OLIY TA’LIM TIZIMIDA RAHBAR KADRLARNING UZLUKSIZ TA’LIM OLISHINING AHAMIYATI

Аннотация

Ushbu maqolada Oliy ta’lim tashkilotlari, rahbar kadrlarning “Hayot davomida ta’lim olish” tamoyili asosida uzluksiz malakasini oshirish jarayonini tashkil etish, jarayondagi mavjud rahbar va pedagogik muammolar va ularni bartaraf qilish yo‘llari keltirilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
32-34
6

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Мамасоатов , А. (2025). OLIY TA’LIM TIZIMIDA RAHBAR KADRLARNING UZLUKSIZ TA’LIM OLISHINING AHAMIYATI. Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения, 4(9), 32–34. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/106334
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada Oliy ta’lim tashkilotlari, rahbar kadrlarning “Hayot davomida ta’lim olish” tamoyili asosida uzluksiz malakasini oshirish jarayonini tashkil etish, jarayondagi mavjud rahbar va pedagogik muammolar va ularni bartaraf qilish yo‘llari keltirilgan.


background image


32

OLIY TA’LIM TIZIMIDA RAHBAR KADRLARNING UZLUKSIZ TA’LIM

OLISHINING AHAMIYATI

Мамасоатов Аслиддин

Хақаро Нордик университети магистранти

https://doi.org/10.5281/zenodo.15637329

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Oliy ta’lim tashkilotlari, rahbar kadrlarning “Hayot

davomida ta’lim olish” tamoyili asosida uzluksiz malakasini oshirish jarayonini tashkil etish,
jarayondagi mavjud rahbar va pedagogik muammolar va ularni bartaraf qilish yo‘llari
keltirilgan.

Kalit so

zlar:

rahbar, ta’lim, uzluksiz ta’lim, kompetent, innovatsion yondashuv.


Oliy ta’limda rahbar kadrlarning, uzluksiz ta’limini namunali tashkil etish uchun

zamonaviy tamoyillarga asoslangan holda boshqaruvning yangi innovatsion yondashuvlarini
qo‘llash zarur.

Zamonaviy bosqichda rahbar kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish uchun avvalambor

o‘zligini tanishi, dunyo qarashini oshirib borishi, o‘ziga vaqt topib shaxsiy rivojlanishi uchun
bor imkoniyatdan foydalanishi lozim. Uzliksiz ta’limni rivojlantirishning asosiy tamoyillaridan
biri bu hozirda mavjud bo‘lgan yangi innovatsion yondashuvlar bilan hamnafas bo‘lib barcha
xodimlarning faol ishtirok etishi va kelajakga katta marralarni qo‘yib olg‘a intilishidir.

Uzluksiz ta’lim - bu davlat va jamiyat institutlari tizimlari tomonidan tashkil etilgan ta’lim

bo‘lib, u shaxs va jamiyat talablari tamomila javob beraoladigan ta’lim bo‘lmog‘i lozim. Uzluksiz
ta’lim g‘oyasi XXI asr madaniyatining istiqbolli g‘oyalaridan hisoblanadi.

Bu g‘oyaning ma’nosi shundaki, har bir inson o‘z hayoti davomida uzluksiz rivojlanib

borishi, ilmiy tarafdan takomillanishi, yangi marralarni ko‘zlashi bilan birga butun jamiyat
ravnaqini o‘z qamroviga olishi zarur. Shuning uchun ham uzluksiz ta’limning umuminsoniy va
falsafiy ahamiyati juda yuqori o‘rinda turadi.[1].

Ta’lim - bu shaxsning bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash yoki ularni rivojlantirishga

qaratilgan maqsadlariga erishish ko‘nikmasidir.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi pedagoglarning uzluksiz malakasini oshirishni

o‘zining eng muhim vazifasi deb hisoblaydi. Shuning uchun taraqqiyotning zamonaviy
bosqichida jamiyat, oliy ta’lim tashkilotlari, va oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi oliy
ta’limning jamiyatdagi o‘rnini yanada rivojlantirishi uchun anonim so‘rovnomalar tashkil
qilishi va yangi konsepsiyalar ishlab chiqishi lozim. Jamiyat, fan, madaniyat taraqqiyoti
muammolari, ta’lim mazmunida o‘z aksini topishi kerak. Ta’lim kelajak ehtiyojlari bilan
oldindan belgilanishi kerak. Bir umrlik bilim endi bir umrlik ta’lim sifatida talqin qilinishi kerak.
Ta’lim tizimiga axborot-telekommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etilishi asosida
ko‘plab yangi loyihalar ishlab chiqilishi shart.

Bunday zamonaviy texnologiyalar davrida oliy ta’limdagi rahbar va pedagog xodimlar
ongli ravishda quyidagilarga amal qilishi kerak:

o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lmog‘i;

shaxsiy rivojlanishi uchun badiiy va motivatsiya beradigan kitoblar o‘qishi;

qo‘l ostidagi kadrlarni qo‘llab-quvvatlashi va ularni muvofiq tarzda rag‘batlantirmog‘i;

chet tillarini mukammal o‘rganib borishi va xodimlariga ham yetarli sharoitlar yaratib

berishi;


background image


33

jamiyatda bo‘layotgan yangiliklardan xabardor bo‘lmog‘i va atrofdagilari bilan fikr

almashinmog‘i;

eng asosiysi esa axloqli, madaniyatli, nutqi go‘zal, xodimlariga mehribon va o‘z o‘rnida

qattiq qo‘l ham bo‘lmog‘i lozim;

Boshqaruvdagi mutaxassislarning aksariyati lavozim bo‘yicha o‘sishda kasbiy

samaradorlikka erishish malakasini oshirishga tayanadi. Bunda muayyan tashkilotning rahbari
kadrlarning salohiyatini aniq baholay olishi, qobiliyatini yo‘naltirish va qo‘shimcha bilim va
malaka oshirishini tashkil qilishi ushbu tashkilot xodimlarining lavozim bo‘yicha o‘sishiga
zamin yaratadi.

Rahbarlarning vazifasi faqat xodimlarning malakasini oshirish bilan cheklanib

qolmasdan, oliy ta’limda o‘rgatilmaydigan boshqaruv malakalarini o‘rgatishdan ham iborat.
Ilmiy tadqiqotlar eng yaxshi rahbar – bu boshqalar bilan muloqot qilish va ularga ta’sir o‘tkazish
malakasiga ega bo‘lgan kompetent xodim ekanini ko‘rsatmoqda. Kompetentlik jamoaviy ish va
hamkorlikning muhim sharti hisoblanadi.

Ammo, ayrim rahbar va pedagoglarning madaniyatsizligi, dunyoqarashining torligi

muammo bo‘lib qolmoqda. Bu kabi kadrlardan voz kechish vaqti keldi. Oliy ta’lim
muassasalaridagi rahbar va pedagoglar o‘zlarini tanqidiy baholab, xodimlardan anonim
so‘rovnoma o‘tkazib, kamchiliklarini bartaraf etishlari zarur. O‘z ustida ishlash, kamchiliklarni
tuzatish – rahbar va pedagog uchun muhim vazifadir.Buning uchun nafsga qarshi ishlarni
qilmog‘i lozim. Bu quyidagilar:

Har kuni ertalab toza havoda yurishi;

Doimiy badiiy yaxshilikga eltuvchi kitoblarni o‘qishi;

Har doim o‘rni kelganda insonlarga samimiy bo‘lishi;

Eng muhimi ota-onasini haqiga duo qilishi va duo olishi lozim.
Yuqoridagi qoidalarga amal qilgan har bir rahbar va pedagog xodimlar hech qachon pand

yemaydi. Aksincha yurtimizga eng ilg‘or kadr bo‘lib unib-o‘sadi.

Shuningdek, Prezidentimizning “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining

uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 27-avgustdagi PF-5789-
son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining
kasbiy bilimi, ko‘nikmalari va mahoratini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish,
zamonaviy talablarga muvofiq oliy ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy
tayyorgarlikni oshirish, qayta tayyorlash va malaka oshirishning bevosita hamda kasbiy
faoliyatga aloqador bilvosita shakllarini variativ va bir birini to‘ldirish tamoyillari asosida
amaliyotga joriy etishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qilgan[3].

Sotsiologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislar

tomonidan olingan bilimlar tezda eskiradi shuning uchun inson o‘zini tez-tez taftish qilib
yangilanib turishni talab qilinadi. Bu tasdiqlash, birinchi navbatda, barcha oliy ta’lim
muassasalari rahbarlariga, pedagoglarga tegishli.

Zamonaviy jamiyatda qabul qilingan oliy ta’lim paradigmasi hayoti davomida uzluksiz

ta’limni oldiga shunday dolzarb masalalarni qo‘ydiki, ular pedagogik jamoada “pedagoglarning
uzluksiz ta’lim olishi va innovatsion yondashuv” deb talqin qilinadi.

Shunday qilib, oliy ta’lim tizimining roli sezilarli darajada o‘zgartirish uning asosiy

vazifasi rahbar va pedagoglarning mustaqil rivojlanishi uchun sharoit yaratish. Rahbar va
pedagog kadrlarni uzluksiz tayyorlashni modernizatsiya qilish bir qator uslubiy, tashkiliy-


background image


34

uslubiy, axborot-didaktik va didaktik-metodik muammolarni hal etish va o‘z ustida ishlashni
taqozo etadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Kasimova Sh., Eshpolatov K. Ensuring continuous professional development of directors

of pre-school education organization as a socio-pedagogical problem. Multidimensional
Research Journal (MRJ) Volume: 01 Issue: 05/2022.
2.

Akbaraliyev O. Pedagogik rahbarning kasbiy kompetentligi va mahorati Mejdunarodniy

nauchniy jurnal №5(100) chast 1, 2022.
3.

https://lex.uz/docs/-4526545?ONDATE2=05.04.2022&action=compare.

4.

Nosirov A. Rahbarning kasbiy kompetentligi, pedagogik mahorati va boshqaruv

5.

madaniyati. Ta’lim menejmenti jurnali. 2018.№3 2-b

Библиографические ссылки

Kasimova Sh., Eshpolatov K. Ensuring continuous professional development of directors of pre-school education organization as a socio-pedagogical problem. Multidimensional Research Journal (MRJ) Volume: 01 Issue: 05/2022.

Akbaraliyev O. Pedagogik rahbarning kasbiy kompetentligi va mahorati Mejdunarodniy nauchniy jurnal №5(100) chast 1, 2022.

https://lex.uz/docs/-4526545?ONDATE2=05.04.2022&action=compare.

Nosirov A. Rahbarning kasbiy kompetentligi, pedagogik mahorati va boshqaruv

madaniyati. Ta’lim menejmenti jurnali. 2018.№3 2-b