ZARMED
UNIVERSITETI
295
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
BO‘LAJAK KADRLARLARNI IJODIY VA MUSTAQIL FIKR YURITISHGA
HAMDA NUTQIY FAOLLIKKA UNDOVCHI METODLAR
Isroilov Qobuljon Toshtemirovich
Samarqand Zarmed universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi (PhD)
Sayfullayeva Habiba Abdikadirovna, Kodirov Ramiz Tulqinovich
Samarqand Zarmed universiteti talabalari
Annotatsiya.
Mazkur maqolada o‘qituvchi pedagogik faoliyatining muhim
jihatlari va dars jarayonini samarali tashkil etishning ahamiyati muhokama qilingan.
O‘qituvchi faqat bilim berish bilan cheklanmasdan, bo‘lajak kadrlarni mustaqil
fikrlashga, ijodkorlikka va o‘z-o‘zini baholashga o‘rgatish zarurligi ta’kidlangan. Shu
maqsadda, turli metodlar va usullarni qo‘llash orqali talabalarning mantiqiy fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin. Shuningdek, o‘qituvchining metod tanlashda
sinfning ilmiy darajasiga, qiziqishlariga va emotsional holatiga e’tibor qaratishi
kerakligi ko‘rsatilgan.
Kalit so‘zlar:
komil inson, aqlan yetuk inson, akmeshaxs, interfaol metodlar,
axborotli metod, ma’ruza, reproduktiv metod, suhbat, savol-javob, topshiriq “Tez
yurar” metodi, “Fikrni davom ettiring” usuli, “Xotira mashqi”.
Аннотация.
В статье рассматриваются важные аспекты педагогической
деятельности учителя и важность эффективной организации процесса урока.
Подчеркивается, что педагоги должны не только давать знания, но и учить
будущих специалистов самостоятельному мышлению, творчеству и самооценке.
С этой целью можно развивать навыки логического мышления учащихся,
используя различные методы и приемы. Также указывается, что при выборе
метода учителю следует обращать внимание на уровень успеваемости, интересы
и эмоциональное состояние класса.
Ключевые слова:
совершенный человек, психически зрелый человек,
человек-акмеша, интерактивные методы, информационный метод, лекция,
репродуктивный метод, беседа, вопрос-ответ, задание «Метод быстрой ходьбы»,
метод «Продолжи думать», «Упражнение на память».
Abstract.
The article examines important aspects of the teacher's pedagogical
activity and the importance of effectively organizing the lesson process. It is
emphasized that teachers should not only impart knowledge, but also teach future
ZARMED
UNIVERSITETI
296
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
specialists independent thinking, creativity and self-assessment. For this purpose,
students' logical thinking skills can be developed using various methods and techniques.
It is also indicated that when choosing a method, the teacher should pay attention to the
level of academic performance, interests and emotional state of the class.
Key words:
Perfect man, mentally mature man, akmesha man, interactive
methods, information method, lecture, reproductive method, conversation, question and
answer, task "Fast walking method", method "Continue thinking", "Memory exercise".
Hozirgi zamonning eng dolzarb masalalaridan biri har tomonlama kamolga
yetgan, aqlan yetuk, komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat bo‘lib, bu
vazifa, asosan, o‘qituvchilarning zimmasiga yuklatilgan. Boshqa fanlardan farqli
o‘laroq, pedagogika va psixologiya darslarida bunga ko‘prok e’tibor beriladi. Chunki
ushbu fanlar yoshlarni komillikka chorlaydi. Inson komil bo‘lishi uchun mustaqil fikr
yurita olishi shart. Mustaqil fikr yurita olgan insonlar esa ijodkor bo‘ladi. Demak,
o‘qituvchining bosh vazifasi - bo‘lajak kadrlarlarda mustaqil fikr yuritish
ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
O‘qituvchi har bir darsni o‘tish jarayonida qaysi metoddan foydalanishi, bu
metodni amalga oshirishda qanday amallar, metodlar yordamga kelishi, shu bilan birga,
dars jarayonining vositalari va shakllari xususida to‘la ma’lumotga ega bo‘lishi kerak
bo‘ladi. Mana shu o‘rinda o‘qituvchi uchun muallimlik faoliyatida zaruriy bo‘lgan
suhbatni qiziqarli va ilmiy o‘tkazish, talabalarga axborotni ta’sirli va ishonuvchan
yetkazish, ko‘rgazmali quroldan yoki texnika vositalaridan samarali foydalanish,
o‘zining va boshqalarning tajribalaridan ongli, zaruriy holda mantiqiy va estetik
prinsiplarga amal qilgan holda foydalanish kabi elementlarni aytib o‘tish joizdir.
Bunda o‘qituvchi imkoniyatlari bo‘lajak kadrlarlarning saviyasiga, bilim va
malaka darajasiga, sinfning qiziqishi, emotsional darajasiga va boshqa jihatlarga ham
bog‘lik bo‘lishi kerak. Aks holda yaxshi metod, qo’llanilgan metod natija bermasligi
mumkin. Masalan, o‘qituvchi muammoli dars metodidan foydalanmoqchi bo‘lsa-yu,
bo‘lajak kadrlarlarning ilmiy bilim darajalari, qabul qilish, fikrlash, xulosalash
qobiliyatlari bunga javob bermasa, o‘qituvchi o‘z maqsadiga erisha olmaydi. Shuning
uchun, har bir dars bo‘yicha metod va metodlar tanlashi shakl va vositalardan
foydalanishi, qisqasi, darsning tematik-sxemasi o‘qituvchi tomonidan yaxshi o‘ylab
rejalashtirilgan bo‘lishi shart.
Har qanday usul turli shakllar orqali namoyon bo‘ladi. Masalan, axborot metod
ma’ruza, o‘quv filmini ko‘rsatish kabi shakllardan tashkil topadi. Reproduktiv
metodning shakllanishida esa suhbat, savol-javob, topshiriq kabilardan foydalaniladi.
ZARMED
UNIVERSITETI
297
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
O‘tilgan mashg‘ulotlardagi nazariy va amaliy yangiliklar doimo takrorlanib
turgandagina bo‘lajak kadrlarlarning xotirasiga muhrlanib qoladi. “Tez yurar”
metodida o‘tilgan va avval o‘tilgan mavzular doimo takrorlanadi. Bu takror faqat qoida
aytish, yod olish asosda ko‘rilmasdan, mantiqiy fikrlash, idrok etish, mulohaza qilish,
xulosa chiqarish, fikrni jamlash asosidagi javoblar asosda ko‘riladi. Biz tavsiya
etayotgan mazkur metodda asosiy e’tibor bo‘lajak kadrlar tomonidan qoidani aytishdan
chekingan holdagina nazariy ma’lumotlarning amaliy tomonini aks ettiruvchi mantiqiy
savollar tuzish yoki unga javob berishdan iboratdir. Bo‘lajak kadrlarlarni ijodiy va
mustaqil fikr yuritishga hamda nutqiy faollikka undovchi metodlardan biri bu “Fikrni
davom ettiring” usuli hisoblanadi.
Mavzu doirasida qandaydir fikr bildirish talab etiladi. Bu usul ularni mustaqil
fikrlashga, tezkor mushohadaga va ifoda imkoniyatining kengayishiga ijobiy ta’sir
etadi. Shuningdek, “Xotira mashqi” usuli bo‘lajak kadrlarlarning xotirasini
mustahkamlashga, teran fikrlashga, aniq va ravon so‘zlashga o‘rgatadi. Bu usulni
qo‘llashdan avval bo‘lajak kadrlar kichik guruhlarga ajratiladi va bellashuv o‘tkazilishi
aytiladi, unda tezkorlik, xotira va bilimdonlik talab etilishi ta’kidlanadi. Talabalar
belgilangan vaqt oraligida yodida qolgan so‘zlarni yozuv taxtasida yozadilar, unutib
qoldirilgan so‘zlarni guruh a’zolari to‘ldiradilar va ularga izoh berib, misollar
keltiradilar. Qaysi guruh a’zolarining xotirasi va javoblari yaxshi bo‘lsa, o‘sha guruh
g‘olib bo‘ladi.
Bu metodlarda bo‘lajak kadrlar o‘z bilimini o‘zi aniqlaydi, o‘zini o‘zi baholaydi.
Ya’ni bilimi qay darajada ekanligiga tashhis qo‘yiladi va keyingi yangi mavzu bahsida
shu tashhis asosida ularga bilim beriladi. Bu metodni o‘tkazish uchun bo‘lajak
kadrlarlarga beriladigan savollar tushunarli, qisqa va aniq javob talab qiluvchi bo‘lishi;
javobi “ha” va “yo‘q” so‘zlar bilan kelmasligi; savollar kitobiy bo‘lmasdan
amaliyotdan olingan bo‘lishi; yangi va eski o‘tilgan mavzular bo‘yicha tayyorlanishi,
hamda bo‘lajak kadrlarlarni mushohada asosida javob berishlarini nazarda tutishlari
lozim bo’ladi
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, o‘qituvchi o‘z darslarini rejalashtirishda
metodlarni to‘g‘ri tanlashi, ularni o‘zaro muvofiqlashtirib, darsning shakllari va
vositalarini to‘g‘ri ishlatishi zarur. Shuningdek, metodlarning samaradorligini nazorat
qilish va talabalar bilan mustahkam aloqalar o‘rnatish orqali ta’lim jarayonini yanada
takomillashtirish mumkin.
ZARMED
UNIVERSITETI
298
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abdullayev A. Pedagogika asoslari. T., O‘zbekiston milliy universiteti nashriyoti.
- 2012.
2. Ahmedov M. O‘quv jarayonida mustaqil fikrni rivojlantirish metodlari. T.,
“Yoshlar” - 2016.
3. Davronov Sh. Pedagogik psixologiya va uning ta’lim jarayonidagi o‘rni. Toshkent:
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. -2018.
4. Karimov I. Ta’limni rivojlantirishda innovatsion usullar. Toshkent: O‘zbekiston
xalq ta’limi nashriyoti. -2011.
