`
99
O‘SMIRLARDA AGRESSIVLIK NAMOYON BO‘LISHINING PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI
Nigora Po‘latova
Renessans ta’lim universiteti katta o’qituvchisi
Toxir Nurulloyev
Renessans ta’lim universiteti talabasi
muinton@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.15736177
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘smirlarda uchraydiga agressivlik namoyon bo‘lishining
psixologik xususiyatlari, agressiyaning tug‘ma, biologik tabiatga egaligi to‘g‘risidagi fikrlar
xilma xilligi, jismoniy agressiya, bilvosita agressiya, jahldorlik, salbiy munosabatlar
(negativizm) xulq, alamzadalik, shubhalanuvchanlik, verbal agressiya, aybdorlik hissi kabi
tushunchalar haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
agressiya, psixoanaliz, kognitiv nazariya, evolyutsion, frustratsion
yondashuv, negativism, verbal agressiya.
Agressiya yoki kishilar o‘rtasidagi kelishmovchilik oqibatida kelib chiqadigan vajohat
holati – bu shunday yo‘nalishki, unga oid xulosalar nafaqat psixologlarni, balki sotsiologlar,
huquqshunoslar, pedagoglar, faylasuflar, ijtimoiy soha xodimlari, turli bo‘g‘in rahbarlarining
barchasini qiziqtiradi. Zero, inson tabiati va uning boshqa insonlarga bog‘liq jihatlarini
o‘rganish uchun xulqning aynan shu tomonini ham o‘rganish, bilish va boshqara olish kerak.
Amerikalik olimlar Robert Beron va Debora Richardsonlarning 2000 yilda Sankt-
Peterburgda rus tilida nashr etilgan “agressiya” nomli kitoblarida ham agressiv xulqqa
nisbatan yangicha yondashuv bayon etilgan. Xususan, kitobda agressiv xulqqa taalluqli
bo‘lgan asosiy nazariyalardagi (psixoanaliz, kognitiv nazariya, evolyutsion, frustratsion
yondashuv va boshqalar) fikrlar keltirilganki, mualliflar ularni xulosalab, bunday xulqning
aynan biologikdan ham ko‘ra, ijtimoiy tabiati borligini ta’kidlaganlar.
Zigmund Freydning instinktlar to‘g‘risidagi nazariyasida ta’kidlangan agressiyaning
tug‘ma, biologik tabiatga egaligi to‘g‘risidagi fikridan farqli o‘laroq, oxirgi yillarda
o‘tkazilayotgan tadqiqotlar uning aynan bir insonning boshqa insonga munosabatidan, uning
o‘ziga nisbatan qarashlarining ongida aks ettirishi va o‘zini turli xavf-xatardan asrashning
vositasi ekanligi fikrini isbotlamoqda. Aynan ijtimoiy ko‘nikmalar paydo bo‘lish jarayoni
doirasida qaralgan agressiyani boshqarish imkoniyati borligi amerikalik olimlar xulosalari
asosida yotadi.
Shu narsa alohida diqqatga sazovorki, agressiv xulq-atvorning kelib chiqishi va namoyon
bo‘lishida oila va oilaviy o‘zaro munosabatlar, tenqurlar guruhi hamda ommaviy axborot
vositarining roli katta ekanligi, ayniqsa, birinchi omil ta’sirchan ekanligi fikri yangi
tadqiqotlarda alohida o‘rin tutadi.
Odatda bolalar oilada ko‘rgan-kechirganlari, ota-onasining o‘rinli-noo‘rin tanbehlari,
ba’zan ularning agressiv munosabatlarining “qurbonlari” sifatida vajohatli bo‘lib borishadi.
Ya’ni, oilaviy hamjihatlik, to‘g‘ri tashkil etilgan o‘zaro muomala, tarbiya uslublari va
boshqaruv usullari agressiv harakatlarning oldini oluvchi, bartaraf etuvchi muhim shartlardir.
Olimlar o‘tkazilgan tadqiqotlardan ma’lumki, ota-ona o‘rtasida tez-tez nizolar,
kelishmovchiliklar chiqib turadigan, oiladagi bolalar o‘rtasidagi (aka-uka, opa-singil va
`
100
hokazo) nizolar odatiy bo‘lgan oilada tarbiyalangan bolada agressiyaga moyillik darajasi
yuqori bo‘ladi. Chunki ayniqsa kichik yoshli bola o‘zgalar o‘rtasida sodir bo‘layotgan nizolar va
janjallarga o‘ta sezgir va kuzatuvchan bo‘ladi. Shuning uchun ham oiladagi muomala
madaniyati, bola ongiga ilk yoshlikdan singdiriladigan muloqatga oid qadriyatlar uning
kelajakda o‘zgalar bilan bo‘ladigan munosabatlarini ijobiylashtiradi.
Bolalardagi agressiyaning vujudga kelishi bo‘yicha xorij tadqiqotchilari bolada agressiv
xulq-atvorni belgilovchi ikki asosiy omilni ochib beradilar: kechirimlilik (kechirimlilik
deganda ota-onalarning bolalarning barcha xatti - harakatlarini kechirishga moyilliklari,
bolani tushunish va qabul qilishlari nazarda tutiladi) va bolaning agressiv xatti - harakatlari
uchun ota-onalar tomonidan qattiq jazo qo‘llanilishi. Birinchi omil ta’siri xususida aksariyat
olimlar qarashlarida hamjihatlik kuzatiladi.
Masalan, G. Eberleyn agressivlikni “mehr va e’tibortalab bolaning tushkunligi” deb
ta’riflaydi.
Aksil ijtimoiy xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi omil sifatida agressivlikni M. Ratter
boshqacha nuqtayi nazardan ko‘zdan kechiradi: agressivlikni oiladagi og‘ir sharoitlar,
ko‘pbolalilik, maktab bilimlarini o‘zlashtirmaslik, oila va maktabdagi ta’lim va tarbiya
uslublari kabi boshqa omillar bilan mushtarakligini ta’kidlaydi . “Turli yoshdagi bolalarda
agressiv xulq-atvor namoyon bo‘lishi” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi doirasida kichik va
katta yoshdagi o‘smirlarning agressivligi hamda gender tafovutlari o‘rganildi.
Bular ichida A. Bass – A. Darkining “agressivlikni o‘rganish” so‘rovnomasi agressiya
muammosini atroflicha, chuqur o‘rganishga yordam berdi. A. Bass va A. Darki o‘z
so‘rovnomalarini tuzishda agressiv reaksiyalarning turli shakllarini inobatga olishga qaror
qildilar. A. Bass, “frustratsiya-agressiya” farazining xulqqa doir jihatini afzal ko’rib, ikkita
reaksiyani farqlashni taklif qildi: “agressiya” atamasi bilan belgilovchi aniq shaxslarga
nisbatan faol tashqi namoyon bo’luvchi reaksiya va “dushmanlik” deb nomlanuvchi, shaxsning
tevarak-atrofdagilarga nisbatan negativ, ishonchsizlik pozitsiyasini egallashi.
Savollarni tuzishda A. Bass va A. Darkilar quyidagi tamoyillarga asoslangan:
1. Savol faqatgina agressiyaning bitta shakliga tegishli bo‘lishi.
2. Savollar shunday tuzilganki, jamiyat tomonidan ma’qullanish yoki ma’qullanmaslik
ta’siri kamaytirilgan.
Bunga uchta usul orqali erishiladi:
A) javob mazmunida jamiyat tomonidan ma’qullanmaganlik holati (masalan, o‘zini
yo‘qotib qo‘yish) ro‘y berib, faqatgina uni aks ettirish usuli ko‘rsatilishi haqida gap ketishi,
xulq-atvorni ta’riflashga urg‘u berilishi va uning sabablarini baholashdan yiroqlashish
taxminini o‘z ichiga oladi;
B) savollar shunday tuziladiki, ta’riflanayotgan agressiv xulq-atvorni yoqlashga imkon
qolsin;
V) odamlar tomonidan o‘z ichki holati va xulq-atvorini ta’riflashda ko‘pincha
qo‘llaydigan odatiy so‘zlashuv iboralari, qoliplardan foydalaniladi.
Bass-Darki metodikasi sinaluvchilar uchun tipik xos bo‘lgan agressiv xulq-atvorning
shaklini aniqlashga yordam beradi. Mazkur metodikani qo‘llab, o‘smirlarning turli toifalarida
agressiya turli sifat va miqdoriy tavsifga egaligiga ishonch hosil qilish mumkin. Shu bilan birga
`
101
bu metodika bolalarning ma’lum bir yo‘nalishda harakatlanishga tayyorligi haqida ma’lumot
olishga imkon beradi.
Bundan tashqari, mazkur metodikadan foydalanish natijalari bolaning motivatsion
sohasi mazmuni haqida ba’zi bir xulosalar chiqarishga imkon beradi, shunday ekan, subekt
uchun odatiy javob qaytarish shakllaridan xulq-atvor usullarini tanlash real ta’sir etuvchi
mazmun hosil qiluvchi motivlar bilan bog‘liq. Mazkur metodika 75ta mulohazadan iborat
bo‘lib, respondentlarning javoblari maxsus kalit yordamida ishlab chiqiladi va kalitga, asosan,
sakkizta ko‘rsatkich bo‘yicha ma’lumotlar olinadi.
Bu ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat:
1. Jismoniy agressiya – boshqa bir shaxsga nisbatan jismoniy harakatlar qilish.
2. Bilvosita agressiya – to‘g‘ridan to‘g‘ri emas, boshqa yo‘llar bilan (chetdan, orqadan)
amalga oshiriladigan agressiya.
3. Jahldorlik – arzimagan bahona yoki sabab bilan ham salbiy hissiyotlarini ko‘rsatish
(qo’pollik, tez jahl chiqishi).
4. Salbiy munosabatlar (negativizm) xulq, odatda, biror-bir avtoritetga yoki rahbariyatga
yo‘naltirilgan bo‘ladi, bu xulq talab etilgan qonun va odatlarga qarshi agressiv passiv
qarshilikdan to faol kurashgacha o‘sishi mumkin.
5. Alamzadalik – atrofdagilarga hasad qilish va ulardan nafratlanish, arzimagan
ko‘ngilsizliklardan ranjish, g‘azablanish va “butun dunyoni ayblash”.
6. Shubhalanuvchanlik – atrofidagi insonlarga bo‘lgan ishonchsizlik va ehtiyotkorlik,
ularning fikricha, atrofdagilar ularga ataylab yomonlik qilishadi.
7. Verbal agressiya – negativ hissiyotlarini so‘z yordamida ifodalash, baqirish,
janjallashish, tahdid qilish, so‘kish, qarg‘ash.
8. Aybdorlik hissi – subekt o‘zining yomonligi, atrofidagilarga zarar keltirishi haqidagi
o’y-fikrlari hamda vijdonan qiynalish.
O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o‘zlarining layoqat,
qobiliyat va imkoniyatlarini ma’lum darajada o‘rtoqlari va o‘qituvchilariga ko‘rsatishga
intiladilar. Bu holatni oddiy ko‘zatish yo‘li bilan ham osongina ko‘rish mumkin.
O‘smirlik yoshiga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni o‘rgana turib, o‘smirlar
shaxsining shakllanib, rivojlanib, kamolotga erishish yo‘llarini va unga ta’sir etadigan biologik
va ijtimoiy omillarning bevosita ta’sirini tushunish mumkin. Bu davrda o‘smir baxtli bolalik
bilan xayrlashgan, lekin kattalar hayotida hali o‘z o‘rnini topa olmagan holatda bo‘ladi,
o‘smirlik davri «o‘tish davri», «krizis davr», «qiyin davr» kabi nomlarni olgan psixologik
ko‘rinishlari bilan xarakterlanadi. Chunki, bu yoshdagi o‘smirlarning hattiharakatida muqobil,
yangi sharoitlarda o‘z o‘rnini topa olmaganligidan psixik portlash hollari ham kuzatiladi.
O‘z davrida L.S.Vыgotskiy bunday holatni «psixik rivojlanishdagi krizis» deb nomlagan.
O‘smirlik yoshida ularning xulq-atvoriga xos bo‘lgan alohida xususiyatlarni jinsiy yetilishning
boshlanishi bilan izohlab bo‘lmaydi. Jinsiy yetilish o‘smir xulq-atvoriga asosiy biologik omil
sifatida ta’sir ko‘rsatib, bu ta’sir bevosita emas, balki ko‘proq bilvositadir. O‘smirlik davriga
ko‘pincha so‘zga kirmaslik, o‘jarlik, tajanglik, o‘z kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik
kabi xususiyatlar xos. Kattalarga nisbatan yovo‘z munosabatning paydo bo‘lishi, noxush xulq-
atvor alomatlari jinsiy yetilish tufayli paydo bo‘ladigan belgilar bo‘lmay, balki ular bilvosita
ta’sir ko‘rsatadigan, o‘smir yashaydigan ijtimoiy shart-sharoitlar vositasi orqali uning
`
102
tengdoshlari, turli jamoalardagi mavqei tufayli, kattalar bilan munosabati, maktab va
oilasidagi munosabatlari sababli yuzaga keladigan xarakter belgilaridir.
Ko‘pgina o‘smirlarda o‘zidan qoniqmaslik holati ko‘zatiladi. Shuningdek, o‘zi haqidaga
mavjud fikrlarning bugun unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelmayotganligi
o‘smirni asabiylashishiga olib keladi. Bu esa o‘smirda o‘zi haqida salbiy fikr va qo‘rquvni
yo‘zaga keltirishi mumkin. Ba’zi o‘smirlarni nima uchun atrofdagilar, kattalar, shuningdek,
ota-onasiga qarshi chiqayotganligini anglay olmayotganligi tashvishga soladi. Bu holat ularni
ichdan asabiylashishlariga sabab bo‘ladi va o‘smirlik davri krizisi deyiladi. O‘smirlik davrida
yetakchi faoliyat - bu o‘qish, muloqot hamda mehnat faoliyatidir, o‘smirlik davri muloqotining
asosiy vazifasi - bu do‘stlik, o‘rtoqlikdagi elementar normalarini aniqlash va egallashdir.
O‘smirlar muloqotining asosiy xususiyati shundan iboratki, u to‘la o‘rtoqlik kodeksiga
bo‘ysunadi. O‘smirlarning ota-onasi, kattalar bilan qiladigan muloqoti ularning katta
bo‘lganlik hissi asosida tuzilgan bo‘ladi. Ular kattalar tomonidan qilinadigan haqhuquqlarini
cheklashlariga, qarshilik va e’tirozlariga qattiq qayg‘uradilar. Lekin shunga qaramasdan, u
muloqotda kattalarning qo‘llab-quvvatlashlariga ehtiyoj sezadilar. Birgalikdagi faoliyat
o‘smirga kattalarni yaxshiroq tushunishlari uchun yordam beradi. O‘smir o‘zida bo‘layotgan
o‘zgarishlar, uni tashvishga solayotgan muammolar haqida kattalar bilan bo‘lishishga katta
ehtiyoj sezadi, lekin buni hech qachon birinchi bo‘lib o‘zi boshlamaydi.
O‘smir o‘ziga nisbatan yosh bolalardek qilinadigan muomala munosabatiga qattiq
norozilik bildiradi. O‘smirlar muloqoti nihoyatda o‘zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi,
o‘smirlik davriga kimningdir hatti-harakatini qilish xosdir. Ko‘pincha ular o‘zlariga tanish va
yoqadigan kattalarning hatti-harakatlariga taqlidchanlik qiladilar. Qayd etib o‘tilgan
yo‘nalganlik, albatta, kattalarning ham muloqot va munosabatida mavjud, lekin ular
kattalarnikidan o‘z emotsionalligi bilan farqlanadi. Tengdoshlari, shuningdek, sinfdoshlari
guruhida o‘smir o‘zining kelishuvchanlik xususiyati bilan namoyon bo‘ladi. O‘smir o‘z
guruhiga bog‘liq va qaram bo‘lgani holda shu guruhning umumiy fikriga qo‘shilishiga va uning
qarorini doimo bajarishga tayyor bo‘ladi. Guruh ko‘pincha o‘smirda «biz» hissining
shakllanishiga yordam beradi va uning ichki holatini mustahkamlaydi.
Inson shaxsining shakllanishida ijtimoiy muhit (shaxslararo munosabatlar, o‘zaro fikr
almashish, hamkorlik)ning ahamiyati juda katta. Inson hech qachon bir o‘zi jamiyatdan
ajralgan holda mukammal shaxs bo‘la olmaydi. U faqat odamlar orasida, jamiyatda
tarbiyalangandagina komil inson bo‘la olishi mumkin. O‘smirlik davri o‘z xususiyatiga ko‘ra
emotsional beqarorlik davri bo‘lganligi sababli bu davrdagi o‘zgarishlarning klinik formalari
turli xil xususiyat kasb etadi.
Adabiyotlar tahlili va o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga asoslangan holda o‘smirlarning
aksariyat qismida agressiv holat ko‘zatilib, bu holat ularning o‘zo‘ziga beradigan baholari
hamda individual psixologik xususiyatlari bilan ham bog‘liq degan fikrga kelish mumkin.
Bu jarayonni o‘rganib chiqish orqali biz quyidagi xulosalarga keldik:
- o‘smirlik davridagi eng asosiy ehtiyojlardan biri bo‘lgan qaramlikdan ozod bo‘lish
ehtiyojini tushunmaslik, o‘smirning mustaqilligini cheklab qo‘yish o‘zo‘ziga bo‘lgan ishonch
hissining susayishiga olib keladi;
`
103
- ota-onalar tamonidan bolaning faqat xato va kamchiliklariga urg‘u berilishi,
atrofdagilar tomonidan bolaning ko‘p tanqid qilinishi keyinchalik unda agressiv holat
shakllanishiga zamin yaratadi;
- shaxsda muloqotchanlikning yetarli darajada rivojlanmaganligi ularda agressiv holatini
yo‘zaga keltiruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi
Ushbu muammoni hal etish uchun o‘z vaqtida psixoprofilaktik, reabilitatsion va
psixokorreksion ishlar olib borilmasa, agresiv holatlar o‘smirlik davridan so‘ng ham yanada
avj olib, o‘z fikrini erkin bayon eta olmaslik, o‘ziga ishonchsizlik, o‘z imkoniyatlari va
qobiliyatlarini to‘liq namoyon eta olmaslik holatlarini vujudga keltiradi. Natijada insonda
sekin-asta xavotirlik va hadiksirash tuyg‘ulari kuchayib, turli psixik bo‘zilishlarga, nevrozga va
hatto suitsidal holatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
O‘smir yoshlarning, eng avvalo, shaxsning ijtimoiy faolligi, mehnat faoliyatida, ijtimoiy
tajribasida va ta’lim jarayonida namoyon bo‘ladi. Mazkur faollikdan uning mazmuni va
shaklan to‘zilishini farqlash mutlaqo zarur. Shaxs faolligining mazmundor tomoni uning
ijtimoiy xislatlarida o‘z ifodasini topadi, chunki bunda ijtimoiy ko‘rsatma, e’tiqodlar, ma’naviy
his-tuyg‘ular, qiziqishlar, dominantlik xususiyatini kasb etadi. O‘smir faolligining shakli
faoliyatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi ruhiy jarayonlar ichki, tashqi va anglashilgan
irodaviy hatti-harakat, intilish namoyon bo‘lishi orqali aniqlanadi.
Yoshlarning hayoti va faoliyatida, shuningdek, tarbiyasida asta-sekin ustuvor va
barqaror motivlar vujudga kela boshlaydi, ular shaxsning ijtimoiy shartlashgan yo‘nalganligi
va hayotiy pozitsiyasini qat’iy belgilash uchun xizmat qiladi. Aksariyat hollarda o‘smir
shaxsining ijtimoiy shartlashgan xususiyatlari uning irodaviy faolligi yo‘nalishini
gavdalantiradi. Ijtimoiy yo‘nalganlik shaxsning motivatsion-irodaviy xislati hisoblanishi sobit
qadamlikda o‘z ifodasini topadi. O‘quvchi shaxsining irodaviy jarayonlari, holatlari, hislatlari
faoliyatining motivlari va maqsadini amalga oshirishning o‘ziga xos usuli sifatida yo‘zaga
keladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
V.M. Karimova. Ijtimoiy psixologiya asoslari. Toshkent, 2021.
2.
J. Moreno. Sotsiometriya nazariyasi va amaliyoti.
3.
Bass A., Darki A. Tajovuzkorlikni baholash metodikasi.
4.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim to‘g‘risidagi qonunlari.
5.
Internet manbalar: www.psychology.uz, www.researchgate.net va boshqalar.
