AJRASHGAN OILALARDA OTA-ONA MUNOSABATLARINING MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR HISSIY-EMOTSIONAL HOLATIGA TA’SIRINI O‘RGANISH NATIJALARI

Abstract

Mazkur maqolada ajrashgan oilalarda ota-ona o‘rtasidagi munosabatlarning maktab yoshidagi bolalar hissiy-emotsional holatiga ta’siri tahlil qilinadi. Oila tuzilmasidagi o‘zgarishlar, ayniqsa ajralish holatlari bolalarning ruhiy holatiga qanday ta’sir qilishi empirik tadqiqotlar asosida yoritiladi. G.Xomentauskasning “Oila rasmi” va “Oila daraxti” metodikalari orqali olingan natijalar asosida bolalarning xavotirlanish darajasi, o‘z-o‘zini baholash va ota-onaga bo‘lgan emotsional munosabati o‘rganildi. Tadqiqot natijalari ajrashgan oilalarda bolalarda hissiy tanglik, past ijtimoiy moslashuv va psixologik beqarorlik yuqori ekanini ko‘rsatadi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
13-16
15

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Dexkanova , A. . (2025). AJRASHGAN OILALARDA OTA-ONA MUNOSABATLARINING MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR HISSIY-EMOTSIONAL HOLATIGA TA’SIRINI O‘RGANISH NATIJALARI. Pedagogy and Psychology in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 4(10), 13–16. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/92522
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada ajrashgan oilalarda ota-ona o‘rtasidagi munosabatlarning maktab yoshidagi bolalar hissiy-emotsional holatiga ta’siri tahlil qilinadi. Oila tuzilmasidagi o‘zgarishlar, ayniqsa ajralish holatlari bolalarning ruhiy holatiga qanday ta’sir qilishi empirik tadqiqotlar asosida yoritiladi. G.Xomentauskasning “Oila rasmi” va “Oila daraxti” metodikalari orqali olingan natijalar asosida bolalarning xavotirlanish darajasi, o‘z-o‘zini baholash va ota-onaga bo‘lgan emotsional munosabati o‘rganildi. Tadqiqot natijalari ajrashgan oilalarda bolalarda hissiy tanglik, past ijtimoiy moslashuv va psixologik beqarorlik yuqori ekanini ko‘rsatadi.

Similar Articles


background image

13

AJRASHGAN OILALARDA OTA-ONA MUNOSABATLARINING MAKTAB

YOSHIDAGI BOLALAR HISSIY-EMOTSIONAL HOLATIGA TA’SIRINI O‘RGANISH

NATIJALARI

Dexkanova Aziza Shokirovna

Xalqaro Nordik universiteti, Pedagogika va psixologiya

yo‘nalishi magistranti

Dehkanovaaziza40@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15478511

Annotatsiya:

Mazkur maqolada ajrashgan oilalarda ota-ona o‘rtasidagi munosabatlarning

maktab yoshidagi bolalar hissiy-emotsional holatiga ta’siri tahlil qilinadi. Oila tuzilmasidagi
o‘zgarishlar, ayniqsa ajralish holatlari bolalarning ruhiy holatiga qanday ta’sir qilishi empirik
tadqiqotlar asosida yoritiladi. G.Xomentauskasning “Oila rasmi” va “Oila daraxti” metodikalari
orqali olingan natijalar asosida bolalarning xavotirlanish darajasi, o‘z-o‘zini baholash va ota-
onaga bo‘lgan emotsional munosabati o‘rganildi. Tadqiqot natijalari ajrashgan oilalarda
bolalarda hissiy tanglik, past ijtimoiy moslashuv va psixologik beqarorlik yuqori ekanini
ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar:

ajralish, emotsional holat, xavotir, psixologik tahlil, bolalar psixologiyasi, oila.

Аннотация:

В данной статье рассматривается влияние отношений между

родителями в разведённых семьях на эмоциональное состояние детей школьного
возраста. Изменения в семейной структуре, особенно развод, оказывают существенное
влияние на психическое состояние ребёнка, что подтверждается эмпирическими
исследованиями. На основе результатов методик Г. Хоментаускаса «Рисунок семьи» и
«Семейное дерево» изучены уровень тревожности, самооценка и эмоциональное
отношение детей к родителям. Результаты исследования показывают, что дети из
разведённых семей чаще страдают от эмоционального напряжения, низкой социальной
адаптации и психологической нестабильности.

Ключевые слова:

развод, эмоциональное состояние, тревожность, психологический

анализ, детская психология, семья.

Abstract:

This article analyzes the impact of parental relationships in divorced families on

the emotional state of school-age children. Changes in family structure, particularly divorce,
significantly affect children's mental health, as supported by empirical research. Based on the
results of G. Khomentauskas’s “Family Drawing” and “Family Tree” methodologies, the study
examines children's levels of anxiety, self-esteem, and emotional attachment to their parents.
The findings reveal that children from divorced families tend to experience greater emotional
tension, lower social adaptation, and psychological instability.

Keywords:

divorce, emotional state, anxiety, psychological analysis, child psychology,

family.

Oila inson hayotida muhim ahamiyatga ega. Aynan oiladagi munosabatlar va muloqotlar

orqali odamlar o‘z ehtiyojlarini qondiradilar, ya’ni guruhga mansublik, o‘zini-o‘zi tasdiqlash,
mehr va o‘z-o‘zini anglash zaruriyatlarini amalga oshiradilar. Oila a'zolari o‘rtasidagi o‘zaro
iliqlik va o‘zaro tushunish bola shaxsining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli,
oilaviy munosabatlar va bola tarbiyasi bilan bog‘liq tajriba qadim zamonlardan beri jamlanib,
shakllangan. Ushbu maqola oilada bola va ota-ona o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish uchun
asosiy falsafiy va psixologik-pedagogik yondashuvlarni tahlil qilishga bag‘ishlangan.


background image

14

Mazkur tadqiqot natijalari ajrashgan oilalarda ota-ona o

rtasidagi munosabatlarning

maktab yoshidagi bolalar shaxsini shakllantirish va rivojlantirish jarayonidagi hissiy-emotsional
holatlariga ta’sirini psixologik nuqtai nazardan ilmiy asoslash imkonini beradi. Shuningdek,
tadqiqot bolalarning psixologik holatini chuqur tahlil etishga xizmat qiluvchi psixodiagnostik
yondashuv va choralarni ishlab chiqishga ilmiy asos yaratadi. Tadqiqot davomida ilgari surilgan
g

oyalar va olingan empirik ma

lumotlar ajrashgan oilalarda tarbiyalanayotgan maktab yoshidagi

bolalarda hissiy-emotsional buzilishlar, xavotirlanish darajalari va ularning shaxsiy hamda
vaziyatga oid omillar bilan bog

liqligini aniqlashga imkon beradi.

G.Xomentauskasning “Oila rasmi” metodikasi esa bolaning oilaviy muhitni qanday qabul

qilishini aniqlashda muhim bo‘ldi. 45 nafar bola o‘z rasmlarida xavotir va g‘am holatini
ifodalagan. 38 nafar bola o‘zini chizmada chetda yoki mavjud emas tarzda ifodalagan, bu
ularning o‘ziga bo‘lgan past bahosi va e’tibor yetishmasligini bildiradi. Bundan tashqari, 40 nafar
bola faqat onani chizgan, bu esa ota bilan hissiy aloqaning yo‘qligini, ya’ni ajrashuvdan keyingi
ruhiy bo‘shliqni ko‘rsatadi. Ota-ona har ikkisini ham chizgan va ijobiy obraz yaratganlar atigi 15
nafar bo‘ldi.

Ushbu natijalar shuni ko‘rsatmoqdaki, ajrashgan oilalarda o‘sayotgan maktab yoshidagi

bolalarda emotsional noaniqlik, xavotir va past ijtimoiy moslashuv darajalari kuzatilmoqda.
Korrelatsion tahlil natijalariga ko‘ra, bolalarning shaxsiy va vaziyatga doir tashvishi bilan oila
rasmidagi rad etilish, nizolar va emotsional loqaylik o‘rtasida ijobiy bog‘liqlik mavjud. Bu esa
oiladagi nizolar va ota-onaning ajrashuvi bola ruhiyatiga bevosita ta’sir qilayotganini tasdiqlaydi.
Ajrashgan oilalarda o‘sayotgan maktabgacha yoshdagi bolalar, ayniqsa, otasiz o‘sgan sharoitda
xavotirlanish darajasi yuqori bo‘lib, ular o‘z-o‘zini baholashda qiynalishi, oilaviy tasvirlar orqali
o‘z hissiy tangliklarini ifodalashi va ijtimoiy moslashuvda qiyinchiliklar bilan to‘qnash kelishi
mumkin. Bu holatlar profilaktik psixologik yondashuvlar va oilaviy maslahatlar orqali erta
aniqlanib, bartaraf etilishi zarur.

Tadqiqotning diagnostik bosqichida ota-onasi ajrashgan oilalarda o‘sayotgan maktab

yoshidagi bolalarning hissiy-emotsional holatini aniqlash maqsadida “Oila daraxti” proektiv
metodikasi qo‘llanildi. Tadqiqotda Toshkent shahri maktablaridan tanlab olingan 80 nafar bola
ishtirok etdi. “Ishonchli” munosabat turi – 23% , “Noaniq” – 28%, “Ziddiyatli” – 31%, “Begona” –
18% ni tashkil qildi.

Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, bolalarning salmoqli qismi o‘z oilasida hissiy jihatdan

ziddiyat, noaniqlik yoki begonalik hissiyotlarini boshdan kechirmoqda. Ayniqsa, “ziddiyatli” va
“noaniq” munosabat turlari yuqori foizda aniqlangani bu holat ajrashgan oilalarda bolalar
psixologiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganining dalilidir. “Ishonchli” munosabat turi nisbatan
kam uchrashi esa bu bolalarning o‘zlarini ota-onasi bilan barqaror, mehrli aloqada his qilish
imkoniyatlari cheklanganini anglatadi.

G.Xomentauskasning “Oila rasmi” bo‘yicha olingan natijalar

Shkala nomi

Ko‘rsatkich turi

Bola soni

(N=80)

Foizi (%)

Emotsional holat

Quvonch

10

12.5%

Xavotir, g‘am

45

56.25%


background image

15

Beparvolik, hissiy loqaylik

20

25%

Nomutanosib ifodalar (aralash)

5

6.25%


O‘z-o‘zini aks ettirish

Markazda, katta holatda

22

27.5%

Chetda, kichik yoki mavjud emas

38

47.5%

Notabiiy joylashuv (yuqorida,

pastda, teskari)

20

25%



Ota-ona bilan yaqinlik

Faqat onani chizgan (iliq

obrazda)

40

50%

Faqat otani chizgan yoki salbiy

obrazda

10

12.5%

Har ikkisini ham chizgan, ijobiy

15

18.75%

Ota-onani umuman chizmagan

15

18.75%

Ijtimoiy moslashuv

Ko‘p odam (do‘stlar,

sinfdoshlar) bilan chizilgan

25

31.25%

Yolg‘iz yoki bitta odam bilan

35

43.75%

Odamlar umuman yo‘q

20

25%

Xavotir va g‘am holatida bo‘lgan bolalar soni 45 nafarni tashkil etib, bu umumiy

ishtirokchilarning 56,25% ini tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich ajrashgan oilalarda yashayotgan
bolalar emotsional beqarorlik va xavfsizlik hissining yetishmasligi muammosiga duch
kelayotganini ko‘rsatadi. Beparvolik va hissiy loqaylik holati 25% ni tashkil qilgan bo‘lib, bu
holat ham bolalarda hissiy izolyatsiya, o‘zini yolg‘iz his qilish, hissiy bog‘lanishning
susayganligini anglatadi. Faqat 12,5% bola quvonch holatini aks ettirgan bo‘lsa, bu ajrashgan
oilalarda yashovchi bolalar orasida ijobiy emotsional tajriba yetishmasligini bildiradi. 6,25%
bolada esa nomutanosib (aralash) emotsiyalar kuzatilgan bo‘lib, bu ichki hissiy ziddiyatlar va
o‘zgaruvchan psixologik holat belgisi sifatida qaraladi.

O‘z-o‘zini aks ettirish shkalasida bolalarning 47,5% o‘zini chetda, kichik holatda yoki

umuman aks ettirmagan. Bu o‘z-o‘zini qadrlamaslik, past o‘zini baholash, o‘z joyini oilada yoki
ijtimoiy muhitda aniq bilmaslik bilan bog‘liq. 25% (20 nafar) bola o‘zini notabiiy (yuqorida,
pastda yoki teskari) joylashtirgan. Bu esa o‘ziga bo‘lgan chalkash munosabat, psixologik
beqarorlik yoki o‘zini "nomuvofiq" his qilishni anglatadi. Faqat 27,5% bola o‘zini markazda va
aniq shaklda aks ettirgan, bu esa yuqorida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar fonida juda past foiz
hisoblanadi.

Ota-ona bilan yaqinlik shkalasida 50% bola faqat onani ijobiy obrazda chizgan. Bu

ajrashgan oilalarning aksariyatida bolalar bilan asosan onalar yashayotgani va u bilan
emotsional bog‘liqlik kuchli ekanidan dalolat beradi. 12,5% bola faqat otani chizgan yoki uni
salbiy obrazda aks ettirgan. Bu otaga nisbatan salbiy hissiyotlar yoki aloqaning yo‘qligini
ko‘rsatadi. 18,75% bola har ikki ota-onani ijobiy obrazda chizgan bo‘lsa-da, yana 18,75%
umuman ota-onani aks ettirmagan. Bu esa bola hayotida ota-onaning emotsional mavjudligi
haqida shubha tug‘diradi va ehtimoliy ruhiy bo‘shliqlardan dalolat beradi.

Ijtimoiy moslashuv qismida faqat 31,25% bola rasmda ko‘p odamlar – do‘stlar yoki

sinfdoshlar bilan birga bo‘lgan holatni aks ettirgan. Bu ularning ijtimoiy faolligi yaxshi darajada


background image

16

ekanini ko‘rsatadi. 43,75% bola esa yolg‘iz yoki faqat bir odam bilan rasm chizgan. Bu holat
ijtimoiy izolyatsiya yoki yaqin do‘stlik munosabatlarining yo‘qligidan darak beradi. 25% bola esa
odamlar umuman yo‘q bo‘lgan rasm chizgan, bu esa uning jamiyatdan chekinishga moyilligi yoki
o‘zini yolg‘iz his qilayotganini ko‘rsatadi.

Bolalarning aksariyati oilaviy mavzuga xavotir yoki g‘am bilan munosabat bildirgan.

Ko‘pchilik bola o‘zini oiladan chetda deb his qilgan (o‘z-o‘zini daraxtda chetda yoki kichik qilib
chizgan). Onalar bilan emotsional aloqa kuchliroq bo‘lib, otalar ko‘pincha yo‘q yoki salbiy tarzda
chizilgan. Ijtimoiy moslashuv past darajada, bolalar ko‘p hollarda yolg‘izlikni aks
ettirgan.Ajrashgan oilalarda yashovchi maktab yoshidagi bolalar orasida xavotir, g‘amginlik,
o‘ziga ishonchsizlik, hissiy befarqlik va ijtimoiy yakkalanish darajasi yuqori ekani ushbu tadqiqot
natijalarida yaqqol ko‘zga tashlandi. Ota-onalar o‘rtasidagi ziddiyatli munosabatlar yoki biri
bilan aloqa yo‘qligi bolalarning o‘z-o‘zini anglashiga va tashqi dunyo bilan bog‘lanishiga salbiy
ta’sir qilmoqda.

Ajrashgan oilalarda yashovchi maktab yoshidagi bolalarda emotsional beqarorlik, xavotir

va past ijtimoiy moslashuv darajalari yuqori ekanligi aniqlandi. Ota-ona bilan barqaror va iliq
munosabatning yetishmasligi bolalarning o‘zini qadrlashiga, ruhiy barqarorligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatmoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bu holatni erta aniqlash va psixologik
yordam ko‘rsatish orqali bolalarda ijobiy o‘zgarishlarga erishish mumkin.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Хоментаускас Г. Психологическая диагностика семьи. — М.: Изд-во Институт

психотерапии, 2002. — 192 с.
2.

Спилбергер Ч.Д., Ханин Ю.Л. Методика оценки уровня тревожности: Руководство по

применению. — СПб.: Речь, 2001. — 36 с.
3.

Желя Р. Диагностика межличностных отношений у детей. // Практическая

психология. — 1996. — №1. — С. 25–30.
4.

Musurmonova O.T., Alimova M. Maktabgacha ta’lim psixologiyasi. — Toshkent: “Fan va

texnologiya”, 2019. — 256 b.
5.

G‘ofurova Z. Maktab yoshidagi bolalarda emotsional sohaning shakllanishi. — Toshkent:

TDPU nashriyoti, 2021. — 180 b.
6.

Jalolova D.S. Oilaviy tarbiya psixologiyasi. — Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2020. — 144 b.

7.

Berk L.E. Child Development (9th Edition). — Boston: Pearson Education, 2013. — 720 p.

8.

Amato P.R. The consequences of divorce for adults and children. // Journal of Marriage and

Family. — 2000. — Vol. 62(4). — P. 1269–1287.
9.

Wallerstein J.S., Lewis J.M., Blakeslee S. The Unexpected Legacy of Divorce: A 25-Year

Landmark Study. — New York: Hyperion, 2000. — 352 p.

References

Хоментаускас Г. Психологическая диагностика семьи. — М.: Изд-во Институт психотерапии, 2002. — 192 с.

Спилбергер Ч.Д., Ханин Ю.Л. Методика оценки уровня тревожности: Руководство по применению. — СПб.: Речь, 2001. — 36 с.

Желя Р. Диагностика межличностных отношений у детей. // Практическая психология. — 1996. — №1. — С. 25–30.

Musurmonova O.T., Alimova M. Maktabgacha ta’lim psixologiyasi. — Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2019. — 256 b.

G‘ofurova Z. Maktab yoshidagi bolalarda emotsional sohaning shakllanishi. — Toshkent: TDPU nashriyoti, 2021. — 180 b.

Jalolova D.S. Oilaviy tarbiya psixologiyasi. — Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2020. — 144 b.

Berk L.E. Child Development (9th Edition). — Boston: Pearson Education, 2013. — 720 p.

Amato P.R. The consequences of divorce for adults and children. // Journal of Marriage and Family. — 2000. — Vol. 62(4). — P. 1269–1287.

Wallerstein J.S., Lewis J.M., Blakeslee S. The Unexpected Legacy of Divorce: A 25-Year Landmark Study. — New York: Hyperion, 2000. — 352 p.