`
94
OQAVA SUVLARDA TEMIR (III) IONLARINI ANIQLASH
Davronova Norniso Faxriddin qizi
Toshkent kimyo texnologiya instituti mustaqil tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14586308
Temir ionlari tirik organizmlarning hayot faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo‘lishiga
qaramay, ularning mikromiqdori meyoridan oshib ketishi inson va boshqa tirik organizmlar
uchun zararli ta'sirlar ko‘rsatadi [1]. Shu sababli, atrof-muhitdagi temir ionlarini aniqlash va
ularni doimiy ravishda monitoring qilish katta ahamiyatga ega. Temir ionlarini aniqlash uchun
turli xil fizik-kimyoviy usullar ishlab chiqilgan [2].
Ushbu ilmiy tadqiqotda oqava suvlarda temir ionlarini aniqlash maqsadida tolali
tashuvchilarga immobillangan metil timol ko‘ki ligandidan foydalanildi. Immobillash
jarayonining optimal sharoitlari aniqlangan. Metil timol ko‘ki reagentining kvant kimyoviy
hisoblashlari DFT (Density Functional Theory) B3LYP 6-31G metodikasi asosida amalga
oshirildi. DFT B3LYP 6-31G metodikasi kvant kimyo hisoblashlarida keng qo‘llanilib,
molekulalarning elektron tuzilmasi, energiya holati, tebranish chastotalari va boshqa
xossalarini aniqlashga imkon beradi. B3LYP energiya funksional usuli bo‘lib, 6-31G esa
hisoblashlar uchun tanlangan bazaviy funksiyadir.
a) HUMO
b) LUMO
s) ESP
1-rasm
. Metil timol koʻkining a) HUMO b) LUMO koʻrinishi s) elektrostatik potensiali
References:
1.
Indu Khurana, Arushi Khurana: Textbook of medical physiology; 2nd edition, 2009.
2.
N.F. Davronova, Z.A. Smanova Immobillangan metil timol koʻki temir (III) ioni uchun
analitik reagent sifatida // O'z Mu xabarlari.2024. [3/2/1].Tabiiy fanlar turkumi ISSN:2181-
7324.342-344 bet
