Haqiqiy epilepsiyadan farqli o‘laroq

es-hush yo‘qolmaydi. Epilepsiya gipoparatireozning asosiy simptomi bo‘lganligi sababli hamma

bemorlardan kalsiy miqdorini aniqlash uchun qon olinadi, lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki,

gipoparatireoz bilan haqiqiy epilepsiya qo‘shilib kelishi mumkin. Miya ichi kalsifikatsiyasi

bo‘lganda ayniqsa bazal gangliyalar, turk egari va ba’zan miyacha sohasida bo‘lganda og‘ir

nevrologik buzilishlar kuzatiladi. Bunda klinik ko‘rinish kalsifikatning joylashgan joyi va miya

ichi bosimining oshish darajasiga bog‘liq. Ko‘proq epilepsiyasimon tip va parkinsonizm

kuzatiladi. Gipoparatireozda nerv sistemasining jarohatlanishi Far sindromi ko‘rinishida namoyon

bo‘ladi:

*bosh miya bazal gangliylar sohasi ohaklanishi

*epilepsiya

*demensiya

*bosh og‘riqlari

*ekstrapiramidal belgilar

Diagnostik ahamiyatga faqat Xvostek simptomi I darajasi bo‘lib hisoblanadi, Xvostek

simptomi II va III darajalari nevrozlar, isteriya, kaxeksiya va asteniyada ham uchraydi.

Trusso simptomi- tanometr manjetasi bilan yelka sohasi qisilganda 2-3 minutdan keyin

barmoq mushaklarida tutqanoqlarning kuzatilishi (“akusher qo‘li”, ”yozayotgan qo‘l”).

Veys simptomi- ko‘zning tashqi tomoni urilganda qovoqning aylana mushagi va peshona

mushagining qisqarishi.

Gofman simptomi- nervlarning bo‘linish joyi, ayniqsa uch shoxli nervning I-shoxi chiqish

joyida qisilganda paresteziyalarning paydo bo‘lishi.

Erba simptomi- past galvanik tok bilan ta’sirlanganda mucha nervlari elektr

qo‘zg‘aluvchanligining oshishi. Bu tutqanoqlar bilan ifodalanadi.

REFERENCES

1.

Gilbert G.L. Infections in pregnant women. Med J Aust 2002; 176: 229– 236.

https://www.mja.com.au/journal/2002/176/5/1-infections-pregnant-women;

2.

Palasanthiran P, Starr M, Jones C, Giles M; editors. Management of perinatal infections.

Sydney: Australasian Society for Infectious Diseases, 2014.

3.

Public Health Laboratory Network. Laboratory case definitions for diagnosis of

communicable diseases. Canberra: Commonwealth of Australia, 2017.

4.

LeBaron C.W., Forghani B, Beck C, et al. Persistence of mumps antibodies after 2 doses

of measles‐mumps‐rubella vaccine. J Infect Dis 2009; 199: 552– 560.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


234

5.

Best J.M. Rubella. Semin Fetal Neonatal Med 2007; 12: 182– 192.

6.

Cradock‐Watson J.E., Ridehalgh MK, Anderson MJ, Pattison JR. Outcome of

asymptomatic infection with rubella virus during pregnancy. J Hyg (Lond) 1981; 87: 147–

154.

7.

Ahn K.H., Park YJ, Hong SC, et al. Congenital varicella syndrome: a systematic review. J.

Obstet. Gynaecol 2016; 36: 563– 566.

8.

Gilbert G.L. Parvovirus B19 infection and its significance in pregnancy. Commun Dis.

Intel.l 2000; 24 (Suppl): 69– 71.

9.

Bascietto F., Liberati M, Murgano D, et al. Outcome of fetuses with congenital parvovirus

B19 infection: systematic review and meta‐analysis. Ultrasound Obstet Gynecol 2018; 52:

569–

10.

Tuksanova, D. I. (2019). Osobennosti sostoyanie parametrov gomeostaza i

kardiogemodinamiki u zhenshchin s fiziologicheskim techeniem beremennosti. Novyj den'

v medicine-Tibbiyotda yangi kun-2019, 1(25), 159-163.

11.

Tuksanova, D. I. (2019). Features of the state of parameters of homeostasis and

cardiodynamics in women with the physiological course of pregnancy. Tibbietda yangi

kun.-Tashkent, (1), 25.

12.

Zaripova D.Ya., Tuksanova D.I., Negmatullaeva M.N. Osobennosti techeniya

perimenopauzal'nogo perekhoda zhenshchin s ozhireniem. Novosti dermatovenerologii i

reproduktivnogo zdorov'ya. № 1-2.2020 Str.39-42.– 66.

13.

Zaripova D.Ya. , Sharipova R.G. Effeciency of hormone replacement therapy in prevention

menopausal therapy. Academicia an international multidisciplinary research journal.

Vol.10, issue 8. Page 422.

14.

Zaripova D. and Sharipova R. Comparative evaluation of the use of aleandronic acid in

menopausal women complicated by osteoporosis. European journal of biomedical and

pharmaceutical sciences. Vol-7, issue-6.

Библиографические ссылки

Gilbert G.L. Infections in pregnant women. Med J Aust 2002; 176: 229– 236. https://www.mja.com.au/journal/2002/176/5/1-infections-pregnant-women;

Palasanthiran P, Starr M, Jones C, Giles M; editors. Management of perinatal infections. Sydney: Australasian Society for Infectious Diseases, 2014.

Public Health Laboratory Network. Laboratory case definitions for diagnosis of communicable diseases. Canberra: Commonwealth of Australia, 2017.

LeBaron C.W., Forghani B, Beck C, et al. Persistence of mumps antibodies after 2 doses of measles‐mumps‐rubella vaccine. J Infect Dis 2009; 199: 552– 560.

Best J.M. Rubella. Semin Fetal Neonatal Med 2007; 12: 182– 192.

Cradock‐Watson J.E., Ridehalgh MK, Anderson MJ, Pattison JR. Outcome of asymptomatic infection with rubella virus during pregnancy. J Hyg (Lond) 1981; 87: 147– 154.

Ahn K.H., Park YJ, Hong SC, et al. Congenital varicella syndrome: a systematic review. J. Obstet. Gynaecol 2016; 36: 563– 566.

Gilbert G.L. Parvovirus B19 infection and its significance in pregnancy. Commun Dis. Intel.l 2000; 24 (Suppl): 69– 71.

Bascietto F., Liberati M, Murgano D, et al. Outcome of fetuses with congenital parvovirus B19 infection: systematic review and meta‐analysis. Ultrasound Obstet Gynecol 2018; 52: 569–

Tuksanova, D. I. (2019). Osobennosti sostoyanie parametrov gomeostaza i kardiogemodinamiki u zhenshchin s fiziologicheskim techeniem beremennosti. Novyj den' v medicine-Tibbiyotda yangi kun-2019, 1(25), 159-163.

Tuksanova, D. I. (2019). Features of the state of parameters of homeostasis and cardiodynamics in women with the physiological course of pregnancy. Tibbietda yangi kun.-Tashkent, (1), 25.

Zaripova D.Ya., Tuksanova D.I., Negmatullaeva M.N. Osobennosti techeniya perimenopauzal'nogo perekhoda zhenshchin s ozhireniem. Novosti dermatovenerologii i reproduktivnogo zdorov'ya. № 1-2.2020 Str.39-42.– 66.

Zaripova D.Ya. , Sharipova R.G. Effeciency of hormone replacement therapy in prevention menopausal therapy. Academicia an international multidisciplinary research journal. Vol.10, issue 8. Page 422.

Zaripova D. and Sharipova R. Comparative evaluation of the use of aleandronic acid in menopausal women complicated by osteoporosis. European journal of biomedical and pharmaceutical sciences. Vol-7, issue-6.