BIOLOGIYA O’QITISH JARAYONIDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING INTEGRATIV YO’NALISHLARI

Аннотация

tezisda intellektual salohiyatli yoshlarga biologiya fanini o’qitishga eng avvlo o’rgatishi lozim bo’lgan, bevosita o’qitish jarayonida kerak bo’ladigan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, ularda bu tushunchani rivojlantirish hamda o’stirish haqida fikr yuritiladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
39-41
19

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Toshboyev , E. . (2024). BIOLOGIYA O’QITISH JARAYONIDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING INTEGRATIV YO’NALISHLARI. Наука и технология в современном мире, 3(13), 39–41. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/62950
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

tezisda intellektual salohiyatli yoshlarga biologiya fanini o’qitishga eng avvlo o’rgatishi lozim bo’lgan, bevosita o’qitish jarayonida kerak bo’ladigan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, ularda bu tushunchani rivojlantirish hamda o’stirish haqida fikr yuritiladi.


background image

`

39

BIOLOGIYA O’QITISH JARAYONIDA MILLIY VA UMUMINSONIY

QADRIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING INTEGRATIV YO’NALISHLARI

Toshboyev Ermat Ergashevich

Termiz davlat universiteti akademik litseyi

“Tabiiy fanlar fakulteti” o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14376851

Annotatsiya:

tezisda intellektual salohiyatli yoshlarga biologiya fanini o’qitishga eng

avvlo o’rgatishi lozim bo’lgan, bevosita o’qitish jarayonida kerak bo’ladigan milliy va
umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, ularda bu tushunchani rivojlantirish hamda o’stirish
haqida fikr yuritiladi.

Kalit so’zlar:

biologiya, o’qitish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, intelekt, salohiyat.


Mamlakatimizda o’qitish va tarbiyalash milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari

prinsiplar va mustaqillik yutuqlari, xalqning boy milliy, ma’naviy va intellektual salohiyati
hamda umumbashariy qadriyatlarga tayangan, insonparvarlikka yo’naltirilgan ta’limning
mazmuni: Umumiy o’rta ta’limning Milliy o’quv dasturini bosqichma-bosqich joriy etish
o’quvchining shaxsiga, unda ta’lim va bilimlarga bo’lgan ishtiyoqni kuchaytirishga, mustaqil
rivojlanishiga o’rgatish, iftixor va insoniy qadr-qimmat tuyg’usini shakllantirishni nazarda
tutadi.

Biologiya o’qitish jarayonida o’quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida

tarbiyalash, bu borada o’rganilayotgan mavzu mazmuniga bog’liq holda xalqimizning asrlar
davomida shakllangan yuksak ma’naviy boyliklar, an’ana va udumlari, ulug’
bobokalonlarimizning o’lmas merosidan fodalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Biologiya o’qitishda o’quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash uchun dars,

darsdan va sinfdan tashqari mashg’ulotlar, hamda ekskursiyalarda mavzuga bog’liq holda
mamlakatimizning yer osti va yer usti boyliklari, ulardan oqilona foydalanish borasida olib
borilayotgan ishlar, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy rivojlanish tamoyillari, biologiya
fanining rivojiga hissa qo’shgan allomalarning ma’naviy meroslari, tabiatni muhofaza qilishga
oid hadislar, hikmatli hikoyalar, rivoyatlar, afsonalar va maqollardan foydalanish tavsiya
etiladi.

Biologiyani o’qitishda avvalo, o’quvchilarni biologiyaning asosiy g’oya, nazariya,

qonuniyatlari va tushunchalari, amaliyot, xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida tutgan o’rni,
biologik bilimlarni o’zlashtirishning ahamiyati bilan tanishtirish nazarda tutiladi va shu orqali
o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va insonning tabiat va jamiyatga ongli
munosabatini tarkib toptirish bilan uzviy bog’langan holda ta’lim-tarbiyaviy tizim vujudga
keltiriladi.

Umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyatlar zaminida shakllanadi, ya’ni biror bir

millatga mansub milliy qadriyatlar rivojlanib, yillar davomida sayqal topib, takomillashib,
boshqa millat va elatlar tomonidan e’tirof etilib, tan olinadi. Shu tariq milliy qadriyatlar
umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko’tariladi. Masalan, O’rta asrlardagi Sharq sivilizatsiyasi
o’zbek xalqi uchun milliy qadriyat sanalsa, jahon xalqlari uchun milliy qadriyat sanalsa, jahon
xalqlari uchun umuminsoniy qadriyat sanaladi.


background image

`

40

Biologiya o’qitishda o’quvchilarni umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda

e’tiborni quyidagilarga qaratish:

Insoniyatning paydobo’lishi va rivojlanish tarixini o’rganish;
Buyuk allomalarning insoniyat tarixi va sivilizatsiyasida tutgan o’rnini yoritish;
Umumbashariy mulkka aylangan ilmiyasarlarning yaratilish tarixini o’rganish;
Umumxalq bayramlarining tarixini o’rganish, o’tkazilishda milliy ruh kiritish;
Biologiya fanining rivojiga hissa qo’shgan buyuk olimlar hayotining ibratli tomonlarini

ko’rsatish zarur.

Akademik litsey o’quvchilarning intellectual qobiliyatlarini jadal o’stirish, ularning

chuqur, tabaqalashtirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan muassasa ekanligini hisobga olgan
holda, biologiyani o’qitishda ilmiy-nazariy masalalarga keng o’rin berish, o’quvchilarning
chuqur o’zlashtirayotgan fani bilan fanlararo bog’lanishlarni amalga oshirish, ularning
qiziqishlari va ehtiyojlari, mustaqil, ijodiy va mantiqiy fikr yuritish, tajriba qo’yish va kuzatish
ko’nikmalarini rivojlantirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish masalalariga e’tiborni
qaratish, ilmiy-tadqiqot institutlarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar mazmuni va
natijalari, biology olimlarning hayoti, ularning fan rivojiga qo’shgan hissalari bilan
tanishtirish, uchrashuvlar tashkil etish tavsiya etiladi.

Biologiyani o’qitishda o’rganilayotgan mavzu mazmuniga bog’liq holda o’quvchilarda

mehnat madaniyati ko’nikmalarini, jumladan, ko’rgazmali jihozlar, labaratoriya va amaliy
mashg’ulotlarda foydalaniladigan o’quv jihozlari va asboblari bilan ishlash, ish stoli, biologiya
darsligi, daftarini toza va ozoda saqlash, o’quv topshiriqlari va va uy vazifalarrini o’z vaqtida
va talab darajasida bajarishga e’tiborni qaratish lozim.

Biologiyani o’qitishda o’quvchilarni kasbga yo’llash, mehnat tarbiyasini amalga

oshirishga imkon beradigan bilim va ko’nikmalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

Qishloq xo’jalik, mikrobiologiya, tabiatni muhofaza qilish, inson mehnati faoliyatining

ilmiy-nazariy asoslari;

Ishlab chiqarish mehnati samaradorligi, o’simliklar va hayvonlarning mahsuldorligini

oshirishni ta’minlovchi texnika va texnologiyalarning asoslari bilan tanishtirish;

Biologik qonuniytalar va umuminsoniy ko’nikmalarda amaliy faoliyat va turmushda

foydalanish asoslari bilan tanishish.

Jumladan, “Evolyutsion ta’limot” bobini o’rganishda o’quvchilar ongi va qalbiga milliy

istiqlol g’oyasini singdirish jarayonida milliy qadriyatlarimiz bo’lgan “Avesto” kiboning
yaratilish tarixi, undagi tabiatshunoslikka va tabiatga nisbatan ongli munosabatda bo’lishga
oid fikrlar, Ahmad ibn Jayhoniy, Abu Nosir Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino,
Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Boburlarning asarlarida evolyutsion g’oyalarning yoritilishi va
ularning jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan hissalarini qayd etish orqali milliy g’ururni
shakllantirish, Empedokl, Aristotel, Teofrast, Lukretsiy, Kar, Galen, K.Linney, J.Kyuve,
J.B.Lamark, Ch.Darvinlarning evolyutsion nazariyaaning yaratilishi va rivojlantirishga
qo’shgan hissalarini bayon etib umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg’usini tarkib toptirish
masalasi o’qituvchining diqqat markazida bo’lmog’I lozim.

Biologiya darsligida o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini faollashtiradigan, mustaqil

ishlashi va ijodiy fikr yuritish, o’zlashtirgan bilimlarini nazorat qilishi va o’z-o’zini baholash,


background image

`

41

mantiqiy fikr yuritish operatsiyalarini bajarish natijasida biologik bilimlarni ongli o’zlashtirish
ko’nikmalarini egallashlariga zamin tayyorlangan.

O’qituvchi biologik ta’lim samaradorligiga erishish va o’qituvchilarning bilish faoliyatini

tashkil etish va boshqarishi uchun ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari va ularni o’quvchilar
tomonidan o’zlashtirish usullarini bilish lozim.

Ta’lim mazmunining tarkibiy qismi bo’lgan bilimlar o’quvchilar tomonidan o’quv

materialini sezgi organlari orqali qabul qilish, tasavvur qilish, abstract fikr yuritish,
o’rganilgan ma’lumotlarni yodda saqlash, bilimlarni tanish odatiy va yangi kutilmagan
vaziyatlarda qo’llash bosqichlari yordamida o’zlashtiriladi.

Ta’lim-tarbiya jarayonidan ko’zlangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga imkon

beradigan biologik bilim, ko’nikma va malakalarning o’quv qo’llanmasi sanaladi. Ta’lim
mazmuninning asosiy qismi bilimlar, faoliyat turlari – ko’nikma va malakalardan iborat
bo’ladi. O’quvchilarning biologic bilimlari va mustaqil hayotga tayyorgarligini orttirisha imkon
beradigan, shaxs yoki guruh qiziqishlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim mazmunining
bir qismi. Bu ta’lim mazmunining ijodiy faoliyat tajribalari va qadriyatlar tizimini o’z ichiga
oladi.

Biologiya o’qitishda o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan barcha bilimlar DTSda qayd

etilgan “Organizm-biologik sistema”, “Ekologiya sistemalar”, “Organik olam evolyutsiyasi”
yo’nalishlari bo’yicha umumlashtiriladi va ilmiy xulosalar chiqariladi.

References:

1.

Belskaya Y. E. botanika didaktikasi. O’qituvchi.

2.

Zunnunov A va boshqalar. O’rta Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotidan lavhalar. Fan

1996 y
3.

G’ofurov A. T, Xabirova S. biologiyadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar. O’qituvchi 1978-

yil
4.

Qodirov A, Xaydarov Q. Biologiya o’qitish metodikasidan labaratoriya mashg’ulotlari.

O’qituvchi 1989-yil

5.

Ponomaryova I va boshqalar. Biologiya o’qitishning umumiy metodikasi. Moskva 2003-

yil.

Библиографические ссылки

Belskaya Y. E. botanika didaktikasi. O’qituvchi.

Zunnunov A va boshqalar. O’rta Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotidan lavhalar. Fan 1996 y

G’ofurov A. T, Xabirova S. biologiyadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar. O’qituvchi 1978-yil

Qodirov A, Xaydarov Q. Biologiya o’qitish metodikasidan labaratoriya mashg’ulotlari. O’qituvchi 1989-yil

Ponomaryova I va boshqalar. Biologiya o’qitishning umumiy metodikasi. Moskva 2003-yil.