DASTURIY TA'MINOT KORXONALARI RIVOJLANTIRISH MASALALARI
Dasturiy ta'minot sanoati bugungi raqamli jamiyatning ajralmas qismini tashkil etadi. Har bir soha – ta'lim, sog‘liqni saqlash, moliya, transport, davlat boshqaruvi – bevosita yoki bilvosita dasturiy ta'minotga tayanadi. Shu sababli, bu sohaga ixtisoslashgan korxonalar rivojlanishi butun iqtisodiyot barqarorligi va samaradorligiga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Ammo bu rivojlanish bir tekisda, muammosiz kechayotgani yo‘q. Dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi korxonalar global miqyosda tez o‘zgaruvchan talablar, raqobatning kuchayishi, texnologik murakkablik va yuqori sifatga bo‘lgan ehtiyoj oldida turli darajadagi tashkiliy, texnik va inson omillari bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda.