`
14
BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASINING ISHLASH PRINTSIPI
Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
"Informatika va uni oʻqitish metodikasi" kafedrasi mudiri, ilmiy raxbar
Husanova Husniya Abdurahmon qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
"Matematika va informatika" yoʻnalishi 2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14500685
Annotatsiya:
Ushbu maqolada, blokchen texnologiyasi haqida asosiy tushunchalar,
blokcheyn texnologiyasining nazariy asoslari, blokcheyn texnologiyasining qo’llanilish sohalar,
blok zanjirlarini shakllantirish texnologiyasi, blok umumiy ko’rinishi, tranzaktsiyalar, blok
korpusishakllantirilishi, blokcheynga bo’ladigan kriptohujumlar tasnifi, butun dunyo
blokcheyn texnologiyasidan foydalanilganlik darajasi, blokcheyn texnologiyasining matematik
asosi va bir qancha masalalarning yechimlari keltirilgan.
Kalit so’zlar:
Blokcheyn texnologiyasi, bloklar zanjiri, blok korpusi, xesh funksiyalar,
kriptohujum, kredit tizimi.
Аннотация
: В этой статье представлены основные понятия технологии блокчейн,
теоретические основы технологии блокчейн, области применения технологии
блокчейн, технология формирования цепочки блоков, обзор блоков, транзакции,
формирование корпуса блоков, классификация криптоатак на блокчейн и
использование блокчейна. представлены технологии мирового уровня, математические
основы технологии блокчейн и решения ряда проблем.
Ключевые
: слова. Технология блокчейн, цепочка блоков, корпус блоков, хэш-
функции, криптоатака, кредитная система.
Abstract:
This article presents the basic concepts of blockchain technology, the
theoretical foundations of blockchain technology, areas of application of blockchain technology,
blockchain formation technology, block overview, transactions, block div formation,
classification of crypto attacks on blockchain, the level of use of blockchain technology
worldwide, the mathematical basis of blockchain technology and solutions to several problems.
Keywords:
Blockchain technology, blockchain, block div, hash functions, crypto attack,
credit system.
Hozirgi kunda, butun dunyoda blokcheyn texnologiyasi jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy va
hakazo sohalarida keng qo’llanilmoqda. Blokcheyn texnologiyasida axborot kommunikatsiya
texnologiyasida sohasida katta burilish yasadi. Bu burilishni internet yaratilishi bilan qiyoslash
mumkin. Jamiyat va undagi insonlar hayoti pul, ma’lumotlar va hujjatlar bilan bog’liqdir.
Shunga bog’liq holda biz pul, hujjat va axborotlarni beruvchi va ularni tekshirib haqiyqiyligini
kafolatlovchi, yozuvlarning haqiyqiyligini tekshiruvchi har hil turdagi vositachilar bilan
munosabatda bo'ladi.
Shuning uchun biz tarmoqdagi vositachiga ishonch bildirishga majbur bo’lamiz. Misol
uchun, hozirgi kunda bank haridorlarining mablag’lari haqidagi ma’lumotlari konfdentsialligini
ta’minlash, notarial idora xizmatchilarining noqonuniy shartnomalar tuzish kabi hatti –
harakatlarga urinishlar, davlat tashkilotlari va tijorat tashkilotlari xizmatchilarining o’z
manfaatlari yo’lida davlatga ziyon keltiruvchi hatti-harakatlarni amalga oshirishga urinishlari
`
15
korruptsiya, davlat mulkini talon taroj qilish kabi hakazo harakatlar amalga oshirilayotgani
hech birimizga sir emas.
Albatta bu kabi muammolarning chuqur ildiz otishi yurtimizning ijtimoiy, iqtisodiy,
siyosiy sohalarda rivojlanish bosqichlarida ortda qolishiga mamlakatimiz aholisining ko’pgina
qatlamlarida qashshoqlik, ocharchilik, ijtimoiy himoyasizlik kabi og’ir oqibatlarga olib keladi.
Albatta bu muammolarning yechishning mamlakatimizda aniq strategiyalari belgilangan.
Asosan, bu borada 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustivor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasida keng qamrovli vazifalar belgilab berilgan.
Albatta, harakatlar strategiyasining ustivor vazifalari bajarilayotgan holda mamlakatimizda
ko’pgina ijtimoiy iqtisdiy o’zgarishlar, yangilanishlar yuz bermoqda. Lekin, hozirgi kunda
axborot texnologiyalarining mamlakatimizning ko’pgina sohalariga qo’llanilishi, ko’pgina
davlat va molyaviy xizmatlarning masofaviy tizimlar yordamida bajarilishi, tizimlar orqali
molyaviy amallarni bajarishda vositachilardan foydalanilishi natijasida tizimlar xavfsizligiga
tahdidlar, tizimdagi ma’lumotlarning o’zgartirilishi ya’ni konfedentsialligi buzilishi kabi
ko’pgina muammolar kelib chiqmoqda.
Hozirgi kunda bu muammolarning yechimi sifatida ko’pgina va xavfsizlikni ta’minlash
maqsadida ko’pgina kriptografik algoritmlar va dasturiy vositalar taklif qilinmoqda. Ko’pgina
kriptografik algoritmlarda hisoblash masalasi murakkabligi va kriptoanalitiklar tomonidan
tahlil qilinishi natijasida algoritmlarga nisbatan shubhalar kelib chiqmoqda. Albatta bu
muammolarni yechish yangi zamonaviy konfedentsialligi va kriptomustahkamligi yuqori
bo’lgan kriptoalgoritm yoki himoya tizimi zarurligi ko’pchilik mutahasislar tomonidan
aytilmoqda. Bu turdagi masalalarni yechishda blokcheyn texnologiyasini qo’llash bo’yicha
ko’pgina mulohazalar keltirilmoqda. Endi, biz quyidagicha blokcheyn texnologiyasining
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalarga qo’llashning asosiy bosqichlarini ko’rib chiqamiz.
Blokcheyn – bu ixtiyoriy pedmet haqidagi ma’lumotlarni ochiq aloqa tarmog’I orqali
uzatuvchi yagona ishonchli texnologiya bo’lib hisoblanadi. Misol uchun, Blokcheyn
texnologiyasi orqali molyaviy ma’lumotlarni ishonchli saqlash mumkin. Kripto valyuta
tizimlarida blokcheyn texnologiyasi foydalanuvchilarning virtual pul mablag’larini ishonchli
saqlash va sarflash firibgarliklardan asrash imkoniyatini yaratadi. Shuning bilan bir qatorda
blokcheyn texnologiyasini qo’llagan holda abonentlar yoki tashkilotlarning mulkiy huquqlarini,
elektron shartnomalar, sog’liqni saqlash tizimidagi maxfiy ma’lumotlar (bemorlarning kasallik
varaqasi va shunga o’xshash maxfiy ma’lumotlar), farmaseftika sohasidagi ma’lumotlar (dori
darmon maxsulotlarining haqiyqiyligini ta’minlash maqsadida) va nikoh to’g’risidagi
ma’lumotlarning konfedentsialligini ta’minlashda keng qo’llaniladi. Umumiy aytganda, barcha
matnli va boshqa turdagi ma’lumotlarni blokcheyn zanjirlari bloklarida saqlash ma’umotlar
konfedentsialligini ta’minlashda katta imkoniyat yaratadi. Blokcheyn texnologiyasining boshqa
kriptoalgoritmlardan farqi shundan iboratki, blokcheyn bloklariga kiritilgan ochiq yoki maxfiy
axborotlarni o’zgartirish, o’g’irlash va shunga o’xshash kripto hujumlarni amalga oshirirsh
kriptoanalitiklarga yaxshi natija bermaydi. Bu deganimiz kriptoanalitiklar blokcheyn
zanjirlaridagi ma’lumotlarga ziyon keltirishi mumkin emas.
Blokcheyn tizimi.
Blokcheyn zanjirlaridagi barcha ma’lumotlar foydalanuvchilar
kompyuterlarida saqlanadi. Tizim foydalanuvchilari teng huquqli bo’lib, ular har hil turdagi
amallarni bajarishlari mumkin. Jumladan, tahdid va firibgarlik qilishga urinishlar bo’lishi
`
16
mumkin. Lekin blokcheyn tizimi markazlashtirilmaganligi sababli tizimda markaziy
administrator mavjud emas. Shundan yuqorida aytganimizdek barcha foydalanuvchilar o’z
bloklarini boshqaradilar va bloklardagi yozuvlarni yo’q qilish imkoniyatiga ham ega bo’ladilar.
Blokcheyn zanjirlaridagi ixtiyoriy foydalanuvchi o’z bloklarida yozuvlarni yaratadi va bu
yozuvlar bloklarga tarqata oladi, misol uchun, bloklarga «Tizimda X kalitga ega foydalanuvchiga
3 000 000 000 so’m miqdorda kredit ajratildi» yoki «Tizimda Y kalitga ega foydalanuvchining
5 000 000 000 so’m kredit qarzdorligi 100% miqdorda so’ndirildi» kabi muhim yozivlarni
kiritish zarurli va yetarli. Bu misolda ko’rib turganimizdek bloklardagi bu yozuvlar ochiq lekin
shifrlanagan. Bunda yozuvlar bank tomonidan shu haridor uchun ajratilgan blokga yoziladi va
uni kalit mavjud bo’lgan haridorgina boshqara oladi. Bu blok kaliti bilish natijasida ochiq
turdagi kredit summasini bilish mumkin, lekin kredit ajratilgan bank nomi, haridor haqidagi
shaxsiy va molyaviy ma’lumotlarni bilish mumkin emas. Keltirilgan misol ancha oddiy
ko’rinishi mumkin lekin bu juda murakkab jarayon bo’lib hisoblanadi. Jarayonda asosiy
hisoblovchi bloklar va mayner bo’lib hisoblanadi. Tizim bir necha maynerlarga ega bo’lib,
blokcheyn tizmidagi har blok alohida xavfsizlik tizimiga ega. Shundan, odatda ko’pchilik
foydalanuvchilar yangi yozuvlarni maynerga yuboradi va mayner yozuvlarni qabul qilgach
blokka yozadi. Ma’lumotlar blokka yozilgandan keyingina, ma’lumotning tekshirilganligi va
haqiyqiyligiga ishonch hosil qilamiz va bu blokdagi ma’lumotlarga hech bir foydalanuvchi zarar
yetkaza olmaydi. Blokcheyn texnologiyasi shu tarzda o’z ishini olib boradi.
Birinchidan, blok disklarida faqatgina shu blokgina emas, oldingi bloklarning yozuvlari
kodlanadi. Bloklarda ixtiyoriy blokdagi ma’noga ega bo’lmagan bitta simvolning o’zgarishi
kalitlarning to’liq o’zgarishiga olib keladi(1-jadvalga qarang), albatta bu o’z navbatida barcha
keyingi bloklarning kalitlarining o’zgarishini talab qiladi. Shunday qilib, barcha blokcheyn
zanjiri bloklari kalitlarini ko’rgan holda, ixtiyoriy ma’lumotlatning haqiyqiyligini tekshirish
mumkin. Tekshirish jarayonida, tartib raqami to’g’ri kelmaydigan yoki zanjirning ixtiyoriy
bo’lagiga qo’shilgan yangi bloklarda kalit asosan bloklarga kiritilgan yozuvlarning o’zi bo’ladi.
Umumiy qilib aytganda, ma’lumotlarning haqiyqiyligiga va konfedentsialligiga oson ishinch
hosil qilish mumkin.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, blokcheyn texnologiyasining qo’llanilishi yuqori daraja
himoyalanishga olib keladi. Albatta bu yuqorida keltirilgan mulohazalarning qo’llanilishi
natijasida amalga oshiriladi. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda blokcheyn
texnologiyasining qanchalik murakkab strukturaga ega ekanligining guvohi bo’ldik. Blokcheyn
texnologiyasining kriptobardoshliligini aniqlashda esa mumkin bo’lgan kriptohujum va
firibgarliklarning nazariy tarafdan imkonsiz ekanligini ilmiy tadqiqot natijasida ko’rib chiqdik.
Bu albatta blokcheyn texnologiyasining hozirgi zamon axborotlashtirish sohasida
revolyutsiyasi ekanligini yana bir marotaba isbotlaydi. Bu butun dunyoda vositachilik,
firibgarlik, ko’z bo’yamachilik, ko’rruptsiya hakazo kabi jamiyat ildizini kemirayogan zarar
kunandalardan xolos bo’lishning eng maqbul yechimidir. Misol tariqasida, jamiyatning asosiy
bo’g’inlaridan biri bo’lgan bank molya sohasida blokcheyn texnologiyasini qo’llash, banklardagi
kreditlash tizimining shaffofligini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadi. Bank tzizmida pul
aylanmasining yoqqol ko’rinishi namoyon bo’ladi. Buning natijasida har hil firibgarliklar va
molyaviya jiniyatlarning oldini olgan holda bank tashkilotlarining bankrolik holatlariga tushib
`
17
qolmasliklarining oldini olishga asos bo’ladi. Yana shuni aytish joizki, bu texnologiya orqali
ipoteka kreditlari, avtokreditlar, avtomobillarni ijaraga olish hakazo amallarni bajarish
mutlaqo ishonchli turda amalga oshiriladi. Albatta bu fuqorolarimizning davlat organlari va
tashkilotlariga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi. Bu kabi ishochning
mustahkamlanishi barcha harakat qilgan holda yurtimizning ertangi kuni uchun rivojlanishi
uchun xizmat qiladi.
References:
1.
Sh, Mavlonov Sh, and F. B. Jurayeva. "ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA
MINTAQALAR IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISH." Экономика и социум 10 (125) (2024):
234-238.
2.
Aliqulov, Sh. "M. Yaxiyaxonova. Taʻlim samaradorligini oshirishda kreativ va zamonaviy
metodlarning ahamiyati. Raqamli ta’lim muhitida fanlararo integratsiyani Qoʻllashning ta’lim
samaradorligiga ta’siri: xalqaro Tajribalar va rivojlanish istiqbollari." (2024).
3.
ShukurulloFayzullo o‘g‘li, Aliqulov. "TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI
QO‘LLASH."
PEDAGOGS
50.2 (2024): 51-55.
4.
Shamsiddinov, G‘iyosjon, Barchin Ro‘ziqulova, and Laziza Inatillayeva. "BOSHLANG ‘ICH
TA’LIMDA
AXBOROT
TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISH
USULLARI
VA
AFZALLIKLARI."
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и
практические исследования
3.10 (2024): 39-41.
5.
Shamsiddinov, G‘iyosjon, Jasmina Murodulloyeva, and Umida Nurmaxmatova. "YASHIL
IQTISODIYOT VA YO ‘NALISHLARI BO ‘YICHA TA’LIM DASTURLARINI RIVOJLANTIRISH
MEXANIZMLARI."
Models and methods in modern science
3.5 (2024): 44-49.
6.
Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Temurbek Zarifov. "GLOBAL TARMOQ QURISHDA TARMOQ
QURILMALARIDAN FOYDALANISH VA TARMOQ TOPOLOGIYALARINING O’RNI."
Science and
innovation in the education system
3.5 (2024): 50-60.
7.
Raxmatov Sherqo'zi Akbar Kodirov. “Ta'lim jarayonida bulutli texnalogiyalardan
foydalanishning samaradorligi” Pedagogis Internatsianal researcg ISSN:281-4027_SJIF:4.995.
2023/5/15
8.
F Qodirov. Aholiga tibbiy xizmatlar ko'rsatishning rivojlanishini iqtisodiy-matematik
modellashtirish. Scienceweb academic papers collection . 2023/1/1.
9.
F Qodirov. Zamonaviy to'lov tizimlari tahlili va elektron pul birliklari. Scienceweb
academic papers collection. 2023/1/1.
10.
Ergash o'g'li, Qodirov Farrux. "Аҳолига тиббий хизмат кўрсатиш соҳасининг келгуси
ҳолатини башоратлаш."
Сервис” илмий-амалий журнал
(2022): 56-59.
11.
Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "ECONOMETRIC MODELING OF THE DEVELOPMENT OF
MEDICAL SERVICES TO THE POPULATION OF THE REGION."
Berlin Studies Transnational
Journal of Science and Humanities
2.1.1 Economical sciences (2022).
12.
Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "CREATION OF ELECTRONIC MEDICAL BASE WITH THE
HELP
OF
SOFTWARE
PACKAGES
FOR
MEDICAL
SERVICES
IN
THE
REGIONS."
Conferencea
(2022): 128-130.
13.
Қодиров, Фаррух. "ПРОЦЕСС РАЗРАБОТКИ ИГРОВОГО ДВИЖКА UNITY." АХБОРОТ-
КОММУНИКАЦИЯ
ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ
РИВОЖЛАНТИРИШ
ШАРОИТИДА
`
18
ИННОВАЦИЯЛАР мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР
ТУПЛАМИ (2019).
14.
Qodirov, Farrux. "" AQLLI UY" TIZIMINING IMKONIYATLARI." Scienceweb academic
papers collection (2019).
15.
Qodirov, Farrux. "DESCRIPTION AND PERFORMANCE OF THE PROGRAM 3D MAX
STUDIO." АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ
ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ
РИВОЖЛАНТИРИШ
ШАРОИТИДА ИННОВАЦИЯЛАР мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман
МАЪРУЗАЛАР ТУПЛАМИ (2019).
16.
Qodirov, Farrux. "GPON TEXNOLOGIYASI-OPTIK KIRISH TARMOG'I." АХБОРОТ-
КОММУНИКАЦИЯ
ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИНГ
РИВОЖЛАНИШ
ИСТИҚБОЛЛАРИ
мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ (2018).
