`
27
SUN’IY INTELLEKT VA BILIMLAR BAZASI
Jo‘rayeva Feruza Baxtiyor qizi
(Shahrisabz davlat pedagogika instituti)
Mehriniso G‘uzorova
(Shahrisabz davlat pedagogika instituti 4-kurs talabasi)
https://doi.org/10.5281/zenodo.14325528
Annotatsiya:
Ushbu maqolada sun’iy intellekt tizimlarining ishlash prinsiplari, bilimlar
bazasining roli o‘rganiladi. Maqolada sun’iy intellektning asosiy sohalari, ularning amaliy
qo‘llanilishi, shuningdek, bilimlar bazalari yordamida qaror qabul qilish jarayoni ko‘rib
chiqiladi. Ekspert tizimlari, bilimlar bazasi tuzish va qoidalar asosida tahlil qilish jarayoni
yoritilgan. Ushbu tizimlarning kelajakdagi rivojlanishi va turli sohalarda qo‘llanilishi
muhokama qilinadi. Maqola sun’iy intellekt va uning qo‘llanilishi bo‘yicha nazariy va amaliy
bilimlarni taqdim etadi.
Kalit so‘zlar
: intellekt, sun’iy intellekt, robot, sun’iy intellekt tizimi, bilimlar bazasi,
ekspert tizimlari, qaror qabul qilish, qoidalar, tibbiyotda sun’iy intellect, sun’iy intellektning
amaliy qo‘llanilishi.
Abstract
: This article examines the principles of artificial intelligence systems, the role of
the knowledge base. The article examines the main areas of artificial intelligence, their practical
application, as well as the decision-making process using knowledge bases. The process of
expert systems, knowledge base creation and rule-based analysis is covered. The future
development and application of these systems in various fields are discussed. The article
provides theoretical and practical knowledge of artificial intelligence and its applications.
Key words:
intelligence, artificial intelligence, robot, artificial intelligence system,
knowledge base, expert systems, decision-making, rules, artificial intelligence in medicine,
practical application of artificial intelligence.
Абстрактный:
В данной статье рассматриваются принципы работы систем
искусственного интеллекта, роль базы знаний. В статье рассматриваются основные
области искусственного интеллекта, их практическое применение, а также процесс
принятия решений с использованием баз знаний. Описан процесс создания экспертных
систем, базы знаний и анализа на основе правил. Обсуждаются будущее развитие и
применение этих систем в различных областях. В статье представлены теоретические и
практические знания об искусственном интеллекте и его приложениях.
Ключевые слова:
интеллект, искусственный интеллект, робот, система
искусственного интеллекта, база знаний, экспертные системы, принятие решений,
правила, искусственный интеллект в медицине, практическое применение
искусственного интеллекта.
Kirish
Sun’iy intellekt innovatsion texnologiyalar bilan yashash tarzimizni butkul o‘zgartirdi.
Sun’iy intellekt insoniyat hayotiga bo‘rondek kirib keldi va jamiyatning har bir sohasiga o‘z
ta’sirini o‘tkazib, aql bovar qilmaydigan o‘zgarishlar yasadi. Sun’iy intellekt texnologiyasi
hayotning barcha sohalarida keng tarqalib ulgurgan.
Sun’iy intellekt (SI) – bu insonning fikrlash va qaror qabul qilish qobiliyatini taqlid
qiluvchi tizimlarni yaratish bilan shug‘ullanuvchi fan va texnologiyalar majmuasi.
`
28
Zamonaviy dunyoda SI texnologiyalari turli sohalarda, xususan, kundalik hayotimizda
ham keng qo‘llanilmoqda. Bugungi kunda mobil qurilmalardagi Google tarjimon, yuzni aniqlash
tizimlari, ovozli yordamchilar Shuningdek, transportni boshqarish tizimlaridagi navigatsion
dasturlar marshrutni tanlashda real vaqtda ma’lumotlarni tahlil qilib, eng qulay yo‘lni taklif
qiladi. Internetdagi ko‘plab do‘konlar va xizmatlar shaxsiylashtirilgan tavsiyalar berish uchun
SI algoritmlaridan foydalanadi. Shu bilan birga, sun’iy intellekt texnologiyalari uy jihozlarida
ham keng joriy qilinmoqda. Aqlli uy tizimlari xonadagi turli qurilmalarni boshqarish, haroratni
sozlash yoki xavfsizlikni ta’minlash kabi vazifalarni amalga oshiradi. Bu tizimlarning barchasi
SI yordamida ishlaydi, bu esa kundalik hayotimizni osonlashtiradi va samaradorlikni oshiradi.
Sun’iy intellektning rivojlanishi 20-asrning o‘rtalaridan boshlab jadal suratlarda davom
etmoqda. Birinchi sun’iy intellekt tizimlari qoidalar va algoritmlarga asoslanib, oddiy
vazifalarni bajarishga qodir edi. Katta hajmdagi adabiyotlar bu tizimlarning ishlash
mexanizmlarini va ularning amaliy qo‘llanilishini tushuntirishga qaratilgan. Masalan, Russell,
S. & Norvig, P. o‘zining “Artificial Intelligence: A Modern Approach”[1] asarida sun’iy intellektni
ilg‘or metodlar asosida o‘rganadi, shu jumladan, ekspert tizimlarining tuzilishi va ularning ilmiy
va sanoatga qo‘llanilishi yoritilgan. Jackson, P. “Introduction to Expert Systems”[2] asarida
ekspert tizimlarining tarixiy rivojlanish bosqichlari va bilimlar bazasining tuzilishi haqida
batafsil ma’lumot beradi. Ushbu kitobda, ekspert tizimlarida bilimlar bazasining qanday tashkil
etilishi, qoidalar va faktlar asosida qaror qabul qilish jarayoni yoritilgan.
Mahalliy olimlar, xususan, Abduqodirov O.T.
,
Aminov A.M.
,
Shavkatov
N.B.[3-5]
va boshqa
tadqiqotchilar sun’iy intellekt va ekspert tizimlari sohasida o‘z ishlarini olib bormoqda. Ular,
asosan, tibbiyot, iqtisodiyot, va sanoat sohalarida sun’iy intellektni qo‘llash imkoniyatlarini
o‘rganadilar. Masalan, Abduqodirov O.T. sun’iy intellekt tizimlarining tibbiyotda qo‘llanilishi va
ma’lumotlar bazalari asosida qaror qabul qilish jarayonlarini o‘rganish bo‘yicha ko‘plab ilmiy
ishlar olib borgan.
Sun’iy intellektning bu kabi imkoniyatlari uni nafaqat ilm-fan sohasida, balki oddiy
insonlarning kundalik ehtiyojlarini qondirishda ham ajralmas texnologiyaga aylantirdi. Shu
sababli, SI texnologiyalarining ilmiy va amaliy qo‘llanilishini o‘rganish bugungi kun uchun
dolzarb ahamiyatga ega.
Suniy intellekt tizimlari insonning aqliy faoliyatini taqlid qilishga qaratilgan bo‘lib,
ularning samarali ishlashi uchun bilimlar bazasidan foydalanadi. SI yordamida kompyuterlar
ob’yektlarni tanish, tilni tushunish, qaror qabul qilish, muammolarni hal qilish kabi
funksiyalarni bajara oladi.
Bilimlar bazasi — bu ma’lum bir sohadagi bilimlarni saqlash, boshqarish va ulardan
foydalanish uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar bazasi. Bilimlar bazasi, ayniqsa, ekspert
tizimlarida keng qo‘llaniladi. Bu bazada odamlar tomonidan to‘plangan va tuzilgan qoidalar,
faktlar va boshqa bilimlar saqlanadi.
SI tizimlarining muhim qismi bilimlar bazasiga asoslanadi. Ular bilimlar bazasidan
foydalangan holda mantiqiy tahlil olib boradi, masalalarni yechish uchun qoidalar va
algoritmlardan foydalanadi. Masalan, ekspert tizimlarda bilimlar bazasi ko‘pincha qoidalar
ko‘rinishida tuzilib, bu qoidalar asosida qaror qabul qilinadi.
Bilimlar bazasi (BB) sun’iy intellekt (SI) tizimlarining asosiy komponentlaridan biri bo‘lib,
u tizimga qaror qabul qilishda yordam beradigan ma’lumot va qoidalar to‘plamini o‘z ichiga
`
29
oladi. SI tizimlari mantiqiy tahlil qilish orqali bilimlar bazasidan foydalanadi va muammolarni
hal qilish uchun qoidalar va algoritmlar asosida xulosa chiqaradi. Bu tizimlarda qoidalar
to‘plami tizimning asosiy qarorlarini shakllantirish va murakkab vaziyatlarda mos ravishda
javob berish uchun ishlatiladi.
Misol uchun, tibbiy diagnostika uchun mo‘ljallangan ekspert tizimni olaylik. Bunda
bemorning simptomlari asosida kasalliklarni aniqlash uchun qoidalardan foydalanuvchi
bilimlar bazasi ishlatiladi. Ushbu qoidalardan biri quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
Agar
bemorda yuqori harorat, tomoq og‘rig‘i va yo‘tal bo‘lsa,
u holda
bu bemorda gripp ehtimoli yuqori.
yoki
Agar
bemorda ko‘z qizarishi, qichishishi va burun oqishi kuzatilsa,
u holda
bu bemorda allergik rinit belgilari mavjud bo‘lishi mumkin.
Ushbu qoidalardan ekspert tizim bemor ko‘rsatgan simptomlar asosida xulosa chiqarib,
dastlabki tashxisni tavsiya qilishi mumkin. Tizimda yuzlab shunga o‘xshash qoidalar mavjud
bo‘lishi mumkin, va ular o‘zaro bog‘liq holda ishlaydi, ya’ni bir qoidaning xulosasi boshqa bir
qoida uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bilimlar bazasi, ko‘pincha qoidalardan (shartlar va natijalar) iborat bo‘lib, tizimga qaror
qabul qilishda yordam beradi. Bu yerda ikkita misol keltirilgan: biri grippni, ikkinchisi esa
allergik rinitni tashxislash uchun.
Bu jadvaldagi har bir satr — yangi yoki holatni ifodalaydi, va shartlar asosida tizim qaror
qabul qiladi. Shu tarzda bilimlar bazasi yaratishda har bir simptom yoki holatni va ularning
natijasini aniq ifodalash mumkin. Tizim, kiritilgan ma’lumotlarga asoslanib (masalan,
bemorning simptomlarini tekshirib), kerakli tashxisni avtomatik tarzda aniqlashi mumkin.
Bilimlar bazasining qoidaviy tuzilishi qanday ishlaydi:
1.
Faktlar to‘plash
: Birinchi navbatda, tizim foydalanuvchi yoki sharoitdan kerakli
faktlarni, ya’ni ma’lumotlarni to‘playdi.
2.
Qoidalar bazasidan foydalanish
: Tizim o‘zining qoidalar bazasidagi qoidalarga
asoslangan holda ushbu faktlarni tahlil qiladi.
3.
Natija chiqarish
: Qoidalarning izchilligi va mosligiga qarab, tizim qaror qabul qiladi yoki
muammoga yechim tavsiya qiladi.
Bu kabi bilimlar bazasi va qoidalar orqali tuzilgan ekspert tizimlar nafaqat tibbiyotda,
balki moliyaviy xizmatlarda (qarz berish bo‘yicha tavsiyalar), ishlab chiqarishda (nosozliklarni
aniqlash va oldini olish), va boshqa ko‘plab sohalarda keng qo‘llaniladi.
Sun’iy intellekt (SI) va ekspert tizimlari zamonaviy texnologiyalarning muhim qismlarini
tashkil etadi. Bu tizimlar inson aqlini simulyatsiya qilish va murakkab masalalarni hal qilishda
yordam beradigan dasturiy yechimlar yaratadi. Ekspert tizimlari ayniqsa bilimlar bazasi
`
30
asosida ishlaydi, chunki bu baza tizimning qaror qabul qilish jarayonining markaziy qismini
tashkil etadi. Bilimlar bazasi faktlar va qoidalar asosida tuziladi va tizimga tahlil qilish imkonini
beradi. Masalan, bemorning kasalligini aniqlashda yuqori harorat, tomoq og‘rig‘i va yo‘tal kabi
belgilar orqali gripp yoki boshqa kasalliklar haqidagi qarorlar chiqariladi.
Ekspert tizimlari qaror qabul qilish uchun qoidalarni ishlatadi. Bu qoidalar tizimga aniq
va mantiqiy ravishda masalalarni hal qilishda yordam beradi. Misol uchun, “Agar bemorda
yuqori harorat, tomoq og‘rig‘i va yo‘tal bo‘lsa, unda gripp ehtimoli yuqori” degan qoida,
tizimning bemor uchun aniq tashxis qo‘yish imkoniyatini yaratadi. Shunday qilib, bilimlar
bazasi, tizimning ishlashiga asos bo‘lib, samarali qarorlar chiqarishda muhim rol o‘ynaydi.
Ekspert tizimlari va sun’iy intellektning rivojlanishi, ular qo‘llaniladigan sohalarda
samarali vosita sifatida xizmat qiladi. Tibbiyot, iqtisodiyot, ta’lim, ilm-fan va boshqa sohalarda,
bu tizimlar murakkab muammolarni tez va aniq hal qilish imkonini beradi. Shuningdek, bilimlar
bazasining to‘g‘ri tashkil etilishi tizimning samaradorligini oshiradi va yangi imkoniyatlarni
yaratadi. Ekspert tizimlarining kelajagi ularning zamonaviy texnologiyalar va metodologiyalar
bilan birgalikda rivojlanishi bilan yanada kengayadi, bu esa sun’iy intellektning jamiyatdagi
o‘rnini yanada mustahkamlaydi.
Xulosa
Sun’iy intellekt va uning tizimlari zamonaviy texnologiyalar va ilm-fan sohalarida muhim
o‘rin egallaydi. Bu tizimlar, ayniqsa, bilimlar bazalari asosida ishlashda, mantiqiy tahlil va
qoidalar yordamida qaror qabul qilishda keng qo‘llaniladi. Bilimlar bazasi sun’iy intellekt
tizimlarining asosiy elementlaridan biri bo‘lib, u tizimga tahlil qilish, masalalarni yechish va
murakkab vazifalarni bajarish imkoniyatini beradi.
Ekspert tizimlarida qoidalar orqali bilimlar bazasi tashkil qilinadi, bu esa tizimning qaror
qabul qilish jarayonini osonlashtiradi va tizimni yanada samarali qiladi. Masalan, tibbiyotda
gripp yoki allergik rinit kabi kasalliklarni tashxislashda shartlar va natijalar asosida yaratilgan
qoidalar tizimga bemorning holatini baholashda yordam beradi. Sun’iy intellektning
rivojlanishi bilan bilimlar bazalarining tuzilishi va ular orqali qarorlar qabul qilish
imkoniyatlari yanada kengaymoqda. Shuning uchun sun’iy intellekt tizimlari har xil sohalarda,
jumladan, tibbiyot, moliya, ta’lim va sanoat sohalarida samarali ishlashda katta ahamiyat kasb
etadi. Kelajakda, sun’iy intellekt va uning bilimlar bazalari asosidagi tizimlar yanada rivojlanib,
har bir sohada yanada ko‘proq ilovalar va yechimlar taklif etishi kutilmoqda.
References:
1.
Jackson, P. (1999).
Introduction to Expert Systems
. Addison-Wesley
2.
Giarratano, J. & Riley, G. (2005).
Expert Systems: Principles and Practice
(3rd ed.). Thomson
Learning.
3.
Sh, Mavlonov Sh, and F. B. Jurayeva. "Zamonaviy texnologiyalar yordamida mintaqalar
iqtisodiyotini rivojlantirish."
Экономика и социум
10 (125) (2024): 234-23
4.
Aminov A.M., Shavkatov N.B., "Ekspert tizimlari va bilimlar bazasi: Nazariy asoslar va
amaliy qo‘llanilishi",
Kompyuter fanlari va texnologiyalari
2020, 35(2), 61-70.
5.
Abduqodirov O.T., Shavkatov N.B., "Sun’iy intellektning ma’lumotlar bazalari bilan
integratsiyasi va ularning tibbiy sohada qo‘llanilishi",
Informatika va texnologiyalar
2023,
`
31
45(3), 78-85.
6.
Aliqulov, Sh. "M. Yaxiyaxonova. Taʻlim samaradorligini oshirishda kreativ va zamonaviy
metodlarning ahamiyati. Raqamli ta’lim muhitida fanlararo integratsiyani Qoʻllashning ta’lim
samaradorligiga ta’siri: xalqaro Tajribalar va rivojlanish istiqbollari." (2024).
7.
ShukurulloFayzullo o‘g‘li, Aliqulov. "TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI QO
‘LLASH."
PEDAGOGS
50.2 (2024): 51-55.
8.
Shamsiddinov, G‘iyosjon, Barchin Ro‘ziqulova, and Laziza Inatillayeva. "BOSHLANG ‘ICH
TA’LIMDA
AXBOROT
TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISH
USULLARI
VA
AFZALLIKLARI."
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и
практические исследования
3.10 (2024): 39-41.
9.
Shamsiddinov, G‘iyosjon, Jasmina Murodulloyeva, and Umida Nurmaxmatova. "YASHIL
IQTISODIYOT VA YO ‘NALISHLARI BO ‘YICHA TA’LIM DASTURLARINI RIVOJLANTIRISH
MEXANIZMLARI."
Models and methods in modern science
3.5 (2024): 44-49.
10.
Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Temurbek Zarifov. "GLOBAL TARMOQ QURISHDA TARMOQ
QURILMALARIDAN FOYDALANISH VA TARMOQ TOPOLOGIYALARINING O’RNI."
Science and
innovation in the education system
3.5 (2024): 50-60.
11.
Raxmatov Sherqo'zi Akbar Kodirov. “Ta'lim jarayonida bulutli texnalogiyalardan
foydalanishning samaradorligi” Pedagogis Internatsianal researcg ISSN:281-4027_SJIF:4.995.
2023/5/15
