MILLIY MANFAATLARDAN KELIB CHIQQAN HOLDA UNUMBASHARIY MUAMMOLARGA YONDASHISH

Annotasiya

Mazkur maqolada milliy manfaatlar bilan umumbashariy muammolar oʻrtasidagi bogʻliqlik, Oʻzbekistonning xalqaro miqyosdagi tashabbuslari, xususan Orolbo‘yi ekologik inqirozi, mintaqaviy xavfsizlik va iqlim muammolariga yondashuvi tahlil etiladi. Shuningdek, xalqaro hamkorlik, ekologik diplomatiya va barqaror rivojlanish tamoyillari asosida olib borilayotgan faoliyat yoritiladi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
80-83
23

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Jovliyeva , M. . (2025). MILLIY MANFAATLARDAN KELIB CHIQQAN HOLDA UNUMBASHARIY MUAMMOLARGA YONDASHISH. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 4(11), 80–83. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/90228
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada milliy manfaatlar bilan umumbashariy muammolar oʻrtasidagi bogʻliqlik, Oʻzbekistonning xalqaro miqyosdagi tashabbuslari, xususan Orolbo‘yi ekologik inqirozi, mintaqaviy xavfsizlik va iqlim muammolariga yondashuvi tahlil etiladi. Shuningdek, xalqaro hamkorlik, ekologik diplomatiya va barqaror rivojlanish tamoyillari asosida olib borilayotgan faoliyat yoritiladi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

80

MILLIY MANFAATLARDAN KELIB CHIQQAN HOLDA

UNUMBASHARIY MUAMMOLARGA YONDASHISH

Jovliyeva Marjona Panji qizi

Termiz davlat pedagogika instituti Musiqa ta’lim

yo’nalishi 1-bosqich magistranti

marjonajovliyeva55@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15421895

Annotatsiya

: Mazkur maqolada milliy manfaatlar bilan umumbashariy

muammolar oʻrtasidagi bogʻliqlik, Oʻzbekistonning xalqaro miqyosdagi
tashabbuslari, xususan Orolbo‘yi ekologik inqirozi, mintaqaviy xavfsizlik va
iqlim muammolariga yondashuvi tahlil etiladi. Shuningdek, xalqaro hamkorlik,
ekologik diplomatiya va barqaror rivojlanish tamoyillari asosida olib
borilayotgan faoliyat yoritiladi.

Kalit soʻzlar

Milliy manfaatlar, umumbashariy muammolar, Oʻzbekiston,

ekologik xavfsizlik, xalqaro hamkorlik, barqaror rivojlanish, iqlim oʻzgarishi..

Bugungi kunda dunyo miqyosida yuzaga kelayotgan ekologik, ijtimoiy va

iqtisodiy muammolar barchaning eʼtiborini global masʼuliyat va hamkorlikka
qaratmoqda. Har bir davlat oʻzining milliy manfaatlarini himoya qilgan holda,
umumiy tahdidlarga qarshi kurashishda faol ishtirok etishi muhim ahamiyat
kasb etmoqda. Oʻzbekiston ham o‘z milliy siyosatini umumbashariy muammolar
– iqlim oʻzgarishi, suv tanqisligi, oziq-ovqat xavfsizligi kabi global muammolar
bilan uygʻun holda olib bormoqda. Bu esa milliy manfaatlar asosida xalqaro
barqarorlik va taraqqiyotga xizmat qiluvchi yondashuvning yorqin namunasi
hisoblanadi.Yaqinda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston
Liberal-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni
qo‘llab-quvvatlash markazi ta’sischiligidagi “Taraqqiyot” siyosiy ta’lim markazi
tomonidan O‘zLiDeP hududiy partiya kengashlarida Yangi O‘zbekiston
Taraqqiyot Strategiyasiga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi.
Ma’lumki, mamlakatimizni 2017 — 2021 yillarda rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr
mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga
qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti qarorlari qabul qilin Milliy iqtisodiyotni isloh qilish, tadbirkorlikni
qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, inson huquqlarini
ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda
fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va
jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan
tizimli ishlar shular jumlasidandandir.Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

81

kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi
sifatida belgilanib, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai,
malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash
sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.So‘nggi besh yillik islohotlarning
natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-
huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildiZamon juda tez,
mislsiz shiddat bilan o‘zgarayotgan, jahonda global inqiroz, notinchlik, oziq-
ovqat tanqisligi va boshqa buhronlar davom etayotgan hozirgi murakkab davrda
yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar bardavom bo‘lishini
ta’minlash, islohotlar poydevorini mustahkamlash muhim ahamiyatga ega
masala.Ta’kidlash joizki, bugungi kunda xalqimiz eng rivojlangan mamlakatlarga
xos hayot darajasiga erishish, yangi jamiyat qurishdek ulug‘vor maqsadlar bilan
yashamoqda. Ushbu maqsadga etish borasidagi serqirra faoliyatning tizimli va
samarali

tashkil

etilishi,

ishlarimizning

samaradorligiga

erishish

islohotlarimizning mazmun mohiyati va usturvor yo‘nalishlarini belgilaydi.

Global dunyoda har bir davlat o‘zining milliy manfaatlarini ustuvor deb

bilgan holda, dunyo miqyosidagi umumiy muammolarga befarq bo‘lib qola
olmaydi. XXI asrda insoniyat duch kelayotgan ekologik muammolar,
pandemiyalar, terrorizm, suv tanqisligi, oziq-ovqat xavfsizligi, iqlim o‘zgarishi,
migratsiya kabi masalalar millatlar chegarasini tan olmaydi. Shu bois, har
qanday davlat bu muammolarga yondashishda o‘zining milliy manfaatlarini
saqlagan holda xalqaro mas’uliyat bilan harakat qilishi talab etiladi. Oʻzbekiston
Respublikasi ham o‘zining tarixiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish
strategiyasida bu prinsipga qatʼiy amal qilmoqda. Davlatimiz “Avval inson,
so‘ngra jamiyat va davlat” tamoyiliga asoslangan holda, milliy manfaatlar bilan
umumbashariy qadriyatlarni uyg‘unlashtirishga intilmoqda. Milliy manfaat nima
va u qanday shakllanadi?Milliy manfaatlar – bu davlat va jamiyatning uzoq
muddatli siyosiy, iqtisodiy, ekologik va madaniy manfaatlaridan iborat bo‘lib,
ular davlat mustaqilligi, hududiy yaxlitligi, xalq farovonligi, xavfsizligi va
barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Umumbashariy muammolar
va ularning dolzarbligiSo‘nggi yillarda quyidagi umumbashariy muammolar
global xavotir uyg‘otmoqda:Iqlim o‘zgarishi va global isish Ekologik inqiroz,
xususan, Orol fojiasiSuv resurslarining tanqisligiPandemiyalar va sog‘liqni
saqlashdagi tahdidlarMigratsiya va qochqinlar masalasiXalqaro terrorizm va
geosiyosiy beqarorlik O‘zbekistonning yondashuvi: milliy manfaat + global
masʼuliyatOʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi,
Markaziy Osiyo mintaqaviy anjumanlari va boshqa xalqaro maydonlarda doimo


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

82

xalqaro hamkorlik, mintaqaviy barqarorlik, ekologik xavfsizlik masalalarini
ilgari surib kelmoqda. Orolbo‘yi ekologik inqiroziga qarshi kurash – bu nafaqat
milliy muammo, balki xalqaro e'tiborni talab qiluvchi masala sifatida tan
olingan."Yashil iqtisodiyot"ga o‘tish – bu nafaqat O‘zbekistonning iqtisodiy
strategiyasi, balki iqlim o‘zgarishiga javob beruvchi ekologik manfaatlarga
xizmat qiladi.Afg‘oniston bo‘yicha tinchlik tashabbuslari – mintaqaviy xavfsizlik
bilan birga global tinchlikka xizmat qiladi.4. Umumbashariy muammolarga
milliy asosda yechim izlash yo‘llariIlm-fan va texnologiyalar orqali yechimlar
ishlab chiqish (masalan, suv tejovchi texnologiyalar).Xalqaro tashkilotlar bilan
hamkorlikda loyihalar amalga oshirish (UNDP, FAO, BMT, IHT).Yoshlarga va
fuqarolik jamiyatiga global muammolar haqida maʼlumot berish, ularni faol
ishtirok etishga jalb qilish.Madaniy-gumanitar diplomatiya orqali global
muloqotni rivojlantiMilliy manfaatlardan kelib chiqib, umumbashariy
muammolarga yondashish – bu XXI asrda har bir davlatning yuksak siyosiy
madaniyatidan dalolat beradi. O‘zbekiston bu borada muvozanatli siyosat olib
borib, o‘z manfaatlarini xalqarohamkorlik, mintaqaviy barqarorlik va
insonparvarlik tamoyillari bilan uyg‘unlashtirmoqda. Kelgusida ham bu
yondashuv nafaqat O‘zbekistonning xalqaro mavqeini mustahkamlashga, balki
global muammolar yechimida faol o‘ringa ega bo‘lishiga zamin yaratadi.

Shu tarzda, yurtimiz taraqqiyoti asosiy ustuvorliklardan kelib

chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi farmoni
“2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi”
qabul qilindi. Ushbu Strategiya 7 yo‘nalish va 100 ta maqsadlarni o‘z ichiga
qamrab olgan.Ta’kidlash joizki, milliy rivojlanish yo‘lida orttirgan tajribamizdan
kelib chiqib, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida barcha soha va
tarmoqlar, mintaqa va hududlar, xususan, har bir mahalla bo‘yicha o‘z oldimizga
yanada yuksak vazifalar qo‘yilgan.

Yangi

O‘zbekiston

Taraqqiyot

Strategiyasi

yo‘nalishlari

quyidagilardaniborat:Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini
yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;mamlakatimizda
adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur
shartiga aylantirish;milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish
sur’atlarini ta’minlash;adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini
rivojlantirish;ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib
chiqish;milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga
yoashish;mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq,
pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.2022 yilda strategiyani amalga


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

83

oshirishga oid Davlat dasturi doirasidagi tadbirlarga 55 trln so‘m va 11,7 mlrd
dollar ajratiladi. Keng manoda ushbu Strategiyada O‘zbekistonni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishning kelgusi 5 yillikka mo‘ljallangan ulkan rejalarni va uni
hayotga tadbiq etishning real mexanizmlari belgilab berilgan. Strategiya barcha
bo‘g‘indagi partiya tashkilotlari uchun amaliy harakatlar dasturiga aylandi.O‘quv
mashg‘ulotlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDep fraksiyasi
deputatlari, siyosatshunos olimlar va boshqa ekspertlar ishtirokida Zoom
dasturi orqali o‘tkazildi.“Yangi O‘zbekiston” tushunchasi nimani anglatadi?”,
“Taraqqiyotning yangi bosqichi qanday xususiyatlarga ega?”, “Jamiyatning yangi
qiyofasi” deganda nimalar nazarda tutilmoqda?”, “Mamlakatimizda adolat va
qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga
aylantirish tamoyillari qanday?”, “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga nimalar
to‘g‘anoq bo‘lmoqda?” kabi savollar va partiyaning dasturiy maqsadlarini
ruyobga chiqarish - ushbu o‘quv mashg‘ulotlari doirasidagi muloqotlar chog‘ida
ko‘tarilgan asosiy masalalar sirasiga kiradi.

Xulosa

, milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori oʻsish surʼatlarini

taʼminlash Oʻzbekistonning strategik maqsadlaridandir. Bu borada amalga
oshirilayotgan islohotlar va qabul qilinayotgan dasturlar mamlakatning iqtisodiy
mustaqilligini taʼminlash, aholi farovonligini oshirish va global bozorlarda
munosib oʻrin egallash imkonini bermoqda. Kelgusida bu jarayonlarni davom
ettirish, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish va inson kapitaliga sarmoya
kiritish orqali yanada barqaror va inklyuziv iqtisodiy o‘sishga erishiladi.

Foydanalilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston, 2020.
2. Davlat tili haqida (yangi tahriri). O'zbekiston Respublikasining Qonuni.- T.:
O'zbekiston, 1997.
3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. - T.: Sharq, 1997.
4. Ta'lim to'g'risida. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. - T.: O'zbekiston,
5. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. - T.: O'zbekiston, 2016.
6. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.-T.:O'zbekiston, 2017.
7.Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan
quramiz. - T.:O'zbekiston, 2017.
8.2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo'nalishlari bo'yicha harakatlar strategiyasi// https://www.lex. Uz
9.2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning

Taraqqiyot

strategiyasi // https://www.lex.Uz

Bibliografik manbalar

O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston, 2020.

Davlat tili haqida (yangi tahriri). O'zbekiston Respublikasining Qonuni.- T.: O'zbekiston, 1997.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. - T.: Sharq, 1997.

Ta'lim to'g'risida. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. - T.: O'zbekiston,

Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - T.: O'zbekiston, 2016.

Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.-T.:O'zbekiston, 2017.

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. - T.:O'zbekiston, 2017.

-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha harakatlar strategiyasi// https://www.lex. Uz

-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi // https://www.lex.Uz