91
TILDA AKSIOLOGIK LEKSIK BIRLIKLARNING IFODALANISHI
Dadabayeva Shirinxon Shuxratovna
Farg‘ona davlat universiteti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
shirindadabayeva@gmail.com +998903027443
https://doi.org/10.5281/zenodo.15401198
Annotatsiya:
Ushbu maqola aksiologik leksikani – tilda qadriyatlarni ifodalashni –
o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda leksik birliklarning semantic va stilistik xususiyatlari,
shuningdek, implisit va eksplisit baholash jarayonlari tahlil qilinib, ularning jamiyatdagi
qadriyat va me’yorlarni aks ettirishdagi roli yoritilgan. Natijalar til ifodalaridagi qadriyatlar
konseptual modelini yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
Aksiologiya, aksiolingvistika, baholash jarayoni, darajalanish jarayoni,
semantic ma’no, baholash nazariyasi, implisit baholash, eksplisit baholash.
Aksiologik leksika – aksiolingvistikaning bir yo‘nalishi bo‘lib, u tilda qadriyat va ularni
baholovchi, implisit va eksplisit usulda keluvchi so‘z va iboralar jamlanmasini o‘rganuvchi
qatlamdir. Ushbu qatlamga quyidagilar kiradi:
-
Baholovchi sifatlar;(yaxshi,yomon)
-
Baholovchi ravishlar;(baxtga qarshi)
-
Qadr-qimmatni ifodalovchi otlar;(ozodlik,sharaflik)
-
Undov so’zlar;(marhamat!, sog
‘ bo‘ling!,
ohho)
-
Iboralar;(qora kunlar)
-
Maqollar.
Ko‘plab olimlar fikriga ko’ra aksiologik leksika ijtimoiy munosabatlarning markazi
sifatida ko‘rishadi. Sababi, aynan so‘zlar jamiyatdagi g‘oya va me’yorlarni eng ko‘p ifodalovchi
lisoniy birliklar bo‘lib, ular aksiologiyaning eng asosiy o‘rganish obyektidir.
Dastlab,
aksiologik leksika
ni ifodalovchi “
axiologeme
” termini K.A.Jukov tomonidan
qo‘llanilgan. U bu termin orqali tilda baholash mazmuniga ega bo‘lgan so‘zlar qatlamiga
nisbatan foydalangan. Olim bu qatlamning tilda o‘z o‘rniga egaligi, ularning ijobiy hamda
salbiy ma’noda kelishi haqida fikrlar bergan[6]. Undan tashqari aksiologik leksika ma’nosini
ifodalovchi quyidagi terminlar ham ingliz va o‘zbek tilidagi ilmiy adabiyotlarda ham uchraydi:
Baholovchi leksika(evaluative lexicon) –
asosan, baholash nazariyasida ishlatilib, u tilning
hukmlar va baholash mazmunini qay tarzda ifodalashini tekshiradi. Ushbu termin J.R.Martin
va P.R.Vayt tomonidan ishlatilgan[4].
Qadriyatga oid so‘zlar(value-laden vocabulary) –
asosan, diskurs tahlilda ishlatilib, o‘ziga
xos g‘oyaviy va baholovchi konotativ ma’noga ega so‘zlar uchun qo‘llaniladi[1]. O‘zbek
tilshunosligida ushbu termin
qadriyatga oid leksik birliklar
sifatida ham ishlatilgan[2].
Baholovchi til –
bu termin kengroq mazmunda ishlatilib, unda faqat so‘zlar emas, balki
boshqa til birliklari ham nazarda tutiladi[3].
Axloqiy atamalar(axloqiy leksikalar) –
jamiyat me’yorlarini ifodalovchi leksik birliklarga
nisbatan qo‘llanilgan[2].
Subyektiv baho formalari –
ushbu atama R.Qo‘ng‘urov tomonidan qo‘llanilgan bo‘lib,
muallif ushbu vositalarning semantic va stilistik xususiyatlarini tahlil qiladi va ularning
nutqda kelish ifodasini o‘rganadi[5].
92
Demak, ko‘plab olimlarning olib borgan tadqiqotlarida aksiologik leksika termini
qo‘llanilmagan bo‘lsa-da, ular nazarda tutgan birlik yoki formalar aynan aksiologik leksika
ekanligini aytish mumkin.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Fairclough N. Language and Power. – London: Longman, 1989. – P. 85-113.
2.
Hakimov M. O‘zbek pragmalingvistikasi asoslari. – Toshkent, 2013. – 176b.
3.
Hunston, S., Thompson, G. Evaluation in Text: Authorial Stance and the Construction of
Discourse. Oxford University Press. – Uk, 2000. – 238p.
4.
Martin J.R., White P.R. the language of evaluation Appraisal in English. – London,2007. –
278p.
5.
R.Qo‘ng‘urov. Subyektiv baho formalarining semantic va stilistik xussiyatlari. –
Toshkent, 1980. – B.3-7.
6.
Серебренникова, Е.Ф., et al.
Лингвистика и аксиология: этносемиометрия
ценностных смыслов
. – Москва: ТЕЗАУРУС, 2011. – C.352.
