426
AUDITNI TURLARI, ULARNING MOHIYATI VA AHAMIYATI.
Rayimqulova Muxlisa
Jizzax politexnika instituti talabasi
ANNOTATSIYA:
Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotining va u bilan
bog‘liq moliyaviy axborotining auditorlik tekshiruvi tekshiriladigan moliyaviy
hisobotning hamda u bilan bog‘liq moliyaviy axborotning ishonchliligini va
buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiqligini aniqlash maqsadida
auditorlik tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi.
Kalit so'zlar:
tasdiqlovchi audit, tizimli-orientirlangan audit, tavakkalchikikka
asoslangan audit, ichki audit, tashqi audit, majburiy audit, tashabbuskorlik auditi,
operatsion audit, mos keluvchanlik auditi, moliyaviy hisobotlar auditi.
TYPES OF AUDIT, THEIR NATURE AND IMPORTANCE.
Rayimqulova Muxlisa
Student of Jizzakh Polytechnic Institute
ABSTRACT:
The audit of the financial report of the economic entity and its related
financial information is conducted by the audit organization in order to determine the
reliability of the audited financial report and related financial information and
compliance with the legislation on accounting.
Keywords:
confirmatory audit, system-oriented audit, risk-based audit, internal audit,
external audit, mandatory audit, initiative audit, operational audit, compliance audit;
financial statements audit.
ВИДЫ АУДИТА, ИХ СУЩНОСТЬ И ЗНАЧЕНИЕ.
Райимкулова Мухлисa
Студентка Джизакского политехнического института.
АННОТАЦИЯ:
Надёжность субъекта хозяйствования, которую можно
контролировать по результатам проверки, и аудиторская организация в
соответствии с законодательством о бухгалтерском учете контролирует его
деятельность.
Ключевые слова:
подтверждающий аудит, системно-ориентированный аудит,
риск-устойчивый аудит, внутренний аудит, организационный аудит,
427
эффективный аудит, инициативный аудит, операционный аудит, надзорный
аудит, аудит финансовой отчетности.
Auditorlik tekshiruvini davlat sirlaridan va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa
sirdan foydalangan holda o‘tkazish faqat ularni himoya qilish choralari ko‘rilganidan
keyin qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Tasdiqlovchi audit tekshirish davomida auditor har bir xo'jalik muomalasini
tekshirgan va tasdiqlagan, hamda parallel ravishda hisob registrlarini tuzgan. Hozirda
esa bu hisob ishlarini qayta tiklash deyiladi. Tizimli-orientirlangan audit mijozning
ichki nazorat tizimining qay darajada Ishlayotganligini tekshirishga asoslanadi. Agarda
ichki nazorat tizimi oqilona tashkil qilingan hamda yaxshi ishlayotgan bo'lsa, tashqi
auditorlar o'z ishlarini tanlab tekshirish hamda alohida ob'ektlarni nazoratdan o'tkazish
bilan cheklanadi. Bu esa, albatta, auditorning ish vaqtini hamda audit jarayoniga
qilinadigan xarajatlarni kamaytiradi. Ammo, auditor bunday tekshiruv o'tkazishda
mijozning xo'jalik faoliyati tizimi samaradorligini har jihatdan baholashi hamda
korxonada yuz beradigan o'g'irlik, firibgarlik holatlarini ham inobatga olishi lozim.
Tavakkalchilikka asoslangan audit tavakkalchilik baland, asoslangan bo'lgan joyda
tekshirish vaqtini ko'proq ajratish hamda past tavakkalchilik bo'lgan joyda tekshirishga
kam vaqt ajratishga asoslanadi. Bu tekshirish xarajatlarini kamaytirish yuzasidan kelib
chiqadi. Auditorlik tekshirivi iqtisodiy nuqtai nazardan ikki turga bo'linadi:
1. Ichki audit;
2. Tashqi audit
Ichki audit - bu xo'jalik ichida uning faoliyatining samaradorligini tekshirish va
aniqlashda mustaqil baho berishdir. Ichki audit uchun korxonaning o'zi yoki uning bir
bo'limi-korxona ichidagi nazorat bo'limi javob beradi. Ichki auditning maqsadi korxona
xizmatchilariga o'zlarining majburiyatlarini a'lo darajada bajarishga yordam berishdir.
Ichki audit korxonaga tekshirilayotgan ob'ektlar haqida aniq tahlil, baholash, tavsiya
maslahat va ma'lumotlarni beradi. Ichki auditning vazifalari quyidagilardan iborat:
korxonaning ishiga moliyaviy nazorat;
iqtisodiy ko'rsatkichlar bo'yicha ichki nazorat tizimi ixtisoslashganligini tekshirish;
boshqaruv xodimlarining ishlab chiqarish va sotish bo'yicha tahlil Ishlari;
korxonalarning likvidligi, rentabelligi va ish faoliyatini baholash;
korxona ishini yaxshilash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
428
Korxonada ichki auditorning bo'lishi shu korxona uchun foydalidir. Tekshirish
o'tkazish usullari tashqi auditnikiga o'xshash bo'lib, tekshirish hajmi va ob'ekti Jihatdan
farq qiladi. Ichki audit, avvalo, korxonada moddiy boyliklarning saqlanishi va
foydalanilishi, hisob-kitobning to'g'riligi va boshqa ob'ektlarni tekshirishga qaratiladi.
Ichki auditda, odatda, to'liq tekshirish o'tkaziladi.
Ichki audit faoliyatining eng keng tarqalgan turi operatsion auditdir. Operatsion audit
bu auditorning korxonada resurslardan samarali foydalanish, samarali yutuqlarga erish
maqsadida korxonaning moliya-xo'jalik faoliyatini tekshirishdir. Uning maqsadi
xodimlaming o'z vazifalarini bajarish va korxona rentabelligini oshirishga yordam
berishdir. Ichki auditorlarga ham mustaqillik kerak. Ular axborot to'plashda korxona
rahbari tazyiqidan xolis. Ichki audit quyidagi shakllarda tuzilishi mumkin: yillik
hisobotni tasdiqlash uchun aktsionerlarning umumiy yig'ilishida har yili saylanadigan,
doimiy faoliyat ko'rsatadigan taftish komissiyasi shaklida. Uni tuzish zaruriyati
korxona Nizomida ko'rsatiladi. Ko'p hollarda taftish komissiyasi tuzilmay qoladi.
Korxona rahbari tomonidan bevosita tashkil etilgan maxsus ichki nazorat bo'limi
shaklida va auditorlik firmasi bilan shartnomaga muvofiq ichki auditni o'tkazish
shaklida. Agar korxonada ichki audit tashkil etilgan bo'lsa, tashqi auditor uning
yordamidan foydalanishi mumkin.
Tashqi auditor ishining samaradorligi ichki auditor bilan hamkorlik qilsa, ancha
ortadi. Har yillik auditorlik tekshiruvi davomida ichki auditor tashqi auditor nazorati
ostida alohida ishlarni bajarishi mumkin. Tashqi audit xo'jalik yurituvchi sub'ektning
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotining haqiqiyligini ob'ektiv baholash
maqsadida shartnoma asosida auditorlik kompaniyalari yoki yakka auditorlar
tomonidan o'tkaziladi. Tashqi auditning asosiy xususiyatlaridan biri bu mijoz
korxonaga nisbatan hech qanday manfaati bo'lmagan, ya'ni uning mulkdori, ta'sischisi,
boshlig'i yoki boshqa lavozimida ishlamaydigan, mustaqil, xolis auditor tomonidan
o'tkazilishidadir. Agarda auditor tekshirayotgan korxonaning mulkdori, ta'sischisi,
boshlig'i yoki boshqa lavozimida ishlaydigan shaxsi bo'lsa, u holda auditorlik faoliyati
uchun berilgan litsenziya bekor qilinishi ham mumkin.
Tashqi audit korxonaning mollya-xo'jalik faoliyatini baholash hamda uning
moliyaviy hisobotini tasdiqlash uchun o'tkaziladi. Bundan tashqari tashqi audir xo'jalik
yurituvchi sub'ektning xarajatlarini minimallashtirish va foydani maksimallashtirish
maqsadida ularning faoliyatini yaxshilash, hisob ishlarini tashkil qilish va qayta tashkil
qilish, hisob oshlarini yuritish, soliqqa tortish bo'yicha takliflar beradi. Tashqi audit
429
natijalari korxonaning buxgalteriya hisobi holati, ichki nazorat tizimi ahvoli, yillik
moliyaviy hisoboti ishonchliligini tasdiqlovchi xulosada bayon qilinadi. Bundan
tashqari, tashqi audit natijalari loyihalar, sxemalar, biznes-rejalar, ma'lumotnomalar
ko'rinishida taqdim etilishi mumkin.
Xalqaro amaliyotda auditning uchta turi alohida ajratib ko'rsatiladi:
1. Operatsion audit;
2. Mos keluvchanlik auditi;
3. Moliyaviy hisobotlar anditi.
Operatsion auditda barcha xo'jalik muomalalari va jarayonlari, ularning ish
samaradorligiga va unumdorligiga bo'lgan ta'siri o'rganiladi. Operatsion auditda
unumdorlik va samaradorlik ko'rsatkichlari, qimmatli qog'ozlar hamda moliyaviy
tizimga rioya qilishning buxgalteriya tamoyillariga mos kelishi nuqtai nazaridan ham
ko'rib chiqiladi.
Mos keluvchanlik auditi bu xildagi tekshirishda audlining mamlakat
miqyosidagi qonunlarga, shuningdek, barcha me'yoriy hujjatlarga mos kelishi yoki
kelmaslik sabablari o'rganiladi. Masalan, korxona faoliyatini auditorlik tekshirishdan
o'tkazishda uning korxona Nizomiga yoki mavjud yo'riqnomalarga mos bo'lishini
tekshiruvdan o'tkazish.
Moliyaviy hisobotlar auditi bunday tekshiruv moliyaviy va buxgalteriya
xodimlari tomonidan o'tkazilib, asosan korxonaning to'lov qobiliyati moliyaviy
natijalar, sotish Jarayonlarining darining hisobotlarda qanchalik darajada aks
ettirilganligi tekshiriladi.
Auditorlik tekshiruvi o'tkazilishining davriyligiga ko'ra ikkiga bo'linadi:
1. Dastlabki audit,
2. Davriy audit.
Dastlabki audit auditor yoki auditorlik tashkiloti tomonidan ushbu korxonani auditor
birinchi marta tekshirishni anglatadi.
Davriy audit takroriy shartnomalar orqali bir korxona bitta auditor yoki auditorlik
firmasi tomonidan amalga oshiriladi. Bu esa, albatta, mijozning malakali auditor bilan
uzoq muddatli hamkorlik qilishga bo'lgan qiziqishidan kelib chiqadi.
Auditorlik tekshiruvi o'tkazilishining majburiy yoki majburiy emasligiga ko'ra 2 ga
bo'linadi:
1. Majburiy audit;
430
2. Tashabbuskorlik auditi.
O’RQ-677 ning 35-moddasida batafsil belgilab berilgan bo’lib, quyidagi tashkilotlar
har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim:
-
aksiyadorlik jamiyatlari;
-
banklar va boshqa kredit tashkilotlari;
-
sug‘urta tashkilotlari;
-
investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini
jamlovchi boshqa fondlar hamda ularning investitsiya aktivlarini ishonchli
boshqaruvchilari;
-
manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalaridan iborat bo‘lgan xayriya,
jamoat fondlari va boshqa fondlar;
-
ustav fondida (ustav kapitalida) davlatga tegishli ulushga ega bo‘lgan xo‘jalik
yurituvchi subyektlar va davlat unitar korxonalari;
-
fond va tovar birjalari;
-
hisobot yili yakunlariga ko‘ra quyidagi shartlardan bir vaqtning o‘zida ikkitasiga
javob bergan tijorat tashkilotlari: aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash
miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq, mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni)
realizatsiya qilishdan olingan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ming
baravari miqdoridan ortiq, xodimlarining o‘rtacha yillik soni yuz nafardan ortiq bo‘lsa.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilganidan keyin
o‘n besh kun ichida, biroq hisobot yilidan keyingi yilning 15-iyunidan kechiktirmay,
soliq organlariga auditorlik xulosasining ko‘chirma nusxasini taqdim etadi.
Majburiy auditorlik tekshiruvini qonunga muvofiq o‘tkazish-dan bo‘yin tovlash
xo‘jalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy jazo
qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.
Yillik moliyaviy hisobotning auditorlik tekshiruvini hisobot yilidan keyingi yilning
15-iyunigacha o‘tkazmaslik va auditorlik xulosasining yo‘qligi xo‘jalik yurituvchi
subyektning majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlashi deb e’tirof
etiladi.
Soliq organlari tomonidan ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin kalendar yil
tugaguniga qadar majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazmaslik xo‘jalik yurituvchi
subyektdan bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdoridagi summada jarima
undirishga sabab bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt jarimani ixtiyoriy ravishda
431
to‘lashdan bosh tortgan taqdirda, xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan huquqiy ta’sir
choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi masala iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Jarimani to‘lash xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy auditorlik tekshiruvini
o‘tkazishdan ozod qilmaydi.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvini o‘tkazishga doir ishlarga haq to‘lash
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan shaxs yoki organ hisobidan
amalga oshiriladi.
Nazorat
qiluvchi
yoki
huquqni
muhofaza
qiluvchi
organlarning
tashabbusiga ko‘ra auditorlik tekshiruvi auditorlik tashkiloti va ushbu organlar
o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida o‘tkaziladi hamda mazkur shartnoma asosida haq
to‘lanadi. Bunda nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan
ayni bir auditorlik tashkilotini ayni bir xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatini ayni
o‘sha asoslarga ko‘ra tekshirishga takroran jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvini o‘tkazishga doir ishlarga haq to‘lash
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan shaxs yoki organ hisobidan
amalga oshiriladi.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvini o‘tkazish predmeti, muddatlari hamda
boshqa shartlari auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi va auditorlik tashkiloti
o‘rtasida tuziladigan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada
belgilanadi.
Auditorlik tekshiruvi qay tarzda o'tkazilishiga ko'ra majburiy va tashabbus tarzidagi
(ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvlarga bo'linadi. Shuningdek, auditorlik tekshiruvi nazorat
qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko'ra ham
o'tkazilishi mumkin.
Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko'ra
o'tkazilgan auditorlik tekshiruvlar jarayonida olingan ma'lumotlar faqat mazkur
organlar ruxsati bilan va ular ruxsat qilgan hajmda oshkor qilinishi mumkin. Huquqni
muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko'ra o'tkazilgan tekshiruvlar natijalari
bo'yicha tuzilgan auditorlik xulosasi O'zbekiston Respublikasi jinoyat-protses-sual
kodeksiga
muvofiq
taynlangan
sud-buxgalteriya
ekspertizasi
xulosasiga
tenglashtiriladi. Sud-buxgalteriya ekspertizasi ayrim o'ziga xos xususiyatlari bilan
auditorlik tekshiruvlaridan tubdan farq qiladi. Ko'p hollarda ekspertiza ekspert
muassasalarining maxsus xonalarida o'tkaziladi. Zarur hollarda ekspertiza o'tkazish joyi
ekspert tomonidan, ekspertizani tayinlagan organ bilan kelishilgan holda aniqlanadi.
432
Xulosa tuzish uchun zarur bo'lgan dastlabki va yig'ma buxgalteriya hujjatlari, hisob
registrlari va hisobot shakllari ekspertiza obektlari bo'lib hisoblanadi. Shuningdek,
ekspertiza
o'tkazish
jarayonida
taftish
dalolatnomasi,
ekspert
xulosalari,
ayblanuvchilar, jabrlanuvchilar va guvohlarning ko'rsatmalari va ishdagi boshqa
materiallarda keltirilgan ma'lumotlardan ham foydalanish mumkin.
Sud-buxgalteriya ekspertizasini amalga oshirishda quyidagilarni aniqlashga doir
masalalar hal etiladi:
tovar-moddiy zahiralar, pul mablag'larining kamomadi yoki oshiqcha chiqishi va
moddiy zarar summalari bilan bog'liq ma'lumotlarning haqqoniyligi;
tovar-moddiy zahiralarni qabul qilish, saqlash, sotish va pul mablag'larining
harakatiga doir muomalalarni rasmiylashtirishning to'g'riligini;
moliya-xo'jalik faoliyatiga doir muomalalarni hujjatlarda aks ettirishning
buxgalteriya hisobi xalqaro va milliy standartlari hamda boshqa tegishli me'yoriy
hujjatlarga muvofiqligi;
tergov olib borilayotgan ishga aloqador shaxslar ko'rsatmalarining buxgalteriya
hisobi ma'lumotlariga muvofiqligi;
materiallar, tayyor mahsulotlar, tovarlar va pul mablag'larini kirimi, chiqimi
hamda hisobdan o'chirilishining hujjatlar bilin asoslanganligi; hisobga olinmay qolgan
mahsulotlar hajmi va qiymatini texnologlar, tovarshunoslar va boshqa mutaxassislar
xulosalarini hisobga olgan holda aniqlash;
fuqarolik sudlov ishlari tartibida hal etiladigan da'volarga doir summalar
miqdorining hujjatlar bilan asoslanganligi;
tovar-moddiy zahiralar va pul mablag'lari kamomadi yoki oshiqcha chiqishi
vujudga kelgan davrda moddiy javobgar hisoblangan shaxslar, hamda ekspertiza
jarayonida buxgalteriya hisobi va nazorat talablariga rioya qilinmaganligi
aniqlanganda, buning uchun mas'ul shaxslar;
moddiy zarar etkazilishiga olib kelgan yoki uning o'z vaqtida aniqlanishiga
to'sqinlik qilgan, buxgalteriya hisobi va nazorat tizimining kamchiliklari.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:
1.
Турумова, Д. (2022). Банк назоратида ички ва ташқи аудит
ўтказишнинг аҳамияти.
Science and Education
,
3
(12), 1013-1022.
433
2.
Турумова, Д. (2022). Банк кредитлари аудитини такомиллаштириш
масалалари.
Science and Education
,
3
(10), 640-645.
3.
Abdumannonovna, T. D. (2023). WAYS OF DEVELOPING THE
INTERNAL AUDIT SERVICE IN BUSINESS ENTITIES.
JOURNAL OF
EDUCATION, ETHICS AND VALUE
,
2
(8), 37-40.
4.
Turumova, D. A., & oʻgʻli Tolibboyev, Q. G. (2023). AUDITORLIK
FAOLIYATIDA TANLAB TEKSHIRISHNING MOHIYATI.
Educational Research
in Universal Sciences
,
2
(6), 234-240.
5.
Turumova, D. A. (2023). O ‘ZBEKISTONDA ICHKI NAZORAT
TIZIMI–AUDITORLIK
TEKSHIRUVI
JARAYONINING
ASOSIY
ELEMENTI.
Educational Research in Universal Sciences
,
2
(4), 608-612.
6.
Abdumannonovna, T. D. (2023). AUDITORLIK TEKSHIRUVIDA
MUHIMLIK DARAJASI.
SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF
SCIENTIFIC RESEARCH
,
2
(14), 60-62.
7.
Abdum
annonovna, T. D. (2023). AUDITING MOLIYAVIY BOZOR UCHUN
ZARURLIGI.
INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM
,
3
(34), 290-
294.
8.
Abdumannonovna, T. D. (2023). AUDITORLIK TEKSHIRUVINI
REJALASHTIRISH.
INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN
EDUCATION
,
2
(22), 243-248.
9.
Abdumannonovna, T. D. (2024). IMPORTANCE AND ROLE OF
INTERNAL AUDIT IN ENTERPRISES.
JOURNAL OF EDUCATION, ETHICS AND
VALUE
,
3
(1), 6-9.
10.
Abdumannonovna, T. D. (2024). DEVELOPMENT AND USEFUL
ASPECTS OF AUDITING ACTIVITY IN UZBEKISTAN.
JOURNAL OF
EDUCATION, ETHICS AND VALUE
,
3
(1), 15-18.
11.
Abdumannonovna, T. D., & Abdurasul, A. D. (2024). FORMATION OF
STATE FINANCE AND AUDIT ACTIVITY IN THE EARLY PERIODS IN
UZBEKISTAN.
JOURNAL OF EDUCATION, ETHICS AND VALUE
,
3
(1), 34-37.
434
12.
Abdumannonovna, T. D., & Sherzod, K. S. (2024). SIGNIFICANCE
AND ROLE OF INTERNATIONAL AUDITING STANDARDS.
JOURNAL OF
EDUCATION, ETHICS AND VALUE
,
3
(1), 57-60.
13.
Abdumannonovna, T. D. (2024). FRAUD DETECTION IN AN
AUDIT.
JOURNAL OF EDUCATION, ETHICS AND VALUE
,
3
(1), 136-140.
14.
Abdumannonovna, T. D. (2023). AUDITORLIK DALILLARINING
AUDITORLIK TEKSHIRUVIDA DOLZARBLIGI. In
" ONLINE-CONFERENCES"
PLATFORM
(Vol. 1, pp. 469-473).
15.
Abdumannonovna, T. D. (2023). AUDITORLIK TEKSHIRUVINI
REJALASHTIRISHNING
AFZALLIGI.
In
"
ONLINE-CONFERENCES"
PLATFORM
(Vol. 1, pp. 474-478).
16.
Abdumannonovna, T. D. (2023). AUDITORLIK TEKSHIRUVIDA
EKSPERT ISHLARIDAN FOYDALANISHNING MUHIM JIHATLARI. In
"
ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM
(Vol. 1, pp. 483-487).
17.
Abdumannonovna, T. D. (2023). AUDITORLIK XULOSASIDA ASOS
BOLUVCHI
MALUMOTLAR-AUDITORLIK
DALILLARI.
In
"
ONLINE-
CONFERENCES" PLATFORM
(Vol. 1, pp. 494-498).
18.
Abdumannonovna, T. D. (2024). THE AUDITOR'S PROFESSIONAL
ETHICS ARE THE BASIS OF THE AUDITOR'S ACTIVITY.
JOURNAL OF
EDUCATION, ETHICS AND VALUE
,
3
(1), 225-229.
19.
Abdumannonovna, T. D. (2024). AUDITOR ISHI SIFATINI NAZORAT
QILISHDA AUDITORLIK STANDARTLARINING UYG’UNLIGI.
INNOVATION
IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM
,
4
(37), 265-270.
20.
Abdumannonovna, T. D., & Habibullo G'anijon o'g, A. (2024). The Role
of International Audit Organizations in the Transition to International Standards in
Uzbekistan.
American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-
2157)
,
2
(2), 1-6.
21.
Abdumannonovna, T. D. (2024). An Understanding of the Auditor's
Professional Ethics and its Importance in the Auditor's Work.
American Journal of
Public Diplomacy and International Studies (2993-2157)
,
2
(2), 7-11.
435
22.
Abdumannonovna, T. D. (2024). LICENSING PROCEDURE OF
AUDITING
ACTIVITIES
IN
UZBEKISTAN
AND
CURRENT
RESULTS.
Gospodarka i Innowacje.
,
44
, 35-40.
23.
Abdumannonovna, T. D. (2024). STUDYING THE COMPANY'S
ACTIVITIES
AND
ACCOUNTING
DURING
THE
AUDITOR'S
INSPECTION.
EUROPEAN JOURNAL OF BUSINESS STARTUPS AND OPEN
SOCIETY
,
4
(2), 21-27.
24.
Abdumannonovna, T. D. (2024). Purpose, Tasks, Necessity of Audit in
Uzbekistan.
American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-
2157)
,
2
(2), 89-92.
25.
Abdumannonovna, T. D. (2024). Methods of Obtaining Audit
Evidence.
Best Journal of Innovation in Science, Research and Development
,
3
(2),
221-226.
26.
Abdumannonovna, T. D. (2024). EFFECTIVE RESULTS OF
APPLYING ANALYTICAL PROCEDURES IN AUDITING.
27.
Abdumannonovna, T. D. (2024). EXTERNAL AUDITORS AND THEIR
LIABILITY TO THIRD PARTIES.
Gospodarka i Innowacje.
,
44
, 71-75.
28.
Abdumannonovna, T. D. (2024). Auditorlik Tekshiruvida Firibgarlikni
Aniqlashda Professionallik Qobiliyatini Qo’llash.
Miasto Przyszłości
,
45
, 138-144.
29.
Abdumannonovna, T. D. (2024). NEW UZBEKISTAN AND THE
MUTUAL INTERESTS OF THE" BIG FOUR" INTERNATIONAL AUDITING
COMPANIES.
Miasto Przyszłości
,
45
, 600-605.
30.
Abdumannonovna, T. D. (2024). Audit Risk, its Elements and Their
Assessment.
Best Journal of Innovation in Science, Research and Development
,
3
(2),
847-854.
31.
Abdumannonovna, T. D. (2024). AUDIT-AS A FACTOR OF
INCREASING BUSINESS EFFICIENCY IN ENTERPRISES.
Miasto Przyszłości
,
45
,
594-599.
32.
Abdumannonovna, T. D. (2024). The Document Presented by the Auditor
is" Audit Report and its Contents".
Best Journal of Innovation in Science, Research and
Development
,
3
(2), 991-997.
436
33.
Abdumannonovna, T. D. (2024). Relationship With Auditing Standards in
Controlling the Quality of Auditor's Work.
Best Journal of Innovation in Science,
Research and Development
,
3
(2), 998-1003.
34.
Abdumannonovna, T. D. (2024, March). Auditorning axloq kodeksiga
rioya etish burchlarining afzalliklari. In
INTERNATIONAL CONFERENCE ON
INTERDISCIPLINARY SCIENCE
(Vol. 1, No. 3, pp. 80-87).
35.
Abdumannonovna, T. D. (2024). Respublikamizda auditorlarni
sertifikatlashtirish va malakasini oshirishdagi natijalarning samarasi.
Multidisciplinary
Journal of Science and Technology
,
4
(3), 682-687.
