BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA MUHIM MUOMMOLARNI HAL QILISHDA FALSAFANING RO‘LI

Annotasiya

Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitishda muhim muammolarni hal qilishda falsafaning roli katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolada tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida duch kelinadigan asosiy muammolar tahlil qilinadi va ularning falsafiy jihatdan yechimlari ko‘rib chiqiladi. Ta’lim jarayonida dunyoqarashni shakllantirish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish hamda ilmiy metodologiyadan foydalanish falsafaning asosiy vazifalaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, tabiiy fanlarni o‘qitishda empirik bilimlarni nazariy tushunchalar bilan bog‘lash, bolalarning qiziquvchanligini oshirish va ularni ilmiy tadqiqotga yo‘naltirish masalalarida falsafa muhim o‘rin tutadi. Tadqiqot davomida tabiiy fanlarni o‘qitishda pedagogik falsafa yondashuvlari, konstruktivizm va dialektik metodlarning o‘rni ham tahlil qilinadi. Maqola boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, pedagoglar va ta’lim sohasi tadqiqotchilari uchun foydali ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

137-144
88

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Abdunazarova , Z. . (2025). BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA MUHIM MUOMMOLARNI HAL QILISHDA FALSAFANING RO‘LI. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(3), 137–144. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/69825
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitishda muhim muammolarni hal qilishda falsafaning roli katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolada tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida duch kelinadigan asosiy muammolar tahlil qilinadi va ularning falsafiy jihatdan yechimlari ko‘rib chiqiladi. Ta’lim jarayonida dunyoqarashni shakllantirish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish hamda ilmiy metodologiyadan foydalanish falsafaning asosiy vazifalaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, tabiiy fanlarni o‘qitishda empirik bilimlarni nazariy tushunchalar bilan bog‘lash, bolalarning qiziquvchanligini oshirish va ularni ilmiy tadqiqotga yo‘naltirish masalalarida falsafa muhim o‘rin tutadi. Tadqiqot davomida tabiiy fanlarni o‘qitishda pedagogik falsafa yondashuvlari, konstruktivizm va dialektik metodlarning o‘rni ham tahlil qilinadi. Maqola boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, pedagoglar va ta’lim sohasi tadqiqotchilari uchun foydali ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.


background image

137

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA MUHIM

MUOMMOLARNI HAL QILISHDA FALSAFANING RO‘LI

Abdunazarova ZebinisoXudoyshukurovna

Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14915592

Annotatsiya:

Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitishda muhim muammolarni hal

qilishda falsafaning roli katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolada tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida
duch kelinadigan asosiy muammolar tahlil qilinadi va ularning falsafiy jihatdan yechimlari ko‘rib
chiqiladi. Ta’lim jarayonida dunyoqarashni shakllantirish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish hamda
ilmiy metodologiyadan foydalanish falsafaning asosiy vazifalaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi.
Shuningdek, tabiiy fanlarni o‘qitishda empirik bilimlarni nazariy tushunchalar bilan bog‘lash,
bolalarning qiziquvchanligini oshirish va ularni ilmiy tadqiqotga yo‘naltirish masalalarida falsafa
muhim o‘rin tutadi. Tadqiqot davomida tabiiy fanlarni o‘qitishda pedagogik falsafa yondashuvlari,
konstruktivizm va dialektik metodlarning o‘rni ham tahlil qilinadi. Maqola boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari, pedagoglar va ta’lim sohasi tadqiqotchilari uchun foydali ma’lumotlarni o‘z ichiga
oladi.

Kalit so’zlar

amaliy uslublar, retseptor, tajriba, obyekt, operatsiya, ekskursiya, gerbariy,

granit, akvarium, terrarium.

Kirish.

O'quvchilarning bolajak kasbiy sifatlarini shakllantirishda nazariy bilimlar bilan bir

qatorda amaliyot ham muhim orin egallaydi. Tabiiy ilmiy bilimlar uzoq yillar davomida amaliy
faoliyat tufayli qo'lga kiritilgan. Atrof muhitni bilishda, anglashda ilmiy tajriba, amaliy bilimlar
muhim rol o'ynab kelgan va kelmoqda. Ma'lumki, tabiatshunoslik keng qamrovli moddiy dunyoni
rang-barang xususiyatlari, tabiatning har xil voqea hodisalarini o rganuvchi fan bolib, ilmiy tajriba
asosida shakllanadi, amaliyot esa mazkur fanning poydevori hisoblanadi. Insoniyatni tabiat
qonunlari haqidagi bilimga asoslangan amaliy faoliyati bilish jarayonini, ilm-fan taraqqiyotini
belgilaydi. Amaliyot - haqiqat mezonidir. Bilimlarga ehtiyoj amaliyotda tug'iladi va ularning
to'g'riligi amaliyot orqali tekshiriladi hamda tasdiqlanadi. Bilim odamlar miyasida oz-ozidan
paydo bolmasdan, balki muayyan ish faoliyatida shakllanadi. Amaliyot insonni tabiat bilan
munosabatida asosiy omil bolib, bu oz navbatida, odamlarning o'zaro munosabnatlari tizimida,
ijtimoiy ishlab chiqarishda muhim rol oynaydi. Amaliyotning asosiy turlari moddiy ishlab
chiqarish va ilmiy tajriba hisoblanadi. Ilmiy - tabiiy amaliyot quyidagi vazifalarni bajaradi.
Tabiatshunoslikdagi amaliyot ilmiy ishlab chiqarishning asosiy omili bolib kelmoqda. Amaliyot
nazariyani paydo bo'lishiga, ilmiy shakllanishiga va rivojlanishiga olib keladi. Bilishning aniqligi
muayyan obekt haqidagi ma'lumotning haqiqat ekanligi bilan tasdiqlanadi. Ayni paytda, sharoit
boshqacha bo'lsa, haqiqat ham boshqacha bolishi mumkin. Masalan, oddiy sharoit va bosimda suv
100oC da qaynaydi. Lekin bosim o'zgarsa yoki og'ir suv bolsa, u aniq -konkret hisoblanadi. Ma'lum
tizimdagi haqiqat boshqa sharoitda butunlay o'zgarishi mumkin. G'oyaning amaliyotda
tasdiqlanishi haqiqatning asosiy omili hisoblanadi. Amaliy ishlarga o'rgatish boshlang'ich
sinflardan boshlanishi maqsadga muvofiqdir. Amaliy uslublar o'qituvchi tomonidan tashkil
qilinadigan va yo'naltiriladigan, o'quvchilar fikrini rivojlantirishga mo'ljallagan so'z,
ko'rgazmalilik va amaliy ishning o'zaro murakkab bog'lanishida bo'lishini ko'rsatadi. Amaliy
uslublar qo'llanilishi o'quvchilar retseptorlari va effektorlarining jadal faoliyati bilan bog'liq.


background image

138

Amaliy uslublar o'rganilgan materialni chuqur tushunib yetishga, ko'nikma va malakalar

hosil qilishga imkoniyat yaratadi. Amaliy uslublarni qo'llashga o'quvchilar faoliyatining o'zi, bilim
manbai hisoblanadi. Bunday usullar sirasiga og'zaki, yozma mashqlar, laboratoriya ishlari, maktab
yer maydoni, tirik tabiat burchagida, sinfdan tashqari bajariladigan mashg'ulotlar kiradi.
Tabiatshunoslik darslari tanib olish va aniqlash amaliy metodlarining bir turi bo'lib, tarqalgan
o'simliklarni yoki ularning qismlarini farqiga borib, tanib olish xususiyatlarini o'rgatadi.
Taqqoslashdagi farqga borish o'quvchining aniqlash qobiliyatini rivojlantiradi. Farq qilish va
aniqlash bo'yicha ishlar darslardagina olib borilmaydi, o'qituvchi tabiatga uyushtiriladigan
ekskursiyalarda ham o'simliklarni topish va to'plashni, namunalar yig'ishni, ularning yoshi,
vegetativ usullari, tuproq kesmalari, moslashishlarini, o'zgaruvchanlikni o'quvchilarning
o'zlashtira olish qobiliyatlariga qarab tanlab berishi kerak. O‘simliklar, ular qismlarining shaklini
bilib olish bo'yicha ishlarni o'quvchilar uy vazifasi sifatida bajaradilar. O‘simliklarni yoshini
tabiatda nafaqat yillik halqalardan balki osimliklarni yillik shoxlanishiga qarab aniqlash mumkin.
O‘simlik bahordan kuzgacha o'sish davriga ega, kuzdan bahorgacha tinim davri boladi. Bu
osimlikning bir yoshi demakdir, ikkinchi yilda yana o sish, shoxlanish sodir bo ladi. Shoxlanish
orasidagi masofa o simlikning bir yoshi hisoblanadi, buni o quvchilarga tabiatda tushuntirish talab
etiladi. O'quvchilar amaliy bilimga ega bo'ladilar, daraxtlar yoshini kesmasdan turib ham aniqlash
mumkinligini bilib oladilar. Bu ekologik, hamda ilmiy tushunchalarni shakllantiradi.
Tabiatshunoslikni o'qitish metodlari tizmida amaliy ishlar tabiat haqidagi bilimlarni o
zlashtirishda katta rol o'ynaydi. Amaliy ishlar o'quvchilarni ular faoliyati jarayonida har xil
mehnat operatsiyalariga o'rgatish metodidir. Amaliy ishlarga o'quvchilarning ekskursiya vaqtida
tabiiy materiallar yig'ish, maktab oldi yer maydonidagi va tirik tabiat burchagidagi o'simliklarni
parvarish qilish, gerbariy va kolleksiyalar tuzish, mulyaj, maket, ko'rgazmali qurollar tayyorlash
kabi faoliyat turlari kiradi. Birinchi sinfdan boshlab o'quvchilar "Atrofimizdagi olam" darsligini
o'qish jarayonida bevosita kuzatishlar yo'li bilan o'rganadilar. Bu mashg'ulotlarda oquvchilarning
fikrlash faoliyatini tashkil qilishga yordam beruvchi har xil jihozlardan va avvalo ko'rgazmali
qurollardan foydalaniladi. Ko'rgazmali qurollarga tabiiy yoki haqiqiy ob'ektlar kiradi. Tabiiy
qurollar-tabiat jismlaridir. Ular o'rganilayotgan mavzular to'g'risida, bolalarda tabiat haqida
tushunchalar hosil bo'lishiga imkon beradi. Chunki sinfda jonli tabiatni o'rganish uchun har xil
xona o'simliklari hamda o'z joylarining daraxtlari uchun xos bo'lgan shoxchalar, barglar, gullar,
meva va urug'lar bolishi mumkin. Tabiatshunoslik darslarida tabiat burchagida o'stirilayotgan
o'simliklardan, shuningdek gerbariy va ekskursiyadan olib kelingan o'simliklardan foydalaniladi.
Shuningdek, tabiiy ob'ektlardan hayvonlarni o'rganishda ham foydalansa boladi. Ko'pgina
hayvonlarni bolalarga sinfda (jonli tabiat burchagida) ko'rsatish mumkin bo'lsa ham
ekskursiyalarga afzallik berish kerak boladi, chunki bunda o'quvchilar faqat ularning tashqi
ko'rinishini emas, balki xulq-atvorlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Tirik hayvonlar bo'lmaganda ularning chuchelalari (tulumlari), mulyajlari yoki fotosuratlari

va rasmlaridan foydalanish mumkin. Jonsiz tabiatni o'rganishda ham tabiiy tarqatma materiali,
masalan, har xil rangdagi granit, kvars, dala shipati, loy, qum, kal'sit (bo'r, marmar, ohak, har xil
toshko'mir, temir, mis rudalarining namunalari, shuningdek metallar hamda qotishmalar) temir,
cho'yan, polat, alyuminiy, tuproq namunalari va boshqalar bo' lish mumkin. O' quvchilarga
bevosita qabul qilish mumkin bo'lmagan tabiat jismlari va hodisalari to' g' risida aniq va to'gri
tasavvurlar hosil qilish uchun ko'rsatiluvchi qurollardan foydalaniladi. Tabiatshunoslik bo'yicha
devoriy o'lkashunoslik suratlaridan, foydalanish mumkin. Ular tabiatning o'lkashunoslik


background image

139

ob'ektlari to'grisida tasavvur va tushunchalar shakllantirishga yordam beradi. Sinflarda bosma
rasmlari, ularni ifodalovchi matnlari, o' quvchilar uchun savol va topshiriqlari bo'lgan "Kuzatishlar
kundaliklari"dan foydalanish zarur. Tabiatshunoslik materiallarini amaliy o zlashtirishda xarita-
sxemalarni chizish katta o'rin tutadi. Ularni qo'llanish yo'lida (ufq tomonlarini aniqlashda) maktab
hovlisidagi narsalarning joylashishining oddiy rasmini chizish birinchi qadam bo'ladi. Kartografik
tasvirlarni o'quvchilar tomonidan o'zlashtirishni tekshirish uchun xarita-sxemalardan
foydalanish qulay.

O'quvchilarni amaliy bilimlarini sinash maqsadida 4-sinflarda quyidagi muammoli

savollarni o'rtaga tashlash mumkin. Yozning jazirama issig'ida cho'lda turibsiz. Amaliy kuzatish
bilimlaringizga tayanib, turgan joyingizdan orientir olib, janub tomonni belgilang. Amaliy tabiatni
kuzatish natijasida quyidagi faktorlar asosida janubni aniqlash mumkin: 1) sudralib yuruvchi
hayvonlar o'z inini kirish yo'lini doim janubga qaratadi; 2) qushlar o'z uyasini doimo janub
tomonga qo'yadi; 3) osimliklar shoxlari doimo janub tomonga egilgan; 4) osimlik poyasining janub
tomoni doimo yog'onlashgan boladi; 5) barxan qumlar bir uchi shimolda ikkini uchi esa janubga
yotgan boladi. O’quvchilarga har xil narsalarni berib rasm, fotosurat va gugurt qutisi, kubik, stakan
boshqa narsalarni olib chiqib, o'xshashlik farqlarini topishni topshiradi, so'ng geometrik
figuralarni tarqatadi, uni o'quvchilar daftar varag'iga ustiga qo'yib atrofini qalam bilan qog'ozga
chizadilar. Topshiriq bajarilgandan keyin narsaning yuqoridan ko'rinishini plan deyiladi degan
xulosaga olib keladi. Undan keyin stolning plani chizdiriladi. Agar o'quvchilar narsalarning
kattaliliga qiynalsalar tasvirlanadigan narsani shartli ravishda kichraytirish mumkinligini
tushuntiradi. (Masalan 10, 20 marta) Dasturlashtirilgan o'qitish uchun quyidagilar kerak:-o'quv
materialining puxta tahlili, uning qat'iy tanlanish va mantiqiy ketma-ketlik bo'yicha bo'linishi;-
o'quvchilarning bilim olish faoliyatini tekshirishdagi rahbarlik. Dasturlashtirilgan o'qitishda
o'quvchilarning o'quv materialini qo'llashda faolligi va mustaqilligi ortadi, o'qitish jarayonini
individuallashtirish imkoni paydo bo'ladi, texnik vositali o'qitish keng qo'llaniladi, o'qitish va
o'quvchi mehnatini oqilona tashkil etishga erishiladi.

Nazorat ishlarini dasturlashtirishning tamoyili o'quvchilarning og'zaki javoblarini shartli

belgilar va chiziqlar bilan yozma ravishda. Ularning afzal jihati shundaki, ular qisqa vaqt ichida har
bir o'quvchining o'tilgan mavzuni o'zlashtirish darajasini aniqlay oladi. Tajriba atrof olam bilan
tanishish darslarida bilim olish faoliyatini faollashtirish maqsadida dasturlashtirilgan o'qitish
usullaridan foydalanishning afzalliklarini ko'rsatadi. Bu usullarning afzalligi shundaki, o'quv
materialini o'zlashtirish darajasini o'quvchilarning o'zlari shu dars mobaynida tekshirishlari
mumkin. 2 - sinfda dasturlashtirilgan o'qitishda tezis turidagi tarqatma topshiriqlar, raqamlar,
tarqatma testlar, grafik topshiriqlardan foydalanish mumkin. Grafik topshiriqlarini
bajarayotganda o'quvchilarga « —» noto'g'ri javob, «1» — to'g'ri javob ekanligini tushuntirish
lozim. O'qituvchida esa grafik usuldagi javoblarni tezda aniqlashga moslashtirilgan asbob bo'lishi
kerak. «So'z top» o'yini. Bu metoddan darsning hamma qismlarida foydalanish mumkin.
O'qituvchi qushlar, hayvonlar, meva, sabzavotlar haqida bir so'z aytadi, o'quvchilar davom
ettiradilar. O'qituvchi boshlagan so'z qaysi harf bilan tugasa, o'quvchi shu harfdan boshlangan
so'zni aytishi kerak. Masalan: tulki — ilon — ninachi — it — tipratikan — nortuya — yalqov
(panda) — ayiq — qarg'a — ari va hokazo. Bu usul o'quvchilarni tezkorlik bilan fikr yuritib, javob
berishga hamda xotirasini mustahkamlashga yordam beradi. «Klaster» usuli. Bu usul o'quvchiga
berilgan mavzu bo'yicha erkin o'ylash va fikrlarini bemalol bayon etish uchun sharoit yaratadi. Bu


background image

140

usulda o'quvchi nimani o'ylagan bo'lsa, shuni aytadi va yozadi. Yozilgan fikrlar to'g'ri yoki noto'g'ri
bo'lishidan qat'i nazar muhokama qilinmaydi va belgilangan vaqtgacha davom etadi.

Tadqiqot metodologiyasi tahlil natijalari.

Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitishda

muhim muammolarni hal qilishda falsafaning rolini o‘rganish uchun quyidagi tadqiqot metodlari
qo‘llaniladi: Teoretik-tahliliy metod – falsafa va ta’limning o‘zaro bog‘liqligini tushuntirish uchun
mavjud adabiyotlar, ilmiy maqolalar va ta’limiy hujjatlar tahlil qilinadi. Dialektik yondashuv –
tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida falsafaning asosiy tamoyillari, ilmiy bilishning rivojlanishi va
ta’lim jarayonidagi o‘zgarishlar o‘rganiladi.Empirik tadqiqot metodlari – boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari va o‘quvchilari bilan suhbat, so‘rovnoma va kuzatish usullari orqali tabiiy fanlarni
o‘qitishda duch kelinadigan muammolar aniqlanadi.Eksperimental metod – falsafiy
yondashuvlarga asoslangan o‘qitish usullarining samaradorligini sinovdan o‘tkazish uchun amaliy
tajribalar o‘tkaziladi Komparativ tahlil – turli ta’lim tizimlarida tabiiy fanlarni o‘qitish metodlari
solishtiriladi va falsafaning o‘rni o‘rganiladi. Sistemali yondashuv – tabiiy fanlarni o‘qitishdagi
muammolarni kompleks o‘rganish va ularni falsafiy tamoyillar asosida hal qilish strategiyalarini
ishlab chiqish uchun qo‘llaniladi.Bu sinfning har bir o'quvchisi tomonidan ilgari surilayotgan
g'oyalarni uyg'unlashtirib, ular o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash imkoniyatini
yaratadi. «Klastyer» usuli yangi mavzuni boshlashdan avval o'quvchini darsga qiziqtirib, shu
mavzu bo'yicha oldin egallagan bilimlarini aniqlash maqsadida hamda o'tilgan mavzuni
mustahkamlash uchun o'tkaziladi. Masalan, «O'lkamizdagi uy va yovvoyi hayvonlar» mavzusi.
«Mozaika», ya'ni mayda bo'laklardan yaxlit ko'rinishni hosil qilish. Bunda qushlar, hayvonlar,
daraxtlar, mevalarning rasmlari bo'laklarga bo'linib, har bir guruhga alohida tarqatiladi.
Guruhlarning qatnashchilari bo'lakchalarni bir butun ko'rinishga keltiradilar. Guruh sardorlari
yaxlit holga kelgan hayvon, meva yoki daraxt haqida gapirib beradilar. «To'xtab o'qish» usuli.
O'qituvchi matn bilan tanishtirish jarayonida bir necha marta to'xtab, o'quvchilarga savollar bilan
murojaat qiladi. Savollar aynan matnga tegishli bo'lishi zarur. Yoki o'quvchi matn o'qish
jarayonida to'xtatilib, nima haqida o'qiganligi so'raladi.

Bu usul orqali o'quvchilarning diqqati jamlanadi, mustaqil fikrlash ko'nikmalari shakllanadi.

«Zanjir» usuli. Bu usulni she'r, topishmoq, maqollar berilgan darslarda qo'llash maqsadga mu-
vofiqdir. O'quvchilar tartib bilan ketma-ket berilgan she'r misrasi yoki topishmoq qatorini
aytadilar. Bu usul qo'llanganda o'quvchi uyalib qolmasligi uchun berilgan she'r, maqol,
topishmoqni yod olishga majbur bo'ladi. «Rasmli rebus» o'yini. Sinf o'quvchilari uch guruhga
bo'linadilar. Har bir guruhga rasmlar tarqatadi. Berilgan rasmlar nomining bosh harflaridan
hayvon yoki qushlar nomi kelib chiqishi kerak. Masalan, it, laylak, ohu, ninachi — non, anor,
rediska, chinni gul, arpa — archa. «Kim tez bajaradi» o'yini. O'quvchilar uch guruhga bo'linadilar.
Har bir guruhga 5 tadan hayvonlar yoki qushlar rasmlari teskari qilib beriladi. Belgilangan vaqt
ichida (1—2 daqiqada) o'quvchilar hayvon yoki qushlarni yovvoyi yoki uy hayvonlari guruhlariga
ajratadilar. Topishmoqni birinchi bo'lib xatosiz bajargan guruh g'olib hisoblanadi. «O'z guruhingni
top» o'yini. O'quvchilarga rangli buklangan qog'ozlar tarqatiladi. Ularga hayvon va parrandalar
nomi yozilgan bo'ladi. O'qituvchi o'quvchilarga qog'ozda rasmi berilgan hayvon yoki parranda
qanday tovush chiqarsa, ular ham shunday tovush chiqarib o'z guruhini topishlarini tushuntiradi.
1. Mushuk (miyov-miyov). 2. Kuchuk (vov-vov). 3. Xo'roz (qu-qu-qu-qu). 4. Sigir (mo'-mo').
Guruhga bo'linib olganlaridan so'ng guruhga tegishli hayvon yoki parrandalar haqida bilganlarini
so'zlab beradilar. Uzoq vaqt davom etadigan kuzatish va tajribalar uchun jonli tabiat burchagi
tashkil qilinishi kerak, u yerda hayvon va osimliklarni saqlash va zaruratga qarab ulardan


background image

141

tabiatshunoslikni o'rganishda foydalanish mumkin. Burchak shunindek o' quvchilarning darsdan
va sinfdan tashqari ishlari uchun moddiy baza hisoblanadi. Bu yerda ular yilning istagan vaqtida
ish olib borishlari mumkin ekskursiya jonli tabiat burchagi tashkil qilishning boshlanini bo'lishi
mumkin. Suv havzasidagi hayot bilan o'quvchilar mollyuska, ninachi qurtlari, har xil qo'ng'izlar,
gambuziya, peskar (tanga baliq), shuningdek suv o'simliklarining barchasi akvarium, shisha banka
idishlarga joylashtiriladi. Bog' va polizdarda ko'pincha meva, rezavor meva hamda sabzavod
o'simliklari zararkunandalarning g'umbak va qurtlari uchraydi. Jonli tabiat burchagi uchun
alohida xona ajratgan ma'qul. Bunday imkoniyat bo'lmaganda osimlik va hayvonlarni
tabiatshunoslik xonasida yoki sinfda joylashtiriladi. Jonli tabiat burchagi uchun xona yorug'
bo'lishi, deraza ro'parasiga har xil tokchalarga suv hayvonlari hamda osimliklari bo'lgan
akvariumlarni qo'yish qulay bo'ladi. Burchakda hayvonlar uchun ajratilgan joy ularning tabiatdagi
hayot sharoitlariga muvofiq bo'lishi kerak. Akvariumni zoomagazindan olish ma'qul. Ammo
akvarium sifatida xohlagan shisha idishdan foydalanish mumkin, lekin shuni hisobga olish
mumkinki, baliqlar to'rtburchak idishda yaxshi ko'rinadi. Akvariumdagi baliqlar soni uning katta-
kichikligiga (o'lchamiga) va undagi o'simliklarning soniga muvofiq bo'lishi kerak. Bunda
yutiladigan va chiqariladigan kislarodning balansi ta'minlansin. Akvariumda yashovchilarga
doimiy parvarish zarur, oziqni zoomagazindan sotib olish mumkin. Baliqlarni ularni shartli refleks
hosil qilishi uchun muayyan vaqtda oziqlantirish kerak. Bolalar termometr bilan o'lchab, suv
haroratini tekshirib borishga o'rganishlari lozim.

Sudralib yuruvchilar va suvda ham quruqda yasovchilar uchun xilma-xil ko'rinish va katta

kichikliqdagi terrariumlar kiritiladi. Odatdagi terrarium metalldan yoki yog'ochdan tayyorlangan
yashik bo'lib, yon va tepa devorlari shisha va to'rdan iboratdir. Shisha devor terrariumda
yashovchilarni kuzatish, yon devor hamda tepasining to'rdan bo'lishi ham ventilyasiyasini ta'
minlash imkoniyatini beradi.

Jonli tabiat burchagining o'simlik va hayvonlari uning asosini tashkil qiladi. Unga qarab

jihozlar tanlanadi. O'simlik va hayvonlar tanlovi tabiatshunoslik dasturiga qarab, o'lkashunoslik
xususiyatlarini hisobga olib belgilanadi. Barcha xona o simliklari ularning nomlari va qachon va
qayerdan olinganligi to'g'risida ma'lumotlar yozilgan etiketkalar bo'lishlari zarur. O'simliklardan
avval shundaylarni tanlash kerakki, ular yordamida namlik, issiqlik, yorug'lik, suv iste'mol
qilishdagi farqlarini, jumladan quruq iqlimga (kaktus, aloe) nam iqlimga moslangan o'simliklarni,
tropik o'simliklarni (navro'zgul), yorug'lik sevuvchi (xina) va soyaga chidamli (aspidistra)
o'simliklarini namoyish qilish mumkin bo'lsin. Keyin shunday o'simliklar tanglanadiki, ular
masalan, yorongul, fuksiya, begoniya, kaktus, tradeskansiya, elodeya, binafsha kabilarning har xil
turlari yordamida turlicha tajribalar o'tkaziladi.

Maktab o'quv tajriba maydonchasi bevosita maktab yaqinida bo'lishi, yer tekis, yaxshi

tuproqli, soya tushmaydigan bo'lishi kerak. Uning atrofini albatta o'rash kerak bo'ladi. Maktab
tajriba maydonchasi agrotexnika nuqtai nazardan namunali bo'lsin. Tajriba maydonchasini
tashkil qilishda o'quvchilar o'tkazadigan mashg'ulotlar, mehnat qurollarini saqlash uchun
kichikroq xona bo'lishini mo'ljallash kerak. O'quv tajriba maydonchasidagi ishlarni butun sinf
bilan dars vaqtida o'tkaziladigan majburiy ishlarga, o'quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarda
(uy vazifasi yoki yozgi topshiriq tarzida) bajaradigan majburiy ishlarga va yosh tabiatshunoslik
to'garagi a'zolarining ishlariga ajratish mumkin.

O'quvchilar kuz davrida daraxt, buta va o'simliklar bilan, ular barglari va gullari shakllari

hamda ranglarining xilma-xilligi va chiroyliligi bilan, qo'l bilan ishlatiladigan asboblar (xaskash,


background image

142

zambil) va ular bilan ishlash uslublari bilan tanishadilar. Bahorda birinchi sinf o'quvchilari bilan
o'quv tajriba maydonchasida amaliy ishlar o'tkaziladi. Ularni urug'larni ekish va ularni parvarish
qilish, sug'orish, o'toq qilish, tayanch qoziqlarini qoqish qoidalarini bilib oladilar. Birinchi sinf
o'quvchilari urug'larni ekishga tayyorlaydilar va yerga ekadilar, o'simliklarni parvarish qiladilar.
O'quvchilar kuzda o'quv-tajriba maydonchasidagi ishlar vaqtida amal qilinishi kerak bo lgan
mehnat haftaligi va shaxsiy gigiena qoidalari bilan, urug'larni yig' ish va saqlash qoidalari bilan
tanishadilar, kuzda tuproqqa ishlov berishga tayyorlaydilar, to'kilgan barg va shoxlarni yigib
oladilar, o'simlik qoldiqlari va axlatlarni chiqarib tashlaydilar. Katta yoshdagi o'quvchilar eski
tuproqni chopib beradilar. Bahorda o'quvchilar gul manzarali hamda dukkakli o'simliklarning
urug'larini ekishga tayyorlaydilar, buning uchun yirik va sog'lom urug larni tanglab oladilar ularni
ivitadilar va undiradilar (uruglarni tuproqqa ekish) o' simliklarni o' stiradilar. Keyin materialni
xaskash bilan tekislaydilar. Yerga urug'lar ekish bilan ustini bir yo'la ko'madilar, o' simliklarni
keyingi parvarishini olib boradilar.

O'quvchilar kuzda xaskash va belkurak bilan ishlashda mehnat xavfsizligi va shaxsiy gigiena

qoidalari bilan tanishadilar, maydonchada o'stirilgan o'simliklarning urug'larini yig'adilar
maydonchani o'simlik qoldiqlaridan tozalaydilar, o'g'it soladilar, tuproqni ag'darib chopadilar,
ikkinchi sinfdagi o'qish davrida maktab oldi o'quv-tajriba maydonchasidagi ishlar yakunini
chiqaradilar, maktab ko'rgazmasi uchun materiallar tayyorlaydilar. O'quvchilar ildizmeva
(rediska, lavlagi, sabzi) va bir yillik gul manzarali o'simliklarning (kosmeya, astra, itog'iz,
gultojixo'roz) urug'larini ekishga tayyorlaydilar. Ko'chat qalinligini ildiz mevalar ekishga
tayyorlaydilar, o'g'itlarning ildiz mevalar hosiliga va gul manzarali o'simliklarning o'sishi va
rivojlanishiga ta'sirini aniqlash bo'yicha tajriba va kuzatishlar olib boradilar. Ildiz meva va gul
manzarali o' simliklar urug'larini yerga ekadilar, tajribalar qo'yadilar va ekinlarga qaraydilar.
Sug'oradilar, o'toq va yagona qiladilar ko'chat o'tkazadilar.

O'quvchilar kuz davrida hosilni yig'adilar va hisobga oladilar, ularni saqlash qoidalari bilan

tanishadilar, urug'lar yig'adilar, tuproqqa ishlov beradilar, rezavor, buta va mevali daratlarni
qishga tayyorlaydilar. Bundan tashqari o 'quvchilar mevali daraxtlarning tanasi hamda asosiy
poyasidagi eski po'stloqlarini olib tashlaydilar, tana atrofiga tuproq tashlaydilar, unga o'git
soladilar va manzarali butalar o'tkazadilar.

Boshlangich sinf o'qituvchisi o'quv-tajriba maydonchasidagi ishlarni tashkil qila borib, iqlim

sharoitlarini, maktabning hududida joylanishini hisobga olishi va barcha masalalarni biologiya
o'quvchisi bilan kelishib olishi lozim. Tajriba yosh tabiatshunosning qishloq xo jalik tajribalari va
qo'shimcha amaliy ishlari bazasidir: chunki u yerda tabiatshunoslik darslarida o'rganiladigan o'
simliklar o' stiradi.

Boshlangich sinfdan boshlab o'z o'lkalarini, o'z joylarini o'rganadilar, tabiat ustida

kuzatishlar olib boradilar, ekskursiyalar o'tkazadilar. Boshlangich maktabda o'qish vaqtida ularda
boy aniq material to'planadi va bu material o'lkashunoslik burchagida joylashtiriladi. Vaqt o'tishi
bilan o'lkashunoslik burchagida boshlangich maktabni ilgarigi bitiruvchilari chiqqan eng qimmatli
materiallar to'planib boradi, undan tabiatshunoslikni o'qitishda sistemali ravishda foydalaniladi.
O'lkashunoslik burchagi tabiatshunoslik xonasida yoki alohida sinfda barpo etiladi. Material uch
bo ' limga ajratiladi: bizning o' lka, ob-havo va tabiat belgilari.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:


background image

143

1.

З.Х. Абдуназарова (2024). Tabiiy Fanlarni O‘Qitishda O‘Quvchilar Ekologik Tafakkurini

Shakllantirishning O‘ziga Xos Xususiyatlari. Inter Education & Global Study, (3 ), 123-129.
2.

Abdunazarova, Z. (2024). The Content Of Using The Heritage Of Central Asian Thinkers In

The Formation Of Ecological Thinking Of Primary Class Students In The Teaching Of Natural
Sciences.

News Of The Nuuz

,

1

(1.6.1), 43-45. Https://Doi.Org/10.69617/Nuuz.V1i1.6.1.3664

3.

Abdinazarova Zebiniso Khudoyshukurovna, . (2024). Pedagogical Significance Of Using The

Heritage Of Central Asian Thinkers In Forming Ecological Thinking In Primary Class Natural
Science

Lessons.

International

Journal

Of

Pedagogics

,

4

(04),

95–97.

Https://Doi.Org/10.37547/Ijp/Volume04issue04-18
4.

Abdinazarova Zebiniso Khudoyshukurovna, & Kasimov Shavkat Urolovich.(2022). Main

Tasks Of Moral Education And The Role Of Youth inlife. Galaxy International Interdisciplinary
Research Journal, 10(4), 547–551.
5.

Abdunazarova, Z. (2024). Developing The Opportunities Of Forming Students'ecological

Thinking In The Teaching Of Natural Sciences. World Bulletin Of Social Sciences, 32, 80-83.
6.

Al-Buxoriy, Imom Ismoil. Hadis. Al jome’ as-sahih. 4-kitob. - T.: - Qomuslar bosh tahririyati,

1997.- 528 b.
7.

At-Termiziy, Abu Iso. Ash shamoil an-nabaviya.- T.: Cho‘lpon, 1993. -112b.

8.

Avazov Sh. Maktabda ekologik tarbiya.

-

Toshkent: O‘qituvchi, 1992. 62 b.

9.

Zebiniso Abdunazarova. (2023). Formation Of The Components Of Ecological Thinking In

Primary Class Students. Emergent: Journal Of Educational Discoveries And Lifelong Learning
(Ejedl), 4(07), 4–9.
10.

Zebiniso Abdunazarova. (2024). Developing The Opportunities Of Forming Students’

Ecological Thinking In The Teaching ofnatural Sciences. World Bulletin Of Social Sciences, 32, 80-
83.
11.

Zebiniso Abdunazarova. (2024). Developing The Opportunities offorming Students’

Ecological Thinking In The Teaching Of Natural Sciences. World Bulletin Of Social Sciences, 32, 80-
83.
12.

Абдуназарова Зебинисо Формирование экологическогомышления У Учащихся

Начальных Классов "Экономика Исоциум" 11(114) 2023
13.

Абдуназарова, З. Х. (2024). Tabiiy Fanlarni O ‘Qitishda O ‘Quvchilar Ekologik Tafakkurini

Shakllantirishning O ‘Ziga Xos Xususiyatlari.

Inter Education & Global Study

, (3 (1)), 123-129

14.

Z.X. Abdunazarova (2024). Boshlang‘Ich Sinf O‘quvchilarida Ekologik Tafakkurni

Shakllantirishning Falsafiy Xususiyatlarini Takomillashtirish Ahamiyati. Inter Education & Global
Study, (8), 342-348.
15.

Абдуназарова З.Х. (2023). Формирование Экологического Мышления У Учащихся

Начальных Классов. Экономика И Социум, (11 (114)-1), 486-489.
16.

Z.X. Abdunazarova (2024). Boshlang‘Ich Sinf O‘Quvchilarida Ekologik Tafakkurni

Shakllantirishning Falsafiy Xususiyatlarini Takomillashtirish Ahamiyati. Inter Education & Global
Study, (8), 342-348.
17.

Zebiniso Abdunazarova. (2024). Developing The Opportunities Of Forming Students’

Ecological Thinking In The Teaching Of Natural Sciences.

World Bulletin Of Social Sciences

,

32

, 80-


background image

144

83. Retrieved From
18.

З.Х. Абдуназарова (2024). Tabiiy Fanlarni O‘qitishda O‘quvchilar Ekologik Tafakkurini

Shakllantirishning O‘ziga Xos Xususiyatlari. Inter Education & Global Study, (3 ), 123-129.
19.

Abdinazarova Zebiniso Khudoyshukurovna, . (2024). Formation Of Ecological Thinking In

Teaching Natural Sciences.

International Journal Of Pedagogics

,

4

(04), 91–94.

20.

Abdunazarova, Z. (2024). The Content Of Using The Heritage Of Central Asian Thinkers In

The Formation Of Ecological Thinking Of Primary Class Students In The Teaching Of Natural
Sciences.

News Of The Nuuz

,

1

(1.6.1), 43-45.

Https://Doi.Org/10.69617/Nuuz.V1i1.6.1.3664

21.

Абу Али Ибн Сина Избранное В 2-х томах . Восточная философия (ал-Хикма ал -

машрикийа) Руководство по философии ( Китаб ал - хидая) Трактат об определениях (ар-
Рисала фи-л-худуд ) Трактат об этике ( ар-Рисала фи-лахлак ) . Душанбе – Ашгабат.:
Культурный центр Посольства ИРИ в Туркменистане - 2003.,
22.

Форобий Абу Наср Фозил одамлар шаҳри. - Тошкент: Абдулла Қодирий номидаги халқ

мероси, 1993.

Bibliografik manbalar

З.Х. Абдуназарова (2024). Tabiiy Fanlarni O‘Qitishda O‘Quvchilar Ekologik Tafakkurini Shakllantirishning O‘ziga Xos Xususiyatlari. Inter Education & Global Study, (3 ), 123-129.

Abdunazarova, Z. (2024). The Content Of Using The Heritage Of Central Asian Thinkers In The Formation Of Ecological Thinking Of Primary Class Students In The Teaching Of Natural Sciences. News Of The Nuuz, 1(1.6.1), 43-45. Https://Doi.Org/10.69617/Nuuz.V1i1.6.1.3664

Abdinazarova Zebiniso Khudoyshukurovna, . (2024). Pedagogical Significance Of Using The Heritage Of Central Asian Thinkers In Forming Ecological Thinking In Primary Class Natural Science Lessons. International Journal Of Pedagogics, 4(04), 95–97. Https://Doi.Org/10.37547/Ijp/Volume04issue04-18

Abdinazarova Zebiniso Khudoyshukurovna, & Kasimov Shavkat Urolovich.(2022). Main Tasks Of Moral Education And The Role Of Youth inlife. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(4), 547–551.

Abdunazarova, Z. (2024). Developing The Opportunities Of Forming Students'ecological Thinking In The Teaching Of Natural Sciences. World Bulletin Of Social Sciences, 32, 80-83.

Al-Buxoriy, Imom Ismoil. Hadis. Al jome’ as-sahih. 4-kitob. - T.: - Qomuslar bosh tahririyati, 1997.- 528 b.

At-Termiziy, Abu Iso. Ash shamoil an-nabaviya.- T.: Cho‘lpon, 1993. -112b.

Avazov Sh. Maktabda ekologik tarbiya.-Toshkent: O‘qituvchi, 1992. 62 b.

Zebiniso Abdunazarova. (2023). Formation Of The Components Of Ecological Thinking In Primary Class Students. Emergent: Journal Of Educational Discoveries And Lifelong Learning (Ejedl), 4(07), 4–9.

Zebiniso Abdunazarova. (2024). Developing The Opportunities Of Forming Students’ Ecological Thinking In The Teaching ofnatural Sciences. World Bulletin Of Social Sciences, 32, 80-83.

Zebiniso Abdunazarova. (2024). Developing The Opportunities offorming Students’ Ecological Thinking In The Teaching Of Natural Sciences. World Bulletin Of Social Sciences, 32, 80-83.

Абдуназарова Зебинисо Формирование экологическогомышления У Учащихся Начальных Классов "Экономика Исоциум" 11(114) 2023

Абдуназарова, З. Х. (2024). Tabiiy Fanlarni O ‘Qitishda O ‘Quvchilar Ekologik Tafakkurini Shakllantirishning O ‘Ziga Xos Xususiyatlari. Inter Education & Global Study, (3 (1)), 123-129

Z.X. Abdunazarova (2024). Boshlang‘Ich Sinf O‘quvchilarida Ekologik Tafakkurni Shakllantirishning Falsafiy Xususiyatlarini Takomillashtirish Ahamiyati. Inter Education & Global Study, (8), 342-348.

Абдуназарова З.Х. (2023). Формирование Экологического Мышления У Учащихся Начальных Классов. Экономика И Социум, (11 (114)-1), 486-489.

Z.X. Abdunazarova (2024). Boshlang‘Ich Sinf O‘Quvchilarida Ekologik Tafakkurni Shakllantirishning Falsafiy Xususiyatlarini Takomillashtirish Ahamiyati. Inter Education & Global Study, (8), 342-348.

Zebiniso Abdunazarova. (2024). Developing The Opportunities Of Forming Students’ Ecological Thinking In The Teaching Of Natural Sciences. World Bulletin Of Social Sciences, 32, 80-83. Retrieved From

З.Х. Абдуназарова (2024). Tabiiy Fanlarni O‘qitishda O‘quvchilar Ekologik Tafakkurini Shakllantirishning O‘ziga Xos Xususiyatlari. Inter Education & Global Study, (3 ), 123-129.

Abdinazarova Zebiniso Khudoyshukurovna, . (2024). Formation Of Ecological Thinking In Teaching Natural Sciences. International Journal Of Pedagogics, 4(04), 91–94.

Abdunazarova, Z. (2024). The Content Of Using The Heritage Of Central Asian Thinkers In The Formation Of Ecological Thinking Of Primary Class Students In The Teaching Of Natural Sciences. News Of The Nuuz, 1(1.6.1), 43-45. Https://Doi.Org/10.69617/Nuuz.V1i1.6.1.3664

Абу Али Ибн Сина Избранное В 2-х томах . Восточная философия (ал-Хикма ал - машрикийа) Руководство по философии ( Китаб ал - хидая) Трактат об определениях (ар-Рисала фи-л-худуд ) Трактат об этике ( ар-Рисала фи-лахлак ) . Душанбе – Ашгабат.: Культурный центр Посольства ИРИ в Туркменистане - 2003.,

Форобий Абу Наср Фозил одамлар шаҳри. - Тошкент: Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси, 1993.