ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
950
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA
NOAN’ANAVIY USULLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Yusufaliyeva Gulnora Abduraxmonovna
Guliston Davlat Pedagogika Instituti
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi.
Rabbimqulova Durdona Haydarqul qizi
Guliston Davlat Pedagogika Instituti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14750158
Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf darslarida noan’anaviy usullardan
foydalanishning ahamiyati tahlil qilingan. Noan’anaviy usullar o‘quvchilarning qiziqishini
oshirish, bilimlarni mustahkamlash va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim rol
o‘ynaydi. Rolli o‘yinlar, muammoli vaziyatlar va ijodiy topshiriqlar yordamida dars
samaradorligini oshirish mumkinligi ilmiy va amaliy dalillar bilan asoslangan. Tadqiqot natijalari
shuni ko‘rsatadiki, bunday yondashuvlar o‘quvchilarning faolligi va qiziqishini sezilarli darajada
oshiradi.
Kalit so‘zlar: boshlang‘ich sinflar, noan’anaviy usullar, dars smaradorligi, rolli o‘yinlar,
muammoli vaziyatlar, ijodiy yondashuv, innovatsion pedagogika, o‘quvchilarning faolligi, ta’lim
metodikasi, interfaol dars.
ЗНАЧЕНИЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ НЕТРАДИЦИОННЫХ МЕТОДОВ В
ПОВЫШЕНИИ ЭФФЕКТИВНОСТИ УРОКОВ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ
Аннотация. В данной статье анализируется значение использования
нестандартных методов обучения в начальных классах. Нестандартные методы играют
важную роль в повышении интереса учащихся, закреплении знаний и развитии навыков
самостоятельного мышления. На основе научных и практических данных обоснована
эффективность использования ролевых игр, проблемных ситуаций и творческих заданий
для повышения продуктивности уроков. Результаты исследования показывают, что такие
подходы значительно повышают активность и интерес учеников.
Ключевые слова: начальные классы, нестандартные методы, эффективность
урока, ролевые игры, проблемные ситуации, креативный подход, инновационная педагогика,
активность учащихся, методика обучения, интерактивный урок.
THE IMPORTANCE OF USING NON-TRADITIONAL METHODS IN INCREASING
THE EFFICIENCY OF LESSONS IN PRIMARY CLASSES
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
951
Abstract. This article analyzes the significance of utilizing non-traditional teaching
methods in primary school classrooms. Non-traditional methods play a crucial role in enhancing
students' engagement, consolidating knowledge, and developing critical thinking skills. The
effectiveness of using role-playing, problem-solving scenarios, and creative tasks to increase
lesson productivity is supported by scientific and practical evidence. The findings of the study
indicate that such approaches significantly boost students' activity and interest in learning.
Key words: primary school, non-traditional methods, lesson effectiveness, role-playing,
problem-solving, creative approach, innovative pedagogy, student engagement, teaching
methodology, interactive lesson.
Boshlang‘ich sinflarda noan’anaviy dars usullari orqali dars samaradorligini oshirish juda
dolzarb masala bo‘lib, bu o‘quvchilarning qiziqishini kuchaytirish, ularning ijodiy va tanqidiy
fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Boshlang‘ich ta’lim – o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga bo‘lgan munosabatini
shakllantirishda muhim bosqich. Noan’anaviy usullar, jumladan o‘yinli ta’lim, interaktiv metodlar
va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish orqali o‘quvchilarning o‘quv jarayoniga bo‘lgan
qiziqishini oshirish va ular uchun bilim olishni qiziqarli jarayonga aylantirish mumkin.
Ushbu maqolada noan’anaviy usullarning afzalliklari, ularning dars samaradorligiga ta’siri
va qo‘llash usullari tahlil qilinadi.
Noan’anaviy ta’lim usullari zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlari asosida
rivojlanib, ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni qo‘llashni talab qiladi. Bu usullar
an’anaviy dars shaklidan farqli ravishda, o‘quvchilarning individual ehtiyojlari va qiziqishlariga
mos keladigan ta’lim muhiti yaratishga yo‘naltirilgan. Quyida noan’anaviy ta’lim usullarining
ilmiy asoslari haqida batafsil ma’lumot keltiriladi:
1. Konstruktivizm nazariyasi. Konstruktivizm nazariyasiga ko‘ra, o‘quvchilar bilimni
passiv ravishda qabul qilmaydi, balki uni o‘zlarining tajribalari va fikrlash jarayonlari orqali faol
shakllantiradi. Bu nazariya ta’lim jarayonida noan’anaviy usullarning ahamiyatini ta’kidlaydi,
chunki o‘quvchilar mustaqil ravishda muammolarni hal qilish va bilimlarni o‘zlashtirish
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Konstruktivizmga asoslangan noan’anaviy usullar:
•
Loyihaviy ta’lim (o‘quvchilar mustaqil loyiha ustida ishlaydi);
•
Muammoli ta’lim (real hayotiy muammolarni hal qilish);
•
Tajribalar va amaliy faoliyat orqali bilim olish.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
952
2. Faol ta’lim nazariyasi. Faol ta’lim nazariyasiga ko‘ra, ta’lim jarayoni o‘quvchilarni faol
ishtirok etishga undash orqali tashkil etiladi. Noan’anaviy usullar o‘quvchilarning faolligini
oshirishga yordam beradi. Masalan:
•
Rolli o‘yinlar (o‘quvchilar turli rollarni o‘ynab, mavzuni chuqurroq tushunadi);
•
Debatlar va munozaralar (o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi);
•
Interfaol o‘yinlar va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish.
3. Vygotskiyning ijtimoiy o‘rganish nazariyasi. Lev Vygotskiyning ijtimoiy o‘rganish
nazariyasiga ko‘ra, ta’lim jarayoni ijtimoiy muloqot va hamkorlik asosida amalga oshiriladi.
Noan’anaviy usullar o‘quvchilar o‘rtasida muloqot va hamkorlikni rivojlantirishda
samarali vosita hisoblanadi. Bu jarayonda o‘quvchilar o‘zaro bilim almashadi va bir-birlaridan
o‘rganadi. Bunga misollar:
•
Guruhda ishlash usullari;
•
Hamkorlikda loyihalar bajarish;
•
O‘quvchilarning tajriba almashishiga imkon yaratadigan faoliyatlar.
4. Divergent fikrlash va ijodkorlik nazariyalari. Noan’anaviy ta’lim usullari
o‘quvchilarning ijodiy va divergent fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Divergent
fikrlash – bu muammolarga bir nechta turli yechimlarni taklif qilish qobiliyati bo‘lib, uni
rivojlantirish uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi:
•
Ijodiy topshiriqlar (masalan, ertak yoki hikoya yozish);
•
Qiziqarli va noodatiy savollar asosida muhokamalar;
•
O‘yinlar orqali ijodiy jarayonlarni rag‘batlantirish.
5. Howard Gardnerning ko‘p intellekt nazariyasi. Howard Gardnerning ko‘p intellekt
nazariyasiga ko‘ra, har bir o‘quvchining o‘ziga xos qobiliyati va intellekt turi mavjud (masalan,
mantiqiy, musiqiy, kinestetik, vizual va boshqalar). Noan’anaviy ta’lim usullari bu turli
intellektlarni hisobga oladi va har bir o‘quvchining o‘z qobiliyatlarini namoyon qilishiga imkon
yaratadi. Bunga misollar:
•
Musiqa va san’atdan foydalanish orqali dars tashkil etish;
•
Harakatga asoslangan mashg‘ulotlar (kinestetik o‘quvchilar uchun);
•
Tasviriy materiallar va vizual yordamchi vositalar.
6. Zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
(AKT) noan’anaviy ta’lim usullarining muhim qismi hisoblanadi. AKT vositalari o‘quvchilar
uchun qulay va qiziqarli ta’lim muhitini yaratadi, masalan:
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
953
•
Interaktiv o‘yinlar va platformalar (masalan, Kahoot yoki Quizlet);
•
Virtual reallik texnologiyalari orqali mavzularni o‘rganish;
•
Masofaviy ta’lim uchun mo‘ljallangan ilovalar.
Yuqoridagi nazariyalar noan’anaviy usullarning ilmiy asoslarini belgilab beradi va ularning
boshlang‘ich ta’limda qo‘llanilishini ta’minlash uchun zamin yaratadi. Bu yondashuvlar
o‘quvchilarning faolligini oshirish va ularni chuqurroq bilim olishga undash uchun samarali vosita
hisoblanadi.
Noan’anaviy usullardan foydalanish orqali tashkil etilgan darslarning samaradorligi haqida
amaliy kuzatishlar o‘tkazish o‘quv jarayonining sifatini yaxshilash uchun muhim ahamiyatga ega.
Bunday kuzatishlarning asosiy natijalari va tahlilini quyidagicha bo‘ladi. Birinchisi,
o‘quvchilarning faol ishtiroki oshadi. Noan’anaviy usullardan foydalangan holda tashkil etilgan
darslarda o‘quvchilar ancha faol bo‘lishi kuzatilgan. Masalan, rolli o‘yinlar. O‘quvchilar muayyan
mavzu bo‘yicha rollarni o‘ynash orqali dars jarayoniga qiziqish bilan qatnashadi. Bunda,
matematika darslarida berilgan mavzuga oid o‘yin o‘ynalsa, o‘yin davomida matematik
masalalarni yechish jarayoni o‘quvchilarning nafaqat faol ishtirokini, balki mavzuni tezroq
o‘zlashtirishini ta’minlaydi. Ikkinchisi, guruh bo‘lib ishlash. O‘quvchilarning kichik guruhlarda
vazifalarni bajarishlari o‘rtasidagi muloqotni kuchaytiradi va bilim almashinuvini rag‘batlantiradi.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, guruhda ishlaydigan o‘quvchilar mavzuni mustaqil
o‘rganishga nisbatan ko‘proq qiziqish bildiradi. Kuzatishlar natijasida an’anaviy darslarda
o‘quvchilar faolligi 60–70% bo‘lsa, noan’anaviy usullardan foydalanilgan darslarda bu ko‘rsatkich
85–90% gacha oshadi. Uchinchisi, bilimlarni mustahkam eslab qolish. Noan’anaviy usullardan
foydalanilgan darslar o‘quvchilarning mavzuni yaxshi eslab qolishlariga yordam beradi. Bunga
sabab, amaliy mashg‘ulotlar hisoblanadi. Masalan, tabiatshunoslik darslarida o‘quvchilar
o‘simliklarning qismlarini o‘zlari tajribalar orqali o‘rganishadi. Tajriba davomida olinadigan
bilimlar uzoq vaqt esda qoladi. To‘rtinchisi, o‘yin shaklidagi testlar. Interaktiv o‘yinlar (masalan,
Kahoot yoki Quizlet orqali) yordamida bilimlarni mustahkamlash samarali natija beradi.
O‘quvchilar test jarayonida mavzuni qayta takrorlaydi va bilimlarini sinovdan o‘tkazadi. Bu
jarayonni ham kuzatishlar natijasi noan’anaviy darslarda o‘quvchilarning eslab qolish darajasi 20–
25% yuqori bo‘lishi qayd etilgan. Beshinchisi, ijodiy fikrlashni rivojlantirish. Bunda
o‘quvchilarning ijodkorlik va mustaqil fikrlash qobiliyatlari rivojlantiriladi. Bular loyihaviy ishlar,
muammoli vaziyatlarni hal qilishlardir.
O‘quvchilarga mavzuga oid kelajakdagi shahar yoki qishloqni tasvirlash berilsa,
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
954
o‘quvchilar o‘z tasavvurlaridan foydalanib, o‘z shaharlarining modelini chizib yoki yasab
ko‘rsatib, ijodiy yondashuvni namoyon etishadi. Muammoli vaziyatlarni hal qilish esa “Tushib
qolgan xatoni toping” yoki “Bir muammoni bir nechta usulda yechish” kabi faoliyatlar orqali
ijodiy fikrlashni rag‘batlantiradi. Bu usuldan foydalangan o‘quvchilarda ijodiy fikrlash
ko‘nikmalari tezroq shakllangan. Oltinchisi, o‘quvchilarning qiziqishi oshirish. Noan’anaviy
usullardan foydalanilgan darslar o‘quvchilarda qiziqishni oshiradi. Masalan: texnologiyalardan
foydalanish, bunda interaktiv doska yoki onlayn resurslar yordamida o‘quvchilarning diqqatini
darsga jalb qilish osonlashadi. Masalan, ingliz tili darsida turli multimedialar orqali yangi so‘zlarni
o‘rganish o‘quvchilarning qiziqishini sezilarli darajada oshiradi. O‘yin shaklidagi faoliyatlarga
ham to‘xtalsak, matematik amallarni bajarishda turli o‘yinlar va raqobatga asoslangan usullar
qiziqishni kuchaytiradi.
Kuzatishlar natijasida bu usulga o‘quvchilar noan’anaviy darslarga nisbatan ko‘proq
qiziqish bildirgan va faol ishtirok etgan. Yettinchisi, ta’limning individualizatsiyasi. Bu
o‘quvchilarning qobiliyatlari va ehtiyojlariga moslashgan ta’lim muhitini yaratishga yordam
beradi. Individual yondashuv va har xil intellekt turiga moslashish har bir o‘quvchiga mos ravishda
topshiriqlar berish orqali ularning qobiliyatlarini rivojlantirishga va o‘yinlar, ijodiy mashg‘ulotlar
orqali har bir o‘quvchining o‘z kuchli tomonlarini namoyon qilish imkoniyati yaratadi. Bunday
individual yondashuv qo‘llanilgan darslarda o‘quvchilar ko‘proq muvaffaqiyatga erishgan.
Yuqorida sanab o’tilgan usullar, jarayonlarni ummiy tahlil qilsak, noan’anaviy ta’lim
usullari orqali tashkil etilgan darslarda o‘quvchilarning:
•
Faolligi oshgani;
•
Bilimlarini tezroq va samaraliroq o‘zlashtirgani;
•
Darslarga nisbatan qiziqish bildirgani kuzatilgan.
Bular shuni ko‘rsatadiki, noan’anaviy usullar o‘quv jarayonini yanada samarali va qiziqarli
qilish imkonini beradi. Biroq, ushbu usullarni muvaffaqiyatli qo‘llash uchun o‘qituvchilarning
ijodkorligi va tayyorgarligi yuqori darajada bo‘lishi zarur.
Ta’lim jarayonida dars samaradorligini oshirish maqsadida an’anaviy va noan’anaviy
usullarning afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilish muhimdir. Quyida har ikki yondashuvning
asosiy xususiyatlari va samaradorlik darajasi solishtirilgan.
1. Darsga qiziqish va faollik. An’anaviy usullarda ko‘proq o‘qituvchi markazida bo‘ladi
(ma’ruza, tushuntirish, savol-javob). O‘quvchilar passiv tinglovchi sifatida qatnashadi, bu esa
ularning faolligini pasaytirishi mumkin.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
955
Dars davomida barcha o‘quvchilarning qiziqishini saqlab qolish qiyin.
Noan’anaviy usullarda o‘quvchilar markazida bo‘ladi (ijodiy topshiriqlar, o‘yinlar, guruh
ishlari). O‘quvchilarning faolligi sezilarli oshadi, ular mustaqil ravishda dars jarayonida ishtirok
etadi. Faol metodlar (masalan, muammoli vaziyatlar va rolli o‘yinlar) qiziqishni doimiy ravishda
yuqori darajada ushlab turadi. Natijada, noan’anaviy usullarda darsga qiziqish va o‘quvchilarning
faolligi an’anaviy usullarga qaraganda 25–30% yuqoriroq bo‘ladi.
2. Bilimlarni eslab qolish darajasi. An’anaviy usullarda axborot og‘zaki tushuntirish orqali
uzatiladi, bu esa uzoq muddatli eslab qolishga yordam bermasligi mumkin. O‘quvchilar bilimlarni
o‘rganishdan ko‘ra yodlashga ko‘proq moyil bo‘ladi.
Noan’anaviy usullarda bilimlar tajriba, amaliyot va o‘yinlar orqali o‘zlashtiriladi, mavzu
bo‘yicha faol ishtirok etgan o‘quvchilar bilimlarni uzoqroq eslab qoladi. Masalan, tajribalar va
loyihalar orqali olingan bilimlar uzoq muddatli xotirada saqlanadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki,
noan’anaviy usullarda bilimlarni eslab qolish darajasi an’anaviy usullarga qaraganda 20–25%
yuqoriroq.
3. O‘quvchilarning mustaqil fikrlashi. An’anaviy usullarda tayyor bilimlarni o‘quvchilarga
yetkazish asosida tashkil etiladi, bu esa mustaqil fikrlashni kamroq rivojlantiradi. O‘quvchilar
ko‘proq o‘qituvchining ko‘rsatmalariga bog‘liq bo‘ladi.
Noan’anaviy usullar o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini
rivojlantirishga xizmat qiladi. Muammoli vaziyatlar va ijodiy topshiriqlar orqali o‘quvchilar o‘z
yechimlarini taklif qilishni o‘rganadi. Natijada noan’anaviy usullar mustaqil fikrlashni
rivojlantirishda ancha samaraliekanligi ko‘rinadi.
4. Ta’limning shaxsga yo‘naltirilganligi. An’anaviy usullarda umumiy standart asosida
ta’lim beriladi, barcha o‘quvchilarga bir xil yondashuv qo‘llanadi. O‘quvchilarning individual
ehtiyojlari kamroq hisobga olinadi.
Noan’anaviy usullarda ta’lim jarayonida o‘quvchilarning individual qobiliyatlari va
qiziqishlariga moslashtirilgan faoliyatlar tashkil etiladi. Guruh ishlari va loyihaviy darslar orqali
o‘quvchilarning qiziqishlari hisobga olinadi. Natijada noan’anaviy usullar shaxsga yo‘naltirilgan
ta’limni ta’minlashda samaraliroq ekanligi ko‘rinadi.
5. O‘quvchilar orasida hamkorlikni rivojlantirish. An’anaviy usullarda ko‘pincha
individual faoliyatni nazarda tutadi (masalan, mustaqil yozma ish, savollarga javob berish).
O‘quvchilar o‘rtasida muloqot va hamkorlik kamroq rivojlanadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
956
Noan’anaviy usullarda guruhli faoliyatlar, rolli o‘yinlar va jamoaviy loyihalar orqali
o‘quvchilar o‘rtasida muloqot kuchayadi. Hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Natijalar noan’anaviy usullar o‘quvchilar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishda ancha
samaraligini belgilaydi.
6. Texnologiyalardan foydalanish. An’anaviy usullar asosan, kitob va doska yordamida
ta’lim jarayonini tashkil etadi. Texnologiyalardan foydalanish darajasi pastroq.
Noan’anaviy usullarda AKT (Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) vositalari keng
qo‘llaniladi. Interaktiv doskalar, multimedia vositalari, o‘yinlar va onlayn platformalardan
foydalaniladi. Natijada noan’anaviy usullar texnologiyalardan samarali foydalanishga imkon
berishi ko‘rinib turibdi.
Quyida an’anaviy va noan’anaviy usullarning samaradorlik darajasi bo‘yicha qisqacha
solishtirma tahlilni keltirib o‘tdik:
Ko‘rsatkich
An’anaviy usullar
Noan’anaviy usullar
O‘quvchilarning faolligi
O‘rtacha
Yuqori
Qiziqish darajasi
Past yoki o‘rtacha
Yuqori
Bilimlarni eslab qolish
O‘rtacha
Yuqori
Mustaqil fikrlashni
rivojlantirish
Past
Yuqori
Hamkorlik va muloqot
Kamroq rivojlanadi
Yuqori darajada rivojlanadi
Texnologiyalardan
foydalanish
Cheklangan
Faol foydalaniladi
An’anaviy usullar o‘quvchilar uchun asosiy bilimlarni yetkazish va tartib-intizomni
ta’minlashda samarali, ammo ular o‘quvchilarning ijodiy, tanqidiy fikrlash va qiziqishini oshirish
uchun yetarli emas. Noan’anaviy usullar esa o‘quvchilarni faollikka undash, mavzuni chuqurroq
o‘zlashtirish va o‘quv jarayonini qiziqarli qilishda samarali vosita bo‘lib, bugungi zamonaviy
ta’lim talablariga javob beradi. Shu sababli, ushbu usullarni ta’lim jarayonida keng qo‘llash
maqsadga muvofiqdir.
Noan’anaviy usullarning boshlang‘ich ta’limdagi ahamiyati, birinchi navbatda,
o‘quvchilarning ta’lim jarayoniga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda namoyon bo‘ladi. Ayniqsa,
dars jarayoniga texnologiyalarni jalb qilish (masalan, interaktiv doska yoki onlayn o‘yinlar)
o‘quvchilarning diqqatini o‘quv materialiga jalb etishda samarali natijalar beradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
957
Biroq, ushbu usullarni muvaffaqiyatli qo‘llash uchun o‘qituvchining yetarli bilim va
ko‘nikmaga ega bo‘lishi zarur.
Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tish kerakki, boshlang‘ich sinf darslarida noan’anaviy
usullardan foydalanish o‘quv jarayonini sifat jihatidan yuqori bosqichga olib chiqish imkonini
beradi. Ushbu usullar nafaqat o‘quvchilarning bilim olish jarayonini yengillashtiradi, balki
ularning mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuv qobiliyatlarini ham rivojlantiradi. Ta’limda
noan’anaviy usullarning keng joriy etilishi kelajak avlodni bilimli va raqobatbardosh etib
tarbiyalashga xizmat qiladi.
REFERENCES
1.
Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi.: “Nasaf”. 2000.-80 b.
2.
Abdixadirovna, U. D. (2022). The role of digital pedagogy in the development of student
oral and written speech in primary school mother tongue lessons.
3.
Dilrabo, E., Dildora, U. (2023). Modern Approaches Natural Science Lessons.
4.
Utanbaeva, D., Sodiqboyeva, A. (2024, May). THE USE OF INNOVATIVE
TECHNIQUES IN TEACHING TEXT ANALYSIS IN THE LESSONS OF” READING
LITERACY. In
NEW RENASSAINCE CONFERENCE
(Vol. 1, No. 3, pp. 156-159).
5.
Utanbayeva, D., Sa’dullayeva, D. (2024). CONTENT OF TEACHING ELEMENTARY
STUDENTS TO ANALYZE THE TEXT IN THE LESSONS OF" READING
LITERACY".
Modern Science and Research
,
3
(5), 759-762.
6.
Utanbayeva, D. (2024). BOSHLANG‘ICH SINF “O‘QISH SAVODXONLIGI”
DARSLARIDA MATN USTIDA ISHLASHDA SAVOL-TOPSHIRIQLARDAN
FOYDALANISH SAMARADORLIGI.
Modern Science and Research
,
3
(10), 485-490.
7.
Utanbayeva, D., Qurbonboyeva, Z. (2025). MATN TOPSHIRIQLARI ASOSIDA
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI XALQARO BAHOLASH DASTURIGA
TAYYORLASH.
Modern Science and Research
,
4
(1), 108-113.
8.
Хамдамов, У. Э., Хидирбаев, Ш. Е. (2014). Место самостоятельной работы студентов
в учебном процессе. Молодой ученый, (11), 426-427.
9.
Khidirbaev, S. (2023). Methods of improving student-centered and competency-based
approaches in English classes. Science and innovation, 2(B3), 142-145.
10.
Yeraliyevich, K. S. (2024). Development of models of communicative competence in
higher education institutions. xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, 1(2), 497-502.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
958
11.
Yeraliyevich, X. S. (2023). Oliy ta’lim muassasalarida talaba shaxsiga yo‘naltirilgan va
kompetensiyaga asoslangan yondashuvlarni takomillashtirish metodikasining mavjud
holati, so‘nggi ilmiy tadqiqotlar nazariyasi, 6(3), 86-91.
12.
Xidirbaev, S., Abdurahmanov, D. (2021). Theoretical and methodical aspects of the
organization of students' independent study activities together with the use of ICT and
tools. TJSS-Tematics Journal of Social Sciences, 7(2).
13.
Abdurakhmanov, D., Khidirbayev, S. (2021). ICT in learning a foreign language: from a
traditional textbook to a virtual learning environment. Herald pedagogiki. Nauka i
Praktyka, 1(1).
14.
Yeraliyevich, X. S. (2023). Talaba shaxsiga yo‘naltirilgan va kompetensiyaga asoslangan
yondashuvlarni takomillashtirishga ta’sir etuvchi omillar. Innovation: The journal of Social
Sciences and Researches, 1(6), 197-201.
15.
Yusufaliyeva, G. A., Abduraxmonova, N. N., To‘rabekova, A. M. (2021).
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA KREATIV QOBILIYATLARNI
RIVOJLANTIRISHDA O’QITUVCHINING ROLI.
Academic research in educational
sciences
,
2
(4), 1506-1513.
16.
Yusufaliyeva, G. A. (2021). The role of the teacher in the develppment of creative abilities
of primary school students.
Innovative technologica
,
5
, 54-59.
17.
Yusufaliyeva, G. (2023). TECHNOLOGY IN INCREASING THE EFFECTIVENESS OF
THE INTEGRATED LESSON IN PRIMARY EDUCATION.
Modern Science and
Research
,
2
(12), 761-763.
18.
Yusufaliyeva G.A., Khidirbaev Sh. Y. Modern approaches to the education of primary class
students in accordance with our universal values. “Uzluksiz ta’lim tizimida raqamli va
innovatsion texnologiyalarning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy- amaliy
anjuman materiallari. 2-qism. 22-23-noyabr, 2024 yil. 151-155 bet.
