MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY VA ISMOIL G‘ASPIRALINING ILM-MAʼRIFAT YO‘LIDAGI HAMKORLIGI

Аннотация

Ushbu maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiy va Ismoil G‘aspiralining jadidchilik harakatidagi o‘rni, ularning ilm-ma’rifat yo‘lidagi hamkorligi hamda turkiy xalqlarni taraqqiyot sari yetaklash borasidagi harakatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, Behbudiy va G‘aspiralining matbuot va ta’lim sohasidagi faoliyati, o‘zaro aloqalari va ularning merosi haqida fikr yuritiladi

Universal science research jurnali
Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15109192
CC BY f
186-189
23

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Yodgorova Soliha Obidjon qizi. (2025). MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY VA ISMOIL G‘ASPIRALINING ILM-MAʼRIFAT YO‘LIDAGI HAMKORLIGI . Журнал универсальных научных исследований, 3(3), 186–189. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/76837
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiy va Ismoil G‘aspiralining jadidchilik harakatidagi o‘rni, ularning ilm-ma’rifat yo‘lidagi hamkorligi hamda turkiy xalqlarni taraqqiyot sari yetaklash borasidagi harakatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, Behbudiy va G‘aspiralining matbuot va ta’lim sohasidagi faoliyati, o‘zaro aloqalari va ularning merosi haqida fikr yuritiladi


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3

186

MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY VA ISMOIL G‘ASPIRALINING ILM-MAʼRIFAT

YO‘LIDAGI HAMKORLIGI

MAHMUDKHOJA BEHBUDI AND ISMAIL GASPRINSKI’S

COOPERATION ON THE PATH OF KNOWLEDGE AND ENLIGHTENMENT

Yodgorova Soliha Obidjon qizi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

islomshunoslik mutaxassisligi 1-bosqich magistranti

Annotatsiya. Ushbu maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiy va Ismoil G‘aspiralining

jadidchilik harakatidagi o‘rni, ularning ilm-ma’rifat yo‘lidagi hamkorligi hamda turkiy
xalqlarni taraqqiyot sari yetaklash borasidagi harakatlari tahlil qilinadi. Shuningdek,
Behbudiy va G‘aspiralining matbuot va ta’lim sohasidagi faoliyati, o‘zaro aloqalari va
ularning merosi haqida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar: Mahmudxo‘ja Behbudiy, Ismoil G‘aspirali, jadidchilik, ilm-ma’rifat,

matbuot, ta’lim, “Tarjimon” gazetasi, “Oyna” jurnali.


Abstract. This article analyzes the role of Mahmudkhoja Behbudi and Ismail

Gasprinski in the Jadidism movement, their cooperation in the field of knowledge and
enlightenment, and their efforts to lead Turkic peoples toward progress. Additionally, the
article explores their activities in the fields of media and education, their mutual
interactions, and the legacy they left behind.

Keywords: Mahmudkhoja Behbudi, Ismail Gasprinski, Jadidism, knowledge and

enlightenment, media, education, “Tarjimon” newspaper, “Oyna” journal.


XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston va boshqa musulmon o‘lkalari

jadidchilik harakati ta’sirida taraqqiyot sari intila boshladi.Ushbu harakatning asosiy
maqsadi im-ma’rifatni rivojlantirish, ta’lim tizimini isloh qilish, matbuot orqali xalqni
uyg‘otish hamda ularni jaholat va qoloqlikdan olib chiqish kabi muhim maqsadlarni ilgari
surgan. Ismoil G‘aspirali va Mahmudxo‘ja Behbudiy kabi ziyolilar bu jarayonda asosiy
yetakchilar bo‘lib, ular turkiy xalqlarning diniy, ilmiy va madaniy rivojlanishi, ma’rifiy
taraqqiyoti uchun matbuot va ta’lim orqali katta hissa qo‘shdilar. Ismoil G‘aspirali
Rossiya imperiyasi tarkibidagi musulmon xalqlari uchun jadidchilik g‘oyalarini targ‘ib


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3

187

qilgan va “Tarjimon” gazetasini nashr etgan bo‘lsa, Mahmudxo‘ja Behbudiy bu g‘oyalarni
Turkiston hududida amalga oshirishga harakat qilgan. Mahmudxo‘ja Behbudiy
G‘aspiralining izidan borib, uni o‘ziga ustoz deb bilgan. Ular matbuot va ta’lim sohasi
orqali bir-biriga fikran yaqinlashib, jadidchilik harakatining rivojlanishida muhim ishlarni
amalga oshirishgan.

Ismoil G‘aspirali 1883-yilda “Tarjimon” gazetasini nashr etib, unda musulmon

xalqlarining rivojlanishi uchun ta’lim, til va matbuot muhim vosita ekanimi ilgari surgan.
Uning “Tilda, fikrda va ishda birdamlik” shiori turkiy xalqlar orasida katta e’tibor
qozongan va jadidchilik harakatining asosiy tamoyillaridan biriga aylangan. U eski
madrasalardagi ta’lim tizimini tanqid qilib, yangi maktablar –

usuli jadid

maktablarini

yaratish zarurligini ta’kidlagan. Uning g‘oyalari qisqa vaqt ichida Qirimdan tashqariga
chiqib, Turkiston, Kavkaz va Qozon hududlariga tarqalgan.

Matbuot sohasi G‘aspiralining ham Behbudiyning ham faoliyatida muhim o‘rin

tutgan. Mahmudxo‘ja Behbudiy Ismoil G‘aspiralining fikrlarini katta qiziqish bilan
o‘rganib, uning “Tarjimon” gazetasiga obuna bo‘lib, unda muntazam ravishda maqolalar
chop etgan. 1904–1914-yillar orasida Behbudiy “Tarjimon” gazetasining sahifalarida
Turkiston jadidchilik harakati, yangi usul maktablari, ilm-ma’rifatning ahamiyati va
matbuotning roli haqida 34 ta maqolasi e’lon qilingan. Bu esa Turkiston ziyolilari orasida
jadidchilik g‘oyalarining tarqalishiga katta hissa qo‘shgan.

G‘aspirali o‘zining “Tarjimon” gazetasi orqali o‘z yurtining xalqini uyg‘otishga

harakat qilgan bo‘lsa, keyinchalik Behbudiy “Oyna” gazetasi orqali xuddi shu maqsadni
Turkistonda amalga oshirgan. Behbudiy “Tarjimon” gazetasidan ilhomlanib, 1913-yilda
“Samarqand” gazetasini va “Oyna” jurnalini nashr eta boshlagan. Ushbu nashrlar
jadidchilik g‘oyalarini ommalashtirish va xalqni uyg‘otish vositasi bo‘lgan. Behbudiy
gazeta va jurnallarda ilmga, madaniyatga va taraqqiyotga undovchi maqolalar e’lon
qilgan. U bu orqali xalqni o‘z huquqlari, ta’limning ahamiyati va dunyodagi siyosiy
voqealar bilan tanishtirgan.

Ismoil G‘aspirali o‘z faoliyatida yagona turkiy adabiy til yaratish masalasiga

alohida e’tibor qaratgan bo‘lsa, Behbudiy ham bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlagan va
Turkistonda til islohoti haqida maqolalar yozgan. U G‘aspiralining tilga oid qarashlarini
amaliyotga tatbiq etib, “Oyna” jurnalini “turkiy va forsiy” tilda nashr etgan. Behbudiy til
birligi orqali turkiy xalqlarning ma’naviy yaqinlashuviga erishish mumkinligini
ta’kidlagan.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3

188

Behbudiy 1903-yilda Samarqandda ilk jadid maktabini ochgan va yosh avlodni

zamonaviy ta’lim olishga undagan. Samarqandning Namozgoh jome masjidi atrofida
Mahmudxo‘ja Behbudiy ajdodlariga qarashli keng va obod bog‘ bo‘lgan. Katta hududdagi
olmazor va tokzorga, albatta, Samarqandning iqlimi ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Bog‘dan
kelgan daromadni Mahmudxo‘ja samarqandlik bolalar uchun darsliklar olish, yangi
maktab qurilishi va zarur jihozlar bilan ta’minlash uchun sarf qilgan. U o‘quv dasturlarini
ishlab chiqishda G‘aspiralining yondashuvlaridan foydalangan, maktablarda o‘qitish
uchun ko‘plab darsliklar yozgan hamda yangi usulda dars beradigan o‘qituvchilar
tayyorlashga e’tibor qaratgan [5]. Bu maktablarda Qur’on ilmi, islom tarixi kabi diniy
fanlar bilan birga matematika, geografiya, adabiyot, tarix, rus va turkiy tillar o‘qitilgan.
Maktablarda she’rlar, maqolalar va sahna asarlari orqali milliy ongni shakllantirish, milliy
g‘urur va iftixor tuyg‘ularini singdirishga, shuningdek, zamon talabiga mos ravishda
Turkiston musulmonlarining sha’ni va obro‘sini himoya qilishga intildilar. O‘sha tahlikali
davrda Mahmudxo‘ja Behbudiy

“Yangi maktab va muallimlari va anda o‘qitilaturg‘on

maktablarni ma’nan taftish etish, andagi nuqsonlarnni bayon etmoq tanqiddir”

shunday

yozgan edi.

Behbudiy ta’lim islohoti orqali mustamlakachilik zulmidan qutulish va milliy

taraqqiyotga erishish mumkin deb hisoblab, keyinchalik Samarqanddan boshqa
shaharlarda ham yangi usul maktablarini ochgan.

Bundan tashqari Mahmudxo‘ja Behbudiy jadidchilikni nafaqat maktablar va

matbuot, balki teatr san’ati orqali ham rivojlantirishga harakat qilgan. Turkistonda teatr
madaniyatining shakllanishiga asos solgan. Uning 1911-yilda yozgan “Padarkush”
dramasi 1912-yilda “Turon” gazetasida chop etilgan, 1913-yilda esa alohida kitob sifatida
nashr qilingan. Behbudiy ushbu asarida ham yosh avlodning bilimli va madaniyatli
bo‘lishi zarurligi ta’kidlangan. “Padarkush” dramasi muvaffaqiyat qozonib, Samarqand,
Toshkent, Buxoro shaharlari teatrlarida sahnalashtirilgan.

Ismoil G‘aspirali va Mahmudxo‘ja Behbudiy nafaqat ilm-ma’rifat yo‘lida

hamkorlik qilgan, balki ularning siyosiy qarashlari ham o‘xshash bo‘lgan. G‘aspirali
Rossiya musulmonlari uchun madaniy muxtoriyat masalasini ko‘tarib chiqqan bo‘lsa,
Behbudiy ham Turkistonda madaniy muxtoriyat g‘oyasini ilgari surgan va uni Davlat
Dumasiga taqdim etish uchun takliflar ishlab chiqqan. Ular mustamlaka zulmiga qarshi
kurashning eng samarali yo‘li ma’rifat orqali uyg‘onish ekanini ko‘p bora ta’kidlashgan.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3

189

Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish mumkinki, Mahmudxo‘ja Behbudiy va Ismoil

G‘aspirali ilm-ma’rifat yo‘lida katta xizmat qilgan jadidchilik harakatining ikki buyuk
namoyandasi hisoblanib, ularning matbuot va ta’lim sohasidagi islohotlari turkiy xalqlarni
uyg‘otishda katta rol o‘ynadi. G‘aspiralining “Tarjimon” gazetasi va Behbudiyning
“Oyna” jurnali, Samarqand gazetasi xalq ongini shakllantirishda muhim vositalar bo‘ldi.
Ularning faoliyati bugungi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmagan. Ular ilgari surgan ilm-
ma’rifat, taraqqiyot va zamonaviy ta’lim g‘oyalari hozirgi kun uchun ham muhim
ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR

1.

Abdirashidov. Z. XX asrning turkiy dunyoning ikki buyuk intellektuali Ismail
Gaspirnskiy va Mahmudho‘ja Behbudiy. Aydın Türklük Bilgisi Dergisi (AY-
TBD) Yıl 6 Sayı 11 Bahar - 2020.

2.

Alimov S. Jadidchilik harakati va uning ta’siri. Toshkent, 2001.

3.

Behbudiy M. “Oyna” jurnali. Samarqand, 1913.

4.

G‘aspirali I. “Tarjimon” gazetasi maqolalari to‘plami. Qrim, 1895.

5.

Karimov A. O‘zbek jadidlari va ma’rifatparvarlik. Toshkent, 2010.

Библиографические ссылки

Abdirashidov. Z. XX asrning turkiy dunyoning ikki buyuk intellektuali Ismail Gaspirnskiy va Mahmudho‘ja Behbudiy. Aydın Türklük Bilgisi Dergisi (AY-TBD) Yıl 6 Sayı 11 Bahar - 2020.

Alimov S. Jadidchilik harakati va uning ta’siri. Toshkent, 2001.

Behbudiy M. “Oyna” jurnali. Samarqand, 1913.

G‘aspirali I. “Tarjimon” gazetasi maqolalari to‘plami. Qrim, 1895.

Karimov A. O‘zbek jadidlari va ma’rifatparvarlik. Toshkent, 2010