BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARIDA MUSIQIY-RITMIK HARAKATLAR KOMPONENTLARINI PEDOGOGIK YONDASHUV ASOSIDA SHAKLLANTIRISH METODIKASI

Аннотация

Musiqiy ritmik harakatlarni shakllantirishning ahamiyati, uning o‘quvchilar uchun pedagogik va estetik tarbiyadagi o‘rni muhokama qilinadi. Bundan tashqari, o‘qituvchilarning ritmik harakatlarni ta‘lim jarayonida qanday qilib muvaffaqiyatli amalga oshirishi mumkinligi bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
133-137
19

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Shodiyeva , O. (2025). BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARIDA MUSIQIY-RITMIK HARAKATLAR KOMPONENTLARINI PEDOGOGIK YONDASHUV ASOSIDA SHAKLLANTIRISH METODIKASI. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(7), 133–137. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/79797
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Musiqiy ritmik harakatlarni shakllantirishning ahamiyati, uning o‘quvchilar uchun pedagogik va estetik tarbiyadagi o‘rni muhokama qilinadi. Bundan tashqari, o‘qituvchilarning ritmik harakatlarni ta‘lim jarayonida qanday qilib muvaffaqiyatli amalga oshirishi mumkinligi bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.


background image

133

BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARIDA MUSIQIY-RITMIK HARAKATLAR

KOMPONENTLARINI PEDOGOGIK YONDASHUV ASOSIDA SHAKLLANTIRISH

METODIKASI

Shodiyeva Oygul

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

“San’atshunoslik” kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15244980

Annotatsiya:

Musiqiy ritmik harakatlarni shakllantirishning ahamiyati, uning o‘quvchilar

uchun pedagogik va estetik tarbiyadagi o‘rni muhokama qilinadi. Bundan tashqari,
o‘qituvchilarning ritmik harakatlarni ta‘lim jarayonida qanday qilib muvaffaqiyatli amalga
oshirishi mumkinligi bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.

Kalit so‘zlar

: emotsional rivojlanishi, estetik tarbiya, muvozanat va koordinatsiya, motorik

ko‘nikma, sotsial ko‘nikma, harakat koordinatsiyasi,

jismoniy ko‘nikmalarni rivojlantirish,

ijtimoiy

ko‘nikmalar, ritm sezgisi.

Musiqiy ta’lim bolalar va yoshlar uchun muhim sanaladi, chunki ularning emotsional

rivojlanishi, estetik tarbiyasi va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim rol
o‘ynaydi. Ayniqsa, musiqiy ritmik harakatlar maktabgacha ta’lim va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
uchun ijtimoiy va jismoniy rivojlanish jihatidan muhim. Shu bois bo‘lajak o‘qituvchilarni musiqiy
ritmik harakatlarni shakllantirish va o‘rgatishga tayyorlash juda muhimdir. Musiqiy ritmik
harakatlar ta’lim jarayonida o‘quvchilarga ko‘p jihatdan yordam beradi:

Emotsional rivojlanish

: Musiqiy ritmik harakatlar orqali bolalar o‘z his-tuyg‘ularini ifoda

etishga va o‘zlarini his qilishga imkon yaratadi.

Jismoniy ko‘nikmalarni rivojlantirish

: Harakatlar orqali bolalarda tana nazorat qilish,

muvozanat va koordinatsiya rivojlanadi.

Ijtimoiy ko‘nikmalar

: Jamoa bilan birga ishlash va ijodiy jarayonda ishtirok etish,

bolalarning ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantiradi.

Shunday ekan, musiqiy-ritmik harakatlar bolalarni hotirasini ayniqsa boshlang‘ich sinf

o‘quvchilari biz bilamizki ular juda o‘yinqaroq yana fikrlari tarqoqdirlar shuning uchun ham ular
bilan har qanday dars davomida ritmik harakatlar bajarish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu
bilan biz nafaqat bolalarning fikrini balki uzatilgan ma’lumorlarimiz hotirasida uzoq vaqt
damomida saqlashlariga ham olib kelamiz. Sinfda 25-30 o’quvchi bo‘lsa xar xil sharoit va xar hil
muhitdan bolalar darsga kirib keladilar ular bilan dars 45 minut samarasiz ketishiga yo‘l
qo‘ymayman desangiz albatta ular bilan musiqiy-ritmik harakat bajartiring. 45-minut dars
samarasiz ketmasligi uchun 5-minut vaqtingizdan voz kechib ular bilan musiqiy ritmik harakatlar
bajaring. Shunda o‘qituvchiga bo‘lgan qarashlari fanga bergan mehrlari sizni yana
jo’shqinlantiradi. Agar sizda musiqa qo’yishning iloji bo‘lmasa sheriy tarzda ham o’tkazishingiz
mumkin. Biz bilamizki, yangi O’zbekiston yoshlari ilmga chanqoq va ularni ona vatanga sadoqat
ruhini ham o‘stirishimizni ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.Musiy ritmik harakat qilgan farzandlarda
mehr muhabbat kuchli bo‘ladi.

Musiqaga asoslangan ritmik harakatlar o‘quvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishida

muhim rol o‘ynaydi. Bu harakatlar turli yoshdagi o‘quvchilar uchun moslashtirilgan bo‘lib,
ularning tanasini yaxshiroq boshqarish, moslashuvchanlikni oshirish va umumiy motorik
ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi. Buning natijasida o‘quvchilar o‘z tanalarini


background image

134

yaxshiroq his qilishadi, muvozanat va koordinatsiyalari rivojlanadi, bu esa boshqa jismoniy
mashg‘ulotlarda va kundalik hayotda ham qo‘l keladi.

Shuningdek, musiqaga asoslangan ritmik harakatlar stressni kamaytirish va o‘z- o‘zini ifoda

qilish imkoniyatini beradi. Musiqaning takrorlanadigan ohanglari va temp o‘zgarishlari bola
psixikasini tinchlantirishi, ularni o‘z his-tuyg‘ularini yaxshiroq boshqarishga o‘rgatishi mumkin.
Bu jarayon ijtimoiy ko‘nikmalar rivojiga ham yordam beradi, chunki jamoaviy mashg‘ulotlarda
ishtirok etish, guruh bilan harakatlanish o‘quvchilarda hamkorlik qilish va o‘zaro yordam
ko‘rsatish qobiliyatini rivojlantiradi.

Ritmik harakatlar, ayniqsa, bolalarning musiqaga nisbatan qiziqishini kuchaytiradi va

ularning san’atga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi. Bu esa, keyinchalik musiqiy va san’atga oid
faoliyatlarga qiziqish bildirishiga turtki bo‘lib, ularning o‘ziga ishonchini va ijodkorligini
oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, musiqaga asoslangan ritmik harakatlarni
o‘quv dasturlariga kiritish ularning jismoniy, aqliy va ruhiy taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

Musiqiy-ritmik harakatlar komponentlari pedagogik yondashuvda juda muhim ahamiyatga

ega. Ushbu yondashuvda quyidagi asosiy jihatlar ko‘rib chiqilishi mumkin: Musiqiy ta’lim:
Musiqiy-ritmik harakatlar yordamida bolalarning musiqiy ta’limini rivojlantirish. Bu, avvalambor,
musiqani tinglash, tushunish va ifodalash imkoniyatlarini yaratadi. Ritmik harakatlar bolalarda
ritm sezgisini shakllantirishga yordam beradi. Bu, ularning harakat koordinatsiyasini va jismoniy
rivojlanishini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Musiqiy-ritmik harakatlar orqali bolalar ijodiy fikrlashni,
o‘z his-tuyg‘ularini ifodalashni o‘rganadilar. Bu jarayon ularning shaxsiy rivojlanishiga katta
yordam beradi. Guruhda musiqiy-ritmik harakatlar bajarish bolalarni bir-biri bilan muloqot
qilishga, jamoaviy ishga o‘rganishga yordam beradi. Bu, o‘z navbatida, ijtimoiy ko‘nikmalarni
rivojlantiradi.

Bolalar birgalikda musiqiy harakatlar bajarish orqali jamoaviy ishni o'rganadilar, bu esa

ularning sotsial ko‘nikmalarini oshiradi.

Ritmik harakatlar bolalarda ritm sezgisini shakllantirishga yordam beradi. Bu, ularning

harakat koordinatsiyasini va jismoniy rivojlanishini ham qo‘llab-quvvatlaydi.Musiqiy-ritmik
harakatlar orqali bolalar ijodiy fikrlashni, o‘z his-tuyg‘ularini ifodalashni o‘rganadilar. Bu jarayon
ularning shaxsiy rivojlanishiga katta yordam beradi.

Biz bilamizki bolalar xar xil erkaliklar tufayli bolalarda ruhiy stresslar paydo bo‘ladi. Bundan

halos bo’lishda ya’ni bundan halos bo‘lishda, bolalar bilan ochiq muloqot qilish, ularning
hissiyotlarini tushunish va qo‘llab-quvvatlash juda muhimdir. Bolalarga o‘z his-tuyg‘ularini
ifodalash imkoniyatini berish, ularni tinglash va ularga zaruriy xavfsizlik va sevgi tuyg‘usini
taqdim etish ruhiy stressni kamaytirishda samarali bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bolalar uchun
ijobiy va qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratish, muntazam ravishda o‘yinlar va mashg‘ulotlar,
musiqiy-ritmik harakatlar orqali ularning e’tiborini chalg‘itish, jismoniy faoliyatni rag‘batlantirish
va ijtimoiy muloqotda bo‘lishlarini ta’minlash ham muhim ahamiyatga ega.

Bundan tashqari, ota-onalar yoki tarbiyachilar, o’qituvchilar tomonidan to‘g‘ri model

ko‘rsatish, stressni boshqarish va salbiy holatlarga qanday munosabatda bo‘lishni o‘rgatish ham
bolalarning ruhiy salomatligini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. Bolalar ruhiy stressdan xalos
bo‘lishlari uchun ularning hissiy va aqliy holatiga e'tibor qaratish juda muhimdir. Shuning uchun,
ular bilan muntazam ravishda samimiy muloqot qilish, hissiyotlarini tushunishga harakat qilish
va ularga o‘zlarini erkin ifoda etishga imkon berish ya‘ni ular yoqtirgan musiqalar orqali
birgalikda ritmik harakatlar bajarish kerak. Ota-onalar va tarbiyachilar, o‘qituvchiular bolalarga


background image

135

stressni boshqarish usullarini o‘rgatishlari, masalan, chuqur nafas olish, meditatsiya yoki
tinchlantiruvchi faoliyatlar orqali stressni kamaytirishlari mumkin. Shuningdek turli xildagi
ritmik harakatlar bajarishlari maqsadga muvofiqdirlar.

Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston hududida topilgan qoya tosh tasvirlari, arxeologik

topilmalar bu yerda raqs san’ati juda qadimiy san’at turi ekanligidan dalolat beradi.
Zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto» davridayoq raqs san’ati shakllanib, xalq va
professional raqs – ikki yo‘nalishda rivojlanishni boshlagani haqida tarixiy ma’lumotlar mavjud.
Shuningdek, turli taraqqiyot bosqichlarida yurtimizda raqs va o‘yinlar o‘zaro ta’sirlashuvi
natijasida «Beshqarsak», «Katta o‘yin», «Lazgi», «Kema o‘yin», «Ashshadaroz» kabi qadimiy
o‘yinlar vujudga kelgan.

XX asrga kelib, raqs san’ati Buxoro raqsi, Xorazm raqsi, Farg‘ona raqsi yo‘nalishlarida

shakllanib, zamonaviy sahna talablari asosida qayta ishlangan sahnaviy xalq raqsi sifatida
rivojlandi. Ushbu yo‘nalishlarning har biri asr davomida bir necha tarixiy bosqichni bosib o‘tib,
o‘ziga xos shakl, uslub va mazmunga ega bo‘ldi. Bir qator davlat va xalq raqs jamoalari jahon
miqyosida tan olindi. O‘zbek milliy raqs san’ati tarixan juda katta yo‘lni bosib o‘tgan bo‘lib, uning
ildizlari qadimiy xalq o‘yin va tomoshalariga borib taqaladi. XX asrga kelib, bu san’at turi o‘zining
qadimiy an’analari bilan bir qatorda, jahon miqyosida shakllangan yangi tajribalarga asoslangan
holda rivojlanish yo‘liga o‘tdi. Xalqning ko‘p yillik milliy raqs san’ati tajribalari yevropacha
rusumdagi sahna madaniyati talablari bilan uyg‘unlashtirildi. Milliy merosimiz ko‘p yillik
an’analarni saqlab qolgan holda, yangicha badiiy tamoyillar asosida rivojlanmoqda.

Bugungi kunda milliy raqs san’atimiz o‘zining boy tarixiy ildizlari va an’analarini davom

ettirgan holda, yangi tajribalar hamda ijodiy yo‘nalishlar bilan boyib bormoqda. Ma’lumki, raqs —
bu nafaqat san’at turi, balki xalq ruhiyatining, uning dunyoqarashi, urf-odati va hayot tarzining
ifodasidir. Raqs orqali insonlar o‘z tuyg‘ularini, ichki kechinmalarini va quvonchlarini ifoda
etadilar. Shu bois, raqs san’ati doimo yangilanib, zamon talablari asosida rivojlanishda davom
etmoqda. San’atning rivoji, avvalo, professional kadrlar tayyorlash bilan chambarchas bog‘liq.
Bunday yuksak malakali mutaxassislarni yetishtirish uchun raqs ta’limini yanada rivojlantirish,
uni jahon andozalari darajasiga olib chiqish zarur. Bu boradagi ishlarning dastlabki bosqichida
yoshlarda milliy an’analar ruhini shakllantirish, ularni o‘zbek raqs merosi, uning tarixi, ildizlari,
uslubiy xususiyatlari bilan tanishtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ustozlardan
avlodlarga o‘tib kelayotgan raqs asoslari, badiiyat, obrazlilik, xatti-harakatlarning ma’naviy va
estetik ma’nosini anglash hissini rivojlantirish lozim.

Bugungi kunda Farg‘ona, Xorazm va Buxoro raqs maktablari badiiy uslublari asosida

rivojlanib kelayotgan milliy o‘zbek raqs san’ati ana shu madaniy merosimizning ajralmas qismidir.
Har bir maktab o‘ziga xos joziba, xarakter, uslub va tashqi ko‘rinishga ega bo‘lib, bir-biridan aniq
farqlanadi. Jumladan, Buxoro raqsi maktabi boshqa maktablarga nisbatan o‘ziga xosligiyu yuksak
did bilan ajralib turadi. Uning shakllanishi tarixan Buxoro xonligi davri bilan chambarchas bog‘liq
bo‘lib, raqs harakatlarida og‘ir-bosiqlik, viqor, aristokratik holat ustuvorlik qiladi.

Buxoro raqslari keng harakatlar bilan, sokin, ammo boy ma’no yuklangan ifodali xatti-

harakatlar orqali ijro etiladi. Raqsda liboslar ham alohida o‘rin tutadi — ular tilla rangdagi
zardo‘zlik san’ati bilan bezatilgan bo‘lib, raqsning badiiy estetik qimmati va sahnadagi
ta’sirchanligini yanada oshiradi. Bu raqslarda nafislik, nazokat, ichki teran ma’no mujassam bo‘lib,
ular orqali tomoshabin o‘ziga xos ruhiy zavq va estetik bahra oladi.


background image

136

Milliy raqs san’atimizning har bir maktabi, shu jumladan, Farg‘ona va Xorazm raqslari ham

o‘ziga xos yondashuvga ega. Farg‘ona raqsi nafislik va lirizm bilan ajralib turar ekan, Xorazm raqsi
esa kuchli dinamizm, ritm va ifoda kuchi bilan tanilgan. Ana shu maktablar uyg‘unligi, ularning boy
tajribasi milliy raqs san’atining yanada yuksalishiga zamin yaratmoqda.

Milliy raqs maktablarining yutuqlari nafaqat o‘zbek san’ati tarixida, balki jahon madaniy

merosi rivojida ham alohida o‘rin tutadi. Bu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan ustoz san’atkorlar,
raqqos va raqqosalar o‘zbek raqs san’atining avloddan-avlodga o‘tishini, uning asliyatining
yo‘qolmasligini ta’minlab kelmoqda. Ayniqsa, yoshlarda milliy g‘urur va san’atga mehr uyg‘otish,
ularni bu borada bilimli va malakali mutaxassislar etib yetishtirish dolzarb vazifalardan biridir.

Zamonaviy raqs sahnalari endilikda nafaqat an’anaviy uslub, balki yangi texnologiyalar,

yorug‘lik effektlari va dramatik qurilmalardan foydalanishni ham talab qilmoqda. Shu sababli,
bugungi san’atkor nafaqat raqsni ijro eta olishi, balki uning sahnaviy talqinini, mazmunini, estetik
ta’sirini ham chuqur anglaydigan bo‘lishi zarur.

Bundan tashqari, xalqaro sahnalarda milliy raqslarimizni targ‘ib qilish, boshqa madaniyat

vakillari bilan madaniy almashinuvlar orqali ham tajriba almashish – bugungi kunning dolzarb
ehtiyojidir. Shu yo‘lda raqs festivallari, tanlovlar, ustoz-shogird an’anasini rivojlantirish,
madaniyat va san’at maktablarining faoliyatini yanada mustahkamlash muhim ahamiyat kasb
etadi.

Shubhasiz, o‘zbek milliy raqs san’ati o‘zining boy tarixi, badiiy chuqurligi va xalqona ruhiyati

bilan kelajakda ham xalqimiz madaniy hayotida muhim o‘rin egallab boraveradi. Uning zamonaviy
talqini esa an’anaviylik va yangilik uyg‘unligi asosida yanada boyib, yurtimiz madaniyatining
yorqin ifodasi bo‘lib qoladi.

Shunday qilib, o‘zbek milliy raqs san’ati nafaqat estetik zavq manbai, balki xalqimizning boy

ma’naviy va madaniy merosining ajralmas qismidir. U xalqning ruhiy holati, hayot tarzi,
dunyoqarashi, quvonch va g‘amlarini o‘zida mujassam etgan san’at turidir. Har bir raqs harakati,
sahnadagi obraz va ifoda o‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixiy xotirasi, estetik didi va ichki dunyosini
namoyon qiladi.

Yosh avlodni ushbu san’atga jalb etish, ularda estetik did, madaniy savodxonlik va milliy

o‘zlikni anglash tuyg‘usini shakllantirish bugungi kunning muhim vazifalaridandir. Shu boisdan
raqs ta’lim tizimining yanada takomillashuvi, raqs maktablari faoliyatining qo‘llab-quvvatlanishi,
ustoz-shogird an’anasi asosida yangi avlod san’atkorlarining yetishib chiqishi davlatimizning
madaniy siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.

Kelajakda raqs san’atimiz zamonaviy sahna texnologiyalari, jahon miqyosidagi badiiy

tendensiyalar bilan uyg‘un holda rivojlanib, o‘zining noyob milliy xususiyatlarini asrab qolgan
holda yanada yuksalishiga shubha yo‘q. Milliy an’analar, boy tarixiy tajriba va zamonaviy
yondashuvlar uyg‘unligida o‘zbek raqsi nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo sahnalarida
o‘ziga xos ohang va obraz bilan porlayveradi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mirziyоyеv Sh.M. Buyuk kеlаjаgimizni mаrd vа оlijаnоb xаlqimiz bilаn birgа qurаmiz. – T.:

“О‘zbеkistоn”, NMIU, 2017488 b.


background image

137

2.

Mirziyоyеv Sh.M. Еrkin vа fаrоvоn, Dеmоkrаtik О‘zbеkistоn dаvlаtini birgаlikdа bаrpо

еtаmiz. О‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti lаvоzimigа kirishish tаntаnаli mаrоsimigа
bаg‘ishlаngаn Оliy Mаjlis pаlаtаsining qо‘shmа mаjlisidаgi nutq. – T.: “О‘zbеkistоn”, NMIU, 2017y.
3.

Mirziyоyеv Sh.M. Qоnun ustuvоrligi vа insоn mаnfааtlаrini tа’minlаsh– yurt tаrаqqiyоti vа

xаlq fаrоvоnligining gаrоvi. О‘zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitutsiyаsi qаbul qilingаnining 24
yilligigа bаg‘ishlаngаn tаntаnаli mаrоsimdаgi mа’ruzа. 2016- yil 7-dеkаbr. T.: “О‘zbеkistоn”,
NMIU, 2017-y.
4.

2017–2021-yillаrdа О‘zbеkistоn Rеspublikаsini rivоjlаntirishning bеshtа ustuvоr yо‘nаlishi

bо‘yichа “Hаrаkаtlаr strаtеgiyаsi”. 2017-y.
5.

Aydin Yeshimbetova “Xalq saxna raqsini o‘qitish uslubiyoti” Fan ziyosi Toshkent 2023yil

6.

O.A. Shodiyeva “To‘garaklarni tashkil etish” o‘quv qo‘llanma. SamDU., 2023.

7.

Z.K.Fazliyeva “O‘zbek raqsini o‘rganish uslubiyoti”. O‘quv qo‘llanma. T.: “Musiqa” nashriyoti,

2020.
8.

Sh.Sh.Jalilova. “O‘zbek raqsini o‘qitish uslubiyoti”. o‘quv qo‘llanma. T.: “Musiqa” nashriyoti,

2020.
9.

O‘g‘ilоy Muхаmеdоvа O‘zbеk rаqsini sahnalаshtirish аmаliyoti. O‘quv qo‘llanma. Tоshkеnt

dаvlаt milliy rаqs vа xoreografiya оliy mаktаbi, 2019y.
10.

R.Dustmetova N.Abraykulova “Raqs” Darslik. T.: Barkamol fayz media, 2017. 160 bet.

11.

L.Avdeyeva “O‘zbek milliy raqs tarixidan”. O‘quv qo‘llanma. T., 2001.

12.

M.M.Maxmudova “O‘zbek raqsini o‘qitish uslubiyoti” O‘quv qo‘llanma. T., “Navro‘z”

nashriyoti, 2020.

Библиографические ссылки

Mirziyоyеv Sh.M. Buyuk kеlаjаgimizni mаrd vа оlijаnоb xаlqimiz bilаn birgа qurаmiz. – T.: “О‘zbеkistоn”, NMIU, 2017488 b.

Mirziyоyеv Sh.M. Еrkin vа fаrоvоn, Dеmоkrаtik О‘zbеkistоn dаvlаtini birgаlikdа bаrpо еtаmiz. О‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеnti lаvоzimigа kirishish tаntаnаli mаrоsimigа bаg‘ishlаngаn Оliy Mаjlis pаlаtаsining qо‘shmа mаjlisidаgi nutq. – T.: “О‘zbеkistоn”, NMIU, 2017y.

Mirziyоyеv Sh.M. Qоnun ustuvоrligi vа insоn mаnfааtlаrini tа’minlаsh– yurt tаrаqqiyоti vа xаlq fаrоvоnligining gаrоvi. О‘zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitutsiyаsi qаbul qilingаnining 24 yilligigа bаg‘ishlаngаn tаntаnаli mаrоsimdаgi mа’ruzа. 2016- yil 7-dеkаbr. T.: “О‘zbеkistоn”, NMIU, 2017-y.

–2021-yillаrdа О‘zbеkistоn Rеspublikаsini rivоjlаntirishning bеshtа ustuvоr yо‘nаlishi bо‘yichа “Hаrаkаtlаr strаtеgiyаsi”. 2017-y.

Aydin Yeshimbetova “Xalq saxna raqsini o‘qitish uslubiyoti” Fan ziyosi Toshkent 2023yil

O.A. Shodiyeva “To‘garaklarni tashkil etish” o‘quv qo‘llanma. SamDU., 2023.

Z.K.Fazliyeva “O‘zbek raqsini o‘rganish uslubiyoti”. O‘quv qo‘llanma. T.: “Musiqa” nashriyoti, 2020.

Sh.Sh.Jalilova. “O‘zbek raqsini o‘qitish uslubiyoti”. o‘quv qo‘llanma. T.: “Musiqa” nashriyoti, 2020.

O‘g‘ilоy Muхаmеdоvа O‘zbеk rаqsini sahnalаshtirish аmаliyoti. O‘quv qo‘llanma. Tоshkеnt dаvlаt milliy rаqs vа xoreografiya оliy mаktаbi, 2019y.

R.Dustmetova N.Abraykulova “Raqs” Darslik. T.: Barkamol fayz media, 2017. 160 bet.

L.Avdeyeva “O‘zbek milliy raqs tarixidan”. O‘quv qo‘llanma. T., 2001.

M.M.Maxmudova “O‘zbek raqsini o‘qitish uslubiyoti” O‘quv qo‘llanma. T., “Navro‘z” nashriyoti, 2020.