JINOYAT PROTSESSIDA MUTAXASSIS ISHTIROKINING AHAMIYATI VA MUTAXASSISNING PROTSESSUAL MAQOMINI TAKOMILLASHTIRISHGA OID AYRIM MULOHAZALAR

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi jinoyat protsesual qonunchiligida mutaxassis instituti, uning mazmun va mohiyati, mutaxassis va ekspertlarning huquq va majburiyatlari, ular ishtirokining jinoiy-protsessual ahamiyati tahlil qilingan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
64-70
2

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Usmonaliyev , N., & Zokirov , J. . (2025). JINOYAT PROTSESSIDA MUTAXASSIS ISHTIROKINING AHAMIYATI VA MUTAXASSISNING PROTSESSUAL MAQOMINI TAKOMILLASHTIRISHGA OID AYRIM MULOHAZALAR. Science and Technology in the Modern World, 4(15), 64–70. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/104042
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi jinoyat protsesual qonunchiligida mutaxassis instituti, uning mazmun va mohiyati, mutaxassis va ekspertlarning huquq va majburiyatlari, ular ishtirokining jinoiy-protsessual ahamiyati tahlil qilingan.


background image

`

64

JINOYAT PROTSESSIDA MUTAXASSIS ISHTIROKINING AHAMIYATI VA

MUTAXASSISNING PROTSESSUAL MAQOMINI TAKOMILLASHTIRISHGA OID

AYRIM MULOHAZALAR

Usmonaliyev Najmiddin Qo’shboq o’g’li

O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi

“Tergov faoliyati” kafedrasi o'qituvchisi

Zokirov Javlon Rustam o’g’li

O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich 324-guruh kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15624873

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi jinoyat protsesual qonunchiligida mutaxassis

instituti, uning mazmun va mohiyati, mutaxassis va ekspertlarning huquq va majburiyatlari,
ular ishtirokining jinoiy-protsessual ahamiyati tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar

Mutaxassis, ekspert, huquq va majburiyat, ekspertiza, xulosa, tergov va surishtiruv,

maxsus bilim, dalillar, rasmiylashtirish.

Аннотация

В статье анализируется институт специалиста в уголовно-процессуальном

законодательстве Республики Узбекистан, его содержание и сущность, права и
обязанности специалистов и экспертов, уголовно-процессуальное значение их участия.

Ключевые слова

Cпециалист, эксперт, права и обязанности, экспертиза, заключение, расследование

и дознание, специальные познания, доказательства, оформление.


Jinoyatlarni tergov qilish ko‘p qirrali hodisa bo‘lib, tergovni olib boruvchi shaxsdan ilmiy

bilimlarning turli sohalari bo‘yicha ko‘p qirrali bilimlarni talab qiladi. Biroq, tergovchilardan
bunday bilimga ega bo‘lishni talab qilish mumkin emas. Uzoq vaqt davomida ushbu muammoni
hal qilish uchun ekspertlar va mutaxassislarning yordami ishlatilgan. Qonunchilikda
mutaxassisning huquqiy maqomi uning xulosasi belgilangan bo‘lsada, ammo bu jinoyatlarni
tergov qilishda ekspert va mutaxassisning roli va ushbu sub’ektlarning huquqiy holati
o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida savollar tug‘diradi

1

. Dastavval O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-

protsessual kodeksida ko‘rsatilgan “ekspert” va “mutaxassis” tushunchalaridan boshlash zarur.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual qonunchiligida “ekspert” yoki “mutaxassis”
tushunchalari aniq ask etirilmagan, faqat ekspert yoki mutaxassis sifatida jalb etilishi mumkin
bo‘lgan shaxslarni belgilash bilan cheklangan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual
kodeksining 67-moddasiga muvofiq, “Xulosa berish uchun zarur fan, texnika, san’at yoki hunar
sohasida maxsus bilimlarga ega bo‘lgan har qanday jismoniy shaxs ekspert sifatida chaqirilishi
mumkin”

2

.

1

Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари // Олий юридик ўқув

юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари.
Тошкент. Ўзбекистон Миллий университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69.

2

Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал муносабатларда ҳимоячининг иштироки // “Адвокатлик фаолияти: назария

ва амалиёт масалалари” мавзусидаги илмий-амалий конференция материаллари. ЎзР Президенти ҳузуридаги
Амалдаги қонун ҳужжатлари мониторинги институти. – Тошкент, 2010. Б. 171-175.


background image

`

65

O‘zbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasida

ko‘ra “Sud eksperti sifatida davlat sud eksperti, boshqa tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy
shaxs ishtirok etishi mumkin. Boshqa tashkilot xodimi sud ekspertizasini uni tayinlagan organ
(shaxs) tomonidan mazkur tashkilotga berilgan topshiriqni bajarish tartibida o‘tkazadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 69-moddasida “Tergov
va sud muhokamasini o‘tkazishda dalillarni topish va mustahkamlashda surishtiruvchiga,
tergovchiga, prokurorga va sudga yordam berish uchun mutaxassis chaqiriladi. Mutaxassis
sifatida shifokor, pedagog hamda zarur bilim va malakaga ega bo‘lgan boshqa shaxslar
chaqirilishi mumkin”. Shubhasiz, bu tushunchalarning umumiyligi bu shaxslarning “maxsus
bilimlar”ga ega ekanligidan dalolat beradi

3

.

Qonunchilik nuqtai nazaridan jinoyat protsessida ekspert va mutaxassisga tegishli

bo‘lgan “maxsus bilimlar” tushunchasi fan, texnika, san’at yoki hunarmandchilik sohasidagi tor
profilli kasbiy bilim va ko‘nikmalar majmui sifatida belgilanishi mumkin hamda jinoyat ishini
tergov qilish va hal qilish doirasida foydalaniladi. O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi
to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahriri loyihasida “maxsus bilim” tushunchasi o‘z ichiga olingan
bo‘lib, “maxsus bilimlar – maxsus tayyorgarlikdan o‘tish va (yoki) kasbiy malaka yohud tajriba
orqali o‘zlashtiriladigan va sud-ekspertiza tadqiqotlari uslubiyotlarida o‘z aksini topgan, fan,
texnika, san’at yoki hunar sohasidagi nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar majmui”ta’rifi
berilgan. Ekspert va mutaxassis tomonidan maxsus bilimlarni qo‘llash shakllari sezilarli
farqlarga ega. Mutaxassis ulardan foydalanib, tergovchiga tergov va protsessual harakatlarni
amalga oshirishda yordam beradi va bunday o‘zaro hamkorlik protsessual shaklda ham,
masalan, mutaxassis tergov guruhiga kiritilganda, va noprotsessual shaklda, kiritilmaganda
ham amalga oshiriladi, u maslahat ishlarini olib boradi va bunda tergov harakatining
bayonnomasida aks ettirilmaydi

4

. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining

70-moddasiga ko‘ra mutaxassis quyidagi huquqlarga ega “Mutaxassis: o‘zining qanday
maqsadda chaqirilganligini bilish; basharti tegishli bilimlarga ega bo‘lmasa, ish yuritishda
ishtirok etishdan bosh tortish; o‘zi ishtirok etayotgan protsessual harakatlarga oid ish
materiallari bilan tanishish; o‘zi ishtirok etayotgan protsessual harakatlarga aloqador arz va
mulohazalar bildirish; tergov harakatlari va sud muhokamasida ishtirok etayotgan shaxslarga
surishtiruvchining, tergovchining, prokuror va sudning ruxsati bilan savollar berish;
surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari ustidan shikoyatlar keltirish
huquqiga egadir

5

.

Ekspert o‘z faoliyatini o‘zi uchun mavjud bo‘lgan yagona shaklda – ekspertiza tadqiqotini

o‘tkazish orqali amalga oshiradi. Ekspertiza tushunchasining lug‘aviy ma’nosi yuridik
ensiklopediyada “ekspertiza (lotincha “response” –“javob”; “expertus” –“tajribali, tajribadan
biluvchi”) –mutaxassis yoki mutaxassislar guruhi tomonidan uyoki bu sohada malakali yechim

3

Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала

қилишдан иборат жиноятларни квалификатсия қилишнинг муҳим жиҳатлари. “Талқин ва тадқиқотлар”
Республика илмий-услубий журнали 10сони. 01.10.2022 йил Б. 105-109.

4

Ш.Ш.Суюнов. Компютер техника воситалари орқали содир этилган фирибгарлик жинояти турлари. “Замонавий

дунёда педагогика ва психология” номли Республика илмий-амалий конференцияси. 9.06.2023 йил

5

Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситаларини, уларнинг аналогларини ёки психотроп моддаларини сотиш

мақсадисиз ноқонуний ишлаб чиқариш, олиш, сақлаш, жинояти тушунчаси // Жамият ва инновация. – 2025. – В.
6. – Но 1/С. – Б. 267-277.


background image

`

66

talab qilinadigan masalalarni o‘rganish”sifatida ta’riflanadi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida
“ekspertiza (fransuzcha –tajribali, sinalgan) qiyin va chigal masalani yechish va hal qilish uchun
mutaxassislar ishtirokida uyushtirilgan tekshirish, shunday tekshirishni o‘tkazuvchi
mutaxassislar hay’ati” sifatida bayon qilingan. Ta’kidlash lozimki, jinoyat ishlari bo‘yicha
ekspertiza alohida maqomga ega bo‘lgan ekspertiza turi bo‘lib, u maxsus bilimlarga asoslangan
tadqiqotda namoyon bo‘lishi bilan ham e’tiborlidir

6

. Jinoyat ishlari bo‘yicha ekspertiza boshqa

turdagi ekspertizalardan o‘zining tayinlanish va o‘tkazish tartibi, Jinoyat-protsessual kodeksida
qat’iy va aniq belgilanganligi bilan farqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual
kodeksining 68-moddasi ko‘ra « Ekspert: ekspertiza predmetiga oid ish materiallari bilan
tanishish, ulardan zarur ma’lumotlarni yozib olish yoki ko‘chirma nusxalar olish; ekspertizani
o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallar va tekshirish ob’ektlari taqdim etilishi
haqida iltimosnomalar berish; tergov harakatlari o‘tkazilayotganda surishtiruvchi, tergovchi,
prokurorning ruxsati bilan hozir bo‘lish hamda shu tergov harakatlarida ishtirok etuvchi
shaxslarga ekspertiza predmetiga oid savollar berish; sud muhokamasida ekspertiza
predmetiga oid dalillarni tekshirishda ishtirok etish va so‘roq qilinayotgan shaxslarga sudning
ruxsati bilan savollar berish; ashyoviy dalillar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish; o‘z xulosasida
nafaqat o‘zining oldiga qo‘yilgan savollar bo‘yicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun
ahamiyatga molik boshqa masalalar bo‘yicha ham fikrlarini bayon etish; uning xulosasi yoki
ko‘rsatuvlari protsess ishtirokchilari tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinganligi xususida tergov
harakati yoki sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan bayonotlar berish; agar u ish
yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, o‘z ona tilida xulosa taqdim etish va
ko‘rsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar ishni
yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning qarorlari, harakatlari
(harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan bo‘lsa, bu qarorlar, harakatlar
(harakatsizlik) ustidan shikoyatlar qilish huquqiga egadir”

7

.

Jinoyat protsesida mutaxassis ishtiroki katta ahamiyatga ega, chunki u jinoyatni tergov

qilish va sud jarayonini to'g'ri va adolatli o'tkazish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar va
tahlillarni taqdim etadi. Mutaxassislar o'z sohasidagi bilimlari va tajribasi bilan muhim rollarni
bajaradilar. Ularning ishtiroki quyidagi jihatlarda ahamiyatli:

Texnik va ilmiy yordami: Jinoyat protsesida mutaxassislar jinoyatni tergov qilishda

kerakli texnik bilimlarni taqdim etadilar. Misol uchun, kriminalistika, balistika, psixologiya,
tibbiyot, va boshqa sohalarda mutaxassislarning fikrlari jinoyatni aniqlashda muhim ahamiyat
kasb etadi. Ular jinoyatni sodir etish usuli, dastlabki izlar va qurbonlarning holatini aniqlashda
yordam berishi mumkin.

Tergovda aniqlik: Mutaxassislarning ishtiroki tergovchilar va sudyalarga jinoyatga oid

murakkab holatlarni tushunishda yordam beradi. Misol uchun, agar jinoyatni sodir etish

6

Хушвактова Н.А. Коррупцияга оид жиноятларни фош қилиш ва тергов қилишда жамоатчилик ёрдамидан

фойдаланиш // «Давлат бошқаруви соҳасида коррупциявий хавф-хатарларни бартараф этиш механизмларини
такомиллаштириш масалалари»: республика илмий-амалий конференцияси тўплами – Тошкент давлат юридик
университетининг ихтисослаштирилган филиали, Т: 2022. Б.78-83.

7

Ш.С.Агоев., Асатуллаев Д. Ахборот технологиялари соҳасидаги ўғирлик жиноятларни тергов қилишнинг ўзига

хос хусусиятлари //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. –
2024. – Т. 3. – №. 7. – С. 31-35.


background image

`

67

jarayonida ba'zi ilmiy usullar yoki texnik asboblar ishlatilgan bo'lsa, mutaxassislar ularni
tushuntirib bera olishadi

8

.

Adolatni ta'minlash: Jinoyat protsesida mutaxassislar sudda adolatni ta'minlashda ham

muhim rol o'ynaydi. Ularning ekspertiza xulosalari sudyaga qaror qabul qilishda yordam
beradi. Ularning xulosalari noaniqliklar va haqiqatni aniqlashda muhim o'rin tutadi

9

.

Muammo va izlanishlarga yechim topish: Jinoyat protsesida mutaxassislar murakkab

masalalarni hal qilishda, masalan, jismoniy yoki psixologik holatni tushuntirishda yordam
berishadi. Ular ekspertiza orqali to'g'ri yechimlar taklif qilishlari mumkin.

Jinoyatchining psixologik holati: Psixologlar va psixiatrlar mutaxassis sifatida

jinoyatchining ruhiy holatini baholashda, uning psixologik xususiyatlari va jinoyatga ta'sir
qiluvchi omillarni aniqlashda yordam beradi. Bu esa jinoyatni sodir etishda uning rolini
tushunishga yordam beradi. Shu sababli, mutaxassislarning ishtiroki jinoyat protsesining
samarali va adolatli o‘tishini ta'minlash uchun juda muhimdir.

Jinoyat protsesida mutaxassis ishtirokining takomillashtirilishi uning samaradorligini

oshirish, adolatni ta'minlash va jinoyatni aniqlashda yanada aniqlik kiritish uchun muhimdir.
Mutaxassislarning roli ko'plab omillarga bog'liq bo'lib, ular jarayonning har bir bosqichida
muhim ahamiyatga ega. Mutaxassis ishtirokini takomillashtirish uchun quyidagi yo'nalishlarda
ish olib borish mumkin:

- tajribali mutaxassislar: Jinoyat protsesida ishtirok etadigan mutaxassislar har doim o'z

sohasida yetarli bilimga va tajribaga ega bo'lishi kerak. Shu sababli, mutaxassislarni tanlashda
ularning professional darajasi, malakasi va tegishli sohada tajribasi hisobga olinishi zarur.

- malaka oshirish kurslari: mutaxassislar doimiy ravishda o'z bilimlarini yangilab

borishlari kerak. Ular uchun maxsus malaka oshirish kurslari va seminarlar tashkil etilishi,
yangi texnologiyalar, metodlar va usullarni o'zlashtirishda yordam beradi.

Jinoyatni tergov qilishda yangi ilmiy va texnologik yutuqlarni joriy etish zarur. Masalan,

biologik va kimyoviy izlarni aniqlash, sun'iy intellekt va ma'lumotlarni tahlil qilish dasturlari
yordamida jinoyatlarni tez va aniq aniqlash mumkin.

Kriminalistika va ekspertiza usullari: kriminalistika, balistika, va boshqa ekspertizalarda

zamonaviy texnologiyalarni qo'llash, mutaxassislarning aniqlik va sifatli ish faoliyatini
ta'minlaydi

10

.

Tergovchilar mutaxassislar bilan yaqin hamkorlikda ishlashlari kerak. Ularni tegishli

sohalar bo'yicha malakali mutaxassislar bilan muntazam ravishda ishlashga o'rgatish, ular
o'rtasidagi kommunikatsiyani kuchaytiradi.

8

А.Т.Аширбоев. Айбланувчининг иштирокини таъминлаш имкони бўлмаган тақдирда дастлабки терговни

тўхтатиш: Назария ва амалиёт. Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси Қорақалпоғистон бўлимининг
Ахборотномаси № 1 (2024).– 2024. 95-98 б.

9

Н.Қ.Усманалиев. “Оқилона муддат” тамоийилини жорий этиш назарий ва амалий жиҳатлари //Наука и

инновации в системе образования. – 2025. – Т. 4. – №. 3. – С. 44-50.

10

А.Т.Аширбоев. Cуриштирув ва дастлабки терговни тўхтатиш институти: халқаро тажриба ва ўзбекистон

қонунчилигини такомиллаштириш истиқболлари //Общественные науки в современном мире: теоретические и
практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 14. – С. 37-42.


background image

`

68

Tezkor va samarali aloqalar: Jinoyat protsesida mutaxassislar va tergovchilar o'rtasida

tezkor va samarali aloqalarni o'rnatish, tergov jarayonining samaradorligini oshiradi. Bu
mutaxassislarning xulosalari va tavsiyalariga tezda e'tibor qaratishni ta'minlaydi

11

.

Mutaxassislar o'zlarining xulosalarini to'g'ri, aniq va adolatli asoslashlari kerak. Ularning

ekspertiza xulosalari jinoyatni tergov qilishda noaniqlik yoki manipulyatsiya qilishning oldini
olishga yordam beradi. Mutaxassislar o'z xulosalarini faqat ilmiy asosda berishlari kerak.
Ularning mustaqil ishlashlari, har qanday tashqi ta'sirdan holi bo'lishi, ekspertizaning
ishonchliligini ta'minlaydi.

Mutaxassislar sud jarayonida o'z ekspertiza xulosalarini tushunarli va aniq tarzda taqdim

etishlari zarur. Bu, sudyalar va jamoatchilikka mutaxassislarning fikrlarini tushunishga yordam
beradi. Mutaxassislarning ishtiroki sudda to'g'ri va adolatli qarorlar chiqarish uchun zarur.
Buning uchun ekspertiza jarayonlarini tartibga soluvchi standartlar va me'yorlar ishlab
chiqilishi muhim

12

.

Jinoyat protsesidagi mutaxassislarning ishtirokini jamoatchilikka ochiq va shaffof qilish

zarur. Bu ularning ishini yanada ishonchli va adolatli qiladi.

Ishonchni mustahkamlash: Mutaxassislarning ishlari to'g'ri, aniq va adolatli bo'lishi,

ularning ishiga bo'lgan ishonchni oshiradi. Ularning xulosalari ishonchli va asosli bo'lishi kerak.

Spetsializatsiya: Har bir jinoyat turi o'ziga xos bo'lishi mumkin. Shu sababli,

mutaxassislarni ma'lum bir jinoyat turiga ixtisoslashgan sohalarda tayyorlash va ularni shu
sohada ishlashga yo'naltirish zarur. Masalan, psixologik tahlil mutaxassislari, balistika
mutaxassislari va boshqalar.

Jinoyat protsesida mutaxassislarning ishtirokini takomillashtirish, faqatgina tergov va

sud jarayonlarini samarali o'tkazish uchun emas, balki huquqni muhofaza qilish tizimining
ishonchli va adolatli ishlashini ta'minlash uchun ham muhimdir.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси.

2.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 25.01.2020 йилдаги

Олий Мажлисга Мурожаатномаси. // [Електрон манба].
3.

Ўзбекистон юридик энциклопедияси. –Т., 2009. – Б. 199.

4.

Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Т.4. –Т., 2002. – Б. 47.

5.

Б.Б.Муродов.

Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари //

Олий юридик ўқув юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи
фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари. Тошкент. Ўзбекистон Миллий
университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69.
6.

Б.Б.Муродов.

Жиноят-протсессуал муносабатларда ҳимоячининг иштироки //

11

Ш.Ш.Суюнов. Ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов харакатининг жиноят содир этган

шахсларни аниқлаш хамда уларнинг айбини исботлашдаги ахамияти. “Замонавий дунёда педагогика ва
психология” номли Республика илмий-амалий конференцияси.

12

Н.Қ.Усманалиев. Жиноят ишини юритишни тўхтатиш ва тиклаш муддатлари билан боғлиқ айрим мулоҳазалар

//Теоретические аспекты становления педагогических наук. – 2025. – Т. 4. – №. 6. – С. 40-47.


background image

`

69

“Адвокатлик фаолияти: назария ва амалиёт масалалари” мавзусидаги илмий-амалий
конференция материаллари. ЎзР Президенти ҳузуридаги Амалдаги қонун ҳужжатлари
мониторинги институти. – Тошкент, 2010. Б. 171-175.
7.

Б.Б.Муродов.

Хусусий айблов институтини қўллаш самарадорлигини ошириш

йўллари // Хусусий айблов ва ярашув институтларини такомиллаштириш чоралари:
Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. Т:Ўзбекистон Республикаси
ИИВ Академияси, 2015й.Б. 34-40.
8.

Б.Б.Муродов.

“Жиноятларни тергов қилиш методикаси” фанидан ўқув дастури. Т.:

Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2012. Б.24
9.

Ш.Ш.Суюнов.

Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга

хилоф равишда муомала қилишдан иборат жиноятларни квалификатсия қилишнинг
муҳим жиҳатлари. “Талқин ва тадқиқотлар” Республика илмий-услубий журнали
10сони. 01.10.2022 йил Б. 105-109.

10.

Ш.Ш.Суюнов.

Компютер техника воситалари орқали содир этилган фирибгарлик

жинояти турлари. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика
илмий-амалий конференцияси. 9.06.2023 йил
11.

Ш.Ш.Суюнов.

Ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов харакатининг

жиноят содир этган шахсларни аниқлаш хамда уларнинг айбини исботлашдаги
ахамияти. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика илмий-
амалий конференцияси.
12.

Ш.Ш.Суюнов.

Гиёҳвандлик воситаларини, уларнинг аналогларини ёки психотроп

моддаларини сотиш мақсадисиз ноқонуний ишлаб чиқариш, олиш, сақлаш, жинояти
тушунчаси // Жамият ва инновация. – 2025. – В. 6. – Но 1/С. – Б. 267-277.
13.

А.Т.Аширбоев.

Айбланувчининг қаерда эканлиги номаълум бўлган ҳолларда

жиноят ишини тўхтатишнинг назарий ва амалий жиҳатлари. Жамият ва инновациялар
№ 1 (2024).– 2024. – 314-320 б.
14.

А.Т.Аширбоев.

Жиноят

ишини

тўхтатиш

тушунчаси

ва

аҳамияти.

Эксмерткриминалистик фаолият: истиқболлар ва инновациялар мавзусидаги халқаро
конференция материллари тўплами. Т., Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар
вазирлиги Академияси, 2023. – Б. 381-388.
15.

А.Т.Аширбоев.

Айбланувчининг иштирокини таъминлаш имкони бўлмаган

тақдирда дастлабки терговни тўхтатиш: Назария ва амалиёт. Ўзбекистон Республикаси
Фанлар Академияси Қорақалпоғистон бўлимининг Ахборотномаси № 1 (2024).– 2024.
95-98 б.
16.

А.Т.Аширбоев

. Cуриштирув ва дастлабки терговни тўхтатиш институти: халқаро

тажриба

ва

ўзбекистон

қонунчилигини

такомиллаштириш

истиқболлари

//Общественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 14. – С. 37-42.
17.

Н.Қ.Усманалиев.

“Оқилона муддат” тамоийилини жорий этиш назарий ва амалий

жиҳатлари //Наука и инновации в системе образования. – 2025. – Т. 4. – №. 3. – С. 44-50.
18.

Н.Қ.Усманалиев.

Жиноят ишини юритишни тўхтатиш ва тиклаш муддатлари билан

боғлиқ айрим мулоҳазалар //Теоретические аспекты становления педагогических наук.
– 2025. – Т. 4. – №. 6. – С. 40-47.


background image

`

70

19.

Н.Қ.Усманалиев.

Протсессуал

муддатларнинг

ҳисоблашда

қўлланилувчи

меъзонларнинг айрим жиҳатлари //проблемс анд солутионс оф сcиентифиc анд
инновативе ресеарч. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 25-30.
20.

Н.Қ.Усманалиев. Байназов Ж

. Ўғирлик жинояти бўйича ҳодиса содир бўлган жойни

кўздан кечириш тергов ҳаракатининг янги усуллари //Наука и инновации в системе
образования. – 2024. – Т. 3. – №. 8. – С. 69-74.
21.

Ш.С.Агоев., Шакирова С

. Қийнаш жиноятини тергов қилиш: назария ва амалиёт

//Развитие и инновации в науке. –2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 75-81.
22.

Ш.С.Агоев., Абдухамидов А

. Гувохлантириш тергов харакатини ўтказишнинг

ахамияти //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. – С. 49-51.
23.

Ш.С.Агоев., Асатуллаев Д

. Ахборот технологиялари соҳасидаги ўғирлик

жиноятларни тергов қилишнинг ўзига хос хусусиятлари //Общественные науки в
современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. –
С. 31-35.
24.

Ш.С.Агоев., Ташев У

. Экспертиза фаолиятининг арманистон республикаси жиноят-

протсессуал қонунчилигидаги ҳуқуқий асослари //Развитие и инновации в науке. –
2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 48-56.
25.

Хушвактова Н.А

. Факторы, препятствующие эффективному использо-ванию

общественного участия в досудебном производстве / Н.А. Хушвактова // Теоретические
аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения: сб. ст. по материалам LXV
Международной научно-практической конференции «Теорети¬ческие аспекты
юриспруденции и вопросы правоприменения». – № 11(65). – Москва, Изд. «Интернаука»,
2022. DOI:10.32743/25419889.2022.11.65.346588
26.

Хушвактова Н.А

. Коррупцияга оид жиноятларни фош қилиш ва тергов қилишда

жамоатчилик ёрдамидан фойдаланиш // «Давлат бошқаруви соҳасида коррупциявий
хавф-хатарларни бартараф этиш механизмларини такомиллаштириш масалалари»:
республика илмий-амалий конференцияси тўплами – Тошкент давлат юридик
университетининг ихтисослаштирилган филиали, Т: 2022. Б.78-83.

References

Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 25.01.2020 йилдаги Олий Мажлисга Мурожаатномаси. // [Електрон манба].

Ўзбекистон юридик энциклопедияси. –Т., 2009. – Б. 199.

Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Т.4. –Т., 2002. – Б. 47.

Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари // Олий юридик ўқув юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари. Тошкент. Ўзбекистон Миллий университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69.

Б.Б.Муродов. Жиноят-протсессуал муносабатларда ҳимоячининг иштироки // “Адвокатлик фаолияти: назария ва амалиёт масалалари” мавзусидаги илмий-амалий конференция материаллари. ЎзР Президенти ҳузуридаги Амалдаги қонун ҳужжатлари мониторинги институти. – Тошкент, 2010. Б. 171-175.

Б.Б.Муродов. Хусусий айблов институтини қўллаш самарадорлигини ошириш йўллари // Хусусий айблов ва ярашув институтларини такомиллаштириш чоралари: Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. Т:Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2015й.Б. 34-40.

Б.Б.Муродов. “Жиноятларни тергов қилиш методикаси” фанидан ўқув дастури. Т.: Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2012. Б.24

Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала қилишдан иборат жиноятларни квалификатсия қилишнинг муҳим жиҳатлари. “Талқин ва тадқиқотлар” Республика илмий-услубий журнали 10сони. 01.10.2022 йил Б. 105-109.

Ш.Ш.Суюнов. Компютер техника воситалари орқали содир этилган фирибгарлик жинояти турлари. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика илмий-амалий конференцияси. 9.06.2023 йил

Ш.Ш.Суюнов. Ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов харакатининг жиноят содир этган шахсларни аниқлаш хамда уларнинг айбини исботлашдаги ахамияти. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика илмий-амалий конференцияси.

Ш.Ш.Суюнов. Гиёҳвандлик воситаларини, уларнинг аналогларини ёки психотроп моддаларини сотиш мақсадисиз ноқонуний ишлаб чиқариш, олиш, сақлаш, жинояти тушунчаси // Жамият ва инновация. – 2025. – В. 6. – Но 1/С. – Б. 267-277.

А.Т.Аширбоев. Айбланувчининг қаерда эканлиги номаълум бўлган ҳолларда жиноят ишини тўхтатишнинг назарий ва амалий жиҳатлари. Жамият ва инновациялар № 1 (2024).– 2024. – 314-320 б.

А.Т.Аширбоев. Жиноят ишини тўхтатиш тушунчаси ва аҳамияти. Эксмерткриминалистик фаолият: истиқболлар ва инновациялар мавзусидаги халқаро конференция материллари тўплами. Т., Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Академияси, 2023. – Б. 381-388.

А.Т.Аширбоев. Айбланувчининг иштирокини таъминлаш имкони бўлмаган тақдирда дастлабки терговни тўхтатиш: Назария ва амалиёт. Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси Қорақалпоғистон бўлимининг Ахборотномаси № 1 (2024).– 2024. 95-98 б.

А.Т.Аширбоев. Cуриштирув ва дастлабки терговни тўхтатиш институти: халқаро тажриба ва ўзбекистон қонунчилигини такомиллаштириш истиқболлари //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 14. – С. 37-42.

Н.Қ.Усманалиев. “Оқилона муддат” тамоийилини жорий этиш назарий ва амалий жиҳатлари //Наука и инновации в системе образования. – 2025. – Т. 4. – №. 3. – С. 44-50.

Н.Қ.Усманалиев. Жиноят ишини юритишни тўхтатиш ва тиклаш муддатлари билан боғлиқ айрим мулоҳазалар //Теоретические аспекты становления педагогических наук. – 2025. – Т. 4. – №. 6. – С. 40-47.

Н.Қ.Усманалиев. Протсессуал муддатларнинг ҳисоблашда қўлланилувчи меъзонларнинг айрим жиҳатлари //проблемс анд солутионс оф сcиентифиc анд инновативе ресеарч. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 25-30.

Н.Қ.Усманалиев. Байназов Ж. Ўғирлик жинояти бўйича ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов ҳаракатининг янги усуллари //Наука и инновации в системе образования. – 2024. – Т. 3. – №. 8. – С. 69-74.

Ш.С.Агоев., Шакирова С. Қийнаш жиноятини тергов қилиш: назария ва амалиёт //Развитие и инновации в науке. –2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 75-81.

Ш.С.Агоев., Абдухамидов А. Гувохлантириш тергов харакатини ўтказишнинг ахамияти //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. – С. 49-51.

Ш.С.Агоев., Асатуллаев Д. Ахборот технологиялари соҳасидаги ўғирлик жиноятларни тергов қилишнинг ўзига хос хусусиятлари //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. – С. 31-35.

Ш.С.Агоев., Ташев У. Экспертиза фаолиятининг арманистон республикаси жиноят-протсессуал қонунчилигидаги ҳуқуқий асослари //Развитие и инновации в науке. – 2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 48-56.

Хушвактова Н.А. Факторы, препятствующие эффективному использо-ванию общественного участия в досудебном производстве / Н.А. Хушвактова // Теоретические аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения: сб. ст. по материалам LXV Международной научно-практической конференции «Теорети¬ческие аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения». – № 11(65). – Москва, Изд. «Интернаука», 2022. DOI:10.32743/25419889.2022.11.65.346588

Хушвактова Н.А. Коррупцияга оид жиноятларни фош қилиш ва тергов қилишда жамоатчилик ёрдамидан фойдаланиш // «Давлат бошқаруви соҳасида коррупциявий хавф-хатарларни бартараф этиш механизмларини такомиллаштириш масалалари»: республика илмий-амалий конференцияси тўплами – Тошкент давлат юридик университетининг ихтисослаштирилган филиали, Т: 2022. Б.78-83.