O'QUVCHILARNI CHIROYLI YOZUVGA O'RGATISHNING IJTIMOIY AHAMIYATI

Аннотация

Ushbu maqolada o‘quvchilarni chiroyli yozuvga o‘rgatishning nafaqat ta’limiy, balki ijtimoiy ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Chiroyli yozuv bola tafakkurini rivojlantirish, estetik didni shakllantirish va ijtimoiy muloqotda o‘zini aniq hamda ishonchli ifoda eta olish qobiliyatini kuchaytiradi. Maqolada maktabdagi yozuv darslarining tarbiyaviy roli, yozuv madaniyatini yosh avlod ongiga singdirish yo‘llari hamda bu jarayonning jamiyat rivojiga ta’siri yoritiladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
82-85
10

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Nuradilova , A. ., & Mansurova , M. . (2025). O’QUVCHILARNI CHIROYLI YOZUVGA O’RGATISHNING IJTIMOIY AHAMIYATI. Наука и технология в современном мире, 4(12), 82–85. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/98560
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada o‘quvchilarni chiroyli yozuvga o‘rgatishning nafaqat ta’limiy, balki ijtimoiy ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Chiroyli yozuv bola tafakkurini rivojlantirish, estetik didni shakllantirish va ijtimoiy muloqotda o‘zini aniq hamda ishonchli ifoda eta olish qobiliyatini kuchaytiradi. Maqolada maktabdagi yozuv darslarining tarbiyaviy roli, yozuv madaniyatini yosh avlod ongiga singdirish yo‘llari hamda bu jarayonning jamiyat rivojiga ta’siri yoritiladi.


background image

`

82

O'QUVCHILARNI CHIROYLI YOZUVGA O'RGATISHNING IJTIMOIY

AHAMIYATI

Nuradilova Aselxan Dilshodxo‘ja qizi

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika

universiteti Pedgogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Mansurova Mashxura Jo’rabek qizi

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15516007

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o‘quvchilarni chiroyli yozuvga o‘rgatishning nafaqat

ta’limiy, balki ijtimoiy ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Chiroyli yozuv bola tafakkurini
rivojlantirish, estetik didni shakllantirish va ijtimoiy muloqotda o‘zini aniq hamda ishonchli
ifoda eta olish qobiliyatini kuchaytiradi. Maqolada maktabdagi yozuv darslarining tarbiyaviy
roli, yozuv madaniyatini yosh avlod ongiga singdirish yo‘llari hamda bu jarayonning jamiyat
rivojiga ta’siri yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

chiroyli yozuv, o‘quvchilar, ijtimoiy ahamiyat, yozuv madaniyati, maktab,

estetik tarbiya, tafakkur.

Annotation:

This article discusses the educational and social significance of teaching

students neat handwriting. Beautiful handwriting contributes to the development of a child's
thinking, shapes aesthetic taste, and enhances their ability to express themselves clearly and
confidently in social interactions. The article highlights the educational role of handwriting
lessons at school, ways to instill a culture of writing in the younger generation, and how this
process affects societal development.

Keywords:

neat handwriting, students, social importance, writing culture, school,

aesthetic education, thinking skills.

Аннотация:

В данной статье рассматривается не только образовательное, но и

социальное значение обучения школьников красивому почерку. Аккуратный почерк
способствует развитию мышления ребёнка, формированию эстетического вкуса и
укреплению уверенности в самовыражении в социальной среде. В статье
подчёркивается воспитательная роль уроков письма в школе, пути формирования
культуры письма у молодёжи и влияние этого процесса на развитие общества.

Ключевые слова:

красивый почерк, учащиеся, социальная значимость, культура

письма, школа, эстетическое воспитание, мышление.


Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish, yosh avlodni har tomonlama

yetuk, intellektual salohiyatli va estetik dunyoqarashga ega insonlar etib tarbiyalash davlat
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Prezidentimizning 2019-yil 29-apreldagi
"O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini "Ilm-
ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi
to‘g‘risida"gi qarorida ham ta’limda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, o‘quvchilarning
savodxonligi va tafakkur darajasini oshirish zarurligi alohida ta’kidlangan.

Mazkur jarayonda o‘quvchilarning chiroyli yozuvga o‘rgatilishi, ularning yozuv

madaniyati va estetik tarbiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chiroyli yozuv
bolalarning nutq madaniyati, fikrini izchil ifoda etish ko‘nikmasini rivojlantirib, ularning
jamiyatdagi faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu bois, maktab ta’limida yozuv


background image

`

83

darslari nafaqat savod o‘rgatish, balki shaxsni ijtimoiy hayotga tayyorlash vositasi sifatida ham
ko‘rilmoqda.

Aslida ta’lim-tarbiya bolaning sog’lom, har tomonlama kamol topishi, shakllanishini

ta’minlaydi, unda o’qishga intilish hissini uyg’otadi, muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi.
O’quvchilarda chiroyli yozuv malakalarini hosil qilish uchun, birinchi navbatda diqqat, sezgi,
idrok etish, xotira kabi psixofiziologik

funksiyalar ishtirok etganligini ko’ramiz. Bu bog’lanishlar miyada mustahkamlanadi va

saqlanib qoladi. Bu hol o’quvchiga idrok etgan va sezgan narsalarini xotiraga muhrlash
imkonini beradi. Masalan, o’quvchilarning o’qituvchi bayon qilayotgan harflar shaklini qanday
yozayotganliklarini tahlil qilib ko’raylik. Bu jarayonni uning asosiy xarakteriga ko’ra, idrok
etish jarayoni deb atash mumkin. Biroq bu idrokning aniq va ravshan bo’lishi uchun o’quvchi
o’z irodasini ishga soladi, diqqatini harflarning shaklini to’g’ri ifodalashga jalb qiladi.

Yozayotgan so’z yoki gapning mazmunini tushunmasdan, harflarning shaklini bilmasdan

ularni idrok etib bo’lmaydi. Yozish jarayoni ko’rish va eshitish sezgilari orqali idrok qilinadi.
Idrok etilishi lozim bo’lgan materialni tartibga solish, o’rganiladigan manba yoki uning tasvirini
yaqqol ko’rsatish, bayonning yaqqol va izchil bo’lishi, sinf doskasiga hamma o’quvchi ko’ra
oladigan qilib chiroyli yozish idrok etishning muvaffaqiyatli chiqishini ta’minlaydigan
omillardandir.

Birinchi sinfda yozuv mashqlarini tashkil etish birmuncha murakkab bo’lib, u bir necha

davrlarga bo’linadi va bir necha xil vazifalarni o’z ichiga oladi. Bolalar o’qituvchining
ko’rsatmasiga asosan, doskaga yozgan harf va so’zlarni ko’rib boradilar, so’z va bo’g’inlarni
tahlil qiladilar, nuqtachalar bilan ifodalangan harflarning ustidan bo’yaydilar. O’quvchilarni
yozdirishga o’rgatishdan avval to’g’ri o’tirish qoidalarini tushuntirib berish shart. Shu bilan
birga o’qituvchi butun dars davomida o’quvchilarga to’g’ri o’tirish qoidalarini eslatib turishi
lozim.

O’quvchilarda chiroyli, aniq va toza yozishga qiziqish uyg’otish birinchi navbatda

o’qituvchiga bog’liq. Shunday ekan, har bir o’quvchini chiroyli yozuvga o’rgatish, yozuv
malakalarini shakllantirish biz boshlang’ich sinf o’qituvchilarining zimmasidagi yuksak
vazifadir. Chunki, husnixat ham bir san’at aslida.

Inson o’z fikrini boshqa kishilarga og’zaki va yozma shaklda yetkazish mumkin. Nutqning

bu shaklining o’xshash va farqli tomonlari mavjud bo’lib ular o’z o’rnida afzalliklarga ega.
Og’zaki nutq tovush chiqarib aytiladi va eshitish uchun mo’ljallanadi. U kishilarning nutq
jarayoni vaqtidagi aloqa vositasi bo’lib xizmat qiladi. Yozma nutq esa tosh, yog’och, teri, metall,
qog’oz kabilarga ko’rish asosida idrok qilinadigan doimiy belgilar orqali yozib qo’yiladi. Yozuv
kishilarning o’zaro fikr almashishi va bilimlarning egallashning qudratli vositasi hisoblanadi.
Yozma nutq avlodlarni bir-biriga bog’laydi, uzoq saqlanadi.

Yozuv tufayli kishi fikr, insoniyat qo’lga kiritgan bilimlar avloddan-avlodga yetib boradi,

abadiy yashaydi.

Namunaga qarab yozish usuli.

Chiroyli yozuvga o’rgatishning eng asosiy usullaridan

biri harflarning shaklini namuna qilib ko’rsatish va yozdirishdir. Har bir harf namunasi doskaga
barcha o’quvchilarning diqqatini jalb qilgan holda yoki ayrim o’quvchilarga daftarga alohida -
alohida ko’rsatib berilishi lozim. O’quvchining vazifasi esa doskaga eslab qolgan shakllarni harf,
bo’g’in, so’zlar o’z daftarlarida to’g’ri aks ettirishdir.


background image

`

84

Nusxa ko’chirish usuli .

Bu metodni harf shaklini to’g’ri tasavvur eta olmagan, yozishda

daftar chiziqlaridan pastga tushib yoki chiqib ketadigan o’quvchilar uchun qo’llash mumkin.
Masalan, bir o’quvchi katta A harfini yozishda xatoga yo’l qo’ygan bo’lsa, o’qituvchi ularni
nuqtalar bilan ifodalab daftarga qalamdan yozib ko’rsatadi, o’quvchi esa uning ustidan siyoh
bilan yurgizib chiqadi. Bu usul o’quvchining shu bilim haqidagi tasavvurini kengroq
shakllantiradi. Bu usulning ijobiy jihatlari bilan birga salbiy jihatlari ham bor. Bunday mashqlar
faqat qo’l harakatini o’stirish uchun yordam beradi xolos. Uzoq muddat bunday usulda yozgan
bolalar harflarning shaklini mustaqil yoki namunaga qarab yozishda qiynaladilar.

Tassavvur orqali yozish usuli.

Yuqorida ko’rsatib o’tilgan usullar bilan bir qatorda ,

bolalarda tasavvur qilish orqali havoda harflarning shaklini yozdirib mashq qildiriladi.
O’qituvchi doskaga yozib ko’rsatgan harf yoki bog’lanishlarni , o’quvchilarga qanday qilib
yozishni , ruchkani havoda harakatini ko’rsatib, o’quvchilar tasavvur hosil qilganlaridan so’ng
daftarga yozishga ruxsat etadi. Bunday mashqlar o’quvchilarning qiziqishlarini o’stiradi hamda
jismoniy mashqlarini ham bajarish imkonini beradi.

Bugungi kunda ta’lim tizimida o‘quvchilarning nafaqat bilim olishi, balki ularning estetik

didini, madaniyati va jamiyatda to‘laqonli ishtirokini shakllantirish ham dolzarb masalalardan
biri hisoblanadi. Chiroyli yozuv — bu o‘quvchining nafaqat yozuv texnikasini o‘zlashtirishi,
balki uning fikrlash darajasi, diqqat, xotira, estetik did va mas’uliyat hissining shakllanishiga
xizmat qiluvchi muhim vositadir.

O‘quvchilarni chiroyli yozuvga o‘rgatish orqali ularning nutq madaniyati yuksaladi, o‘z

fikrini aniq, izchil va tushunarli ifoda etish ko‘nikmalari mustahkamlanadi. Bu esa ularning
ijtimoiy muhitda faol, madaniyatli va bilimli shaxs sifatida shakllanishiga zamin yaratadi.
Ayniqsa, maktab ta’limining ilk bosqichlarida husnixat darslariga beriladigan e’tibor bolaning
butun hayoti davomida qo‘l keladigan zaruriy ko‘nikmalarni shakllantiradi.

Shu bois, o‘quvchilarni chiroyli yozuvga o‘rgatish — bu faqat didaktik vazifa emas, balki

shaxs tarbiyasining, madaniy va ijtimoiy barkamollikning muhim omillaridan biri sifatida
qaralishi zarur.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvardagi Oliy

Majlisga Murojaatnomasi.

http://uza.uz

2.

Azimov Y.Y., Qo‘ldoshev R.A. (2017).

Husnixatga o‘rgatishning amaliy asoslari

. Toshkent:

Turon Zamin Ziyo.
3.

Safarova R., Inoyatova M., Shokirova M., Shermamatova L. (2021).

Alifbe

(qayta ishlangan

16-nashr). Toshkent: Respublika ta’lim markazi.
4.

Muratova X. (2022). O‘quvchilarda chiroyli yozish ko‘nikmalarini shakllantirish.

Maktabgacha ta’lim jurnali

, (3).

5.

Qobilova S.A. (2024). Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish usullari.

Pedagogik jihatlari

respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari.
6.

Axmadullin Shamil Tagirovich. (2023).

Kursiv yozuv: Bolani tez va chiroyli yozishga qanday


background image

`

85

o‘rgatish kerak

. Toshkent: Shaxsiy nashr.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. http://uza.uz

Azimov Y.Y., Qo‘ldoshev R.A. (2017). Husnixatga o‘rgatishning amaliy asoslari. Toshkent: Turon Zamin Ziyo.

Safarova R., Inoyatova M., Shokirova M., Shermamatova L. (2021). Alifbe (qayta ishlangan 16-nashr). Toshkent: Respublika ta’lim markazi.

Muratova X. (2022). O‘quvchilarda chiroyli yozish ko‘nikmalarini shakllantirish. Maktabgacha ta’lim jurnali, (3).

Qobilova S.A. (2024). Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish usullari. Pedagogik jihatlari respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari.

Axmadullin Shamil Tagirovich. (2023). Kursiv yozuv: Bolani tez va chiroyli yozishga qanday o‘rgatish kerak. Toshkent: Shaxsiy nashr.