`
46
DAVLAT ISHTIROKIDAGI YIRIK KORXONALARDA KORPORATIV IJTIMOIY
MAS’ULIYATNING O`RNI
Xidirova Marg`uba Rustamovna
TDIU, Korporativ boshqaruv kafedrasi. Dots.
Jo`rayeva Gulnoza
TDIU, Biznes boshqaruv fakulteti. Magistr.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14514275
Annotatsiya:
Ushbu maqolada davlat ishtirokidagi yirik korxonalarda korporativ
ijtimoiy ma’suliyatning mavjudligi, uning ahamiyati, korxona rivojidagi o’rni, bugungi kundagi
korporativ boshqaruv sohasidagi transformatsiyalar, korporativ ijtimoiy ma’suliyatni
korxonalarda joriy qilishdagi muammolar va ularga yechimlar ko’rib chiqilgan.
Kalit so’zlar:
davlat ishtirokidagi yirik korxona, korporativ ijtimoiy ma’suliyat,
transformatsiya, korporativ boshqaruv
Anotation:
In this article is discussed the existence of corporate social responsibility in
large enterprises with state participation, its importance, its role in the development of the
enterprise, today's transformations in the field of corporate governance, problems in the
implementation of corporate social responsibility in enterprises and their solutions.
Key words:
large enterprises with state participation, corporate social responsibility,
transformations, corporate governance
KIRISH
Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda davlat kompaniyalarini
transformatsiya qilishni jadallashtirish borasida keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish
lozimligi alohida ta’kidlandi. Ma’lumki, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va yirik
korxonalarda davlat ulushining uzoq vaqt saqlanishi bozor mexanizmlariga o‘tishning
kechikishiga, mehnat unumdorligini oshirish, yangi turdagi raqobatbardosh mahsulotlar
ishlab chiqarish va sohaga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, xususiy kapitalni faol jalb qilgan
holda yangi ish o‘rinlari yaratishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shu maqsadda davlat korxonalari transformatsiya qilinadi. Ya’ni, transformatsiya
dasturi ularning ishlab chiqarish, xarid qilish, sotish va investitsiyaviy faoliyat samaradorligini
oshirishga va mahsulot sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlar majmuini o‘z ichiga oladi.
Natijada davlat korxonalarining xalqaro bozorda raqobatbardosh o‘ringa ega bo‘lishi, ular
faoliyatida xususiy kapital ishtiroki, ochiqlik va shaffoflikka asoslangan zamonaviy korporativ
boshqaruv tizimining yaratilishi ta’minlanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Аyni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi
kunda jahon bozori konyukturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora
kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal surʼatlar bilan rivojlantirish
uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga
chiqarishni taqozo etmoqda [1]. Bugungi kunda samarali korporativ boshqaruv tizimi
investitsion qarorlar qabul qilishda hal qiluvchi omil sifatida qaralmoqda[2] va shu sabab
korporativ boshqaruv tizimi mavjud bo‘lmagan kompaniya raqobatbardosh va investitsion
jozibador bo‘lish uchun bozorning to‘liq ishtirokchisiga aylanish imkoniyatiga ega emas. Jahon
amaliyotida so‘nggi o‘n yillikda korporativ boshqaruvga bo‘lgan bunday jiddiy eʼtiborning
asosiy mezoni investorlar uchun yanada xavfsizroq va qulay muhit yaratish istagi hisoblanadi
`
47
[3]. O‘zbekiston Respublikasi Korporativ boshqaruv kodeksiga ko‘ra, Korporativ boshqaruv –
bu aktsiyadorlik jamiyati ijroiya organi, uning kuzatuv kengashi, aktsiyadorlari, mehnat
jamoasi vakillari va boshqa manfaatdor tomonlar, jumladan kreditorlarning manfaatlarning
muvozanatiga erishish maqsadida, АJ faoliyatini samarali tashkil etish,modernizatsiyalash,
ishlab chiqarish quvvatlarini texnik va texnologik qayta qurollantirish, raqobatbardosh
mahsulotni ishlab chiqarish va uni tashqi bozorlarga eksport qilishni taʼminlashga qaratilgan
o‘zaro munosabatlar tizimidir [4].
N.Alhosani va H.Nobaneelar korporativ ijtimoiy mas‟uliyatning mohiyatini yoritib
berishgan. “Korporativ ijtimoiy mas‟uliyat kompaniya manfaatlaridan va qonun talab
qiladigan jihatlardan tashqari ma‟lum bir ijtimoiy manfaatlar uchun amalga oshiriladigan
harakatlar deyish mumkin. Shuningdek, ba‟zi olimlar korporativ ijtimoiy mas‟uliyatni
kompaniyaning barqaror rivojlanishida qonuniy talablardan tashqari ixtiyoriy amalga
oshiriladigan xatti-harakatlar deb ta‟kidlashgan. Shu sababli korporativ ijtimoiy mas‟uliyatni
iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan mos keladigan uzoq muddatli tizimni shakllantirish
jarayoni sifatida ko„rish mumkin” [5].
M.Tang va Y.Wang korporativ ijtimoiy mas‟uliyatning ijobiy jihatlariga e‟tibor
qaratishgan. “Korporativ ijtimoiy mas'uliyatni amalga oshirish atrof-muhit, jamiyat, xodimlar
va boshqa manfaatdor tomonlarning samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ijtimoiy
farovonlik haqida qayg„uradigan hukumatlar korporativ ijtimoiy mas‟uliyatni amalga
oshirishning jamiyatga ijobiy ta'sirini hisobga olgan holda kompaniyalarni korporativ ijtimoiy
ma’suliyatni amalga oshirishga rag„batlantiradi. Xususan, soliq imtiyozlari, odatda,
kompaniyalarning mavjud mablag„larini ko„paytiradi va bu orqali kompaniyalarni o`zlarining
ijtimoiy mas'uliyatlarini bajarish qobiliyatini oshiradi” [6].
Bir guruh olimlar ta’kidlashicha, “korporativ ijtimoiy mas'uliyat kompaniyalar o`z
faoliyatini jamiyat qadriyatlariga muvofiq rivojlantirishi, shuningdek, manfaatdor
tomonlarning talablarini qondirishi majburiyatlarini o`z zimmasiga olishini bildiradi.
Korporativ ijtimoiy mas’uliyat samaradorligining uchta asosiy yo„nalishi ekologik, ijtimoiy va
iqtisodiy yo`nalishlar hisoblanadi. Innovatsiyalar ham korporativ ijtimoiy mas’uliyat hamda
barqarorlik standartlari va maqsadlariga mos kelishi kerak. Shuning uchun kompaniyalar
tomonidan innovatsion strategiyalarning ajralmas qismi sifatida korporativ ijtimoiy
mas’uliyatga ko’proq e’tibor qaratilmoqda hamda innovatsiya va korporativ ijtimoiy
mas‟uliyat munosabatlariga qiziqish tobora ortmoqda” .
Y.Luo va boshqalar korporativ ijtimoiy mas‟uliyatni mohiyatan yoritishga harakat
qilishgan. Shuningdek, korporativ ijtimoiy mas‟uliyat strategiyasining ahamiyatini
yoritishgan. “Korporativ ijtimoiy mas'uliyat bu normativ yoki qonundagi talablardan tashqari
bajariladigan korporativ ekologik va ijtimoiy xattiharakatlar yig„indisi hisoblanadi.
Korporativ ijtimoiy mas‟uliyat kompaniyalarning aksiyadorlar, xodimlar, mijozlar, yetkazib
beruvchilar, jamoalar, hukumatlar va atrof-muhit oldidagi mas'uliyatini qamrab oladi.
Shuningdek, boshqaruv nazariyasida korporativ ijtimoiy mas‟uliyat direktorlar kengashlari
tomonidan ishlab chiqiladigan korporativ strategiyada muhim hisoblanadi” [8].
Ushbu ilmiy ish bo'yicha izlanishlar olib borish jarayonida turli usullardan foydalanilgan.
Ma’lumot yig'ish, saralashda ayirish usullaridan foydalanilgan. Tadqiqot “Iqtisodiyot va
innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnalidan olingan natijalar induksiya usuli orqali
`
48
yakuniy xulosa sifatida chiqarildi. Moliyaviy va moliyaviy bo'lmagan ma'lumotlarni taqqoslash
va tadqiqot natijalarini olish uchun statistika keng qo'llanildi. Shu bilan birga, ilmiy
tadqiqotlar olib borishda tahlil qilish usuli orqali korporativ ijtimoiy ma’suliyat va tashkiliy
xatti-harakatlar o'rtasidagi munosabatlar o'rganildi. Muhokamani umumlashtirishni hisoblash
uchun sintez usuli ishlatilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Olib borilgan tadqiqotlarga ko’ra tashkilot va bizneslarning daromad olish bilan birga,
jamiyatning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishi (hayriya ishlarini bajarish, o‘z xodimlarining
haq-huquqlarini ta’minlash, ijtimoiy muammolarni yechishda o‘z hissasiga ega bo‘lish),
ularning barcha manfaatdor tomonlari oldidagi ma’suliyatni bajarishi, o‘z faoliyati davomida
tabiatga zarar yetkazmaslik hamda milliy qonunlarga rioya qilishi, ta’minot tizimi
mas’uliyatini ta’minlashi va hokazolar KIM ning asosiy talablaridir. KIMni faol tashkil
qilinishiga misol qilib Rassiyaning “IMMER GROUP” korxonasini keltirish mumkin. Bu
korxona KIM orqali uyg'un integratsiyani ta'minlaydigan kompaniyaning uzoq muddatli va
barqaror rivojlanishiga erishib kelmoqda. “IMMER GROUP” o`zining KIM siyosati bilan ko’p
yutuqlarga erishib kelmoqda va investitsion jozibadorligini, raqobatbardoshligini
oshirmoqda. Bu siyosati orqali nafaqat kompaniyaning o`ziga, balki jamiyatga, xodimlarga va
atrof-muhitga foyda keltirmoqda. “ IMMER GROUP ” ning biznes yuritishda korporativ ijtimoiy
mas'uliyatli yondashuvi quyidagilarni beradi:
mahsulotlar orqali iste’molchilarining talablarini yuqori sifatli qondirish;
qonun hujjatlariga benuqson rioya qilish;
mehnat xavfsizligini ta’minlash va inson taraqqiyotiga sarmoya kiritish;
atrof-muhitga g'amxo'rlik qilish;
manfaatdor tomonlarning taxminlari va fikrlarini hisobga olgan holda, qurilishga tizimli
yondashish
ular bilan axloqiy talablar asosida vijdonan va o‘zaro manfaatli munosabatlar o‘rnatish;
ochiqlik va shaffoflik, ijtimoiy hisobotni rivojlantirish.
`
49
1-rasm. Korporativ ijtimoiy mas’uliyatning ijobiy ta’sirlari
1-rasmdan ko`rish mumkinki, korporativ ijtimoiy mas’uliyat jamiyatdagi muammolarni
hal etishga, atrof-muhitni yaxshilashga hamda korxona uchun iqtisodiy samaradorlikka
erishishga yordam beruvchi vositalardan biri sifatida amalda qo`llanmoqda.
Korporativ ijtimoiy mas’uliyatni amalga oshirishda, albatta, bu bo’yicha korporativ
boshqaruv organlari tomonidan korporativ ijtimoiy mas’uliyat strategiyasi ishlab chiqilishi
lozim. Korporativ ijtimoiy mas’uliyatni amalga oshirish bir necha bosqichlardan iborat (2-
rasm).
Korporativ
ijtimoiy
mas'uliyatning
ta'siri
Jamiyatga ta'siri:
-
Jamiyat
taraqqiyoti
-
Aholining
manfaatdorligi
-
Iste’molchilar
ongida
yaxshi
brend
imidji
va
boshqalar
Atrof
-
muhitga ta'siri:
-
Ekologik
sog‘lom
muhit
-
Resurslardan
optimal
foydalanish
-
Resurslar
sarfini
qisqartirish
va
qayta
ishlash
-
Energiyani
tejaydigan
resurslardan
foydalanish
va
boshqalar
.
Korxonaga ta'siri:
-
Barqaror
pul
oqimi
-
Marketing
xarajatlarining
kamayishi
-
Mijozlarning
ko‘payishi
-
Brend
imidji
-
Obro‘
-
Kreditga
layoqatlilik
-
Barqarorlik
va
boshqalar
`
50
2-rasm. Korporativ ijtimoiy mas’uliyatni amalga oshirish bosqichlari [2]
Korporativ ijtimoiy ma’suliyatni amalga oshirishning 1-bosqichida strategiya
shakillantiriladi. So’ng uni baholandi. 3-bosqichda esa KIM bo’yicha maqsadlar aniqlanib,
tuzilgan strategiyani rivojlantiriladi. So’ngi bosqichda esa amaliyotga joriy etilib, kuzatuv
ishlari olib boriladi.
XULOSA
O‘zbekistonda KIM tamoyillari va mas’uliyatli biznes talablarini ishlab chiqish uchun
quyidagilarni tavsiya qilish mumkin:
Biznesning oshkoraligini rag‘batlantiradigan qonunlarni ishlab chiqish va bu prinsipga
amal qiluvchilarni qo‘llab quvvatlash;
Davlat darajasida KIMni ta’minlash. Bizdagi jamiyatning passivligi sharoitida, dastlabki
bosqichda hukumat KIMni rivojlantirish bo‘yicha asosiy islohotchi sifatida harakat qilishi
kerak. Ushbu sohada yuqorida keltirilgan qator xalqaro qo‘llanmalar asosida standartlar
ishlab chiqish lozim;
Nomoliyaviy hisobotlarni chop etishni rag‘batlantirish va bu borada yo‘l-yo‘riqlar ishlab
chiqish;
Tadbirkorlarni o‘z bozorlarini kengaytirish va mahsulot sifatini ta’minlashlari uchun
ta’minot zanjirlaridagi ma’suliyatlarini xalqaro ko‘rsatmalarga asosan amal qilishlarini
rag‘batlantirish;
KIM tamoyillarini targ‘ib qilishda ommaning saviyasini oshirish (ma’ruzalar, seminarlar,
brifinglar, ommaviy axborot vositalarida intervyular va x.z.). KIM tamoyillari va uning
rivojlanishi bilan bog‘liq tadqiqotlar va nashrlarni rag‘batlantirish;
Biznes va tashkilotlarga KIMni rivojlantirish maqsadida maslahat xizmatlarini tashkil
qilish;
Xorijiy va ko‘p millatli korxonalardan boshqa rivojlangan davlatlarda amalga
oshiradigan KIM va xalqaro standartlariga amal etish tartiblarini xuddi shunday tarzda
O‘zbekistonda ham rioya qilishlarini talab etish.
1
-
bosqich
Korporativ
ijtimoiy
mas'uliyat
strategiyasini
shakllantirish
2
-
bosqich
Korporativ
ijtimoiy
mas'uliyatni
baholash
3
-
bosqich
Korporativ
ijtimoiy
mas'uliyat
maqsadlarini
aniqlash
4
-
bosqich
Korporativ
ijtimoiy
mas'uliyat
strategiyasini
rivojlantirish
5
-
bosqich
Amaliyotga
joriy etish va
kuzatish
`
51
References:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF 60-sonli farmoni
“2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”.
2.
Adrian Cadbury. Korporativ boshqaruv kodeksi 1992 yil.
3.
Ashurov. Z.A. “KORPORATIV IJTIMOIY MA’SULIYAT”. O’quv qo’llanma.- “ Innovatsion
rivojlanish nashriyot matbaa uyi” – nashriyoti, 2022 yil, 160 bet.
4.
Ашуров З.А. “ Современное корпоративное управление”. Учебное пособие.
Тошкент – “ Инновацион ривожланиш нашриёт – матбаа уйи” – 2021yil, 222 bet.
5.
Elmirzayev.S va Xolmurodov.S ning “ KORXONALARDA KORPORATIV IJTIMOIY
MAS’ULIYATNI AMALGA OSHIRISH “ mavzusidagi maqola ISSN: 2181-3957 Vol. 2 Issue 01,
2023. International Journal of Finance and Digitalization
6.
https://www.slideteam.net/corporate-social-responsibility-businessstrategy-
powerpoint-presentation-slides.html - korporativ ijtimoiy mas’uliyat bo„yicha tadqiqotlar
e’lon qilinuvchi veb-sayt.
