Universal International Scientific Journal
138
Rustamov Sanjar Ashiraliyevich., Urmonova Nigoraxon Alijonovna
Andijon davlat universiteti
Uzbekistan
Annotatsiya:
Ushbu maqolada qoqio‘ti (Tribulus terrestris) tarkibidagi vitaminlar va ularning inson
organizmiga ta’siri ilmiy asosda tahlil qilingan. Qoqio‘ti tarkibidagi C vitamini, B guruhi vitaminlari va
minerallarning immunitetni mustahkamlash, gormonal muvozanatni saqlash, qon aylanishini yaxshilash va
asab tizimini qo‘llab-quvvatlashdagi ro’li yoritilgan. Maqolada qoqio‘tining antioksidant xususiyatlari,
yallig‘lanishga qarshi ta’siri va uning jismoniy faollikni oshirishdagi ahamiyati batafsil tushuntirilgan.
Shuningdek, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda qoqio‘tining salomatlik uchun
foydalari va ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi zarurligi ta’kidlangan. Mazkur tahlil qoqio‘tining tabiiy
shifobaxsh vositasi fatidagi qimmatini yanada anglatishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
Qoqio‘ti, Tribulus terrestris, vitaminlar, C vitamini, B guruhi vitaminlari, minerallar,
saponinlar, antioksidant, immunitet, gormonal muvozanat, qon aylanishi, asab tizimi, salomatlik,
shifobaxsh o‘simlik.
Аннотация:
В данной статье на научной основе анализируются витамины, содержащиеся в
трибулус террестрис, и их влияние на организм человека. Выделена роль витамина С, витаминов
UNIVERSAL XALQARO ILMIY
JURNAL
Jurnalning bosh sahifasi:
QOQIO‘TI TARKIBIDAGI VITAMINLAR: ILMIY TAHLIL VA SALOMATLIKKA TA’SIRI
Universal International Scientific
Year: 2025 Issue: 2 Volume: 1
Published: 26.01.2025
International indexes
Universal International Scientific Journal
13
9
группы В и минеральных веществ в кохиоти в укреплении иммунной системы, поддержании
гормонального баланса, улучшении кровообращения, поддержке нервной системы. В статье
подробно объясняются антиоксидантные свойства, противовоспалительное действие и его значение
в повышении физической активности. Также на основании результатов современных научных
исследований подчеркивается польза для здоровья и необходимость его осторожного употребления.
Этот анализ служит для дальнейшего понимания ценности натуральных целебных средств.
Ключевые слова:
Трибулус террестрис, витамины, витамин С, витамины группы В,
минералы, сапонины, антиоксиданты, иммунитет, гормональный баланс, кровообращение, нервная
система, здоровье, лекарственное растение.
Abstract:
This article analyzes the vitamins contained in Tribulus terrestris and their effects on the
human div on a scientific basis. The role of vitamin C, B vitamins and minerals in Tribulus terrestris in
strengthening immunity, maintaining hormonal balance, improving blood circulation and supporting the
nervous system is highlighted. The article explains in detail the antioxidant properties of Tribulus terrestris,
its anti-inflammatory effect and its importance in increasing physical activity. It also emphasizes the health
benefits of Tribulus terrestris and the need for careful use based on the results of modern scientific research.
This analysis serves to further understand the value of Tribulus terrestris as a natural healing agent.
Keywords:
Tribulus terrestris, vitamins, vitamin C, B vitamins, minerals, saponins, antioxidant,
immunity, hormonal balance, blood circulation, nervous system, health, medicinal plant.
Language:
Uzbek
Citation:
Rustamov , S., & Urmonova , N. (2025). VITAMINS IN CUCUMBERS: SCIENTIFIC
ANALYSIS AND IMPACT ON HEALTH. Universal International Scientific Journal, 2(1), 138–144.
Retrieved from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1417
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14747506
Google scholar:
KIRISH
Tabiat insonuchun bebaho boyliklar
manbai hisoblanadi. Ushbu boyliklar
orasida shifobaxsh o‘simliklar alohida
o‘rin tutadi. Qoqio‘ti (Tribulus terrestris)
asrlar davomida turli xalq tabobatida turli
kasalliklarni
davolashda
qo‘llanilib
kelingan [1]. Ilmiy tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, qoqio‘tining tarkibida turli xil
vitaminlar,
minerallar
va
bioaktiv
moddalar mavjud bo‘lib, ular salomatlikni
saqlash va turli kasalliklarning oldini
olishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur
maqolada qoqio‘tining vitaminlar tarkibi
va ularning inson organizmiga ta’siri ilmiy
nuqtai nazardan tahlil qilinadi [2].
Qoqio‘tining tarkibida yuqori
miqdorda askorbin kislota (C vitamini)
mavjud. Bu vitamin antioksidant sifatida
ma’lum
bo‘lib,
immunitetni
mustahkamlashda,
yallig‘lanish
jarayonlarini kamaytirishda va hujayralarni
erkin radikallardan himoya qilishda
muhim rol o‘ynaydi [3].
Universal International Scientific Journal
1
40
Qoqio‘tida
B1
(tiamin),
B2
(riboflavin) va B6 (piridoksin) vitaminlari
uchraydi. Bu vitaminlar energiya ishlab
chiqarish, asab tizimi faoliyati va
metabolizm jarayonlari uchun zarurdir [4].
Immunitetni
mustahkamlaydi
va
yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi
[5].Qon bosimini barqarorlashtirishga va
qon aylanishini yaxshilashga yordam
beradi. Gormonal muvozanatni saqlashga
yordam beruvchi moddalarga boy [6].
Ayniqsa, erkaklarda testosteron darajasini
oshirishda samarali bo‘lishi mumkinligi
ilmiy tadqiqotlarda ko‘rsatilgan. Bir
qancha
tadqiqotlar
qoqio‘tining
antioksidant xususiyatlari yuqori ekanligini
va bu uning organizm hujayralarini erkin
radikallar ta’siridan himoya qilish
qobiliyatini oshirishini tasdiqlagan [7].
Tajriba qism. Foydalanigan reaktiv va
jihozlar.
Vitamin
B12
“Rhydburg
Pharmaceuticals” (Germaniya), C vitamin
“Carl Roth GmbH” (Germaniya), B9
“DSM Nutritional Products GmbX” dan
(Germaniya), B1, B2, B3, B6, PP
vitaminlar “BLDPharm” (Xitoy) olingan.
HPLC darajadagi tozalikda suv, asetonitril,
kimyoviy toza markadagi sirka kislota va
natriy
gidroksidi
reaktivlaridan
foydalanildi.
O’simlik tarkibidagi suvda eruvchan
vitaminlar
miqdorini
Yaponiyaning
Shimadzu
kompaniyasida
ishlab
chiqarilgan LC-40 Nexera Lite yuqori
samarali suyuqlik xromatografida amalga
oshirildi.
Standart eritmalarni tayyorlash. C
(CAS 50-81-7), B1 (CAS 59-43-8), B6
(CAS 58-56-0), B3 (CAS 59-67-6), B12
(CAS 68–19–9) va PP (CAS 98-92-0)
vitaminlarning eritmalari (100 mg/l) har bir
vitaminning 5 mg dan miqdori 50 ml 0,1 N
li HCl eritmasida eritib tayyorlanadi. B2
(CAS 83-88-5) va B9 (CAS 59-30-3)
vitaminlarining standart eritmalari ushbu
vitaminlarning 5 mg ni 50 ml 0,025%
natriy
gidroksid
eritmasida
eritib
tayyorlandi. So‘ngra dastlabki B1, B6, B3,
B12, PP vitaminlardan 200 mkl dan olib
aralashtirildi va har bir vitaminning
konsentratsiyasi 14.286 mg/l dan bo’lgan
eritma tayyorlandi. Shu tariqa 7.143, 3.571,
1.786
mg/l
dan
standart
eritmalar
tayyorlandi. Vitamin C ning ham 286, 143,
71.5, 57.2 mg/l konsentratsiyali standart
eritmalari tayyorlandi. Kalibrlovchi grafik
tuzish uchun 0 mg/l konsentratsiya uchun
toza suv ishlatildi.
Namuna ekstraktini tayyorlash. Suvda
eruvchan vitaminlarni ekstraksiya qilish
uchun tekshiriladigan namunadan 1 gr
o’lchab olinib, 50 ml hajmli konussimon
kolbaga solindi va 25 ml 0,1 N li HCl
eritmasi qo’shildi. Aralashma GT SONIC-
D3 (Xitoy) markali ultratovushli vannada
60 oC haroratda 20 daqiqa davomida
ekstraksiya qilindi. So’ngra aralashma
sovitilib,
filtrlandi
hamda
o’lchov
kolbasida suv bilan 25 ml ga yetkazildi.
Ekstraktdan 1,5 ml miqdori 0,22 mkm li
shpritsli filtrda filtrlanib vialaga solindi
hamda analiz uchun foydalanildi.
Xromatografik sharoitlar.
Vitaminlarni
aniqlash.
Standart
eritmalar va namuna ekstrakti LC-40D
nasosi, SIL-40 avtosampleri, SPD-M40
foto-diod matritsali detektoridan (PDA)
iborat LC-40 Nexera Lite yuqori samarali
suyuqlik xromatografi va LabSolutions
ver. 6.92 dasturiy ta’minoti yordamida
tahlil qilindi. Shim pack GIST C18 (150 ×
4,6 mm; 5 mkm, Shimadzu, Yaponiya)
teskari fazali kolonkasi hamda asetonitril
(A) va sirka kislotaning suvdagi 0,25 % li
eritmasi (B) dan tashkil topgan gradientli
harakatchan faza (1-jadval) qo'llanildi.
Universal International Scientific Journal
1
4
1
In'ektsiya hajmi 10 mkl, oqim tezligi 0,6
ml/min va kolonka termostati harorati 40
°C etib belgilandi. Har bir vitaminning
analitik signali (cho'qqi maydoni) uchta
to'lqin uzunliklari 265, 291, 550 nm da
qayd etildi (1-3 rasmlar). Vitamin C ni
aniqlash uchun 15 daqiqali gradiyent
ishlatildi (2-jadval) va analitik signal 265
nm to‘lqin uzunlikda o‘lchandi.
1-jadval. Vitaminlarni aniqlashda harakatchan faza gradiyent dasturi.
Vaqt, daqiqa
Atsetonitril (A), %
0,5 % li sirka kislota (B), %
0
0
100
3
0
100
14
20
80
17
50
50
18
0
100
25
Tugatish
2-jadval. Vitamin C miqdorini aniqlashda harakatchan faza gradiyent dasturi.
Vaqt, daqiqa
Atsetonitril (A), %
0,5 % li sirka kislota (B), %
0
0
100
2
0
100
6
50
50
6,01
0
100
15
Tugatish
1-rasm. Vitaminlar standart eritmasining xromatogrammasi.
Universal International Scientific Journal
1
42
2-rasm. Vitamin C standart eritmasining xromatogrammasi.
Olingan natijalar.Qoqio’t ildizi
ekstrakti
tarkibidagi
vitaminlarni
aniqlash.
Namuna
ekstrakti
xromatogrammasi
(3,4-rasmlar)
olindi
hamda natijalar asosida 100 g meva
tarkibidagi vitaminlar miqdorlari quyidagi
formula
bilan
hisoblanib
3-jadvalda
keltirildi.
𝑋 =
𝐶
𝑣𝑖𝑡
∙ 𝑉
𝑒𝑘𝑠𝑡𝑟𝑎𝑘𝑡
𝑚
𝑛𝑎𝑚𝑢𝑛𝑎
∙ 100 𝑔
Bu yerda,
X
– 100 gram meva
tarkibidagi vitaminlarning miqdori, mg;
C
vit
–
ekstrakt
tarkibidagi
vitaminning YuSSX usuli bilan aniqlangan
konsentratsiyasi, mg/l;
V
ekstrakt
– namuna ekstraktining hajmi,
l;
m
namuna
– ekstrakt tayyorlash uchun
tortib olingan namuna massasi.
3-rasm. Qoqio’t ildizi ekstrakti tarkibidagi vitaminlarni aniqlash xromatogrammasi.
Universal International Scientific Journal
1
4
3
4-rasm. Qoqio’t ildizi ekstrakti tarkibidagi vitamin C miqdorini aniqlash
xromatogrammasi.
3-jadval. Ekstraktdagi vitaminlarning miqdori va ushlanish vaqtlari.
Vitamin
Ushlanish vaqti,
sek
Konsentratsiya,
mg/l
100 g
namunadagi
miqdor, mg
Vitamin B
1
2,805
1,137
2,843
Vitamin B
3
5,892
1,845
4,613
Vitamin PP
8,085
0,604
1,510
Vitamin B
9
16,744
0,349
0,873
Vitamin B
2
18,79
0,525
1,313
Vitamin B
6
6,213
0,347
0,868
Vitamin B
12
Aniqlanmadi
0
0,000
Vitamin C
4,458
2,611
6,528
3-jadvaldan
ko’rinib
turibdiki
qoqio’tning tarkibida yuqori miqdorda
VitaminC
-6,528,
vitamin
B
3-
4,613,
vitamin B
1-
2,843 va oz miqdorda vitamin
PP-1,510, vitamin B
2-
1,313, vitamin B
6-
0,868 borligi aniqlandi.
XULOSA.
Qoqio‘ti
nafaqat
shifobaxsh
o‘simlik
sifatida,
balki
tarkibidagi vitamin va bioaktiv moddalar
tufayli umumiy salomatlikni saqlashda
muhim o‘rin tutadi. C vitamini immunitetni
oshirishda
va
yallig‘lanishga qarshi
kurashda faol ishtirok etsa, B guruhi
vitaminlari
metabolizm
jarayonlarini
rag‘batlantiradi va asab tizimini qo‘llab-
quvvatlaydi. U immunitetni oshirish,
gormonal muvozanatni saqlash va qon
tomirlar faoliyatini yaxshilashda muhim rol
Universal International Scientific Journal
1
44
o‘ynaydi.
Ilmiy
izlanishlarimiz
va
labaratoriya
tekshiruv
natijalariga
asoslangan
xolda
Qoqio’ti
boy kimyoviy tarkibini inobatga olib u
asosida tabiiy davolovchi ta’ sirga ega
bo’lgan biologik oziq-ovqat qo’shilmasi
olishga tavsiya etish mumkun.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Chhatre S. et al. Phytopharmacological overview of Tribulus terrestris //Pharmacognosy reviews. –
2014. – Т. 8. – №. 15. – С. 45.
2.
Ștefănescu R. et al. A comprehensive review of the phytochemical, pharmacological, and
toxicological properties of Tribulus terrestris L //Biomolecules. – 2020. – Т. 10. – №. 5. – С. 752.
3.
Hussain A. A. et al. Study the biological activities of Tribulus terrestris extracts //World Academy
of Science, Engineering and Technology. – 2009. – Т. 57. – С. 433-435.
4.
Shahid M. et al. Phytopharmacology of Tribulus terrestris //Journal of biological regulators and
homeostatic agents. – 2016. – Т. 30. – №. 3. – С. 785-788.
5.
Amin A. M. R. et al. The protective effect of Tribulus terrestris in diabetes //Annals of the New
York Academy of Sciences. – 2006. – Т. 1084. – №. 1. – С. 391-401.
6.
Zhu W. et al. A review of traditional pharmacological uses, phytochemistry, and pharmacological
activities of Tribulus terrestris //Chemistry Central Journal. – 2017. – Т. 11. – С. 1-16.
7.
Semerdjieva I. B., Zheljazkov V. D. Chemical constituents, biological properties, and uses of
Tribulus terrestris: A review //Natural Product Communications. – 2019. – Т. 14. – №. 8. – С.
1934578X19868394.
