Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
166
TADBIRKORLIK FAOLIYATI EKSPORTINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI
PLATFORMALARDAN FOYDALANISHNING HOZIRGI HOLATI
PhD Mamasoatov Dilshod Ravshanovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID:0009-0003-0518-4793
dilshodbekmamasoatov@gmail.com
Annotatsiya.
Maqolada tadbirkorlik faoliyati eksportini rivojlantirishda raqamli
platformalardan foydalanishning hozirgi holati iqtisodiy jihatdan tahlil qilinib, tadbirkorlik
subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari haqidagi
ma’lumotlarning yagona bazasini yaratish, tadbirkorlik va innovatsion sohadagi istiqbolli
loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
raqamli platforma, eksport faoliyati, onlayn taqvim, yagona mijozlar bazasi,
ikkinchi darajali domen, elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot infratuzilmasi
СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЦИФРОВЫХ
ПЛАТФОРМ В РАЗВИТИИ БИЗНЕС-ЭКСПОРТА
PhD Мамасоатов Дилшод Равшанович
Ташкентский государственный
экономический университет
Аннотация.
В статье экономически проанализировано современное состояние
использования цифровых платформ в развитии экспорта предпринимательской
деятельности, внесены предложения по созданию единой базы данных информации об
объёмах и видах продукции, производимой субъектами предпринимательства, а также
по развитию финансирования. Механизмы перспективных проектов в сфере
предпринимательства и инноваций.
Ключевые слова:
цифровая платформа, экспортная деятельность, онлайн-
календарь, единая клиентская база, вторичный домен, электронное правительство,
инфраструктура цифровой экономики.
CURRENT STATE OF THE USE OF DIGITAL PLATFORMS IN THE
DEVELOPMENT OF BUSINESS EXPORT
PhD Mamasoatov Dilshod Ravshanovich
Tashkent State University of Economics
Abstract.
The article economically analyzes the current state of the use of digital platforms
in the development of business exports, and makes proposals for the creation of a unified database
of information on the volumes and types of products produced by business entities, as well as for
the development of financing. mechanisms for promising projects in the field of entrepreneurship
and innovation.
Key words:
digital platform, export activities, online calendar, unified customer base,
secondary domain, e-government, digital economy infrastructure.
UO‘K: 338.3:004(575.1)
V SON - MAY, 2024
166-174
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
167
Kirish.
Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida
amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va yaratilgan tegishli normativ-huquqiy baza
iqtisodiyotning barqaror sur’atlar bilan o‘sishi uchun mustahkam poydevor yaratmoqda.
Ayniqsa, so‘nggi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotida tadbirkorlik subyektlarining ulushini
yanada oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jahon bozorlarida raqobatbardosh
mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni eksport qilishda tadbirkorlarimizni rag‘batlantirish
borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Qisqa muddat ichida mamlakatimizda qulay
ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, eksportchi
korxonalarga qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar berish, bank-moliya sohasida islohotlar
o‘tkazish borasida 60 dan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat qarorlari,
farmon va farmoyishlari qabul qilindi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan qabul
qilingan “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoni mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada
yaxshilash, tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, sanoat korxonalarida
zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish dasturlarini ushbu korxonalarni texnologik
qayta jihozlash dasturlari bilan uyg‘unlashtirish, xalqaro elektron tijorat standartlari va
zamonaviy axborot xavfsizligi talablariga rioya qilish uchun elektron tijoratni rivojlantirishning
huquqiy asoslarini, shuningdek, mavjud standartlar va elektron tijorat qoidalarini
takomillashtirish va yangilashdan iborat1). Shu jihatlarni hisobga olgan holda tadbirkorlik
faoliyatida raqamli iqtisodiyot texnologiyalaridan foydalanishni rivojlantirish va buning uchun
elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining
tadbirkorlar bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ishlar
olib borilmoqda. Bu borada mamlakatimizda elektron tijoratni qonunchilik asosida tartibga
solish maqsadida “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Perzidentining PF-6079-son
farmonlari ham qabul qilingan bo‘lib (Farmon, 2020), ularda elektron hisob-kitoblarni amalga
oshirish jarayonlarini jadallashtirishga, mintaqada raqamli iqtisodiyot texnologiyalarining
holati va ularni rivojlantirish istiqbollarini doimiy ravishda tahlil qilish hamda ularning
natijalari asosida mazkur sohani takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish va bu tizimlardan
keng foydalanish orqali sezilarli darajada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Adabiyotlar sharhi.
Jeronimo Carballo, Marisol Rodriguez Chatruc, Catalina Salas Santa, Christian Volpe
Martincus (2022) tomonidan: “…Xalqaro savdo to'liq bo'lmagan ma'lumotlarga bog'liq. Shu
sababli, firmalar biznes sheriklarini topish uchun qimmat jarayonga kirishishi kerak. Onlayn
platformalar qidiruv xarajatlarini kamaytirishi va shu bilan kompaniyalarning umumiy
eksportiga hissa qo'shishi mumkin” deb e’tirof etadilar.
Startz (2018) tomonidan esa “…Firmalar doimiy ravishda dastlabki biznes aloqalarini
o'rnatish va potentsial sheriklar bilan dastlabki muloqotni o'rnatish jiddiy savdo to'siqlari
sifatida qabul qilinishini ta'kidlaydilar, bu, ayniqsa, axborot texnologiyalaridan foydalanish
cheklangan va kompaniyalar kichik bo'lgan rivojlanayotgan mamlakatlar uchun juda
muhimdir” deb ta’kidlaydi.
Chen and Wu (2021) Alibaba.com kabi onlayn platformalar xaridorlarga obro'-e'tibor
qiymatiga oydinlik kiritish uchun eksportchilarning sifati haqida ma'lumot almashish imkonini
berishidan foydalanish mumkin. Ushbu platformada Xitoyning futbolka eksportidan
foydalanib, ular reytinglar asosida obro'ning yaxshilanishini kuzatishadi. Sharhlarning
mazmuni esa eksportdan ko'proq daromadlar, eksport hajmlari, yo'nalishlar va xaridorlar
soniga aylanadi. Nihoyat, Aliexpress.com ma'lumotlarini va o'z-o'zidan to'plangan obyektiv
sifat ko'rsatkichlarini birlashtirishdan iborat.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
168
Bai, Chen, Liu, Xu (2020) bir necha yil oldin kattaroq savdoga ega bo'lgan firmalar bu
ishqalanishlarni bartaraf etishda afzalliklarga ega edi. Demak, dastlabki talab zarbalari
firmalarning o'sishi va uzoq muddatli bozor tuzilishini aniqlashda firma sifatini chalkashtirib
yuborishi mumkin.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadbirkorlik faoliyati eksportini rivojlantirishda raqamli platformalardan foydalanish
bo'yicha mavjud bo'lgan ilmiy tadqiqotlarni o'rganish, eksport tarifi va narx shakllanishini
qiyosiy solishtirish, statistik ma'lumotlarni o'rganish va iqtisodiy jihatdan taqqoslash va tahlil
qilish, mantiqiy fikrlash, ilmiy abstraktsiyalash, ma'lumotni guruhlash, analiz va sintez
usullaridan keng foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Zamon talablariga mos holda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga,
iste’molchilar bilan ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yangi bosqichga olib
chiqishga, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, xususan, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari
eksport faoliyatida raqamli platformalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ularning
raqobatbardoshligini oshirish va yuqori iqtisodiy natijalarga erishishda muhim asos bo‘lib
xizmat qiladi. Shu jihatlarni hisobga olgan holda, bugungi kunda Samarqand viloyatida faoliyat
ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari soniga e’tibor beradigan bo‘lsak, ular yildan-yilga
oshib bormoqda (1-rasmga qarang).
1-rasm.
Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari soni
(2023 yanvar holatiga, ming birlikda)
51
2023- yilning 1 yanvar holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar
soni 47,9 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 7,2 mingtaga ko‘paygan yoki 17,7 % ga
oshgan - Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 11,6 birlikni tashkil qildi.
2023- yil 1- yanvar holatiga faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni jami 47
943 tani, shundan yangi tashkil etilganlari 10 613 tani tashkil etdi. 2023- yilning 1- yanvar
holatiga ko‘ra hududlar bo‘yicha faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning eng
ko‘pi Samarqand shahrida 13 775 tani yoki jamiga nisbatan 28,7 % ni tashkil etdi. Hududlar
kesimida kichik tadbirkorlik subyektlari sonining har 1000 aholiga nisbati eng yuqori
ko‘rsatkich Samarqand shahrida 24,0 birlik, Kattaqo‘rg‘on shahrida 16,4 birlik, Samarqand
tumanida 13,3 birlik, Oqdaryo tumanida 12,2 birlik, Pastdarg‘om tumanida 10,8 birlikka
yetdi
52
.
51
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi ma’lumotlari asosida
Muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
52
Samarqand viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlaridan foydalanildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
169
Respublikamiz rivojlanishining bugungi bosqichi tadbir-korlik subyektlari tijorat
faoliyatida ham raqamli platformalardan samarali foydalanishni talab etmoqda. Bu esa, o‘z
navbatida, ularning ishlab chiqargan mahsulotlari va ko‘rsatayotgan xizmatlarining jahon
bozorida yanada raqobatbardoshligi hamda sifatining oshishiga xizmat qiladi.
2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va
texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida ham
iqtisodiyotni rivojlantirish va faol tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning quyidagi ustuvor
yo‘nalishlari belgilab berildi (Farmon, 2017):
internet tarmog‘ida mahalliy va xorijiy investorlarni zarur statistik axborotlar,
biznesni yuritish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ta’minlaydigan «Investitsiya portali»ni
ishga tushirish;
tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va
turlari haqidagi ma’lumotlarning yagona bazasini yaratish.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash
maqsadida:
tadbirkorlik subyektlariga, pul mablag‘larini xizmat ko‘rsatuvchi banklarda
inkassatsiya qilish qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda, tovarlarni axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari orqali sotishda naqd pulda hisob-kitob qilish, shuningdek, mahsulotlarni
xalqaro to‘lov kartalaridan foydalangan holda xalqaro savdo maydonlari orqali eksport qilish
tizimini soddalashtirish;
tadbirkorlik va innovatsion sohadagi istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish
mexanizmlarini rivojlantirish.
Ta’kidlash joizki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini hamda ular orqali
ko‘rsatiladigan xizmatlarni samarali tatbiq etish ijtimoiy-iqtisodiy sohaning barcha jabhalarini,
shu jumladan, biznesni rivojlantirishning asosiy omillaridan biridir. Bu, o‘z o‘rnida,
O‘zbekistonning
jahon
iqtisodiyotiga
integratsiyalashuvida
zamonaviy
axborot
texnologiyalarini nafaqat tashqi, balki ichki bozorlarda ham joriy etishni taqozo etadi.
Samarqand viloyati miqyosida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, hozirgi
vaqtga kelib viloyatda
raqamli iqtisodiy texnologiyalarning joriy etilganlik darajasini yillar kesimida ko‘radigan
bo‘lsak, 2018 yilda keng polosali portlar soni 70,6 ming bo‘lsa, 2021 yil oxirigacha 412,4 ming
bo‘lishi kutilmoqda, optik tolali aloqa liniyalari 5863 km., 2021 yil oxirigacha 11813 km.ni
tashkil qilmoqda
53
. (2-rasmga qarang). Bu, o‘z navbatida, yaxshi ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi,
lekin shu bilan birgalikda, hali to‘liq darajada yetarli emas. Shuningdek sifatli va
raqobatbardosh, milliy dasturiy ta’minot vositalarining ishlab chiqarilishini ta’minlash, axborot
resurslari, axborot tizimlari va dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiqari, xizmatlar bozorini
rivojlantirishni
ta’minlash,
hududda
tashkilot
va
muassasalarda
zamonaviy
avtomatlashtirilgan tizim va dasturiy ta'minot mahsulotlarining joriy qilinishini
muvofiqlashtirish zarurdir.
Ammo bu hali talab darajasida emas.
Qayd etish kerakki, raqamli iqtisodiy texnologiyalar
kelgusida tadbirkorlik subyektlari istiqboli uchun xizmat qilishi bilan birga, tijorat yo‘nalishini
rivojlantirishga ham hissa qo‘shadi. Jumladan, telekommunikatsiya tizimi operatorlari, bank,
elektron tanlov, auksion va yarmarkalar tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar,
elektron xabar va elektron hujjatlar saqlash bilan shug‘ullanuvchilarning istiqboldagi biznesi
rivojiga oid normalar ham o‘z aksini topgan. Iqtisodiyot tarmoqlarida, jumladan, eksportda ham
faol joriy etish, ilg‘or ilmiy-texnologik ishlanmalardan foydalanishni kengaytirish orqali milliy
iqtisodiyotimizning jahon bozoriga integratsiyalashuvini kuchaytirishga alohida e’tibor
qaratishni talab etadi.
53
Samarqand viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlaridan foydalanildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
170
2-rasm. Samarqand viloyatida raqamli iqtisodiy texnologiyalarning
joriy etilganlik holati ko‘rsatkichlari (%)
54
Tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladigan eksport jarayonida savdo hajmini,
daromadlarni, shuningdek, mijozlar sonini oshirishda Raqamli platformalar foydalanish juda
ham muhimdir. Bu tadbirkorga vaqtni tejash va daromadni ko‘paytirishga yordam beradigan
mijozlar bilan doimiy muloqot qilish uchun yagona ish joyini yaratishga imkon beradi. Shu bilan
birga, tadbirkorlik subyektlari uchun raqamli platformalardan foydalanish bir qator
imkoniyatlarni beradi (3-rasm).
Tadbirkorlik subyektlari uchun raqamli platformalardan foydalanish imkoniyatlari:
Muvaffaqiyatli tadbirkorlar tomonidan yaratilgan barcha mahsulotlarni bir joyda sotish;
ichki dizayner yordamida dasturlash orqali interaktiv veb-sayt yaratish;
saytga tashrif buyuruvchilar mustaqil ravishda yangiliklarga obuna bo‘lishlari, tadbirga
yozilishlari, uchrashuv vaqtini tanlashlari, Internet-do‘konda buyurtma berishlari mumkin;
mijozlar bilan aloqa qilishning turli vositalaridan foydalanish: saytda ma’lumot va
mulohazalarni nashr etish, xatlarni yuborish, ijtimoiy tarmoqlar bilan integratsiya qilish
mumkin;
tadbirlarni boshqarish: bo‘lajak tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saytga
joylashtirish, tadbirlarning mehmonlar ro‘yxatini yuritish, eslatmalar va tadbirlarni ro‘yxatdan
o‘tkazishni tasdiqlash mumkin;
onlayn taqvimdagi ish jadvalini yaratish va saqlash, onlayn uchrashuvga yozilish;
vazifa ro‘yxatlarini saqlab qolish;
yagona mijozlar bazasi bilan ishlash;
onlayn-do‘kon yaratish, mustaqil ravishda tovarlar va xizmatlar to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni joylashtirish mumkin.
54
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi
ma’lumotlari asosida Muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
171
3-rasm. Tadbirkorlik subyektlari uchun raqamli platformalardan
foydalanish mexanizmi
Raqamli platformadan samarali foydalanish tadbirkorlarga eksport jarayonini oson
amalga oshirishni ta’minlaydi: mahsulotni ro‘yxatga olish oddiygina, bir necha qadamda
amalga oshiriladi; ikkinchi darajali domen va xosting saytlarini olish avtomatik ravishda
amalga oshiriladi.
Raqamli platformadan foydalanish kafolatlari:
-
tadbirkor va mijozlar uchun vaqtni tejash;
-
mijozlar ehtiyojini qondirish;
-
savdoning o‘sishi.
Raqamli platformalar tadbirkorlar uchun eng yaxshi yordamchidir. Shu jihatlarni hisobga
olgan holda raqamli iqtisodiyot sohasi tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektron to‘lovlar va
tijoratni amalga oshirishni avtomatlashtirish
imkonini beruvchi xilma-xil texnologik yechimlar
taklif etilmoqda.
4-rasm. Mamlakat bo‘yicha sotib olish va sotish uchun tashkilotlarda internetdan
foydalanish: (tadbirkorlik sohasidagi tashkilotlar umumiy soniga nisbatan foizda)
55
55
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlaridan foydalanildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
172
Bugungi kunda xalqaro axborot tarmog‘i - Internetning “uz” domenida Internet-do‘konlar
mavjud bo‘lib, ular tomonidan mijozlarga masofadan turib, muayyan vaqt rejimida ehtiyoj
tovarlarini xarid qilish va xizmatlardan foydalanishlari uchun sharoitlar yaratilmoqda. Ayni
paytda, bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada jonlantirish va kengaytirish zarurati ham mavjud.
Tijorat faoliyati va tadbirkorlikda raqamli platformalardan foydalanishni yanada rivojlantirish,
savdo tizimiga raqamli iqtisodiyot texnologiyalarini joriy etish lozimdir.
Raqamli platformalar orqali eksport jarayonlarini yanada jadallashtirish maqsadida
tovarlar va xizmatlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish, mahalliy mahsulotlar eksportini
oshirish uchun mahalliy Internet platformasini xalqaro platformalar bilan o‘zaro
integratsiyalashuvini ta’minlash, mahalliy mahsulotlarning elektron ko‘rgazmalarini tashkil
etishni rivojlantirish yaxshi samara beradi. Bu borada rivojlangan mamlakatlarda mamlakat
bo‘yicha sotib olish va sotish uchun tashkilotlarda internetdan foydalanish darajasini tahlil
qiladigan bo‘lsak, natija ancha yuqoriligini ko‘rishimiz mumkin (4-rasm).
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, bu borada Shvesiya, Chexiya Respublikasi, Germaniya, Buyuk
Britaniya kabi davlatlarning ko‘rsatkich-lari boshqa davlatlarnikiga nisbatan sezilarli darajada
yuqoridir. Shu bilan birga, tashkilotlarda internetdan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha olib
borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, unda, asosan, elektron pochtadan foydalanish va
internetdan ma’lumot qidirish yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda(5-rasm). Bu, o‘z
navbatida, tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga
keng imkoniyatlar yaratadi.
5-rasm. Tashkilotlarda internetdan foydalanish yo‘nalishlari (tadbirkorlik
sohasidagi tashkilotlar umumiy soniga nisbatan foizda)
56
Tadbirkorlik subyektlariga davlat organlari tomonidan taqdim etilayotgan interaktiv
davlat xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish hamda sifatini yaxshilash, elektron tijorat bilan
shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga soliq, boj sohasida va boshqa imtiyozlar berishga
qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
56
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlaridan foydalanildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
173
Shuningdek, raqamli iqtisodiyot texnologiyalari sohasidagi imkoniyatlarning yaratilishi
orqali tadbirkorlar tomonidan tashqi bozorga chiqishda raqamli platformalardan foydalanish
muhim jarayon sanaladi. Bundan tashqari, eksport qilinmoqchi bo‘lgan mahsulotlar
to‘g‘risidagi axborotlarni Internet tarmog‘ining milliy segmentini ma’lumotlar bilan to‘ldirishni
rag‘batlantirish, elektron tijorat sohasida mutaxassislar tayyorlash kabi qator boshqa
masalalarga ham alohida e’tibor qaratish darkor.
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Davlat va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlar sohasi doirasida raqamli iqtisodiyot texnologiyalarini qo‘llashning asosiy
vazifalari quyidagilardan iborat:
-
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning turli jihatlari bo‘yicha ishonchli axborotni o‘z vaqtida
tarqatish;
-
iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun o‘zaro elektron hamkorlikni rivojlantirish uchun
shart-sharoit yaratish;
-
elektron hukumatning infratuzilmasidan foydalanish;
-
fuqarolar tomonidan talab qilinadigan davlat, tijorat va notijorat xizmatlarni taqdim
etish;
-
tashkilotlarda elektron hujjat aylanishini joriy etish bo‘yicha loyihalarni targ‘ib qilish;
-
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun savdo munosabatlarining elektron shakllari
mavjudligini ta’minlash;
-
davlat va shahar nazorat organlari tomonidan tekshiruvlar vaqtida raqamli iqtisodiyot
texnologiyalaridan foydalangan holda tadbir-korlik subyektlari uchun ma’muriy yukni
kamaytirish;
-
xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun davlat hokimiyati organlariga va mahalliy
boshqaruv organlariga hisobot berishni elektron hisoblash tizimini takomillashtirish orqali
an’anaviy tarzda hujjatlarni taqdim etish imkoniyati;
-
bank xizmatlaridan masofadan foydalanishni ta’minlash;
-
xalqaro axborot almashinuvini rivojlantirish;
-
shu jumladan, elektron imzo uchun chegaraoldi ishonch maydonini yaratish va
boshqalar.
Shuningdek, raqamli iqtisodiyot infratuzilmasidan keng foydalanish, tashkilotlar
tomonidan amalga oshirilayotgan eksport loyihalarining samaradorligini monitoring qilishning
muhim vazifasi hisoblanadi. Shunday qilib, nazorat qilish uchun asosiy ma’lumotlar bo‘lishi
kerak. Barcha ro‘yxatga olingan vazifalarni hal qilish, ish bilan shug‘ullanish qulayliklarini
oshirib, milliy va mintaqaviy miqyosda ishbilarmonlik muhitini yaxshilaydi. Bu borada Jahon
bankining metodologiyasiga ko‘ra, “Doing Business” hisobotining yillik nashri amalga oshirilib,
submilliy darajadagi biznesni qulaylashtirishni baholashda 4 ta ko‘rsatkichlar hisobga olinadi:
Ishbilarmonlik muhitini optimallashtirish va biznes yuritishning osonlashtirilishi
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini sezilarli darajada yaxshilovchi omillar
qatoriga kiradi.
Jahon bankining tadqiqotlariga ko‘ra, mintaqaviy darajada biznes yuritishning qulayligini
aniqlaydigan asosiy jihatlardan biri raqamli iqtisodiyot texnologiyalaridan samarali
foydalanish hisoblanib, ular quyidagilardan iborat:
korxonalarni ro‘yxatga olish uchun elektron tizimni joriy qilish orqali biznesni boshlash
tartibini soddalashtirish;
tegishli davlat idoralarining iltimosiga binoan, tadbirkorlik subyektlari tomonidan
elektron ma’lumotni taqdim etish;
biznes bilan bog‘liq ruxsatnomalarni olish jarayonini soddalashtirish, elektron dasturiy
tizimni joriy etish.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024-yil, may
www.e-itt.uz
174
Jahon banki ekspertlari fikriga ko‘ra, yangi biznesni elektron ro‘yxatga olish - bu ro‘yxatga
olish jarayonini optimallashtirishning eng yaxshi usulidir. Dunyo mamlakatlarining asosiy
maqsadi tadbirkorlarga ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatini berishdir. Bu jarayon davlat organlariga
yoki notariuslarga borishni onlayn tarzda amalga oshiradi.
Tadbirkorlik subyektlari mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali o‘zlarining
eksport jarayonidagi iqtisodiy salohiyatini yaxshilashlari mumkin. Bugungi kunda mazkur
sohani yanada rivojlantirish hamda tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini
oshirishda mavjud imkoniyatlardan, afsuski, yetarli darajada foydalanilmayapti.
Respublikamiz bo‘yicha esa, bugunga kelib, xalqaro ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining
o‘tkazuvchanlik qobiliyati va optik tolali aloqa liniyalari uzunligini tahlil qiladigan bo‘lsak,
oxirgi besh yilda keskin o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin.
Raqamli iqtisodiyot texnologiyalaridan samarali foydalanish natijasida hozirgi vaqtda
eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarning eksportini yanada oshirish, ularni qayta ishlash orqali
yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish, mavjud normativ-huquqiy
xujjatlarni takomillashtirish va boshqa bir qator yo‘nalishlarda tizimli ishlarni amalga oshirish
talab etilmoqda.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
Bai
J.
, Chen M., Liu J., Xu D. (2020) Search and information frictions on global e-commerce
platforms: Evidence from Ali-Express NBER Working Paper Number 28100.
Chen M., Wu M. (2021) The value of reputation in trade: evidence from Alibaba Rev. Econ.
Statist., 103, 5.
Farmon (2017) O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M.Mirziyoevning Farmoni
Toshkent shahri, 2017 yil 7 fevral.
Farmon (2020) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston — 2030”
strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari”gi 05.10.2020 yildagi
PF-6079-son Farmoni.
Jeronimo Carballo, Marisol Rodriguez Chatruc, Catalina Salas Santa, Christian Volpe
Martincus (2022) “Online business platforms and international trade” Journal of International
Economics Volume 137, July 103599.
Startz M. (2018) The value of face-to-face: Search and contracting problems in Nigerian
trade Stanford University, mimeo.
