445
XO’JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLARDA MEHNAT HAQI HISOBI VA
TO'LASH JARAYONI AUDITINI O’TKAZISH.
Rayimqulova Muxlisa Oybek qizi
Jizzax politexnika instituti talabasi
ANNOTATSIYA:
Maqolada bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida iqtisodiy
va ijtimoiy rivojlanish yo'nalishiga tegishli muhim o'zgarishlar kiritilishi, buning
natijasida mehnatga haq to'lash, xodimlarni iqtisodiy qo'llab quvvatlash va himoya
qilish tartibi va yo'nalishlari bo'yicha olib borilayotgan siyosat ham o'zgarmoqda, ushbu
siyosatni joriy qilish natijasida davlatning ijtimoiy qo'llab quvvatlash va himoya qilish
bo'yicha ko'pchilik tadbirlari xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning zimmasiga o'tgani
haqida yoritilgan.
Kalit so'zlar:
Mehnat haqi, mehnatga haq to'lash shakllari, ishbay, vaqtbay. nafaqa,
minimal ish haqi, hujjatli solishtirish, ijtimoiy to'lovlar, ish haqidan soliqlar va
majburiy to'lovlar, ijtimoiy to'lovlar, shartnoma to'lovlari, ishchi va xizmatchilar, ishchi
va xodimlar, ta'rif setkasi.
AUDIT OF LABOR ACCOUNT AND PAYMENT PROCESS IN ECONOMIC
SUBJECTS.
Rayimqulova Muxlisa
Student of Jizzakh Polytechnic Institute
ABSTRACT:
In the context of the development of market relations, important changes
are introduced in the direction of economic and social development, as a result of which
the policy is being carried out in the order and directions of payment of wages,
economic support and protection of employees. is changing, it is highlighted that as a
result of the introduction of this policy, most of the state's measures for social support
and protection have been transferred to economic entities.
Key words:
Wages, forms of payment for labor, ishbay, vaktbay. allowance, minimum
wage, documentary comparison, social payments, payroll taxes and mandatory
payments, social payments, contract payments, workers and employees, workers and
employees, definition set.
446
АУДИТ УЧЕТА И ОПЛАТЫ ТРУДА В ОБЪЕКТАХ ЭКОНОМИКИ.
Райимкулова Мухлисa
Студентка Джизакского политехнического института.
АННОТАЦИЯ:
В условиях развития рыночных отношений вносятся важные
изменения в направлении экономического и социального развития, в результате
чего осуществляется политика в порядке и направлениях выплаты заработной
платы, экономической поддержки и защиты. Численности работников меняется,
подчеркивается, что в результате внедрения данной политики большая часть мер
государства по социальной поддержке и защите была передана субъектам
хозяйствования.
Ключевые слова:
Заработная плата, формы оплаты труда, ишбай, вактбай.
пособие, минимальная заработная плата, документальное сопоставление,
социальные выплаты, налоги на заработную плату и обязательные платежи,
социальные выплаты, контрактные выплаты, рабочие и служащие, рабочие и
служащие, совокупность определений.
Bozor munosabatlari rivojlangan sharoitda xodimlar daromadining tarkibiga
xo'jalik yurituvchi sub'ektning mulkiga qo'shilgan ulushlari va olgan aktsiyalari uchun
oladigan daromadlar (dividentlar, foizlar)i ham qo'shildi. Natijada har bir ishchi
xodimning mehnat daromadi uning sub'ekt faoliyatiga qo'shgan ulushi va sub'ekt
faoliyatining yakuniy natijasiga bog'liq bo'ladi. Ushbu daromadning yuqori darajasi
chegaralanmagan, lekin soliq miqdorining darajasi bilan tartibga solib turiladi. Mehnat
haqining minimal darajasi tegishli qonun hujjatlariga asosan tartibga solib turiladi.
Xo'jalik yurituvchi sub'ekt va xodimlar o'rtasidagi ustav munosabatlarning yuridik
asosi, shu jumladan mehnat haqiga taalluqli qismi ular o'rtasida tuzilgan jamoa
(jamiyat) yoki shaxsiy shartnoma bo'lib, unda jamiyatning huquqi doirasidagi
mehnatga haq to'lash shartlari aniq va ravshan ko'rsatib o'tiladi. Bu davrda xodimlarni
ijtimoiy kafolatga olishning yangi yo'nalishi inflyatsiya natijasidagi aholining ko'rgan
zararini va daromadini indeksatsiya qilishdir. Ushbu kafolatni amalga oshirishda davlat
tomonidan tashkil qilingan byudjetdan tashqari jamg'armalar (ijtimoiy muhofaza,
pensiya jamg'armalari, bandlik jamg'armalari va hokazolar) muhim o'rin tutadi. Ushbu
447
jamg'armalarni tashkil qilish va ulardan foydalanishning tartibi tegishli qonuniy
hujjatlar bilan tartibga solinadi. Yuqorida keltirilgan jamg'armalar maxsus maqsadli
ajratmalar va manbalar hisobidan tashkil qilinadi va davlat byudjetidan ajralgan holda
faoliyat ko'rsatadilar, o'zining mustaqilligiga ega va muhim ijtimoiy dasturlarni va
tadbirlarni o'tkazish uchun moliyalashtirish manbai hisoblanadi. Shuning uchun ham
hozirgi kunda mehnat va unga haq to'lashni hisobga olish sub'ektning hisob tizimida va
auditida asosiy o'rinlardan birini egallaydi. Chunki, asosiy vazifalar quyidagilardan
tashkil topadi:
a) xodim bilan mehnat haqi bo'yicha hisoblashishni (mehnat haqi va boshqa
to'lovlarni hisoblash, tegishli summalarni ushlash va qolgan summalarni berish) o'z
vaqtida amalga oshirish;
b) ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga hisoblangan mehnat haqi va tegishli
ajratmalarni o'z vaqtida va to'g'ri qo'shish;
s) tezkor boshqarishni amalga oshirish va tegishli hisob ma'lumotlarini tayyorlash
uchun. mehnat va unga haq to'lash bilan bog'liq ko'rsatkichlarni yig'ish va
guruhlashtirish;
d) ijtimoiy sug'urta, pensiya va badallik jamg'armalari bilan hisoblashishni o'z
vaqtida va to'g'ri amalga oshirish.
Mehnat va unga haq to'lash hisobi sarflangan mehnatning miqdori va sifati, ushbu
yo'nalishdagi mablag'lardan foydalanish, mehnat haqi jamg'armasini shakllantirish
ijtimoiy xususiyatiga ega bo'lgan to'lovlarni amalga oshirish ustidan tezkor nazorat
o'rnatishni ta'minlashi lozim. Chunki, yuqorida keltirilgan vazifalarni o'z vaqtida
amalga oshirilishi xodimlarning turmush farovonligini yaxshilash va iqtisodiy
silsilalardan himoya qilishning asosiy omillaridan biridir.
O'zbekiston istiqlolning dastlabki kunlaridan barcha jabhalarda ijtimoiy
yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega demokratik huquqiy davlatni barpo ejtishga
qaratilgan keng ko'lamli kompleks islohotlarni amalga oshirish va rivojlantirish
bo'yicha o'z yo'lini tanladi.. Shu sababli, mehnatga haq to'lash bo'yicha xodimlarni
ijtimoiy qo'llab quvvatlash va himoya qilish bo'yicha o'tkazilayotgan auditorlik
tekshiruvlarini o'tkazishdan maqsad mehnat munosabatlariga tegishli bo'lgan
qonunchilikka rioya qilinishi, ish haqi va turli xil qo'shimcha to'lovlar va mukofotlar,
shuningdek, ish haqidan soliqlar va ijtimoiy ehtiyojlar uchun to'lovlar to'g'ri
448
hisoblanishi ustidan. nazorat qilishdan iborat. Auditor tekshiruv chog'ida avvalo
hisobot ko'rsatkichlarida jiddiy xatolar yo'qligiga etarli darajada ishonch hosil qilishi
lozim. Bunda dalil-isbotlarni to'plash uchun har xil manbalardan. shakllanadigan
axborot bazasidan foydalaniladi. Shuningdek, auditni boshlashdan oldin ichki hisob-
kitoblarni tekshirish uchun zarur bo'lgan me'yoriy hujjat paketi, sintetik va analitik
hisob registrlari va boshlang'ich hujjatlarni komplektlaydi. Mehnat haqi bo'yicha hisob-
kitob muomilalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortish bo'yicha
belgilangan qoidalarni tartibga soluvchi me'yoriy-hujjatlar to'plamimijoz korxona
faoliyatining xususiyatlarini hisobga olgan holda shakllantirilishi lozim. Ta'kidlash
joizki, mehnatga haq to'lash masalalari etarli darajada murakkab. Unda mehnatning
tavsifi, mehnat harajatlarini va uning natijalarini o'lchash hamda baholash, rastsenkalar,
mukofotlar va hokazolarni belgilash bilan bog'liq ko'plab nozik va o'ziga xos tafsilotlari
mavjud. Shuning uchun auditordan ushbu masalalar bo'yicha me'yoriy baza va hisob
yuritishning ahvolini aniqlash, shtatlar jadvali, korxona rahbariyatining xodimlarni
oylik maosh tayinlab ishga qabul qilish to'g'risidagi buyruqlarni (tanlab tekshiriladi),
tuzilgan pudrat shartnomalari va mehnat bitimlari, mehnatga haq to'lash, mukofotlash
va moddiy yordam berish to'g'risidagi nizomlarni o'rganish talab etiladi. So'ngra ish
vaqtini hisobga olish tabellari, ishbay ishlar uchun naryadlar va hisoblashuv-to'lov va
to'lov vedomostlari, mehnatga haq to'lash hamda uni tartibga solish bilan bog'liq boshqa
hujjatlarning rasmiylashtirilishi tekshiriladi. Auditor ushbu masalalar bilan tanishib
chiqib, mehnatga haq to'lash bo'yicha hisob-kitoblarning asosiy bloklarini sinchiklab
tekshirishi lozim. Xususan:
1.Korxona xodimlarining shtat jadvalida belgilangan oylik maoshlariga rioya
qilinishi; shtat jadvalining boshqaruv kengashi yoki aktsiyadorlar majlisida
tasdiqlanganligi; o'rindoshlik asosida mehnatga haq to'lashning to'g'riligi; shtat
intizomiga rioya qilinishi; mehnat bitimlari bo'yicha mehnatga haq to'lashning asosligi.
2. Ishchilarga ishbay naryadlar bo'yicha haq to'lashning to'g'riligi, xususan,
bajarilmagan ishlar uchun qo'shib yozish hollari yo'qligi, mehnatga haq to'lashning
akkord tizimi qo'llanilganligi. Akkord naryadlarining tegishli butun ish uchun qilingan
kalkulyatsiya bilan asoslanishi, akkord topshiriqlarining belgilangan muddatda
bajarilganligi va yuqori sifatliligi aniqlanadi.
449
3. Mukofotlash tartibi va asosliligi, mukofotlash sabablarini aniqlash va mehnat
jamoasi tomonidan qabul qilinib, tasdiqlangan mukofotlash tizimini tahlil qilish bilan
birgalikda aniqlanadi.Har qanday faoliyat, xususan auditorlik faoliyati ham samarali
bo'lishi uchun dastavval, uning puxta va aniq rejasi yoki dasturini tuzish lozim.
Ularning mazmuni qo'yilgan maqsad va uni bajarish uchun belgilangan aniq
vazifalardan kelib chiqadi. Tekshiruv o'tkazishni boshlashdan avval auditor korxonada
mehnatga haq to'lashning qanday shakllari va tizimlari qo'llanishi, xodimlar jadvali,
mehnatga haq to'lash va mukofotlash to'g'risida ichki nizomlar, jamoa shartnomasi
mavjudligi, mehnatga haq to'lash hisobi qanday tashkil etilganligi, ushbu hislob bo'limi
kompyuterlashtirilganligi va boshqa masalalarni aniqlashi lozim. Albatta, auditor test
savollar ro'yxatini ishlab chiqishi lozim. Quyida mehnatga haq to'lash bo'yicha audit
dasturini tuzishdan oldin tuzilgan test savollari jadvali keltiriladi.Ustav kapitalini
shakllanishi va harakati va ulardan foydalanish bo'yicha auditorlik tekshiruvining
o'tkazish rejasini tuzishi va audit dasturini tayyorlashi lozim. Mehnatga haq to'lash
masalalari etarli darajada murakkab. Unda mehnatning tavsifi, mehnat xarajatlarini va
uning natijalarini o'lchash hamda baholash, rastsenkalar, mukofotlar va hokazolarni
belgilash bilan bog'liq ko'plabnozik va o'ziga xos tafsilotlari mavjud. Shuning uchun
auditordan ushbu masalalar bo'yicha me'yoriy baza va hisob yuritishning ahvolini
aniqlash, shtatlar jadvali, korxona rahbariyatining xodimlarni oylik maosh tayinlab
ishga qabul qilish to'g'risidagi buyruqlari (tanlab tekshiriladi), tuzilgan pudrat
shartnomalari va mehnat bitimlari, mehnatga haq to'lash, mukofotlash va moddiy
yordam berish to'g'risidagi nizomlarni o'rganish talab etiladi. So'ngra ish vaqtini
hisobga olish tabellari va ishbay ishlar uchun naryadlar, hisoblashuv-to'lov va to'lov
vedomostlari, mehnatga haq to'lash hamda uni tartibga solish bilan bog'liq boshqa
xujjatlarning rasmiylashtirilishi tekshiriladi. Auditor ushbu masalalar bilan tanishib
chiqib, mehnatga haq to'lash bo'yicha hisob-kitoblarning asosiy bloklarini sinchiklab
tekshiradi.
Hisoblashuv-to'lov vedomostlarida jami summani ataylab oshirib ko'rsatish hollari
ham uchraydi. Ish haqidan ushlanadigan daromad soliqlari, nafaqa fondiga va kasaba
uyushmasiga a'zolik badallari Soliq kodeksi va boshqa tegishli me'yoriy xujjatlarga
muvofiq tekshiriladi. Ish haqidan qonunchilikda belgilanmagan summalarni ushlash
man etiladi. Masalan, kommunal xizmat va kvartira haqlari, maxsus kiyim-bosh, oziq-
450
ovqat, bolalar bog'chalarda va boshqa bolalar muassasalarida tarbiyalanganligi uchun
va boshqalar.Ish haqining belgilangan vaqtda berilmaslik hollari mavjudligi, agar
shunday holatlar bo'lsa, uning sabablari (o'z vaqtida moliyalashtirilmaganlik,
hujjatlarni bankka o'z vaqtida taqdim qilmaslik va boshqalar)ni aniqlash zarur.
Dastlabki, hujjatlar puxta tekshiriladi: hisoblashuv-to'lov vedomostlari, berilmagan ish
haqlari reestri, ish vaqtini hisobga olish va ish haqini hisoblash tabeli va boshqa
hujjatlar. Oxirigacha to'liq rasmiylashtirilmagan, o'chirib yozilgan va dog' tushirilgan
dastlabki hujjatlarga alohida e'tibor qaratish kerak. Bunday hujjatlar bilan pul
mablag'larini o'g'irlash va suiste'mol qilishlar yashirilishi mumkin. Hisoblashuv-to'lov
vedomostlari sanab chiqilishi shart. Ularni tekshirishda korxonada ishlamaydigan
shaxslar vedomostga kiritilmaganligi, hisoblangan ish haqi tegishli dastlabki
hujjatlarga mosligi tekshiriladi. Mehnatga haq to'lash, moddiy rag'batlantirish shakllari
va miqdorlari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko'zda tutilgan
fuqarolar huquqlariga rioya qilingan boshqa mehnat sharoitlari kabi masalalar qo'shma
korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar tomonidan mustaqil hal etiladi.
Qo'shma korxonalarda ishlovchi xorijlik ishchilar oladigan ish haqlari ham O'zbekiston
Respublikasi qonunchiligida ko'zda tutilgan tartib va miqdorda soliqqa tortiladi.
Xodimlar va yollangan shaxslar bilan mehnatga haq to'lash bo'yicha hisob-kitoblar
ishonchliligini tekshirish hisob va hisobot ma'lumotlari tengligini aniqlashdan
boshlanadi. Nomuvofiqlar topilganida ularning sabablarini aniqlash zarur. Solishtirish
amallarini ishchi hujjatlar bilan rasmiylashtirib, hisobot, sintetik va analitik hisob
ma'lumotlarining tengligiga ishonch hosil qilgandan so'ng, auditor ish haqi
hisoblashning to'g'riligini tekshirishni boshlaydi. Nomuvofiqliklar topilganda farq
summalari va ularning vujudga kelish sabablarini ishchi hujjatlarda ko'rsatish zarur.
Shundan so'ng dastlabki hujjatlarning mavjudliligi va ishonchliligi, to'g'ri
to'lg'azilganligi, me'yoriy hujjatlar talablariga mosligi o'rganiladi. Ish vaqtini hisobga
olish tabeli, buyruqlar, ishbay ishlar uchun naryadlar, bajarilgan ishlarni hisobga olish
varaqalari, yo'l varaqalari, hisob-kitob va hisoblashuv-to'lov vedomostlari, ta'til uchun
haq va qo'shimcha haqlarning boshqa turlari va boshqalar tekshiriladi.
Auditor bir necha xodimlarning shaxsiy jildlari va shaxsiy hisobvaraqlarini tanlab
olishi va ishga yollanish hamda boshqa lavozimga o'tkazilish sanalari, mehnatga haq
to'lash shartlari (stavka, oklad) va qo'shimcha to'lovlar to'g'risidagi axborotlarning
451
muvofiqligini tekshirishi zarur.. Bunda shtat intizomi va belgilangan lavozim maoshlari
yoki kontrakt shartlariga rioya qilinishi, mehnat shartnomalari bo'yicha va o'rindoshlik
asosida mehnat haqi to'lashning asoslanganligi tekshiriladi. Ish vaqtini hisobga olish
tabeli, hisoblashuv-to'lov vedomosti va shaxsiy hisob-varaqlarini solishtirish yo'li bilan
ishlangan vaqt miqdori to'g'risidagi ma'lumotlarning bir xilligini, to'liq ishlanmagan
oyda hisoblangan ish haqining arifmetik hisob-kitobi to'g'riligini tekshirish zarur.
Mehnatga ishbay haq to'lashda bajarilgan ishlar miqdori va sifat ko'rsatkichlarining
muvofiqligi, hamda me'yorlar va baholarni qo'llashning to'g'riligi tekshiriladi.
Hisob-kitoblarni tekshirishda aniqlangan nomuvofiqliklar auditorning ishchi
hujjatlarida qayd qilib boriladi. Ish haqi hisoblashning to'g'riligi va asoslanganligini
tekshirish chog'ida auditor, odatda, mehnat haqi hisoblash tekshirilgan shaxsiy hisob
varaqlar bo'yicha, ish haqidan , ish haqidan. ushlanadigan summalar to'g'riligini tanlab
tekshiradi. Xodimlar ish haqidan ushlanadigan summalar hujjatlar bilan asoslanganligi,
qonuniyligi va ularning to'g'ri ijro qilinganligini aniqlash zarur. Ish haqidan
ushlanmalar ijro varaqalari (alimentlar, jarimalar, moddiy zararni qoplash) bo'yicha:
hujjatlar bilan asoslanganligi, qonuniyligi va ularning to'g'ri ijro qilinganligini aniqlash
zarur. Ish haqidan ushlanmalar ijro varaqalari (alimentlar, jarimalar, moddiy zararni
qoplash) bo'yicha: kreditga sotib olingan tovarlar bo'yicha topshiriq-majburiyatlar
bo'yicha; xodimning arizasi bo'yicha (kvartira haqini o'tkazish, bolasining maktabgacha
bolalar muassasida tarbiyalangani uchun, o'qish uchun, kasaba uyushmasiga a'zolik
badali va sh.o'); to'lov vedomostlari bo'yicha berilgan bo'naklarni ushlab qolish. Ish
haqidan daromad solig'i va nafaqa fondiga to'lanadigan badallar ushlanishining
to'g'riligini tekshirish maxsus e'tibor talab qiladi. Shuningdek, barcha ushlanmalar
summasi xodimning bir oylik maoshi 50%idan oshib ketmaganligini ham aniqlash
zarur.
Jami daromadni tekshirishda korxonaning o'z mablag'lari hisobidan to'langan,
ijtimoiy tavsifdagi to'lovlar (ovqat puli, yo'l haqi xujjatlari, oliy o'quv yurtlarida ta'lim
olish, imtiyozli shartlar bilan qarz berish, bayram va yubiley sanalariga sovg'a berish,
me'yordan oshiq xizmat safari xarajatlari va tegishli hujjat bilan tasdiqlanmagan sarflar
va shunga o'xshashlar)ning soliqqa tortish maqsadida jismoniy shaxslar jami
daromadiga qo'shilganligi aniqlanadi.Ish haqidan ushlanadigan summalar bo'yicha
aniqlangan tafovutlar ham auditorning ishchi hujjatlarida umumlashtirilishi va aks
452
ettirilishi lozim. Ish haqi hisob-kitobini tekshirgandan so'ng mehnat haqiga doir
xarajatlarni schyotlar, ma'suliyat markazlari va tannarx hisoblash ob'ektlari bo'yicha
guruhlash va umumlashtirishning to'g'riligini aniqlash zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:
1.
Karimov, A. A., Islomov, F., & Avlokulov, A. (2004). Accounting.
Textbook. T.:"
Sharq" NMAK
.
2.
Avlokulov, A. Z. (2024). FEATURES OF PLANNING THE AUDIT OF
FINANCIAL STATEMENTS.
Excellencia: International Multi-disciplinary Journal
of Education (2994-9521)
,
2
(2), 155-158.
3.
Авлокулов, A. (2016). Формирование и отражение показателей финансовых
результатов в бухгалтерском учете.
Экономика и инновационные технологии
, (2),
116-121.
4.
Avlokulov, A. Z. Improving the methodology of accounting and auditing of
financial results.
Abstract of the dissertation of a doctor of economic sciences
, 71.
5.
Каримов, А. А., Исломов, Ф. Р., & Авлокулов, А. З. (2004). Бухгалтерия
хисоби.
Дарслик. Т.:«Шарк» НМАК
,
592
.
6.
Турумова, Д. (2022). Банк назоратида ички ва ташқи аудит ўтказишнинг
аҳамияти.
Science and Education
,
3
(12), 1013-1022.
7.
Турумова, Д. (2022). Банк кредитлари аудитини такомиллаштириш
масалалари.
Science and Education
,
3
(10), 640-645.
8.
Abdumannonovna, T. D. (2023). WAYS OF DEVELOPING THE INTERNAL
AUDIT SERVICE IN BUSINESS ENTITIES.
JOURNAL OF EDUCATION, ETHICS
AND VALUE
,
2
(8), 37-40.
9.
Turumova, D. A., & oʻgʻli Tolibboyev, Q. G. (2023). AUDITORLIK
FAOLIYATIDA TANLAB TEKSHIRISHNING MOHIYATI.
Educational Research
in Universal Sciences
,
2
(6), 234-240.
10.
Turumova, D. A. (2023). O ‘ZBEKISTONDA ICHKI NAZORAT TIZIMI–
AUDITORLIK TEKSHIRUVI JARAYONINING ASOSIY ELEMENTI.
Educational
Research in Universal Sciences
,
2
(4), 608-612.
11.
Abdumannonovna, T. D. (2023). AUDITORLIK TEKSHIRUVIDA MUHIMLIK
DARAJASI.
SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC
RESEARCH
,
2
(14), 60-62.
453
12.
Abdumannonovna, T. D. (2023). AUDITING MOLIYAVIY BOZOR UCHUN
ZARURLIGI.
INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM
,
3
(34), 290-
294.
13.
Abdumannonovna,
T.
D.
(2023).
AUDITORLIK
TEKSHIRUVINI
REJALASHTIRISH.
INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN
EDUCATION
,
2
(22), 243-248.
14.
Abdumannonovna, T. D. (2024). IMPORTANCE AND ROLE OF INTERNAL
AUDIT IN ENTERPRISES.
JOURNAL OF EDUCATION, ETHICS AND
VALUE
,
3
(1), 6-9.
15.
Abdumannonovna, T. D. (2024). DEVELOPMENT AND USEFUL ASPECTS OF
AUDITING ACTIVITY IN UZBEKISTAN.
JOURNAL OF EDUCATION, ETHICS
AND VALUE
,
3
(1), 15-18.
16.
Abdumannonovna, T. D., & Abdurasul, A. D. (2024). FORMATION OF STATE
FINANCE AND AUDIT ACTIVITY IN THE EARLY PERIODS IN
UZBEKISTAN.
JOURNAL OF EDUCATION, ETHICS AND VALUE
,
3
(1), 34-37.
17.
Abdumannonovna, T. D., & Sherzod, K. S. (2024). SIGNIFICANCE AND ROLE
OF INTERNATIONAL AUDITING STANDARDS.
JOURNAL OF EDUCATION,
ETHICS AND VALUE
,
3
(1), 57-60.
18.
Abdumannonovna,
T.
D.
(2024).
FRAUD
DETECTION
IN
AN
AUDIT.
JOURNAL OF EDUCATION, ETHICS AND VALUE
,
3
(1), 136-140.
19.
Abdumannonovna,
T.
D.
(2023).
AUDITORLIK
DALILLARINING
AUDITORLIK TEKSHIRUVIDA DOLZARBLIGI. In
" ONLINE-CONFERENCES"
PLATFORM
(Vol. 1, pp. 469-473).
20.
Abdumannonovna,
T.
D.
(2023).
AUDITORLIK
TEKSHIRUVINI
REJALASHTIRISHNING
AFZALLIGI.
In
"
ONLINE-CONFERENCES"
PLATFORM
(Vol. 1, pp. 474-478).
21.
Abdumannonovna, T. D. (2023). AUDITORLIK TEKSHIRUVIDA EKSPERT
ISHLARIDAN FOYDALANISHNING MUHIM JIHATLARI. In
" ONLINE-
CONFERENCES" PLATFORM
(Vol. 1, pp. 483-487).
22.
Abdumannonovna, T. D. (2023). AUDITORLIK XULOSASIDA ASOS
BOLUVCHI
MALUMOTLAR-AUDITORLIK
DALILLARI.
In
"
ONLINE-
CONFERENCES" PLATFORM
(Vol. 1, pp. 494-498).
454
23.
Abdumannonovna, T. D. (2024). THE AUDITOR'S PROFESSIONAL ETHICS
ARE THE BASIS OF THE AUDITOR'S ACTIVITY.
JOURNAL OF EDUCATION,
ETHICS AND VALUE
,
3
(1), 225-229.
24.
Abdumannonovna, T. D. (2024). AUDITOR ISHI SIFATINI NAZORAT
QILISHDA AUDITORLIK STANDARTLARINING UYG’UNLIGI.
INNOVATION
IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM
,
4
(37), 265-270.
25.
Abdumannonovna, T. D., & Habibullo G'anijon o'g, A. (2024). The Role of
International Audit Organizations in the Transition to International Standards in
Uzbekistan.
American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-
2157)
,
2
(2), 1-6.
26.
Abdumannonovna, T. D. (2024). An Understanding of the Auditor's Professional
Ethics and its Importance in the Auditor's Work.
American Journal of Public
Diplomacy and International Studies (2993-2157)
,
2
(2), 7-11.
27.
Abdumannonovna, T. D. (2024). LICENSING PROCEDURE OF AUDITING
ACTIVITIES IN UZBEKISTAN AND CURRENT RESULTS.
Gospodarka i
Innowacje.
,
44
, 35-40.
28.
Abdumannonovna, T. D. (2024). STUDYING THE COMPANY'S ACTIVITIES
AND ACCOUNTING DURING THE AUDITOR'S INSPECTION.
EUROPEAN
JOURNAL OF BUSINESS STARTUPS AND OPEN SOCIETY
,
4
(2), 21-27.
29.
Abdumannonovna, T. D. (2024). Purpose, Tasks, Necessity of Audit in
Uzbekistan.
American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-
2157)
,
2
(2), 89-92.
30.
Abdumannonovna, T. D. (2024). Methods of Obtaining Audit Evidence.
Best
Journal of Innovation in Science, Research and Development
,
3
(2), 221-226.
31.
Abdumannonovna, T. D. (2024). EFFECTIVE RESULTS OF APPLYING
ANALYTICAL PROCEDURES IN AUDITING.
32.
Abdumannonovna, T. D. (2024). EXTERNAL AUDITORS AND THEIR
LIABILITY TO THIRD PARTIES.
Gospodarka i Innowacje.
,
44
, 71-75.
33.
Abdumannonovna, T. D. (2024). Auditorlik Tekshiruvida Firibgarlikni Aniqlashda
Professionallik Qobiliyatini Qo’llash.
Miasto Przyszłości
,
45
, 138-144.
455
34.
Abdumannonovna, T. D. (2024). NEW UZBEKISTAN AND THE MUTUAL
INTERESTS
OF
THE"
BIG
FOUR"
INTERNATIONAL
AUDITING
COMPANIES.
Miasto Przyszłości
,
45
, 600-605.
35.
Abdumannonovna, T. D. (2024). Audit Risk, its Elements and Their
Assessment.
Best Journal of Innovation in Science, Research and Development
,
3
(2),
847-854.
36.
Abdumannonovna, T. D. (2024). AUDIT-AS A FACTOR OF INCREASING
BUSINESS EFFICIENCY IN ENTERPRISES.
Miasto Przyszłości
,
45
, 594-599.
37.
Abdumannonovna, T. D. (2024). The Document Presented by the Auditor is" Audit
Report and its Contents".
Best Journal of Innovation in Science, Research and
Development
,
3
(2), 991-997.
38.
Abdumannonovna, T. D. (2024). Relationship With Auditing Standards in
Controlling the Quality of Auditor's Work.
Best Journal of Innovation in Science,
Research and Development
,
3
(2), 998-1003.
39.
Abdumannonovna, T. D. (2024, March). Auditorning axloq kodeksiga rioya etish
burchlarining
afzalliklari.
In
INTERNATIONAL
CONFERENCE
ON
INTERDISCIPLINARY SCIENCE
(Vol. 1, No. 3, pp. 80-87).
40.
Abdumannonovna, T. D. (2024). Respublikamizda auditorlarni sertifikatlashtirish
va malakasini oshirishdagi natijalarning samarasi.
Multidisciplinary Journal of Science
and Technology
,
4
(3), 682-687.
