KORXONALARDA BOSHQARUV TASHKILIY TUZILMASINI SHAKLLANTIRISH VA LOYIHALASHTIRISH OMILLARI

Annotasiya

Maqolada ishlab chiqarish korxonalarda boshqaruv tashkiliy tuzilmasini shakllantirish va loyihalashtirishga ta’sir etuvchi omillar bayon etilgan. Shuningdek, korxonalarda boshqaruv tashkiliy tuzilmasini shakllantirish va loyihalashtirishdagi ayrim muammolar ko’rsatib o’tilgan. Tashkiliy tuzilmasini samarali shakllantirish va loyihalashtirish uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Dedajanov, B., & Ermatov, J. (2024). KORXONALARDA BOSHQARUV TASHKILIY TUZILMASINI SHAKLLANTIRISH VA LOYIHALASHTIRISH OMILLARI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(8), 224–231. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/37334
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada ishlab chiqarish korxonalarda boshqaruv tashkiliy tuzilmasini shakllantirish va loyihalashtirishga ta’sir etuvchi omillar bayon etilgan. Shuningdek, korxonalarda boshqaruv tashkiliy tuzilmasini shakllantirish va loyihalashtirishdagi ayrim muammolar ko’rsatib o’tilgan. Tashkiliy tuzilmasini samarali shakllantirish va loyihalashtirish uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

224

KORXONALARDA BOSHQARUV TASHKILIY TUZILMASINI SHAKLLANTIRISH

VA LOYIHALASHTIRISH OMILLARI

Dedajanov Baxtiyor Nabijanovich

NamMTI “Menejment” kafedrasi dotsenti, i.f.n.

Ermatov Jamshidbek Adxamjonovich

NamMTI “Menejment” yo’nalishi magistri.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13519130

Annotatsiya.

Maqolada ishlab chiqarish korxonalarda boshqaruv tashkiliy tuzilmasini

shakllantirish va loyihalashtirishga ta’sir etuvchi omillar bayon etilgan. Shuningdek,
korxonalarda boshqaruv tashkiliy tuzilmasini shakllantirish va loyihalashtirishdagi ayrim
muammolar ko’rsatib o’tilgan. Tashkiliy tuzilmasini samarali shakllantirish va loyihalashtirish
uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

boshqaruv tuzilmasi, shakllantiruvchi

omillar, boshqaruv mexanizmining

tarkibiy qismlari, maqsadlar, tamoyillar, usullar, bevosita ta’sir qiluvchi omillar, asosiy omillar,
boshqaruv funktsiyalari, bilvosita ta’sir ko’rsatadigan omillar, kadrlar, texnologiya, boshqaruv
texnologiyasi, mehnatni tashkil etish, ichki va tashqi omillar, real ishlab chiqarish jarayoni.

FACTORS OF FORMATION AND DESIGN OF MANAGEMENT ORGANIZATIONAL

STRUCTURE IN ENTERPRISES

Abstract.

The article describes the factors influencing the formation and design of the

organizational structure of the management of industrial enterprises. Some problems of formation
and design of the organizational structure of management at enterprises are also indicated.
Recommendations on the effective formation and design of the organizational structure have been
developed.

Keywords:

management structure, formative factors, components of the management

mechanism, goals, principles, methods, direct action factors, main factors, management functions,
indirect impact factors, personnel, technology, management technology, labor organization,
internal and external factors, real production process.

ФАКТОРЫ ФОРМИРОВАНИЯ И ПРОЕКТИРОВАНИЯ ОРГАНИЗАЦИОННОЙ

СТРУКТУРЫ УПРАВЛЕНИЯ НА ПРЕДПРИЯТИЯХ

Аннотация.

В статье описаны факторы, влияющие на формирование и

проектирование

организационной

структуры

управления

производственными

предприятиями. Также указаны некоторые проблемы формирования и проектирования
организационной структуры управления на предприятиях. Разработаны рекомендации по
эффективному формированию и проектированию организационной структуры.

Ключевые слова:

структура управления, формирующие факторы, компоненты

механизма управления, цели, принципы, методы, факторы прямого действия, основные
факторы, функции управления, факторы косвенного воздействия, кадры, технология,
технология управления, организация труда, внутренние и внешние факторы, реальный
производственный процесс.




background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

225

Kirish

Tadbirkorlik subyektlarining zamonaviy bozor sharoitida moslashishi, ularni texnik qayta

jihozlash va ishlab chiqarishni rekonstruktsiya qilish, innovatsion salohiyatni oshirish uchun
korxonani boshqarishning samarali mexanizmi zarur. Iqtisodiyotning tez o’zgaruvchanligi
sharoitida korxonalarning tashkiliy, texnologik va ishlab chiqarish salohiyati va bozordagi
xaridorlarning asosiy guruhlari talabi o’rtasidagi tafovutni aniqlashni taqazo etmoqda. Bu
korxonalarda ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirishga, xususan, ularning tashkiliy
tuzilishini o’zgartirishga, mutanosib ravishda loyihalashtirishga turtki beradi.

Boshqaruvning tashkiliy tuzilishi menejmentning murakkab va asosiy tushunchalaridan

biridir. Bu boshqaruv jarayoni, funktsiyalari, maqsadlari va menejerlar o’rtasida vakolatlarni
taqsimlash bilan chambarchas bog’liqdir. Butun boshqaruv jarayoni barcha toifadagi, kasbiy
ixtisoslik va darajadagi menejerlar ishtirokida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi doirasida amalga
oshiriladi. Ularning har biri hamkorlik, yetakchilik-bo’ysunish va nazorat doirasidagi alohida
vazifalar va mas’uliyat sohalariga ega. Loyihalashtirilayotgan struktura boshqaruv tizimining
shakli bilan taqqoslanadi, bu unda sodir bo’layotgan barcha jarayonlarning o’z vaqtida amalga
oshishi va samaradorligi uchun xizmat qiladi.

Korxona boshqaruv tuzilmasini shakllantirish va loyihalashtirish ko’pqirraliligi uning

ko’plab omillar ta’sirida bo’lishidan dalolat beradi. Ushbu omillarni tadqiq etish, mavjud
muammolarni o’rganish mavzuning dolzarbligini ifodalaydi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili.

Bir qator xorij olimlarining yondashuvlarida

keltirilishicha, zamonaviy sharoitda tashkiliy tuzilmalarni loyihalashda tizimli yondashuvdan keng
foydalanish kerak. Bu tashkilot tashqi muhitining tashqi va ichki omillarini hisobga olishni o'z
ichiga oladi. Ushbu omillar vaziyatli bo'lib, to'rt guruhga bo'linadi:

1) tashkilotda ish texnologiyasi. Tashkilotning loyihalashtirish ikki yo'nalishda ishlash

texnologiyasi bilan bog'liq: mehnat taqsimoti; ishlarni guruhlash, ya'ni bo'linmalarni yaratish;

2) tashkilot maqsadlariga nisbatan rahbariyatining strategik tanlovi. Tashkilotning

loyihalashtirish kompaniya tomonidan tanlangan strategiyaga mos kelishi kerak. Yuqori rahbariyat
tomonidan ma'lum bir strategiyani tanlash tashkilotni loyihalash bo'yicha ko'plab qarorlarga
bevosita ta'sir qiladi;

3) ishchilarning xatti-harakati. Loyihalashda xodimlarning ehtiyojlari, qiziqishlari,

munosabatlari, malaka darajasi, motivatsiyasi va intizomini hisobga olish kerak;

4) hajmi. Tashkilotning hajmi tashkiliy tuzilishga ma'lum ta'sir ko'rsatadi. Bu uning

loyihasiga quyidagicha ta'sir qiladi: tashkilotlar kattalashganda, ular yanada murakkab loyihalarga
muhtoj bo’ladi.”[6]

O.S.Vixanskiyning ta’rificha, strukturani shakllantirishda dastlabki ish loyihalashtirish

hisoblanadi. Tuzilmaning loyihalashtirish ko'plab omillarga, xususan, ishni bajarish uchun qanday
malaka talab qilinishiga, mahsulotning qaysi qismi alohida xodim tomonidan ishlab chiqarilishiga,
ishning mazmuni xodimga qay darajada ta'sir qilishiga, yakuniy natijadan qaytar aloqa talab
qilinadimi yoki yo'qmi, ish xodimning rivojlanishi va o'qitilishini o'z ichiga olishi kerakmi va shu
kabi hokazo hakazolarga bog’liq.

1

1

Виханский О.С., Наумов А. И. Менеджмент: Учебник. — 3-е изд. — М.: Гардарики, 2003. — 528с.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

226

M.Sharifxo’jaev va Yo.Abdullaevlar hammuallifligidagi “Menejment” darsligida

boshqaruv tuzilmasini shakllantirish va loyihalashtirish omillarini quyidagicha ifodalangan. [3]

1-jadval

Boshqarish tuzilmasini shakllantirish va loyihalashtirish omillari

Guruhlash belgilari

Ta’sir etuvchi omillar

1.

Strukturani

aniqlovchi

belgilar

- boshqarish maqsadi;
- boshqarish funktsiyalari va vazifalari;
- xizmat qilinadigan mintaqalar va iste’molchilar guruhi;
- ish vaqti rejimi, intervali va boshqalar.

2.

Strukturaga ta’sir qiluvchi
omillar

- tashqi muhit;
- texnologiya;
- korxonaning katta-kichikligi;
- biznes strategiyasi;
- xodimlar soni;
- qabul qilinadigan qarorlar tizimi;
- shakllangan struktura va boshqalar.

3.

Strukturani
optimallashtiruvchi belgilar

- yuqori malakali xodimlarga ega bo’lgan, unchalik katga
bo’lmagan bo’limlar va bo’g’inlar;
- ko’p bo’lmagan boshqdruv bo’g’inlari;
- o’zgarishlarga nisbatan sezgirlik va hozirjavoblik;
- yuqori darajadagi unumdorlik;
- past darajadagi xarajatlar;
- ish grafigining bevosita iste’molchilarga moslashganligi
va boshqalar.

O.S.Kazakov o’zining yondashuvida tashkiliy tarkib shakllantirishda ta’sir ko’rsatuvchi

omillarni uch guruhga ajratadi: ichki, tashqi va umumiy. Ichki omillarga – murakkablik,
rasmiyatchilik, markazlashtirish, boshqarish jarayonini kiritadi. Tashqi omillarga esa – tashkilot
strategiyasi, o’lchami, texnologiya (mahsulot)ni, umumiy omillarga esa – hukmronlik va nazorat
samarasi, axborot jarayonlari, kompyuterlashtirishni sanab o’tadi. [2]

B.N.Dedajanovning fikricha - tashkiliy tuzilmani

shakllantirish

ning oqilonaligi boshqaruv

obyektining

ichki va tashqi omillar

ining optimal kombinatsiyasi, mazmuni va soni bilan

belgilanadi. Obyektning ichki omillari tashqi omillardan ustun bo’lishi tavsiya etiladi. Aks holda
tashqi omillar obyektning barqarorligiga salbiy ta’sir qiladi.

Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, korxonalarda boshqaruv tashkiliy tuzilmasini shakllantirish

va loyihalashtirishda ayrim muammolar mavjud. Bu korxona strukturasini samarali
loyihalashtirishga salbiy ta’sir ko’rsatadi: ayrim hollarda tuzilmani tashkil etuvchi bo’g’inlarning
birligi va ular tomonidan bajariladigan funktsiyalarni aniq chegaraga ega emasligi; boshqaruv
tuzilmasining dinamik va egiluvchanligini pastligi, tez o’zgaruvchan qobiliyatlilikni yo’qligi,
yangi tashqi va ichki sharoitlarga moslashuvchanlikni qiyinligi; boshqaruv darajalarining sonini
orttirib yuborishlik; boshqaruv me’yorlarini optimallashtirishga zaruriyatni borligi;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

227

markazlashtirish va markazsizlashtirishning oqilona kombinatsiyasini shakllantirilmasligi va
boshqa shu kabilar.

Amaliyotda, boshqaruv tuzilmasining nomutanosiblik, keskinlik va pirovard natijada

tashkilotning tanazzulga uchrashiga moyil bo’lgan xususiyatlarni to’planib borishi haqiqiy
ehtiyojlardan orqada qolishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, uni doimiy ravishda
takomillashtirish va kerakli samaradorlik darajasida ushlab turish zarur bo’ladi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot jarayonida olimlarning korxonalarda boshqaruv

tuzilmasini shakllantirish va loyihalashtirishga ta’sir etuvchi omillarga bo’lgan yondashuvlari
o’rganildi. Bu jarayondagi muammolar ko’rsatib berildi va tegishli xulosalar shakllantirildi.

O’rganilgan ma’lumotlar asosida kuzatish, umumlashtirish va mantiqiylik usullaridan

foydalanildi.

Tahlil va natijalar.

Mavzu doirasida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki,

korxonalarda boshqaruv tuzilmasini loyihalashtirishda

shakllantiruvchi

va uni

ifodalovchi

bir

qator omillar mavjud. Boshqaruv tuzilmasini tuzish uchun ushbu omillarni bilish va o’rganish juda
muhim hisoblanadi.

Boshqaruv tuzilmasini

shakllantiruvchi

omillarni bir nechta guruhlarga bo’lishimiz

mumkin. Boshqaruvda: boshqaruv tuzilmasiga bevosita ta’sir etuvchi omillar; ayrim vositalar
orqali qiyosiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar; boshqaruv tuzilmasini belgilovchi va unga ta’sir etuvchi
omillar; boshqaruv obyekti va subyekti bilan bog’liq omillar; boshqaruv tuzilmasiga nisbatan
“tashqi” va “ichki” bo’lgan omillar guruhiga ajratish mumkin.

Boshqaruv mexanizmining tarkibiy qismlari

maqsadlar, tamoyillar, usullar

dan tashkil

topib, ular boshqaruv tuzilmasiga

bevosita ta’sir qiluvchi omillari

hisoblanadi.

Shuningdek, bozor talablari va boshqaruv maqsadlari menejment strukturasiga bevosita

ta’sir qiladi. Boshqaruv tuzilmalarini shakllantirishda maqsadli yondashuvning ahamiyati oshib
boradi.

Tashkilotning maqsadlar tizimi boshqaruv strukturasida aniq maqsadga erishish uchun

mas’ul bo’lgan mustaqil bo’linmalarni ajratish uchun asos hisoblanadi. Shunday qilib,
tashkilotining maqsadlari tizimida ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va
atrof-muhitni muhofaza qilishning yuqori sur’atlarini ta’minlash tobora muhim ahamiyat kasb
etadi. Shunga ko’ra, ushbu maqsadlarga erishish uchun zarur tarkibiy bo’linmalar yaratilib,
tashkiliy jihatdan ajratiladi.

Boshqaruv strukturasini qurishda nafaqat tashkilot xodimlari faoliyatini gorizontal

ravishda taqsimlash masalasi alohida ahamiyatga ega, balki har bir tarkibiy bo’linma qanday
vazifalarni hal qilishi kerakligini ham aniqlash lozimdir. Tuzilmani shakllantirishda yana bir
muhim masala - ishni vertikal ravishda taqsimlashdir. Bu tashkilotning yuqori rahbariyati
tomonidan iyerarxik tuzilmaning qaysi elementida muhim qarorlar qabul qilinishini belgilab
olishni hal qiladi. U tashkiliy tuzilmaning shaklini aniqlaydi va boshqaruv qarorlarining
samaradorligini ta’minlaydi. [5]

Shuningdek, menejment tuzilmasiga ta’sir qiluvchi

asosiy omillar

bo’lib, ularga -

boshqaruv funktsiyalari, ularning tarkibi, mazmuni va hajmi

kiradi. Boshqaruv funktsiyalarining

rivojlanishi menejment strukturasining rivojlanishini talab etadi. Boshqaruv tuzilmasiga ishlab
chiqarishni ko’lami va murakkabligi (ishlab chiqarish turi), ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

228

xususiyati va qo’llaniladigan texnologiyalar; ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti va uni amalga oshirish
usullari (mahsulot va texnologiyalarni yangilash sur’ati, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi va
boshqalar); ishlab chiqarishni konsentratsiya, ixtisoslashuv va kooperatsiya darajasi; ishlab
chiqarish hajmi va joylashuvi ham bevosita ta’sir qiladi.

Strukturaga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi omillar bilan bir qatorda,

bilvosita ta’sir

ko’rsatadigan omillar

ni ham ajratib ko’rsatish mumkin. Ularga

kadrlar, texnologiya, boshqaruv

texnologiyasi, mehnatni tashkil etish kabi omillar

kiradi. Boshqaruv tuzilmasiga ushbu omillar

ta’sir qilsada, lekin odatda ular shu struktura orqali belgilanadi. Shunday qilib, boshqaruv
xodimlari strukturaga uni aniqlashtirish, sozlash, tarkibiy bo’linmalar va alohida xodimlar
o’rtasida funktsiyalarni taqsimlash nuqtai nazaridan ta’sir qiladi. Ammo bular hali ham
o’zgartirilishi mumkin bo’lgan omillardir, chunki boshqaruv tuzilmasi asosan lavozimlar tarkibiga
va xodimlarning malakasiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi.

Tadqiqotlarga ko’ra, boshqaruv tuzilmasining

shakllanishi

ga yana bir qator omillar ta’sir

ko’rsatadi. Bularga –

texnologiya

,

iqtisodiy

,

inson

,

va

tabiiy omillarni

hamda

bo’linmalar faoliyati

xususiyatlarini

sanab o’tishimiz mumkin.

Texnologiya omili

ishlab chiqarish jarayonlarini to’la avtomatlashtirish sharoitida ularni

boshqaruv

apparati

shaklining

ustunligi

bilan

tavsiflanadi.

Avtomatlashtirilgan

va

kompyuterlashgan texnologiyalar insonning doimiy mavjudligini talab qilmaydi va ishlab
chiqarish xodimlarining murakkab operatsiyalarni qo’lda bajarish bilan band bo’ladigan
faoliyatiga ko’ra ancha sodda hamda qulay tuzilmadir.

Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining joriy etilishi boshqaruv tuzilmasida yangi

bo’linmalar (axborot xizmatlari)ning paydo bo’lishi bilan birga, alohida bo’limlar xodimlari
(masalan, buxgalterlar)ning qisqarishi nuqtai nazaridan ham ta’sir qiladi. Biroq, bu omil hal
qiluvchi rolni o’ynamaydi, chunki barcha innovatsiyalar mavjud tuzilmalar doirasida sodir bo’ladi.

Iqtisodiy omil

- boshqaruv tuzilishiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Masalan, bir xil

faoliyat turlarini bir bo’linmaga birlashtirish bir nechta rahbarlik lovozimlarini qisqarishiga olib
keladi, natijada tegishli xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi.

Boshqaruv tuzilishiga ijtimoiy tuzilma va odamlar o’rtasidagi munosabatlar shaklidagi

inson omili

ta’sir qilmasligi mumkin. Shunday qilib, agar tashkilotda zarur ma’lumot va malakaga

ega bo’lgan odamlar yetarli bo’lmasa, ma’lum bir boshqaruv bo’linma yoki lavozimni yaratishga
urinish, hatto ularga bo’lgan ehtiyoj yuqori darajada bo’lsa ham, muvaffaqiyat qozonishi
dargumon. Va aksincha lavozimlar kerak bo’lmasligi mumkin, lekin shunga qaramay, ular
yaratilishi mumkin. Chunki kimnidir yaxshi joyga joylashtirish kerak bo’lib qoladi.

Bir qator hollarda boshqaruv tuzilmasi - geografik yoki tabiiy-iqlim kabi

tabiiy omillar

ta’sirida bo’lishi mumkin. Masalan, bo’linmalarning hududiy tarqalishi natijasida markaziy
rahbarlikdan uzilishi, ular faoliyati shart-sharoitlarini ekstremal holatga olib keladi.

Nihoyat, boshqaruv tuzilmasi ko’p jihatdan tashkilot tarkibiga kiradigan

bo’linmalar

faoliyatining xususiyati

bilan belgilanadi. Masalan, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish

korxonalarini boshqaruv tuzilmalari bir-biriga o’xshamaydi.

Ko’pgina tadqiqotchilarning fikricha, korxonalarning tashkiliy shakllariga

real ishlab

chiqarish jarayoni

obyektiv ta’sir qiladi. [3]

Shunday qilib, boshqaruv tuzilmasini shakllantirish va loyihalashtirishda bir vaqtning


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

229

o’zida ko’plab omillarni hisobga olish kerak. Masalan

- maqsadlar va funktsiyalar tizimi

,

vazifalar

,

ish hajmi

va

nazorat qilish darajasi

,

xodimlarning shaxsiyati

,

foydalaniladigan

boshqaruv texnologiyasi

vositalari

shular jumlasiga kiradi. Bunday bir qator omillarning o’zaro

ta’siri natijasida amaliy jihatdan bog’liq bo’lgan vaziyatning o’ziga xos xususiyatlari, umumiy
sharoitlar va boshqa shu kabi asosiylarini ajratib ko’rsatish juda muhimdir.

Haqiqiy tuzilmani shakllantirish va loyihalashtirish – bu boshqaruv san’atidir. Bu yerda

menejerning ziyrakligi, uning intuitsiyasi, ishlab chiqarish va boshqaruvni rivojlantirish bo’yicha
bashoratlari muhim ahamiyatga ega. [1]

Boshqaruv tuzilmasiga ta’sir etuvchi eng muhim omil - bu

boshqaruv me’yori

dir.

Boshqaruv bo’linmalari soni ham va bo’limdagi xodimlar soni ham unga bog’liq bo’lib, samarali
boshqarilishi mumkin bo’lgan bo’ysunuvchilar sonining ma’lum chegarasi (nazorat doirasi)ni
belgilaydi.

Boshqaruv me’yorining o’rtacha chegarasi 7-10 kishini tashkil qiladi, shu jumladan

tashkilotning yuqori darajalarida 4-5 kishi, quyi darajadagi oddiy ishlarni bajarishda 20-30 va
undan ham ko’proq kishini tashkil etishi mumkin. Biroq, boshqaruv me’yori tushunchasiga
kengroq yondashiladigan bo’lsa, ishlab chiqarish murakkabligi va ko’lami nuqtai nazaridan
qaralganda, uning chegarasi 100 va undan ortiq kishi bo’lishi mumkin (bu holat, zamonaviy
korxonalarning eng oxirgi chegaralangan hajmini belgilaydi).

Boshqarish me’yorining quyi chegarasi rahbarga bo’ysunuvchilar bilan doimiy aloqada

bo’lish, ular bilan zarur ma’lumotlarni almashish va o’z vazifalarini yanada samarali bajarish
imkonini beradi. Shu bilan birga, u xodimlarning ishlariga keraksiz aralashib, ularning faoliyat
erkinligini cheklash xavfini ham keltirib chiqarishi mumkin. Boshqarish me’yorining yuqori
darajasi menejerni joriy ishlarni muvofiqlashtirish bilan ko’milib qolishiga va strategik
maqsadlarni ko’zdan qochirishiga olib kelishi mumkin.

Amaliyotda, boshqaruv me’yori doirasini ifodalovchi omillar bo’lib, ular quyidagi

jihatlarga bog’liq:

1. Korxona faoliyati tavsifiga ko’ra, ya’ni korxona faoliyati qanchalik murakkabroq,

qiyinroq, muhimroq bo’lsa, bu tashkilot uchun yanada jiddiy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin
bo’lgan darajadagi masalalar va ularni hal etish usullarini turli tumanligiga sabab bo’ladi. Agar
korxona faoliyati qanchalik sodda, osonroq bo’lsa, boshqaruv me’yori shunchalik past darajada
bo’lishi mumkin.

2. Bir tomondan menejerning bilim darajasi, o’ziga xos ishchanligi, bo’sh vaqtining

mavjudligi, ikkinchi tomondan bo’ysunuvchilarning qobiliyati va malakasi, ularning ishiga
qiziqish darajasi. Bu daraja qanchalik yaxshi bo’lsa, boshqaruvchanlik me’yori shunchalik yuqori
bo’lishi mumkin.

3. Muammoning yangiligi, kutilmagan va noaniq vaziyatlarning soni, ushbu sohadagi

yuqori ko’rsatkichlarning mavjudligi boshqaruv me’yorini tor doirasini talab qiladi.

4. Boshqaruv tuzilmasining barqarorligi, bajaradigan ish jarayonlarini standartlashtirish

darajasi, ishning bir maromda o’sish sur’ati, yordamchi xo’jalik xodimlarining mavjudligi,
boshqaruv faoliyatini texnik jihatdan jihozlanganligi va ijrochilarning mustaqilligi kabi ijobiy
xususiyatlar yuqori darajadagi boshqaruvchanlik me’yori imkoniyatini beradi.

5. Axborotlarning ishonchliligi, vazifalarni belgilashning tafsiloti va o’ziga xosligi, qaror


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

230

qabul qilish usullarining mukammalligi qanchalik yaxshi darajada bo’lsa, boshqaruv me’yori
shunchalik yuqori bo’lishi mumkin.

6. Tashkiliy madaniyat va shaxslararo munosabatlar madaniyati, axloqiy-psixologik muhit

ijobiy darajada bo’lsa, boshqaruv me’yori darajasi ham shunchalik yuqori bo’lishi mumkin.

7. Xodimlarni muhimligidan qa’tiy nazar ularni rahbariyatdan ajratib qo’yilishi,

ijrochilarning hududiy tarqoqligi - boshqaruv me’yori darajasini nisbatan past bo’lishiga olib
keladi.

8. Vakolatlarni ijrochilarga taqsimlash darajasi. Ijrochilarga taqsimlangan vakolatlar hajmi

qanchalik katta bo’lsa, bitta rahbar nazorati ostida bo’ysunuvchilar soni shunchalik ko’p bo’lishi
mumkin. Biroq vakolatlar berish haddan tashqari ko’p darajali, ko’p pog’onali taqsimlangan
bo’lsa, tashkilotdagi ichki aloqalar zaiflashadi va menejerlar bo’ysunuvchilar ishining o’ziga xos
xususiyatlarini o’rganishga qodir bo’lmaydilar. Oqibatda ko’p masalalar oxiriga yetmay qoladi
yoki umuman hal etilmaydi, yoki umuman ularning ishtirokisiz hal etiladi. Shu bilan birga, agar
qo’l ostidagilar soni ozchilikni tashkil etsa menejerlar o’zlarining salohiyatlaridan to’liq foydalana
olmaydilar.

9. Boshqaruv jarayoni ishtirokchilarining jismoniy va psixologik imkoniyatlari, masalan,

xotira, e’tibor berish darajasi, reaktsiya qilish tezligi va boshqalar qanchalik faol bo’lsa, boshqarish
me’yori darajasi shunchalik yuqori bo’lishi mumkin.

Bu omillarning barchasi bir-biri bilan o’zaro aloqada bo’ladi va bir-birini to’ldiradi yoki

kuchaytiradi.

Bizningcha, korxonada boshqaruv tuzilmasini shakllantirish va loyihalashtirishga ko’plab

omillar ta’sir ko’rsatadi. Ularni ichki va tashqi omillarga ajratishimiz mumkin. Biroq, ushbu
omillar iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish yangicha tus olib borishida tarkiban o’zgarishi, kengayishi
mumkin.

Xulosa va tavsiyalar

Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi bir nechta tarkibiy qismlardan iboratdir. Bu tarkibiy

qismlar tashkilotning alohida quyi tizimlarining tarkibi, nisbati, joylashishi va o’zaro
bog’liqligidan iborat. Bunday tuzilmani loyihalash va yaratish, birinchi navbatda, barcha asosiy
boshqaruv funktsiyalari uchun tashkilotning alohida bo’linmalari o’rtasida huquq va
majburiyatlarni taqsimlashga qaratilgan.

Korxonalarda boshqaruv tashkiliy tuzilmasini samarali shakllantirish va loyihalashtirish

uchun quyidagilarga e’tiborni qaratishni tavsiya etamiz: tashqi muhitdagi mumkin bo’lgan
o’zgarishlarni hisobga olgan holda korxona strategiyasini ishlab chiqish; tanlangan strategiyani
amalga oshirishni ta’minlaydigan boshqaruv tuzilmasini shakllantirish; maqsad va vazifalarni
amalga oshirish jarayonini optimallashtirishga imkon beradigan ko’rsatkichlar tizimini ishlab
chiqish; mavjud resurslarni hisobga olish; avvalgi ko’rsatkichlardagi og’ish sabablarini tahlil
qilish; og’ishlarni bartaraf etishga qaratilgan vazifalarni ishlab chiqish va tuzilma tarkibida ularni
to’la amalga oshiruvchi funktsional bo’limlarni inobatga olish.

REFERENCES

1.

Dedajanov, B. N. (2022). Menejment. Darslik.–Toshkent.:“Fan ziyosi” nashriyoti, 580.

2.

Kazakov O. S. Mehejment /O‘quv qo‘llanma /Kazakov Olim Sabirovich, Namangan:


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

231

“Usmon Nosir media”,2022. – 256 b.

3.

Шарифхўжаев М., Абдуллаев Ё. Менежмент. Дарслик.Т.:”Ўқитувчи”. 2001. 704-б.

4.

Виханский О.С., Наумов А. И. Менеджмент: Учебник. — 3-е изд. — М.: Гардарики,
2003. — 528с.

5.

Герасимов Б.И., Шубин А.В., Романов А.П. Моделирование организационной
структуры промышленного предприятия. – Тамбов: ТГТУ, 2005. – 86 с.

6.

https://studfile.net/preview/9135416/page:9/

Bibliografik manbalar

Dedajanov, B. N. (2022). Menejment. Darslik.–Toshkent.:“Fan ziyosi” nashriyoti, 580.

Kazakov O. S. Mehejment /O‘quv qo‘llanma /Kazakov Olim Sabirovich, Namangan: “Usmon Nosir media”,2022. – 256 b.

Шарифхўжаев М., Абдуллаев Ё. Менежмент. Дарслик.Т.:”Ўқитувчи”. 2001. 704-б.

Виханский О.С., Наумов А. И. Менеджмент: Учебник. — 3-е изд. — М.: Гардарики, 2003. — 528с.

Герасимов Б.И., Шубин А.В., Романов А.П. Моделирование организационной структуры промышленного предприятия. – Тамбов: ТГТУ, 2005. – 86 с.

https://studfile.net/preview/9135416/page:9/