XALQ OGʻZAKI IJODI JANRLARI VA ULARNING ESTETIK QOBILIYATLAR RIVOJLANISHIDAGI OʻRNI

Аннотация

Maqolada xalq ogʻzaki ijodi janrlarining boshlangʻich sinf oʻquvchilarining badiiy-estetik qobiliyatlarini shakllantirishdagi oʻrni tahlil qilinadi. Ertak, maqol, topishmoq, afsona va dostonlarning estetik tarbiya vositasi sifatidagi imkoniyatlari yoritiladi. Xalq ogʻzaki ijodini zamonaviy taʼlimga uygʻunlashtirishning metodik asoslari koʻrsatib beriladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
7-9

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Kaxarova , G. . (2025). XALQ OGʻZAKI IJODI JANRLARI VA ULARNING ESTETIK QOBILIYATLAR RIVOJLANISHIDAGI OʻRNI. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(15), 7–9. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/133443
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada xalq ogʻzaki ijodi janrlarining boshlangʻich sinf oʻquvchilarining badiiy-estetik qobiliyatlarini shakllantirishdagi oʻrni tahlil qilinadi. Ertak, maqol, topishmoq, afsona va dostonlarning estetik tarbiya vositasi sifatidagi imkoniyatlari yoritiladi. Xalq ogʻzaki ijodini zamonaviy taʼlimga uygʻunlashtirishning metodik asoslari koʻrsatib beriladi.


background image

7

XALQ OGʻZAKI IJODI JANRLARI VA ULARNING ESTETIK QOBILIYATLAR

RIVOJLANISHIDAGI OʻRNI

Kaxarova Gulnora Saʼdullayevna

Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.16757571

Annotatsiya:

Maqolada xalq ogʻzaki ijodi janrlarining boshlangʻich sinf oʻquvchilarining

badiiy-estetik qobiliyatlarini shakllantirishdagi oʻrni tahlil qilinadi. Ertak, maqol, topishmoq,
afsona va dostonlarning estetik tarbiya vositasi sifatidagi imkoniyatlari yoritiladi. Xalq ogʻzaki
ijodini zamonaviy taʼlimga uygʻunlashtirishning metodik asoslari koʻrsatib beriladi.

Kalit soʻzlar:

xalq ogʻzaki ijodi, estetik tarbiya, boshlangʻich sinf, ertak, topishmoq, badiiy-

estetik qobiliyat, didaktik mezon, estetik texnologiya, doston.

ЖАНРЫ УСТНОГО НАРОДНОГО ТВОРЧЕСТВА И ИХ РОЛЬ В РАЗВИТИИ

ЭСТЕТИЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ

Аннотация:

В статье рассматривается роль жанров устного народного творчества в

формировании художественно-эстетических способностей младших школьников.
Анализируются воспитательные и эстетические возможности сказок, пословиц, загадок,
былин и легенд. Обоснованы методические основы интеграции устного народного
творчества в современное начальное образование.

Ключевые слова:

устное народное творчество, эстетическое воспитание, начальная

школа, сказка, загадка, художественно-эстетические способности, дидактические
критерии, эстетические технологии, былина.

GENRES OF FOLK ORAL CREATIVITY AND THEIR ROLE IN THE DEVELOPMENT

OF AESTHETIC ABILITIES

Abstract:

This article explores the role of folk oral genres in developing the artistic and

aesthetic abilities of primary school pupils. It analyzes the educational and aesthetic potential of
fairy tales, proverbs, riddles, epics, and legends. The article outlines methodological foundations
for integrating folk oral creativity into modern primary education.

Keywords:

folk oral creativity, aesthetic education, primary school, fairy tale, riddle,

artistic-aesthetic ability, didactic criteria, aesthetic technologies, epic.


Oʼquvchilarning badiiy-estetik qobiliyatlarini shakllantirish, ularning goʻzallikka boʻlgan

munosabatini rivojlantirib, obrazli fikrlashini kengaytirish hozirgi taʼlim jarayonining muhim
ustuvor pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Taʼlim va tarbiya jarayonida xalq ogʻzaki ijodi
janrlari beqiyos estetik imkoniyatlarga ega boʻlgan tarbiyaviy manba sifatida alohida eʼtiborni
talab etadi. Ular oʻzida xalqning qadimiy tasavvurlari, badiiy tajribasi, axloqiy qadriyatlari va
estetik mezonlarini mujassam etgan boʻlib, oʻquvchilar ongida goʻzallikni anglash, baholash va
ifodalash koʻnikmalarining shakllanishiga xizmat qiladi.

Xalq ogʻzaki ijodi janrlari mazmun va shakl jihatdan rang-barang boʻlib, har biri oʻziga xos

estetik taʼsir doirasiga ega. Masalan ertaklar oʻquvchilarning tasavvurini boyitish, ijobiy va
salbiy obrazlar oʻrtasidagi farqlarni tushunish, xayoliy manzaralarni mushohada qilishda muhim
vosita sanaladi. Topishmoqlar esa mantiqiy fikrlash, umumlashtirish, mazmunli tushunchalar
ustida ishlashga asos boʻladi. Maqollar va matallar orqali oʻquvchilar qisqa, ammo chuqur


background image

8

maʼnoli fikrlarni idrok etish, axloqiy-estetik xulosalar chiqarish imkoniyatiga ega boʻladi. Afsona
va rivoyatlar tasavvur doirasini kengaytiradi, tarixiy-badiiy ongni uygʼotadigan boʼlsa, dostonlar
dramatik voqealar, badiiy ifoda va musiqiy-kompozitsion tuzilmasi orqali estetik his-tuygʼularni
kuchaytiradi. Xalq ogʻzaki ijodining ushbu janrlari dars jarayonida maqsadga muvofiq
qoʻllanilganda, oʻquvchilarda badiiy tafakkur va estetik qobiliyatlar izchil shakllanadi.

O.Madayev, M.Sulaymonov, M.Jumaboyev tadqiqotchilarning ilmiy adabiyotlarida xalq

ogʻzaki ijodi janrlarining pedagogik va estetik salohiyatini chuqur tahlil qilgan boʻlsa rus va
xorijiy olimlarning tadqiqotlari xalq ijodini taʼlim jarayoniga integratsiyalash orqali
oʻquvchilarda estetik ongni shakllantirish borasida muhim ilmiy yondashuvlarni ilgari surgan.
Jumladan, Bobunova xalq maqollarining axloqiy-estetik tarbiyadagi rolini tahlil qilgan boʻlsa,
Doeva musiqiy va dramatik vositalarning estetik madaniyatga taʼsirini oʻrgangan, Spiridonova
esa sinfdan tashqari faoliyatda xalq ijodidan foydalanish samaradorligini asoslab bergan. Xalq
ogʻzaki ijodining nazariy jihatdan oʻrganilishi uni taʼlim-tarbiya jarayoniga ilmiy asoslangan,
tizimli va maqsadli ravishda qoʻllash imkoniyatlarini yaratadi. Estetik-funktsional tipologiyaga
tayanilgan holda xalq ogʻzaki ijodi janrlarini ularning badiiy obrazlilik darajasi, dramatik
ifodaviylik xususiyati hamda hissiy taʼsir kuchiga koʻra tasniflash mumkin boʻlib, bu yondashuv
har bir janrning taʼlimdagi estetik vazifasini aniqlashtirishga xizmat qiladi hamda janrlararo
integratsiya asosida ertak, topishmoq, maqol kabi janrlarning uygʻun qoʻllanilishi orqali
oʻquvchilarning obrazli fikrlash, maʼnaviy-estetik anglash, mantiqiy xulosa chiqarish
qobiliyatlarini rivojlantirishga keng sharoit yaratiladi. Didaktik-matn tanlash mezonlari xalq
ijodi namunalarining dars jarayoniga integratsiyalashuvi uchun muhim omil boʻlib, bunda
yoshga moslik, badiiy mazmun boyligi, axloqiy va estetik qimmatga ega boʻlishi mezon sifatida
belgilanadi. Estetik qobiliyatlar diagnostikasi esa tasavvur, tafakkur, obrazli anglash va badiiy
fikr yuritish kabi qobiliyatlarning bosqichma-bosqich shakllanishini baholashga imkon yaratadi.
Estetik texnologiyalar dramatizatsiya, ifodali oʻqish, hikoya yaratish, oʻquvchi bilan faol
muloqotga asoslangan metodlar orqali xalq ogʻzaki ijodining oʻquvchi shaxsiga estetik taʼsirini
kuchaytiradi.

Xalq ogʻzaki ijodi janrlari ertak, topishmoq, maqol, afsona, doston kabi shakllar

boshlangʻich sinf oʻquvchilarining badiiy-estetik qobiliyatlarini rivojlantirishda boy tarbiyaviy va
estetik salohiyatga ega didaktik vosita sifatida namoyon boʻladi. Ushbu janrlar oʻquvchilarda
obrazli va mantiqiy tafakkur, tasavvur, badiiy anglash, baholash va ifoda qilish koʻnikmalarini
shakllantirishga xizmat qiladi. Xalq ijodining estetik-funktsional tipologiyasini aniqlash,
janrlararo integratsion modelni qoʻllash, didaktik-matn tanlash mezonlarini ishlab chiqish,
estetik qobiliyatlarni bosqichma-bosqich aniqlovchi diagnostik yondashuvlarni taklif etish va
ijodiy-estetik texnologiyalarni zamonaviy darsga tatbiq etish samarali natija beradi. Xalq ogʻzaki
ijodining darsga metodik integratsiyalashuvi nafaqat oʻquv materialini boyitadi, balki
oʻquvchining estetik ongini, madaniy tafakkurini va shaxsiy qadriyatga asoslangan
dunyoqarashini shakllantiradi. Shu bois xalq ogʻzaki ijodi janrlarini faqat madaniy meros emas,
balki taʼlimning faol estetik komponenti sifatida qarash zamonaviy pedagogik yondashuvning
muhim yoʻnalishidir.

References:

Используемая литература:


background image

9

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni

“Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash toʻgʻrisida”
2.

Бобунова А.С., Сергеева М.Г. Формирование духовно-нравственного пространства

школьников в информационной среде // Проблемы современного педагогического
образования. - 2021. -Вып. 70, ч. 1. - С. 61–64.
3.

Гришина И.С. Формирование социально-личностного опыта у младших подростков

посредством фольклора. - Пермь, 2021. -180 с.
4.

Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti va folklor. - Toshkent: Maʼnaviyat, 2010. - 188 b.

5.

Madayev O. Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi. - Toshkent: Oʻqituvchi, 2006. - 272 b.

6.

Sulaymonov M. Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi. - Namangan: NDU nashriyoti, 2008. - 196 b.

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni “Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”

Бобунова А.С., Сергеева М.Г. Формирование духовно-нравственного пространства школьников в информационной среде // Проблемы современного педагогического образования. - 2021. -Вып. 70, ч. 1. - С. 61–64.

Гришина И.С. Формирование социально-личностного опыта у младших подростков посредством фольклора. - Пермь, 2021. -180 с.

Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti va folklor. - Toshkent: Maʼnaviyat, 2010. - 188 b.

Madayev O. Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi. - Toshkent: Oʻqituvchi, 2006. - 272 b.

Sulaymonov M. Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi. - Namangan: NDU nashriyoti, 2008. - 196 b.