ZARGARLIK TERMINLARINING TEMATIK TASNIFI

Abstract

Maqolada o‘zbek va qozoq tillarida zeb-ziynat nomlarini ifodalovchi terminlarning ishlatilishi va ularning nomlanishi haqida fikr yuritilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
94-96
13

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Pardayeva , I. ., Ro‘ziqulov , S. ., & O‘razov, A. . (2025). ZARGARLIK TERMINLARINING TEMATIK TASNIFI. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 4(7), 94–96. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/79532
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada o‘zbek va qozoq tillarida zeb-ziynat nomlarini ifodalovchi terminlarning ishlatilishi va ularning nomlanishi haqida fikr yuritilgan.


background image

94

ZARGARLIK TERMINLARINING TEMATIK TASNIFI

Pardayeva Izzat Xolbo‘tayevna

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent,

Guliston davlat universiteti

Ro‘ziqulov Shohruh ilhom o‘g‘li

Guliston davlat universiteti stajyor-o‘qituvchisi

O‘razov Alisher Doniyorovich

Guliston davlat universiteti

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15227295

Annotatsiya.

Maqolada o‘zbek va qozoq tillarida zeb-ziynat nomlarini ifodalovchi

terminlarning ishlatilishi va ularning nomlanishi haqida fikr yuritilgan.

Zargarlik zeb – ziynat buyumlari milliy – badiiy madaniyat tarixining ajralmas qismi bo‘lib,

u xalqning olis o‘tmishdagi olis maqsadlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Zargarlik ziynat
buyumlari hunar egalarining mahoratidan ma’lum iqtisodiy va ijtimoiy shart – sharoitlardan,
ma’dan va toshlarga ishlov berish texnikasidan hikoya qiladi. Zargarlar yasagan buyumlar ular
yashagan davr san’atining uslubiy xususiyatlarini o‘zlarida namayon etadi. Shunindek, zargarlik
zeb – ziynat buyumlarining hayotdagi ijtimoiy – iqtisodiy o‘rni ham anchagina sezilarli. Insonning
jamiyatdagi mavqeini ham ko‘pincha uning qimmatbaho zargarlik buyumlari borligiga qarab
belgilaganlar. Taqinchoqlar kishilar yoshidagi farqni va oilaviy ahvolini belgilash uchun xizmat
qilib, ularning nasl – nasabidan nishona berib turuvchi xususiyatga ega bo‘lgan. Boz ustiga,
qimmatbaho matolardan yohud ular aralashmasidan tayyorlangan taqinchoqlar kishilar
salomatligini bir me’yorda saqlab turish uchun ham xizmat qilgan. Nihoyat, ularning nafosat
borasidagi fazilatlaridan so‘zlaydigan bo‘lsak, u zargarlarning yurak qo‘ri bilan yaratilgan
mukammal asar bo‘lib, u yoki bu davrda yashagan xalqlarning badiiy nafosat haqidagi
tushunchalarini o‘zida aks ettirgan.

Demak, mazkur san’at misolida odamlarning ham moddiy, ham nafosat olami, ham ilohiy

qudrat haqidagi tasavvurlarining bir – biri bilan uzviy ravishda chirmashib ketgani ko‘rinadi.

Mana shu asnoda o‘zbek tilida qadimdan zargarlik buyumlarining jamini ifodalovchi

terminologik tizim tarkib topib kelgan. Davr, fan va texnika, ishlab chiqarish, madaniy – maishiy
hayotdagi o‘zgarishlar taqozosi bilan mazkur terminologik tizim hamisha boyib keldi.

Mehnat jarayonida yuzaga kelgan va ijtimoiy hodisalardan sanalgan til kishilik turmushini

har taraflama va keng suratda o‘zida aks ettirdi.

Kasb– hunarga oid terminlar o‘sha xalqning ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi

jamoaning o‘zaro aloqasi, fikr almashishi natijasida yuzaga kelgan. Kasb–hunar leksikasining bir
tarmog‘i bo‘lgan zargarlik terminlari ham uzoq o‘tmishga borib taqaladi.

Muzeylarda saqlanayotgan va hozirgi kunda turli joylardan topilgan qadimiy zargarlik ziynat

buyumlari namunalarining tuzilishi, badiiy naqsh kompozitsiyasining xilma – xilligi, ularni
yasashda ishlatiladigan mehnat qurollari – bularning barchasi ularning maxsus terminlar bilan
atalganligi, birinchidan, zargarlik zeb – ziynat buyumlarining, ularni yasovchi zargarlar san’atining
tarixiy taraqqiyotini yoritishga yordam bersa, ikkinchidan, zargarlik buyumlarining uzoq
davrlardan beri qo‘llanib kelinayotganligini tasdiqlaydi.

Jamiyatdagi barcha voqea – hodisalar, narsa – predmetlar bir – biridan farq qilishi yoki bir –

biriga o‘xshashligi bilan ajralib turadi va shunga muvofiq ravishda ularning har qaysisi ma’lum
bir guruhni tashkil qiladi. Huddi shunday guruhlarga ajratish tilga ham tadbiq qilingan. Lingvistik


background image

95

nuqtai nazardan qaraganda, har bir sohaga oid terminlar ma’lum guruhlarga birlashib tilning
terminologik tizimlaridan birini tashkil etadi. O‘z navbatida, bu tizim muayyan guruhlardan,
boshqacha aytganda, tematik guruhlardan iborat bo‘ladi.

Inson mehnat faoliyati bilan aloqador bo‘lgan har qanday kasb o‘tmishda ham, hozir ham o‘z

terminologiyasini yaratgan va yaratib keladi. Umumiste’moldagi istalgan so‘z kasb – kor, soha
doirasida maxsus ma’noga ega bo‘lishi, termin ma’nosini anglatishi, termin vazifasini bajarish
mumkin. Chunonchi, uzuk, bilaguzuk, zirak umumiste’molda oddiy so‘z, ammo zargarlar tilida
termindir.

Shunga ko‘ra, o‘zbek tili leksikasining eng qadimiy qatlamlaridan bo‘lmish (inson o‘zini

go‘zal qilib ko‘rsatish maqsadida foydalanadigan) zargarlik terminlari, ya’ni zargarlik zeb-ziynat
buyumlari, ularning qismlari, asbob-uskunalari va nihoyat, ularni yasaydigan, sayqal beradigan
kasb-kor egalari terminlarini tematik jihatdan guruhlarga ajratish mumkin. Ular quyidagilardan
iborat:

I.

Zargarlik zeb – ziynat buyumlari nomlarini ifodalovchi terminlar;

II.

Zargarlik zeb – ziynat buyumlari naqshlari nomlarini ifodalovchi terminlar;

III.

Zargarlik zeb – ziynat buyumlar qismlarini ifodalovchi terminlar;

IV.

Zargarlik zeb – ziynat buyumlarini yasashda va bezashda qo‘llanadigan asbob – uskunalarini

ifodalovchi terminlar;

V.

Zargarlik buyumlari xomashyolarining nomlarini ifodalovchi terminlar;

VI.

Zargarlik buyumlarini tayyorlash jarayonlarini ifodalovchi terminlar;

VII.

Soha, kasb – kor ma’nolarini ifodalovchi terminlar.
Xulosa qilib aytganda o‘zbek tilida zeb-ziynat nomlarini ifodalovchi terminlar ham katta bir

qismni tashkil qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Doniyorovich, O. R. A. (2022). TOG‘AY MUROD ASARLARIDA EVFEMIZMLAR.

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENCE AND EDUCATION

,

1

(4), 38-42.

2.

O'razov, A. (2023). TILSHUNOSLIK VA UNING SATHLARI XUSUSIDA.

3.

Doniyorovich, O. R. A., & Shavkatovna, A. S. (2024). O ‘ZBEK TILIDA LEKSEMA

TALQINI.

Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies

,

1

(18), 144-

146.
4.

Абдуҳакимович, М. Қ., Мамарахимов, С. М., & Ўразов, А. Д. (2024). ЎТМИШДАЁҚ

УНУТИЛГАН АРХАИК СЎЗЛАР “ЎЛИК СЎЗЛАР” ДИР.

Central Asian Journal of Multidisciplinary

Research and Management Studies

,

1

(3), 74-78.

5.

Pardayeva, I., & Mahmudboyeva, F. (2022). ZARGARLIK TERMINLARINING SINTAKTIK USUL

BILAN YASALISHI.

Gospodarka i Innowacje.

,

24

, 562-564.

6.

Pardaeva, I. X. (2021). Semantic Method Of Jewelery Terms Production With.

European

Scholar Journal

,

2

(7), 10-12.

7.

Рузикулов, Ш. (2022). ЖИНСНИНГ МОРФОЛОГИК УСУЛДА ИФОДАЛАНИШИ.

Новости

образования: исследование в XXI веке

,

1

(4), 148-151.

8.

Akbarovich, A. A., Ixtiyor, E., & O‘G, R. Z. S. I. (2024). TIL VA FAOLIYAT VA ULARNING O ‘ZARO

BOG ‘LIQLIGI.

Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies

,

1

(3), 4-

7.


background image

96

9.

O‘G, R. Z. S. I., Tursunkulovich, M. A., & Qizi, E. F. B. (2024). TA’LIMDA RASMIY ISH QOG

‘OZLARINING AHAMIYATI.

Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management

Studies

,

1

(3), 22-25.

10.

Shohruh ilhom o‘g, R. Z. (2024, May). O ‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SO ‘Z TURKUMLARINING

O ‘RGANILISHI. In

INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY

AND LINGUISTICS

(Vol. 1, No. 5, pp. 36-46).

11.

Akbarovich, A. A. REFLECTION OF NATIONAL VALUES IN ARTICLES.

Pedagogika

,

171

.

12.

Akhrorov, A. (2019). ISSUE OF STUDYING THE" CULTURE OF SPEECH" AS A SEPARATE

SCIENCE.

NEWS OF THE NATIONAL UNIVERSITY OF UZBEKISTAN

,

1

(4).

13.

Akbarovich, A. A. (2023). MAQOLLARDA UMUMYASHIRIN MA'NONING NAMOYON BO'LISH

OMIL, VOSITA VA USULLARI.

TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI

,

3

(4), 163-

166.
14.

Jurayev, J. (2022). Ахроров Алишер Акбарович.

МАКОЛЛАРДА УМУМЯШИРИН

МАЪНОНИНГ ИФОДАЛАНИШИ. FILOLOGIYA UFQLARI JURNALI

,

11

(11).

15.

Ahrorov, A. (2022). O ‘zbek xalq maqollarida “nutq odobi” ma’nosining ifodalanish

darajasi.

Uzbekistan: Language and Culture

,

4

(4).

16.

Axrorov, A. A. (2022). The problem of the role of proverbs in the event of a speech

act.

Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching

,

15

, 49-53.

17.

Axrorov, A. A. UDK: 811.512. 133 ROST VA YOLG ‘ON SO ‘ZLAMOQ HAQIDA XALQ

MAQOLLARI SHARHI.

ILMIY AXBOROTNOMA

,

57

.

18.

Ixtiyor, E., Axrorov, A., & Mamaraximov, S. (2024). TERMINOLOGIYADA GIPERO-GIPONIMIK

HODISALAR.

Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies

,

1

(3), 12-

15.
19.

Latipov, M. (2024). O ‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA IS’HOQXON IBRAT ILMIY-IJODIY

MEROSINING O ‘RGANILISHI HAQIDA.

TAMADDUN NURI JURNALI

,

9

(60).

20.

Djurayev, M. E., & Qozoqboyeva, D. H. (2025). BEKOBOD SHAMOLINI GEOGRAFIK

BAHOLASH.

YANGI O ‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI

,

2

(3), 402-405.

References

Doniyorovich, O. R. A. (2022). TOG‘AY MUROD ASARLARIDA EVFEMIZMLAR. INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENCE AND EDUCATION, 1(4), 38-42.

O'razov, A. (2023). TILSHUNOSLIK VA UNING SATHLARI XUSUSIDA.

Doniyorovich, O. R. A., & Shavkatovna, A. S. (2024). O ‘ZBEK TILIDA LEKSEMA TALQINI. Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 1(18), 144-146.

Абдуҳакимович, М. Қ., Мамарахимов, С. М., & Ўразов, А. Д. (2024). ЎТМИШДАЁҚ УНУТИЛГАН АРХАИК СЎЗЛАР “ЎЛИК СЎЗЛАР” ДИР. Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 1(3), 74-78.

Pardayeva, I., & Mahmudboyeva, F. (2022). ZARGARLIK TERMINLARINING SINTAKTIK USUL BILAN YASALISHI. Gospodarka i Innowacje., 24, 562-564.

Pardaeva, I. X. (2021). Semantic Method Of Jewelery Terms Production With. European Scholar Journal, 2(7), 10-12.

Рузикулов, Ш. (2022). ЖИНСНИНГ МОРФОЛОГИК УСУЛДА ИФОДАЛАНИШИ. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(4), 148-151.

Akbarovich, A. A., Ixtiyor, E., & O‘G, R. Z. S. I. (2024). TIL VA FAOLIYAT VA ULARNING O ‘ZARO BOG ‘LIQLIGI. Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 1(3), 4-7.

O‘G, R. Z. S. I., Tursunkulovich, M. A., & Qizi, E. F. B. (2024). TA’LIMDA RASMIY ISH QOG ‘OZLARINING AHAMIYATI. Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 1(3), 22-25.

Shohruh ilhom o‘g, R. Z. (2024, May). O ‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SO ‘Z TURKUMLARINING O ‘RGANILISHI. In INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS (Vol. 1, No. 5, pp. 36-46).

Akbarovich, A. A. REFLECTION OF NATIONAL VALUES IN ARTICLES. Pedagogika, 171.

Akhrorov, A. (2019). ISSUE OF STUDYING THE" CULTURE OF SPEECH" AS A SEPARATE SCIENCE. NEWS OF THE NATIONAL UNIVERSITY OF UZBEKISTAN, 1(4).

Akbarovich, A. A. (2023). MAQOLLARDA UMUMYASHIRIN MA'NONING NAMOYON BO'LISH OMIL, VOSITA VA USULLARI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(4), 163-166.

Jurayev, J. (2022). Ахроров Алишер Акбарович. МАКОЛЛАРДА УМУМЯШИРИН МАЪНОНИНГ ИФОДАЛАНИШИ. FILOLOGIYA UFQLARI JURNALI, 11(11).

Ahrorov, A. (2022). O ‘zbek xalq maqollarida “nutq odobi” ma’nosining ifodalanish darajasi. Uzbekistan: Language and Culture, 4(4).

Axrorov, A. A. (2022). The problem of the role of proverbs in the event of a speech act. Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching, 15, 49-53.

Axrorov, A. A. UDK: 811.512. 133 ROST VA YOLG ‘ON SO ‘ZLAMOQ HAQIDA XALQ MAQOLLARI SHARHI. ILMIY AXBOROTNOMA, 57.

Ixtiyor, E., Axrorov, A., & Mamaraximov, S. (2024). TERMINOLOGIYADA GIPERO-GIPONIMIK HODISALAR. Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 1(3), 12-15.

Latipov, M. (2024). O ‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA IS’HOQXON IBRAT ILMIY-IJODIY MEROSINING O ‘RGANILISHI HAQIDA. TAMADDUN NURI JURNALI, 9(60).

Djurayev, M. E., & Qozoqboyeva, D. H. (2025). BEKOBOD SHAMOLINI GEOGRAFIK BAHOLASH. YANGI O ‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI, 2(3), 402-405.