ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
698
TELEMEDITSINA TEXNOLOGIYALARINI RIVOJLANTIRISH
Karabaev Sanjar Abdusamatovich
Samarqand davlat tibbiyot universiteti dotsenti
Toxirova Farida Olimjonovna
Samarqand davlat tibbiyot universiteti assistenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.7879903
Annotatsiya.
Telemeditsina tizimida onlayn maslahatlashish yo‘lga qo‘yilishi natijasida
yetuk shifokorlar, professorlar bilan onlayn muloqotda bo‘lishga sharoit yaratiladi. Bu ham
bemorning, ham mutaxassis-shifokorlarning vaqtini, shu bilan birga, mablag‘ni tejashga xizmat
qiladi.
Kalit so’zlar:
Telemeditsina, texnologiya, tibbiyot, axborot, sog’liqni saqlash.
РАЗВИТИЕ ТЕЛЕМЕДИЦИНСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ
Аннотация.
В результате внедрения онлайн-консультации в систему телемедицины
создаются условия для онлайн-общения с опытными врачами и профессорами. Это
экономит как время пациента, так и время врачей, а также деньги.
Ключевые
слова:
Телемедицина,
технологии,
медицина,
информация,
здравоохранение.
DEVELOPMENT OF TELEMEDICINE TECHNOLOGIES
Abstract.
As a result of the introduction of online consultation in the telemedicine system,
conditions are created for online communication with experienced doctors and professors. This
saves both the patient's time and the doctors' time, as well as money.
Key words:
Telemedicine, technology, medicine, information, healthcare.
So‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha muayyan ishlar amalga
oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishda olib borilgan tadbirlar doirasida tegishli tibbiyot muassasalarida
qator axborot tizimlari, jumladan, “Elektron poliklinika”, “TMEK”, “Narkologik dispanser”,
“Psixologik dispanser”, “Bemor”, “Emlash”, “Xatlov”, “Tug‘ilish va o‘lim”, “PSR-test tizimi” va
boshqalar ishga tushirilgan.
Ko‘rinib turibdiki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng rivoji, aholiga tibbiy
yordam ko‘rsatishni tashkil etish va ko‘rsatishning yangi yo‘nalishi – telemeditsina uchun asos
yaratilmoqda.
Sog‘liqni saqlashni isloh qilish sharoitida strategik muhim vazifa, geografik jihatdan olis
tibbiyot-profilaktika muassasalarining ixtisoslashtirilgan sog‘liqni saqlash muassasalari bilan
o‘zaro aloqalarini tashkil etishdan iborat bo‘ldi. Masofada joylashgan tibbiyot-profilaktika
muassasalar va ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, aholiga
masofadan turib yuqori malakali yordam ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi. Telemeditsinada
zamonaviy axborot-telekommunikatsiya texnologiyalaridan va eng yaxshi klinikalarning
intellektual salohiyatidan foydalanadi. Telemeditsina o‘zi nima beradi? Mamlakatimizdagi
faoliyat yuritayotgan malakali shifokorlar va dunyo tibbiyot muassasalaridagi mutaxassislar bilan
real vaqt oralig‘ida bog‘lanib, onlayn ko‘rikdan o‘tish, davo maslahatlarini olish imkonini beradi.
Ya’ni, bemor bilan shifokor o‘rtasidagi masofa ahamiyatli bo‘lmaydi.
Ma’lumki, respublikamizning geografik kengligi tufayli tashxis qo‘yish va davolanishga
muhtoj bemorlarning hammasi ham zudlik bilan tuman yoki viloyat darajasidagi tegishli tibbiy
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
699
markazlarga yuborishning imkoniyati yo‘q. Shu bilan birga, ixtisoslashgan markazlarda yuzma-
yuz konsultatsiyalar (maslahatlar) va kasalxonaga yotqizilishning har doim ham o‘zini oqlamaydi,
ba’zida davolovchi shifokor tomonidan ixtisoslashtirilgan muassasadagi hamkasblari yoki
hududiy tibbiyot muassasasi shifokorlari bilan kasallikning klinik ko‘rinishlarini to‘liq muhokama
qilishning o‘zi yetarlidir. Ushbu yondashuv sanitar aviatsiya yordamida uzoq hududlarga
konsultantni yuborish zaruriyatini kamaytiradi, ba’zida esa bu holatni butunlay bekor qilish
imkoniyatini beradi.
Telemeditsina tizimida onlayn maslahatlashish yo‘lga qo‘yilishi natijasida yetuk shifokorlar,
professorlar bilan onlayn muloqotda bo‘lishga sharoit yaratiladi. Bu ham bemorning, ham
mutaxassis-shifokorlarning vaqtini, shu bilan birga, mablag‘ni tejashga xizmat qiladi.
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimida, xususan, birlamchi tibbiy yordamni, shoshilinch
tibbiy yordam tizimini va hududiy diagnostika markazlari tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha
islohotlarni faolroq olib borish talab etmoqda. Ushbu sohalarning barchasida telemeditsina
texnologiyalari vaqt, joy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati
va mavjudligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi kerak.
Bugungi kunda aksariyat rivojlanayotgan davlatlarda shifokorlar va bemorlar o‘rtasidagi
muloqotlar nisbati Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan belgilangan talablardan juda past
hisoblanadi.
Ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xos bo‘lgan asosiy muammolar:
— olis tumanlar va hududlarda tibbiyot muassasalari, infratuzilma va mutaxassislar
yetishmasligi;
— tashxis qo‘yish yoki davolanishni talab qiladigan bemorlar uchun transport qo‘shimcha
xarajatlar. Ko‘pgina o‘limlar tashxis qo‘yish yoki tashish paytida kechikishlar bilan bog‘liqligi;
— diagnostika markazlarining yetishmasligi. Hozirgacha ko‘pchilik mahalliy shifokorlar
mutaxassisga shaxsan murojaat qilishligi;
— ichki manbalar, ya’ni ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda shaharlardan tashqarida
beqaror quvvat manbalari, aloqa tarmoqlari va Internet aloqalari mavjud bo‘lib, bu telemeditsina
maslahati va davolash maqsadlarida ma’lumotlarni uzatishni qiyinligi.
Ayni paytda O‘zbekiston va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar o‘z fuqarolari
salomatligini yaxshilashga yordam beradigan samarali tizim orqali ushbu tibbiy xizmatlar va
maslahatlardan foydalanishlari zarur. Telemeditsina bu mamlakatlarning real ehtiyojlarini
qondirish uchun eng mos platforma hisoblanadi.
Telemeditsina qamrovi:
— elektron bemor yozuvi;
— ilg‘or mutaxassislik diagnostikasi;
— kasallik tarixi;
— tibbiy maslahat (onlayn / oflayn);
— tibbiy hisobotlar va elektron retseptlar;
— o‘z korxonasi yoki yetkazib beruvchilari orqali patologiya, radiologiya va farmasevtika
xizmatlarini boshqarish;
— davolanishning keyingi bosqichi uchun ko‘rsatma.
Telemeditsinaning
afzalliklari:
— hududlardan kelgan bemorlarga diagnostika va tibbiy maslahat;
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
700
— kam xarajatli, kasalliklarni erta tashxislash uchun muntazam tekshiruv;
— audio-, video-, statistika va bemor ma’lumotlari bilan real vaqt rejimida shifokor bilan
maslahatlashish;
— xalqaro telemeditsina standartlariga, shu jumladan maxfiylik va tibbiy-huquqiy
qoidalarga muvofiqligi;
— milliy salomatlikni yaxshilash indeksi;
— bemor ma’lumotlarini o‘z vaqtida taqdim etish;
— biometrik elektron bemor yozuvlarini avtomatik yaratish;
— har qanday vaqtda ko‘proq bemorlarni yanada samarali davolash.
Sog‘liqni saqlash sohalaridan biri sifatida taklif qilinayotgan telemeditsina texnologiyasiga
uzoq muddatli va keng ko‘lamli nuqtai nazardan qarash kerak, chunki uning foydalari va
qo‘llanilish sohalarini darhol anglab yetish, amalga oshirish yoki iqtisodiy jihatdan foydali
ekanligini isbotlash mumkin emas. Telemeditsinani yanada rivojlantirish hukumatning sog‘liqni
saqlash siyosatiga muvofiq, telemeditsina texnologiyasi tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar
doirasini kengayishiga olib kelishi kerak.
Telemeditsina tizimlari va telemeditsina texnologiyalarini rivojlantirish ustuvor xarakterga
ega bo‘lishi va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak deb uylaymiz.
Ushbu yo‘nalishda mamlakatimizda 2020 yilning 17 iyul kuni Innovatsion rivojlanish
vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy
tibbiyot markazi bilan hamkorlikda respublikada ilk bor telemeditsina amaliyotiga start berildi.
Unda Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining malakali
professor va shifokorlari tomonidan Mo‘ynoq tumanidagi 18 yoshgacha bo‘lgan surunkali
kasalliklari bor bolalarni real vaqtda masofadan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Shu munosabat bilan, “Telemeditsina texnologiyalari” tushunchasiga aniqlik kiritilishi,
ushbu texnologiyalaridan foydalanish mumkin bo‘lgan tibbiy yordam turlarini belgilash hamda
telemeditsina harakatlarining ruxsat berilgan turlari ro‘yxati (
konsilium, konsultatsiya, bemorning
sog‘lig‘ini masofadan tibbiy nazorat qilish
) aniqlash, telekommunikatsiya infratuzilmasini
rivojlantirish hamda shu yo‘nalishda shifokorlarimiz malakasini oshirish lozim.
Telemeditsina xizmatini tashkil etish natijasida hududlardagi insonlar ham malakali va sifatli
tibbiy xizmatdan bevosita foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
REFERENCES
1.
Вохидов А. М. и др. Разработка Графическим Пользовательским Интерфейсом-
Программ В Пакете Tkinter С Использованием Современных Педагогических
Технологий В Области Медицины //Miasto Przyszłości. – 2022. – Т. 30. – С. 181-184.
2.
Vohidov D., Maxmudova Z., Sayfullayev R. TIBBIYOT YO’NALISHIDA ZАMONАVIУ
PEDАGOGIK TEХNOLOGIУАLАRINI QО ‘LLАB TKINTER PАKETIDА GUI
DАSTURLАRINI TUZISH //Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer
Sciences. – 2022. – Т. 2. – №. 12. – С. 31-35.
3.
Voxidov A. M. et al. TIBBIY-BIOLOGIK TADQIQOTLARDA STATISTIK TAHLIL
JARAYONLARI //Academic research in educational sciences. – 2022. – Т. 3. – №. 3. – С.
287-293.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
701
4.
Melitoshevich V. A., Alikulovich V. D. Main Issues of Statistical Analysis in Medical
Research //Eurasian Research Bulletin. – 2022. – Т. 13. – С. 129-132.
5.
Vohidov A. Structural semantic characteristic of lexis in" Ghiyas-ul-lughot : дис. –
Dissertation abstract of Cand. Sci. in Phil./A. Vohidov.-Dushanbe, 1975.-33.
6.
Melitoshevich V. A., Alikulovich V. D. Development by a Graphic User Interface-
Programs in the Tkinter Package Using Modern Pedagogical Technologies in the Field of
Medicine //Miasto Przyszłości. – 2023. – Т. 32. – С. 13-17.
7.
Alikulovich V. D., Melitoshevich V. A. Use of Interactive and Modern Pedagogical
Software in the Process of Freelancing Sites in Medicine //Eurasian Scientific Herald. –
2023. – Т. 17. – С. 1-6.
8.
Voxidov A. et al. TIBBIYOT UNIVERSITETI PEDIATRIYA FAKULTETI
TALABALARI UCHUN TA'LIMDA ISHLAB CHIQISH AMALIYOTINING
KONTEKST SIFATIDA TA'LIM //Eurasian Journal of Academic Research. – 2023. – Т.
3. – №. 2 Part 4. – С. 150-154.
9.
Abdullayeva S., Maxmudova Z., Xujakulov S. TIBBIY TA’LIMDA VR TEXNOLOGIYA
//Eurasian Journal of Academic Research. – 2022. – Т. 2. – №. 11. – С. 1140-1144.
10.
Abdusamatovich K. S., Olimjonovna T. F. Application of web applications in medicine
//Eurasian Research Bulletin. – 2022. – Т. 14. – С. 46-50.
11.
Nabiyeva, S. S., Rustamov, A. A., Malikov, M. R., & Ne'matov, N. I. (2020). Concept of
medical information.
European Journal of Molecular and Clinical Medicine
,
7
(7), 602-
609.
12.
Malikov, M. R., Rustamov, A. A., & Ne'matov, N. I. (2020). STRATEGIES FOR
DEVELOPMENT OF MEDICAL INFORMATION SYSTEMS.
Theoretical & Applied
Science
, (9), 388-392.
13.
Berdiyevna, A. S., & Olimjonovna, T. F. (2022). INNOVATIVE APPROACHES IN THE
EDUCATION SYSTEM TO INCREASE YOUTH PARTICIPATION.
Web of Scientist:
International Scientific Research Journal
,
3
(3), 674-677.
14.
Esirgapovich, K. A. (2022). THE EASIEST RECOMMENDATIONS FOR CREATING A
WEBSITE.
Galaxy International Interdisciplinary Research Journal
,
10
(2), 758-761.
15.
Toxirova, F. O., Malikov, M. R., Abdullayeva, S. B., Ne’matov, N. I., & Rustamov, A. A.
(2021). Reflective Approach In Organization Of Pedagogical Processes.
European Journal
of Molecular & Clinical Medicine
,
7
(03), 2020.
16.
Ne’matov, N., & Rustamov, T. (2022). SANATORIYLAR ISHINI
AVTOMATLASHTIRISH: BRON XIZMATI VA UNING STRUKTURASI.
Eurasian
Journal of Academic Research
,
2
(11), 763-766.
17.
Ne’matov, N., & Ne’matova, N. (2022). OLIY TA’LIM TIZIMI TALABALARIGA
O’ZBEK TILINI O’QITISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING
O’RNI.
Академические исследования в современной науке
,
1
(19), 37-38.
18.
OB Akhmedov, AS Djalilov, NI Nematov, AA Rustamov // Directions Of Standardization
In Medical Informatics // Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong
Learning (EJEDL), 2(2), 1-4 p. 2021
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
702
19.
Ne’matov, N., & Isroilov, J. (2022). TIBBIY VEB SAYTLAR YARATISH YUTUQ VA
KAMCHILIKLARI.
Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va
amaliyot
,
1
(25), 162-164.
20.
Ne’matov, NI. (2022). TIBBIY VEB SAYTLAR YARATISH SAMARADORLIGI.
Academic Research in Educational Sciences (ARES) 3 (2), 118-124
21.
Berdiyevna, A. S., Fazliddinovich, S. R., & Uralovich, R. N. (2022). Use of Information
Technology in Improving the Quality of Education. Eurasian Research Bulletin, 14, 134-
138.
22.
Abdullayeva, S. B., & Dosmurodova, S. S. (2022). THE ROLE OF THE FAMILY IN
THE FORMATION OF VALUE DIRECTIONS IN YOUTH. Procedia of Theoretical and
Applied Sciences, 1(1), 93-95.
23.
Olimjonovna, T. F. (2023). SOCIO-HISTORICAL FOUNDATIONS OF FORMATION
OF INTEREST IN THE PROFESSION AND DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL
THINKING THROUGH PEDAGOGICAL COMMUNICATION.
24.
Berdiyevna, A. S., & Shokirovich, X. S. (2023). Prospective Directions of Implementation
of Modern Information Technologies in Education. Eurasian Journal of Research,
Development and Innovation, 17, 7-11.
25.
Berdiyevna, A. S., Akramovna, M. M., & Olmasovna, R. P. (2023). Research in the
Process of Education of Medical Students Shaping Their Abilities. Eurasian Journal of
Learning and Academic Teaching, 17, 95-99.
26.
Ismatullayevich, N. N. (2023). The role of educational websites in the development of
student’s higher education systems. Eurasian Journal of Research, Development and
Innovation, 17, 17-20.
27.
Ismatullayevich N. N., Ilxomovna M. Z. Automation of Sanatorium Work: Reservation
Service and its Structure //Miasto Przyszłości. – 2022. – Т. 29. – С. 65-67.
28.
Olimjonovna T. F. Pedagogical Communication and its Role and Significance in
Developing the Professional Thinking of Students //Eurasian Scientific Herald. – 2023. –
Т. 16. – С. 82-86.
