ISSUES OF ENSURING THE ECONOMIC SECURITY OF THE COUNTRY'S BANKING SYSTEM

Abstract

In this article, the author's opinion on the possibilities of development of the national economy in our country is presented. In addition, proposals and recommendations on the directions of economic development have been developed

Source type: Journals
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar
Branch of knowledge
f
335-341
53

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Turopova , N. ., & Jumaqulov , B. . (2024). ISSUES OF ENSURING THE ECONOMIC SECURITY OF THE COUNTRY’S BANKING SYSTEM. Journal of Universal Science Research, 2(4), 335–341. https://doi.org/10.5281/zenodo.10966796
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the author's opinion on the possibilities of development of the national economy in our country is presented. In addition, proposals and recommendations on the directions of economic development have been developed


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 4, 30 Апрел

335

https://universalpublishings.com

MAMLAKAT BANK TIZIMINING IQTISODIY XAVFSIZLIGINI

TA'MINLASH MASALALARI

Turopova Nigora Xolmurod qizi

Termiz davlat universiteti o’qituvchisi

nturopova@tersu.uz

Jumaqulov Baxtiyor Abror o'g'li

Termiz davlat universiteti talabasi

Annotatsiya

. Mazkur maqolada mamlakatimizda milliy iqtisodiyotni

rivojlantirish imkoniyatlari to'g'risida muallif tomonidan fikr mulohazalar
keltirilgan. Qolaversa, iqtisodiyotni rivojlantirish yo'nalishlari bo'yicha taklif va
tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar

: milliy iqtisodiyot, valyuta munosbatlari, fiskal siyosat,

avtomobilsozlik, qishloq xo'jaligi.

ВОПРОСЫ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ БЕЗОПАСНОСТИ

БАНКОВСКОЙ СИСТЕМЫ СТРАНЫ

Абстрактный

. В данной статье представлено мнение автора о

возможностях развития национальной экономики в нашей стране. Кроме того,
разработаны предложения и рекомендации по направлениям экономического
развития.

Ключевые слова

: национальная экономика, валютные отношения,

фискальная политика, автомобильная промышленность, сельское хозяйство.

ISSUES OF ENSURING THE ECONOMIC SECURITY OF THE

COUNTRY'S BANKING SYSTEM

Abstract.

In this article, the author's opinion on the possibilities of

development of the national economy in our country is presented. In addition,
proposals and recommendations on the directions of economic development have
been developed.

Key words

: national economy, currency relations, fiscal policy, automobile

industry, agriculture.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 4, 30 Апрел

336

https://universalpublishings.com

Mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarini tubdan

rivojlantirish, iqtisodiyotning lokomativ tarmoqlarini aniq belgilab olgan holda
milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirish imkoniyatlari yaratib kelinmoqda. Prezident
taqdim etgan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi yetti yo'nalishdan iborat
bo'lib, u 5 yil avval qabul qilingan Harakatlar strategiyasi va uning doirasida amalga
oshirilgan muvaffaqiyatli islohotlarning uzviy davomi ekanligi bilan ahamiyatlidir.

Xususan, Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasining uchinchi yo'nalishi -

milliy iqtisodiyotni, uning o'sish sur'atlarini zamon talablari darajasida rivojlantirish
yo'nalishi bo'yicha belgilangan ustuvor vazifalarni Harakatlar strategiyasining
iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari doirasida
boshlangan islohotlarning davomi sifatida baholash mumkinligini aks ettiradi.
Aynan shu Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi milliy iqtisodiyotni
rivojlantirishning meyoriy-huquqiy asosi sifatida gavdalanadi. O'z o'rnida shuni ham
aytish joizki, samarali amalga oshirilgan islohotlar navbatdagi muvaffaqiyat
debochasiga garovdir.

2022-2026-yillardagi ustuvor vazifa sifatida, aynan iqtisodiyotning real

sektorini rivojlantirish orqali aholi jon boshiga YalM hajmini oshirish ko'zda
tutilganligida ham o'ziga xos ma'no bor.

O'tgan besh yil, ya'ni 2017-2021-yillarda Harakatlar strategiyasi doirasida

sanoatning yetakchi tarmoqlari (to'qimachilik, elektrotexnika, avtomobil sanoati,
qurilish materiallari sanoati, kimyo va neft-kimyo sanoati, qishloq xo'jaligi
mashinasozligi, energetika kabi tarmoqlar)ni rivojlantirish strategiyalari qabul
qilindi. Bu ham milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning bir imkoniyati ekanligini
ko'ramiz.

Shuningdek, qishloq xo'jaligida erkin raqobatni ta'minlaydigan bozor

tamoyillarini joriy etish, xususan paxta va g'alla yetishtirishda davlat buyurtmasini
bekor qilish orqali ishlab chiqarishda iqtisodiy samaradorlik va mahsulot ishlab
chiqaruvchilar manfaatdorligi oshirildi.

O'z navbatida, hududlarning iqtisodiy potentsialini oshirish maqsadida erkin

iqtisodiy zonalar tashkil etildi, mazkur zonalarga xorijiy investorlarni jalb qilish
uchun tegishli imtiyoz va preferensiyalar taqdim etildi.

Yetakchi tarmoqlarga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari tashkil etilib,

ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur infratuzilmalar barpo etildi. Yirik
ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'lgan innovatsion texnoparklar tashkil etilib, ularda


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 4, 30 Апрел

337

https://universalpublishings.com

zamonaviy ilm-fan yutuqlari orqali yaratilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish yo'lga
qo'yildi.

Shu bilan birga, O'zbekistonda turizm sohasini tubdan isloh qilish orqali

sayyohlik infratuzilmasi rivojlantirildi, sayyohlik xizmatlari tarkibining (ziyorat
turizmi, tibbiy turizm, kino turizmi va hokazolar) yana ham kengaytirilishi natijasida
mamlakatning sayyohlik potensiali yildan yilga oshib bormoqda.

Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasiga muvofiq, 2022-2026-yillarda

yuqorida ta'kidlab o'tilgan yo'nalishlarda amalga oshirilgan islohotlarni samarali
davom ettirish, mavjud resurs va imkoniyatlarni safarbar etgan holda, aholi jon
boshiga to'g'ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmini yanada oshirish, 2030 yilga
borib esa, O'zbekiston jon boshiga hisoblaganda, aholi daromadlari o'rtacha
ko'rsatkichdan yuqori bo'lgan davlatlar qatoriga kirish maqsad qilingan.

Bunga esa, o'z navbatida, xususiy sektorni rag'batlantirish va uning ulushini

oshirish, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va drayver sohalarda
klaster tizimini rivojlantirish orqali erishish ko'zda tutilgan.

O'z o'rnida aytish lozimki, iqtisodiyotdagi yetakchi tarmoqlarning samarali va

jadal rivojlanishi mamlakatdagi YaIM hajmining ortishi va shu orqali aholi jon
boshiga YaIM hajmining oshishiga ham olib keladi.

Qayd etish muhimki, 2017-yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va

bozor mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan eng muhim iqtisodiy islohotlardan
biri, bu milliy valyuta almashuv kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanish
tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich
liberallashtirilishi bilan bog'liq amaliy qadamlar bo'ldi.

Shu bilan birga, pul-kredit (monetar) siyosati sohasida keng ko'lamli

islohotlar amalga oshirildi, jumladan to'lov tizimlari rivojlantirildi, chet el
valyutasini cheklovsiz sotib olish imkoni yaratildi, naqd pul muammosi hal etildi,
uzluksiz ishlovchi avtomatlashtirilgan bankomatlar faoliyati yo'lga qo'yildi. Tashqi
savdoning liberallashtirilishi natijasida tashqi savdo hajmi ham jadal oshib
bormoqda.

Valyuta va tashqi savdoning liberallashtirilishi, iqtisodiyotga bozor

mexanizmlari tamoyillarining joriy etilishi, narxlarning erkinlashtirilishi va shu
bilan bog'liq boshqa islohotlar ortidan mamlakatda ichki narxlar barqarorligini
ta'minlash, inflyatsiyani past darajada va barqaror ushlab turish ustuvor vazifa
sifatida oldinga chiqdi.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 4, 30 Апрел

338

https://universalpublishings.com

Shu bois, Taraqqiyot strategiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlab,

inflyatsiya darajasini belgilangan 5 foizgacha pasaytirish navbatdagi vazifa sifatida
belgilandi. Zero, mamlakatda ichki narxlar barqarorligining ta'minlanishi
makroiqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning kafolati hisoblanib, bu esa, o'z
navbatida,iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish hamda rivojlantirish dasturlarini
muvaffaqiyatli amalga oshirishda zarur mezon sanaladi.

Alohida e'tirof etish joizki, inflyatsiyaning past va barqaror ko'rsatkichlari,

iqtisodiy o'sishdagi muvozanatni ta'minlash, ishlab chiqarish raqobatbardoshligi va
aholi yashash darajasini oshirishda muhim omil sanaladi. Shu nuqtai nazardan,
narxlar o'sish sur'atlarining pasayishi va barqarorlashishi davlat iqtisodiy
siyosatining asosiy maqsadlaridan biri bo'lishi lozim.

O'tgan 5 yil ichida O'zbekistonning fiskal sohadagi siyosati tubdan o'zgardi,

xususan byudjetning shaffofligi va ochiqligi ta'minlandi, soliqqa tortishni
soddalashtirish va takomillashtirish bo'yicha keng ko'lamli islohotlar amalga
oshirildi, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish yuzasidan bir qator samarali
chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Shuningdek,

byudjet

mablag'laridan

oqilona

foydalanish

tizimi

takomillashtirildi, bunda Oliy Majlisning byudjet jarayonidagi roli va o'rni oshirildi,
mahalliy hokimiyat vakillik organlarining vakolatlari kengaytirildi, «Tashabbusli
byudjet» loyihasi ishga tushirildi.

Shu bilan bir qatorda, O'zbekiston Respublikasining suveren xalqaro

obligatsiyalari chiqarilib, undan tushgan mablag'lar mamlakat farovonligi yo'lida
strategik muhim ahamiyatga ega bo'lgan loyihalarni moliyalashtirishga yo'naltirildi.

Taraqqiyot strategiyasiga muvofiq, 2022-2026-yillarda O'zbekistonda byudjet

va tashqi qarz barqarorligini ta'minlash vazifasiga ustuvorlik berilmoqda. Sababi,
mamlakatda fiskal defitsitning ortib borishi va tashqi qarzlarning xalqaro darajada
belgilangan me'yorlardan oshib ketishi, albatta milliy iqtisodiyotga xavf tug'dirishi
mumkin.

Shuningdek, mazkur strategiyada byudjet mablag'larining samarali

sarflanishini ta'minlash maqsadida mahalliy byudjetlarning imkoniyatlarini
kengaytirishga alohida e'tibor qaratilishi ko'zda tutilgan.

Fiskal sohada belgilanayotgan mazkur ustuvor vazifalar avvalgi

islohotlarning mantiqiy davomi hisoblanib, bu bir tomondan byudjet daromadlarini
oqilona shakllantirishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, byudjet xarajatlarining


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 4, 30 Апрел

339

https://universalpublishings.com

samarali sarflanishiga sabab bo'ladi, pirovard natijada esa, mamlakatda iqtisodiy
faollik ortib makroiqtisodiy barqarorlik ta'minlanadi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida

kelgusi besh yillikda mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish borasida bir qator
strategik vazifalar belgilangan. Xususan, tadbirkorlik faoliyatini yanada qo 'llab-
quvvatlash, biznes muhiti va zarur infratuzilmalarni yaratish bo'yicha islohotlarni
davom ettirish, kambag'allikni ikki barobar qisqartirish, hududlarni rivojlantirish va
agrar sohani rivojlantirishga oid vazifalarga alohida ahamiyat berilgan.

Mazkur vazifalar Harakatlar strategiyasi doirasida samarali amalga oshirilgan

islohotlarning uzviy davomi yoki boshqacha aytganda, yangi muvaffaqiyatning
boshlanishi bo'lib, u mamlakatning iqtisodiy farovonligini va boshlangan islohotlar
samarasini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Shuni ta'kidlash lozimki, ichki valyuta bozorida likvidlikni doimiy ta'minlash

maqsadida mamlakatimizda Market-meykerlik instituti joriy etildi va ichki valyuta
bozorida 2 ta tijorat banki market meyker sifatida faoliyatini amalga oshirib
kelmoqda. Market-meyker maqomini olgan tijorat banklariga beriladigan
imtiyozlarga qaramasdan, ularning soni sezilarli ko'paymayapti. Markaziy bank
tomonidan tijorat banklarining "market-meykerlar" sifatidagi faolligi hamda
ularning valyuta kursini belgilashdagi roli oshirish uchun chora-tadbirlar ishlab
chiqarilishi zarurdir.

Raqobat muhitiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi va moliyaviy resurslarning

samarasiz taqsimlanishiga sabab bo'luvchi imtiyozli kreditlash (foizlari bozor foiz
stavkalaridan past bo'lgan kreditlar) va direktiv kreditlash (mahalliy hokimlik
organlari va davlat idoralari tomonidan kreditlarni belgilab berish) usullaridan
bosqichma-bosqich voz kechish choralarini ko'rish; Bank tizimida ajratilayotgan
kreditlarning 60 foizi direktiv asosda ajratilgan kreditlar hissasiga to'g'ri kelmoqda
va aynan ushbu omil ta'sirida tijorat banklarining kredit portfelida muammoli
kreditlar ulushi yuqori darajada qolmoqda.

Shu bilan birga bu siyosat pul emissiyasini boshqarish, uning

qadrsizlanishining oldini olish, mamlakat to’lov balansini bir me’yorda saqlash kabi
maqsadlami ham o’z ichiga oladi.Respublikada barqarorlashtirish siyosatini ishlab
chiqishda jahon tajribasida sinalgan yondashuvlar hisobga olinib, ishlab chiqarish


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 4, 30 Апрел

340

https://universalpublishings.com

sohalariga ustunlik berildi. Moddiy ishlab chiqarish sohalarining rivojlanishida
ularni tarkiban qayta qurish talablari ham ko’zda tutildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

O'zbekiston

Respublikasi

Prezidenti

Shavkat

Mirziyoyevning

videoselektordagi nutqlari.

2.

O'zbekiston Respublikasi Pгezidentining 2019 yil 4 oktyabráagi № PQ

- 4477 sonli "2019 - 2030 yillarda O'zbekiston Respublikasining "yashil
iqtisodiyotga o'tish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Qaгoгi.

3.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvaгdagi № PF-

60-sonli 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot
Strategiyasi to'g'risida"gi Qaгoгi

4.

O'zbekiston Respublikasi Vaz^^ Mahkamasining 28.07.2015 yildagi №

207 sonli Qarori.

5.

Вахрушина M. А. Стратегический управленческий учет /

М.А.Вахрушина, M. И. Сидорова. - M.: КноРус, 2017. -320 с.

6.

Буранова, Л. В. (2023). ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ИПОТЕЧНОГО

ЖИЛИЩНОГО

КРЕДИТОВАНИЯ.

O'ZBEKISTONDA

FANLARARO

INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(19), 437-345.

7.

Turopova, N. (2023). O ‘zbekiston moliya tizimida mahalliy

moliyaning o ‘ziga xos xususiyatlari.

8.

Turopova, N., & Jumanazarov, H. (2024). OʻZBEKISTONDA

TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA GID HAMROHLIGI VA
TARJIMONLIK FAOLIYATINING AHAMIYATI. Молодые ученые, 2(9), 129-
131.

9.

Turopova, N., & Ochilov, J. (2024). MAKABGACHA TA’LIM

TASHKILOTLARIDA NUTQ O’STIRISH MASHG’ULOTLARI ORQALI
BOLALARNI MUSTAQIL FIKRLASHGA O’GATISH BORASIDA OLIB
BORILGAN ILMIY TADQIQOT ISHLARI TAHLILI.

Молодые ученые

,

2

(9),

124-128.

10.

Turopova, N., & Daniyarov, I. (2024). O ‘ZBEKISTONDA SHAXSIY

OLIYAVIY

JAMG ‘ARMA YIG ‘ISHDA OYLIK MAOSHNING

OʻRNI.

Молодые ученые

,

2

(9), 60-62.


background image

МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Researchbib Impact factor: 11.79/2023

SJIF 2024 = 5.444

Том 2, Выпуск 4, 30 Апрел

341

https://universalpublishings.com

11.

Turopova, N., & Buriyev, A. (2024). ASSESSMENT AND

IMPLEMENTATION METHODS OF THE EFFECTIVENESS OF MARKETING
ACTIVITIES.

Молодые ученые

,

2

(9), 24-29.

12.

Turopova, N., & Abdurahmonov, B. (2024). MARKETING:

MARKETING

FAOLIYATI

SAMARADORLIGINI

BAHOLASH

USULLARI.

Молодые ученые

,

2

(9), 4-11.

13.

Turopova,

N.,

&

Qudratov,

I.

(2024).

INFLYATSIYA:

O’ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA INFLYATSIYA DARAJASI.

Молодые

ученые

,

2

(9), 91-97.

14.

Turopova, N., & Jo‘rayev, A. (2024). TALABA-YOSHLAR TA’LIM

DASTURIDA

IJTIMOIY-GUMANITAR

FANLARNI

O

‘RGATISH

METODOLOGIYASI.

Молодые ученые

,

2

(9), 63-66.

15.

Turopova, N., & Norbekov, Z. (2024). RAQAMLI IQTISODIYOT

TUSHUNCHASI, AFZALLIKLARI VA AMALIY AHAMIYATI.

Молодые

ученые

,

2

(9), 103-106.

16.

turopova, n., & norbayev, s. (2024). tijorat banklarida qimmatli

qog’ozlarga

qilingan

investitsiyalar

tahlili

va

shu

bilan

bog’liq

muammolar.

молодые ученые

,

2

(9), 85-87.

17.

turopova, n., & keldiyev, a. (2024). mamlakat bank tizimining iqtisodiy

xavfsizligini ta'minlash masalalari.

молодые ученые

,

2

(9), 76-78.

18.

turopova, n., & elomonov, h. (2024). o ‘zbekistonda hududlar kesimida

raqamli iqtisodiyotning RIVOJLANISH HOLATI.

Молодые ученые

,

2

(9), 36-42.

19.

Turopova, N., & Jo’lliyev, M. (2024). O'ZBEKISTON

RESPUBLIKASIDA

IQTISODIYOTNING

TUTGAN

O'RNI.

Молодые

ученые

,

2

(9), 67-72.

20.

Turopova, N., & Elmurodova, M. (2024). TEXNOLOGIYALARNING

RIVOJLANISHINING ISH O ‘RNIGA TA’SIRI.

Молодые ученые

,

2

(9), 33-35.

21.

Turopova, N., & Misirov, T. (2024). O ‘ZINI O ‘ZI

BOSHQARISH.

Молодые ученые

,

2

(9), 111-113.

22.

Turopova, N., & Jumayev, R. (2024). YASHIRIN IQTISODIYOTNI

QISQARTIRISH MASALALARI.

Молодые ученые

,

2

(9), 73-75.

23.

Turopova, N., & Choriyev, M. (2024). “ISLOM IQTISODIYOTI” VA

“ISLOM MOLIYASI” TUSHUNCHALARI VA ISHLASH TARTIBI.

Молодые

ученые

,

2

(9), 30-32.

24.

Turopova, N., & Ergasheva, F. (2024). TA’LIM TIZIMIDA

RAQAMLI

VA

AXBOROT

RESURSLARDAN

FOYDALANISH

ISTIQBOLLARI.

Молодые ученые

,

2

(9), 43-45.

References

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning videoselektordagi nutqlari. 2. O'zbekiston Respublikasi Pгezidentining 2019 yil 4 oktyabráagi № PQ - 4477 sonli "2019 - 2030 yillarda O'zbekiston Respublikasining "yashil iqtisodiyotga o'tish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Qaгoгi. 3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvaгdagi № PF- 60-sonli 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi to'g'risida"gi Qaгoгi 4. O'zbekiston Respublikasi Vaz^^ Mahkamasining 28.07.2015 yildagi № 207 sonli Qarori. 5. Вахрушина M. А. Стратегический управленческий учет / М.А.Вахрушина, M. И. Сидорова. - M.: КноРус, 2017. -320 с. 6. Буранова, Л. В. (2023). ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ИПОТЕЧНОГО ЖИЛИЩНОГО КРЕДИТОВАНИЯ. O'ZBEKISTONDA FANLARARO

INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(19), 437-345.

Turopova, N. (2023). O ‘zbekiston moliya tizimida mahalliy moliyaning o ‘ziga xos xususiyatlari.

Turopova, N., & Jumanazarov, H. (2024). OʻZBEKISTONDA TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA GID HAMROHLIGI VA

TARJIMONLIK FAOLIYATINING AHAMIYATI. Молодые ученые, 2(9), 129- 131.

Turopova, N., & Ochilov, J. (2024). MAKABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA NUTQ O’STIRISH MASHG’ULOTLARI ORQALI

BOLALARNI MUSTAQIL FIKRLASHGA O’GATISH BORASIDA OLIB

BORILGAN ILMIY TADQIQOT ISHLARI TAHLILI. Молодые ученые, 2(9), 124-128.

Turopova, N., & Daniyarov, I. (2024). O ‘ZBEKISTONDA SHAXSIY OLIYAVIY JAMG ‘ARMA YIG ‘ISHDA OYLIK MAOSHNING

OʻRNI. Молодые ученые, 2(9), 60-62

Turopova, N., & Buriyev, A. (2024). ASSESSMENT AND IMPLEMENTATION METHODS OF THE EFFECTIVENESS OF MARKETING

ACTIVITIES. Молодые ученые, 2(9), 24-29. 12. Turopova, N., & Abdurahmonov, B. (2024). MARKETING: MARKETING FAOLIYATI SAMARADORLIGINI BAHOLASH

USULLARI. Молодые ученые, 2(9), 4-11. 13. Turopova, N., & Qudratov, I. (2024). INFLYATSIYA: O’ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA INFLYATSIYA DARAJASI. Молодые ученые, 2(9), 91-97. 14. Turopova, N., & Jo‘rayev, A. (2024). TALABA-YOSHLAR TA’LIM DASTURIDA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O ‘RGATISH

METODOLOGIYASI. Молодые ученые, 2(9), 63-66. 15. Turopova, N., & Norbekov, Z. (2024). RAQAMLI IQTISODIYOT TUSHUNCHASI, AFZALLIKLARI VA AMALIY AHAMIYATI. Молодые ученые, 2(9), 103-106. 16. turopova, n., & norbayev, s. (2024). tijorat banklarida qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar tahlili va shu bilan bog’liq muammolar. молодые ученые, 2(9), 85-87. 17. turopova, n., & keldiyev, a. (2024). mamlakat bank tizimining iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash masalalari. молодые ученые, 2(9), 76-78. 18. turopova, n., & elomonov, h. (2024). o ‘zbekistonda hududlar kesimida raqamli iqtisodiyotning RIVOJLANISH HOLATI. Молодые ученые, 2(9), 36-42. 19. Turopova, N., & Jo’lliyev, M. (2024). O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IQTISODIYOTNING TUTGAN O'RNI. Молодые ученые, 2(9), 67-72. 20. Turopova, N., & Elmurodova, M. (2024). TEXNOLOGIYALARNING RIVOJLANISHINING ISH O ‘RNIGA TA’SIRI. Молодые ученые, 2(9), 33-35. 21. Turopova, N., & Misirov, T. (2024). O ‘ZINI O ‘ZI BOSHQARISH. Молодые ученые, 2(9), 111-113. 22. Turopova, N., & Jumayev, R. (2024). YASHIRIN IQTISODIYOTNI QISQARTIRISH MASALALARI. Молодые ученые, 2(9), 73-75. 23. Turopova, N., & Choriyev, M. (2024). “ISLOM IQTISODIYOTI” VA “ISLOM MOLIYASI” TUSHUNCHALARI VA ISHLASH TARTIBI. Молодые ученые, 2(9), 30-32. 24. Turopova, N., & Ergasheva, F. (2024). TA’LIM TIZIMIDA RAQAMLI VA AXBOROT RESURSLARDAN FOYDALANISH

ISTIQBOLLARI. Молодые ученые, 2(9), 43-45