AKMEOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH

Аннотация

Maqolada shaxsning rivojlanishini, uni kasbiy faoliyatga tayyorlashni akmeologik yondashuv asosida takomillashtirishda akmeogramma metodining ahamiyati yoritilgan. Akmeogramma professiogramma va psixogrammaga nisbatan individualllikning yuqori darajada namoyon etilishi bilan farqlanishi va uning yordamida bo‘lajak mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi, ijodkorlik qobiliyati, yangilik yaratishga xohishi va intilishi bilan bog‘liq bo‘lgan resurslar aniqlanishi ifoda etilgan

Universal science research jurnali
Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Isroilov , Q., Haydarova, N., & Husanova , M. (2025). AKMEOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH. Журнал универсальных научных исследований, 3(6 (SPECIAL ISSUE), 273–276. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/113876
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada shaxsning rivojlanishini, uni kasbiy faoliyatga tayyorlashni akmeologik yondashuv asosida takomillashtirishda akmeogramma metodining ahamiyati yoritilgan. Akmeogramma professiogramma va psixogrammaga nisbatan individualllikning yuqori darajada namoyon etilishi bilan farqlanishi va uning yordamida bo‘lajak mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi, ijodkorlik qobiliyati, yangilik yaratishga xohishi va intilishi bilan bog‘liq bo‘lgan resurslar aniqlanishi ifoda etilgan


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

273

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may


AKMEOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA KASBIY FAOLIYATGA

TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH

Isroilov Qobuljon Toshtemirovich

Samarqand Zarmed universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi, PhD

Haydarova Noila Pardaboy qizi

Husanova Mehribon Sherzod qizi

Samarqand Zarmed universiteti talabalari

Annotatsiya.

Maqolada shaxsning rivojlanishini, uni kasbiy faoliyatga

tayyorlashni akmeologik yondashuv asosida takomillashtirishda akmeogramma
metodining ahamiyati yoritilgan. Akmeogramma professiogramma va psixogrammaga
nisbatan individualllikning yuqori darajada namoyon etilishi bilan farqlanishi va uning
yordamida bo‘lajak mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi, ijodkorlik qobiliyati, yangilik
yaratishga xohishi va intilishi bilan bog‘liq bo‘lgan resurslar aniqlanishi ifoda etilgan.

Kalit so‘zlar:

akmeologiya, akmeologik yondashuv, akmeologik qobiliyatlar,

akmeogramma,

psixogramma,

avtopsixologik

kompetentlik,

kreativlik,

professiogramma, akmeotexnologiya, avtokognitiv qobiliyat, kasbiy tayyorgarlik,
ijodkorlik qobiliyati, akmeolog, kasbiy ijodkorlik, shaxsiy-professional rivojlanish.

Аннотация.

В статье отображено о задачи совершенствование подготовки

к профессиональной деятельности по основы акмеологического подхода,
развитие личности в обучение, необходимости акмеологического подхода при
подготовки к профессиональной деятельности личности.

Ключевые слова:

aкмеологического

подхода, профессиональной

подготовки, профессиональной зрелости, профессиональной направленность
подготовка к профессиональной деятельности,

Abstract.

The improvement of preparation for professional activity on bases of

acmeological approach, development of the personality in training, need of
acmeological approach at preparation for professional activity of the personality tasks
are displayed in this article.

Key words:

acmeological approach, professional activity, personality tasks,

preparation for professional activity, displayed in this article.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

274

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

Dunyoning yetakchi mamlakatlarida

o‘quv-bilish faoliyatini akmeоlоgik kasbiy

yo‘naltirish,

oliy ta’lim tаlаbаsining kasbni egallashida akmega yetishi, yuqori

malakaga ega bo`lishi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bo‘lajak kadrlarni kasbiy
faoliyatga tayyorlashni rivojlantirishda akmeоlоgik yоndаshuvdan kengroq
foydalanish,

kasbiy

kompetentlikni

rivojlantirish,

kasbiy

tayyorgarlikni

modernizatsiyalash, pedagogik kasbiy ta’lim sharoitida raqobatbardosh pedagoglar
tayyorlashni takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Akmeologik

yondashuvni

muvaffaqiyatli

amalga

oshirish,

maqsadga

yo‘naltirilgan psixologo-pedagogik shartini tashkil etish, (shuningdek, shaxsni
akmeologik yo‘naltirishni shakllantiruvchi metodlar va usullar), pedagogik ta’sir
yo‘nalishining ijobiyligi o‘zgarishiga rioya etishni ta’minladi. V.D. Shadrikovning
e’tirofiga ko‘ra, oliy pedagogik ta’lim tizimi har qanday pedagogni yuksak darajadagi
tilni bilish madaniyatiga, o‘z fikr va mulohazalarini aniq va ravon turli til
imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda ifodalay bilish, o‘zining predmeti
yuzasidan har tomonlama mukammal bilimga ega bo‘lishi va uni o‘qitish usullarini
yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak. Akmeologiya majmuaviy, integrativ fan sifatida,
insonning rivojlanish va tiklanish dinamikasida, shaxs ijodiy potensialida o‘z-o‘zini
namoyon etish qonuniyatlari va omillari hamda ta’limiy va kasbiy yutuqlarga erishish
yo‘llarini tadqiq etadi. Subyyektning kasbiy faoliyat muammosi akmeologiyada
dolzarb hisoblanadi.

Kasbiy ta’limning akmeologik modeli shaxsni kasbiy faoliyatga tayyorlashda

yangi sifatga erishishga yo‘naltirilgan ta’lim muhiti, akmeologik yo‘naltirilgan ta’lim
yangi integrativ fikrlash usullari, zamonaviy hayotga moslashtirishda va o‘z-o‘zini
namoyon qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga ega bo‘lgan bo‘lg‘usi mutaxassislarni
yaxlit va barqaror rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, pedagogik mutaxassislar
tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy mutaxassisda akmeologik fikrlashni
shakllantirish va kreativ faoliyat usullari, innovatsiyaga, muvaffaqiyatga, kasbiy
mohirlikka intilish, ijodiy potensialni namoyon etish qobiliyati, akmeologik va umumiy
kasbiy

madaniyatning

zaruriy

komponentlari

hisoblanadi.

Mutaxassislarni

tayyorlashning refleksivli o‘z-o‘zini faollashtirish texnologiyasi keng qo‘llaniladi va
kasbiy faoliyatni predmetli va ijtimoiy mazmunini yaratish imkonini beradi. Insonni
yoshligidanoq ma’lum bir sohaga yo‘naltira oluvchi texnologiyalarning eng birinchisi
va muhim mexanizmi – akmeogrammadir.

Akmeogramma–shaxsning kasbiylashuvi va muayyan mehnat ob’yektlari

faoliyatining taraqqiyotiga imkon beradigan talablar sharoit va omillar tizimini


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

275

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

namoyon etadi. Akmeogramma doim individual bo‘ladi, u shaxsning imkoniyatlari va
istiqbollarini, xususiyatlarini o‘zida mujassam etadi. Akmeogramma ma’lumotlar
bazasi orqali olib boriladi, uning ko‘rsatkichlar mumkin qadar foizlarda belgilanadi.
Akmeogramma akmeografik yondashuvning asosiy metodi va u progressiv
rivojlanishga hamda shaxsning professionalizmi konkret mehnat sub’yektlari
faoliyatining taraqqiyotiga imkon beradigan talablar, sharoit va omillar tizimini
namoyon etadi. Talabalar akmeogrammasi individual tavsifga ega, rasmiy ravishda
bo‘lib, u samarali faoliyat ko‘rsatayotgan sub’yektning individual “kesimi”ni, uning
imkoniyatlari va istiqbollarini, kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘zida mujassam etadi.

Akmeogramma professiogramma va psixogrammaga nisbatan individuallikning

yuqori darajada namoyon etilishi bilan farqlanadi. Akmeogramma talaba faoliyatining
barcha jihatlari (kasbiy faoliyatga tayyorgarlik, har kungi munosabat, shaxsiy
rivojlanish va faoliyatning umumiy natijasi) hamda bundan kelib chiqib, bo‘lajak
kadrning individual psixologik va psixofiziologik xususiyatlariga qo‘yiladigan
talablarni o‘z ichiga oladi.

Akmeologiya pedagogika bilan hamkorlikda quyidagi uncha oddiy bo‘lmagan

masalani yechishi zarur: inson o‘zining hayoti yo‘lida qanday alohida xususiyatga ega
bo‘lgan, ta’kidlangandek mikroakmalarga erishib borishi kerakki, ya’ni u kelgusida
katta “makroakma”ni hosil qilsin. Shunga ko‘ra, mutaxassislar tayyorlash jarayonida
fanlarni integratsiyalab kredit modulli o‘qitish bilan bir vaqtda, talabaning individual
istiqbol rejalarini ishlab chiqish, individual rivojlantirish dasturi bilan ishlash, kasbiy
kompetensiyani shakllantirish, o‘quv portfolioni yuritish, kasbiy ta’lim akmeologiyasi
fakultativ

maxsus

kursni

olib

borish,

akmetexnologiyalarni,

kreativlikni

shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi metodlarni qo‘llash, guruh rahbarining ma’naviyat
mashg‘ulotlarini mukammallashtirish, kasbiy yo‘naltirish faol o‘quv mashg‘ulotlarini
olib borish kabi ishlarni amalga oshirish natijasida har bir talabada o‘ziga xos mikro
akmelarga va ularning majmuasida kasbiy tayyorlik makroakmega erishishga harakat
qilinadi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, akmeologik yоndаshuvdа muvаffаqiyаtgа erishish

uchun motivаtsiyа berish, fаoliyаtdа o‘z-o‘zini tаkomillаshtirish vа muvаffаqiyаtni
o‘zini kаsbidа аmаlgа oshirish istаgini shаkllаntirish, kаsbiy bilim vа ko‘nikmаlаrni
doimiy rаvishdа yаngilаb turish qоbiliyаti vа ehtiyojlаrini, ijodiy o‘zini o‘zi
rivojlаntirishgа yo‘nаltirish, kаsbiy mаhorаt cho‘qqilаrini egаllаshdа yаqqol nаmoyon
bo‘lаdi. Ushbu yоndаshuvni tа’lim аmаliyotidа qo‘llаsh orqаli tаlаbа shаxsining
akmeоlоgik yo‘nаlishini shаkllаntirish shuningdek, kаsbiy kreаtiv qоbiliyаtni


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

276

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

rivojlаntirish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Akmeologiya: uchebnik/pod red. A.A.Derkacha. M.: Izdatelstvo

RAGS.2006, - 688s

2.

Isroilov Q.T., Kаsbiy tаyyorgаrlik jаrаyonidа o‘qituvchilаrning ijodiy

fаoliyаtini tаshkillаshtirish/ “Tаfаkkur ziyosi” Jizzаx dаvlаt pedаgogikа universiteti
ilmiy-uslubiy jurnаli. 03. 2023 yil.

3.

Mа’murov Bаhodir Bаxshullаyevich. Bo‘lаjаk tаrix o‘qituvchilаridа

akmeologik yоndаshuv аsosidа tа`lim jаrаyonini loyihаlаsh ko‘nikmаlаrini
rivojlаntirish tizimi Dis…ped. fаn. dok. – T., 2018. –224 bet.

4.

Sаliyev

А.Sh.

Yoshlаrning

intiluvchаnligini

аniqlаshdа

akmеоgrаmmаning аhаmiyаti// Yoshlаrning akmeologik qаrаshlаrini shаkllаntirishdа
sog‘lom turmush tаrzining o‘rni.-Toshkent: Fаlsаfа vа huquq instituti, 2008. -227 bet.

5.

Shadrikov V.D. Novaya model spesialista: innovasionnaya podgotovka i

kompetentnostnыy podxod // Vыssheye obrazovaniye segodnya. - 2004 №8.- S. 120-
128.

6.

Ernazarova G.O. Akmelogik yondashuvni amalga oshirishning

pedagogik-psixologik shart-sharoitlari// Ta’lim, fan va innovatsiya. IMJ. T.:. 2017 yil,
№3, -B 19-21.


Библиографические ссылки

Akmeologiya: uchebnik/pod red. A.A.Derkacha. M.: Izdatelstvo RAGS.2006, - 688s

Isroilov Q.T., Kаsbiy tаyyorgаrlik jаrаyonidа o‘qituvchilаrning ijodiy fаoliyаtini tаshkillаshtirish/ “Tаfаkkur ziyosi” Jizzаx dаvlаt pedаgogikа universiteti ilmiy-uslubiy jurnаli. 03. 2023 yil.

Mа’murov Bаhodir Bаxshullаyevich. Bo‘lаjаk tаrix o‘qituvchilаridа akmeologik yоndаshuv аsosidа tа`lim jаrаyonini loyihаlаsh ko‘nikmаlаrini

rivojlаntirish tizimi Dis…ped. fаn. dok. – T., 2018. –224 bet.

Sаliyev А.Sh. Yoshlаrning intiluvchаnligini аniqlаshdа akmеоgrаmmаning аhаmiyаti// Yoshlаrning akmeologik qаrаshlаrini shаkllаntirishdа

sog‘lom turmush tаrzining o‘rni.-Toshkent: Fаlsаfа vа huquq instituti, 2008. -227 bet.

Shadrikov V.D. Novaya model spesialista: innovasionnaya podgotovka i kompetentnostnыy podxod // Vыssheye obrazovaniye segodnya. - 2004 №8.- S. 120128.

Ernazarova G.O. Akmelogik yondashuvni amalga oshirishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari// Ta’lim, fan va innovatsiya. IMJ. T.:. 2017 yil, №3, -B 19-21.