ALISHER NAVOIYNING JAMIYAT HAQIDAGI FALSAFIY QARASHLARI

Abstract

ushbu ilmiy maqolada o‘zbek shoiri va mutafakkiri, she’riyat mulkining sultoni, davlat tilining asoschisi, ulug‘ daho, falsafiy she’riyati bilan jamiyatdagi, mustabid tuzumning turli nomaqbul sitamlarini, zulmlarini qalamining o‘tkir tig‘i bilan fosh qila olgan Alisher Navoiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari yoritilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Hoshimxonov , M. (2025). ALISHER NAVOIYNING JAMIYAT HAQIDAGI FALSAFIY QARASHLARI. Solution of Social Problems in Management and Economy, 4(2), 56–66. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/sspme/article/view/66389
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

ushbu ilmiy maqolada o‘zbek shoiri va mutafakkiri, she’riyat mulkining sultoni, davlat tilining asoschisi, ulug‘ daho, falsafiy she’riyati bilan jamiyatdagi, mustabid tuzumning turli nomaqbul sitamlarini, zulmlarini qalamining o‘tkir tig‘i bilan fosh qila olgan Alisher Navoiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari yoritilgan.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

56

ALISHER NAVOIYNING JAMIYAT HAQIDAGI FALSAFIY

QARASHLARI

Hoshimxonov Mo‘min

Xalqaro k/ya

https://doi.org/10.5281/zenodo.14862717

Annotatsiya:

ushbu ilmiy maqolada o‘zbek shoiri va mutafakkiri, she’riyat

mulkining sultoni, davlat tilining asoschisi, ulug‘ daho, falsafiy she’riyati bilan
jamiyatdagi, mustabid tuzumning turli nomaqbul sitamlarini, zulmlarini
qalamining o‘tkir tig‘i bilan fosh qila olgan Alisher Navoiyning ijtimoiy-falsafiy
qarashlari yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Astrobod, qozi, pora, qit’a, siyosat, zolim, johil, vazir, ulus,

fosiq, sharob, podshoh, hokim, botin, fir’avn, Homon, bek, jamoat, zulm, kufr,
daryo, anhor, komillik, falsafiy, siyosiy, ma’rifat, buyuk, utopiya, g‘azal, hukmdor,
jamiyat, hokimiyat, imperiya, Qur’on, Iskandar oynasi, kishvar.

Inglizcha

Navoiy davri uchun yana bir tipik hodisa—poraxo‘rlikni qamchilab, Sayid

Abdullod Astrobodiy yozgan qit’aning «Majolis»da keltirilishidir. Aftidan Sayid
Abdullod Astrobodiy Navoiy bilan hamsuhbat bo‘lgan, Navoiy shaxsan ham xush
ko‘rgan kishilardan ko‘rinadi.. Navoiy uning haqida:

«Xush tab» yigit edi, muhovarasi dag‘i xo‘b va ahloqi dag‘i xo‘b erdi» deb

yozadi. So‘ng Navoiy o‘sha qit’aning yozilish tarixi va o‘zini keltiradi:

«Xo‘chon viloyatining qozisi eshak rishva berib, sadr ani qozi qilg‘ong‘a bu

qit’asi mashhurdurkim:

Hame gasht dar shahr shaxse zi Xo‘chon,
Ki qozi shavad, sadr rozi nameshud.
Bidodash xare rishvau gasht qozi....
Agar xar namebud, qozi nameshud» .
Tarjimasi: «Xo‘chondan kelgan bir kishi qozi bo‘lmoq uchun shaharda

aylanardi, biroq sadr uning qozi bo‘lishiga rozi emasdi. Oxirida bir eshakni
sadrg‘a pora berib, qozi bo‘ldi. Eshak bo‘lmasa qozi bo‘lmasdi»..

Bunda ham yuqoridagi singari kichik bir hayotiy epizod orqali o‘sha

jamiyatning juda katta nuqsoni ustalik bilan ishlatilgan o‘tkir so‘z o‘yini
vositasila fosh qilinadi. Chindan ham talantli shoir o‘z qit’asida pora oluvchi sadr
ustidan ham, pora berib qozi bo‘lgai kishi ustidan ham qattiq kuladi.

Navoiy “Mahbub ul-qulub”ning birinchi qismida siyosat falsafasi,

podshohlar siyosati haqida fikr yuritadi. Alloma bu asarida zolim va johil
podshohlarni, vazirlarni el, ulus boshiga kelgan balo, ofat deb tanqid qiladi. U


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

57

odil podshohni ko‘zguga, zolim, johil va fosiq podshohni esa shu ko‘zguning
orqasiga o‘hshatadi. “Ul (odil podshoh) yorug‘ subh bu (zolim, johil podshoh)
aning qorong‘u kechasidur. Zulm aning ko‘ngliga marg‘ub (yoqimli) va fisq
(fasod, zararkunandalik) aning xotirig‘a mahbub... Obod (joy)lar aning zulmidan
vayrona”. “Zolim podshoh doim ichadigan boda (sharob) seli chun bazmida
tug‘yon qilib, ul sel mulk ma’muralarin vayron qilib...” Zolim va johil
podshohning noshoyista - yomon ishlari o‘ziga yaxshi ko‘rinadi, el ma’qul, yaxshi
degan ishlarni u ma’yub (aybli) deb rad etadi. Zolim podshoh o‘ziga ko‘p xizmat
qilganlarni kichik bir xatosi uchun xizmatlarini yo‘qqa chiqaradi.

Alisher Navoiyning bu so‘zlaridan u monarxiyaning absolyutizmini, mutlaq

yakka hokimlikni qoralaydi, xususan, bunday yakka hokim ma’rifatsiz,
demokratiyadan uzoq xalq fikri bilan hisoblashmaydigan zolim, johil bo‘lsa, u
bunday zolimlarga, johillarga nafratini yashirmaydi. Navoiy fikricha, bunday
absolyutizm, hokimi mutlaqlik xalq uchun o‘ta zararlidur. Bunday hokimi mutlaq
hukm surar ekan, “chin der elga (to‘g‘ri, rost gapiruvchilarga) - jon xatari, xayrga
(yaxshilikka) dalolat qiluvchiga ulum zarari. Hak (haqiqat, rost so‘z) aning
qoshida botil (yolg‘on, soxta), xiradmand (aqlli, ma’rifatli odam) aning aqidasida
johil... Bu yomon podshohki, bo‘lg‘ay vaziri ham yomon, andog‘ki, Fir’avn
(yaqinida) Homon... Tengri mundoq balolarni adam (yo‘qlik) chohidan vujud
taxtgohiga kelturmasun...”.

Alisher Navoiy mustabid absolyutizmni qoralar ekan, zolim va johil

podshohning vazirlari ham xalqni qiynovchi zolimlar ekanligini nafrat bilan
tavsiflaydi. U zolim vazirni ilmsiz bo‘lganidan bemorga zahar beruvchi tabibga
o‘xshatadi. “Bular (zolim vazirlar va ilmsiz tabiblar) jumlasi chayonlar, xaloyiqqa
yetkirur ziyonlar...” Navoiy zolim podshoh va johil vazir qo‘l ostidagi fosiq va
badmaosh beklarni, “bahodirlar”ni ham nafrat bilan tasvirlaydi: “Shoh eshigida
yormoqni (nonni) zoe’ qilguvchi (yaxshi xizmati bilan nonini halollab
yemaydigan) jamoatkim, alardan na Tengriga toatdur va na shohg‘a itoat.
Tariqlari (yashash yo‘li) xudnamolik va rasmlari (odatlari) xudorolik
(o‘zboshimchalik yoki o‘zini maqtash). Ishlari - mastlig‘, varzishlari (tarbiyalari)
xudparastlik.

„Alisher Navoiy mutlaq hokimi mutlaqlikni, zulmni keskin tanqid qilish

bilan birga, yakka hukmdorning jamiyat, xalq oldidagi mas’uliyatini, hukmdor
yaxshi va yomon ishlari uchun, xalqini yomon yo‘lga boshlagani uchun Tangri
taolo oldida javob berishini eslatadi: “Agar shohga adolat shior, ulusi (eli)
shiorida kam adolatdin osor. (Podshoh) agar zulmpesha, elida kam (uning)
zulmidan andesha (g‘am, tashvish). Agar u (shok) islomoyin, xalq shiori kam


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

58

islom bila din (ya’ni, podshoh Tangri g‘azabidan qo‘rqib, jabr-zulmdan tiyilsa,
fuqarolari ham Xudodan qo‘rqib, yomon ishlardan tiyiladilar). Agar ul kufrhisol -
elga dag‘i kufr, tariqi af’ol. Navoiy shu ma’noda shohni katta daryoga, qavmlarini,
ijtimoiy guruhlarni katta daryoning irmoqlari - anhorlarga o‘xshatadi. Daryo
suvi achchiq (loyqa) bo‘lsa, anhor suvi ham shunday. Daryo suvi chuchuk bo‘lsa,
anhor suvi ham shunday. Navoiy “Tarixi anbiyo va hukamo” asarida bu fikrni
Arastu hakim aytganligini bildiradi.

Ma’lumki, Uyg‘onish davri insonparvarligining g‘oyaviy asosini inson

shaxsining mustaqilligi, uning har qanday g‘ayritabiiy (ilohiy) kuchlardan holi
bo‘lishi to‘g‘risidagi qarash tashkil etadi. Bu insonparvarlikning umumiy
g‘oyaviy manbai insonni qadrlash, uning shaxsini hurmat qilish qoidasidan
iborat edi. Bu qoidadan insonparvarlikning falsafiy, siyosiy, axloqiy va estetik
g‘oyalari kelib chiqadi. Uyg‘onish davri insonparvarligi muhim siyosiy g‘oyasini
— odil podsho rahbarligida ideal jamiyat qurish istagi tashkil etadi. Chunki
insonning yashashi uchun munosib shart-sharoitlar yaratmasdan turib, uning
orzu-umidlarini

yuzaga

chikarish

mumkin

emas.

Insonparvarlik

dunyoqarashining g‘oyasi inson shaxsining fikr va hissiyot erkinligi to‘g‘risidagi
qarashlardan iborat edi.

Renessans insonparvarligining bu xususiyatlari Navoiyning ideal jamiyat va

komil inson xususidagi qarashlarida ko‘rinadi. Shoir Iskandarning faoliyatini
ko‘rsatish orqali ideal podsho qiyofasi, uning vazifalari, ideal jamiyat haqidagi
tasavvurlari, uii boshqarish yo‘llari to‘g‘risida o‘zining g‘oyalari va maqsadlarini
badiiy shaklda bayon etadi.

Navoiyning insonga muhabbati uning baxtli yashashi uchun munosib

ijtimoiy muhit yaratish (ideal jamiyat qurish) zarurligini ham o‘z ichiga oladi.
Uning insonparvarligida axloqiy va siyosiy masalalarning o‘zaro bir-birlari bilan
uzviy bog‘lanishini ko‘ramiz. Shoir o‘z axloqiy va ijtimoiy ideallarini yuzaga
chiqarishning asosiy vositalarini ilm-ma’rifat va axloqiy tarbiya, deb biladi.
Uning fikricha, ilm dunyoni bi- lish, yaxshi-yomonni bir-biridan ajratish vositasi,
axloqiy-ma’naviy kamolotga, insoniylikka olib keluvchi vositadirki, u inson
qalbini boshqa odamlarga nisbatan hamdardlik va mehr-muhabbat o‘ti bilan
alangalashtiruvchi bir ma’naviy kuch. Bu g‘oya Farhod obrazida ravshan
ifodalangan. Farhodning o‘z shaxsiy baxtiga erishish yo‘lida ma’rifat, ma’naviy
kamolotga intilishi boshqalarga nisbatan ham muhabbat baxsh etish orzulari
bilan uzviy bog‘langandir. Shunga ko‘ra, uning faoliyati, o‘z shaxsiy baxtiga
intilishi keng ijtimoiy ma’no kasb etadi. Farhodning muhabbati esa butun
insoniyatga mansub shaklda namoyon bo‘ladi.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

59

Farhod inson buyuk ishlarni ro‘yobga chiqarish uchun yaratilgan, bu

yo‘ldan uni hech qanday qiyinchiliklar, kulfatlar, dard, hasratlar ham to‘xtata
olmaydi deb qaraydi, natijada uning shaxsny muhabbati o‘zining tor
g‘arazgo‘ylik mohiyatini va shahvoniyligini yo‘qotib, buyuk bir ma’naviy kuchga
aylanadi. Bu kuch Farhod faoliyatining g‘oyaviy manbaiga aylanib, uni
olijanoblik va mardlikka, vafodorlik va do‘stlikni sinashga, ezgu orzularga
intilishga da’vat etadi.

Navoiyning ijtimoiy utopiyasi ungacha mavjud bo‘lgan an’anaviy metoddan

farq qiladi. Masalan, Nizomiy ham o‘zining « Iskandarnoma» asarida qandaydir
yerning chekkasida bo‘lgan o‘lka misolida va bu o‘lkada hamma teng, teng
taqsimchilikka asoslangan jamiyat, xususiy mulk, podsho yo‘q bo‘lgan, kishini
kishi ekspluatatsiya qilmaydigan, mehnat hamma uchun majburiy, boy-
kambag‘al yo‘q, o‘g‘irlik va zo‘rlik bo‘lmagan jamiyat haqida yozgan bo‘lsa,
Navoiy bu an’anaviy metoddan voz kechdi.

Alisher Navoiy o‘zining ijtimoiy utopiyasini bayon qilishda diktaturaga

murojaat qildi. Ya’ni podshoga va uni o‘rab turgan muhitga ta’sir qilishga va
haqiqat yo‘liga boshlashga intiladi. Navoiyning bu harakatini uning amaliyotchi
davlat rahbari bo‘lganligi tufayli deb tushuntirishimiz mumkin.

U kambag‘allarga xayrixoh va ularga g‘amxo‘rlik qilishga harakat qildi,

ularni baxtli qilish hukmdorlarning in’om, irodasi orqali amalga oshadi, deydi.

Alisher Navoiy (Foniy) forsiy turkumga kirgan quyidagi g‘azalini «Muxtara’»

deb atagan. E.Shodievning ta’kidlashicha, bu g‘azalida shoir umr bo‘yi adolatli
xayotni, xayoliy adolatli hukmdor boshliq bo‘lgan davlatni orzu qiladi. O‘rta asr
sharoitida uning bu oliyjanob, ulkan orzulari amalga oshishi mumkin emas edi.
Shuning uchun ham u ba’zida yangi bir olamni, o‘zi turgan olamga mutlaqo
o‘xshamaydigan o‘zgacha olamni orzu qiladi:

Bir olam istaymanki, unda bu olam xalqi bo‘lmasa,
Bu olam mardumining jafosidin g‘am bo‘lmasa.
Na uning kunduzida asrlar ko‘z yoshidin qatl seli ko‘rinsa.
Na kechasida g‘ariblar ohidin motam libosi bo‘lsa.
Na unda falak zulmidin yuz alamli bir ko‘ngil.
Na sitam qilichidin mahramsiz dil yarasi bo‘lsa.
Ey dil, bu havaslaring ro‘yobga chiqmasa mayxonaga bor.
Chunki undagi har ko‘hna safol jamshidning jomi bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki,

Navoiy aqidasiga ko‘ra, u orzu qilgan jamiyatning xalqi butunlay boshqacha
toifada bo‘lishi lozim bo‘lgan. Bunday xalq yashayotgan jamiyatda g‘am- g‘urbat,
jafo, kulfat bo‘lmasligi kerak. Yetim-yesirlar eng hurmatli kishilardek


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

60

mehribonlik ko‘rishlari kerak. Bunday jamiyatda zo‘ravonlik, kishilar qalbiga
ozor beradigan qabih ishlarning ildizi qurishi kerak. Navoiy orzu qilgan jamiyat
butunlay yangicha jamiyat bo‘lgan va bu g‘oya uning insonparvarlik
g‘oyalarining eng yuqori nuqtasi sifatida namoyon bo‘lgan. Shuning uchun ham
Navoiy orzu qilgan ideal jamiyatning davlat tamoyili mamlakatni bo‘linib
ketishdan saqlashga qaratilgan bo‘lib, u bu davlatni xalq manfaati va tinchligi
bilan bog‘lab tushuntirgan va bu o‘z navbatida XV asrning ruhini ifodalab turgan.

Faylasuf V.Zohidov takidlaganidek, Navoiyning markaziy monarxiyaga

qarashida juda xarakterli bo‘lgan lahza shuki uningcha (Navoiycha), monarx
ijtimoiy hayotning tizimini yolg‘iz qo‘lida saqlagan bo‘lsa-da, uning
(monarxning) huquqi muayyan darajada cheklangan bo‘lishi kerak, u o‘zining
atrofiga katta kishilarni, yaxshi, aqlli, sof vijdonli, tadbirli, xalqparvar
maslahatchilarni, ya’ni o‘z ilmini xalq baxti xizmatiga qo‘llagan ahl egalarini
to‘plashi kerak.

M.Oripovning fikriga ko‘ra, Alisher Navoiy temuriylar imperiyasi siyosiy

inqirozining guvohi bo‘lib davom etayotgan separatistik tendensiyalar va o‘zaro
urushlar orqasida milliy chegaralanish hamda milliy davlat tashkil qilish
tendensiyasini ko‘rgan bo‘lishi mumkin. Navoiy uchun monarxning kuchli,
mutlaq hokimiyati g‘oyasi temuriylar imperiyasi timsolida tarixning o‘tkinchi
bosqichi sifatida namoyon bo‘lgan.

Amir Temur va temuriylar davri (1370—1505) siyosiy-huquqiy

qarashlarini tahlil etishda buyuk faylasuf shoir Alisher Navoiy merosi alohida
ahamiyatga ega.

Alisher Navoiy siyosiy qarashlarining shakllanishi va rivojlanishini nisbiy

ravishda ikki davrga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq. Birinchi davr — uning
yoshlik yillaridan to 1476 yilda Husayn Boyqaro hokimiyatidagi vazirlik
mansabidan iste’fo etib ketishigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga olsa, ikkinchi davr
esa 1476 yildan boshlab, umrining so‘nggi kunlarigacha bo‘lgan vaqtni qamrab
oladi.

Birinchi davrda Alisher Navoiy mamlakatda hokimiyat tepasiga adolatli

podsho kelishiga, baxtli jamiyatga erishish mumkinligiga ishonadi hamda uni
amalga oshirish uchun kurashadi. Navoiyshunos olimlarning yozishicha, „Navoiy
davlat ishida turganida ham bir nafas bo‘lsa-da, xalqni esdan chiqarmadi. U
davlatni xalq manfaatlarini ko‘zlovchi, xalq orzularini amalga oshiruvchi
vositaga aylantirishga, davlat arboblarini xalq xizmatchilariga aylantirishga
tirishdi va bu ishda uning o‘zi namuna bo‘ldi. U davlat ishlarini intizomga
solishga, hukumat idoralarini, saroyni yaramaslardan, xalq hisobiga zarbof to‘n


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

61

kiyuvchi, ayshu ishrat qiluvchi ifloslardan, amalparastlardan, fitnachilardan
tozalash, ularni fosh etish, qamchilash uchun qo‘lidan kelganicha harakat qildi.

Navoiy idealidagi Iskandar obod o‘lkalarni, madaniyatli shaharlarni vayron

qiluvchi ya’juj-ma’juj degan maxluqlar yo‘liga devor solib, jabr ko‘rgan xalqni
ular zulmidan xalos qiladi. Ya’juj-ma’juj birinchi marta Tavrotda tilga olingan
(Gog-Magog). Qur’oni karimning „Kahf“ surasida (83-98- oyatlar) ham bu haqda
xabar berilgan. Qur’onda keltirilishicha, Iskandar Zulqarnayn kun chiqarga
qarab qilgan yurishlarida ya’juj-ma’juj zulmidan azob chekkan xalqni uchratadi.
Ular: „Senga boj to‘laymiz, bizni shu balodan qutqar“, — deb so‘raydi. Iskandar
ularga qarab: „Parvardigorim bergan qudratga tayanib, sizlar bilan ya’juj-ma’juj
orasida bir mahkam devor qurayin“ (18, 95), deb bu ishni amalga oshiradi.
Aslida esa Navoiy nazarida ya’juj-ma’juj to‘ymas va tiyilmas nafs ramzi edi.

Navoiy podshohsiz raiyat va davlatsiz jamiyat bo‘lishi mumkin emas, deb

biladi. Jamiyat bo‘lishi uchun davlat bo‘lishi zarur. Chunki manfaat kishilarni bir-
biridan ajratadi va ayni paytda birlashtiradi. Bu — jamiyat qonuni. Shu qonunni
nazorat kilish — odil podshoning vazifasi. Podsho va lashkar, podsho va
boshqaruv tizimi xalqning osoyishta hayot kechirishiga kafil, deydi Navoiy.
Odamlar bilim va amaliy faoliyat, zehnu zakovatda bir emas, deydi u. Birov aqlli,
birov o‘ta aqlli, kimningdir aqli kam, birov esa johil. Chunki har bir kishida
Allohning bir sifati aks etadi, sifatlar esa turlicha, „ikki sifat birday“ emas.
Shunday bo‘lgach, axloq nuqtai nazaridan ham odamlarni teng bir holga keltirib
bo‘lmaydi. Demak, ularning mol-mulki teng bo‘lishi amrimahol.

Navoiyning ilm-ma’rifat yo‘lida yoshligidan juda, qattiq jahd qilganligi, xalq

el-yurt osoyishtaligi yo‘lida Husayn Boyqaro davlatini mustahkamlash, «Haq va
adolat» uchun ham qalam, ham qilich bilan, «o‘tga va suvga kirib» xizmat
qilganligi, to‘plagan mol-mulkidan el-yurtga osh berib, ko‘priklar,
karvonsaroylar, rabotlar, maqbaralar, bog‘ – xiyobonlar qurdirganligi, oila
qurmay, toq o‘tgani, umri intihosida — o‘limidan oldin butun mol-mulki,
boyliklarini xizmatchilariga bo‘lib berib, qullarini ozod qilib yuborganligi oddiy
musulmonchilik farzi bo‘lmay, hazratning jihod qilganligi, javonmardlik
ko‘rsatganligi, asl «ahdi futuvvat»dan bo‘lganligini ko‘rsatadi. Yuqorida
keltirilgan, tahlil qilingan dalil-mulohazalar Navoiyning butun hayoti va e’tiqodi
malomatiya maslagi talablariga zimdan rioya qilingan holda kechganligini
tasdiqlaydi. Uning piri Jomiy ham zimdan, qisman bo‘lsa- da, ana shunday
mavqeda turgan.

Navoiyning Sayyid Hasan hayotida yozgan asarlari tadqiqotchilarimiz

e’tiboridan chetda qolgan emas. Akademik V.Abdullaev, V.Zohidov, A.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

62

Hayitmetov, B.Valixo‘jaev, S.G‘anieva, N.Mallaev va boshqa olimlarning ishlarida
bu asarlar tilga olinadi. Ammo, shuni qayd etish kerakki, mavjud tadqiqotlarda
mazkur asarlarga, asosan, Navoiy tarjimai holi, ijtimoiy-siyosiy va estetik
qarashlarini yoritish maqsadida murojaat qilingan. Navoiy uchun esa Sayyid
Hasan — insoni komil timsoli, “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”da u ana shunday
inson siymosini yaratgan. Navoiy “Xamsa”si dostonlarida yaratilgan ijobiy-ibratli
timsollar bilan Sayyid Hasan orasida o‘xshashlik ko‘p, agar “Xamsa” obrazlari
badiiy orzu-mushohada asosida vujudga kelgan tahayyuliy-romantik tiplar
bo‘lsa, Sayyid Hasan muayyan tarixiy shaxs, ya’ni ulug‘ shoir o‘zining
hayolotidagi ideal insonning xususiyatlarini o‘z zamondoshida ko‘ra olgan,
deyish mum- kin.

“Hayrat ul-abror” va “Mahbub ul-qulub” asarlaridagi axloqiy-falsafiy

qarashlar bilan “Holoti Sayyid Hasan Ardasher” asarida ifodalangan fikrlar ham
aksar o‘zaro o‘xshash. Shunday qilib, Navoiy nazarida komil inson xayoliy bir
narsa emas, balki real hayotiy odamlar, biroq shunisi borki, bunday odam tariqat
sulukini qabul qilgan chinakam darvesh bo‘lishi kerak. Boshqacha aytganda,
ideal inson — bu kamida go‘zal axloqi, zohiriy va botiniy ilmlarni egallagan foniy
tabiat faqir kishi. Sayyid Hasan buning namunasi hisoblangan.

Bizga Jamshid, Faridun, Sulaymon, Xizr, Suhaylo, Jomasb, Ahraman,

Suqrotlar va ularning «Farhod va Shirin»ida tasodifiy emasliklaridir. Navoiy
Iskandari ham bizga tanishdir: ilmlarni o‘zlashtirgan, butun o‘lkalarni olgan,
oqni qoradan, yaxshini yomondan ajratgan ulug‘ olimdir, xalqparvar va tadbirli
podshoh sarkardadir. Uning mamlakatida haryon obod va hamma shod. U, har
qadamida adolat, ilm tartib-qoidalariga, olimlarning aytganlariga rioya qilgan va
adolat, ilm nurlari bilan o‘lkani yoritgan. U, dunyoning ko‘p sirlarini ochgan,
bilgan, mubhamliklarini hal etgan. Uning dili pok, o‘zi pok, so‘zi pok, ko‘zi pok. U,
borliqqa poklik bilan, pok ko‘z bilan qaraydi. Farhodning axtargani va nihoyat
topgani Iskandar tilsimida mana shu Iskandar yashiringandir. Uni topish, unga
ega bo‘lish —Iskandar bo‘lish. Iskandarni o‘zlashtirish, Iskandar yo‘liga tushish
ham demakdir (shunday orzuni ko‘zlaydi Navoiy). Farhodning axtargani va
nihoyat topgani Iskandar oynasi (Jamshid jomi, oinai jahonnamo) va unga ega
bo‘lish — borliq qanday bo‘lsa, uni shuncha va shunday ko‘rish, uni egallash,
unga Iskandar qanday munosabatda bo‘lgan bo‘lsa, shunday munosabatda
bo‘lish, har narsani Iskandarcha ko‘rish, Iskandarcha harakat qilish, demakdir.
Bu tilsim, oina binobarin qandaydir g‘ayri hayotiy, mistik ma’noga, xarakterga
ega bo‘lmasdan, chin hayotiy ma’nolarni o‘z ichiga oladi, real maqsadni ko‘zda
tutadiki, buni yuqoridagi iqtibosdan ham juda yaxshi anglash mumkin: Navoiy


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

63

to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytadiki, Iskandar butun dunyoni, yetti kishvarni o‘z qo‘liga
olib, «...bu gardunvash hisorni» tilsim qilib, unga (bu tilsimga) o‘zining o‘sha
yetti kishvarni qo‘lga kirgizib topgani butun naqd xazinalarni, naqd
qimmatbaholarni, mo‘jizakor hikmatlarni solib-yashirib ketgan...

Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonidagi Iskandar timsolini

yaratishda, birinchidan, o‘zigacha u haqdagi nasriy va nazmiy asarlarni, xalq
og‘zaki ijodini, turli rivoyat, afsonalar va sosoniylar sulolasi davridan boshlab to
o‘zigacha Iskandar to‘g‘risidagi dostonlarni o‘rganib chiqqan.

Ikkinchidan, Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonini va Iskandar timsolini

yaratishda Uyg‘onish davrining so‘nggi bosqichi bo‘lmish temuriylar davrining
o‘ziga xos xususiyatlari, talab va ehtiyojlari, istaklarini nazarda tutgan bo‘lishi
kerak. Muallif XIV-XV asrlarda inson va uning fazilatlariga, unga bo‘lgan e’tibor
kuchli ekanligini, u - oliy qadriyat, butun mavjudotlarning sarvari va gultoji
ekanligini hisobga olgan. Shuning uchun "Saddi Iskandariy” asari boshqa
dostonlardan insonga bo‘lgan munosabat kuchliligi, insonparvarlik, odamiylik
g‘oyalari va umuminsoniy qadriyatlarga boyligi bilan ajralib turadi.

Jomiy, Navoiy, Koshifiy va boshqalar o‘z zamonidagi mavjud jamiyatga

tanqidiy qaradilar, davlat boshqaruvi usuliga, uning tamoyillariga nisbatan o‘z
noroziliklarini bildirdilar. Mutafakkirlar mukammal jamiyat, fozil davlat,
ma’rifatli va dono shoh to‘g‘risidagi utopik g‘oyalarni yaratib, uni o‘zlari
yashagan tuzumga muqoyasa qildilar. Ularning utopik g‘oyalari ijtimoiy illatlar,
jamiyatdagi yaramas hatti-harakatlar va axloqsizliklarning turli ko‘rinishlariga
qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ulug‘ gumanistlarning utopik
g‘oyalari oddiy xalqqa yaqinligi va tushunarligi bilan ajratib turar, kelajakdagi
baxtli jamiyat to‘g‘risidagi ezgu niyatlarni aks ettirar va ularning gumanistik
talablariga javob berar edi.

“Hayrat ul-abror” dostonida uch hayratdan so‘ng yigirma maqolat keladi. Bu

maqolatlarda Navoiy adolatli jamiyat, adolatli sulton, odil podshoh orzusi, zolim
podshohlar mazammati (tanqidi), hokimiyat va xalq ijtimoiy tenglik va
tengsizlik, adolat va adolatsizlik hakida. Doston boblaridan birida imom Faxr
Roziy bilan Xorazmshoh Alouddin Muhammad uchrashuvi tasvirlanadi. Ruhoniy
olim va Xorazmshoh hammomda uchrashib qoladilar. Xorazmshoh imomdan
qiyomat hakida so‘raydi. Imom unga “Qiyomatda shohlar va gadolar xuddi
hammomdagi kabi Alloh huzurida teng bo‘ladilar. Lekin u vaqtda zolim
podshohning boshi egik, hijolatda, zulm ko‘rgan - mazlumning yuzi yorug‘, qaddi
tikdir. Qiyomatda podshoh kambag‘al, bechora, mazlum oldida gunohkor bo‘lib,
jazosini kutib turadi. Bechora, mazlum esa, jannatga kiradi, deydi. Navoiy shu


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

64

manzara orqali o‘z zamonidagi va kelajakdagi barcha podshohlarni
ogohlantiradi, raiyatga, xalqqa zulm qilmaslikka chaqiradi.

Buyuk mutafakkir butun umri davomida xalq g‘amini yedi, g‘arib, beva-

bechora va musofirlar uning noz-ne’matidan bahramand bo‘ldilar. Navoiy
xo‘rlangan, och-yalang‘och kishilarni qo‘llab-quvvatlash, og‘ir damlarda,
insonlarning boshiga kulfat tushganda yordam berishni haqiqiy saxiylik deb
bildi, saxiylikni boylikka, hirs qo‘yishga, xasis va ochko‘zlikka qarshi qo‘ydi.

Mutafakkir Alisher Navoiyning adabiy va ijtimoiy-falsafiy qarashlari, dono

fikrlari, ibratomuz so‘zlari, pand-nasihatlari va o‘gitlari hozir ham o‘z tarbiyaviy
ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Zeroki, ular insonparvarlik va ma’naviy-axloqiy
fikrlarga boy bo‘lib, barkamol va sog‘lom avlodni tarbiyalashda, ular ongiga
milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirishda, milliy istiqlol goyasining
ildizlarini to‘g‘ri tushunishda, aqidaparastlik va terroristik xurujlarga qarshi
kurashda yordam beradi.

Nizomiyning xayoliy jamiyat haqidagi g‘oyalari butun o‘rta asr uchun

xalqchil va ilg‘or bir hol bo‘lib, bu g‘oyalarni xususan Navoiyning ulug‘
zamondoshi Abdurahmon Jomiy o‘zining «Xiradnomai Iskandariy» dostonida
yanada rivojlantirdi. Bu bilan XV asr Xuroson va Movarounnahr adabiyoti uchun
ham Nizomiy g‘oyalarining muhim ekanini ochiq-ravshan ta’kidladi. Ye. E.
Bertels Jomiy bu asarida «Nizomiy utopiyasining asosiy belgilarini saqlashdan
qo‘rqmadi»,— deb yozganida to‘la haq edi.

Alisher Navoiy ijodini hozirgi kunda keng adabiy, ilmiy, falsafiy yo‘nalishda

o‘rganayotgan ekanmiz, Nizomiyiing hayoliy jamiyat to‘g‘risidagi fikrlariga uning
qanday munosabatda bo‘lganini aniqlash ham muhim masaladir.

Navoiy mamlakatni shohsiz boshqarish g‘oyasiga juda yaqin kelgan vaqtlari

ham bo‘lgan. Masalan, «Farhod va Shirin» dostonida u Mehinbonuni podshoh
deb emas, oddiy hukmron deb ataydi. U oddiy hukmron bo‘lsa ham, mamlakatni
aql va adolat bilan boshqargani uchun «zar- rinkamarlar» uning xizmatida:

Ki bu kishvardakim, rashki jinondur,
Bukun ismat panohi hukmrondur...
Belin garchi kamar topmay kamohi,
Vale zarrinkamarlardur sipohi.
Bu o‘rinda Mehinbonu boshqarayotgan mamlakatning ko‘rinishi jannatning

rashkini keltiradigan darajada obodligi, boyligi, bizningcha, u yerda hukmron
ideal tartib-qoidalardan, xalqqa podshohlik zulmining bartaraf etilganidan, deb
tushunmoq kerak.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

65

Mamlakatni tenglik qoidasi asosida shohsiz, adolat bilan boshqarish

Nizomiy xayoliy orzusining eng muhim belgilaridandir. Navoiyning orzu etilgan
jamiyat g‘oyalariga yuqorida aytilganndan ko‘ra yaqinroq kelgan vaqtlari ham
bo‘lganini ko‘rsatadi. Buning uchun Navoiyning «Xamsa» dostonlari va she’riy
devonlari tahlili bilan cheklanmasdan shoirning boshqa asarlariga, xususan,
so‘nggi yirik asari – “Lisonut – tayr”ga ham murojaat etish maqsadga muvofiqdir.

“Lisonut-tayr” dostonining yetti xayoliy vodiy tasviridagi to‘rtinchi vodiy,

ya’ni Istig‘no vodiysi tasviri yaqqol misol bo‘la oladi. Bu o‘rinda Navoiy,
bizningcha, Nizomiyning xayoliy jamiyat haqidagi g‘oyalariga o‘z munosabatini
bildirgan, ularning o‘ziga xos g‘oyaviy-badiiy talqinini yaratgan,— deyish
mumkin. Bu vodiy tasvirida boshlanishidan quyidagi diqqatga sazovor baytga
duch kelamiz:

Vodiy ondin so‘ngra Istig‘nodurur,
Onda teng a’lovu gar adnodurur .
Bu baytning ikkinchi misrasidagi g‘oyani istig‘no vodiysi tasvirining bosh

g‘oyaviy leytmotivi deyish mumkin. Ya’ni bu vodiyga xos bosh xususiyat hamma
narsalarning, to‘g‘rirog‘i, jamiyatdagi barcha kishilarning, hukmron tabaqalar
bilan quyi tabaqalarning o‘zaro tengligidir. Bu vodiyda muntazam istig‘no
shamoli esib, u hamma narsaga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatib turadi. Istig‘no
bulutlaridan yoqqan yomg‘irlar esa «yuz tuman olamni» buzishga, hayotdagi
hamma yomonliklarni yuvishga, yengishga qodir.

Nizomiyning ideal jamiyat tasvirida «Bizning mollarimiz yirtqichlardan va

sherdan qo‘rqmaydilar. Yirtqichlar bizning podalarimizga og‘iz cho‘zsa, o‘sha
vaqtnnng o‘zidayoq halok bo‘ladilar», degan mazmunda satrlar bor. Bizningcha,
Navoiy bu o‘rinda Nizomiyning o‘sha baytlaridagi fikrlarni rivojlantirib,
kuchaytirib, kichiklarni kattalardan, zaiflarni yirtqichlardan ustun, zabardast
qilib tasvirlamoqda. Bunda ulug‘ shoirning mazlumlarga, zaiflarga hamiyatini,
qayishayotganini sezish qiyin emas. Navoiy kuchsizlarning kuchlilardan,
kichiklarning kattalardan ozor chekmaydigan bir xayoliy vodiy haqida so‘z
yuritayotgani ham ko‘zga tashlanib turibdi.

Nizomiy tasvirlagan Shimol o‘lkasining asosiy xususiyatlaridan biri tenglik

bo‘lsa, yana biri unda shohning yo‘qligi degan edik. Navoiy Istig‘no vodiysida
shoh yo‘q demaydi. Lekin, bu yerda, Navoiy tasvirlashicha, shoh va gado bir
hududda ega, teng:

Yetti kishvar ichra shohe qahramon,
Bir gado onda hamonu ul hamon .


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

66

Tenglik g‘oyasi Istig‘no vodiysi bilan bog‘liq tasvirning boshidan oxirigacha

singib ketgan. Bundagi hamma tasvirlar ana shu gumanistik g‘oyaning, adolat
g‘oyasinnng badiiy ifodasiga xizmat qiladi desa ham bo‘ladi. Hatto ko‘kdagi
mana-man degan minglab maloikalar bir chetda qolib, kutilmaganda sharaf
tojini kiyish yerdagi oddiy odamga nasib bo‘lgan. Ya’ni, inson ularga nisbatan
ko‘proq ulug‘langan:

Bo‘ldi ming xayli maloik bartaraf,
Nogoh odam kiydi bir toji sharaf.
XV – XVI asrlar Italiya adabiyotining, umuman Uyg‘onish davri Yevropa

adabiyotining Lyudoviko Ariosto, Makiavelli, Tasso, Erazm Rotterdamskiy,
Fransua Rable kabi namoyandalari asarlari bilan har tomonlama hamohangdir.
Bu esa Navoiy ijodining Sharqadabiyoti doirasidagina emas, jahon adabiyoti
doirasida ham eng yuksak cho‘qqilarga ko‘tarila olganini ko‘rsatuvchi yorqin
dalildir.

Alisher Navoiyning davlat va ideal jamiyat haqidagi falsafiy – tasavvufiy

dunyoqarashi haqida xulosa qilinganda, odil podsho g‘oyasi, jamiyatni yuksak
axloq qoidalari aossida qaytadan tuzish imkoniyatiga ishonish Navoiy
tomonidan ilgari surilgan – davlat ta’limining asosini tashkil qilgan.