MULOQOT IJTIMOIY VA SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING IFODASI SIFATIDA

Abstract

Ushbu maqolada shaxslararo munosabatlarda muloqot madaniyati, uning inson hayoti va faoliyatidagi muhim sharti sifatida e’tibor berilib, muloqotning psixologik tizimi, muloqot davomida o‘zaro ta’sirlar, kundalik ijtimoiy hayotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
7-11
17

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Sattorova , D. ., & Nurulloyev, T. . (2025). MULOQOT IJTIMOIY VA SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING IFODASI SIFATIDA. Science and Technology in the Modern World, 4(13), 7–11. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/98540
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada shaxslararo munosabatlarda muloqot madaniyati, uning inson hayoti va faoliyatidagi muhim sharti sifatida e’tibor berilib, muloqotning psixologik tizimi, muloqot davomida o‘zaro ta’sirlar, kundalik ijtimoiy hayotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.


background image

`

7

MULOQOT IJTIMOIY VA SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING IFODASI

SIFATIDA

Sattorova Dilfuza Erkinbayevna

Renessans ta’lim universiteti o’qituvchisi

Toxir Nutfulloyevich Nurulloyev

Renessans ta’lim universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15543957

Annotatsiya:

Ushbu maqolada shaxslararo munosabatlarda muloqot madaniyati, uning

inson hayoti va faoliyatidagi muhim sharti sifatida e’tibor berilib, muloqotning psixologik
tizimi, muloqot davomida o‘zaro ta’sirlar, kundalik ijtimoiy hayotda muloqot va shaxslararo
munosabatlar muammosi muhim ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so’zlar:

Muloqot, muloqot texnikasi, perseptiv, shaxslararo munosabat, aloqa

o‘rnatish, o‘zaro ta’sir, raqobat, murosa, muloqotning psixologik tizimi, ta’sir, verbal ta’sir,
noverbal ta’sir.


Rivojlanib borayotgan jamiyatimizda sog‘lom avlodni, komil insonlarni voyaga yetkazish

masalasiga katta e’tibor berilmoqda. Komil insonning muhim sifatlaridan biri muloqot
madaniyatidir. Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot
yordamida insonlar tabiatni o‘zlashtirish va o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda
harakat qilish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.

Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi

muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muloqot va uning asosiy xususiyatlari, samarali muloqotning
psixologik aspektlari, muloqotga o‘rgatishga oid psixologik mashqlar, samarali muloqotning
psixologik vositalarini o‘rganish ishbilarmonlik faoliyatida asosiy o‘rinni egallamoqda.
Muloqot psixologiyasi fani muloqotning yuqorida keltirilgan va boshqa jihatlarini nazariy va
amaliy jihatdan chuqur o‘rganishga yordam beradi. Shuningdekq, talabalarda muloqot
psixologiyasi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Muloqot faqat insonlarga xos bo‘lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir -

birlariga nimanidir aytish istagi tug‘iladi.

Muloqot - odamlar o‘rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan

bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir. Muloqot (munosabat) birgalikda
faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida axborot ayirboshlashni o‘z ichiga oladi. Bunda
munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda,
avvalo, tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning
o‘zaro birgalikdagi harakati - nutq jarayonida faqat so‘zlar bilan emas, balki harakatlar bilan
ham ayirboshlashdan iborat. Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniqtirsa imo-
ishora bilan muloqotda bo‘lamiz. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning
bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan avval
uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bo‘lamiz. Demak, muloqot jarayonida
kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o‘zaro birgalikda harakat qilish) va perseptiv
(o‘zaro birgalikda) idrok etish amalga oshiriladi.

Muloqot psixologiyasi psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan bog‘lik holda rivojlanadi.

Jumladan, pedagogik psixologiya bilan uzviy bog‘liq. Pedagogik muloqotda ta’lim
psixologiyasi, tarbiyaning psixologik asoslari, o‘qituvchi va talaba munosabatlari, o‘qituvchi


background image

`

8

psixologiyasi, ta’lim muassasasida ta’lim - tarbiya jarayonlarini boshqarish muhim o‘rinni
egallaydi. Ijtimoiy psixologiya turli ijtimoiy guruhlar, jamoaning psixik namoyon bo‘lishi, katta
guruhlar - jamoalarning kayfiyati, tafakkuri, raqobati kabilarni o‘rganadi. Bu masalalarni hal
qilishda muloqot psixologiyasi katta ahamiyatga ega. Boshqaruvda rahbarlarda nutq
qobiliyatining rivojlanishi, shuningdek, xodimlar bilan til topa olish uchun muloqot
psixologiyasini bilish zarur. Siyosatchilarda notiqlik mahorati shakllangan bo‘lishi kerak,
bunda ularga muloqot psixologiyasini yaxshi bilishlari yaqindan yordam beradi.

Muloqot psixologiyasining asosiy vazifalari quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:

1.

Hamkorlikdagi faoliyat jarayonida shaxslararo o‘zaro ta’sir va muloqot qonuniyatlarini

o‘rganish;
2.

Sharq allomalarining muloqot haqidagi qarashlarini tahlil qilish;

3.

Talabani faollikka undovchi muomalaviy imkoniyatlari mavjudligini ta’kidlab o‘tish;

4.

Talabalarda kasbiy layoqatni faollashtirishga qaratilgan muloqotni shakllantirish;

5.

O‘zaro ta’sir etishning ayrim oqibatlarini hisobga olish.

Biz bo‘lajak mutaxassislar o‘zimizda quyidagi muomala xususiyatlarini shakllantirishimiz
zarur:

-

muomala madaniyatining nazariy asoslarini;

-

shaxslararo munosabatlar qonuniyatlarini;

-

oilada, guruh va jamoalarda muloqotga qo‘yiladigan asosiy talablar haqida tasavvurga

ega bo‘lishi kerak;

-

shaxsda muloqot shakllanishini o‘rganish;

-

muomala madaniyatini barcha guruh va jamoalarda shakllantirish;

-

shaxslararo munosabatlarda muloqotning ahamiyatini kuzatish;

-

muloqot sirlarini bilishi va qo‘llay olishni;

-

guruhlarda muloqotni shakllantirish metodikalarini o‘tkazish;

-

oilada muloqot madaniyati, muloqot sirlaridan boxabar bo‘lish;

-

muloqot madaniyatini shakllantirish maqsadida psixologik maslahatlar tashkil etish

yuzasidan ko‘nikmalar hosil qilish.
Muloqotga kirisha olmaslikning asosiy sababi bu o‘zini - o‘zi ortiqcha yoki past baholash
tufayli o‘ziga va uni qurshab turgan odamlarga noto‘g‘ri munosabatdir. Buning oldini olish
imkoniyatlari mavjud bo‘lib, asosan quyidagilarga ahamiyat berish ijobiy samaralar sari
yetaklaydi:

-

hamkorlik faoliyatida, muloqotlar tizimi orqali muloqot jarayonining barcha a’zolari

o‘rtasida insonparvarlik munosabatlarini tashkil qilish, emotsional muhitni taqqoslash
imkoniyatini yuzaga keltirish.

-

muloqotda ichki munosabatlar tizimida har bir a’zoning qulay pozitsiyasini ta’minlashga

qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.

-

insonning muloqot xususiyatlari, maromi, usullari, shakllari to‘g‘risidagi axborotni

egallashga oid maxsus mashg‘ulotlarni uyushtirish.

-

shaxslararo munosabatlar va muloqot usullariga mo‘ljallangan ishbilarmonlik o‘yinlari,

psixodrama, trening tizimini yaratish.

Inson o‘zini idora qilish, turli vaziyatlarda o‘zini tutish fazilatlari o‘zlashtirilayotgan

davrda ba’zi bir qoidalarga rioya qilsa, hamkorlik fazilatida ma’lum yutuqlarga erishadi.


background image

`

9

Ijtimoiy hodisalarning tashqi voqea bo‘lishi nafakat ichki ruhiy holat va uning

mazmunini aks ettiribgina qolmay, balki ikki tomonlama aloka tufayli mazkur jarayon yuzaga
keladi. Ixtiyoriy, faol diqqatning tashki obyektlarga yo‘naltirilganligi va to‘planganligi turli
omillar ta’siri tufayli samaradorlik darajasini pasaytiradi, asabiy holat ishchanlikni kamaytirib
muloqot maromiga putur yetkazadi.

Inson o‘zini erkin, ozod, bemalol his etish xislatini o‘zlashtirish uchun jismoniy keskinlik,

asabiy taranglik, aqliy zo‘riqish orqali ko‘zlangan maqsadiga yetishi mumkin.

Muloqot jarayoni o‘ziga xos ravishda murakkab bo‘lib, bunda uch xil bosqich mavjud.
Dastlabki bosqich - odamning o‘z-o‘zi bilan muloqotidir. T.Shibutani «Ijtimoiy

psixologiya» darsligida: «Agar odam ozgina bo‘lsa ham o‘zini anglasa, demak, u o‘z-o‘ziga
ko‘rsatmalar bera oladi» - deb to‘gri yozgan edi. Odamning o‘z-o‘zi bilan muloqoti aslida uning
boshqalar bilan muloqotining xarakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o‘z-o‘zi bilan
muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o‘zini chetga tortib, tortinib yursa, demak u
boshqalar bilan suhbatlashishda, til topishishda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechiradi,
deyish mumkin. Demak, boshqalar bilan muloqot - muloqotning ikkinchi bosqichidir.

Muloqotning shartli uch tomonini ajratish mumkin: kommunikativ (axborot berish),

interaktiv (o‘zaro ta’sir) va perseptiv (o‘zaro idrok qilish). Muloqotning bu uch tomonining
birligi muomalaga kirishuvchi kishilarning o‘zaro munosabati va hamkorlikdagi faoliyatining
tashkil etish usuli sifatida namoyon bo‘ladi.

Muloqotning o‘zaro birgalikda harakat qilish va faoliyat ko‘rsatish jarayonida odamlarni

birlashtiradigan umumiy narsa ishlab chiqarish tarzida tushunilishi ana shu umumiy narsa,
avvalo, muloqot vositasi sifatidagi tildan iborat ekanligini bildiradi. Til muloqotga
kirishuvchilar o‘rtasida aloqa bog‘lanishini ta’minlaydi. Uni bu maqsad uchun tanlangan
so‘zlar mohiyatiga ko‘ra kodlashtirgan holda axborotni ma’lum qilayotgan kishi ham, bu
mohiyatning kodini ochgan, ya’ni uning ma’nosini oshkor etgan va ana shu axborot asosida o‘z
xulq - atvorini o‘zgartirgan holda bu axborotni qabul qilayotgan kishi ham tushunadi.

Hamkorlikdagi faoliyatda zaruriyat tufayli inson boshqa kishilar bilan birlashishi, ular

bilan munosabatga kirishishi, aloqa o‘rnatishi, o‘zaro tushunishga erishishi va kerakli
axborotni olishi, shunga mos javobni berishi kerak. Bunda muloqot faoliyatning bir tomoni,
uning axborot aspekti - kommunikatsiya sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq predmet yasash bilan
birga inson o‘zi yasagan predmetda o‘zini

“translyatsiya ”

qiladi, ya’ni o‘zini boshqalarda

davom ettiradi. Hosil qilingan predmet (qurilgan bino, yozilgan qatorlar, o‘tkazilgan daraxt)
bir tomonidan faoliyat predmeti, ikkinchi tomondan inson o‘zini ko‘rsatadigan vositadir.
Chunki bu boshqa kishilar uchun hosil qilingan.

Muloqotning perseptiv jihati

- bu kishining kishi tomonidan idrok etilishi, tushunilishi va

baholanishi demakdir.

Muloqot jarayonida kamida ikki kishi ishtirok etadi. Kishining kiyofasi, xatti - harakati

asosida suhbatdosh haqida tasavvur hosil qilinadi. Bir-birini idrok qilishda quyidagi
mexanizmlar g‘oyat muhimdir:

a)

identifikatsiya;

b)

refleksiya;

v)

kauzal atributsiya;

g)

stereotipizatsiya


background image

`

10

Identifikatsiya so‘zining ma’nosi lotinchadan olingan bo‘lib, “tenglashtirish”, “aynan

o‘xshatish”, bir kishining ikkinchi kishini uning ta’rifini subyektning o‘z ta’rifiga anglanilgan
yoki anglanilmagan tarzda o‘xshatilishi orqali tushunish usulidir. Odamlar o‘zaro birgalikda
harakat qilish vaziyatlarida boshqa kishini o‘zining o‘rniga qo‘yib ko‘rishga uringan holda
uning ichki holati, niyatlari, uy-fikrlari, mayllari va his-tuyg‘ulari haqida taxmin qiladilar.

Refleksiya

— (lotincha aks ettirish) - o‘z fikr va kechinmalarini tahlil qilib mulohaza

yuritish, ya’ni muloqotga kirishuvchining suhbatdosh uni qanday idrok etayotganligini
anglash.

Kauzal atributsiya-

boshqa kishining xatti-harakatlari sababini his - tuyg‘ularni,

niyatlarni, uy-fikrlarni va xulq-atvor motivlarini unga to‘nkash yo‘li bilan tushuntirish bo‘lib,
lotincha “saisa”-sabab va “atributto” - in’om etaman degan ma’noni bildiradi.

Stereotipizatsiya

— grekcha o‘zgarishsiz, takrorlanish degan ma’noni bildiradi.

Stereotipga mos ma’lum yoki taxminan ma’lum bo‘lgan voqealarni tiklash, nisbat berish yuli
bilan xulq normalarini tasniflash va ularning sabablarini izoxlash demakdir.

Psixologik ta’sir bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-

harakatlariga ta’sir ko‘rsata olishdir. Psixologik ta’sirning uch vositasi ajratiladi:

Verbal ta’sir - bu so‘z va nutqimiz orqali ko‘rsatiladigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy

vositalar so‘zlar hisoblanadi. Nutq so‘zlashuv o‘zaro muloqot jarayoni bo‘lib, uning vositasi
so‘zlar hisoblanadi.

Paralingvistik ta’sir - bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi,

bezovchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda
ifodalanayotganligi, tovushlar, to‘xtashlar, duduqlanish, yo‘tal, til bilan amalga oshiriladigan
harakatlar, nidolar kiradi.

Noverbal ta’sirning ma’nosi “nutqsiz”dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga

nisbatan tutgan o‘rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika,
qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (
shovqin, hidlar ) kiradi.

Muloqotning qanday kechishi va kimning ko‘proq ta’sirga ega bo‘lishi sheriklarning

rollariga bog‘liq. Ta’sirning tashabbuskorida ataylab ta’sir ko‘rsatish maqsadi bo‘ladi va u bu
maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydalanadi.
Masalan, rahbar xodimini unga ishi tushib chaqirsa, xodimini o‘rnidan turib kutib oladi, quyuq
so‘rashadi, keyin maqsadga o‘tadi. Ta’sirning adresati-ta’sir yo‘naltirilgan shaxs.

Professor V.Karimovaning fikricha, professional tinglash texnikasiga quyidagilar kiradi:
Aktiv holat. Bu-tinglayotganda yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan tashqari

joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash bilan unga qiziqishni bildirish;

Suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish . Bu nafaqat suhbatdoshni o‘ziga jalb qilib, balki

keyin navbat kelganda o‘zining har bir so‘ziga uni ham ko‘ndirishning samarali yo‘lidir.

O‘ychan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas’uliyat bilan

tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali o‘zingizning suhbatdan manfaatdorligingizni
bildirish yo‘li.

Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy psixologiyada kishilarni samarali muloqotga ataylab

o‘rgatishga katta e’tibor beriladi. Buning o‘z uslubi bo‘lib, uning nomi ijtimoiy psixologik
trening deyiladi. IPT kishilarni muloqot jarayoniga psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur


background image

`

11

kommunikativ malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirishdir. Eng
muhimi IPT mobaynida kishilarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

G‘oziev E. Muomala psixologiyasi. Toshkent, 2001.

2.

G‘oziev E. Umumiy psixologiya. Toshkent, 2002.

3.

G‘oziev E. Psixologiya. Toshkent, «O‘qituvchi», 2003.

4.

Davletshin M.G. Umumiy psixologiya. Toshkent, ToshDPU, 2002.

5.

Karimova V. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot. Toshkent, 1989.

6.

Psixoanaliz asoslar. «O‘zbekiston», tuzuvchi M.Otajonov, 2005.

7.

Maksudova M. Muloqot psixologiyasi. Toshkent, 2006.

8.

Karimova V. Psixologiya. Toshkent, 2000.

References

G‘oziev E. Muomala psixologiyasi. Toshkent, 2001.

G‘oziev E. Umumiy psixologiya. Toshkent, 2002.

G‘oziev E. Psixologiya. Toshkent, «O‘qituvchi», 2003.

Davletshin M.G. Umumiy psixologiya. Toshkent, ToshDPU, 2002.

Karimova V. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot. Toshkent, 1989.

Psixoanaliz asoslar. «O‘zbekiston», tuzuvchi M.Otajonov, 2005.

Maksudova M. Muloqot psixologiyasi. Toshkent, 2006.

Karimova V. Psixologiya. Toshkent, 2000.