Universal International Scientific Journal
308
Rustamov Sanjar Ashiraliyevich., Raxmonova Gulshanoy Muxtorjon qizi
Andijon davlat universiteti
Uzbekistan
Annotatsiya.
Torondoshlar turkumi vakili hisoblangan qushtaron o’simligini yer yuzida hamma
mintaqalarda uchratishimiz mumkin. Ularning barchasi o’zining morfologik tuzilishi dorivorlik xususiyati
va amaliy ahamiyati turlicha ekanligi bilan farq qiladi. Qushtaron (Polygonum aviculare L) o’simligi
daryolar, yo’l yoqalari, asosan zich tuproqlarda tarqalgan bo’lib, begona o’t sifatida o’sadi. Iyuldan kech
kuzgacha gullab meva tugadi. Ushbu maqolada o’simlikning o’ziga xos dorivorlik xususiyatlari, kimyoviy
tarkibi biologik faol moddalar haqida keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
xom ashyo, vitaminlar, fitonsidlar, mikro va makro elementlar, biologik faol moddalar.
Аннотация:
Осока — представитель семейства осоковых, распространенный во всех
регионах мира. Все они различаются по морфологическому строению, лечебным свойствам и
практическому значению. Растение Polygonum aviculare L. распространено вдоль рек и обочин
дорог, преимущественно на плотных почвах, и произрастает как сорное растение. Цветет и
плодоносит с июля до поздней осени. В статье рассматриваются уникальные лечебные свойства
растения, его химический состав и биологически активные вещества.
UNIVERSAL XALQARO ILMIY
JURNAL
Jurnalning bosh sahifasi:
QIZIL TASMA (POLYGONUM AVICULARE L) O’SIMLIGINI BOTANIK TAVSIFI VA
O’ZIGA XOS DORIVORLIK XUSUSIYATLARI
Universal International Scientific
Year: 2025 Issue: 2 Volume: 4
Published: 30.04.2025
International indexes
Universal International Scientific Journal
30
9
Ключевые слова:
сырье, витамины, фитонциды, микро- и макроэлементы, биологически
активные вещества.
Abstract:
The plant Polygonum aviculare, a representative of the genus Polygonum, can be found in
all regions of the world. All of them differ in their morphological structure, medicinal properties and
practical importance. Polygonum aviculare (Polygonum aviculare L) is widespread along rivers, roadsides,
mainly on dense soils, and grows as a weed. It blooms and bears fruit from July to late autumn. This article
presents the specific medicinal properties of the plant, its chemical composition and biologically active
substances.
Keywords:
raw materials, vitamins, phytoncides, micro and macro elements, biologically active
substances.
Language:
Uzbek
Citation:
Rustamov , S., & Raxmonova , G. (2025). BOTANICAL DESCRIPTION AND
INDIVIDUAL MEDICINAL PROPERTIES OF THE RED RIBBON (POLYGONUM AVICULARE L)
PLANT.
Universal
International
Scientific
Journal,
2(4),
308–313.
Retrieved
from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1761
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15352112
Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under
the
Creative
Commons
Attribution
International
License
(CC
BY
4.0).
http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/
Qushtaron (
Polygonum aviculare L
)
o’simligi grechixadoshlar (
polygonaceae
)
oilasiga mansub bo’lib, bu oilaga 40 turkum
900 tur kiradi. Bu oilaning vakillari
ko’pincha
o’tsimon,
butasimon
va
lianasimon o’simliklar bo’lib, ba’zan tropik
mamlakatlarda daraxtsimon vakillarini ham
uchratish mumkin. Barglari oddiy, ikkita
pardasimonli yon bargchalari birikib, o’sib
naycha hosil qiladi. Gullari aktinomorf, ikki
yoki ayrim jinsli bo’lib, bir yoki ikki uylidir.
Gul qo’rg’oni oddiy, uchta,beshta, oltita gul
qo’rg’on barglari bo’ladi. Changchilari 5,8,9
ta. Urug’chisi bitta, 2, 3 yoki 4 ta meva
bargchasining birikib o’sishidan hosil
bo’ladi. Mavasi uch qirrali yong’oqcha.
Grechixadoshlar (Polygonaceae) oilasiga
kiruvchi turkumlardan biri bu Toron
(Polyogunum) turkumidir. Toron turkumi
(Polygonum) – turkum nomi “yunon” tilidan
olingan bo’lib “poiys”-ko’p, “gony” bo’g’in
“ko’p bo’g’inli” degan ma’noni anglatadi.
Bu turkum vakillari poyasi tik, yer bag’irlab
yoki chirmashib o’sadigan naychali, barglari
Universal International Scientific Journal
3
1
0
butun, bir yillik, ko’p yillik, ba’zan butacha
o’simliklardir. O’simlik poyasi qator
tugunlardan iborat bo’lib, oralig’ida
bo’g’inlar joylashgan. Ularning gullari ikki
jinsli, barg qo’ltig’idan chiqqan, poyaning
uchidagi shingil yoki ro’vaksimon to’pgulda
yeg’ilgan. Gulqo’rg’on bargchalari doirada
beshtadan bo’lib ko’rinsa xam aslida sipiral
bo’lib joylashgan, chunki bu avlodda uchlik
tipidagi
gulqo’rg’onlarning
asta-sekin
beshlik tipdagi gulqo’rg’onlarga o’tishi
kuzatiladi. Urug’chisi 5-8 ta, changchisi 2
yoki 3 mevabargchalidir. Mevasi uch qirrali,
gulqo’rg’on bilan o’ralgan yong’oqchadir.
Bu turkumga kiruvchi vakillaridan biri
qushtaron
(
Polygonum
aviculare
L
)
o’simligi turidir. Qushtaron (P. aviculare)
o’simligi–tur nomi “avicularis”- o’simlik
urug’i qushlarga don bo’lgani nazarda tutilib
shunday atalgan
1-Rasm Qushtaron o`simligi
Yer yuzida keng tarqalgan bo’lib,
asosan bir yillik o’t o’simlik hayotiy
shakliga ega. Deyarli barcha mintaqalarda
uchratish mumkin. Faqatgina Arktikada va
Antarktidada uchramaydi. O’zbekiston
Respublikasi florasida bu turning 45 turini
uchratish mumkin. O’zbekiston hududida
Toshkent, Andijon, Farg’ona, Jizzax,
Sirdaryo, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo
va Surxandaryo viloyatlarida tarqalgan.
Qushtaron (
P.aviculara
) o’simligi nam
tuproqlarda, soya–salqin joylarda o’sishga
moslashibgina qolmay balki ular quyosh
nuri to’g’ridan-to’gri tushadigan quyoshli
joylarda ham bemalol o’sadi. Qushtaron
P.
aviculara
) o’simligi daryolar bo’yida, yo’l
yoqalarida, hovlilarda, cho’l mintaqalarida,
quruq yaylov mintaqalarida va qolgan
mintaqalarda
ham
keng
tarqalgan.
Antropogen
ta’sirlarga juda chidamli
o’simlik. Bu o’simlik asosan zich
tuproqlarda va kamdan-kam bo’shashgan
tuproqlarda o’sadi. Qushtaron (
P.aviculara
)
o’simligi
odatda
uzluksiz
kichik
chakalakzorlarni hosil qilib ba’zi hollarda
ekin maydonlariga jiddiy zarar keltiradi.
O’simlikning poyasi ingichka, ko’pincha yer
Universal International Scientific Journal
3
11
bag’irlab, ba’zan ko’tarilib o’sadigan shoxli
poyaga ega. Asosan hayotiy shakli bir yillik
o’t-o’simlik
hisoblanadi.
Poyasining
uzunligi 20-90 smga yetadi. Ildizi o’q ildiz
tizimli, oqish sarg’ish rangda bo’ladi. Ildiz
barglari ellipsimon yoki old nayzali,
uzunligi 5 smli va kengligi 0.7-1.5 sm,
dumaloq yoki silliq qirrali bo’ladi. Bargi
cho’ziq lansetsimon, to’mtoq uchli, tekis
qirrali bo’lib, poyada bandi bilan ketma – ket
o’rnashgan. Bargining ranggi yashil,
kumushrang bo’lib 5 – 10 tomirli, ularni
uzunligi 1-5 mmgacha yetishi mumkin.
Gullari ko’rimsiz aktinomorf ikki jinsli barg
qo’ltig’ida ikkita ba’zan beshtagacha bo’lib
joylashgan va poyasining uchidagi gullari
shingil hosil qilib, to’pgulda kichik oddiy 5
a’zoli
bo’lib
joylashgan.
Qushtaron
(P.aviculara) o’simligining gullari mayda
oqish, ko’kimtir, pushti rangda bo’lib
iyuldan kech kuzgacha gullashda davom
etadi. Mevasi gulqo’rg’oniga o’ralib
turadigan qora va to’q jigarrang vertikal
tushgan chiziqlardan iborat uch qirrali
yong’oqcha. Mevasining bo’yi 3-mm, eni
esa 1.7 mm gacha bo’lib sentabrning oxiri va
noyabrning boshigacha pishib yetiladi. Qizil
tasma
(
P.aviculare
) o’simligi dorivor
o’simlik sifatida, yem-hashak va maysazor
sifatida ekib o’stiriladi. Ba’zi davlatlarni
aholisi orasida oziq ovaqat sanotida
foydalaniladi.
Qushtaron
(
P.aviculara
)
o’simligi urug’larining hayotchangligi 5
yilgacha davom etadi. Unib chiqishi uchun
+1 +2 C harorati yetadi. Kimyoviy tarkibi:
Tarkibida biologik faol moddalar taninlar
(0.19%), flavanoidlar (avikulyarin, meritsin,
kamferol), efir moyi, oshlovchi moddalar,
kumarinlar, saponinlar (57-450 mg), karotin
(quruq barglarida 4.9 mg % gacha), pektin,
antraglikozidlar,
shilimshiq
moddalar,
kremniy kislotasi birikmalari, askorbin
kislotasi,
organik
kislota
birikmalari,
polisaxarid kompleksi, C, K vitaminlari
makro va mikro elementlari (temir magniy,
kadmiy, ruh) va boshqa moddalardan iborat.
№
Nomlanishi
100 gr miqdori%
1
Taninlar
0.19 %
2
Kumarin ,saponinlar
57 -450 mg %
3
Karotinlar
4.9 mg %
4
Pektinlar
2-5 %
5
Kremniy kislotalari birikmalari
0.5-1%
6
Askarbin kislota
30–150 mg/100 g
Universal International Scientific Journal
3
12
Tabobatda, farmasevtika sanoatida
o’simlikning xamma qisimlari ishlatiladi.
Bu shifobaxsh o’simlikni quruq ob-havo
sharoitida, endigina gullaganda yeg’ib
olinadi. Chunki gullash davri tugagandan
so’ng o’simlikning poyalari qattiqlashib
qoladi. O’simlikni yeg’ib olishda bir necha
talablarga rioya qilish kerak. O’simlikni
transport harakatlanadigan yo’l yoqasidan,
changli yo’llardan, shovqin joylardan, zavod
va fabrikalarni oldidan yeg’ish umuman
tavsiya etilmaydi. Sababi bunday havosida
turli xil gazlar bo’lganligi sababli
o’simlikning dorivorlik xususiyatlariga
zarar
keltiradi.
Eng
yaxshisi
ularni
o’rmonlar, dalalar, daryo bo’ylari, qirg’oq
bo’ylaridan yeg’ib olish ma’qulroqdir.
Yeg’ib
olingan
tayyor
mahsulot
ventilyatsiyali xonalarda qurutiladi. Tayyor
xom-ashyoni uch yilgacha saqlash mumkun
[1-2].
Xalq
tabobatida
Qushtaron
(P.
aviculare)
o’simligidan
tayyorlangan
qaynatmalari ich ketishida ichni qotirish,
damlamalari esa quvvatga kirgazuvchi ya’ni
endigina
kasallikdan
oyoqqa
turgan
bemorlarga dori sifatida ichish tavsiya
etiladi.
Shuningdek
tana
haroratini
pasaytiruvchi, qon ketishini to’xtatuvchi,
siydik haydovchi va gijja tushuruvchi vosita
sifatida buyuriladi. Temiratki kasalligida va
bolalar badaniga turli toshma toshganda shu
o’tdan vanna qilish tavsiya etiladi. Yangi
terilgan va qurutilmagan o’tni yanchib yara,
chipqon, temiratki va jarohatlar ustiga
qo’yib bog’lanadi. Qizil tasma o’simligini
barglari sezilarli darajada fitonsid xossasiga
ega bo’lib undan tayyorlangan suvli ekstrakt
mikroblarga qarshi antimikrobiyal ta’sir
ko’rsatib shu bilan birgalikda antibakterial
xususiyati ham bor [1,3,5].
Tibbiyotda Qushtaron (
P.aviculare
)
o’simligining preparatidan(parashok, kukun,
tabletka holidagi),
me’da faoliyatini
yallig’lanishi (gastirit), me’da – ichak trakti
oʻn ikki barmoq ichagi yaligʻlanishini oldini
oladi.
Siydik yo’llari operatsiyalaridan keyin
relapslarni oldini olishda urolitiyoz bo’lsa
yo’qotishga yordam beradi. Bundan tashqari
bachadon miyomasini yo’q qilishda,
balog’atga
yetmagan
ayollarda
gipermenoreya holatini qisqarishiga yordam
beradi.
Qushtaron
(
Polygonum
aviculare
)
o'simligi grechixadoshlar oilasiga mansub
bo'lib, yer yuzining turli mintaqalarida,
Universal International Scientific Journal
3
1
3
ayniqsa zich tuproqli joylarda keng
tarqalgan. Bu o'simlik o'zining biologik faol
moddalar, dorivorlik xususiyatlari hamda
ekologik moslashuvchanligi bilan ajralib
turadi. Tibbiyotda va xalq tabobatida turli
kasalliklarni davolashda keng qo'llaniladi.
Uning antimikrobiyal, yallig'lanishga qarshi,
qon to'xtatuvchi va siydik haydovchi
xususiyatlari mavjud. Shuningdek, oziq-
ovqat sanoatida, yem-hashak sifatida ham
foydali. To'g'ri yig'ib olish, saqlash va
ishlatish orqali bu o'simlikdan keng
miqyosda foydalanish mumkin [5].
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak Qushtaron
o’simligi yer yuzida keng tarqalgan bo’lib,
xususan bizning yurtimizda ham keng
tarqalgan. Bu turkum vakillarining inson
hayotida ro’li katta ekanligini hisobga olib
undan to’gri foydalanish va farmasevtika
sanoatida
foydali
dori-darmon
ishlab
chiqarishni keng yo’lga qo’yishimiz kerak
bo’ladi. Avvalambor biz bu turkum va
turlarni vakillarini morfologik anotomik
xususiyatlarini, tarqalgan joylarini, o’sish
sharoitlarini, atrofga moslashish omillarini,
ularning foydali va zararli taraflarini aniq va
chuqur bilishimiz kerek. Lekin bu turkum
vakillarini zararidan ko’p foydali taraflari
mavjud.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. A.Q. Qayimov, E.T. Berdiyev Dendrologiya Choʻlpon nomidagi nashriyot-matbaa jodiy uyi. Toshkent -
2012.
2. Oʻ. Pratov, L. Shamsuvaliyeva, E. Sulaymonov, X. Axunov, K. Ibodov, V. Mahmudov Botanika
(MOrfologiya, Anatomiya, Sistematika, Geobotanika) Ta'lim nashriyoti". T. - 2010.
3. arxiv.uz
4. Wikipedia.uz
CYBERLEINKA.ru
